“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
379
INFRATOVUSHLAR VA UNING SALBIY OQIBATLARI
Norboyev Samandar Faxriddin o‘g‘li
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Tibbiyot fakulteti 1-kurs talabasi
Email:
samandarnorboyev005@gmail.com
Buzrukov T. O.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Tabiiy fanlar kafedrasi dots, v.b pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya.
Ushbu maqolada infratovushlarning inson salomatligi va ekologik muhitga
salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Infratovushlar sezilmas bo‘lsa-da, ularning yurak-qon tomir, asab tizimi
va ruhiy holatga salbiy ta’siri ilmiy tadqiqotlar asosida ko‘rsatilgan. Infratovushlar stress, uyqusizlik
va asab tizimi buzilishlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, maqolada infratovushlarning
ekologik muvozanatga, ijtimoiy va iqtisodiy holatlarga ta’siri muhokama qilinadi. Maqola oxirida
ushbu muammoni bartaraf etish uchun texnik, huquqiy, sog‘liqni saqlash va ilmiy yondashuvlar taklif
etiladi.
Kalit so‘zlar:
infratovushlar, salomatlik, stress, uyqusizlik, ekologik muhit, sanoat tovushlari,
ijtimoiy oqibatlar.
ИНФРАЗВУКИ И ИХ ОТРИЦАТЕЛЬНЫЕ ПОСЛЕДСТВИЯ
Самандар Норбоев Фахриддин угли
Термезский университет экономики и сервиса Факультет медицины, студент 1-го курса
Бузруков Т. О.
Термезский университет экономики и сервиса Кафедра естественных наук, доцент и т.д,
(PhD) по педагогическим наукам. Электронная почта:
Аннотация.
В данной статье рассматривается негативное воздействие инфразвуков на
здоровье человека и экологическую среду. Несмотря на то, что инфразвуки трудно
воспринимаются органами чувств, их вредное воздействие на сердечно-сосудистую и нервную
системы, а также на психическое состояние, основано на научных исследованиях. Инфразвуки
могут вызывать стресс, бессонницу и нарушения в работе нервной системы. В статье также
обсуждается влияние инфразвуков на экологическое равновесие и их социально-
экономические последствия. В конце статьи предложены решения для устранения проблемы
через технические, правовые, медицинские и научные подходы.
Ключевые слова:
инфразвуки, здоровье, стресс, бессонница, экологическая среда,
промышленный шум, социальные последствия.
INFRASOUND AND ITS NEGATIVE EFFECTS
Termez University of Economics and Service Faculty of Medicine, 1st-year student
Norboyev Samandar Faxriddin o‘g‘li
Email:
samandarnorboyev005@gmail.com
Termez University of Economics and Service Associate Professor of the Department of Natural
Sciences, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences
Buzrukov T. O.
Annotation.
This article analyzes the negative impact of infrasound on human health and the
ecological environment. Although infrasound is imperceptible, its harmful effects on the
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
380
cardiovascular, nervous systems, and mental state are demonstrated based on scientific research.
Infrasound can lead to stress, insomnia, and nervous system disorders. The article also discusses the
impact of infrasound on ecological balance, as well as its socio-economic consequences. At the end
of the article, solutions to address this issue are proposed through technical, legal, healthcare, and
scientific approaches.
Keywords:
infrasound, health, stress, insomnia, ecological environment, industrial noise,
social consequences.
So‘nggi yillarda ekologik xavfsizlik, akustik muhit va inson salomatligiga bo‘lgan ta’sirlar
dolzarb muammolardan biriga aylandi. Ayniqsa, infratovushlar – inson qulog‘i idrok eta olmaydigan,
0,001 Hz dan 20 Hz gacha bo‘lgan past chastotali tovush to‘lqinlari - tobora ko‘proq ilmiy va tibbiy
e’tiborni jalb qilmoqda. Garchi bu to‘lqinlarni inson eshita olmasa-da, ular organizm tomonidan
jismoniy va psixologik darajada sezilishi mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, infratovushlar uzoq muddatli yoki yuqori intensivlikda bo‘lsa,
organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu tovushlar yurak ritmining buzilishi, bosh og‘rig‘i,
charchoq, uyqusizlik, konsentratsiyaning pasayishi, hatto depressiv holatlar va xavotirli sindromlarga
sabab bo‘lishi aniqlangan. Shuningdek, infra tovushlar insonning vestibulyar tizimiga – muvozanat
saqlash va harakatlarni muvofiqlashtirishga mas’ul tizimga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Infratovushlar inson faoliyati va tabiiy hodisalar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ularning
kelib chiqish manbalarini ikkita asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
tabiiy manbalar
va
sun’iy
(texnogen) manbalar
(1-rasm).
1. Tabiiy manbalar -
tabiatda infratovushlarning yuzaga kelishi ko‘plab hodisalarga bog‘liq.
Quyidagilar tabiiy infratovush manbalarining asosiy turlaridir:
Yer silkinishlari (zilzilalar):
Zilzila vaqtida yuzaga keladigan silkinishlar yer yuzasi orqali
past chastotali infra tovush to‘lqinlari sifatida tarqaladi.
Vulqon otilishi:
Vulqon otilishidan hosil
bo‘lgan kuchli portlash infratovushlarning kuchli manbai hisoblanadi.
Dengiz to‘lqinlari va shamol:
Katta to‘lqinlar yoki kuchli shamollar natijasida hosil bo‘ladigan baraban effekti yer va suv yuzasida
infrato‘lqinlar paydo qiladi.
Hayvonlarning tovushlari:
Ayrim yirik hayvonlar (masalan, fillar,
kitlar) infratovush yordamida uzoq masofada aloqa o‘rnatadilar. Bu infratovushlar inson tomonidan
eshitilmasa-da, atrof-muhitga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
2. Sun’iy (texnogen) manbalar
- inson tomonidan yaratilgan ko‘plab texnologik tizimlar va
qurilmalar infratovush hosil qiladi. Quyidagi manbalar sanoat va texnologik rivojlanishning salbiy
oqibatlaridan biri sifatida e’tirof etiladi:
Aviatsiya vositalari:
Samolyotlar, ayniqsa reaktiv dvigatelli
samolyotlar, havoga ko‘tarilish va qo‘nish paytida kuchli infratovushlar chiqaradi.
Temir yo‘l va
metro:
Harakatlanuvchi poezdlar, ayniqsa yopiq joylarda (masalan, metro) yuqori darajadagi
infratovushlarni hosil qiladi.
Sanoat uskunalari:
Zavod va fabrikalarda ishlatiladigan katta hajmdagi
motorlar, turbinalar, generatorlar, presslar va boshqa texnologik qurilmalar infratovush manbai bo‘lib
xizmat qiladi.
Shamol turbinalari:
Yangi energiya manbalaridan biri sifatida ishlatilayotgan shamol
turbinalari ham past chastotali tovushlar chiqarib, yaqin atrofda yashovchi odamlarning sog‘lig‘iga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Musiqiy tizimlar:
Ba’zi zamonaviy musiqa tizimlari (ayniqsa basse
ovozli tizimlar) ham inson qulog‘i sezmaydigan darajadagi infratovushlarni ishlab chiqaradi, bu esa
uzoq muddat eshitilganda salomatlikka zarar yetkazishi mumkin.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
381
1-rasm. Infratovush manbalari
Infratovushning odam organizmiga ta’siri -
infratovushlar inson tanasi uchun "ko‘rinmas
tahdid" hisoblanadi. Chunki ularni eshitib bo‘lmaydi, ammo ularning ta’siri ko‘p hollarda bevosita
seziladi. Ayniqsa, uzoq muddatli yoki kuchli infratovushlar inson organizmida murakkab biologik
reaksiyalarni keltirib chiqaradi (2-rasm).
1. Asab tizimiga salbiy ta’siri
- tadqiqotlarga ko‘ra, infratovushlarga uzoq muddat duchor
bo‘lgan insonlarda kortizol (stress gormoni) darajasi ortadi. Bu holat surunkali stress sindromiga olib
keladi. Infratovushli muhitda ishlaydigan insonlarda ish unumdorligi pasayadi, tez charchash,
konsentratsiya yo‘qolishi va qisqa muddatli xotira zaiflashuvi qayd etilgan.
"Haunted house"
effekti:
Ayrim psixologik eksperimentlar shuni ko‘rsatdiki, infratovushlar odam ongida xavotir,
qo‘rquv, bezovtalik hissini uyg‘otadi. Bu hatto "uyda g‘ayritabiiy hodisalar" bor degan taassurot ham
uyg‘otishi mumkin.
2. Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri -
infratovushlar yurak mushaklarining ishlashiga
rezonansta ta’sir etishi mumkin. Bu esa yurak ritmining buzilishi, tomirlardagi qon oqimining
o‘zgarishi va hatto yurak xuruji xavfini oshiradi. Kanada, Germaniya va Yaponiya olimlari
tomonidan olib borilgan mustaqil tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, infratovushlarga doimiy ravishda duch
kelgan ishchilar orasida yurak-qon tomir kasalliklari 30–40% ko‘proq uchraydi.
3. Vestibulyar va eshitish tizimiga ta’siri -
infratovushlar vestibulyar apparatga nozik bosim
o‘tkazadi. Bu bosh aylanishi, yurishda noaniqlik, bosh og‘rig‘i kabi simptomlarga olib keladi.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra quyidagi simptomlar kuzatilgan:
quloqlarda bosim, "g‘imirlash"
hissi, eshitishdagi sezgirlik o‘zgarishlari, ayniqsa ba’zi odamlar infratovushlarni sezmasa-da, ular
jismonan ta’sirni bosh og‘rig‘i yoki holsizlik orqali sezadilar.
4. Ruhiy holat va psixik salomatlikka ta’siri:
Uyqusizlik -
infratovushlar asab tizimini
qo‘zg‘atib, uyqu sifatini pasaytiradi. Ayrim bemorlarda tunda uyg‘onishlar, uyqu bosqichlarining
buzilishi qayd etilgan.
Depressiv holatlar -
infratovush fonida ishlovchi muhitda uzoq vaqt bo‘lgan
insonlar orasida ruhiy tushkunlik, hissiy beqarorlik, jizzakilik va tushkun kayfiyat ko‘p kuzatiladi.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
382
Ba'zida ilgari mavjud bo‘lmagan fobiya yoki bezovtalik sindromlari paydo bo‘ladi,
bu esa
insonni ijtimoiy hayotdan ajratib qo‘yishi mumkin.
5. Immunitet va gormonal tizimga ta’siri:
Immun tizim sustlashuvi -
stress va uyqusizlik
fonida organizmning tabiiy himoya mexanizmlari zaiflashadi. Bu esa yuqumli kasalliklarga
moyillikni oshiradi.
Endokrin tizimda o‘zgarishlar -
infratovushlar gipofiz–buyrak usti bezlari o‘qi
orqali organizmda kortikosteroidlar ishlab chiqarilishi va boshqa gormonlar muvozanatini buzishi
mumkin.
6. Mehnat muhitidagi xavflar -
Ishlab chiqarish korxonalarida infratovushlarga doimiy
duchor bo‘ladigan ishchilar orasida nogironlikka olib keluvchi holatlar ko‘proq qayd etiladi. AQSH
Kasbiy salomatlik va xavfsizlik instituti (NIOSH) infratovushlarning xavfli darajasini aniqlashga
qaratilgan normativlar ishlab chiqmoqda, ammo hali ko‘plab davlatlarda infratovushlarga oid aniq
sanitariya me’yorlari mavjud emas.
2-rasm. Infratovushning salbiy oqibatlari (chastota va darajaga qarab)
Infratovushlarning salbiy ta’siri faqat individual sog‘liq bilan cheklanmay, u butun jamiyatga,
yashash muhitiga va ekologik tizimlarga keng ko‘lamda ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ta’sirlar ko‘p
hollarda sezilmas darajada kechsa-da, ular uzoq muddatli bo‘lib, inson hayot sifatiga va jamiyat
taraqqiyotiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Infratovushlar bilan bog‘liq muhitda ishlovchi insonlar
tez charchaydi, e’tiborni jamlashda qiynaladi, ish unumdorligi pasayadi. Bu ishlab chiqarish
samaradorligini kamaytiradi va xatolar sonini ko‘paytiradi. Xodimlar o‘rtasida ruhiy zo‘riqish, stress
va ruhiy tushkunlik holatlari ko‘p kuzatiladi, bu esa korxonalarda ishchilar almashinuvini
tezlashtiradi.
Infratovushlarga sezuvchanlik bolalarda ayniqsa yuqori. Ular tez charchaydi, konsentratsiya
yo‘qoladi, uyqusi buziladi. Bu holatlar o‘quv jarayoniga va psixik rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ayrim holatlarda infratovushlarga doimiy ta’sirda bo‘lgan bolalarda diqqat
yetishmovchiligi sindromi (ADHD) simptomlariga o‘xshash holatlar kuzatiladi.
Infratovushlar faqat odamga emas, balki hayvonot olamiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ayniqsa, akustik sezgir hayvonlar (masalan, dengiz sutemizuvchilari, qushlar, kemiruvchilar)
yo‘nalishini yo‘qotishi, migratsiya yo‘llarini o‘zgartirishi yoki stress holatiga tushishi mumkin.
Infratovushlar tuproq yuzasida va ichki qatlamlarida
rezonans va tebranishlar
hosil qiladi, bu esa
ildiz tizimining rivojlanishini sekinlashtirishi
yoki zarar yetkazishi mumkin. Doimiy past
chastotali tebranishlar
fotosintez jarayoniga
bevosita ta’sir ko‘rsatmasa ham,
stress holatini
yuzaga
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
383
keltirib, o‘simliklarning normal o‘sishini susaytiradi. Ayrim holatlarda o‘simliklar barglarining
sarg‘ayishi, so‘lishi yoki meva hosildorligining kamayishi kuzatilgan (3-rasm).
Tuproqdagi
mikroorganizmlar,
ayniqsa foydali bakteriyalar va zamburug‘lar, tebranishlarga
juda sezuvchan. Infratovush ta’sirida ularning
biologik faolligi kamayadi,
bu esa tuproq
unumdorligini pasaytiradi.
Organik moddalar parchalanishi
sekinlashadi, bu esa o‘simliklar uchun
zarur bo‘lgan ozuqa elementlarining aylanishini buzadi. Infratovush tebranishlari natijasida
tuproq
tuzilmasi (strukturasi)
buzilishi, qattiqlashishi yoki eroziyaga moyilligi ortishi mumkin. Infratovush
to‘lqinlari havoda uzoq masofalarga tarqaladi va
mikroiqlim o‘zgarishlariga
sabab bo‘lishi
mumkin. Bu holat havo bosimining mahalliy o‘zgarishlariga, shamol oqimlarining yo‘nalishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Shamol turbinalari yoki yirik sanoat korxonalaridan tarqaluvchi infratovushlar
sokin
hududlarda sun’iy mikroklimat
hosil qilishi mumkin, bu esa tuproq namligi, havoning tabiiy
aylanishi va bug‘lanish jarayonlariga salbiy ta’sir qiladi. Bunday hududlarda
suv aylanishi buzilishi
,
yer sathining quruqlashishi yoki ortiqcha namlanish holatlari paydo bo‘lishi mumkin.
3-rasm. Infratovushning tirik organizmmlarga ta’siri. (Zararli oqibatlar 5 balli darajada).
Infratovushlar yer osti qatlamlariga kirib,
mikroseysmik tebranishlar
hosil qiladi. Ular uzoq
muddatli ta’sirda
yer tuzilmasining muvozanatini buzishi,
yengil surilishlarga sabab bo‘lishi
mumkin. Suv osti infratovushlari esa grunt suvlarining harakatini sekinlashtirishi yoki yo‘nalishini
o‘zgartirishi mumkin. Ayrim hollarda infratovushlar ta’sirida yer osti suvlari tarkibida
kimyoviy
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
384
o‘zgarishlar
sodir bo‘lishi — masalan, kislotalilikning ortishi yoki mineral tarkibning buzilishi
kuzatiladi.
Infratovushlarni zararli oqibatlarini kamaytirish uchun infratovushlarni aniqlash va
monitoring tizimlarini joriy etish:
Infratovush darajalarini o‘lchovchi maxsus uskunalarni ishlab
chiqarish va sanoat, transport, yashash joylarida joylashtirish kerak. Infratovush monitoringi atrof-
muhitni muhofaza qilish tizimlarining bir qismi bo‘lishi zarur.
Sanitariya me’yorlari va me’yoriy-
huquqiy bazani ishlab chiqish:
Infratovush darajalarining inson salomatligiga xavfsiz chegarasini
aniqlovchi xalqaro normativlarga asoslangan standartlar ishlab chiqilishi zarur. Qurilish, transport va
sanoat sohalarida infratovush chiqaruvchi manbalarni nazorat qiluvchi qonunlar kuchaytirilishi
lozim.
Arxitektura va muhandislik yechimlari:
Infratovushni so‘ndirish yoki yutish xususiyatiga
ega materiallar va konstruksiyalar ishlab chiqish lozim. Yangi bino va inshootlar qurilishida
infratovushlardan himoyalanish texnologiyalari hisobga olinishi kerak.
Aholini xabardor qilish va
sog‘liqni saqlash choralarini ko‘rish:
Infratovushlar haqida aholiga ma’lumot berish, profilaktika
bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish zarur. Infratovush ta’sirida ishlovchi insonlar
muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.
Ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish:
Infratovushlarning
aniq biologik ta’sir mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar
moliyalashtirilishi kerak. Multidisiplinar yondashuv asosida — akustika, nevrologiya, ekologiya va
texnologiya sohalarining hamkorligi zarur.
Xulosa.
Infratovushlar insoniyat rivojlanishi bilan birga ortib borayotgan muammolardan
biridir. Unga qarshi kurashish faqat texnik vositalar bilan emas, balki sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni
himoya qilish, ta’lim va qonunchilik sohalarining birgalikdagi harakati orqali amalga oshirilishi
mumkin. Vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar nafaqat sog‘liqni saqlashni, balki barqaror rivojlanishni
ham ta’minlaydi. Infratovushlar ekologik tizimlarga — ayniqsa, o‘simliklar, tuproq, atmosfera va
geologik muhitga — sekin, biroq barqaror salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular ekotizim barqarorligini
buzishi, tuproq unumdorligini pasaytirishi, mikroiqlim sharoitlarini o‘zgartirishi mumkin. Shuning
uchun infratovush manbalarini monitoring qilish, ularni kamaytirish texnologiyalarini joriy etish
ekologik xavfsizlikning muhim omillaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.
Гаврилов, Ю. И. (2016).
Инфразвук: его свойства и воздействие на организм
человека
. Санкт-Петербург: Научный центр биомедицинских технологий.
2.
Leventhall, G. (2004).
Low frequency noise and infrasound: a review of published
research
. Report for the Department for Environment, Food and Rural Affairs (DEFRA), UK.
3.
Salt, A. N., & Hullar, T. E. (2010).
Responses of the ear to low frequency sounds,
infrasound and wind turbines
. Hearing Research, 268(1-2), 12–21.
4.
O'Neal, R. D., Hellweg Jr, R. D., & Lampeter, R. M. (2011).
Low frequency noise and
infrasound from wind turbines
. Noise Control Engineering Journal, 59(2), 135–157.
5.
Мамедов, Э. И. (2018).
Акустическое загрязнение и его влияние на здоровье
человека
. Москва: Медицина.
6.
World Health Organization (WHO). (2018).
Environmental noise guidelines for the
European Region
. Copenhagen: WHO Regional Office for Europe.
7.
Gutin, J. (2022).
The Hidden Harm of Infrasound: Scientific Perspectives on
Environmental and Health Risks
. Environmental Health Insights, 16, 1–9.
8.
Бобков, В. И. (2015).
Экология и здоровье: влияние шума и вибрации на человека
.
Новосибирск: СибАК.
9.
Pedersen, E., & Persson Waye, K. (2007).
Wind turbine noise, annoyance and self-
reported health and well-being in different living environments
. Occupational and Environmental
Medicine, 64(7), 480–486.
10.
Basner, M., Babisch, W., Davis, A., Brink, M., Clark, C., Janssen, S., & Stansfeld, S.
(2014).
Auditory and non-auditory effects of noise on health
. The Lancet, 383(9925), 1325–1332.
