“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
477
TOXOPLASMOSIS GONDII – INSON SALOMATLIGIGA TAHDID SOLUVCHI
YASHIRIN PARAZIT.
Normurodova Sarvinoz Komilovna
Termiz iqtisodiyot va servis universitetiti tibbiyot fakulteti davolash ishi yoʻnalishi 1-kurs
talabasi
Ro'ziyeva Gulsara Temirqulovna
Pedagogika fani bo'yicha falsafa doktori PhD
@Ruziyeva.gulsara@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Toxoplasma gondii parazitining morfologik tuzilishi, biologik
hayotiy sikli va inson organizmiga salbiy ta'sirlari haqida so‘z yuritilgan. Parazitning yuqish yo‘llari,
klinik belgilari va yashirin tarqalish holatlari haqida yoritilgan. Toxoplasma gondii parazitining
yashirin tarqalishi ko‘pincha simptomlarsiz kechadi, bu esa kasallikning nazorat qilinishi va
kasallanganlarni aniqlashni qiyinlashtiradi. Sog‘lom immunitetga ega bo‘lganlar ko‘pincha bu
infeksiyani bilmasdan tashishadi. Biroq, immuniteti zaif bo‘lganlar yoki homilador ayollarda bu
parazit og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Maqolada asosan homilador ayollar va immuniteti
pasaygan shaxslarda yuzaga keladigan og‘ir oqibatlari, diagnostika va davolash usullari ilmiy
adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada infeksiyaning oldini olish uchun aniq
tavsiyalar ham berilgan. Masalan, homilador ayollarga mushuklardan uzoq turish va toksoplazmoz
bilan kasallangan odamlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lmaslik tavsiya etiladi. Maqola tibbiyot
sohasi talabalari va parazitologiyaga qiziquvchilar uchun amaliy va nazariy jihatdan foydali manba
bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
Toxoplasma gondii, Toksoplazmoz, Parazitologiya, Homiladorlik va
toksoplazmoz, Mushuklar va toksoplazmoz, Infeksiyaning oldini olish, Toksoplazmozning davolash
usullari.
ТОКСОПЛАЗМОЗ ГОНДИ – СКРЫТЫЙ ПАРАЗИТ, УГРОЖАЮЩИЙ ЗДОРОВЬЮ
ЧЕЛОВЕКА
Нормуродова Сарвиноз Комиловна
Студент 1-го курса факультета медицины направления лечебное дело Университета
экономики и сервиса города Термез.
Розиева Гулсара Темиркуловна
Доктор философии (PhD) по педагогике
@Ruziyeva.gulsara@gmail.com
Аннотация:
В этой статье рассматриваются морфологическое строение,
биологический жизненный цикл и негативное влияние Toxoplasma gondii на организм
человека. Описаны пути заражения, клинические симптомы и скрытое распространение
паразита. Скрытая передача Toxoplasma gondii часто происходит без симптомов, что
усложняет контроль за заболеванием и выявление зараженных лиц. Люди с нормальным
иммунитетом часто являются носителями инфекции, не зная об этом. Тем не менее, у людей с
ослабленной иммунной системой или у беременных женщин могут возникать серьезные
осложнения, связанные с этим паразитом. В статье основное внимание уделено тяжелым
последствиям, диагностике и методам лечения у беременных и людей с ослабленным
иммунитетом, основанным на научной литературе. Также в статье предложены конкретные
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
478
рекомендации по профилактике инфекции, такие как рекомендации для беременных женщин
избегать контакта с кошками и зараженными людьми. Статья является полезным источником
информации для студентов медицинских учебных заведений и людей, заинтересованных в
парazitологии, предоставляя практические и теоретические результаты.
Ключевые слова:
Toxoplasma gondii, токсоплазмоз, паразитология, беременность и
токсоплазмоз, кошки и токсоплазмоз, профилактика инфекции, методы лечения
токсоплазмоза.
TOXOPLASMOSIS GONDII – A HIDDEN PARASITE THREATENING HUMAN
HEALTH
Normurodova Sarvinoz Komilovna
1st-year student of the Faculty of Medicine, majoring in General Medicine, at the Termiz
University of Economics and Service.
Roziyeva Gulsara Temirqulovna
Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogy
Abstract:
This article discusses the morphological structure, biological life cycle, and
negative effects of Toxoplasma gondii on the human organism. It highlights the routes of
transmission, clinical symptoms, and the hidden spread of the parasite. The hidden transmission of
Toxoplasma gondii often occurs asymptomatically, making it difficult to control the disease and
identify infected individuals. People with a healthy immune system often carry the infection without
being aware of it. However, individuals with weakened immune systems or pregnant women may
experience severe complications due to this parasite. The article mainly focuses on the severe
consequences, diagnosis, and treatment methods in pregnant women and immunocompromised
individuals, based on scientific literature. It also provides clear recommendations for preventing
infection, such as advising pregnant women to avoid contact with cats and infected individuals. This
article serves as a valuable resource for medical students and those interested in parasitology,
providing both practical and theoretical insights.
Keywords:
Toxoplasma
gondii,
Toxoplasmosis,
Parasitology,
Pregnancy
and
Toxoplasmosis, Cats and Toxoplasmosis, Infection Prevention, Treatment Methods for
Toxoplasmosis.
Kirish
Bugungi kunda parazitar kasalliklar ichida keng tarqalgan va inson salomatligiga jiddiy xavf
soluvchi infeksiyalardan biri bu toksoplazmoz hisoblanadi. Bu infeksiyani qoʻzgʻatuvchisi –
Toxoplasma gondii paraziti boʻlib, u hujayra ichida yashovchi va koʻp hollarda yarishin kechivchi
protozoa turidir. Apicomplexa turkumiga mansub boʻlgan bu organizm asosan issiqqonli hayvonlar,
shu jumladan sutemizuvchilar va qushlar uchun xavfli infeksiya manbai hisoblanadi. Parazitning
murakkab hayot sikli, turli organizmlarda turli shakllarda mavjudligi, shuningdek, yuqish yoʻllarining
koʻpligi tufayli ham infeksiyaning epidemiologik xavfini yanada kuchli hisoblanadi. U ilk bor 1908-
yil Afrika kemiruvchisi – sagʻir (Ctenolodactylus gundi) nomli kemiruvchi toʻqimalaridan
aniqlangan. Mushuksimonlar oilasi (Felidae) parazitning asosiy xo'jayini hisoblanadi, biroq bunda
tashqari koʻplab sutemizuvchilar va qushlar uning oraliq xo'jayini ham boʻlib xizmat qiladi. Dunyo
aholisining uchdan bir qismidan koʻprogʻi ya’ni 2 milliarddan ortiq odam ushbu parazitni
yuqtirganligi aniqlangan. Bu infeksiya bilan zararlamiah darajasi turki mintaqalarda va
populyatsiyalarda bir biridan sezilarli darajada farq qiladi. Masalan bu ko'rsatkich Janubiy Koreyada
4% dan past boʻlsa, Efiopiya kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda 74% gacha yetadi. Albatta bu
ko'rsatkichdagu farqlar iqtisodiy sharoitlar, sanitariya darajasi va odamlarning ovqatlanish odatlari
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
479
bilan chambarchas bogʻliqdir. Parazit mushuksimonlar oilasi vakillarining ichak epiteliyasida jinsiy
yoʻl bilan koʻpayadi va ookistalar hosil qiladi. Bu ookistalar najas orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Toksoplazmoz bir necha yoʻllar orqali yuqishi mumkin, jumladan, ookistalar bilan ifloslangan oziq-
ovqat yoki suv iste'mol qilish, pishmagan goʻsht mahsulotlarini iste'mol qilish va homilador ayollar
orqali homilaga oʻtishi mumkin. Parazit xo'jay hujayralarida tez koʻpayishi va tòqimalarga tarqalishi
jiddiy klinik oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin, ayniqsa immuniteti zaif odamlarda va tugʻma
toksoplazmoz bilan zararlangan chaqaloqlarda bu jiddiy kechadi. Homiladorlik davrida onadan
bolaga yuqsa, chaqaloqlarda tugʻma toksoplazmoz rivojlanadi. Bu holat markaziy asab tizimi, koʻz
toʻqimalari va boshqa a'zolarning og'ir zararlanishiga olib keladi. Toksoplazmoz koʻpincha
alomatlarsiz kechsa-da, u koʻz toksoplazmozi (retinoxoroidit), miya toksoplazmozi (ensefalit) va
yuqorida keltirilganidek tugʻma toksoplazmoz kabi ogʻir holatlari keltirib chiqarishi mumkin.
Toxoplasma gondii infeksiyasidan kelib chiqadigan koʻz kasalliklari kemg tarqalgan. Asosiy
koʻrinishlari orasida retinoxoroidit, optik nevrit va uveit shular jumlasidan. Bundan tashqari
mushuklar orqali yuqish ham keng tarqalgan, chunki ular najasida ookistalarni chiqaradi. Shu sababli,
mushuk najasi bilan ehtiyot bo‘lish va gigiena qoidalariga rioya qilish muhim.
Hayot sikli.
Toxoplasma gondii hayot sikli faqat 1970-yilda, mushuksimonlar oilasiga mansub
hayvonlarning asosiy xo'jayini ekanligi aniqlanganda to‘liq tasvirlangan. Toxoplasma gondii
yuqorida aytib o'tganimizdek hujayra ichi paraziti bo‘lib, uning hayot sikli murakkab sanaladi va u
asosiy ikki bosqichdan iborat: jinsiy bosqich va jinsiy bo‘lmagan bosqich. Ushbu bosqichlar turli
xo'jayinlarda amalga oshadi. Mushuklar jinsiy sikl uchun yagona mos keluvchi organizmlar bo‘lsa,
boshqa barcha issiq qonli hayvonlar, jumladan odamlar, oraliq xo'jayin sifatida qatnashadi.
Toxoplasma gondii uch xil usulda yuqishi mumkin: mushuk najasi orqali, zararlangan go‘sht iste’mol
qilish orqali va onadan homilaga o‘tishi orqali.
Jinsiy bosqich
(asosiy xo'jayin — mushuksimonlar)
Toxoplasma gondii ning jinsiy ko‘payish bosqichi ( gametogoniya) faqat mushuksimonlar
oilasiga mansub hayvonlar ichagida ro‘y beradi. Bu jarayon ookistlar hosil qilish bilan yakunlanadi,
ular tashqi muhitga chiqarilib, infeksiyaning tarqalishiga xizmat qiladi. Mushuklar odatda bir qancha
yo‘llar bilan infektsiyani yuqtiradi. Masalan, mushuklar Toxoplasma gondii bilan zararlangan oraliq
xoʻjayini (masalan, sichqon yoki qushni) yeydi yoki ookistlar bilan ifloslangan suv yoki oziq-ovqatni
iste’mol qiladi. Parazit mushukning ichak epitel hujayralariga kirib, ko‘payishni boshlaydi. Oraliq
xoʻjayinlarda to‘qima kistalari ichida bradizoitlar (sekin ko‘payuvchi shakl) bo‘ladi. Mushuk bu
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
480
kistalarni yutganda to‘qima kistalaridagi bradizoitlar mushukning ichak shilliq qavatiga yetib
borganda ozod bo‘lib, takizoitlarga (tez ko‘payuvchi shakl) aylanadi. Takizoitlar ichak epiteliy
hujayralarida shizogoniya (jinsiy bo‘lmagan ko‘payish) jarayoni orqali ko‘payadi. Bu jarayonda
takizoitlar hujayra ichida bo‘linib, ko‘p sonli merozoitlarni hosil qiladi. Merozoitlar yangi
hujayralarni zararlaydi va ko‘payish davom etadi. Merozoitlarning bir qismi gametotsitlarga aylanadi,
bu esa jinsiy ko‘payish jarayonining boshlanishini anglatadi. Bu bosqichda ikki turdagi jinsiy
hujayralar hosil bo‘ladi. Mikrogametotsitlar (erkak gametalar): harakatlanuvchi va ko‘p sonli kichik
gametalarni hosil qiladi. Makrogametotsitlar (urg‘ochi gametalar): harakatsiz va bitta katta gametani
hosil qiladi. Mikrogametotsitlardan hosil bo‘lgan erkak gametalar (mikrogametalar)
makrogametotsitlardan hosil bo‘lgan urg‘ochi gametani (makrogameta) urug‘lantiradi. Bu jarayon
natijasida zigota hosil bo‘ladi. Zigota mushukning ichak hujayralarida ookist shakliga o‘tadi. Hosil
bo‘lgan ookistlar mushukning ichak shilliq qavatidan najas orqali tashqi muhitga chiqariladi. Bu
ookistlar dastlab infeksion bo‘lmagan holatda bo‘ladi. Tashqi muhitda (tuproq, suv yoki oziq-
ovqatda) ookistlar 1-5 kun ichida sporulyatsiya jarayonidan o‘tib, infeksion holatga keladi.
Sporulyatsiya jarayonida ookistlar ichida ikkita sporotsist hosil bo‘ladi, har bir sporotsistda esa to‘rtta
sporozo‘it shakllanadi. Ookistlarning o‘lchami taxminan 10-12 µm (mikrometr) bo‘lib, ular tashqi
muhitda bir necha oy, hatto bir yilgacha barqaror bo‘lib qolishi mumkin.
Jinsiy bo‘lmagan bosqich
( oraliq xoʻjayin – odam, sutemizuvchilar va mishukcha qayta).
Toxoplasma gondii paraziti o‘z hayot siklida jinsiy bo‘lmagan ko‘payish (shizogoniya)
jarayonidan o‘tadi. Bu jarayon asosan oraliq xoʻyajinlarda, ya’ni odamlar, qushlar, kemiruvchilar,
qo‘y, cho‘chqa kabi issiq qonli hayvonlarda sodir bo‘ladi. Mushuklarda ham bu jarayon jinsiy
ko‘payishdan oldin dastlabki bosqich sifatida ro‘y beradi. Oraliq xoʻjayinlarga Toxoplasma gondii
bilan turli yoʻllar bilan zararlanadi. Jumladan, tashqi muhitda sporulyatsiyadan o‘tgan ookistlar
ifloslangan suv, tuproq, yuvilmagan meva yoki sabzavotlar orqali, zararlangan hayvonning (masalan,
qo‘y yoki cho‘chqa) yetarlicha pishmagan bradizoitlar mavjud bo'lgan go‘shtini iste’mol qilish
orqali, homiladorlikda onadan homilaga (konjenital infeksiya) va qon quyish yoki organ
transplantatsiyasi orqali ham yuqishi mumkin.
Oraliq xo'jayin organizmiga kirgan ookistlar yoki to'qima kistalari ichakka yetib boradi. Ular
bu yerda ookistlardan sporozoitlarga, to‘qima kistalaridan esa bradizoitlarga aylanadi. Bu shakllar
ichak shilliq qavatida faollashib, takizoitlarga (tez ko‘payuvchi shakl) aylanadi. takizoitlarning
o‘lchami taxminan 6-7 mikrometr (6000-7000 nm) bo‘ladi. Takizoitlar ichak hujayralaridan
tashqariga chiqib, tanadagi turli hujayralarni zararlaydi Takizoitlar endozoiya deb ataladigan jarayon
orqali hujayra ichida ko‘payadi. Bu jarayonda takizoitlar hujayra ichida bo‘linib, ko‘p sonli yangi
takizoitlarni hosil qiladi. Hosil bo‘lgan takizoitlar hujayradan chiqib boshqa sog‘lom hujayralarni
zararlaydi va bu jarayon yana takrorlanadi. Takizoitlar qon va limfa oqimi orqali tananing turli
organlariga (miya, mushaklar, yurak, ko‘z va boshqalar) tarqaladi. Oraliq xoʻjayinlarning imum
tizimining qarshiligi natijasida takizoitlar faolligi pasayib bradizoitlarga aylanib turadi. Bradizoitlar
takizoitlarga oʻxshash ammo ular nisbatan sekin boʻlinadi. Bradizoitlar tananing turli to‘qimalarida,
ayniqsa, miya, mushaklar va boshqa organlarda to‘qima kistalarini hosil qiladi. Bu kistalar
(psevdokistlar deb ham ataladi) yuzlab bradizoitlarni o‘z ichiga oladi va o‘lchami 20 mikrometrgacha
(20,000 nm) yetishi mumkin. To‘qima kistalari oraliq xo'jayinning immun tizimiga javob sifatida faol
bo‘lmagan (latent) holatda uzoq vaqt saqlanadi. Ular odatda sog‘lom odamlarda kasallik keltirib
chiqarmaydi. Ammo immun tizimi zaiflashganda (masalan, OITS, kemoterapiya yoki organ
transplantatsiyasi oqibatida) bradizoitlar qayta takizoitlarga aylanib, infeksiya faollashadi. Faol
takizoitlar qayta shizogoniya orqali ko‘payib, organlarda jiddiy zararlanishlarga olib kelishi mumkin
(masalan, ensefalit yoki ko‘zning retinoxorioretiniti).
Toxoplasma gondiining patalogiyasi va klinik belgilari
Toxoplasma gondii ko‘plab organlarni zararlaydi, qon orqali turli hujayralarni i
infeksiyalaydi. Takizoitlar makrofaglar va ko‘p sonli hujayralarni zararlaydi, bu esa hujayra
o‘limigacha olib kelishi mumkin. Buning natijasida limfotsitlar va monotsitlar kabi yallig‘lanish
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
481
hujayralari faollashadi. Bu yallig‘lanish jarayoni infeksiyalangan odamlarda asosiy patologiyani
keltirib chiqaradi
.
Infeksiyadan keyin taxminan 3 hafta o‘tgach xoʻjayin organizmning immun tizimi
faollashganda asosan miya va mushaklato‘qima kistalari ko‘plab organlarda, asosan miya va
mushaklarda bradizoitlardan faol boʻlmagan toʻqima kistalari shakllanadi. Ushbu faol bo‘lmagan
kistalar Toxoplasma gondii’ni xo‘jayin organizmning immun sistemasi tizimi qarshiliklaridan
yashirishga yordam beradi. To‘qima kistalari muntazam ravishda yorilib, ichidagi bradizoitlar immun
tizimi tomonidan yo‘q qilinadi. Agar immun tizimi zaiflashsa, masalan, kimyoterapiya yoki OITS
natijasida, bradizoitlar takizoitlarga aylanib, faol toksoplazmozni keltirib chiqaradi.
Orttirilgan infeksiyalarning 80‐90 foizida kasallik alomatlarsiz kechadi. Alomatlar paydo
inkubatsiya davri 1-2 hafta davom etadi. Kasallikning eng keng tarqalgan yengil alomatlari bo‘yin
yoki bosh suyagidagi limfa tugunlarining 4-6 hafta davomida kattalashishi, mushak og‘rig‘i
(miyalgiya), bosh og‘rig‘i, isitma, terida toshma yoki tomoq og‘rig‘i va taloq kattalashuvi
(splenomegaliya) hisoblanadi. Kasallik virusli infeksiyaga o‘xshash kechishi mumkin va odatda o‘z-
o‘zidan tuzalib ketadi. Kam hollarda esa pnevmonit, miokardit yoki meningoensefalit (miya va miya
pardalari yallig‘lanishi) kabi halokatli shakllari yuzaga chiqadi.
Toxoplasma gondii homiladorlik davrida jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Kasallik tug‘ma (kongenital) yoki orttirilgan shakllarda namoyon bo‘ladi. Homiladorlikdan oldin
zararlangan ayollarning chaqaloqlari odatda kasallikdan himoyalangan bo‘ladi, chunki onaning
immun tizimi antitelalar ishlab chiqaradi. Ammo infeksiya homiladorlik vaqtida paydo boʻlsa,
homilaga yuqish ehtimoli 50 foizgacha boʻladi. Homilaga yuqish ehtimoli va kasallikning og‘irligi
homiladorlikning qaysi davrida infeksiya bilan zararlanganligiga bog'liq. Misol uchun, infeksiya
homiladorlikda kechki trimestrlarda yuqish ehtimoli yuqori bo‘lsa-da, aynan birinchi trimestrda
yuqsa, homila uchun eng og‘ir va qaytarilmas zararlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina hollarda
toksoplazmoz yuqqan chaqaloqlar belgilarsiz (asemptomatik) tug‘iladi va bu holat uzoq vaqt davom
etishi mumkin. Biroq ayrim hollarda klinik belgilar chaqaloq tug‘ilgandan haftalar, oylar yoki hatto
yillar o‘tib namoyon bo‘ladi. Zararlangan chaqaloqlarda keyinchalik markaziy asab tizimida
muammolar yuzaga kelishi, jumladan, gidrosefaliya (bosh miyada suv to‘planishi), mikrosefaliya
(boshning kichik bo‘lishi) yoki aqliy zaiflik rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, jigar va taloqning
kattalaahib ketishi, terida toshmalar, isitma, sariqlik yoki anemiya kuzatilishi mumkin. Homiladorlik
davrida infeksiyani yuqtirmaslik uchun go‘sht mahsulotlarini to‘liq pishgan holatda iste’mol qilishi,
poliz mahsulotlari va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qilishi, qoʻl gigienasiga qat'iy rioya
qilishi lozim. Ayniqsa, mushuklar Toxoplasma gondii parazitining asosiy xoʻjayini hisoblanadi.
Homilador ayollarga mushuklarning najasini tozalash tavsiya etilmaydi. Agar bu ishni qilish zarur
bo‘lsa, qo‘lqop kiyib, keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish lozim. Mushukning tashqarida ov qilishiga
yo‘l qo‘ymang, chunki ular zararlangan sichqon yoki qushlarni yeyishi mumkin. Uy mushuklari
odatda infeksiya tarqatish xavfi pastroq bo‘ladi. Homiladorlikdan oldin yoki homiladorlikning
dastlabki bosqichlarida Toxoplasma gondiiga qarshi serologik testlar orqali antitelalar tekshiruvi
o‘tkazilishi mumkin. Agar avvaldan infeksiya bo‘lgan bo‘lsa, homilaga yuqish xavfi past bo‘ladi.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
482
Diagnostika va davolash usullari
Toxoplasma gondii paraziti keltirib chiqaradigan toksoplazmoz infeksiyasi global miqyosda
keng tarqalgan bo‘lib, inson va hayvonlar salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu
infeksiya sog‘lom immun tizimiga ega odamlarda ko‘pincha alomatsiz kechsa-da, homilador ayollar,
yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va immuniteti zaif odamlar (masalan, OITS, saraton yoki organ
transplantatsiyasi bemorlari) uchun og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli
toksoplazmozni o‘z vaqtida aniqlash va davolash muhim ahamiyatga ega.
Toxoplasma gondii infeksiyasini aniqlash serologik testlar, molekulyar usullar, mikroskopik
tekshiruvlar va tasvirlash texnologiyalariga asoslanadi. Diagnostika bemorning immun holati,
infeksiyaning yangi yoki surunkali ekanligi va asoratlarning og‘irligiga qarab turlicha yondashuvlarni
talab qiladi. Sog‘lom odamlarda toksoplazmoz ko‘pincha alomatsiz kechadi va maxsus davolashni
talab qilmaydi. Agar limfa tugunlarining shishishi, mushak og‘rig‘i va yengil isitma boʻlsa og‘riq
qoldiruvchi dorilar (masalan, paratsetamol) yoki isitma tushiruvchi dorilardan foydalanish mumkin.
Immuniteti zaif bemorlarda (OITS, saraton yoki organ transplantatsiyasi bemorlari) esa toksoplazmoz
og‘ir kechishi mumkin. Ayniqsa ensefalit yoki xorioretinit kasalliklari rivojlanishi kuzatilishi
mumkin. Bunday holatlarda shifokor nazorati ostida pirimethamin, sulfadiazin va folin kislotasi
(Leucovorin) kabi dori vositalaridan foydalanish mumkin. Toksoplazmozga chalingan homilador
ayollar ham shifokor nazorati ostida maxsus dori vositalari orqali davolanishi tafsiya etiladi.
Toxoplasma gondii — inson salomatligiga tahdid soluvchi, dunyo bo‘yicha keng tarqalgan
protozoy parazitlardan biridir. Uning murakkab hayotiy sikli, turli xo'jayin organizmlarda
uchraydigan shakllari va yuqish yo‘llarining xilma-xilligi ushbu parazitni alohida e’tibor talab
qiladigan infeksiyaga aylantiradi. Ko‘plab hollarda uning klinik belgilari sezilmasa ham, immuniteti
susaygan shaxslarda va homilador ayollarda toksoplazmoz og‘ir klinik holatlarni yuzaga keltirishi
mumkin.
Shunday qilib, Toxoplasma gondii ni chuqur o‘rganish nafaqat infeksiya tarqalishini nazorat
qilish, balki jamoat salomatligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biridir. Mazkur parazit bilan
bog‘liq tahdidlarni bartaraf etishda ilmiy yondashuv, davolash protokollari va keng qamrovli
profilaktik tadbirlar alohida o‘rin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
I.Muhammedov, E.Eshboyev, N.Zokirov, M.Zokirov. Mikrobilogiya Immunologiya
Virusologiya, Toshkent “Yangi asr avlodi” 2006.
2. Abhay R.Satoskar, Gary L.Simon, Peter J.Hotez, Moriya Tsuji. Medical Parasitology,
Austin Texas USA 2009
3. EK Markell, M.Voge. Medical Parasitology 1981 cabidigitallibrary.org
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
483
4. Louis M. Weiss, Kim M. Kim. Toxoplasma gondii: The Model Apicomplexan –
Perspectives and Methods (2nd Edition)
5. Z.Ibodullayev. Asab kasalliklari 2-nashr, darslik, Toshkent 2021
6. Louis M. Weiss, Kami Kim. Toxoplasma gondii: The Model Apicomplexan - Perspectives
and Methods, Academic Press, 2014.
7. Dubey, J. P. Toxoplasma gondii: Transmission, Diagnosis, and Prevention, Clinical
Microbiology Reviews, 2008
8. Turkish Journal of Parasitology, 2022. Toxoplasma gondii’ye Karşı Geliştirilen DNA
Aşılarına Genel Bir Bakış
9.Google Scholar (scholar.google.com)
