Authors

  • Gulsara Ro‘ziyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.114570

Keywords:

innovatsiya biopolimer interfaol nuklein kislota ta’lim oqsil texnologiya pedagogika bilim ko‘nikma metod.

Abstract

talabalariga o‘qitiladigan Tibbiy biologiya.Umumiy genetika fanidan o‘tiladigan mavzularni o‘qitishda, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish asosida, keys stadi, blits-so‘rov, sinkveyn interfaol metodlardan foydalanishning bilim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida tavsiyalar beriladi.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

98

TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA “TIBBIY BIOLOGIYA.UMUMIY GENETIKA’’ FANINI

INTERFAOL TA’LIM ASOSIDA O‘QITISH.

Ro‘ziyeva Gulsara Temirqulovna,

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) v.v b. dotsent. Termiz iqtisodiyot va servis

universiteti, Tibbiyot fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Tibbiyot fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi davolash ishi yo‘nalishi

talabalariga o‘qitiladigan Tibbiy biologiya.Umumiy genetika fanidan o‘tiladigan mavzularni
o‘qitishda, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish asosida, keys stadi, blits-so‘rov,
sinkveyn interfaol metodlardan foydalanishning bilim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida
tavsiyalar beriladi.

Kalit so‘zlar

: innovatsiya, biopolimer, interfaol, nuklein kislota, ta’lim, oqsil, texnologiya,

pedagogika, bilim, ko‘nikma, metod.

Kirish.

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev “Bugungi kunda dunyoda innovatsion g‘oyasiz, ilm-

fan yutuqlarisiz bironta sohani rivojlanishi mumkin emas” degan fikrni hammaga yetkazmoqdalar.
Shundan kelib chiqib, bugungi kunda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari dasturlaridagi fanlarning o‘qitilishi
bugungi kunning talablariga javob berishi va yuksak bilim, malaka hamda ko‘nikmalar bilan
qurollangan, ularni amalda qo‘llay oladigan, ijodiy va mantiqiy fikr yurita oladigan mutaxassislarni
tayyorlashga xizmat qilishi kerak. Dasvlatimiz tibbiyot sohasida ma’naviy yetuk, barkamol avlodni
tarbiyalashda, ta’lim-tarbiya masalalarini birinchi o‘ringa qo‘yib kelmoqda. Respublikamizning
hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar
qatoridan munosib o‘rin olish uchun ma’naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada
oshirish, ularni yangi asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni
talab qiladi.Bunday murakkab ijtimoiy vazifani hal etishda boshqa fanlar bilan bir qatorda ilmiy
asosga qurilgan milliy pedagoglar zimmasiga katta mas’uliyat tushadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tibbiy biologiya. Umumiy genetikaning diqqat markazidagi

obyektlar, birinchi navbatda, undagi mavzular: masalan, oqsillar va nuklein kislotalarni mavzusini
tadqiq qilish bilan birga, bu molekulalarning turli shakllarini, evolyutsiyasi, funksiyasini o‘rganishni
hamda organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning turli variantlari bilan shug‘ullanadi. Tibbiy
biologiya. Umumiy genetika fanining tadqiqotlaridan kelib chiqqan holda, biomolekulalarning,
jumladan, nuklein kislotalarning tuzilishi bilan bajarayotgan ishi orasidagi bog‘lanishni o‘rganish
dolzarb masala hisoblanadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Pedagogikada o‘qitish metodlarini tasniflashga yagona yondashuv mavjud emas. Tibbiyot

ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar va ulardan dars jarayonida foydalanish bo‘yicha jahon,
MDH va respublikamiz olimlari tomonidan ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Yangi
pedtexnologiya tushunchasining vujudga kelishi 60-yillarda Amerika va G‘arbiy Evropada ta’limni
isloh qilinishi bilan bog‘liq. Yangicha o‘qitish g‘oyasi va tamoyillari S.L. Rubinshteyn, M.I.
Maxmudov, V. Okon, I.Ya. Lerner, T. Sakamoto (Yaponiya), V.P. Bespalko kabi olimlar tomonidan
ishlab chiqilgan. Jahon pedagogikasida B. Blum, J. Koroll, P. Galperin, V.I. Davidov, N.A.
Menchinskaya texnologiyalari mashhurdur. Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilingandan boshlab, ta’lim tizimida, pedagogik nashrlarda
pedagogik texnologiyalar muammolari dolzarb tadqiqotchilik obyektlari sifatida ko‘tarila boshlandi.
U. Nishonaliyev, N.S. Saidahmedov, N.N. Azizxo‘jayeva, M. Ziyamuxammedov, U. Tolipov, B.L.
Farberman, R. Ishmuxammedov kabi pedagog-olimlar respublikada pedagogik texnologiyalar
muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Mamlakatimiz biologiya ta’limida yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanish J.O. Tolipova, A.T. G‘ofurov, G. Ergasheva kabi olimlar
tomonidan o‘rganilgan.

Tadqiqotning obyekti:


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

99

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti ‘‘Tabiiy fanlar’’ kafedrasi davolash

ishi va stomotologiya yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun o‘qitiladigan “Tibbiy biologiya.Umumiy
genetika fanini o‘qitish jarayoni.

Tadqiqotning predmeti:

Oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika”

fanining mazmuni, mohiyati va o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, shakllar va vositalar
majmuasi hisoblanadi.

Maqola maqsadi va vazifalari:

Oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy biologiya. Umumiy

genetika” fanini oqitishda, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash orqali
talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishdir. Mavzuni o‘qitishda zamonaviy
texnologiyalar va innovatsion metodlar, xususan,kichik guruhlarda ishlash, klaster texnologiyasi,
keys-stadi,muammoli ta’lim, didaktik o‘yinlar, hamkorlikda o‘qitish, interfaol va boshqa
metodlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tahlil va natijalar:

Tadqiqot natijasida olingan xulosalar “Tibbiy biologiya.Umumiy genetika” fani bo‘yicha

tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqish uchun amaliy dastur bo‘lishi mumkin.
Olingan xulosa va bildirgan takliflardan ta’lim muassasalari faoliyatida, “Tibbiy biologiya. Umumiy
genetika” fanini o‘qitishda va uni takomillashtirishda foydalanish mumkin. Olingan natijalar “Tibbiy
biologiya. Umumiy genetika” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi taklif-
tavsiyalar darslarniamaliy va nazariy jihatdan boyitishga yordam beradi.

Pedagogik texnologiya

” iborasi fanga birinchi marta 1970-yilda yapon olimi

T. Sakamoto

tomonidan kiritilgan. Olimning fikricha, pedagogik texnologiya — o‘qitishning maqbulligini
ta’minlovchi yo‘l-yo‘riqlar tizimi bilan bog‘liq bilimlar sohasidir. Professor

N.F. Talizina

pedagogik

texnologiyani belgilangan o‘quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat deb
hisoblaydi.

Pedagogik texnologiya

” so‘z birligi esa inglizcha “

an educational technology

” — “ta’lim

texnologiyasi” iborasining aniq bo‘lmagan tarjimasi bo‘lib, ta’lim (o‘qitish) jarayonini yuqori
mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida

ma’lumotlar beruvchi ta’limot ma’nosini

anglatadi. Bugungi kunda ta’lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga

ajratish mumkin.

Pedagogikaga oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi davrda

pedagogik texnologiya

tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi fanida mustahkam o‘rin egallagan.

Tа’lim

texnologiyasi turi

Ta’rif

An’anaviy ta’lim

texnologiyasi

Muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga
qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an’anaviy shakli, metodi va ta’lim vositalarining

majmuasidan foydalanib ta’lim-tarbiya maqsadiga erishiladi.

Noan’anaviy

ta’lim

texnologiyasi

Muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayonining markazida talaba shaxsi

bo‘ladi. O‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy

didaktik vositalarning majmuasi orqali kuzlangan maqsad va kafolatlangan

natijaga erishish ko‘zda tutiladi.

Ta’lim texnologiyalari turlari

Texnologiya nomi

Izoh

1

Interfaol o‘qitish texnologiyasi

O‘quvchi (talaba) faol ishtirok etadi, fikr yuritish va

muhokama asosida bilim hosil qiladi.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

100

Texnologiya nomi

Izoh

2

Muammoli ta’lim texnologiyasi

Talabalarni mustaqil yechim topishga undaydi; ilmiy

izlanish asosidagi o‘qitish.

3

Kейс-стади (Case-study)

texnologiyasi

Hayotiy vaziyatlarni tahlil qilish asosida o‘rganish; klinik

misollarga asoslangan o‘qitish.

4

Klaster texnologiyasi

G‘oyalarni tizimli guruhlash orqali tushunchani

shakllantirish.

5

Aqliy hujum (Brainstorming)

Yangi g‘oyalarni tezkor va erkin ravishda ishlab chiqish

usuli.

6

Sinkveyn texnologiyasi

Mavzuni 5 qatorli she’r yoki qisqacha ifoda orqali tahlil

qilish metodi.

7

Portfolio texnologiyasi

Talabaning shaxsiy yutuqlari va bilimlarini tizimli tarzda

hujjatlashtirish.

8

Rol o‘ynash texnologiyasi (Role

Play)

Ijtimoiy rollarni ijro etish orqali real hayotga yaqin

o‘rganish.

9

Loyihaviy ta’lim texnologiyasi

Mustaqil yoki guruhiy loyiha orqali o‘rganilayotgan

mavzuni chuqur tahlil qilish.

10

Axborot-kommunikatsion

texnologiyalar (AKT)

Kompyuter, internet, multimedia, videodarslar orqali

o‘qitish.

Ta’lim jarayonida keng qo‘llanilayotgan texnologiyalar turlari: “Modulli ta’lim”, “Muammoli

ta’lim”, “Interfaol metod”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Didaktik o‘yinlar”, “Hamkorlikda o‘qitish”,
“Sinov darslari” kabi tushunchalar kelayotgan (Buyuk Britaniya, Gollandiya, AQSh, Rossiya) ta’lim
tizimining samarali shakllaridan hisoblanadi.

Interfaol metodlar – bu zamonaviy pedagogik yondashuv bo‘lib, faqatgina ma’ruza yoki

suhbat shakllarida emas, balki talabalar bilimini mustaqil egallash, uni chuqurlashtirish, amaliyot
bilan bog‘lashga asoslangan. Ustoz faqat bilim beruvchi emas, balki tashkilotchi, yo‘naltiruvchi,
maslahat beruvchi va jarayonni boshqaruvchi sifatida ishtirok etadi. Bu esa talabani markazga olib
chiqib, ularning mustaqil fikrlashini rag‘batlantiradi.

Hamkorlikda o‘qitishning pedagogik ahamiyati

Hamkorlikda o‘qitish – talabalar bilimini egallash, mustahkamlash va amaliy qo‘llashga

xizmat qiluvchi o‘qitish shaklidir. Bu metodda talabalar mustaqil kichik guruhlarda ishlaydi, bilim
olishda o‘zaro yordamga tayanadi. Bunday metodlar jumlasiga quyidagilar kiradi: “Zig-zag”, “Aqliy
hujum”, “Pinbord”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Nafis arra”, “Bumerang” kabi interfaol usullar.

“Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanini o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan

interfaol texnologiyalar

“Keys”

– amaliy muammoni hal etish orqali bilimlarni mustahkamlovchi texnologiya;

“Insert”

– o‘qilgan matnga nisbatan shaxsiy fikrlar va munosabat bildirish;

“Кlastr”

– asosiy tushunchani tarmoqli ravishda ifodalash;

“Aqliy hujum” yoki SAT

– tezkor g‘oyalar yaratish texnikasi;

“Venn diagrammasi”

– ikki tushuncha o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlash;

“Kichik guruhlarda ishlash”

– guruh bo‘lib o‘z fikrini ifodalash va himoya qilish;


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

101

“Atamalar zanjiri”

,

“Аtamalar varag’i”

– ilmiy tushunchalarni izchil bog‘lash va

tasniflash;

“Tezkor o‘yinlar”

– bilimni musobaqa tarzida mustahkamlash;

Mashqlar va o‘yinlar

– tajriba, mantiqiy tafakkur va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga

qaratilgan shakllar.

INSERT (Interactive Noting System for Effective Reading and Thinking)

— bu usul

mustaqil o‘qish vaqtida olingan ma’lumotlarni, eshitilgan ma’ruzalarni tizimlashtirish, tahlil qilish va
baholash imkonini beradi. Talabalar o‘zlarining ilgari olgan bilimlari bilan yangi o‘quv materiallarini
solishtirib, ularni tasdiqlash, rad etish yoki yangilash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur metod quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:

ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarni yangilari bilan bog‘lash;

mustaqil o‘qish orqali o‘z fikrini shakllantirish;

matndagi fakt va g‘oyalarni mustaqil tahlil qilish;

tushunmagan yoki aniqlashtirilishi kerak bo‘lgan joylarni qayd etish.

Talaba matnni o‘qib chiqib, uni quyidagi

belgilar

asosida

jadval

tarzida tahlil qiladi:

Belgilar

Ma’nosi

V

Men ilgari bilgan ma’lumotlarga mos

Men ilgari bilgan ma’lumotlarga zid

+

Men uchun yangi ma’lumot

?

Men uchun tushunarsiz yoki aniqlashtirish, izohlash talab qilinadi

INSERT metodining afzalliklari:

Talabani faollikka undaydi;

O‘qilgan materialni chuqur anglashga yordam beradi;

Mustaqil tahlil va xulosalash qobiliyatini rivojlantiradi;

Tanqidiy fikrlash va kuzatuvchanlikni oshiradi.

INSERT –

lokal darajadagi pedagogik texnologiya

bo‘lib, odatda

ko‘proq faktik

ma’lumotlarni

o‘rganishga qaratilgan mavzularda qo‘llanadi. U talabaga o‘qilayotgan matndagi

asosiy g‘oyalarni mustaqil anglash, baholash, saralash va ular ustida fikr yuritish imkonini beradi.

“БББ” metodi (Bilaman – Bilmoqchiman – Bildim)

“БББ” – bu mustaqil fikrlashni rag‘batlantiruvchi, bilimlarning mustahkamlanishi va

baholanishiga xizmat qiluvchi metodlardan biridir. Ushbu metod o‘quv jarayonida, xususan

ma’ruza

darslarida

samarali qo‘llaniladi. U o‘quvchini faol holatga keltirib, o‘zining mavzu haqidagi bilim

darajasini baholashga, yangi savollar yuzasidan izlanishga undaydi va o‘qish yakunida real natijani
ko‘rsatadi.

Metodning asosiy bosqichlari:

1.

Bilaman (B)

– Talaba mavzu yuzasidan o‘zi ilgari bilgan tushuncha va faktlarni

yozadi;

2.

Bilmoqchiman (B)

– Talaba ushbu mavzu yuzasidan qanday savollarga javob olishni

istashi, nimalarni o‘rganmoqchi ekanini belgilaydi;

3.

Bildim (B)

– Mavzu o‘rganilgach, talaba yangi olgan bilim va tushunchalarni yozadi.

“БББ” jadvali — Tirik organizmlarning asosiy biopolimerlari: oqsil va nuklein kislotalar

Bilaman

Bilmoqchiman

Bildim

Oqsillar organizmda

qurilish vazifasini bajaradi

Oqsil va DNK qanday molekulyar

tuzilishga ega?

Oqsillar 20 xil aminokislotadan

tuzilgan polimerlardir

DNK genetik axborotni

saqlaydi

DNK va RNK o‘rtasidagi farqlar

nimalarda?

DNK ikki zanjirli, RNK esa bir

zanjirli bo‘ladi


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

102

Bilaman

Bilmoqchiman

Bildim

Nuklein kislotalar

hujayrada bo‘ladi

Oqsillar sintezida qanday

bosqichlar ishtirok etadi?

RNKning turlari: iRNK, tRNK,

rRNK va ularning funksiyalari

Oqsillar va nuklein kislotalar

o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday?

Gen – oqsil sintezi uchun axborot

saqlovchi DNK bo‘lagi

Nukleotidlar tarkibi qanday

elementlardan tashkil topgan?

Nukleotidlar – azotli asos, shakar

va fosfatdan tashkil topgan

“Kichik guruhlarda ishlash” metodi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi davolash

ishi yo‘nalishi 1-kurs talabalarida o‘qitiladigan “Tibbiy biologiya.Umumiy genetika” fanidan
mavzularni o‘qitishda, kichik guruhlarda ishlash metodidan foydalanilganda yaxshi samara berdi.
Ushbu metod qo‘llanilganda talabalarining darsdagi faolligi oshib, har bir talaba munozarada
qatnashib, bir-biridan mavzuni auditoriyada o‘rganishga, boshqalar fikrini qadrlash holati kuzatildi.

1.

Kichik guruhlarda ishlash metodini qo‘llanilishida quyidagilarga e’tibor

qaratish lozim:

“Kichik guruhlarda ishlash” metodining afzallik va kamchilik tomonlari


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

103

Didaktik o‘yinlar

ta’limiy xarakterga ega bulib, talabalar bilimining mustaxkamlanishiga va

kengayishiga, ularni umumlashtirishga, tizimga solishga yordam beradi. Ta’lim va tarbiya berish
jarayonida xar xil didaktik uyinlardan: ogzaki, o‘yin-viktorinadan foydalanish, muammoli xolatlar
keltirib chikarish, yechimini topish, baxslashish, natijaga erishish mashg‘ulot samaradorligini
oshiradi. Didaktik o‘yinlarning xususiyatlari shundaki, ta’limga alokador masalalar mashgulot
jarayonida o‘yin asosida, uning koidalariga muvofik tarzda olib boriladi. Talaba o‘ynar ekan, u
nimanidir o‘rganishi haqida o‘ylab o‘tirmaydi. Lekin o‘yin jarayonida nimanidir o‘rganadi. Didaktik
o‘yin mazmuni ta’limning muhim qismi sifatida kiritilgan bo‘ladi. Didaktik o‘yin talabalarning aqliy
qobiliyatini o‘stiradi.

Hamkorlikda o‘qitish -

talabalarning bilimini o‘zlashtirish, singdirish, mustahkamlash

bo‘yicha reproduktiv faoliyatini ta’minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik bo‘yicha talabaning
bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o‘qitish va bilim olishdir. U
talabalarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadigan metodlardan
iborat. Bularga “Zig-zag”, “ Aqliy hujum”, “ Pinbord”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Nafis arra”,
“Bumerang” kabi boshqa metodlarni kiritish mumkin.

“Tibbiy biologiya va genetika ” fanidan dars jarayonida talabalarning o‘zlashtirgan

bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamligini ta’minlash maqsadida klasterdan foydalanish muhim
o‘rin tutadi. Klaster- “cluster” ingliz tilida shajara degan ma’noni anglatib, axborot xaritasini tuzish
yo‘li-barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil
atrofida g‘oyalarni yig‘ishdan iborat. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga
mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
Ushbu lokal texnologiya talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan va o‘zlashtiradigan g‘oya, qonuniyat va
tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishni anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib,
tahliliy-tanqidiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.

Klaster.

Muammoli o‘qitish texnologiyasi.

Hozirgi davr ta’lim tizimining zarur tarkibi bu

muammoli ta’limdir

. Pedagogika fanlari

doktori, professor L.M.Pancheshnikova ta’kidlaganidek, “Muammoli ta’lim avvalo talabalar uchun
yangi hisoblangan muammolarni dalillar bilan hal etish jarayoniga talabalar va o‘qituvchi
hamrkorlikda kirishishi bilan tavsiflanadi”. Muammoli ta’limni sharhlashda olimlar, mutaxassislar va


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

104

Ирсиятнинг

моддий

асослари

борлиги

Моддий

асосларни нуклеин

кислоталар ташкил

этади

РНК бу ахбаротларни ўз

навбатида керакли

жойларга информация

асосида етказади ёки

ташиб беради

.

ДНК ирсий

ахбаротларни

сақлайди ва

авлоддан

-

авлодга

ўтишини

таъминласа

Булар ДНК ва РНК

Нима

учун

фарзандларда

ота

-

оналаридаги

белгилар

намоён

бўлади

?

metodistlar o‘rtasida yagona fikr shakllanganicha yo‘q. Shunisi aniqki, muammoli ta’lim
o‘qituvchining “hikoya qilish, tushuntirish, bilimini aniqlash” faoliyati, talabaning “e’tibor berish –
yodda saqlash - takrorlash” faoliyatini tan olmaydi. Bu chizma muammoli ta’lim talabini
qanoatlantirmaydi. Mazkur chizma talabalarning bilish faoliyatini rivojlantira olmaydi. Muammoli
ta’limning mohiyati va uni amalga oshirish yo‘llari haqida asosan ikki yo‘nalish mavjud. Birinchi
yo‘nalish tarafdorlari agar o‘quv materialining muayyan qismini talabalar o‘qituvchi tomonidan
berilgan topshiriqlarni bajarib, mustaqil o‘rgansalar, oqsil va nuklein kislotalar haqidagi

ma’lumotlarni bilish (egallash) uchun izlansalar, buni muammoli ta’lim deb hisoblaydilar. Ular
qiyoslash, oqsil va nuklein kislota komponentlari orasidagi o‘zaro aloqadorlik sabablarini aniqlash
maqsadida evristik (savol-javob) suhbat uchun an’anaviy savollarni muammoli deb hisoblaydilar.
Masalan, “ Nima uchun ” sxemasi orqali “RNK va DNK farqi nima?” yoki “Nima uchun DNK irsiy
material deb ataladi?” yoki “Oqsillarning ahamiyati beqiyosligiga sabab nima?” kabilar. Bunday
savollar ilgari ham “muammoli” deyilmasada, talabalarga topshiriq sifatida berilgan. Hozir bu
topshiriqlarni mustaqil va ijodiy bajarilishiga e’tibor berila boshlandi.

“Nima uchun” sxemasi







Kichik keyslar

Hammamizga ma’lumki, organizm hujayrasida onarganik, organik birikmalar mavjud bo‘lb,

ularni tadqiq etilishiga turtki bo‘lgan jarayonlar hujayraning o‘rganilishi, huayra nazariyasining
yaratilishi, elektron mikroskopning yaratilishi v.h.k. lar asosida:

Keys savoli

Qaysi kislotalar o‘rganildi?

Ba’zi holatlarda, jumladan, ko‘paytirish jadvalida ham algoritimlik, ketma-ketliklar mavjud.

Key savoli

DNK asoslarining tartibi RNK asoslarini tartibini belgilaydi .


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

105

Irsiyatning

moddiy asoslari

borligi

Moddiy asoslarini

nuklein kislotalar tashkil

etadi

RNK bu axborotlarni

o’z navbatida kerakli

joylarga informatsiya

asosida yetkazadi yoki

tashib beradi

DNK irsiy

axborotlarni

saqlaydi va

avloddan –avlodga

o’tishini ta’minlasa

Dezoksiribonuklein
kislota va ribonuklein
kislota.

Bular DNK vA

RNK

Nima uchun farzandlarda

ota-onalardagi belgilar

namoyon bo’ladi ?

VENN DIAGRAMMASI

NIMA UCHUN? METODI

Qo’sh zanjirli

uglevodlardan

Dezoksiboza

Azot asoslari ,

А-Г, Ц-Т

Bir

zanjirli,

uglevodlardan

reboza, azot

asoslaridan

А-Г, У-Ц

vazifasiga RNK

qarab

Har ikkalasi ham

hujayra

yadrosida

uchraydi.

Tarkibida

uglevod, fosfat

kilsota, azot

asoslar


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

106

Qanday ? » ierarxik diagrammasiga namuna

Qanday qilib

prokariot

organizmlarda irsiy

belgilar saqlanadi

va uztiladi ?

Prokariot organizmlarga

bakteriyalar,

ko’k

-yashil suv

o’tlar mikroplazmalar

kiradi

Ularda bir donagina

xromosoma

bo’lib

,u

yagona

ДНК

molekulasidir

Natijada shu DNK irsiy
axborotlarni saqlaydi va
keyingi

а

avlodlarga

o’tkazadi.

Eukariot hujayralarda

ham

ДНК

ham

РНК

bo’ladi

.

Buorganizmlarda

ДНК,

yoki

РНК

mavjud

bo’ladi

O’simliklar

, hayvonlar va

odam belgilari nuklein

kislotalarning faoliyati

orqali

Bu organizmlarga

hayvonlar,

o’simliklar

va odam

kiradi.

Ularda membrane bilan
chegaralangan yadro

bo’lmaydi.

Mikroorganizmlar,

jumlad, bakteriyalar har

10-15 minutda

ko’payib

turadi

Keyingi avlodlarga

muntazam ravishda

o‘tkazilib

boriladi.

борилади.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

107

B.B.B METODI

Bilaman

Bilishni hoxlayman

Bilib oldim

Hujayrada shunday
polemer moddalr borki,
ota-ona belgilarini
avloddan-avlodga
berilishini

Bu jarayonlarni amalga oshirishda qanday tajriba
ishlari olib borilgan?

Bu ishlar qachon, kim tomonidan nechanchi yilda
aniqlangan?

Ularning ishlari bugungi kunda ham
o‘rganolmoqdami?

Molekular biologiya fani
insoniyat kelajagini,
tibbiyotdagi qo‘lga
kiritilgan yutuqlar qishloq
xo‘jaligida yaratilgan
navlarning asosini qamrab
oladi

Muammoli ta’lim metodida SWOT- tahlili

s

Kuchli tomoni

Hujayra yadrosida joylashgan bunday kislotalar orqali

organizmning irsiy axborotlarining tashilishida DNK va RNK

FIKR. MULOHAZA. ISBOT


FSMU

F

Hozirgi kunga kelib DNK

nukleotidlarining ketma-ketligi
aniqlanib yozilishi
natijasidahayot kitobi yaratildi.

S

Buning uchun DNK

fragmentini aniqlaydigan, uni

o’qiydigan apparatlarning

yaratilishi muhim rol
oynamoqda

М

G’o’za

va bug’doy

navlarining serhosil, erta
pishar, kasalliklarga chidamli
navlarini yaratish imkonini
beradi

U

Molekulyar kasalliklarni

o’rganishda

yanginavlarchiqarishda
irsiyatning modd asoslari

bo’lganDNK

va RNKni

o’rganish

muhim ahamiyat

kasb etadi.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

108

muhim bo‘lib, DNK qo‘sh spirali, spiralning har bir bo‘lagi o‘ziga

xos biologik vazifalarni bajaradi.

w

Ojiz tomoni

DNK va RNKning faoliyatini to‘liq o‘rganish uchen har bir talaba

genetika fanini o‘rgangan bo‘oishi kerak.

o

Imkoniyatlari

Talabalar bu mavzuni o‘quv adabiyotlari, turli xil ilmiy maqolalar,

uslubiy qo‘llanmalar, majmualar, vmdeolavhalar, ilmiy tadqiqot

ishlarining natijalari bilan tanishishlari orqali o‘rganishlari mumkin.

t

Xavflar

DNKni o‘rganishda talabalar to‘liq jixozlangan laboratoriyada olib

borishlari kerak.

INSERT METODI

Insert chizmasi

I

Bilaman

Hujayrada nuklein kislotalar borligini.

-

To‘g‘ri kelmadi

Nuklein kislotalarni oddiy sharoitla ko‘rib bo‘lmasligi.

-

Yangi axborot

DNK replikitsiyasi, DNK va RNK polimeraza.

?

Tushunmadim

4 xil nukleotid 64 xil kombinatsiyani hosil qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Abdullaev Sh.Yu., Zaynutdinov M.O. Oliy tibbiy ta’limda interfaol o‘qitish usullarining

o‘rni // Tibbiy ta’limdagi islohotlar – mamlakatimiz tibbiyot sohasining taraqqiyot mezoni
Respublika o‘quv-uslubiy konf. material. Toshkent – 2018. 179-180 betlar.

2. Abdumajidov A.Sh. va b. Talabalarni bilimini va ko‘nikmalarini oshirishda zamonaviy

pedagogik texnologiyalarni qo‘llash // Tibbiy ta’limdagi islohotlar – mamlakatimiz tibbiyot
sohasining taraqqiyot mezoni Respublika o‘quv-uslubiy konf. mater. Toshkent – 2018. 10-11 betlar.

3.Avliyakulov N.X., Namozova N.J. Muammoli o‘qitish texnologiyalari(monografiya). T.:

Fan va texnologiyalar, 2008. - 80 b.

4. Ergаshevа G.S. Biologiyа tаʼlimidа interаktiv dаsturiy vositаlаrdаn sаmаrаli foydаlаnishni

tаkomillаshtirish. Monogrаfiyа. − T., Fаn vа texnologiyаlаr, 2017. − 220 b.

5.Roʻziyevа G.T. Rаqаmli tаʼlim muhitidа boʻlаjаk biologiyа oʻqituvchilаrini аxborot

texnologiyаlаr bilаn ishlаsh kompetentligini rivojlаntirish. Toshkеnt dаvlаt Pеdаgogikа univеrsitеti .
Ilmiy аxborotlаri ilmiy nаzаriy jurnаli. 10-son, 2022 yil. В.225-230.

6. Roʻziyevа G.T. Boʻlаjаk biologiyа oʻqituvchilаrini innovаtsion kаsbiy fаoliyаtgа

tаyyorlаsh metodikаsining nаzаriy аsoslаri. Toshkеnt dаvlаt Pеdаgogikа univеrsitеti . Ilmiy
аxborotlаri ilmiynаzаriy jurnаli. 11-son, 2022 yil. В.190-196.

References

Abdullaev Sh.Yu., Zaynutdinov M.O. Oliy tibbiy ta’limda interfaol o‘qitish usullarining o‘rni // Tibbiy ta’limdagi islohotlar – mamlakatimiz tibbiyot sohasining taraqqiyot mezoni Respublika o‘quv-uslubiy konf. material. Toshkent – 2018. 179-180 betlar.

Abdumajidov A.Sh. va b. Talabalarni bilimini va ko‘nikmalarini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash // Tibbiy ta’limdagi islohotlar – mamlakatimiz tibbiyot sohasining taraqqiyot mezoni Respublika o‘quv-uslubiy konf. mater. Toshkent – 2018. 10-11 betlar.

Avliyakulov N.X., Namozova N.J. Muammoli o‘qitish texnologiyalari(monografiya). T.: Fan va texnologiyalar, 2008. - 80 b.

Ergаshevа G.S. Biologiyа tаʼlimidа interаktiv dаsturiy vositаlаrdаn sаmаrаli foydаlаnishni tаkomillаshtirish. Monogrаfiyа. − T., Fаn vа texnologiyаlаr, 2017. − 220 b.

Roʻziyevа G.T. Rаqаmli tаʼlim muhitidа boʻlаjаk biologiyа oʻqituvchilаrini аxborot texnologiyаlаr bilаn ishlаsh kompetentligini rivojlаntirish. Toshkеnt dаvlаt Pеdаgogikа univеrsitеti . Ilmiy аxborotlаri ilmiy nаzаriy jurnаli. 10-son, 2022 yil. В.225-230.

Roʻziyevа G.T. Boʻlаjаk biologiyа oʻqituvchilаrini innovаtsion kаsbiy fаoliyаtgа tаyyorlаsh metodikаsining nаzаriy аsoslаri. Toshkеnt dаvlаt Pеdаgogikа univеrsitеti . Ilmiy аxborotlаri ilmiynаzаriy jurnаli. 11-son, 2022 yil. В.190-196.