Authors

  • Beheshta Abdujalil
  • Gulsara Ro‘ziyeva
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi PhD., v.b. dots

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.115269

Keywords:

Zafaron iqlim tuproq piyoz gul.

Abstract

Zafaron (Crocus sativus) dunyodagi eng qimmatli dorivor o‘simliklardan biri bo‘lib ushbu ma’qolada zafaron yetishtirish bosqichlari unga mos iqlim sharoitlar va tajriba ishlarni olib borish uchun Termiz shaharni iqlim sharoitlar hisobga olinadi. Zafaron tarkibida Krosin, Safranal va Pikrosin mavjud bo‘lib ular turli dorivor xususiyatiga ega shuningdek zafaronning tibbiyotdagi qo‘llanishi ham ko‘rib chiqiladi.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

553

ZAFARON VA UNING TIBBIYOTDAGI DAVOLOVCHI XUSUSIYATLARI

Abdujalil Beheshta Habibulloh qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti I bosqich 24/13-guruh talabasi .

E-mail:

abdullahbadri83@gmail.com

Ro‘ziyeva Gulsara Temirqulovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi katta

o‘qituvchisi PhD., v.b. dots

E-mail:

ruziyevagulsara@gmail.com

Annotatsiya.

Zafaron (Crocus sativus) dunyodagi eng qimmatli dorivor o‘simliklardan biri

bo‘lib ushbu ma’qolada zafaron yetishtirish bosqichlari unga mos iqlim sharoitlar va tajriba ishlarni
olib borish uchun Termiz shaharni iqlim sharoitlar hisobga olinadi. Zafaron tarkibida Krosin, Safranal
va Pikrosin mavjud bo‘lib ular turli dorivor xususiyatiga ega shuningdek zafaronning tibbiyotdagi
qo‘llanishi ham ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Zafaron, iqlim, tuproq, tibbiyot, dorivor, piyoz, gul.

Aннотация.

Шафран (Crocus sativus) является одним из самых ценных лекарственных

растений в мире. В данной статье рассматриваются этапы выращивания шафрана, подходящие
климатические условия для его выращивания, а также климат города Термез для проведения
экспериментальных работ. В составе шафрана содержатся кроцин, сафранал и пикрокроцин,
обладающие различными лечебными свойствами. Также рассматривается применение
шафрана в медицине.

Kлючевые слова:

шафран, климат, почва, медицина, лекарственный, лук, цветок.

Abstract.

Saffron (Crocus sativus) is one of the most valuable medicinal plants in the world.

This article discusses the stages of saffron cultivation, the suitable climatic conditions for its growth,
and considers the climate of Termez city for conducting experimental work. Saffron contains
compounds such as crocin, safranal, and picrocrocin, which possess various medicinal properties.
The article also explores the applications of saffron in medicine.

Key words:

saffron, climate, soil, medicine, medicinal, onion, flower

KIRISH.

Zafaron bu gulning quritilgan gulagi bo‘lib u (Qizil oltin) deb ham nomlanadi, u

rangi, ta’mi va aromatik tufayli qadrlanadi [1]. Zafaron tiriploid o‘simlik bo‘lib uning ko‘payadigan
qismi piyozidir [2]. Bir kg zafaron olish uchun dehqonlar 500 ming dona gulni kuzning sovuq
tonglarda havo qorong‘u qo‘yosh to‘lliq chiqmagan paytga ma’yinlik bilan qol bilan terib olishi kerak
ana shu nozik va murrakkab yig‘im jaryoni zafaronning bahosini yanada oshirgan.

ZAFARON GULNI TUZILISHI

1.

Piyozcha: zafaron (corm) piyozcha orqali ko‘payadi har yil yozda eski piyozcha qurib uning
atrofida yangi kichik piyozcchalar hosil bo‘ladi

2.

Barg va poya: zafaron gulni poyasi qisqa, barglari ingichka, uzun va yashil poyalariga
birikkan bo‘ladi

3.

Gul: nozik va go‘zal 6 ta binafsha rang, gul paydo bo‘ladi.
Bu gulning 2 qismi bor, qizil(stigma) va sariq(stamen)
Aynan shu qizil qismi zafaronning qimmat baho va mehnat talab qiluvchi qismi hisoblanadi
(1-rasm).


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

554

1-rasm. Zafaron o‘simligi

Zafaronni ekish uchun mos iqlim sharoitlari.

Mutaxassislarning fikricha zafaronning tog‘ri

ekish mahsulot sifatida bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan yer tanlovi, tuproq, iqlim , ekish vaqti,
piyoz turi va miqdori, ekish chuqurligi va uslubi.

Zafaron yarim iliq iqlim o‘simlik hisoblanadi shuning uchun uning qishi yumshoq va yozi

issiq va quruq hududlarda ekiladi.

Harorat

: yozga uyqu davrda yo‘qori harorat piyozchalarni dam olishni ta’minlaydi. Qishka

15°C gacha bo‘lgan sovuqqa bardosh beraoladi. Kuz va bahor, o‘sish davrda eng yaxshi harorat 15-
20°C.

Yog‘ingarchilik va namlik

: zafaron suvni kam talab qiladi shuning uchun quruq yoki yarim

quruq iqlimlar juda mos keladi. Yillik yog‘in (o‘sish davrda) 300-500 mm atrofida bo‘lish kerak. Yoz
faslining dam olish davrda (iyun-avgust) suv qo‘yish yoki yomg‘ir piyozlarni chirishga olib keladi.

Quyosh nuri

: zafaron quyosh nuri ko‘p bo‘lgan hududlarda yaxshi o‘sadi. Soyali joyda

o‘sishni sekinlashtiradi va gullashni kamaytiradi.

Tuproq

: eng yaxshi tuproq, yengil qumoq yoki qumloq va yaxshi derenajga ega bo‘lgan

tuproqdir. PH darajasi 6.3-8.3 bo‘lish kerak. Og‘ir suvni ushlab turadigan tuproqlar zafaron uchun
mos emas.

Balandlik

: zafaron 1000-2000 m balandlikdagi hududlarda yaxshi o‘sadi, bunday joylarda

harorat mos va zararkunandalar ta’siri kamroq bo‘ladi.

Shamol

: kuchli shamollar gullarga zarar yetkazishi mumkun, bunday joylarda shamol to‘sig‘i

(daraxtlar yoki devorlar) bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Yer

: tuproq yengil bo‘lishi kerak, yoki qum va loy aralashmasi bo‘lishi lozim, bu yer

zafaronni piyoziga oziq moddalar yetkazib berishga yordam beradi.

Surxondaryo viloyati Termiz shaharida zafaronning ekilishi uchun iqlim sharoitlar mos

keladimi ?

Nisbatan iqlim mos keladi, ammo bu hududning ba’zi maxsus xususiyatlarni hisobga olish

zarur.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

555

Ekish vaqt:

zafaroni ekish uchun eng yaxshi vaqt bu yozni oxiri va kuzni boshidir, chunki

Termizning yozi juda issiq (iyun-iyul). Yuqori harorat piyozlarga zaraz yetkazadi 40°C dan yuqori
zafaronga muammo tug‘dirishi mumkun, eng mos vaqt sentabr oyining oxiri yoki oktabr oyining
boshlaridir.

Tuproq turi;

Termizda loy va qumli tuproqlar mavjud bo‘lib ular zafaron ekish uchun

mosidir

Sug‘orish miqdori; zafaron suvni yoqtiradi ammo ortiqcha sug‘orishdan saqlanish kerak,

Termizda yomg‘ir kam bu esa zafaron ekish uchun mos keladi, kam yomg‘ir bu hudutda zafaron
uchun muammo bo‘lmaydi, lekin sug‘orish to‘gri boshqarilish kerak.

Sovuq ehtiyoji; zafaron sovuqni qisqa vaqt talab qiladi (uning o‘sish davr kuz va qish bilan

birga bo‘ladi) Termizda nisbatan yumshoq qishlar bor, bu zafaron uchun foydali, chunki o‘simlik
sifatli gullarni ishlab chiqarish uchun sovuqni talab qiladi.

Ushbu sharoitlar bilan aytish mumkunki Termiz zafaron ekish uchun yaxshi imkoniyatlar

yetarli, ayniqsa sug‘orish va tuproq sharoitlarini to‘g‘ri boshqarish lozim

.

Zafaron ekish bosqichlari va parvarishi.

-Piyoz tanlash va tayyorlash; piyozchalar shikastsiz va kasalliklardan xoli bo‘lish kerak,

ekishdan oldin piyozlar dezinfeksiya qilinadi. Har bir gektar yerda 3-10 dona piyoz ekiladi polizlar
orasida masofa 25-30 cm bo‘lish kerak.

-Ekish chuqurligi: 15-20 cm bo‘ladi bu chuqurlik ularni yozning issig‘i va qishning

sovug‘idan himoya qiladi.

- Ekish vaqt: zafaron uchun eng yaxshi vaqt avgust oxiri sentabr boshidir.
- Yer tanlash: zafaron 6-7 yil bir joyda o‘sadi shuning uchun tuproq unumdor ohaktoshli,

yaxshi drenajlangan va PH darajali 7-8 bo‘lish kerak.

- Parvarish: ekishdan so‘ng yer doimiy nazoratda bo‘lishi kerak, yovvoyi hayvonlar va chorva

moli kirib ketmasligi kerak, ko‘plab dehqonlar maydon atrofida 1 metr balandlikda devor yoki tikanli
to‘siqlar o‘rnatadilar.

Sug‘orish(suv berish): zafaron o‘ziga xoz sug‘orish bosqichlarga ega

:

- Basarob: ekish va shudgorlashdan keyingi suv
- Zayojob; tug‘ruq va urug‘lantirishdan keyingi suv
- Kuleshob: begona o‘tarni yo‘q qilish va o‘g‘itlashdan keyingi suv
- Zardob: oxirgi suv, hosil olishdan oldin beriladi
Sug‘orish odatda oktyabr o‘rtalaridan noyabr o‘rtalarigacha davom etadi, erta yoki kech

sug‘rish o‘simlikka zarar yetkazish mumkin.

Hosil yig‘ish

: zafaron gullari kuz oyining oxirida ochiladi (noyabr) va gullarning faqat qizil

naychalari (stigma) quritilib asosiy mahsulot sifatida olinadi.

Dunyo bo‘yicha zafaron yetishtirish miqdori.

Hozirda dunyoda har yili taxminan 210 tonna zafaron yetishtiriladi eng yirik ishlab

chiqaruvchi:

Eron

: dunyoning eng yirik zafaron ishlab chiqaruvchisi har yilli 135-190 tonnagacha , sifat

jihatdan ham birinchi o‘rinda turadi aynan Xuroson viloyatlari.

Afg‘oniston:

so‘nggi yillarda tez rivojlanmoqda ayniqsa Hirot viloyati, ilmiy tadqiqotlar

ko‘rsatmoqda Afg‘oniston zafaroni rang, hid, t’am va soflik jihatdan juda raqobatbardosh.

Ispaniya:

har yil 1 tonnaga yaqin ishlab chiqaradi.

Hindiston:

aynan Kashmir viloyatida, 2-3 tonna har yili.

Marokash Gretsiya, Italiya, Pokiston, Xitoy, Fransiya, Yoponiya, Rossiya….
O‘zbekistonda ham ba’zi hududlarda masalan: Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoroda tajriba

tariqasida boshlangan.

Zafaroning eng muhim foydali xususiyatlari.
1. Depressiyaga qarshi:

Zafaronning safranal moddasi miyyadagi serotonin miqdorini

oshiradi, bu esa ruhiy tushkunlikni kamaytiradi va kayfiyatni ko‘taradi.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

556

2. Saratonning oldini olish:

zafaronning tarkibidagi krosin erkin radikallallarni yo‘q qiladi

bu hujayra DNKsini himoya qiladi, ayrim tadqiqotlarda o‘sma hujayralarning ko‘payishini
to‘xtatgan.

3. Tashvish (anksiyet) ni kamaytiradi:

krosin miyyadagi GABA faoliyatini qo‘llab

quvvatlaydi, bu esa xotirjamlik beradi.

4. Xotira va aqli faollikni kuchaytiradi:

krosin miyyada neyronlararo signal uzatishni

yaxshilaydi, Altsgeymerga qarshi, ta’sirni aniqlangan.

5. Yurak sog‘lig‘iga foydali (antiosidantlar):

zafarondagi

krosin va safranal yurakni

erkin

radikallarni himoya qiladi, qon bosimini pasaytiradi va qon aylanishini yaxshilaydi.

6. Imunitetni oshiradi ( vitamin c, krosin):

zafaron tarkibida 20mg gacha bo‘lgan C vitamini

mavjud bu esa immun hujayralarni faollashtiradi, va undagi antioksidant (krosin) virus va
bakterialardan himoya qiluvchi hujayralarning faoliyatini kuchaytiradi.

7. Ichak mikroflorasini qollab quvvatlaydi:

zafaronni ayrim polifenidlari ichakdagi foydali

bakterialarni ko‘paytirishga yordam beradi, bu esa ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.

8. Ayyollarda libido va jinsiy salomatlikni oshiradi:

ba’zi tadqiqotlar ko‘rsatishicha, jinsiy

faoliyatni kuchaytirishi mumkin, ayniqsa ayyollarda kayfiyatini yaxshilash va jinsiy energiyani
oshiradi.

9. Qon shakarni tartibga soladi (antidiabetik ta’sir):

zafaronning tarkibidagi krosin

insulinga sezgirligini oshiradi, bu esa hujayralarning glyukozani qabul qilishni yaxshilaydi va qon
shakar darajasini barqaror ushlab turadi.

10. Mushak og‘rig‘ini kamaytiradi ( yallig‘lanishga qarshi):

Tadqiqotlar mushaklardagi

og‘riq va qattiqlikni kamaytirishda foydali bo‘lishni ko

rsatgan, shu bilan birda sportchilar va

jismoniy faolik bilan shug‘unlanuvchilar uchun tiklanishni tezlashtirishga yordam beradi.

11. Jigarni himoya qiladi (hepatoprotektiv):

Zafaron antioksidant moddalar orqali jigardagi

hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi va jigar faoliyatini yaxshilaydi.

12. Ko‘z salomatligini qo‘llab quvatlaydi:

Krosin va krositinmoddalari retina (ko‘z to‘r

pardasi)ni himoya qiladi, nur sezuvchi hujayralarni oksidlovchi zararlardan saqlaydi va qarishini
sekinlashtiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

-

Hosseini, A., & Mollazadeh, H. (2018). Saffron (Crocus sativus) Science, Technology

and Health. Elsevier Publishing

-

Nehvi, F. A., & Wani, S. A. (2011). Saffron: Production and Processing Technology.

Directorate of Extension, SKUAST-Kashmir.

-

Sharma, K. D., et al. (2013). “Chemical composition, functional properties and

processing of saffron (Crocus sativus L.): A review.” Journal of Food Science and Technology, 50(2),
268–281.

-

Bobokhonov, A., & Juraev, T. (2022). O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar yetishtirish

va foydali xossalari. Toshkent: Fan nashriyoti.

-

Internet manbalari

:

https://www.sciencedirect.com

https://www.ncbi.nlm.nih.gov

https://www.saffronuses.com

-

Milajerdian, S., et al. (2019). Therapeutic effects of saffron (Crocus sativus) in

traditional and modern medicine: A review. Journal of Herbal Medicine.

-

Anvarian, M. (2020). Zaʻfaron ekish asoslari bilan tanishuv [

ییانشآ

اب

لوصا

تشاک

نارفعز

].

Tehron: Nashr-e Keshavarzi.

-

Internet maqolalari: Zaʻfaronning foydalari va tibbiy xususiyatlari haqida umumiy

maʼlumotlar

www.salamatnews.com

www.healthline.com/nutrition/saffron

References

Hosseini, A., & Mollazadeh, H. (2018). Saffron (Crocus sativus) Science, Technology and Health. Elsevier Publishing -

Nehvi, F. A., & Wani, S. A. (2011). Saffron: Production and Processing Technology. Directorate of Extension, SKUAST-Kashmir.

Sharma, K. D., et al. (2013). “Chemical composition, functional properties and processing of saffron (Crocus sativus L.): A review.” Journal of Food Science and Technology, 50(2), 268–281. -

Bobokhonov, A., & Juraev, T. (2022). O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar yetishtirish va foydali xossalari. Toshkent: Fan nashriyoti. -