“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
304
XAUDAK SUVIDAN AJRATIB OLINGAN TUZLAR ARALASHMASI TARKIBINI
RENTGEN FLORESAN ANALIZATORI ASOSIDA O`RGANISH.
1
Uralov N.B.,
2
Turayev X. X.,
3
Normurodov B.A.,
4
Karimov M. U.,
5
Qurbonov F.B.
1,2,3,5
Termiz davlat universiteti,
4
Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti
g-mail:
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqot ishi yerosti sho`r suvlari tarkibini o`rganishga bag`ishlangan
bo`lib, obyekt sifatida Xaudak yerosti suvi olingan va uning elementar tarkibi rentgen floresan
analizatori asosida tahlil qilindi. Namunalarda eng ko`p miqdorda uchraydigan elementlardan Cl -
91-93 %, Ca – 5-6 %, va Al 0,5-1,5 % oralig`ida ekanligi ma`lum bo`ldi.
Kalit so`zlar:
Xaudak suvi, Uchqizil va Kakaydi suvlari, rentgen floresan.
Kirish.
Hozirgi kunda tarkibida turli xil ionlari bo`lgan yerosti va yerusti suvlari tarkibiga
qarab turli xil sanoat maqsadlari uchun o`rganilib, mahsulot ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Shuningdek yod va yod-brom uchun Xaudak, Kakaydi, Uchqizil (Surxondaryo viloyati)
yerosti suvlari ham sanoat uchun muhim suvlardan hisoblanadi.
Asosiy qism.
Surxondaryo artezian havzasida kuchli vodorod sulfidli, yodli suvlarning 3 ta
konlari aniqlandi va oʻrganildi, ularning hosil boʻlishi neft konlari va neftli jinslar bilan ham bogʻliq:
Uchqizil, Xaudak, Kakaydi va Oʻrtabuloq — tarkibida yod va brom boʻlgan obyektlardir.
Surxondaryo havzasi suvlarida yod miqdori 17,4-24,34 mg/l, brom 313,2-426,4 mg/l, pH 5,1-6,7,
harorat 39 - 76°C, ni tashkil qiladi, minerallashuvi esa koniga qarab 142,9-283,0 g/l. Xaudag konining
Kattaqum-2 qudug'i, Uchqizil yer osti sho'r suv konlari, Kakayti va O'rtabuloq yer osti sho'r suv
konlari anion turiga ko'ra: bikarbonat, sulfat, xlorid hamda kationiga ko'ra: kaltsiy-magniy-natriy
kationlari konsentratsiyasi yuqori hisoblanadi. Yod va brom tarkibiga ko'ra bu suvlar sanoat suvlari
hisoblanadi [1]. Uchqizil, Xaudag, Kakayti va Oʻrtabuloq — tarkibida yod va brom boʻlgan
obyektlardir. [2].
Xaudak yerosti suvi tarkibi jihatidan yod ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday suvlar tarkibida yod miqdori 21 mg/l dan yuqori bo`lib, bu suv qazib olingach ma`lum vaqt
(2-5 sutka) davomida quyoshning ultrabinafsha nurlari ta`sirida qolganda tarkibidagi yod ionlari
oksidlanib havoga chiqib ketadi. Bu suvdan 2 ta namuna olindi va 20-30 ℃ da quyosh nurlari ta`sirida
7 kun davomida bug`lantirildi. Natijada idish tubida qolgan cho`kma, tuz tarkibi rentgen floresan
analizatorida analitik tahlil qilindi (1,2-rasmlar; 1,2-jadvallar)
1-rasm.
Xaudak suvidan ajratib olingan 1-namuna tuzning rentgen floresan analizatori
asosida olingan spektr rasmi.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
305
1-jadval
Xaudak suvidan ajratib olingan 1-namuna tuzning rentgen floresan analizatori asosida olingan miqdoriy
natijasi.
Analyte
Result (
%)
[3 sigma]
Proc.Calc.
Line
Int.(cps/uA)
Cl
92.683 %
[ 0.287]
Quan-FP
ClKa
32.2565
Ca
5.206 %
[ 0.076]
Quan-FP
CaKa
1.3996
Al
1.020 %
[ 0.158]
Quan-FP
AlKa
0.0266
Si
0.323 %
[ 0.046]
Quan-FP
SiKa
0.0285
Sr
0.195 %
[ 0.002
Quan-FP
SrKa
7.5665
K
0.190 %
[ 0.039]
Quan-FP
K Ka
0.0309
Fe
0.169 %
[ 0.005]
Quan-FP
FeKa
1.1920
Br
0.152 %
[ 0.004]
Quan-FP
BrKa
4.5456
Cu
0.031 %
[ 0.004]
Quan-FP
CuKa
0.4162
Zn
0.030 %
[ 0.004]
Quan-FP
ZnKa
0.4753
2-rasm.
Xaudak suvidan ajratib olingan 2-namunadagi tuzning rentgen floresan analizatori asosida
olingan spektr rasmi.
2-jadval
Xaudak suvidan ajratib olingan 2-namuna tuzning rentgen floresan analizatori asosida olingan miqdoriy
natijasi.
Analyte
Result (
%)
[3 sigma]
Proc.Calc.
Line
Int.(cps/uA)
Cl
91.536 %
[ 0.269]
Quan-FP
ClKa
36.076
Ca
5.903 %
[ 0.076]
Quan-FP
CaKa
1.8160
Al
0.858 %
[ 0.146]
Quan-FP
AlKa
0.0252
Si
0.483 %
[ 0.047]
Quan-FP
SiKa
0.0485
Fe
0.348 %
[ 0.005]
Quan-FP
FeKa
2.7751
S
0.327 %
[ 0.011]
Quan-FP
S Ka
0.2055
K
0.243 %
[ 0.034]
Quan-FP
K Ka
0.0453
Os
0.096 %
[ 0.010]
Quan-FP
OsLa
0.6580
Pb
0.060 %
[ 0.006
Quan-FP
PbLb1
0.7684
Zn
0.056 %
[ 0.004]
Quan-FP
ZnKa
1.0023
Br
0.041 %
[ 0.002]
Quan-FP
BrKa
1.3906
Sr
0.032 %
[ 0.002
Quan-FP
SrKa
1.3957
Cu
0.012 %
[ 0.003]
Quan-FP
CuKa
0.1825
Rb
0.003 %
[ 0.002]
Quan-FP
RbKa
0.1274
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
306
Xaudak suvidan olingan namunalar tarkibi jihatdan deyarli bir xil. Namunalar tarkibidagi
elementlarning asosiy qismida miqdor jihatidan konsentratsiyalar ham bir-biriga yaqin. Tuzlar
tarkibida Cl ning konsentratsiyasi 90 % dan yuqoriligi namunalar tarkibida NaCl tuzi miqdori
yetakchilik qilishini anglatadi. Bunda ultrabinafsha nurlarning oksidlovchilik xossasini namunalar
tarkibidagi yodning mavjud emasligidan ham bilish mumkin. Uning tarkibidagi asosan yod va brom
elementlari mavjudligi va miqdorini aniqlash maqsadida analiz ishlari olib borildi. Bu suv tashqi
tomonlama ko`rinishi biroz xiralik holatida bo`lib, uning tarkibidagi temir birikmalari asta sekinlik
bilan gidrolizlanib, cho`kmaga tushishi bilan bog`liq. Analiz natijasiga ko`ra neft suvi tarkibida xlorli
birikmalar miqdori yuqori. Uning tarkibida brom 0,03 % ni tashkil etib, yod mavjud emas. Suv
tarkibidagi bromni sanoat miqyosida ajratib olish imkoniyatlari mavjud.
Xulosa.
Xaudak suvi namunalaridan olingan tuzlar rentgen floresan analizatoridan
foydalangan holda tahlil qilindi. Unga ko`ra ultrabinafsha nurlarning oksidlovchilik xossalari haqida
qisqacha xulosalar olindi. Tarkibida yod bo`lgan okean va dengiz suvlari, ko`llar yuza qatlamidagi
yodli birikmalarning doimiy ravishda quyosh nurlari ta`sirida parchalanib, atmosferaga chiqishi va
azon qatlamiga salbiy ta`siri haqida ekologik tasavvurlar yuzaga keldi.
Adabiyotlar.
1. Кулматов Р.А., Умбаров И., Тураев Н.Й., Эшанходжаев С. Содержание и форма
нахождения йода в подземных соленых водах Сурхандарьинской области // Узб. хим. жур. -
2000. -№ 1. -С. 70-72.
2. Умбаров ибрагим амонович, Усовершенствование технологии выделения йода из
йодных соединений, содержащихся в подземных соленых водах. ДИССЕРТАЦИЯ на
соискание ученой степени доктора технических наук (Doctor of Science)
