“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
484
KORONA VIRUSDAN KEYINGI OSTEOPAROZ KELIB CHIQISH SABABLARI
DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH USULLARI
Eshonqulova Hulkar Bahodir qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti davolash ishi yo’nalishi talabasi
Boyqulov To’rabek Temirovich
Termiziqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti odam anatomiyasi fan o’qituvchisi
ANNOTATSIYA.
Maqolada osteoparoz kasalligining umumiy tushunchasi, sabab va
xolatlari keltirilgan bo’lib, bu kasallik COVID-19 virusli inveksiyali kasalligidan so’ng
jiddiylashganligi va buning asosiy sablarini o’rganishda ko’plab taxmin va natijalarga ko’ra vaksina
va turli davolash vositalarining paratgarmonga tasiri, bu garmonning o’zgarishi esa qonda kalsiy
muvozanatini buzib osreoparozga olib kelganligini ko’rishimniz mumkin. Osteroparoz qonda kalsiy
yetishmasligidan kelib chiqadi va suyaklar yemirilib bu holatda turli garmonlar va kalsiyli
pereparadlar buyuriladi.
ANNOTATION.
The article contains the general concept of osteoparnosis, causing the
disease after the disease Cover-19, and the change in the hormone, while this hormone changes in the
blood of vaccine and lead to the osreoprological balance in the blood. Otheroparyoz is derived from
the shortage of calcium and the bones are decomposed in this case a peparavay and calculation are
prescribed.
АННОТАТЦИЯ.
Содержание Artce является остеопарнозом, вызывая заболевание
после причины изменения в лошади, в то время как этот Хореман изменяется и ведет вакцин
и осреопролологическибалас в лицевой кости.Другие равнины - этодерриваль от
SchortageofCalcium,
а кости демонстрируются в этом случае намолосовым и
предусмотренным.
Kalit so’zlar:
osteodistrofiya, birlamchi osteoparoz, ikkilamchi osteoparoz, alendronat,
risedronat,zolendron kislota, estrogen terapiyasi, SARS-CoV-2
KIRISH.
Osteoporoz - skeletning surunkali progressivlanuvchi tizimli metobolitik kasalligi
yoki klinik sindrom bo’lib, u boshqa kasalliklarda namoyon bo’ladi va surunkali zichlikning
pasayishi, ularning mikroarxitektonikasining buzilishi tufayli mo’rtlikning oshishi bilan tavsiflanadi.
Osteoparoz asosan suyak moddasining miqdori kamayib suyakning qattiqligi va mexanik zichligi
yo’qolishi bilan birga davom etib boradigan patalogik jarayondir. Osteoparoz osteodistrofiyaning bir
ko’rinishi bo’lib, ikki xilga bo’linadi: birlamchi va ikkilamchi osteoparoz. Birlamchi osteoparoz
hammasidan ko’ra diqqatga sazavordir. U metobolitik o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi. Yosh o’tgan
sayin bu osteoparoz ko’payib, 50 yosh bilan 70 yosh o’rtasidagi davrda tez tez uchrab turadi. Ayniqsa
klimaks davriga kirgan ayollarda ko’proq uchraydi. Shu sababli bu xildagi osteoparoz keksalikka
aloqador yoki klimakterik osteoparoz deb ataladi. Ikkilamchi osteoparoz har xil patalogik sindromlar
mahalida paydo bo’ladi, shunga ko’ra uning quyidagi xillari tafovut qilinadi: 1) ovqatda oqsil
yetishmovchiligiga
aloqador
malabsorbsiya
sindromi
mahalidagi
osteoparoz;
2)
turli
endokrinopatiyalar, jumladan Kushing sindromi paytida kuzatiladigan osteoparoz; 3) uzoq davom
etgan suyak immobilizatsiyasiga bog’liq osteoparoz.
Osteoparoz mahalliy yoki umumiy bo’lishi mumkin. Mahalliy osteoparoz qon aylanish
buzilganda, masalan, qo’l yoki oyoq immobilizatsiya qilinib uzoq vaqt harakatsiz qolganida venoz
qonning oqib ketishi qiyinlashishiga bog’liq bo’ladi. Umumiy osteoparozda skeletning hammasi,
ayniqsa suyak trabekulalari juda ko’p bo’ladigan joylari osteoparozga uchraydi.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
485
1-rasm.
Osteoparozning klinik belgilari quyidagilardan iborat: bo’yin va orqada og’riq, bo’yning
qisqarishi, qomatning bukilishi (kifoz), minimal travmadan keyin suyak sinishlari, og’riqli
harakatlanish kabilar.
Kasallar asosan suyaklar, ayniqsa umurtqa pog’onasi sohasidagi og’riq bilan noliydi, bu
og’riq aksariyat suyaklarning sinib, bo’laklarining o’rnidan ko’chib qolish holati bilan bog’liq
bo’ladi.
KORONAVIRUSDAN KEYINGI OSTEOPAROZNING SABABLARI
COVID-19 bu SARS-CoV-2 virusi bilan chaqiriladigan infeksiya bo’lib, u faqatgina nafas
yo’llariga emas, balki butun tanaga ko’p qirrali ta’sir qiladi. Xususan endokrin va suyak tizimiga
ta’siri: vitamin D darajasi tushadi, bu suyaklar va umumiy metabolizmga salbiy ta’sir qiladi yoki
yangi holatlar keltirib chiqarishi mumkin.Koronavirus infeksiyasidan keying davrda osteoporoz
holatlari sezilarli darajada ko’paygan. Bu holat ayniqsa keksalarda, surunkali kasalliklarga ega
bo’lgan bemorlarda va uzoq vaqt immobilizatsiyada qolganlarda yaqqol kuzatilmoqda. COVID-19
dan keyin osteoporoz rivoj lanayotgan bemorlar quyidagi belgilar bilan murojaat qilishi mumkin:
umurtqaning sinishi hisobiga bo’yning qisqarishi, minimal travmada suyak sinishlari, umumiy
holsizlik, charchoq. Yallig’lanishli sitokininlar va suyak to’qimasi o’zgarishlari COVID-19
infeksiyasi vaqtida organizmda yallig’lanishli sitokininlar (masalan, IL-1, IL-6) ko’payadi. Bu
sitokininlar osteoklastlarni faollashtirib, suyak rezorbsiyasini kuchaytiradi va suyak zichligini
kamaytiradi. COVID-19 infeksiyasi vaqtida va undan keying holatlarda organizmda vitamin D
darajasi sezilarli darajada pasayishi mumkin, bu esa o’z navbatida suyak salomatligiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi.
Kortikosteroidlar terapiyasi: COVID-19 ning og’ir holatlarida korikosteroidlar (masalan,
deksamitazon) yallig’lanishni kamaytirish uchun qo’llaniladi. Biroq bu dorilar suyak zichligini
kamayishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotlarga ko’ra kortikosteroidlarni qabul qilgan
COVID-19
bemorlarida
suyak
zichligi
sezilarli
darajada
kamayganligi
aniqlangan.
Glyukokortikosteroidlarni qabul qilishga organizmning salbiy reaksiyasi odatda COVID-19 dan
tuzalib ketgandan so’ng tez orada namoyon bo’ladi. Masalan, atipik pnevmoniya bilan og’rigan
bemorlarni kuzatishlarida, tuzalib ketgandan so’ng suyak to’qimasi mineral zichligining kamayishi
ehtimoli aniqlangan.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
486
2-rasm.
Suyak massasining kamayish darajasi asosan kortikosteroidlarning dozasiga va ularni qabul
qilish davomiyligiga bog’liq. Ushbu dorivositalari boshlang’ich infeksiya davrida yallig’lanishni
kamaytirish maqsadida qo’llanilgan edi.Og’ir COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda
glyukokortikoidlardan foydalanish chastotasi turli shifoxonalarda 28% dan 70% gacha o’zgarib
turgan.Glykokortikoidlar suyak boshidagi qon tomirlarning torayishiga olib keladi va suyak to’qimasi
ishemiyasini kuchaytiradi. Osteoblastlarda glyukokortikoidlarning ta’siri ularning yetuk shakllarini
kamayishiga olib keladi va moddalar almashinuvini mexnizmal hujayralardan adipotsitlar (yog’
hujayralari) shakllanishiga buradi. Glyukokortikoidlar ta’sirida osteoblastlar va osteotsitlar apoptozi
kuchayadi.
Bundan tashqari glyukokortikoidlarning suyak to’qimasiga salbiy ta’siri lipid almashinuviga
ham ta’sir qiladi. Past zichlikdagi lipiproteidlarning to’planishi va yog’ emboliyalarining paydo
bo’lishi kabi holatlar o’z navbatida suyak tomirlarining tiqilib qolishiga olib keladi va ishemik nekroz
(kislorod yetishmasligi natijasida to’qimalarning nobud bo’lishi) bilan yakunlanadi. Erkin yog’
kislotalari osteotsitlarga toksik ta’sir ko’rsatadi va natijada ularning apoptozini keltirib chiqaradi va
keyinchalik suyak to’qimasi metobolizmining buzilishiga olib keladi.Bundan tashqari COVID-19
bilan og’rigan bemorlar ko’pincha uzoq muddat yotib davolanishi natijasida suyak zichligining
kamayish holatlari kuzatilgan.
Osteoparozni davolash usullari.Osteoparozni davolash hayot tarzini o’zgartirish va
dorivositalari qo’llash bilan amalga oshiriladi. Hayot tarzini o’zgartirishga: kalsiy va D vitaminiga
boy oziqovqatlar, suyakni mustahkamlovchi mashqlar, quyoshnuridanfoydalanish, chekish va spirtli
ichimliklardan voz kechish kabilar kiradi. Biofosfanadlar – bu guruh dori vositalari suyak
parchalanishini sekinlashtiradi va sinish xavfini kamaytiradi: alendronat, risedronat, ibandronate,
zolendron kislota kabilar.Gormonlar bilan bog’liq terapiya: estrogen terapiyasi – menopauzadan
keyin suyak zichligini saqlashga yordam beradi, ammo ko’krak bezi saratoni va qon quyish xavfini
oshirishi mumkin. Suyak hosil qiluvchi dori vositalari: teriparatide- yangisuyak o’sishini ta’minlaydi,
abaloparatid – suyak zichligini oshiradi, romosozumab-yangisuyak o’sishini ta’minlash bilan birga
suyak parchalanishini kamaytiradi.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
487
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
•
Abdullaxo’jayeva Malika Samatovna ,, Patalogik Anatomiya’’ 2- qism (478-479)
•
ChatGPT
•
https://journal.rniito.org/jour/article/download/1707/pdf_1
•
Griffith J.F. Musculoskeletal complications of severeacute respiratory syndrome.
SeminMusculoskeletRadiol.2011;15(5):554-560. doi: 10.1055/s-0031-1293500
•
1. Lau E.M., Chan F.W., Hui D.S., Wu A.K., Leung P.C.
•
Reduced bone mineral density in male Severe Acute Respiratory Syndrome (SARS)
patients in Hong Kong. Bone. 2005;37(3):420-424. doi: 10.1016/j.bone.2005.04.018
•
Kerachian M.A., Séguin C., Harvey E.J. Glucocorticoids in osteonecrosis of the
femoral head: a new understanding of the mechanisms of action. J Steroid Biochem Mol Biol.
2009;114(3-5):121-128. doi:10.1016/j.jsbmb.2009.02.007
•
Koromila T., Baniwal S.K., Song Y.S., Martin A.,
•
Xiong J., Frenkel B. Glucocorticoids antagonize RUNX2 during osteoblast
differentiation in cultures of ST2 pluripotent mesenchymal cells. J Cell Biochem. 2014;115(1):27-
33. doi: 10.1002/jcb.24646
•
. Matthews B. Involvement of the osteoblast in Paget’s disease of bone. Medicine.
2009. Available from: https:
www.semanticscholar.org/paper/Involvement-of-theosteoblast-in-
Paget%27s-disease-of-Matthews/c20b73c f3d1e1d6ed15801a3ac5e230459fcf1b7
•
. Marsh J.C., Zomas A., Hows J.M., Chapple M., GordonSmith E.C. Avascular
necrosis after treatment of aplastic anaemia with antilymphocyte globulin and high-dose
methylprednisolone. Br J Haematol. 1993;84(4):731-735. doi: 10.1111/j.1365-2141.1993.tb03153.x
