Authors

  • Shohruhbek Xushboqov
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti talabasi
  • Sadriddin Eshkaraev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.114566

Keywords:

faol o‘qitish metodlari interaktiv yondashuv ta’limda gamifikatsiya raqamli ta’lim texnologiyalari motivatsiya zamonaviy dars o‘yinli metodlar

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida faol, interaktiv va o‘yinli metodlardan foydalanishning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Xususan, raqamli vositalar va gamifikatsiya yondashuvlarining o‘quvchilar motivatsiyasi, bilimni mustahkamlash va darsga jalb qilishdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘yin elementlarini o‘quv jarayoniga integratsiyalash ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

93

ZAMONAVIY TA’LIMDA FAOL, INTERAKTIV VA O’YINLI METODLAR: NAZARIYA,

AMALIYOT VA NATIJA

Shohruhbek Xushboqov Ulug’bek o’g’li

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti talabasi

email:

shohruhbekxushboqov0@gmail.com

Eshkaraev Sadriddin.Choriyevich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ‘’Tabiiy fanlar’’ kafedrasi mudiri

E-mail:

sadriddin_eshkarayev@tues.uz

Annotatsiya:

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida faol, interaktiv va o‘yinli

metodlardan foydalanishning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Xususan, raqamli
vositalar va gamifikatsiya yondashuvlarining o‘quvchilar motivatsiyasi, bilimni mustahkamlash va
darsga jalb qilishdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘yin elementlarini o‘quv
jarayoniga integratsiyalash ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi.

Kalit so‘zlar:

faol o‘qitish metodlari, interaktiv yondashuv, ta’limda gamifikatsiya, raqamli

ta’lim texnologiyalari, motivatsiya, zamonaviy dars, o‘yinli metodlar

АКТИВНЫЕ, ИНТЕРАКТИВНЫЕ И ИГРОВЫЕ МЕТОДЫ В СОВРЕМЕННОМ

ОБРАЗОВАНИИ: ТЕОРИЯ, ПРАКТИКА И РЕЗУЛЬТАТЫ

Шохрухбек Хушбоков Улугбек оглы

Студент медицинского факультета Термезского университета экономики и сервиса

email:

shohruhbekxushboqov0@gmail.com

Эшкараев Садриддин Чориевич

Кафедра «Естественные науки» Термезского университета экономики и сервиса

E-mail:

sadriddin_eshkarayev@tues.uz

Аннотация:

В данной статье рассматриваются теоретические основы и практическое

значение использования активных, интерактивных и игровых методов в современном
образовательном процессе. В частности, анализируется роль цифровых инструментов и
подходов геймификации в мотивации студентов, закреплении знаний и вовлечении их в
процесс обучения. По результатам исследования, интеграция игровых элементов в
образовательный процесс является важным фактором повышения качества и эффективности
образования.

Ключевые слова:

активные методы обучения, интерактивный подход, геймификация

в образовании, цифровые образовательные технологии, мотивация, современный урок,
игровые методы.

ACTIVE, INTERACTIVE AND GAME METHODS IN MODERN EDUCATION:

THEORY, PRACTICE AND RESULTS

Shohruhbek Khushboqov Ulugbek oglu

Student of the Medical Faculty of Termez University of Economics and Service

email:

shohruhbekxushboqov0@gmail.com

Eshkaraev Sadriddin.Choriyevich

Department of ‘’Natural Sciences’’ of Termez University of Economics and Service

E-mail:

sadriddin_eshkarayev@tues.uz

Annotation:

This article discusses the theoretical foundations and practical significance of

using active, interactive and game methods in the modern educational process. In particular, the role
of digital tools and gamification approaches in motivating students, consolidating knowledge and
engaging them in the lesson is analyzed. According to the results of the study, the integration of game
elements into the educational process is an important factor in improving the quality and efficiency
of education.

Keywords:

active learning methods, interactive approach, gamification in education, digital

educational technologies, motivation, modern lesson, game methods


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

94

Kirish:

Globallashuv, raqamli transformatsiya va jamiyat ehtiyojlarining o‘zgarishi

zamonaviy ta’lim tizimidan yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. An’anaviy dars uslublari
bugungi o‘quvchi shaxsini to‘liq faollashtira olmayotgan bir paytda, faol, interaktiv va o‘yinli
metodlar ta’lim jarayonini jonlantirishning asosiy omillaridan biriga aylanmoqda. Xususan, bu
metodlar o‘quvchilarni darsga jalb qilish, ularning tanqidiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish,

hamda

bilimni

mustahkamlashga

xizmat

qilmoqda.Shuningdek,

raqamli

texnologiyalarning keng joriy etilishi, masofaviy va gibrid ta’lim shakllarining kengayishi o‘qitish
usullarida innovatsion yondashuvlarni qo‘llashni zarur qiladi.Onlayn platformalar orqali
o‘quvchilarda raqobat, qiziqish va motivatsiyani kuchaytirish mumkin bo‘lib, bu esa zamonaviy
ta’lim sifatini oshirishda muhim vositaga aylanmoqda.Shu nuqtai nazardan, mazkur maqolada faol,
interaktiv va o‘yinli metodlarning nazariy asoslari, ularning amaliy qo‘llanilishi va natijaviy
samaradorligi tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi bugungi ta’lim islohotlari va kompetensiyaviy
yondashuvlar bilan bevosita bog‘liqdir.

Muammo va nazariy asoslar.

Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning darsdagi

faolligini ta’minlash muammosi dolzarb masalaga aylangan. O‘quvchilarda diqqatning tez chalg‘ishi,
motivatsiya yetishmasligi, passiv ishtirok va darsga bo‘lgan qiziqishning pasayishi ko‘plab darslarda
uchraydi. Ayniqsa, an’anaviy, ma’ruza yoki og‘zaki tushuntirishga asoslangan uslublar o‘quvchini
faqat tinglovchi, iste’molchi holatida qoldiradi.

Bu holat quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi:
O‘quvchilarda mustaqil fikrlash va muhokama ko‘nikmalari rivojlanmaydi;
Ta’limning samaradorligi pasayadi, eslab qolish muddati qisqaradi;
Ijtimoiy-psixologik faollik past bo‘ladi, dars jarayoni sust kechadi.
Ta’lim metodikasi sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bu muammoni hal etish uchun faol,

interaktiv va o‘yinli metodlarni qo‘llashni taklif qiladi. Bu metodlar o‘quvchini passiv roldan
chiqarib, uni bilimni izlovchi, baholovchi va yaratuvchi sub’ektga aylantiradi.

Gamifikatsiya (o‘yinlashtirish) esa o‘quvchilarning tabiiy qiziqishi va raqobatga

intiluvchanligini ta’lim foydasiga yo‘naltiradi. Psixologik jihatdan bu o‘quvchining ichki
motivatsiyasini oshiradi,Shu bois, faol va o‘yinli metodlar:

Darsda qiziqish uyg‘otadi;
Dars jarayonini jonlantiradi;
Bilimni eslab qolish va amalda qo‘llashga yordam beradi;
Ijtimoiy, nutqiy va fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Bu metodlar orqali ta’lim faqat bilim berish emas, balki o’quvchida darga bo’lgan qiziqishni

shakllantirishga xizmat qiladi, bu esa zamonaviy o‘quv standartlarining asosiy talabi hisoblanadi.

Turli o’yinli metodlar
Bo‘laklab o‘rganish metodining universitet taʼlimida samaradorligi: nazariya, amaliyot

va tahlil

Nazariy asoslar
Bo‘laklab o‘rganish metodi.

Bu metod konstruktiv taʼlim nazariyasi, tajribaga asoslangan

o‘rganishhisoblanadi. Maqsad — har bir talabaning faol ishtirokchi, bilim egasi, va o‘rgatuvchi
sifatida shakllanishini taʼminlash.

2024–2025-yil o‘quv yili mobaynida O‘zbekistondagi Termiz iqtisodiyot va servis

universitetda ustozimiz bilan bu metodning sinov darslarini o’tkazdm quyidagi natijalar qayd etildi:

Metod mohiyati va bosqichlari

1. Mavzuni bo‘lib oldik: mavzuni 5 ta kichik qismga ajratdik va 30 ta talabaga teng bo’ldik
2. Har bir kichik mavzu bo‘yicha 6 ta talaba birgalikda chuqur o‘rganadik
3.barcha guruhlar mavzuga tayyor bo’ldi har bir guruh mavzuini bir birimizga tushuntirdik
4. hamma mavzuni tushungandan keyin shu mavzuni barcha guruh umumiy tahlil qildik
5. qaysi guruh qanday tushuntirganiga qarab guruh bo’lib bir birimizni baholadik


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

95

Ko‘rsatkich Natijasi quyidagicha chiqdi

Mavzuni tushunish darajasi 87%
Testlarda o‘zlashtirish darajasi ortishi +22%
Talabalarning metoddan qoniqish darajasi 92%
Faollik va bahs ishtiroki 3 baravarga oshdi
Jamoada ishlash ko‘nikmasi 85%
O‘zaro tushuntirish salohiyati 88%
Darsga e’tibor va jalb bo‘lish darajasi 90%

Afzalliklari

Har bir talaba ishtirokchi: bilimga mas’uliyat bilan yondashdi.
Kognitiv va kommunikativ ko‘nikmalar rivojlandi.
O‘qituvchimiz nazoratchi va yo‘naltiruvchi rolida bo‘ladi.
Tushuntirish orqali chuqurroq o‘zlashtirishga erishildi.
Bu metod zamonaviy ta’lim sifatini yaxshilash uchun juda yuqori samara beradi

Quiz battle Metodi
“Quiz Battle” — raqobat asosida bilimni mustahkamlash metodikasi
Metodning mohiyati va asosiy g‘oyasi
“Quiz Battle” —

bu talabalarning bilimlarini faol, tezkor, interaktiv tarzda baholash va

mustahkamlashga qaratilgan o‘yinli metod bo‘lib, raqobat tamoyili asosida quriladi. Metoddan
ustozimiz bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida sinov darsini o’tkazdik

Bu metodda quyidagi asosiy kompetensiyalarga erishdik
Tez fikrlash va mantiqiy yechim toppish
Axborotni tanlash va qayta ishlash
Jamoaviy qaror qabul qilish
Raqobat muhitida o‘z bilimini namoyish etish
Metodning nazariy asosi
Talabalar faqat bilimni eslab qolish emas, balki uni amaliy va muhokamali vaziyatlarda

qo‘llashga o‘rgandilar

Tayyorlov:3 ta guruhga bo’linib oldik
Fan mavzusi asosida 30 ta savol tayyorladik


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

96

O‘yin tartibi:har bir guruh bir birimizga savol berdik
To‘g‘ri javob – ballar bilan baholadik
Vaqt cheklovini 1 daqiqa qlib belgiladik
Yakuniy baho:baholarni jamladik
Eng ko‘p ball to‘plagan g‘olib bo‘ladi
Faollik, jamoaviylik ham baholanadi

Quyidagi natijararga erishildi

Yuqorida ko’rsatilganidek bu metod ham dars jarayonida katta foyda bergani aks etdi
“Quiz Battle” metodi zamonaviy ta’limda fanlararo, interaktiv, o‘rgatuvchi va baholovchi

o‘yinli formatda bilimlarni mustahkamlashning samarali usulidir. U raqobat va kooperatsiyani
birlashtirib, o‘qitish sifatini oshirildi.

Tahlil va tavsiyalar

O‘tkazilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, bloklab o‘rganish (tahsil) va Quiz Battle kabi

faol va o‘yinli metodlar universitet talabalarining:

Darsdagi faolligini oshiradi
Mustaqil fikrlashini rag‘batlantiradi
Qiziqish va mas’uliyat hissini kuchaytiradi
O‘zlashtirish sifatini yaxshilaydi
1. O‘yinli metodlar – bu shunchaki ko‘ngilochar emas, balki bilim olish jarayonini samarali

tashkil etish vositasidir. Ayniqsa, “Quiz Battle” turidagi raqobatli yondashuv talabalarni dars
davomida faol harakatga keltiradi.

2. Bloklab o‘rganish (ya’ni mavzuni qismlarga bo‘lib berish va guruhlarda ishlash) – talabalar

orasida fikr almashinuvini kuchaytiradi va bir-biridan o‘rganishga imkon yaratadi.

An’anaviy metodlarda passiv ishtirokchilar ko‘p bo‘lsa, faol metodlar orqali deyarli barcha

talabalar faol ishtirokchiga aylanadi.

Ilmiy asos:

Tahlil natijalariga ko‘ra, faol metodlar bilishga emas, anglash va amaliyotga asoslangan

o‘qitishni yo‘lga qo‘yadi. Bu esa zamonaviy oliy ta’lim talablariga mos yondashuv hisoblanadi.

“Ko‘p eshitgan – unutadi, ko‘rgan – eslaydi, qilgan – tushunadi” tamoyili asosida faol va

o‘yinli metodlar universitetda ham muhim rol o‘ynaydi.

Xulosa va takliflar


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

97

O‘tkazilgan tahlil va tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy faol va o‘yinli metodlar

(xususan, bloklab o‘rganish va Quiz Battle) oliy ta’limda ham samarali natijalar beradi. Talabalar
nafaqat darsga faolroq qatnashadilar, balki bilimni chuqurroq o‘zlashtiradilar, muloqot va raqobat
orqali o‘zini ifoda qilishga intiladilar.

Darsdagi ishtirok foizi 40–50% dan 85–95% gacha oshadi.O‘yinli muhit o‘quvchilarning

diqqatini jalb qiladi, mas’uliyat hissini kuchaytiradi.Bloklab o‘rganish metodikasi orqali mavzular
bosqichma-bosqich tahlil qilinib, ko‘proq anglash va chuqur fikrlash yuzaga keladi.An’anaviy
usullardan farqli o‘laroq, talabalar bilimini faol muloqot va real harakat orqali namoyon etadi.

Tavsiyalar:
Har bir universitet o‘qituvchisi o‘z faniga mos holda kamida 1 ta faol va 1 ta o‘yinli metodni

sinab ko‘rishi zarur.

Fakultet miqyosida metodik mashg‘ulotlar, treninglar o‘tkazilib, o‘qituvchilar faol metodlar

bo‘yicha o‘rgatilishi kerak.

O‘yinli metodlarni baholash bilan bog‘lash (ball, reyting, jamoaviy natija) orqali talabalar

uchun motivatsiya yanada oshiriladi.

Talabalarning fikr-mulohazasi asosida darslardan keyingi refleksiya yoki mini-so‘rovnomalar

joriy etilishi foydali bo‘ladi.

Quiz Battle, kabi raqamli platformalarni oddiy darslarga integratsiya qilish taklif etiladi.
Maqoladan asosiy maqsad – o‘qituvchining o‘z darsini zamonaviylashtirishiga yo‘l

ko‘rsatish, sodda, lekin ta’sirli metodlarni amaliyotga olib kirishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Axmedova, N. A., & Xamroqulova, D. M. (2021). Innovatsion pedagogik texnologiyalar.

– Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

2. Nishonov, F. N., & Turg‘unov, S. T. (2020). Pedagogik texnologiyalar asoslari. –

Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti.

3. Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. – New York: Pearson

Education.

4. Prensky, M. (2001). Digital Game-Based Learning. – New York: McGraw-Hill.
5. Marzano, R. J. (2010). The Highly Engaged Classroom. – Bloomington: Marzano Research

Laboratory.

6. Siemens, G. (2005). Connectivism: A learning theory for the digital age. International

Journal of Instructional Technology and Distance Learning.

7. John Hattie (2009). Visible Learning: A Synthesis of Over 800 Meta-Analyses Relating to

Achievement. – Routledge.

8. Shodmonqulov, S. S. (2022). “Zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv metodlar”. O‘zbek

pedagogika jurnali, 4(1), 34–40.

9. Yuldasheva, M. T. (2023). “O‘yinli metodlar orqali ta’lim samaradorligini oshirish”.

Pedagogik innovatsiyalar ilmiy-amaliy jurnali, 2(6), 22–27.

10. www.wordwall.net – Interaktiv o‘yin platformasi
11. www.quizizz.com – Raqobatga asoslangan test va savol-javob platformasi
12. www.mentimeter.com – Talabalar bilan fikr almashish va baholash uchun interaktiv vosita

References

Axmedova, N. A., & Xamroqulova, D. M. (2021). Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Nishonov, F. N., & Turg‘unov, S. T. (2020). Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti.

Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. – New York: Pearson Education.

Prensky, M. (2001). Digital Game-Based Learning. – New York: McGraw-Hill.

Marzano, R. J. (2010). The Highly Engaged Classroom. – Bloomington: Marzano Research Laboratory.

Siemens, G. (2005). Connectivism: A learning theory for the digital age. International Journal of Instructional Technology and Distance Learning.

John Hattie (2009). Visible Learning: A Synthesis of Over 800 Meta-Analyses Relating to Achievement. – Routledge.