“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
132
KARBAMID, FARMALDEGID VA QAHRABO KISLOTASI ASOSIDA KOMPLEKS
HOSIL QILUVCHI SORBENTLARNI SINTEZI VA TADQIQOTI
1
Muqumova G. J.,
2
Turayev X. X.,
3
Kasimov Sh. A.,
4
Xodjayev A.,
5
O‘razova O‘.F.
1
Termiz davlat universiteti doktoranti,
2
k.f.d.,prof,
Termiz davlat universiteti,
3
k.f.d.,prof., Termiz
davlat universiteti,
4
Mustaqil tadqiqotchi, Termiz davlat universitet,
5
Magistranti Termiz davlat universiteti
Annotatsiya
Annotatsiya. Mazkur
ilmiy tadqiqot ishida
tarkibida azot va kislorod bo‘lgan kompleks
hosil qiluvchi sorbentlarni polikondensatsiya reaksiyasi asosida sintez qilindi.Sintez qilingan
sorbentning tarkibi, tuzilishi hamda fizik-kimyoviy xossalari o‘rganildi.Sorbentning sochma og’irligi
va statik almashinuv sig‘imini aniqlandi.
Kalit so‘zlar: sorbent, karbamid, formalin, qahrabo kislotasi, KFQ,statik almashinish
sig’imi,sochma og’rlik.
Kirish.
Karbamid, tiokarbamid, formalin va qahrabo kislotasi asosidagi kompleks hosil
qiluvchi sorbentni sintez qilish va o‘rganishda tadqiqot ishini bajarish uchun “toza” va “kimyoviy
toza” markali kimyoviy reaktivlardan foydalanildi. Tajriba uchun ishlatilgan kimyoviy reaktivlar
eritmalari namunani aniq hajmdagi erituvchilarda eritib tayyorlandi.
Asosiy qism.
KFQ sorbentining sintezi. Tarkibida azot va kislorod saqlagan kompleks hosil
qiluvchi ionit sintezi uchun qaytar sovutgich va avtomatik aralashtirgich o‘rnatilgan uch og'izli
kolbaga 1,2 g(0,02 mol) karbamid 4 ml(0,05 mol) formalinda eritildi va pH=8-9 bo‘lgunga qadar
ammoniy gidroksid eritmasi qo‘shildi. Harorat 70-80 ℃ da qavushqoq massa hosil bo‘lguncha
qizdirildi. Hosil bo‘lgan qovushqoq aralashmaga 1,18 g(0,01mol) qahrabo kislotani 5 ml ammoniy
gidroksiddagi eritmasidan tomchilatib qo‘shildi va aralashtirildi. Harorat 110-130 ℃ ga ko‘tarilganda
qattiq yoki saqichsimon massa hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan smolasimon massa chinni kosachaga
solindi va 100 ℃ haroratda quritish shkafida 20 soat davomida quritildi. Quritilgan polimer
maydalangach, past molekulyar og‘irlikdagi moddalardan dastlab 5 % li natriy ishqor eritmasi bilan,
so‘ngra bir necha marotaba distillangan suv bilan neytral holga kelguncha yuvildi. Natijada kichik
g‘ovaklardan iborat oq rangli donador massa hosil bo‘ldi. Mahsulot unumi 90 % ni tashkil etdi.
Karbamid, formalin va qahrabo kislota polikondensatsiyasi reaksiyasiga muqobil harorat
ta’sirini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib borildi. Polikondensatsiya reaksiya jarayoni: 110, 120,
130 va 140 ℃ haroratlarda o‘rganildi. Izlanishlar davomida reaksiyaning vaqtga bog’liqligi,
sorbentning suvdagi solishtirma hajmi va 0,1 n NaOH eritmasi uchun statik almashinish sig‘imi
(SAS) qiymati aniqlandi.
1-jadval
Polikondensatsiya jarayonida haroratining ion almashinuvchi xossalariga ta’siri
№
Reaksiya
harorati T,
℃
Reaksiya
vaqti τ, soat
Maxsus hajm
suvda bo‘kkan sorbent H
shakli, ml/g
SAS, 0,1 n NaOH eritmasi
mg-ekv/g bo‘yicha
1.
110
5-6,5
1,5
2,9
2.
120
4,5-5
1,3
3,2
3.
130
2,5-3
1,0
5,0
4.
140
1,5-2
0,9
3,9
1-jadvalda keltirilgan natijalarga ko’ra, polikondensatsiya reaksiyasi uchun muqobil harorat
sifatida 130 °C olingan, reaksiya vaqti 1,5-2 soat, reaksiya bir xil bo‘lib, 0,1 n NaOH eritmasi uchun
almashinuv sig‘imi 5 mg-ekv /g ga to‘g‘ri keladi.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
133
1-rasm. Sintez qilingan KFQ sorbentlarining sitatik almashinish sig‘imini haroratga
bog‘liqlik grafigi.
1-jadval va 1-rasmda keltirilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, 110 ℃ haroratda
polikondensatsiya reaksiyasining davomiyligi 5-6,5 soat, sorbentning statik almashinish sig’imi KFQ
uchun 2,9 mg-ekv/g ekanligi aniqlandi. Bu ma’lum bir haroratda reaksiya uchun olingan
reaktivlarning past faolligi bilan bog‘liq. Reaksiya haroratining 140 °C gacha ko‘tarilganda
polikondensatsiyalanish reaksiyasi tezligi ortdi shu bilan birgalikda reaksiyaga sarflangan vaqt 1,5-2
soatgacha kamayadi, shu bilan bir qatorda static almashinish sig’imining qiymati hamda ion
almashinuvchining bo‘kkanlik darajasi ham kamayadi. Bundan shunday xulosa qilindiki, ma’lum bir
haroratda hosil bo‘lgan ion almashinuvchining strukturasi zichroq bo‘lib, buning natijasida ionogen
guruhlarning harakatchanligi qiyinlashadi.Olib borilgan izlanishlar natijasida polikondensatlanish
reaksiyasi uchun muqobil harorat 130 °C olindi, reaksiya vaqti 2,5-3 soat va 0,1 n NaOH eritmasi
uchun almashinish sig‘imi 5,0 mg-ekv/g qiymatiga ega ekanligi aniqlandi.
Xulosa.
Karbamid, formalin, dikarbon kislota kislotasining polikondensatsiya reaksiyasi
asosida kompleks hosil qiluvchi MFL, MFQ hamda MFV sorbentlar olindi. Tadqiqotlarda olingan
sorbentlarning sintez qilish uchun muqobil sharoitlar aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Muqumova G.J.,Turayev X.X.,Mo ‘minova Sh.N.,Kasimov Sh.A.,Karimova N.J.
“Spectroscopic analysis of a sorbent based on urea, formalin, and succinic acid and its complexes
with ions of Cu(II), Zn(II), Ni(II)”
Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-texnik
jurnali 1-son 2024y
2
3
4
5
6
105
115
125
135
145
S
A
S
,
m
g
-e
k
v
/g
T, C
