ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
92
OILAVIY ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISH VA INSON
HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA PROFILAKTIKA
INSPEKTORLARINING HUQUQIY YONDASHUVI
SUBANOV Olimjon Suyarkul o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi
katta o‘qituvchisi, dotsent (+99893) 551-71-30
Annotasiya.
Mazkur maqolada oilalarda inson huquqlari ta’minlanishi va
zo‘ravonlikning oldini olishda profilaktika inspektorlarining o‘rni yoritilgan. Unda
zo‘ravonlikning turlari, uning ijtimoiy oqibatlari, “himoya orderi” tizimi, shuningdek,
huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla va davlat organlari o‘rtasidagi
hamkorlikning ahamiyati tahlil etiladi. Ayollar va bolalarni himoya qilishda
inspektorlarning profilaktik choralari va yondashuvlari asosiy e’tiborga olingan.
Kalit so‘zlar:
inson huquqlari, oilaviy zo‘ravonlik, profilaktika inspektori, himoya
orderi, ayollar huquqi, mahalla, tazyiq, jinoyatchilik, huquqiy madaniyat, jamiyat
xavfsizligi
ПРАВОВОЙ ПОДХОД ИНСПЕКТОРОВ-ПРЕВЕНТИВИСТОВ К
ПРЕДУПРЕЖДЕНИЮ ДОМАШНЕГО НАСИЛИЯ И ЗАЩИТЕ ПРАВ
ЧЕЛОВЕКА
Аннотация.
В статье рассматривается роль инспекторов-превентивных
инспекторов в обеспечении прав человека в семье и профилактике насилия.
Анализируются виды насилия, его социальные последствия, система «охранных
ордеров», а также важность взаимодействия органов местного самоуправления и
государственных органов в профилактике правонарушений. Основное внимание
уделяется профилактическим мерам и подходам инспекторов к защите женщин и
детей.
Ключевые слова:
права человека, домашнее насилие, инспектор-
превентивный
инспектор,
охранный
ордер,
права
женщин,
местное
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
93
самоуправление, угнетение, преступность, правовая культура, общественная
безопасность
LEGAL APPROACH OF PREVENTIVE INSPECTORS TO PREVENTING
DOMESTIC VIOLENCE AND PROTECTING HUMAN RIGHTS
Annotation.
The article examines the role of preventive inspectors in ensuring
human rights in the family and preventing violence. The types of violence, its social
consequences, the system of "protective orders", as well as the importance of interaction
between local governments and state bodies in preventing offenses are analyzed. The main
attention is paid to preventive measures and approaches of inspectors to protecting women
and children.
Key words:
human rights, domestic violence, preventive inspector, protective order,
women's rights, local government, oppression, crime, legal culture, public safety
Insonning asosiy huquq va erkinliklarining ro‘yxati va mazmuni Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, mazkur hujjat odatda
dunyoning vijdoni, insoniyat ma’naviyatining etaloni deb nomlanadi. Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasida irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa
e’tiqodlaridan, mol-mulki, tabaqasi yokiboshqa holatidan qat’iy nazar har bir insonning
ehtiyojlarsiz va o‘z shaxsiy dahlsizligi uchun hadiksiramay yashash huquqi, so‘z va
e’tiqod erkinligi, adolatli va butun dunyoda tinchlikka bo‘lgan huquqi mustahkamlab
qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qo‘shilgan birinchi xalqaro
huquqiy hujjat bu — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi edi. Bu esa o‘z navbatida,
O‘zbekistonning inson huquqlarini rivojlantirish, himoya etish va kafolatlash bo‘yicha
xaqiqiy maqsadlarini bildiradi.
Inson hayotga bir marotaba keladi, baxtli yashashni istaydi va uning bunga to‘la
haqqi bor. Xalqimizning huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish
yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaridan ko‘zlangan maqsad ham aslida shu.
Oila - mo‘jaz Vatan, demak, farzandlarimiz bu muqaddas makonda o‘sib-ulg‘ayishi,
ilm cho‘qqilarini egallashi, har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib tarbiyalanishi lozim.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
94
Bunday farzandlar har qanday vaziyatda ham ahdpaymonida qat’iy turadi, el-yurt
farovonligi yo‘lida sadoqat bilan mehnat qiladi. Modomiki, farzandlarimiz yetuk insonlar
bo‘lishini istar ekanmiz, ular namunali oilada kamol topishi haqida qayg‘urishimiz ayni
zaruratdir.
Oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo ko‘z o‘ngimizda ona siymosi shakllanadi.
Oila muqaddasligini ta’minlovchi birinchi omil - ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi,
mehru-muruvvati, sadoqati va vafodorligidir. Ota-onalar munosabatlarda namoyon
bo‘luvchi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik
kabi oliy toifadagi qadriyatlar ularning o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlasha borib, oilada
o‘zaro munosabatlar maromini vujudga keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh
avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtai nazarlari,
tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-axloq qoidalari va ularga amaliyotda
rioya etishning to‘g‘ri yo‘l- yo‘riqlarini ko‘rsatadi.
Nega ayrim oilalarda mehr-oqibat, hamjihatlik yo‘qolib, o‘zaro munosabatlarga
manfaat, ta’ma qo‘shilayotir? Nega o‘z bolasining tarbiyasiga loqayd ota-onalar ko‘payib
borayotganiga indamay qarab turibmiz?! Axir, Vatan kelajagi - farzandlar tarbiyasi,
kamoliga bog‘liq emasmi?
Bizda azaldan ota adolatli fikri, haq so‘zi, ibrati bilan oilaning ustuni, vijdoni bo‘lib
kelgan. Bejiz xalqimiz “Ota rozi — xudo rozi” demagan. Bugun ayrim oilalarda otalar
o‘rni, hikmati sezilmayapti. Oilaviy munosabatlarda ma’naviy-axloqiy muvozanatning
buzilayotgani, oilaviy ajrashishlar, jinoyatlar, mulkiy mojarolar ko‘payib borayotgani
hammamizni tashvishlantiradi. Mahallalar va oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlikni
mustahkamlash, turli illatlarga barham berish, oilaviy ajrashishlar va jinoyatchilikning
oldini olish va boshqa dolzarb masalalarda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida
hamkorlikni kuchaytirishga yo‘naltirilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.
Notanish odamlar janjalidan ko‘ra qarindoshlar orasidagi kelishmovchiliklarda
hissiyotning o‘rni ko‘p bo‘lgani bois, oqibati ham og‘ir bo‘lishi mumkin. Er-xotinlar
o‘rtasidagi nizo jiddiylashganda o‘zaro yoki qarindosh urug‘lari o‘rtasida mushtlashuvlar
natijasida ma’muriyhuquqbuzarlik yoki jinoyatlar kelib chiqishi holatlari ham uchrab
turadi. Buning natijasida, aybdor shaxslar sudning hukmiga asosan ma’muriy yoki jinoiy
javobgarlikkka tortiladi. Er va xotinning arzimagan sabab tufayli ajrashishi oqibatida
farzandlarni yetim bo‘lib, nosog‘lom oila muhitida tarbiya topishi, ota yoki onaning
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
95
mehriga to‘ymasdan ulg‘ayishiga sabab bo‘ladi. Kelgusida bunday muhitda ulg‘aygan
farzand jamiyatda huquqbuzar yoki jinoyatchi bo‘lib yetishish ehtimoli mavjud. Birgina
oilaviy nizolarning ortidan juda ko‘p salbiy oqibatlar kelib chiqadi.
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat
tartibini saqlash, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning
oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha respublikada yaxlit huquqiy tizim yaratilgan bo‘lib,
unda ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati muhim o‘rin egallaydi.
Hozirgi kunda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda profilaktika
inspektorlarining roli kengayib, ular ma’muriy hududda mahalla raisi va uning
o‘rinbosarlari bilan birgalikda, har bir ko‘cha, har bir xonadonga birma-bir kirib,
fuqarolarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish, taklif va tavsiyalarini berishi muhim
masalalardan biri hisoblanishi lozim.
Jamiyatdagi har qanday illatga qarshi kurashni oiladan boshlash uni ildizi bilan
quritish imkonini beradi. Huquqbuzarlik, jinoyatchilik, inson huquqlarini paymol qilish
kabi illatlarga qarshi kurash qanchalik keng ko‘lam kasb etmasin, natija maqtanarli emas.
Aslida, har bir inson oilada ularga qarshi immunitet bilan tarbiya topsa-olam guliston, o‘z-
o‘zidan barham topadi.
Kundalik hayotda er bilan xotin, qaynona yoki qaynopa, kelin, aka-uka, opa-singillar
o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida vujudga keladigan nizolarga e’tibor qaratsak, undan
oilada bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga nisbatan jismoniy kuch ishlatishi, shaxsga
zo‘rlik bilan ruhiy ta’sir ko‘rsatishi, oilada o‘z hukmronligi va ta’sirini o‘tkazishga
qaratilgan xattiharakatlari, jinsiy zo‘ravonlik qilishi, qiynash orqali ruhiy azob berishi,
qo‘rqitishi va zulm qilishi kabi holatlar mavjud.
Nima uchun oiladagi zo‘ravonlik jabrlanuvchilari bu haqda ichki ishlar organlariga
xabar berishmaydi? degan savolga, zo‘ravonlik qurbonlarining aksariyati o‘z oilasining
obro‘sini saqlash maqsadida huquqlari poymol bo‘lishiga jim qarab turishganini aytishadi.
Amaliyotda ko‘p hollarda, profilaktika inspektorlari tomonidan jabrlanuvchi va
zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni qanday bo‘lmasin yarashtirish uchun hatti-harakatlar
qilish holatlari ko‘plab uchramoqda. Ayniqsa, ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan
tuhmat va haqorat qilish holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishlar sudgacha yetib
bormasdan, ariza bergan tarafni o‘z arizasini qaytarib olishga undash yoki yarashtirish
bilan yakunlanish holatlari ham mavjud. Afsuski, bunday holatlarning mavjudligi oila
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
96
turmush doirasidagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning latentlik darajasi
oshib ketishi hamda takrorlanishiga olib kelmoqda. Natijada ayrim huquqbuzar shaxslar
sodir etgan hatti-harakatlari uchun hech qanday javobgarlikka tortilmasdan qolmoqda.
O‘z xizmatlari yuzasidan profilaktikainspektorlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri jabrlanuvchilar va
huquqbuzarlar bilan to‘qnashib, zo‘ravonlikning guvohi bo‘ladilar. Ularning malakali
yordam ko‘rsatishlari, aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishiga jabrlanuvchining
keyingi taqdiri va hayoti bevosita bog‘liqdir.
Oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar jabrini asosan ayollar ko‘radi.
Bu ko‘plab ayollarning huquqlari toptalishiga, turmush tarzidan qoniqmay, hatto o‘z
joniga qasd qilish darajasigacha borishiga, voyaga yetmagan farzandlarning ona mehridan
erta mosuvo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Davlatimiz
rahbarining
tashabbusi
bilan
zo‘ravonlik
bilan
bog‘liq
huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga
davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga
nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan belgilangan
ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladigan hujjat qabul qilindi.
«Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunda
tazyiq va zo‘ravonlik nimaligiga aniqlik kiritilgan, tazyiq va zo‘ravonlikning jinsiy,
jismoniy, iqtisodiy va ruhiy shakllari izohlangan. Qonunga asosan, ayollar bir qator
vakolatli organlar – Vazirlar Mahkamasi, joylardagi mahalliy davlat organlari, ichki ishlar
organlari, mehnat organlari, ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari hamda ta’lim
muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimi va sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan turli
shaklda himoya qilinishi ko‘zda tutilgan. Ayollar tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchragani
haqida o‘z vaqtida murojaat qilish huquqiga ega. Mentalitetimizdan kelib chiqqan holda,
ayollarimiz bunday hollarda murojaat qilishga uyaladi. Bunday holatlarni aniqlashning
turli xil yo‘llari bor. Faqat o‘zining, jabrlanuvchining murojaati orqali emas, yon-
atrofdagilarning ham murojaat etishi mumkinligi belgilandi. Masalan, jamoatchilik, ish
joylaridagi faollar, rahbarlar, mahalladagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislar,
qo‘ni-qo‘shnilar ham murojaat etishi mumkin. [1].
Shunday holatlar borki, jabrlanuvchi ham, uni sodir etuvchi huquqbuzar, ya’ni
tazyiq-zo‘ravonlik o‘tkazuvchi shaxslar ham ayollar bo‘lib qolishi mumkin.
O‘ylantiradigan jihati, oila-turmush munosabatlarida sodir etilayotgan har qanday nizoli
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
97
holatlar avvalambor, ko‘proq ayollar o‘rtasida kelib chiqadi. Bizda zo‘ravonlik
deyilganida odatda, tan jarohati bilan bog‘liq holatlar tushuniladi. Bundan tashqari,
iqtisodiy, jinsiy zo‘ravonlik ham bor. Qonun hujjatlarida shaxsning erki, huquqlari
to‘laligicha kafolatlangan. Shaxsning xohish-irodasiga zid bo‘lgan har bir xatti-
harakatlarni amalga oshirish huquqi hech kimga berilmagan.
Mahallalarda o‘ziga yuklatilgan xizmat vazifalari doirasida profilaktika inspektori,
mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda o‘z xizmat kunini uyma-uy yurishidan
boshlab, o‘zaro nizosi mavjud shaxslarni aniqlash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va
zo‘ravonlik holatlari aniqlangan taqdirda ularga “himoya orderi”ni rasmiylashtirish va
tegishli profilaktik tadbirlarni o‘tkazishlari lozim. Himoya orderi amal qilish davrida
profilaktika inspektorlari tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shujumladan ularning
sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rishi, xotin-
qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan va ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan
muntazam asosda profilaktika ishlarini olib borishi, himoya orderi talablarining ijrosi
ustidan nazorat qilishi hamda uning talablarini buzgan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni
javobgarlikka tortish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘rishi zarur.
Bugungi kunda profilaktika inspektori zimmasiga yuklatilgan barcha funksiyalarni
samarali bajarish har tomonlama hududda kriminogen vaziyatni o‘rganishni, tahlil qilib
borishni talab qiladi. Shunday ekan, o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda
eng avvalo, mahallada yashovchi, o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvori xavfliligi tufayli
huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo‘lgan jismoniy shaxslarning turmush tarzini,
mavjud muammolarni o‘rganishi zarur. Ushbu toifadagi shaxslarning muammolarini
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi tegishli
idoralar bilan xamkorlikda bartaraf etish hamda huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy,
pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul
qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlarni
amalga oshiradi. [2].
Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar hozirgi kunda yangi
bosqichga ko‘tarildi. Aholining, ayniqsa xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish,
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, jamoat
tartibini saqlash, fuqarolarning tinchlikosoyishtaligini ta’minlash bizning eng asosiy
vazifamiz bo‘lib qolaveradi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
98
Yuqoridagilardan kelib chiqib hulosa qiladigan bo‘lsak,
inson huquqlari va
erkinliklarini himoya qilish, ularni kafolatlash har bir demokratik jamiyatning asosiy
ustunlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi ham, mustaqillikdan so‘ng Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasini tan olgan holda, inson huquqlarini himoya qilish va
rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlar tashlamoqda. Jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini
bo‘lgan oila – shaxsning shakllanishi va tarbiyasida asosiy rol o‘ynaydi. Sog‘lom, mehr-
oqibatli, adolatli oilada voyaga yetgan farzand – kelajakda jamiyatning vijdonli va
mas’uliyatli a’zosiga aylanadi.
Ammo bugungi kunda ayrim oilalarda ma’naviy-axloqiy muvozanatning buzilishi,
o‘zaro hurmatsizlik, zo‘ravonlik va befarqlik holatlari uchrab turibdi. Ayniqsa, ayollar va
bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklar, oilaviy ajralishlar, fuqarolik madaniyatining
pasayishi va ijtimoiy mas’uliyatning yetarli darajada bo‘lmasligi kabi salbiy holatlar
jiddiy muammolarga olib kelmoqda.
Shu bois, davlatimiz tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya
qilish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi – ayollar huquqlarini kafolatlashda muhim
huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu qonun asosida tazyiq va zo‘ravonlik
tushunchalariga aniqlik kiritilib, ularni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish
mexanizmlari belgilangan.
Bunda profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘ini, ta’lim va sog‘liqni
saqlash muassasalari, jamoatchilik faollari kabi ko‘plab subyektlar o‘zaro hamkorlikda
ishlashi lozim. Ayniqsa, “himoya orderi” instituti oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni
himoya qilishda amaliy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Jamiyatdagi huquqbuzarlik, jinoyatchilik kabi illatlarga qarshi kurashni oila
bag‘ridan boshlash eng to‘g‘ri yo‘ldir. Har bir fuqaro, har bir oila a’zosi o‘zining ijtimoiy
va huquqiy mas’uliyatini anglagan holda harakat qilsa, jamiyatda barqarorlik, tinchlik,
mehr-oqibat va adolat muqim qaror topadi.
Shunday ekan, oilaviy munosabatlarda sog‘lom muhitni yaratish, zo‘ravonlikka
nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirish, har bir fuqaroning huquqiy madaniyatini
oshirish – jamiyat taraqqiyotining poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
99
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasining 2019-yil 2-sentabr, O‘RQ-561-son Qonuni.
2.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining 2014-
yil 14-may, O‘RQ-371-son Qonuni.
