Authors

  • Azizbek Tog‘ayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.115342

Abstract

So‘nggi yillarda oziq-ovqat fani va texnologiyasidagi o‘zgarishlar funksional xususiyatlarga ega bo‘lgan tabiiy birikmalarning aholi salomatligiga ijobiy ta'sirini ko‘rsatdi. So‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish ba'zi populyatsiyalarda yurak xastaligi tufayli o‘limning ortishi bilan qanday bog'liq bo‘lishi mumkinligi haqida ko‘plab tadqiqotlar nashr etildi. Ba'zi tadqiqotchilar spirtli ichimliklar foydali ekanligini, ayniqsa qizil sharobni ta'kidladilar.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

665

RHODIOLA HETERODONTA EKSTRAKTINING ANTIOKSIDANTLIK TA’SIRINI

O‘RGANISH

Tog‘ayev Azizbek Aliyor o‘g‘li

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

E-mail:azizbek200794@gmail.com

So‘nggi yillarda oziq-ovqat fani va texnologiyasidagi o‘zgarishlar funksional xususiyatlarga

ega bo‘lgan tabiiy birikmalarning aholi salomatligiga ijobiy ta'sirini ko‘rsatdi. So‘nggi bir necha o‘n
yilliklar davomida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish ba'zi populyatsiyalarda yurak xastaligi tufayli
o‘limning ortishi bilan qanday bog'liq bo‘lishi mumkinligi haqida ko‘plab tadqiqotlar nashr etildi.
Ba'zi tadqiqotchilar spirtli ichimliklar foydali ekanligini, ayniqsa qizil sharobni ta'kidladilar.
Boshqalar esa qizil sharob tarkibidagi flavonoidlar va fenolik kislotalar kabi komponentlarning yurak
xastaliklari va saraton xavfini kamaytirishda potentsial foydalarini o‘rganishmoqda. Ushbu
tadqiqotda polifenollarning inson salomatligining funktsional xususiyatlariga ta'siri muhokama
qilinadi.

Rhodiola heterodonta o‘simligining farmakologik hususiyatlari.
Rhodiola heterodonta barglari va poyalari xalq tabobatida diareya, yallig‘lanish va shishni

davolashda keng qo‘llaniladi va sogalni yo‘q qiluvchi vosita sifatida tanilgan

Ba’zi turlari dermatozni, falajni davolashda va anestetik sifatida, shuningdek shish va

gemorroyni davolashda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, ular sitotoksik , gepatoprotektiv, spazmolitik,
pestisid, mollyussid, yallig‘lanishga qarshi, antibakterial kabi qiziqarli biologik faolliklarga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutida olib borilgan tadqiqotlar
tabiiy fenolik birikmalardan virusga qarshi, antioksidant va o‘smalarga qarshi vositalar sifatida
foydalanish imkoniyatini ko‘rsatdi. Ma’lumki, bu birikmalar yuqori biologik faollikka ega bo‘lib, u
turli virusli infeksiyalarni bostirishda, oksidlanish-qaytarilish fermentlarining faolligida, mitotoksik
faollikda va boshqalarda namoyon bo‘ladi.Tabiiy polifenollarning OITSga qarshi faolligi ham
isbotlangan. Antioksidant - bu erkin radikallar tomonidan qo‘zg‘atiladigan tana uchun xavfli bo‘lgan
zanjirli reaksiyalarning oldini oladigan molekula. Antioksidant moddalar elektron berish orqali erkin
radikallar tarkibida yetishmagan elektron o’rnini to’ldiradi. Tirik organizimlardagi antioksidant
tizimni 2 ga bo’linadi: fermentativ va nofermentativ.

O‘simlik BFM asosida antioksidant, antigipoksant va antiradikallik xossalarini namoyon

qiluvchi, samarali farmakologik faollikga ega bo‘lgan moddlarni izlab topish hozirgi kunning dolzarb
muammolaridan hisoblanadi [Дзерве В.Я., 2011; Евсеев А.В., 2011]. BFM larning dorivorlik
xossalarini aniqlash, ularni klinik tekshiruvlarga tadbiq etish maqsadida olib borilayotgan ilmiy
izlanishlar bevosita tadqiqotlarning to‘qima va hujayra fiziologiyasi doirasida molekulyar darajada
tadqiq qilishni talab qiladi [Дзерве В.Я., 2011; Зозуля Ю.А., 2002]. Tadqiqotlar polifenollar keng
ko‘lamdagi membranafaol, antioksidant, antigipoksant, gepatoprotektor, kardioprotektor,
immunomodulyator ta’sirlarga ega bo‘lgan tabiiy moddalar ekanligini isbotladi [Оковитый С.В.,
2005; Колесник И.М., 2011]. Polifenollarning organizmdagi metabolik jarayonlarda ishtirok etishi,
tarkibidagi OH-

guruhlari hisobiga antiradikallik va antioksidantlik xossalarini namoyon qilishi,

toksiklik darajasining past darajada bo‘lishi, tibbiyot, oziq-ovqat, kosmetika, farmasevtika va ishlab
chiqarish sanoatlarida bir qancha muammolar yechimini topishga olib keladi [Дикманов В.В., 2011;
Оковитый С.В., 2005].

Bizning tajribalarda rhodiola ekstraktining antioksidantlik xossasi kalamush jigari

mitoxondriyalarini Fe

2+

/askorbati ta’sirida indusirlash natijasida sodir bo‘lgan LPO jarayoniga tadqiq

qilish orqali baholandi.

In vitro

tajribalarda inkubasiya muhitiga 10 mkM Fe

2

SO

4

va 600 mkM

askorbat qo‘shish mitoxondriyalar membranasi LPO jarayoniga indusirlovchi ta’sir qilib,
membranani permeablizasiya holatiga olib keldi. Bu sharoitda mitoxondriyalar membranasining
strukturaviy o‘zgarishi natijasida membrana o‘tkazuvchanligi, nazoratga nisbatan, 45,3±1,76% ga
oshib (nazorat) deb belgilandi.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

666

Shuningdek, tajribalardan rhodiola ekstrakti ham o‘zining antioksidantlik xossasiga ega

bo‘lgan BFM ekanligini ko‘rsatdi.

Inkubatsiya muhitiga Fe

2+

/askorbat bilan birgalikda, ekstraktning 2 mkM miqdorini qo‘shish,

mitoxondriya membranalaridagi LPO jarayoniga sezilarli ta’sir qilmadi va mitoxondriya bo‘kishini,
nazoratga nisbatan, 2,0±1,2% ga ingibirladi. Muhitga qo‘shilgan rhodiolaning 3 mkM miqdori,
mitoxondriya membranalaridagi LPO jarayonini, nazoratga nisbatan, 20,6±1,2% ga, 5 mkM
konsentrasiyasi 63,6±1,5% ga, 6 mkM konsentrasiyasi 87,9±0,5% ga, 8 mkM konsentrasiyasi esa
92,3±0,5% ingibirladi.

Rhodiola 10 mkM konsentrsiyada mitoxondriya membranalaridagi LPO jarayonini to‘liq

ingibirlab, yuqori antioksidantlik xossasini namoyon qildi. Tajribalarda rhodiolaning yarimmaksimal
ingibitorlik konsentrasiyasi IС

50

=

3,7 mkMni tashkil qildi (1-rasm). Shunday qilib, rhodiola polifenoli

faol antioksidantlik xossasini namoyon qildi.

Antioksidantlik ta’sirini aniqlash maqsadida tadqiq qilinayotgan moddaning faolligini

o‘rganish, LPO jarayonida hosil bo‘lgan MDA miqdorinini o‘rganish bilan to‘la qonli yoritiladi.
Chunki, patofiziologik holatlarda to‘qima va hujayralardagi antioksidant tizimidagi asosiy
buzilishlar, lipidlarning sifat va miqdoriy o‘zgarishlar darajasi LPO jarayoni mahsuloti (MDA) hosil
bo‘lish jarayoni bilan baholanadi. Antioksidant ta’sirga ega bo‘lgan farmokologik agent
mitoxondriyalar membranasi stabilligini oshirish bilan bir qatorda, LPO jarayoni mahsuloti MDA
ajralib chiqish jarayoni oldini olish ham zaruriy hisoblanadi. Shundagina tadqiq qilinayotgan
moddaning antioksidantlik faolligi to‘laqonli yoritilgan bo‘ladi [Дамулин И.В., 2005; Леонова
М.В., 2009]. Tadqiqotlarimizning keyingi bosqichida euforbin polifenolining LPO ta’sirida hosil
bo‘lgan MDA miqdoriga ta’sirini o‘rgandik (1-jadval.).

Tajribalarda mitoxondriya membranalarida, LPO induktorlari ishtirokisiz muhitda, MDA

miqdori 0,08±0,004 nmol mg/oqsilni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Fe

2+

/askorbat ta’sirida

3,52±0,18 nmol mg/oqsil tashkil qildi. (1-jadval.).

Inkubasiya muhitiga rhodiolaning 1 mkM va 5 mkM konsentrasiyasini qo‘shish, membranada

MDA to‘planishiga sezilarli ta’sir qilmadi. Rhodiolaning 5 mkM miqdori ta’sirida membranada
MDA miqdori 2,98 nmol/mg oqsilni, 15 mkM ta’sirida 2,1 nmol/mg oqsilni, 15 va 20 mkM ta’sirida
esa 1,8 va 0,7 nmol/mg oqsilni tashkil qildi. Ushbu tajribada rhodiolaning yuqori ingibitorlik
konsentrasiyasi 25 mkM bo‘lib, MDA miqdori 0,46 nmol/mg oqsilni tashkil qildi. MDA hosil
bo‘lishini miqdoriy jihatdan asosiy o‘zgarishi (ingibirlanishi) rhodiolaning 20 mkM
konsentrasiyasiga to‘g‘ri keldi (1-jadval.)

1-jadval.

Hayvon jigari mitoxondriyalari Fe

2+

/askorbat ta’sirida indusirlangan LPO jarayoni

MDA to‘planishiga rhodiola ekstraktining ta’siri


Tajriba guruhlari


MDA
nmol/mg oqsil


IC

50

,

mkM

Nazorat

0,15±0,02

-

Fe

2+

/ask

3,42±0,18

-

Rhodiola 1 mkM

3,28±0,03

**

14,2 mkM

Rhodiola 5 mkM

2,78±0,03

**

Rhodiola 10 mkM

2,15±0,05

***

Rhodiola 15 mkM

1,70±0,02

***

Rhodiola 20 mkM

0,65±0,03

***

Rhodiola 25 mkM

0,55±0,03

***


Izoh: Tadqiqot sharoiti material va metodlar qismida keltirilgan. Mitoxondriyalardagi MDA

miqdori nmol mg/oksilga nisbatan ifodalangan.

**

P<0.01;

***

P<0.001; n=6.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

667

Demak, xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, olib borilgan tadqiqotlar rhodiola polifenoli

Fe

2+

/askorbat induksiyasi mitoxondriyalar bo‘kishini ingibirlab, LPO jarayonini ingibirladi. Rhodiola

ekstrakti Fe

2+

/askorbatning mitoxondriya membranalariga zararli ta’sirini susaytirdi hamda

membranalardagi MDA to‘planishini normaga yaqinlashtirdi. Ushbu polifenollarining
antioksidantlik xossalari ularning tajribalarda qo‘llanilgan to‘liq va yarim ingibirlovchi
konsentrasiyalari hamda natijalarning statistik tahlillari asos qilib olindi.

Olib borilgan tadqiqotlar rhodiola ekstrakti Fe

2+

/askorbat ta’siri yuzaga kelgan mitoxondriya

membranalari permeabilizasiyasiga ingibirlovchi ta’sir qilib, LPO jarayonini susaytirdi va
antioksidantlik faollikni to‘liq namoyon qila oldi. Bu seriyadagi tadqiqotlarimizda Rhodiola
ekstraktining antioksidantlik ta’siri samarali ekanligi aniqlandi (2-jadval.).

Rhodiola ekstraktlarining antioksidantlik xossalarini yuqori qayd qilinishi, ularning

antigipoksik faolliklarini o‘rganishga ham qiziqish uyg‘otadi.

2-jadval.
Tadqiqot Rhodiola ekstraktining antioksidant faolligi tahlili

Tajriba guruhlari

IC

50

, mkM

IC

100

, mkM

Fe

2+

/askorbat induksiyasi ta’siridagi mitoxondriya bo‘kishining

Ingibirlanishi

Rhodiola

3,5

10,0

Fe

2+

/askorbat induksiyasi ta’siridagi LPO jarayonidagi MDA to‘planishining

ingibirlanishi

Rhodiola

14,2

20


Izoh: Fe

2+

/askorbat indusirlangan mitoxondriya bo‘kishini ekstrakt ta’sirida ingibirlash

faolligi ularning IC

50

(mkM) hamda IC

100

(mkM) ko‘rsatkichlariga nisbatan taqqoslangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Дзерве В.Я., Поздняков Ю.М. Динамика толерантности к физической нагрузке

у пациентов с ишемической болезнью сердца и периферической болезнью артерий на фоне
длительной терапии милдронатом //– Российский кардиологический журнал. – 2011. – №1
(87). – С. 49-55.

2.

Евсеев А.В., Евсеева М.А., Парфенов Э.А. с соавт. Антигипоксическая

эффективность бис(N-ацетил-L-цистеинато) цинк(II) сульфат октагидрата в динамике острой
нормобарической гипоксии //– Эксперим. и клинич. фармакология. – 2007. – Т.70. – №5. – С.
47-52.

3.

Зозуля Ю.А., Черченко А.П. Митохондриальные заболевания центральной

нервной системы // – Український медичний часопис. — 2002. –№ 5. – С. 17-22.

4.

Оковитый С.В., С.Н. Шуленин А.В. Смирнов Клиническая фармакология

антигипоксантов и антиоксидантов //– СПб. ФАРМиндекс, – 2005. – C. 72 -78.

5.

Колесник И.М., Покровский М.В., Гудырев О.С. и др. Дистантное и

фармакологическое

прекондиционирование

новые

возможности

стимуляции

неоваскулогенеза// –Кубанский научный медицинский вестник. –2011. –№ 6.–С. 56–58.

6.

Дикманов В.В., Новиков В.Е.,

Марышева В.В., Шабанов П.Д.

Антигипоксические свойства производных тиазолоиндола//– Обз. по клин. фармакол. и лек.
терапии. – 2011. – Т. 9. – № 3. – С. 60–64.

7.

Дамулин И.В. Использование Мексикора для коррекции двигательных и

когнитивных нарушений при дисциркуляторной энцефалопатии // –Неврологический журнал.
– 2009. – №1. – С.38.

8.

Леонова М.В., Белоусов Ю.Б. Современные лекарственные формы и системы

доставки лекарственных средств (часть 2) // – Клиническая фармакология и терапия. – 2009. –
С. 62–69.

References

Дзерве В.Я., Поздняков Ю.М. Динамика толерантности к физической нагрузке у пациентов с ишемической болезнью сердца и периферической болезнью артерий на фоне длительной терапии милдронатом //– Российский кардиологический журнал. – 2011. – №1 (87). – С. 49-55.

Евсеев А.В., Евсеева М.А., Парфенов Э.А. с соавт. Антигипоксическая эффективность бис(N-ацетил-L-цистеинато) цинк(II) сульфат октагидрата в динамике острой

нормобарической гипоксии //– Эксперим. и клинич. фармакология. – 2007. – Т.70. – №5. – С. 47-52.

Зозуля Ю.А., Черченко А.П. Митохондриальные заболевания центральной нервной системы // – Український медичний часопис. — 2002. –№ 5. – С. 17-22.

Оковитый С.В., С.Н. Шуленин А.В. Смирнов Клиническая фармакология антигипоксантов и антиоксидантов //– СПб. ФАРМиндекс, – 2005. – C. 72 -78.

Колесник И.М., Покровский М.В., Гудырев О.С. и др. Дистантное и фармакологическое прекондиционирование — новые возможности стимуляции

неоваскулогенеза// –Кубанский научный медицинский вестник. –2011. –№ 6.–С. 56–58.

Дикманов В.В., Новиков В.Е., Марышева В.В., Шабанов П.Д. Антигипоксические свойства производных тиазолоиндола//– Обз. по клин. фармакол. и лек. терапии. – 2011. – Т. 9. – № 3. – С. 60–64.

Most read articles by the same author(s)