Authors

  • Maftuna Jonmurzayeva
  • Xolida Aslanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.115249

Keywords:

dukkakdosh koʻp yillik ildizpoya begona oʻt sershox dagʻal termoizolyatsiya

Abstract

Maqolada Qizilmiya (Glycyrrhiza) o‘simligining nafas yo‘llari hamda o‘pka, jigar, yurak-qon tomirlari kasalliklari va oziq-ovqat sanoatida, kaloriyasiz ichimliklar, qandolatchilik va non mahsulotlari, murabbo, shinni, konserva, ozuqa konsentratlari, saqich, tish pastasi tayyorlashda qo‘llanilishi haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

518

QIZILMIYA (GLYCYRRHIZA GLABRA) O‘SIMLIGINING DORIVOR

XUSUSIYATLARI.

Jonmurzayeva Maftuna Abdusattor qizi

Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi

Aslanova Xolida Gafurovna

Termez iqtisodiyot va servis universiteti

Tabiiy fanlar fakulteti

Email:

xolida.aslanova@mail.ru

Tel:

+99891-583-53-00

Annotatsiya.

Maqolada Qizilmiya (Glycyrrhiza) o‘simligining nafas yo‘llari hamda o‘pka,

jigar, yurak-qon tomirlari kasalliklari va oziq-ovqat sanoatida, kaloriyasiz ichimliklar,
qandolatchilik va non mahsulotlari, murabbo, shinni, konserva, ozuqa konsentratlari, saqich, tish
pastasi tayyorlashda qo‘llanilishi haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

dukkakdosh, koʻp yillik, ildizpoya, begona oʻt, sershox, dagʻal,

termoizolyatsiya,

Аннотация:

В статье приведены сведения о применении растения солодки голой

(Glycyrrhiza) при заболеваниях органов дыхания и легких, печени, сердечно-сосудистой
системы, а также в пищевой промышленности при приготовлении низкокалорийных напитков,
кондитерских и хлебобулочных изделий, джема, патоки, консервов, кормовых концентратов,
жевательной резинки, зубной пасты.

Ключевые слова:

многолетнее, корневищное, сорняк, ползучий, грубый,

теплоизоляция,

Annotation:

The article provides information on the use of the Licorice plant (Glycyrrhiza)

in respiratory and lung, liver, cardiovascular diseases, and in the food industry, in the preparation of
calorie-free drinks, confectionery and bakery products, jam, molasses, canned food, feed
concentrates, chewing gum, and toothpaste.

Keywords

:

legume, perennial, rhizome, weed, creeping, coarse, thermal insulation,

Kirish.

Qizilmiya — dukkakdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali begona oʻt. Poyasi

sershox, dagʻal, boʻyi 40-150 sm, tik oʻsadi. Barglari murakkab, toq patsimon, uzunchoq. Gullari
binafsha rang, shoda toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi choʻzinchoq dukkak. Aprel-iyunda gullab
mevalaydi. Urugʻi va vegetativ usulda ildizpoyalaridan koʻpayadi. Ildiz sistemasi kuchli rivojlanadi,
3 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizpoyalaridan yer usti novdalari hosil boʻladi, urugʻi qattiq
qobiqli, 30-35° C haroratda koʻkaradi. Oʻrta Osiyoning hamma rayonlarida, jumladan, Toshkent,
Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlarida tarqalgan. Hamma chopiqtalab ekinlar, ayniqsa, beda va donli
ekinlar orasida uchraydi, sugʻorish kanallari boʻylari, ariq yoqalari, bogʻ va uzumzorlarda oʻsadi.
Kurash choralari: yerni haydashda ildiz qoldiqlarini yoʻqotish; nihollari paydo boʻlgach, ekin qator
oralariga chuqur ishlov berish; don ekinlariga gerbitsidlar purkash. Qizilmiyaga “moʻjizakor
o‘simlik” deya taʼrif beriladi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki undan 110 turdan ortiq dori vositalari
olinishi bilan birga, sanoatning 20 yo‘nalishida foydalaniladi. Bunday xususiyat boshqa o‘simliklarda
kamdan-kam uchraydi. Respublikamizda mazkur o‘simlikning silliq qizilmiya turi keng tarqalgan
bo‘lib, u tabiiy holda o‘sadi.

Qizilmiya ildizlaridan tayyorlangan quruq va quyuq ekstraktlar shamollash, sil hamda o‘pka,

jigar, nafas yo‘llari va yurak-qon tomirlari kasallanganda, modda

almashinuvini meʼyoriga keltirishda, bo‘g‘ma, onkologik, ovqatdan zaharlanish,
oshqozon, meʼda hamda o‘n ikki barmoqli ichak yarasida, teri kuyishi, shuningdek,
boshqa xastaliklarda tavsiya etiladi.
Oziq-ovqat sanoatida qizilmiya ildizidan kaloriyasiz ichimliklar, qandolatchilik va non

mahsulotlari, murabbo, shinni, konserva, ozuqa konsentratlari, saqich, tish pastasi hamda boshqalarni
tayyorlashda foydalaniladi. Yengil sanoatda rangli bo‘yoqlar olinsa, metallurgiya sanoatida


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

519

metallarni gidrolizlashda, kimyo sanoatida siyoh tayyorlashda, qog‘ozlarga rang berishda
qo‘llaniladi. Uning chiqindisidan esa qog‘ozli termoizolyatsiya plitasi, qog‘oz singari mahsulotlar
ishlab chiqarish mumkin. Shu bois bugungi kunda ushbu o‘simlikka AQSH, Buyuk Britaniya,
Gollandiya, Yaponiya, Germaniya, Vengriya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa ko‘pgina davlatlarda
talab yuqori. Qizilmiya – bir yillik o`t o'simlik bo‘lib u abadiy kuchli ildiz tizimiga ega, va dukkaklilar
oilasiga mansub o‘simlikdir. keng tarqalgan va foydali xususiyatlari ham ko‘p. Qizilmiya cho'zilgan
va bir oz jigarranga ega. Urug'lar yashil-kulrang yorqin rang yoki bir oz jigarrangli bo'ladi. Qizilmiya
iyun oyida gullay boshlaydi. Bu hosil katta chakalakzorlar, daryolar va qumlar bo'ylab cho'l
zonalarida joylashgan. zararlimi yoki foydalimi degan savolga javoban - qizilmiyaning juda ham ko‘p
foydali xususiyatlari mavjud, Sanoatda, tibbiyotda, xxalq xo‘jaligida keng foydalaniladi. Yetilishi
uchun ko‘p etibor va ko‘p xarajat talab qilmaydi.Qizilmiya o‘simligi dorivor o‘simliklardan biri
bo‘lib, antidiabet, antimikrob, virusga qarshi va boshqa bir qancha dorivor xususiyatga ega. Bundan
tashqari, qizilmiya o‘simligi yuqori sho‘rlanishga, hamda qurg’oqchilikka chidamli. Hozirgi ekologik
keskinlashuvda bu o‘simlikdan va uning mikroolamidan foydalanish muhim. Shuning uchun bu
dorivor o‘simlikni endofitlari ajratilib, xususiyatlarini o‘rganmoqdamiz. Qizilmiya o‘simligini
urug’laridan yetishtirishda muammolar ko‘pligi sababli, ajratilgan endofit bakteriyalarning
urug’larga ta’siri o‘rganildi.Qizilmiyz o‘simligini chuqurroq o‘rgansak, bu o‘simlikkeng
tarqalgan.Turkum nomi Glycyrrhiza – grekcha so‘z bo‘lib, “glykys” – shirin, “rhiza”ildizdegan
ma’noni anglatadi.

Tarqalishi.

Shirinmiya o‘simligi Osiyo mintaqasida keng hamda yer yuzining boshqa

qismlarida tarqalgan. Asosan daryo va ariq bo‘ylari, to‘qayzorlarda, begona o‘tsifatida ekinzorlarda,
sho‘rlangan, qumli tuproqlarda o‘sadi. O‘zbekiston Respublikasihududida Toshkent, Namangan,
Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Surxondaryova Qashqadaryo hamda Qoraqalpog‘istonda
ko‘p uchraydi. Qo‘shni respublikalardan Dog‘iston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon,
shimoliy Kavkaz hamda Ukrainahududlarida uchrashi aniqlangan. Shirinmiya o‘simligi Turkiya,
Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Xitoy, AQSH va Yevropaning janubiy, g‘arbiy qismlarida,

shuningdek, O‘zbekistonda madaniy holda ekib o‘stiriladi. Ishlatiladigan qismi.Ildizi hamda yer osti
ildizpoyalari, shuningdek yer ustkiqismidan chorva mollari uchun yem-xashak sifatida foydalanish
mumkin. Gidrolizlashda ishlatiladi. Shirinmiya ildizi oziq – ovqat sanoatida ham juda keng
qo‘llaniladi, jumladan, non va qandolatchilik mahsulotlari, murabbo, konserva, oziqa konsentratlari
hamda ichimliklar tayyorlash va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

520

1-rasm. Qizilmiya o‘simligining guli

Ishlatilishi.

Shirinmiya o‘simligining qo‘llanilish soxalari juda keng. Shirinmiya nafaqat

qimmatbaxo dorivor o‘simlik balki, oqsilga boy, ozuqaviylik qiymati yuqori yem -xashak sifatida
foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘simlik hamdir. Tarkibining xilma-xilligi bois tibbiyotda ko‘plab
kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi, ayniqsa, xitoy xalq tabobatida bu o‘simlik juda ham noyob
sanaladi. Adabiyotlarda O‘rta Osiyo va Kavkaz respublikalarida shirinmiya ildizidan olingan
bo‘yoqlar kigiz va jun matolarini bo‘yashda ishlatilishi, shuningdek, poyasidan arqon tayyorlash
dag‘al tola olinishi aytilgan. Shirinmiya ildizini maydalab, xlorid kislota hamda suv bilan
aralashtirilganda ko‘pirishi tufayli o‘t o‘chirishda ham qo‘llaniladi.

Xulosa.

Yengil sanoatda rangli bo‘yoqlar, kimyo sanoatida esa siyoh olish, qog‘ozga rang

berish, metallurgiyada metallarni, silliqlashda ishlatiladi. Bu o‘simlikning foydali xususiyatlari har
tamonlama ko‘p . Shu sababli o‘simlikni yanada chuqurroq o‘rganishimiz ,ularning navlarini
ko‘paytirishimiz, har bir foydali xususiyatlaridan oqilona foydalana olishimiz lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. E. Reverchon, J. Supercrit. Fluids, 1997, 10, 1-37.
2. W.K. Modey, D.A. Mulholland, and M.W. Raynor, J. Chromatogr. Sci., 1996,
34, 320-325.
3. K.D. Bartle, A.A. Clifford, S.B. Hawthorne, J.J. Langenfeld, D.J. Miller, and
R. Robinson, J. Supercrit. Fluids, 1990, 3, 143-149.
4. Сафаров А.Ф., Гафуров К.Х., Применение сжиженного углекислого
газа как растворителя для получения экстрактов из растительного сырья
(обзор) Монография Бухара 2014., С. – 87-95.

References

E. Reverchon, J. Supercrit. Fluids, 1997, 10, 1-37.

W.K. Modey, D.A. Mulholland, and M.W. Raynor, J. Chromatogr. Sci., 1996, 34, 320-325.

K.D. Bartle, A.A. Clifford, S.B. Hawthorne, J.J. Langenfeld, D.J. Miller, and R. Robinson, J. Supercrit. Fluids, 1990, 3, 143-149.

Сафаров А.Ф., Гафуров К.Х., Применение сжиженного углекислого газа как растворителя для получения экстрактов из растительного сырья (обзор) Монография Бухара 2014., С. – 87-95.