01-07-2025
597-599
37
11
KREDIT-MODUL TIZIMIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MOLEKULYAR FIZIKA KURSINI O‘QITISHNING BUGUNGI HOLATI
Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimi asosida molekulyar fizika kursini o‘qitishning hozirgi holati yoritilgan. Fan mazmuni, o‘quv jarayonining kredit-modul asosida tashkil etilishi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari tahlil qilingan. Shuningdek, ta’limda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqolada molekulyar fizika fanini samarali o‘qitish uchun zamonaviy metodik yondashuvlar, virtual laboratoriyalar va mustaqil ta’limga alohida e’tibor qaratish zarurligi asoslab berilgan.