“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
289
TALABALAR AMALIY MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION TA’LIM
TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
Qurbonov Tuqtash Alimovich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n.
Muamoning dolzarbligi:
Pedagogik ta’lim sifatiga talabning oshishi uzluksiz pedagogik
ta’lim tizimini rivojlantirishning dolzarb muammosi va sharti, uning moxiyatini fundamentallik,
yaxlitlilik, izchillik va amaliy yo‘nalish tamoyillari yangilanishning rag‘batlantiruvchi kuchi bo‘lib
bormoqda.
Oxirigi yillarda «innovatsiya» termini oliy ta’lim muassasalarida juda keng ishlatilmoqda.
Bundan maqsad O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifatini chet el analoglari bilan
tenglashtirish va pedagoglarning ilmiy salohiyatini oshirish. Oliy ta’lim muassasalari professor-
o‘qituvchilarining pedagogik faoliyati ularning nafaqat bilim va ko‘nikmalarga egaligidan, balki
sohaga oid ma’lumotlarni talabalarga turli xil usullarda pedagogik mahorat bilan yetkazishdan
iboratdir.
Bunda pedagog o‘zining har bir mavzusi uchun o‘ziga xos uslub va vositalardan foydalangan
holda talabaga darsning maqsad va vazifasini yetkazish yo‘lini to‘g‘ri tanlashi zarur. Pedagogning
o‘z faoliyatiga ijodiy yondoshishi talabalarga bilim va mahoratini to‘liq yetkazishiga yordam beradi.
Tadqiqot maqsadi:
Tibbiyot oliy ta’lim muasasalari
talabalari amaliy mashg‘ulotlarini
tashkil etishda innovatsion ta’lim texnologiyalarining qullash va o‘rnini baholash.
Natijalar:
Bugungi kunda tibbiyot oliygohlarida ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish
uchun texnologiya, axborot, kompyuter, multimedia, internet, masofali o‘qitish, yagona axborot
muhiti va shunga o‘xshash axborot-kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan
foydalanish o‘zining samarasini bermoqda.
Oliy ta’limni amalga oshirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni kiritish quyidagilarga
asoslanadi:
Oliy ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi o‘quvchi shaxsi ustivorligini ta’minlash;
Oliy ta’lim maqsadining natijaga erishuvini (kafolatlanganligini) amalga oshirish;
Oliy ta’lim jarayoni boshqariluvchi jarayon ekanligidan kelib chiqqan holda uning maqsadli
boshqariluviga erishish;
Oliy ta’lim mazmunini ta’minlovchi vosita, usul shakllari texnologiyasini yagona bir tizimga
keltirish.
Pedagoglarning kasbiy mahoratini shakllantirishning ilmiy – nazariy va amaliy asoslarini
ishlab chiqish, talabalarga pediatriya fanidan tibbiy bilimlarni berishda noan’anaviy usullardan
foydalanishning ahamiyatini yanada yuksaltirish, uning samaradorligini oshirishga e’tiborni yana bir
marta qaratishga da’vat etadi.
Pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchi
faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko‘rsatiladi. Insert
jadvali, asoslangan esse, T-chizma, amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda videofilmlardan,
simulyatsion markazlardan va boshqa usullarni qo‘llash yo‘li bilan talabalarning bilim olishiga va
kacbiga nicbatan ma’culiyatini oshiradi va mashg‘ulot davomida talabalarning nazariy, klinik,
tahliliy, ijodiy va zamonaviy fikrlashini mukammallashtiradi. Tahlil qilish orqali ma’lumotni eslab
qolishi, bilim va ko‘nikmalarni namoyish etishi va mavzuni mazmunini tushunishi va amaliyot bilan
bog‘lashga yordam beradi.
Xulosa:
Shuning uchun ham innovatsion ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq
etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylanadi.
Darhaqiqat, innovatsion ta’lim texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi,
talabalarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va
qiziqishlarini oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish
ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi va bu o‘quv jarayonning yangicha ruhda shakllanishiga
imkoniyat yaratadi.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
290
KALIY RUDALARINI MEXANIK BOYITISH
Xaydarova Munira Davronovna
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti
Allazov Rustam Yo’ldosh o’g’li
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabasi
Annotatsiya.
Kaliy rudalarini mexanik boyitish usuli – bu fizik xossalarga asoslangan holda
kaliy birikmalarini ajratib olish jarayonidir. Mazkur tezisda kaliy rudalarini, xususan silvinit tarkibli
ruda turlarini maydalash, elash, klassifikatsiyalash va ajratish jarayonlari orqali boyitish bosqichlari
yoritilgan. Mexanik boyitish jarayonida rudaning fizik-kimyoviy xossalari, zarracha o‘lchami, zichlik
va magnit sezuvchanligi kabi omillar hisobga olinadi. Shuningdek, tebranishli, barabanli va gidravlik
ajratish qurilmalari orqali boyitish samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, mexanik boyitish usuli arzon, ekologik xavfsiz va texnologik jihatdan oddiy
bo‘lib, tayyor mahsulotda kaliy xlorid miqdorini 85–90% gacha yetkazish imkonini beradi. Tezisda
zamonaviy mexanik boyitish texnologiyalari, ularning afzalliklari va sanoatga joriy etish istiqbollari
haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Kaliy rudasi, mexanik boyitish, silvinit, zarracha o‘lchami, zichlikka
asoslangan ajratish, elash, gidravlik klassifikatsiya, magnit ajratish.
Abstract.
The mechanical enrichment method of potassium ores is a process of extracting
potassium compounds based on physical properties. This thesis covers the stages of enrichment of
potassium ores, in particular sylvinite-containing ores, through crushing, screening, classification and
separation processes. In the process of mechanical enrichment, factors such as the physicochemical
properties of the ore, particle size, density and magnetic susceptibility are taken into account. Also,
ways to increase the efficiency of enrichment using vibrating, drum and hydraulic separators are
considered. Studies show that the mechanical enrichment method is cheap, environmentally friendly
and technologically simple, allowing to increase the content of potassium chloride in the finished
product to 85–90%. The thesis discusses modern mechanical enrichment technologies, their
advantages and prospects for industrial introduction.
Keywords:
Potassium ore, mechanical enrichment, sylvinite, particle size, density-based
separation, screening, hydraulic classification, magnetic separation.
Kirish.
Kaliy o‘g‘itlari qishloq xo‘jaligi uchun muhim elementlardan biri hisoblanadi. Kaliy
xlorid (KCl) o‘simliklarning o‘sishi, meva hosildorligi va kasalliklarga chidamliligini oshirishda
asosiy o‘g‘it hisoblanadi. Ushbu birikma asosan silvinit, karnallit, langbeynit kabi tabiiy rudalardan
olinadi. O‘zbekistonda mavjud silvinit konlarida kaliy va natriy tuzlari aralash holda mavjud bo‘lib,
ularni samarali ajratib olish uchun boyitish jarayonlarini qo‘llash zarur.
Mexanik boyitish usuli – rudani maydalash, elash, zichlikka asoslangan ajratish kabi fizik
amallarga asoslanib, qiymatli komponentlarni gang moddalardan ajratib olishga qaratilgan. Bu usul,
ayniqsa, rudaning strukturaviy va minerallogik jihatlari oddiy bo‘lsa, juda qulay hisoblanadi. Mazkur
usul flotatsiya yoki halurgik (eritma asosida) boyitish usullariga qaraganda energiya sarfi va reagent
xarajati kam bo‘lganligi sababli iqtisodiy jihatdan afzalroq bo‘lishi mumkin.
So‘nggi yillarda sanoatdagi avtomatlashtirish, zarrachalarni tahlil qilish usullarining
rivojlanishi va yuqori aniqlikli ajratish uskunalarining joriy etilishi mexanik boyitish samaradorligini
oshirishga xizmat qilmoqda. Bu esa past navli rudalarni ham qayta ishlash imkonini bermoqda.
Shuningdek, mexanik boyitish ekologik xavfsizlikni ta’minlagan holda yer osti suvlari yoki havoga
zararli moddalarning chiqishini kamaytiradi.
Mazkur tezisda aynan mexanik boyitish jarayonining texnologik bosqichlari, har bir
bosqichdagi asosiy jarayonlar, ularning samaradorlikka ta’siri va zamonaviy texnologiyalar bilan
integratsiyalashgan holati chuqur tahlil qilinadi.
Asosiy qism.
Kaliy rudalarini mexanik boyitish jarayoni bir nechta ketma-ket bosqichlardan
iborat:
