ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
80
SURXONDARYO VILOYATIDA RO‘YXATGA OLINGAN KICHIK BIZNES
SUB’YEKTLARI SONINING ( DEHQON VA FERMER XO‘JALIKLARISIZ)
TAVSIFIY STATISTIKASI.
Mamatkulova Xurshida Nasrullayevna
Termiz davlat Universiteti
Mamatkulovaxurshida078@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Surxandaryo viloyatidagi ro‘yxatga olingan kichik biznes
sub’yektlarining tavsifiy statistikasi tahlil qilinadi. Tadqiqot Davlat statistika qo‘mitasi
ma’lumotlari asosida kichik biznes sub’yektlari sonining yillar kesimidagi o‘zgarishlari,
o‘rtacha qiymatlar, eng yuqori qiymati va eng pastki ko‘rsatkichlar, yillik o‘sish sur’atlari
va umumiy dinamikasi o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
kichik biznes, moda, mediana, standart xatolik, standart og’ish.
Kirish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda mamlakat
iqtisodiyotning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ular yangi ish o‘rinlari
yaratish, aholi daromadlarini oshirish, hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish hamda bozor
infratuzilmasini kengaytirishga muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan so‘ngi yillarda qabul qilingan farmon va qarorlari kichik biznesni qo‘llab-
quvvatlash, ro‘yxatga olish tartiblarini soddalashtirish, soliq imtiyozlari va kredit
imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Surxandaryo viloyati geografik joylashuvi,
tabiiy resusrslari va transport logistika salohiyati bilan kichik biznes rivojlantirish uchun
katta imkoniyatlarga ega.
Viloyat iqtisodiyotida savdo, xizmat ko‘rsatish, qurilish va sanoat sohalarida kichik
biznes subyektlarining ulushi yil sayin ortib bormoqda. Shu bilan birga, mazkur sohada
yuz berayotgan o‘zgarishlarni statistik tahlil qilish, mavjud tendensiyalarni aniqlash va
kelgusida rivojlanish strategiyalarini belgilash dolzarb masalalardan biridir.Ushbu
tadqiqotda 2014–2024-yillar davomida Surxondaryo viloyatida ro‘yxatga olingan kichik
biznes subyektlarining (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) soni tavsifiy statistika usullari
yordamida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — hududdagi kichik biznes
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
81
rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarini baholash, o‘sish sur’atlarini aniqlash hamda
mavjud muammolar va imkoniyatlarni ilmiy asosda yoritishdan iborat.
1-Jadval
O‘zbekiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida ro‘yxatga olingan kichik
biznes sub’yektlari soni ( dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz)
1
.
Yillar
Surxondaryo viloyatida
kichik biznes sub'ektlari
soni (dehqon va fermer
xo'jaliklarisiz)Ro'yxatga
olingan
O 'zbekiston Respublikasi
hududidagi kichik biznes
sub'yektlari soni (dehqon va
fermer xo'jaliklarsiz) Ro'yxatga
olinganlar soni.
2014
10700
213643
2015
11344
221140
2016
10292
225998
2017
10159
225560
2018
10897
242379
2019
11670
276237
2020
15783
353921
2021
22670
436981
2022
25772
488936
2023
28925
555971
2024
31945
614897
Yuqoridagi jadvalda Surxondaryo viloyati va O‘zbekiston Respublikasi hududida
ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’yeklari sonining 2014 va 2024-yillar oralig’idagi
ko‘rsatkichlari berilgan. Bu statistik ma’lumotlardan foydalangan holda kichik biznes
sub’yektlari sonining tavsifiy statistikasini ko‘rib chiqamiz. Tavsifiy statistika bu
statistik tahlillarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ma’lumotlarni jamlash,
tartibga solish, tasniflash va ularni sodda shaklda ifodalsh usullarini o‘z ichiga oladi. Bu
1
O'zbekiston
Respublikasi Milliy statistika Qo’mitasi Surxandaryo vil
oyati statistika boshqarmasi.
https://www.surxonstat.uz/uz/rasmiy-statistika/
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
82
orqali ma’lumotlarning murakkab ko‘rinishini yengil tushinarli ko‘rinishga kelishiga
xizmat qiladi. Tavsifiy statistikaning asosiy ko‘rsatkichlari:
•
O‘rtacha arifmetik (mean) – Barcha qiymatlari yig’indisi soniga bo‘linadi.
•
Median – O‘sish tartibida joylashgan ma’lumotlarning o‘rtasida joylashgan
qiymat.
•
Moda – eng ko‘p tarqalgan qiymat.
•
Oraliq (range) – eng katta va eng kichik qiymatlari farqi
•
Assimetriya (skewness) – taqsimotning chap yoki o‘ng tomon og’ish darajasi.
•
Tanlanma dispersiya – statistikada tanlanmadagi qiymatlarning o’z o’rtachasidan
qanchalik uzoqlashganini o’lchaydigan ko’rsatkich
•
Eksess ( kurtosis) – taqsimotning cho’ziqligi yoki tekisligi.
•
Dispersiya – ma’lumotlarning o‘rtachadan kvadrat farqlari o‘rtachasi.
•
Standart og’ish (standart deviation) – dispersiyaning kvadrat ildizi.
•
Vriatsiya koeffitsenti – tarqalishning nisbiy o‘lchovi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
83
2-Jadval
O‘zbekiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida ro‘yxatga olingan kichik biznes
subyektlari sonining (dexqon va fermer xo‘jaliklarisiz) tavsifiy statistikasi
2
.
Yuqoridagi jadvaldagi qiymatlardan quyidagilarni xulosa qilamiz.
Tahlil
natijalari
shuni ko‘rsatadiki, Surxondaryo viloyatida ro‘yxatga olingan kichik biznes subyektlari
soni (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) O‘zbekiston Respublikasi miqyosidagi
2
O’zbekiston Respublikasi Milliy Statistika Qo’mitasi Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida
Mikrosoft excel dasturi orqali tayyorlangan muallif ishlanmasi.
Surxondaryo viloyatida
kichik biznes sub'ektlari
soni (dehqon va fermer
xo'jaliklarisiz)Ro'yxatga
olingan
O'zbekiston
Respublikasi
hududidagi
kichik
biznes
sub'yektlari
soni
(dehqon
va
fermer
xo'jaliklarsiz)
Ro'yxatga
olinganlar soni.
O'rtacha qiymat
17287
O'rtacha qiymat
350514,8
Standart xatolik
2530,474181
Standart xatolik
44980,71
Mediana
11670
Mediana
276237
Moda
-
Moda
-
Standart og’ish
8392,633401
Standart og'ish
149184,1
Tanlanma dispersiya
70436295,4
Tanlanma
dispersiya
2,23E+10
Eksses
-1,162220218
Eksess
-1,06756
Assimetriya
0,796181513
Assimetriya
0,742331
Interval
21786
Interval
401254
Minimum
10159
Minimum
213643
Maksimum
31945
Maksimum
614897
Yig'indi
190157
Yig'indi
3855663
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-8
84
ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada pastdir. O‘rtacha qiymatlar viloyat bo‘yicha 17 287
ta, respublika bo‘yicha esa 350 515 tani tashkil etadi. Ma’lumotlarning tarqoqligi standart
og‘ish ko‘rsatkichlari orqali ifodalanib, Surxondaryoda 8 393 bo‘lsa, respublika kesimida
149 184ni tashkil qilmoqda. Bu esa hududiy darajada kichik biznes subyektlarining son
jihatidan nisbatan barqarorroq ekanligini bildiradi. Taqsimotning assimetriya koeffitsienti
(0,79 va 0,74) musbat qiymatga ega bo‘lib, ma’lumotlarning o‘ngga og‘ishini ko‘rsatadi.
Eksessning manfiy qiymatlari esa taqsimotning normal taqsimotga nisbatan tekisroq
ekanligini anglatadi. Umuman olganda, Surxondaryo viloyati misolida kichik biznes
subyektlari soni respublika darajasidan ancha kam bo‘lsa-da, statistik tahlil natijalari
hududda muayyan barqarorlik mavjudligini tasdiqlaydi.
Adabiyotlar ro‘yxati.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. – Toshkent, 2023.
2. X.Shadiyev, I. Xabibullayev, “Statistika” darslik, “Tafakkur Bo‘stoni”, Toshkent 2013.
3. Gujarati, D. Basic Econometrics. – New York: McGraw-Hill, 2020.
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika Qo’mitasi Surxondaryo viloyati Statistika
boshqarmasi rasmiy sayti surxonstat.uz
