“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
492
ТРОМБОЦИТЫ. ОСНОВНЫЕ ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ФУНКЦИИ ТРОМБОЦИТОВ,
ФАКТОРЫ
Ilmiy rahbar: Husanov S
Tayyorladi:Xayrullayeva R
Термезский университет экономики и сервиса, Термезский район, ул. Массив Фараван
43б
АННОТАЦИЯ
В статье рассматриваются основные биологические функции тромбоцитов в
организме, их роль в свертывании крови, а также количество тромбоцитов в норме и при
патологии, клиническое значение увеличения и уменьшения количества тромбоцитов.
Предоставляется научно обоснованная информация о том, как диагностируются в
медицинской практике такие состояния, как тромбоцитопения и тромбоцитоз, а также о
методах лечения. Статья призвана подчеркнуть неоценимую важность тромбоцитов в жизни
человека.
Ключевые слова:
Тромбоциты,
свертываемость
крови,
тромбоцитопения,
тромбоцитоз, гемостаз, факторы, серотонин, фибриноген, тромбоксан, ферменты.
THROMBOCYTES. MAIN PHYSIOLOGICAL FUNCTIONS OF THROMBOCYTES,
FACTORS
Termez University of Economics and Service, Termez Sh. Faravan massif 43b
ANNOTATION
This article discusses the main biological functions of platelets in the div, their role in
blood clotting, as well as the number of platelets in normal and pathological conditions, the clinical
significance of an increase or decrease in the number of platelets. Scientifically based information is
provided on how conditions such as thrombocytopenia and thrombocytosis are diagnosed in
medical practice and how to treat them. The article serves to highlight the invaluable importance of
platelets in human life.
Keywords:
Platelet, blood coagulation, thrombocytopenia, thrombocytosis, hemostasis,
factors, serotonin, fibrinogen, thromboxane, enzymes.
TROMBOTSITLAR. TROMBOTSITLARNING ASOSIY FIZIALOGIK FUNKSIYALARI,
FAKTORLAR
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti,Termiz Sh Farovon masivi 43 b-uy
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada trombotsitlarning organizmdagi asosiy bialogik funksiyalari, ularning qon
ivishidagi roli, shuningdek, normal va patalogik holatlardagi trombotsitlar soni, trombotsitlar soninig
ko’payishi va kamayishining klinik ahamiyati yoritilgan. Trombositopeniya va trombotsitoz kabi
holatlar tibbiy amaliyotda qanday tashxislanishi hamda davolash usullari haqida ilmiy asoslangan
ma’lumotlar keltirilgan.maqola trombotsitlarning inson hayotidagi beqiyos ahamiyatini yoritishga
xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
Trombotsit, qon ivishi, trombotsitopeniya, trombotsitoz, gemostaz, faktorlar,
serotonin, fibrinogen, tromboksan, fermentlar.
“Inson tanasi – juda murakkab tuzilgan va mo’jizaviy tizim. Har bir hujayra har bir zarra o’z
vazifasini bajaradi. Ularning ayrimlari esa hech qachon ko’zga tashlanmaydi.Trombotsitlar bu
yadroga ega bo’lmagan, ammo bialogik faol moddalar bilan to’la qon hujayralaridir. Ular suyak
iligida joylashgan megakaryotsitlar stoplazmasidan ajralib chiqadi. Ularning asosiy vazifasi – qon
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
493
ketishini to’xtatish va organizmni himoya qilishdir. Har bir mm3 qonda 150000 – 400000 dona
trombotsit bo’lib, ular o’rta hisobda 7 – 10 kun yashaydi.
Trombotsitlar disk shaklidagi, yadroga ega bo’lmagan hujayralar bo’lib, ularning yuzasida
retseptorlar va glikoproteinlar mavjud. Ular suyak iligida joylashgan megakaryotsitlarning
parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Trombotsitlar o’z ichiga alfa, delta, va lambda granulalarini
saqlaydi, bu granulalar ichida qon ivishi uchun zarur modda va fermentlar mavjud.
Trombotsitlarning asosiy fizialogik funksiyalari:
Qon ivishini ta’minlash (gemostaz) Trombotsitlar tomir shikastlanganda darhol shu hududga
borib yopishadi va tromb ivuvchi to’plam) hosil qiladi.
Bialogik faol modda ajratish. Fibrinogen, serotonin, tromboksan A2 kabi moddalarni ajratish
orqali tomirlarni toraytiradi, boshqa trombotsitlarni chaqiradi.
Tomir butunligini saqlaydi. Mayda kapilyarlarning mikrozararlanishida ularni “yopish”
orqali doimiy ravishda tomir butunligini saqlaydi
Trombotsitlar qon tomir devorini shikastlaganda darhol unga reaksiya bildiradi. Ular “faollashadi”
ya’ni shikli o’zgaradi, yopishqoq bo’lib qoladi va o’z ichiga bialogik faol moddalarning chiqishini
boshlaydi. Bu jarayon bir necha bosqichda boradi;
•
Adgeziya
(yopishish)
Tromborsitlar shikastlangan endoteliy yuzasiga yopishadi. Bunda von Willebrand faktori
katta rol o’ynaydi. Bu faktor trombotsitlarning shikastlangan joyiga mahkam “yopishishiga” yordam
beradi.
•
Faollashuv
( aktivatsiya)
Trombotsitlar yopishgach, ular o’z ichidagi alfa, va delta granulalarini ochadi. Ulardan:
ADP, serotonin, tromboksan A2 kabi moddalar ajraladi.
Bu moddalar boshqa trombotsitlarni chaqiradi va tomirni toraytiradi.
Trombotsitlarning sirtida PF-3 (fosfilipidli faktor) yuzaga chiqadi – bu esa qon ivishi
fermentlari uchun “maydoncha “ bo’ladi.
•
Agregatsiya
( birikish)
Trombotsitlar bir- biriga yopishadi va zich tromb hosil qiladi. Bu tromb orqali qon oqib
chiqmaydi.Bu bosqichda fibrinogen trombotsitlarni bir – biriga bog’lab turadi.
•
Koagulyatsiya
( fibrin to’ri hosil bo’lishi)
Faollashgan trombotsitlar yuzasida protrombin ‘n trombinga ga aylanadi. Trombin esa
fibrinogen ‘n fibrin iplariga aylanadi Fibrin ipchalari tromborsitlar atrofida to’r hosil qiladi va
mustahkam tromb shakillanadi.
Gemostazda ishtiroki:
Trombotsitlar asosan 3 (uch) bosqichda faol ishtirok etadi bular quyidagilar
•
Vazokonstriksiya: tomir devorlari jarohatlanganda mahhaliy tarzda vazokonstruksiya
sodir bo’ladi, bu esa trombotsitlarni faollashtiradi
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
494
•
Birlamchi gemostaz: Trombotsitlar jarohatlanganda endoteliy yuzasiga yopishadi va
agregatsiyalanib vaqtincha tromb hosil qiladi
•
Ikkilamchi gemostaz: bunda fibrin to’ri hosil bo’lishi bo’lib kagulatsiyani faollashtirib
fibrin iplarni tarmoqlanishiga sabab bo’ladi.
Trombotsitlar mikroblar va viruslar organizmiga tushganda ularni aniqlash va belgilash
qobiliyatiga ega. Ular pathogen mikroorganizmlarga yopishadi va o’zlaridagi interleykinlar,
kemokinlar va boshqa signal molekulalar orqali boshqa immune hujayralarni jalb qiladi. Bu hodisa
yallig’lanish javobinini boshlanishi uchun zamin yaratadi. Trombotsitlar T – hujayralar va
makrofaglar bilan bevosita muloqotga kirishadi, ularga signal yuboradi va zararlangan to’qimalarni
“ko’rsatadi” Trombotsitlar ayrim hollarda patogenlarni bevosita yo’q qilishda ham ishtirok
etadi.Misol uchun bacterial sepsis ( qonda infeksiya) vaqtida trombotsitlar mikroblarni o’rab oladi,
ularga zarar yetkazadi yoki ularni fagotsitozlar tomonida yo’q qilinishiga yordam beradi. Ammo
shuni ham unitmaslik kerakki, trombotsitlar haddan tashqari faollashsa - Autoimmun kasalliklar yoki
trombozga olik kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda trombotsitlar oddiy ko’ringan bo’lsada, organism hayot faoliyati uchun
muhim bo’lgan ko’plab funksiyalarni bajaradi. Ular qon ketishini to’xtatish, tomir butunligini tiklash
va hatti immune javobda ishtirok etish orqali hayot uchun zarur muvozanatni ta’minlaydi.
Trombotsitlar haqida to’liq tushuncha – zamonaviy tibbiyot uchun kata ahamiyatga ega. Trombotsit
fizialogiyasini chuqur o’rganish ularning nafaqat klassik, balki patalogik tromboz, yallig’lanish, va
autoimmun kasalliklaridagi ro’li haqida ham bilish imkonini beradi albatta.
Trombotsitlarning 15 ta faktori ( platelet Factors)
•
PF – 1 Fibrinogen
2. PF – 2 Antiplazmin (plasmin inhibitatori)
3. PF – 3 Fosfolipidli faktor ( qon ivishi komplekslarini faollashtiradi)
4. PF – 4 Geparinga qarshi faktor (geparin ta’sirini neytrallaydi)
5. PF – 5 Akselerin (qon ivishi tezlatuvchisi, proakselerin bilan bo’g’liq)
6. PF – 6 Antifibrinolitik faktor
7. PF – 7 Prokonvertin bilan o’xshash
8. PF – 8 Antigemofilik globilin A ( von villebrand faktori bilan bog’liq)
9. PF – 9 Antigemofilik globilin B ( Christmas faktori)
10. PF – 10 Styuart-Prower faktori
11. PF -11 Plazma tromboplastin precursor
12. PF - 12 Hegeman faktori
13. PF – 13 Fibrin barqarorlashtiruvchi faktor
14. PF – 14 Trombotsit faollashtiruvchi factor (PAF)
15. PF – 15 Seratonin, ADP va boshqa bialogik faol moddalarning majmuasi.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
495
Faydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
•
G’ofurova G’ G “ qon va gemopoez
tizimi fizialogiyasi” 2022 yil
•
To’xtayeva D. D Sharipov R. R “
gematologiya va Gemiostaz tizimi asoslari” 2020
yil
•
O. Alyayeva SH Qodirov “ normal
fizialogiya “ 2007 yil
•
“Trombotsitlarning tuzulushi va
funksiyasi “ internet malumotlari
•
Rahmonov . B . N “trombotsitlarning
bialogik ahamiyati va klinik ro’li” 2023 yil
