Authors

  • M.B Unboyev.
  • G.T Ro‘ziyeva.
    Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.115275

Keywords:

Umumiy qon tahlili umumiy siydik tahlili siydik pufagining UTTsi sistoskopiya qirqbo‘g‘im namatak pamashka pol-pola

Abstract

Ushbu maqolada sistitning etialogiasi,kasallik tarixi,kelib chiqishi,tashhis qo‘yish, yu sharoitida davolash usullari, kasalikdagi belgilar,gigienik qoydalari,asoratlari,sistitning oldini olish haqida ma’lumotlar berilgan.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

573

SISTIT KASALLIGI VA UNI TABIIY DORIVOR O‘SIMLIKLAR BILAN UY

SHAROITIDA DAVOLASH USULLARI.

Unboyev.M.B Ro‘ziyeva.G.T

Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti eTrmiz shahar***e-mail_74rambler.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada sistitning etialogiasi,kasallik tarixi,kelib chiqishi,tashhis

qo‘yish, yu sharoitida davolash usullari, kasalikdagi belgilar,gigienik qoydalari,asoratlari,sistitning
oldini olish haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘z:

Umumiy qon tahlili,umumiy siydik tahlili,siydik pufagining UTTsi,sistoskopiya

qirqbo‘g‘im,namatak,pamashka,pol-pola,

CYSTITIS AND HOME REMEDIES WITH NATURAL HERBS.

Unboyev.M.B Ru’ziyeva.G.T

Termez University of Economics and Service Termez city, Faravon

array 43B, e-mail_74rambler.ru

Annotation.

This article provides information on the etiology of cystitis, history of the

disease, origin, diagnosis, treatment methods, symptoms of the disease, hygiene rules, complications,
prevention of cystitis.

Keywords:

General blood test, general urine test, UTI of the urinary bladder, cystoscopy.

ЦИСТИТ И ДОМАШНИЕ СРЕДСТВА С НАТУРАЛЬНЫМИ ТРАВАМИ.

Унбоев М.Б. Розиева Г.Т.

Термезский университет экономики и сервиса г. Термез, Фаравон

массив 43Б, e-mail_74rambler.ru

Абстрактный.

В статье представлена информация об этиологии цистита, истории

заболевания, происхождении, диагностике, методах лечения, симптомах заболевания,
правилах гигиены, осложнениях и профилактике цистита.

Ключевые слова

: Общий анализ крови, общий анализ мочи, инфекции мочевого

пузыря, цистоскопия.

Sistit − bu qovuq shilliq pardasining yallig‘lanishi bo‘lib, odatda ayollar sistitga ko‘proq

chalinadi. Yer yuzidagi ayollarning, deyarli, yarmi hayotida bir marta sistit bo‘lib o‘tgan. Ko‘pincha
bu kasallik 25 dan 30 yoshgacha yoki 55 yoshdan oshgan ayollarda kuzatiladi.

S

istitning ikki: o‘tkir va surunkali turi mavjud.

Kasallikning kelib chiqish sabablari:

Infeksiya yuqishidan − patogen bakteriyalar chov terisi yuzasidan, qin shilliq qavatidan,

to‘qimalardan va ichakdan peshob yo‘liga kirib, yuqoriga ko‘tariladi va qovuqqa tushib yallig‘lanadi.

Dorilar, radiatsiya, zaharli, kimyoviy moddalar, parazitlar, allergiya ta’sirida bo‘lishi

mumkin.

Limfa tomirlari orqali tanadagi surunkali infeksiya o‘choqlaridan o‘tishi mumkin.

Sistitning belgilari

qorinning pastki qismida og‘irlik;

og‘riq;
peshob vaqtida og‘riq;
achishish va yonish hissi;
loyqalangan va kam miqdorda tez- tez peshob;
siydikda shilliq va qon paydo bo‘lishi;
peshob chiqarishga yolg‘on va og‘riqli istak;
peshob tutolmaslik;
tana haroratining ko‘tarilishi.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

574

Surunkali sistit belgilari o‘tkir sistitga nisbatan kam. Kasallik vaqtincha susayishi mumkin,

remissiya davri yil davomida qo‘zg‘alish davri bilan almashib turadi va yildan yilga davomliroq
bo‘ladi.

Sistitning o’rganilish tarixi

: Sistitning o’rganilishi qadimgi Yunoniston va Rim tibbiyotida

uchraydi.Antik tibbiyotda bu kasallik to’g’risida aniq tushunchalar bo’lmasa-da,siydik pufagining
yallig’lanishi va unga tegishli belgilar haqida bazi tvsiyalar mavjut edi. Gipokrat ( Miloddan avvalgi
2-asr) kabi qadimgi shifokorlar,yallig’lanishlar va infeksiyalarni kuzatgan,lekin aniq sabablari malum
bo’lmagan.O’rta asrlar davomida tibbiyotda sistit haqida ilmiy ishlanmalar sust bo’lgan, chunki
tibbiyot bilimlari ko’proq diniy va an’anaviy qarashlarga asoslangan edi. Renessans davrida (15-16-
asrlar) siydik tizimi va uning kasalliklariga bo’lgan qiziqish orti,lekin sistitning sabablari haqida aniq
ma’lumotlar hali yo’q edi.17-asrlarda,tibbiyotda mikroskoplar va boshqa yangi texnalogialarning
paydo bo’lishi bilan siydik tizimi va uning kasaliklari haqida bir qator ilmiy izlznishlar
boshlangan.Shudavirda sistit va unga o’xshash kasaliklarning sabablarini aniqlashda tibbiyotning
ilmiy poydevori shakillana boshladi.19-asrda tibbiyotda an’anaviy ilmiy yondashuvlar rivojlandi va
sistitning mikrobial sabablari haqida bazi ilmiy tushunchalar shakillandi.

20-asning boshlarida antibiotiklar kashf etilishi sistitni davolashda inqilob yasaldi.
1930-yillarda sulfonamidlar va1940-yillarda penitsilin antibiyotiklarning joriy etilishi sistitni

davolashda samarali vositalarga aylanib,kasalikni davolashda sezilarli yutiqlarga erishildi.

Sistit diagnostikasi

umumiy qon tahlili;
umumiy siydik tahlili;
siydikni bakteriologik tekshirish;
siydik pufagining UTTsi;
sistoskopiya.

Sistitning asoratlari

surunkali piolonefrit rivojlanishi;

buyrakning atrofiyasi va buyrak yetishmaslik kasalligi;
agar davolanmasa, siydik pufagi kichrayadi va peshob saqlash funksiyasini to‘liq yo‘qotishi

mumkin.

Sistitning oldini olish


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

575

Kuniga kamida 1,5-2 litr suyuqlik iste’mol qilish, surunkali infeksiya o‘choqlarini davolash,

ginekologik va andrologik kasalliklarni davolash, gigiyenaga rioya qilish, siydik pufagini vaqtida
bo‘shatish, zirovor, achchiq, sho‘r taomlardan foydalanishni cheklash, tanani sovuq va zahga nisbatan
chiniqtirish zarur.

Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik

. Sistitning kelib chiqishi ko‘p hollarda ichak

bakteriyalarining nojo‘ya ta’siriga bog‘liq. Doimiy va tegishli ravishda o‘tkaziladigan shaxsiy
gigiyena ushbu mikroorganizmlarning nojo‘ya ta’sirini yetarlicha kamaytiradi.

Shaxsiy tozalik

-

tozalikning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik
rejim yoʻli bilan odam sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy
gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib aqliy va jismoniy mehnatni yoʻlga qoʻyish,
jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni
toʻgʻri uyushtirishdan iborat.

Sistitni davolash

Kasallikni davolash paytida bemor zirovorlarga boy, achchiq, sho‘r,

tuzlangan ovqatlardan, spirtli ichimliklardan cheklanishi hamda kuniga 1,5-2 litr suv ichishi kerak.

Infeksion sistitda antibiotiklar, fitopreparatlar, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi

dorilar qo‘llaniladi (dorilar turini va dozasini shifokor belgilab beradi)

Tos a’zolari infeksiyasini davolash.

Davolashda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar

O‘tkir sistit davri 7-14 kun. Davolanishning birinchi yoki ikkinchi kunida yengillik paydo

bo‘lishi mumkin. Аmmo siydik tahlillari to‘liq me’yorlashgunga qadar dorilarning dozasini va
qo‘llash chastotasini to‘xtatmaslik yoki kamaytirmaslik kerak. Аgar davolanish muddatdan oldin
to‘xtatilsa, sistit belgilari yana paydo bo‘ladi. Faqat keyingi safar uni davolash qiyinroq bo‘ladi,
surunkali sistit holatiga o‘tadi.

Surunkali sistitni davolash murakkab va uzoq vaqt talab qiladi. Shuning uchun shifokor

nazoratida va qunt bilan davolanish kerak. Faqat antibiotiklar, fitopreparatlarni o‘zi kamlik qiladi,
qo‘shimcha immunomodulyatorlar, bakteriofaglar, qon aylanishini yaxshilaydigan dorilar, vitamin
va antioksidantlar buyuriladi. Sistitning kompleks davosi yallig‘lanishga qarshi va siydik chiqarish
a’zolari funksiyasini yaxshilashga qaratilgan. Asosan, shifokorlar antibakterial davolash kursi va
qo‘shimcha ravishda xalq tabobati moddalarini tavsiya etadilar (siydik haydovchi damlamalar).

Siydik haydovchi (diuretik) xususiyatga ega bo‘lgan tabiiy o‘simliklar ko‘plab xalq tabobatida

keng qo‘llaniladi. Quyida siydik haydovchi ta’sirga ega bo‘lgan mashhur o‘simliklar ro‘yxatini
keltiraman:

1. Qichitqi o‘t (крапива) – yengil diuretik, tanani toksinlardan tozalaydi.
2. Maymunjon (толокнянка) – siydik yo‘llarini dezinfeksiya qiladi va yengil diuretik sifatida

ishlatiladi.

3. Shuvoq (полынь) – siydik haydovchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
4. Qizilmiya (солодка) – buyrak faoliyatini rag‘batlantiradi.
5. Zubturum (подорожник) – yengil siydik haydovchi va antiseptik.
6. Yalpiz (мята) – asosan yengil diuretik va tinchlantiruvchi ta’sirga ega.
7. Karafsi (сельдерей) – siydik chiqarishni kuchaytiradi.
8. Qoraqarag‘ay barglari (можжевельник) – kuchli diuretik, ammo ehtiyotkorlik bilan

qo‘llaniladi.

9. Arpa o‘ti (хвощ полевой) – yallig‘lanishga qarshi va siydik haydovchi ta’sirga ega.
10. Itburun (шиповник) – organizmni mustahkamlash bilan birga yengil diuretik xususiyatga

ega.

UY SHAROITIDA DAVOLASH:
Qirqboʻgʻim

(Equisetum arvense) oʻsimligi siydik haydovchi (diuretik) xususiyatlari bilan

mashhur. Quyida qirqboʻgʻimdan siydik haydovchi damlama tayyorlash tartibi keltirilgan:

Kerakli mahsulotlar:
Quritilgan qirqboʻgʻim o‘simligi: 1 osh qoshiq


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

576

Qaynagan suv: 1 stakan (200–250 ml)
Termos yoki yopiladigan idish

Tayyorlash tartibi

:O‘lchash – 1 osh qoshiq quritilgan qirqboʻgʻimni oling.

Suv qo‘shish – Ustidan 1 stakan qaynoq suv quying.
Damlatish – Idishni yopib, 20–30 daqiqa damlab qo‘ying (agar termosda bo‘lsa, 1 soatgacha

yaxshi natija beradi).

Suyuq holga keltirish – Damlamani suzib oling.
Qabul qilish:
Kuniga 2–3 mahal, har safar yarim stakandan iliq holda ichiladi.
Odatda ovqatdan oldin ichish tavsiya etiladi.
Qirqboʻgʻim uzoq muddatli iste'mol qilinmasligi kerak (odatda 2 haftagacha), chunki u

organizmdan ko‘p miqdorda kaliy chiqarib yuborishi mumkin.

Yurak, buyrak yoki boshqa surunkali kasalliklarda oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Yana bundan tashqari damlamalar

Ramashka, Namatak, Pol-pala

damlamalaridan

foydalansa bo’ladi.

Xulosa:

Sistit — bu siydik pufagining yallig‘lanishi bo‘lib, asosan ayollarda ko‘proq uchraydi.

Kasallikning asosiy sabablari orasida bakterial infeksiya, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik,
sovqotish va immunitetning pasayishi mavjud. Sistit klinik jihatdan tez-tez siyish, siyishda og‘riq va
pastki qorin sohasida noqulayliklar bilan namoyon bo‘ladi. Vaqtida tashxis qo‘yilib, to‘g‘ri davolash
choralarini ko‘rish orqali kasallikning surunkali shaklga o‘tishining oldi olinadi. Profilaktika
choralari sifatida shaxsiy gigiyenaga amal qilish, sovqotmaslik, suyuqlikni yetarlicha iste’mol qilish
va immunitetni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.“O‘zbek xalq tabobati” — T. T. To‘laganov
O‘zbek tabobatidagi an’anaviy o‘simliklar va ularning davolashdagi roli haqida keng

ma’lumot beradi.

2.“Dorivor o‘simliklar ensiklopediyasi” — R. Abdullayev
Har bir o‘simlikning dorivor xususiyatlari, tarkibi, ishlatilishi va ehtiyot choralari bilan

batafsil tavsiflangan.

3.“Fitoterapiya asoslari” — A. A. Karpeyev
Rus tilida yozilgan, ilmiy asoslangan kitob. Fitoterapiya (o‘simliklar bilan davolash) bo‘yicha

fundamental bilim beradi.

4.“Dorivor o‘simliklar” — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi nashri
Mahalliy flora asosida tayyorlangan. Dorivor o‘simliklarning morfologiyasi, farmakologiyasi

va xalq tabobatidagi qo‘llanilishi haqida.

5.“Medicinal Plants” — James A. Duke
Ingliz tilidagi mashhur manba. Butun dunyo bo‘yicha dorivor o‘simliklar haqida ilmiy va

xalqona ma’lumotlar mavjud.

6.“Фармакогнозия” — Корсуков V. M.
O‘simliklar asosidagi dorilar, ularning tarkibi, tayyorlanishi va tibbiyotda qo‘llanilishi haqida

ilmiy darslik.

References

“O‘zbek xalq tabobati” — T. T. To‘laganov O‘zbek tabobatidagi an’anaviy o‘simliklar va ularning davolashdagi roli haqida keng

ma’lumot beradi.

“Dorivor o‘simliklar ensiklopediyasi” — R. Abdullayev Har bir o‘simlikning dorivor xususiyatlari, tarkibi, ishlatilishi va ehtiyot choralari bilan

batafsil tavsiflangan.

“Fitoterapiya asoslari” — A. A. Karpeyev Rus tilida yozilgan, ilmiy asoslangan kitob. Fitoterapiya (o‘simliklar bilan davolash) bo‘yicha

fundamental bilim beradi.

“Dorivor o‘simliklar” — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi nashri Mahalliy flora asosida tayyorlangan. Dorivor o‘simliklarning morfologiyasi, farmakologiyasi va xalq tabobatidagi qo‘llanilishi haqida.

“Medicinal Plants” — James A. Duke Ingliz tilidagi mashhur manba. Butun dunyo bo‘yicha dorivor o‘simliklar haqida ilmiy va xalqona ma’lumotlar mavjud.