Authors

  • Madina O’tkirbekova
  • Buzrukov. T. O

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.114832

Keywords:

Nurlanishning inson organizmiga ta’siri Radionuklidlar Radiaktiv izatoplar. Patalogik jarayonlar

Abstract

Ushbu maqola Nurlanishning inson organizmiga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan. Kundalik hayotimizda nurlanish, radioaktivlik atamalariga tez-tez duch kelamiz. Ko‘pchilik ularning inson uchun zararli ekanligini bilsa-da, asl mohiyatini yaxshi anglab yetmaydi. Holbuki, atrofimizni o‘rab turgan oddiy jismlar, kundalik turmushda keng foydalaniladigan materiallarda ham radioaktivlik xususiyati mavjud bo‘lishi mumkin. Radionuklidlarning organizmda chiqarilishi, radionuklidlarni fizikaviy-kimyoviy xossalariga, yarim yemirilish davrlariga bog‘liq bo‘lib, to‘liq chiqarilmasdan organizmdagi turli organlarda (suyakda, mushaklarda, o‘pkada va boshqalarda) to‘planadi.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

179

NURLANISH NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR VA ULARNI

DAVOLASH USULLARI

O’tkirbekova Madina O’tkirbek qizi

Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti talabasi

Email: otkirbekovamadina@gmail.com

Buzrukov.T. O

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tabiiy fanlar kafedrasi

dots, v,b pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Email: buzrukovtulqin5@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqola Nurlanishning inson organizmiga ta’sirini o’rganishga

bag’ishlangan. Kundalik hayotimizda nurlanish, radioaktivlik atamalariga tez-tez duch kelamiz.
Ko‘pchilik ularning inson uchun zararli ekanligini bilsa-da, asl mohiyatini yaxshi anglab yetmaydi.
Holbuki, atrofimizni o‘rab turgan oddiy jismlar, kundalik turmushda keng foydalaniladigan
materiallarda ham radioaktivlik xususiyati mavjud bo‘lishi mumkin. Radionuklidlarning organizmda
chiqarilishi, radionuklidlarni fizikaviy-kimyoviy xossalariga, yarim yemirilish davrlariga bog‘liq
bo‘lib, to‘liq chiqarilmasdan organizmdagi turli organlarda (suyakda, mushaklarda, o‘pkada va
boshqalarda) to‘planadi. Kishilar organizmiga o‘tgan radioaktiv izotoplarning xavfsiz deb
belgilangan chegaraviy miqdoridan ortib ketishi kishilarning ortiqcha nurlanish olishiga olib keladi.
Ortiqcha nurlanish esa sog‘lom hujayralar atomlarini ionlashtirib, hujayralarni yemiradi, qon tarkibini
o‘zgartiradi, hayot uchun xavfli bo‘lgan turli patalogik jarayonlar (saraton, nasl kasalligi, bepushtlik,
teri, qon kasalliklari) kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kalit so’zlar:

Nurlanishning inson organizmiga ta’siri, Radionuklidlar, Patalogik jarayonlar,

Radiaktiv izatoplar.

ЗАБОЛЕВАНИЯ, ВЫЗВАННЫЕ РАДИАЦИОННЫМ ВОЗДЕЙСТВИЕМ, И МЕТОДЫ

ИХ ЛЕЧЕНИЯ

Уткирбекова Мадина Уткирбек кызы

Студент Термезского университета экономики и сервиса

Электронная почта: otkirbekovamadina@gmail.com

Бузруков. Т. О.

Термезский университет экономики и сервиса, факультет естественных наук

Доцент, доктор педагогических наук

Электронная почта: buzrukovtulqin5@gmail.com

Абстрактный.

Данная статья посвящена изучению воздействия радиации на организм

человека. В повседневной жизни мы часто сталкиваемся с терминами «радиация» и
«радиоактивность». Хотя многие люди знают, что они вредны для человека, они не до конца
понимают их истинную природу. Однако даже обычные предметы, окружающие нас, и
материалы, широко используемые в повседневной жизни, могут содержать радиоактивность.
Выведение радионуклидов из организма зависит от физико-химических свойств
радионуклидов и периода их полураспада, они накапливаются в различных органах организма
(костях, мышцах, легких и т. д.), не выводясь полностью. Превышение безопасного предела
попадания радиоактивных изотопов в организм человека может привести к чрезмерному
облучению. Избыточное излучение ионизирует атомы здоровых клеток, разрушает их,
изменяет состав крови и может вызвать различные опасные для жизни патологические
процессы (рак, генетические заболевания, бесплодие, заболевания кожи и крови).

Ключевые слова:

Действие радиации на организм человека, Радионуклиды,

Патологические процессы, Радиоактивные изотопы.

Radiatsiya

(lotincha: radiatio — nurlanish) — yadroviy oʻzgarishlar oqibatida vujudga

keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlar, Quyosh nurlanishi, kosmik nurlar oqimlari.

Nur kasalligi

- ionlovchi nurlarning organizmga taʼsir etishida yuzaga keladigan kasallik

(k.Ionlanish). Nur kasalligi butun gavda yoki uning kattagina qismi tashqaridan nurlanganda,


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

180

shuningdek, organizmga nafas, meʼda — ichak yoʻli va teri orqali radioaktiv moddalar kirishi
natijasida u ichka-ridan nurlanganda, aksariyat nurlanish normal miqdordan ortganda roʻy beradi.
Ionlovchi nurlarning qisqa vaqt (bir necha minut, soat) taʼsir etishi natijasida paydo boʻladigan oʻtkir
va kamroq dozadagi nur uzoq vaqt (bir necha oy va yillar) taʼsir etganda yuzaga keladigan surunkali
Nur kasalligi farqqilinadi. Bunda, asosan, qon yaratuvchi aʼzolar, nerv sistemasi, meʼda-ichak yoʻli
va boshqa aʼzolar zararlanadi. Ionlovchi nurlar ishlatilganda maxsus himoya materiallar va kimyoviy
preparatlar qoʻllangani uchun nur kasalligi, asosan, yadro quroli portlaganda yoki yadro reaktori va
radioizotop apparatlar avariyasi natijasida vujudga keladi. Organizmning shikastlanish darajasi
(yengil, oʻrtacha, ogʻir va juda ogʻir), asosan, nur dozasiga, shuningdek, organizmning nurni
individual sezuvchan-ligiga bogʻliq. Nur kasalligining oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xili farq
qilinadi. Qisqa vaqt ichida katta dozada nur taʼsir etganda, Mas, atom va termoyadro qurollari
portlaganda oʻtkir Nur kasalligi kuzatiladi. Odatda, kamroq dozadagi nur uzoq taʼsir etganda oʻrtacha
oʻtkir va surunkali Nur kasalligi roʻy beradi. Kasallikning bir shakllari organizmga radiatsiya taʼsir
etgach, oylar va yillar oʻtgandan keyin paydo boʻlishi bilan oʻtkir Nur kasalligidan farq qiladi.

ETIOLOGIYASI

Nur kasalligi atom va vodorod bombasi portlagandan hosil bo’luvchi mexanik, issiqlik va

ionlovchi nurlanish ta'sirida yuzaga keladi. Shuningdek bu kasallik yadro reaktorlari portlab
ketganda, davolash maqsadida organizm nurlatilganda ham ko’zatilishi mumkin. Atom bombasi
portlaganda portlash to’lqini, issiqlik va ionlovchi nurlanish hosil bo’ladi. Bombaning qanchalik
quvvatli ekanligiga qarab, ta'sir maydoni ham shunchalik katta bo’ladi. Bir kilotonnadan bir
megatonnagacha quvvatli bombalarning ta'sir maydoni farqi portlash to’lqini ko’lami hisobida 8 dan
33 kilometrgacha, issiqlik ta'siri 6 dan 30 kilometrgacha masofani va ionlovchi nurlar ta'sir ko’lami
3 dan 6 kilometrni tashkil etadi. Bomba portlaganda hosil bo’luvchi ionlovchi nurlar tashqaridan
gamma nurlar va neytronlar oqimi ko’rinishida ta'sir etadi. Shuni unutmaslik kerakki, o’rta va yirik
atom bombalar portlaganda ko’proq aralash ta'sir nurlar, issiqlik va portlash to’lqini ta'siridagi aralash
jarohatlar olish ko’zatiladi. O’tkir nurlanish bilan bir qatorda kuyish va yarador bo’lish kuzatiladi.
Kichikroq bombalar portlaganda esa asosan nur kasalligining har xil ko’rinishlari asosiy o’rin
egallaydi.

O’tkir va surunkali nur kasalligi atom bombasi portlagan paytda ham, bomba portlashidan

hosil bo’lgan nurlovchi bulut ta'sirida ham yo’zaga kelishi mumkin. Atom reaktorlari portlashi
natijasidagi nurlanish paytida tana va a'zolarga manba yaqinligi, tananinq ayrim joylari shu atrofdagi
narsalar bilan tasodifan himoyalanib qolishi tufayli, nur tanaga bir tekis ta'sir etmaydi. Nur kasalligi
oqirligi va kechishiga o’ura o’tkir va surunkali bo’ladi.

O'tkir nur kasalligi
O’tkir nur kasalligi hozirgi paytda nur kasalligi o’z kechishiga ko’ra, yengil, o’rta, og’ir va

juda og’ir ko’rinishlarda o’tadi. 1 greydan 2 gacha bir tekis nur olgan tanada kasallik yengil o’tadi. 2
dan 4 gacha urta, 4 dan 6 greygacha og’ir va 6 greydan oshganda juda og’ir nurlanish holatlari
ko’zatiladi. Bir grey dan 10 greygacha nurlanish olgan tanada asosan suyak iligi zararlanishi bilan
bog’liq o’zgarishlar ruy berib, o’tkir nur kasalligining bu ko’rinishi suyak iligi nomini olgan. 20
greygacha nurlanish olgan hollarda qon ishlab chiqaruvchi a'zolardan tashqari, ichak epiteliysi zarar
kuradi. Ichakdagi o’zgarishlar shu qadar tez kechadiki, bemor qon ishlab chiqaruvchi a'zolardagi
jarayon izdan chiqmay turib ham nobud bo’lishi mumkin. 20 greydan ko’proq nurlanish oqibatida
o’tkir nur kasalligi toksik va serebral ko’rinishlarda kechib, bunda bir kechakundo’z, hatto bir necha
soat ichida bemor o’lishi mumkin. Harbiy terapevtlar uchun suyak iligidagi o’zgarishlar bilan
kechuvchi nur kasalligini o’rganish ahamiyatlidir. Bu kasallikning o’ziga xos tomonlaridan biri,
uning davriy kechishidir. Bunda

4 davr

ko’zatiladi:

1) boshlang’ich yoki organizmning nurlanishga dastlabki javob davri;

2) yashirin yoki kasallik belgilari go’yo yuqolib borayotgandek davr;

3) qo’zg’alish yoki kasallikning barcha belgilari yo’zaga chiqadigan davr;

4) tuzalish davri.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

181

Bunday davrlarga bo’lish zaminida aniq terapevtik qoida bor: nur kasalligi qo’zg’alib,

barcha belgilari namoyon bo’lmasa, bemorlar shifoxonaga yotqizib davolanmaydi va hatto mehnatga
layoqatli deb topilishi mumkin. Kasallik yengil kechganda bemorlar shifoxonaga yotqiziladi, lekin
hech qanday maxsus davo choralari ko’rilmaydi. Ba'zi hollarda, nurlanish 2 greyga yaqinlashsa, uzoq
bo’lmagan agranulositoz holati kuzatilib, bunda yuqumli asoratlarning oldini olish uchun
antibiotiklar qo’llash mumkin. O’rtacha og’ir holatda kechuvchi o’tkir nur kasalligi deyarli barcha
bemorlarda agranulositoz va qonda trombositlar kamayishi bilan kechadi. Bunday bemorlar barcha
tibbiy uskunalarga ega shifoxonalarga yotqizilib, boshqalardan ajratilgan holda qon preparatlari,
antibiotiklar, qon ishlab chiqaruvchi a'zolar faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar bilan
davolanishlari kerak. Kasallik oqir kechganda suyak iligi bilan bir qatorda me'da-ichak a'zolari
faoliyati ham izdan chiqadi. Bunday bemorlar hujayralarda kechuvchi murakkab jarayonlarni
davolash tajribasiga ega bo’lgan maxsus jarroqlik va qon quyish shifoxonalariga yotqizilishi kerak.
O’tkir nur kasalligi o’ta og’ir kechgan hollarda

A. I. Vorobev

fikricha suyak iligi yaxshilab ko’chirib

o’tkazilmasa, bemor sog’ayishiga umid qilib bo’lmaydi. Shuning uchun bunday bemorlar yuqori
malakali, turli tibbiy sohadagi mutaxassislar ishlaydigan, maxsus qon kasalliklari shifoxonalarida
davolanishlari zarur. Ta’sir ko’rsatgan nurlanish dozasiga bog’liq ravishda klinik belgilarning
og’irligiga qarab, o’tkir nur kasalligining quyidagi shakllari farqlanadi: suyak, ichak, toksemik va
tserebral shakllari.

Suyak shaklining klinik ko’rinishida suyak ko’migining qon yaratish vazifasini buzilishi katta

o’rin tutadi.

Ichak shaklining klinik ko’rinishida oshqozon – ichak traktining zararlanish belgilari va

nurlanishdan 2 haftadan so’ng o’lim yuz berishi bilan xarakterlanadi.

Toksemik

shaklida kasallikning

3-4

kuniga

kelib og’ir intoksikatsiya, buyrak

etishmovchiligi(azotemiya, oliguriya), yurak faoliyatining buzilishi, arterial bosimning tushib ketishi,
3-5 kunga kelib, miya shishi belgilarining paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. O’lim nurlanishdan
keyingi 5-7 kunlari yuz beradi.

Tserebral shaklida nurlanishning bevosita bosh miyaga ta’siri oqibatida miya shishi, nafas va

qon aylanish sistemalarining ishini buzilishi 3 kun ichida bemorning o’limiga olib keladi.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

182

Radiatsion kasallik: Bu nurlanishga uzoq yoki kuchli ta’sir qilish natijasida kelib chiqadi

Kasallikling

simptomlari

orasida,

boshog’rig’i,charchoq,terining

qizarishi,ichaklarning

buzilishi,yallig’lanish va qon ketishlar mavjud.

Ushbu kasallikni davolash uchun, asosan, shikastlangan organlarningfunksiyasini tiklash,

immune tizimini mustahkamlash, va qaratilgan davolash usullari qo’llaniladi.

Kancerogen ta’sir: Uzoq muddatli nurlanish kanser(Rak)kasalliklarini keltirib chiqarishi

mumkin. Radiatsiya oqibatida hujayralargenetik jihatdan o’zgara boshlaydi va bu mutatsiyalar
saraton hujayralarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.Bunda operatsiya,kimyoterapiya yoki
radioterapiya kabi davolash usullari qo’llaniladi.

Katarakta:(ko’zning kristallasi bulg’anishi): Radiatsiya ko’zning kristallasi (lensa)bulg’ashga

olib kelishi mumkin. Bu holat ko’rishning pasayishi yoki butunlay yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Kataraktani davolash uchun ko’zga operatsiya qilish (kataraktani olib tashlash vasun’iy lensa
o’rnatish) talab qilinishi mumkin.

Terining shikastlanishi: Yuksak dozada nurlanish terida kuyish, soch to’kilishi, terining

yallig’lanishi va qarish jarayonlarini tezlashtirishi mumkin. Terini parvarish qilish, maxsus kremlar
va antihistaminlar yordamida simptomlar kamaytiriladi.

Qon kasalliklari: Nurlanish qon hujayralaring ishlab chiqilishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi

mumkin, bu esa anemiya leykemiya va boshqa qon kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bunday
kasalliklar, odatda gematologik davolash va qonni tiklash usullari bilan boshqariladi.

Xulosa:

Nurlanishning salbiy ta’siri turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Ularning oldini olish uchun xavfli nurlanish manbalaridan uzoq turish, himoya usullarini qo’llash va
radiatsiya xavfli mavjud hududlardan saqlanish muhimdir. Davolash usullari kasallikning turiga va
darajasiga qarab o’zgaradi,lekin eng samarali usul proflaktika va xavfli nurlanishga ta’sir qilishni
cheklashdir.

Foydalanilgan Adabiyotlar

1.Biofizika kitobi Bozorboev M.Mullajonov I.
2.Biofizika kitobi E.Ismailov N.Mamatqulov
3.https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=http://elib.buxdu.uz/index.php

/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12997-radiasiya-nurlaridan-
zararlanish&ved=2ahUKEwimgrSkjJ_4AhUr7TgGHZnfC3kQFnoECAQQAQ&usg=AOvVaw0-
GKHtib_nQHuP5fFnBCUn

References

Biofizika kitobi Bozorboev M.Mullajonov I.

Biofizika kitobi E.Ismailov N.Mamatqulov

GKHtib_nQHuP5fFnBCUn