Authors

  • Xayit Turayev
  • Shohjohon Nazirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.114935

Keywords:

Ni(II) BNOKS-S S-3 6 kompleks birikma spektrofotometriya spektral kontraslik Sendel boʻyicha sezgirlik.

Abstract

Mazkur ishda Ni(II) ionining BNOKS-S,S-3,6 reagenti bilan hosil qilgan kompleks birikmasining spektral xossalari o‘rganildi. Kompleksning maksimal yutilish to‘lqin uzunligi va fon reagentga nisbatan spektral kontrasligi (Δλ) aniqlandi. Shuningdek, Sendel mezoni asosida reaksiyaning analitik sezgirligi baholandi. Olingan natijalar BNOKS-S,S-3,6 reagentining Ni(II) ionlariga nisbatan yuqori selektivligi va sezgirligini ko‘rsatdi hamda ushbu asosda yangi spektrofotometrik aniqlash metodikasi taklif etildi.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

268

4-SHOʻBA: TABIIY FANLARNI O’QITISHDA AMALIY DARSLARNING O’RNI VA

MUAMMOLARI

NI(II) BNOKS-S,S-3,6 REAGENTI BILAN HOSIL QILGAN KOMPLEKS BIRIKMANING

SPEKTRAL KONTRASLIGI VA ANALITIK SEZGIRLIGI

Turayev Xayit Xudoynazarovich

Termiz davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi professori

Nazirov Shohjohon Sobirovich

Termiz davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi tayanch doktoranti

Annotatsiya

Mazkur ishda Ni(II) ionining BNOKS-S,S-3,6 reagenti bilan hosil qilgan kompleks

birikmasining spektral xossalari o‘rganildi. Kompleksning maksimal yutilish to‘lqin uzunligi va fon
reagentga nisbatan spektral kontrasligi (Δλ) aniqlandi. Shuningdek, Sendel mezoni asosida
reaksiyaning analitik sezgirligi baholandi. Olingan natijalar BNOKS-S,S-3,6 reagentining Ni(II)
ionlariga nisbatan yuqori selektivligi va sezgirligini ko‘rsatdi hamda ushbu asosda yangi
spektrofotometrik aniqlash metodikasi taklif etildi.

Kalit so‘zlar:

Ni(II), BNOKS-S,S-3,6, kompleks birikma, spektrofotometriya, spektral

kontraslik, Sendel boʻyicha sezgirlik.


So‘nggi yillarda og‘ir metall ionlarini aniqlash bo‘yicha samarali, sezgir va selektiv analitik

usullarni ishlab chiqish atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik ob’ektlar tahlili hamda sanoat
chiqindilarini monitoring qilish sohalarida dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa,
nikel(II) ioni sanoat jarayonlarida keng qo‘llanilishi va ayrim hollarda toksik ta’sir ko‘rsatishi sababli
uni mikro miqdorda aniqlash muhim ahamiyatga ega[1].

Spektrofotometrik usullar o‘zining soddaligi, tezligi va yuqori sezgirligi bilan zamonaviy

analitik kimyo sohasida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bu usulning samaradorligi, ayniqsa, selektiv
reagentlar bilan kompleks hosil bo‘lishga asoslangan reaksiyalardan foydalanilganda keskin ortadi.
BNOKS-S,S-3,6(7-brom-2-nitrozo-1-gidroksinaftalin-3,6-disulfokislotasi)

reagenti

aromatik

tuzilishga ega, sulfonat va nitrozo guruhlarini o‘z ichiga olgan murakkab organik reagent bo‘lib,
metal ionlari bilan barqaror rangli kompleks birikmalar hosil qilish xususiyatiga ega[2].

Mazkur ilmiy ishda Ni(II) ionining BNOKS-S,S-3,6 reagenti bilan hosil qilgan kompleks

birikmasining spektral tavsifi o‘rganildi. Reaksiyaning spektral kontrasligi (Δλ) hamda analitik
sezgirligi (Sendel boʻyicha sezgirlik) aniqlandi. Ushbu ma’lumotlar asosida Ni(II) ionini
spektrofotometrik usulda aniqlash uchun samarali va amaliy jihatdan qulay metodika ishlab chiqish
imkoniyati baholandi.

Aniqlash uslubi:

25 ml li oʻlchov kolbasiga Ni(II)=1,0 ml 0,05% li BNOKS-S,S-3,6 reagenti

eritmasidan, pH koʻrsatkichi pH

Ni(II)

=6,5 boʻlgan universal bufer eritmasidan 5 ml, 15 mkg/ml li

Ni(II) ionlari tutgan eritmalardan 1,0 ml solib kolba belgisigacha bidistillangan suv qoʻshib
suyultirildi. Kompleks birikma eritmaning OZ lari EMC-31PC-UV spektrofotometrida, λ

Ni(II)

=640

nm to‘lqin uzunlikda, nur yutish qalinligi ℓ=1,0 sm li kyuvetada ma’lum vaqt oraligʻida solishtirma
eritmaga nisbatan oʻlchandi. Reagentning yutulish spektrlari esa distillangan suvga nisbatan olindi.
Olingan natijalar 1-jadval va 1-rasm keltirildi.

Metodning Sendel boʻyicha sezgirligi mkg/sm

2

birlik uchun nur yutulishi quyidagi formula

bilan hisoblanadi:

(1)

𝑆

.

𝑏

.

𝑠

=

𝑄 ∙ 𝑙 ∙

0,001

𝐴 ∙

25

=

15

1

0,001

0.591

25

= 0,001

𝑚𝑘𝑔

/

𝑠𝑚

2


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

269

Sendel boʻyicha sezgirligi Ni(II)=0,001 mkg/sm

2

ga teng ekanligi aniqlandi[3].

1-rasm. BNOKS-S,S-3,6 reagenti va uning Ni(II) bilan kompleksining yutilish spektrlari

1-jadval

BNOKS-S,S-3,6 reagenti va uining Ni(II) ioni bilan hosil qilgan kompleks birikmasining

spektral tavsifi

(EMC-31PC-UV, C

HR

=0,05%, ℓ=1,0 sm, λ=640, pH=6,5, n=5)

Kompleks

rangi

рН

Maksimum

, nm

Δλ

C

Ме

2+

,

mkg/

25 ml

С

Ме

2+

,

mol/l

Ā

Sendel bo‘yicha

sezgirlik

mkg/sm

2

MeR HR

Kompleks Ni(II) bilan R (ℓ=1,0 sm, n=5)

Ko‘k-
yashil

6,5

640

540

100

15

1,022 10

-

5

0,568

0,0011

1-jadval va 1-rasmda keltirilgan eksperimental natijalar tahlili asosida, Ni(II) ionining

BNOKS-S,S-3,6 reagenti bilan hosil qilgan kompleks birikmasi yuqori spektral kontraslikka ega
ekani aniqlandi. Aniqlanishicha, kompleks hosil bo‘lishi jarayonida maksimal yutilish to‘lqin
uzunligi ning siljishi Δλ = 100 nm ni tashkil etdi. Bu hodisa batoxrom (qizil tomon) siljish sifatida
tavsiflanadi va reagent bilan metall ioni o‘rtasida kuchli elektron o‘zaro ta’sir natijasida yuzaga
keladi. Batoxrom siljishning bunday aniq ifodalangan ko‘rinishi kompleksning hosil bo‘lishini vizual
va spektral jihatdan ishonchli tarzda qayd etish imkonini beradi.

Shuningdek, Sendel usuli bo‘yicha olib borilgan hisob-kitoblar natijasida Ni(II) ionining

mazkur reagent bilan reaksiyasi yuqori analitik sezgirlikka ega ekani ko‘rsatildi. Sendel boʻyicha
sezgirlik 0,0011 mkg/sm² ga teng bo‘lib, bu natija BNOKS-S,S-3,6 reagentining Ni(II) ionlariga
nisbatan sezgirligi yuqoriligidan dalolat beradi. Bunday past aniqlash chegarasi, ushbu reagent
asosida ishlab chiqilgan spektrofotometrik usulni mikro miqdordagi Ni(II) ionlarini aniqlash uchun
samarali vosita sifatida qo‘llash imkonini beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

270

1.

Mitra S. et al. Impact of heavy metals on the environment and human health: Novel

therapeutic insights to counter the toxicity //Journal of King Saud University-Science. – 2022. – Т.
34. – №. 3. – С. 101865.

2.

Jin M. et al. Review of the distribution and detection methods of heavy metals in the

environment //Analytical methods. – 2020. – Т. 12. – №. 48. – С. 5747-5766.

3.

Nazirov Sh.S., Turaev Kh.Kh., Kasimov Sh.A., Tillaev Kh. R, Alimnazarov B. Sh.,

Abdullaeva B.B. Spectrophotometric Determination of Ni(II) Ion with 7Bromo-2-Nitroso-1-
Oxinaphthalene-3,6-Disulphocid//International Journal of Engineering Trends and Technology. -
2024. –T.72. –C. 57-63.

References

Mitra S. et al. Impact of heavy metals on the environment and human health: Novel therapeutic insights to counter the toxicity //Journal of King Saud University-Science. – 2022. – Т. 34. – №. 3. – С. 101865.

Jin M. et al. Review of the distribution and detection methods of heavy metals in the environment //Analytical methods. – 2020. – Т. 12. – №. 48. – С. 5747-5766.

Nazirov Sh.S., Turaev Kh.Kh., Kasimov Sh.A., Tillaev Kh. R, Alimnazarov B. Sh., Abdullaeva B.B. Spectrophotometric Determination of Ni(II) Ion with 7Bromo-2-Nitroso-1Oxinaphthalene-3,6-Disulphocid//International Journal of Engineering Trends and Technology.

–T.72. –C. 57-63.

Most read articles by the same author(s)