Authors

  • Yuldoshov B.A
  • Xaliyarov J.X
  • Raupova S.A.
    Termiz davlat pedagogika institute

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.114826

Keywords:

Tabiiy fanlar TIMSS kuzatish tajriba tahlil

Abstract

Maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida xalqaro baholash dasturlaridan biri bo‘lgan TIMSS namunaviy topshiriqlaridan foydalanish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda TIMSS topshiriqlarining tuzilishi, mazmuni va ularning o‘quvchilarda ilmiy tafakkur, muammoli fikrlash, mantiqiy tahlil qilish va eksperimentga asoslangan bilimlarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

168

TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA TIMSS NAMUNAVIY TOPSHIRIQLARIDAN

FOYDALANISH

Yuldoshov B.A

1

., Xaliyarov J.X

1

., Raupova S.A.

2

1

Termiz davlat universiteti,

2

Termiz davlat pedagogika institute

Annotatsiya.

Maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida xalqaro baholash dasturlaridan biri

bo‘lgan TIMSS namunaviy topshiriqlaridan foydalanish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda TIMSS
topshiriqlarining tuzilishi, mazmuni va ularning o‘quvchilarda ilmiy tafakkur, muammoli fikrlash,
mantiqiy tahlil qilish va eksperimentga asoslangan bilimlarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil
qilingan. Bunda TIMSS topshiriqlari orqali biologiya, fizika, kimyo va geografiya kabi tabiiy fanlarni
o‘qitishda dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilar bilimini xalqaro standartlar darajasida
baholashga tayyorlash yo‘llari ko‘rsatib berilgan.

Tayanch so‘z va iboralar:

Tabiiy fanlar, TIMSS, kuzatish, tajriba, tahlil

Mamlakatning ta’lim sifatini xalqaro tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqib, o‘quv jarayonini

takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shubhasiz, tabiiy fanlar biologik, fizikaviy, kimyoviy
va geografik bilimlarni chuqurlashtirishni talab etadi.

Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning yuqori natijalarga erishishi asosan bilimlarning

odatiy vaziyatlarida qo‘llash qobiliyati tufayli bo‘lib, ammo ular olgan bilimlarning ahamiyatini
tushunish va nostandart vaziyatlarda ushbu bilimlardan foydalanish oson kechavermaydi. Tayanch
maktabda tizimli tabiatshunoslik kurslarining mazmuni o‘quv faoliyatining ancha murakkab turlarini,
shu jumladan loyihaviy va o‘quv tadqiqotlarini talab qiladigan hayotiy vaziyatlarga asoslangan
vazifalar bilan to‘ldirilishi talab etmoqda.

TIMSS tadqiqoti natijalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, maktab o‘quvchilari kuzatish va

eksperimentlarning alohida bosqichlarini farqlashni yoki oddiy tadqiqotlar natijalarini tahlil etishni
talab qiladigan topshiriqlarni bajarishda metodik ko‘nikmalarda kamchiliklar yuzaga keldi[1].

6-sinf “Tabiiy fanlar” darsligida[2] 82-mavzu “Sodda elektr zanjiri”ga oid egallangan

bilimlarni mustahkamlashda quyidagi topshiriq muhim ahamiyatga ega:

1-topshiriq:
Quyidagi rasmda (1-rasm) elektr zanjiridagi batareyaga ulangan lampochka ko‘rsatilgan. 1 va

2 nuqtalarga ulangan quyidagi jismlarning qaysi biri lampochkaning yonishiga olib keladi?

A) temir sim
B) plastik qoshiq
C) rezina tasma
D) yog‘och tayoq

1-rasm. Elektr zanjiri

Zamonaviy sharoitda ilmiy bilimlar metodologiyasi bilan tanishish tabiatshunoslik

ta’limining ajralmas va o‘ta muhim qismi hisoblanadi, chunki u ilmiy ma’lumotlarning ishonchliligini


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

169

baholash uchun asboblar to‘plamini tashkil qiladi va shuning uchun kreativ fikrlashni rivojlantirish
uchun asos bo‘ladi.

Oddiy kuzatish va tajribalarni mustaqil ravishda o‘tkazish qobiliyatini rivojlantiruvchi

o‘quvchilarning tajribalar tizimini atrof-muhit bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarga kiritish maqsadga
muvofiq.

Ushbu berilgan tavsiyalar tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonini zamon talablari asosida

takomillashtirish imkonini berishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ковалёва Г.С., Демидова М.Ю. Международное сравнительное исследование TIMSS-

2011 «Естествознание»: результаты и выводы - Школьные технологии – 2013 - №4 – с. 155-
161

2. K. T. Suyarov va boshq. Tabiiy fanlar: 6-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika ta’lim

markazi, 2022. – 192 b.

References

Ковалёва Г.С., Демидова М.Ю. Международное сравнительное исследование TIMSS2011 «Естествознание»: результаты и выводы - Школьные технологии – 2013 - №4 – с. 155 161

K. T. Suyarov va boshq. Tabiiy fanlar: 6-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 192 b.