407
AUDITORLIK XULOSA VA TAKLIFLARINING XALQARO
STANDARTLARI MONAND BERILISHI
Rayimqulova Muxlisa Oybek qizi
Jizzax politexnika instituti talabasi
Annotatsiya:
Maqolada auditorlik xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj korxonani
boshqarishda bevosita ishtirok etuvchi, uning faoliyatiga mablag‘ kirituvchi
shaxslarning, shuningdek,
iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya hisobi haqidagi auditorlik
xulosasi auditorlik tashkilotining bu hisobotning ishonchliligi to’g’risidagi fikrini
ifodalashi va bu borada auditor xulosa va taklif berishi xalqaro standartlar asosida
bo‘lishi xususida so‘z yuritiladi.
Kalit so'zlar:
Auditorlik xulosasi, ijobiy auditorlik xulosasi, shartli ijobiy
auditorlik xulosasi, salbiy auditorlik xulosasi, auditorlik hisoboti, auditorlik hisoboti,
auditorlik xulosasi uchun javobgarlik.
Auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning haqqoniyligi (to’g’riligi) va
buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga
muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan va
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq
bo’lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
a) nom («Auditorlik xulosasi» yoki «Auditorlik tashkilotining xulosasi»: ikkala
nom teng huquqli);
b) adresatning nomi;
v) kirish qismi;
g) qayd etish qismi;
d) yakuniy qism;
e) auditorlik xulosasini berish sanasi;
j) auditorlik tashkiloti manzili;
z) auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi.
Auditorlik xulosasi auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
408
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi shaklining bir xilligiga rioya qilishi
kerak.
Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yo’llanib,
buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlari ko’rsatilishi kerak.
Auditorlik xulosasining kirish qismi auditorlik tashkilotining quyidagi
rekvizitlarini o’z ichiga olishi kerak:
– auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlari;
– auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya raqami, berilgan sana
va litsenziya bergan organning nomi;
– auditorlik tashkiloti davlat ro’yxatiga olingani to’g’risidagi guvohnoma
raqami;
– auditorlik tashkiloti hisob-kitob varag’ining raqami;
– auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar) ning, shuningdek,
auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi.
Kirish qismida sana va hisobot davri ko’rsatilgan holda tekshirilgan moliyaviy
hisobotlar ro’yxati keltirilishi kerak.
Kirish qismida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
– xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladigan moliyaviy
hisobotni tayyorlash va uning haqqoniy bo’lishi uchun javobgar;
– auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasining xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga muvofiq bo’lishi uchun javobgar.
Auditorlik xulosasining qayd etuvchi qismida auditorlik tekshiruvi moliyaviy
hisobot va boshqa moliyaviy axborot qonun hujjatlariga, shuningdek moliyaviy-
xo’jalik faoliyatining haqiqiy holatiga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashga
asoslanishi ko’rsatilishi kerak.
Qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi fikrni ifodalash uchun etarlicha
asoslar berishi xususida auditorlik tashkilotining tasdig’i berilishi kerak.
Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik tashkilotining tekshirilgan
moliyaviy-hisobot xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy-xo’jalik faoliyatining haqiqiy
holati to’g’risida haqqoniy tasavvur berish-bermasligi va moliyaviy hisobot qonun
hujjatlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi fikri ravshan bayon etilishi
kerak.
409
Auditor auditorlik xulosasini auditorlik tekshiruvi yakunlangan kun bilan
belgilashi kerak.
Auditor auditorlik xulosasini xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotga
imzo chekkan yoki uni tasdiqlagan sanadan oldin keluvchi kun bilan belgilashi kerak
emas.
Auditorlik xulosasining har bir beti auditor tomonidan imzolanishi kerak va u
auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Qiziquvchi tomonega
auditorlik xulosasining yakuniy qismini ko’rsatish kerak.
Xalqaro standartlarga binoan auditorlik xulosalarining quyidagi turlari mavjud:
a) ijobiy auditorlik xulosasi;
b) shartli ijobiy auditorlik xulosasi;
v) salbiy auditorlik xulosasi;
g) xulosa berishdan bosh tortish.
Ijobiy auditorlik xulosasi. Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisoboti uning moliyaviy ahvolini haqqoniy yoritadi va xo’jalik yurituvchi
sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari mamlakat qonunchiligi
talablariga muvofiq degan fikrga kelganda ijobiy auditorlik xulosasi tuzilishi kerak.
Shartli ijobiy auditorlik xulosasi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy
hisobotida ayrim xatolar mavjud bo’lganida, ammo mazkur xatolar unchalik muhim
bo’lmaganida tuzilishi kerak.
Salbiy auditorlik xulosasi. Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisobotida, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bartaraf etilmasa,
moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin bo’lgan buzilishlar
mavjud degan fikrga kelsa, salbiy auditorlik xulosasi tuzilishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari
moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin qonunchilik talablariga muvofiq
kelmaydigan hollarda ham salbiy auditorlik xulosasi tuziladi.
Odatda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining auditorlik tashkilotining
aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar
kiritish to’g’risidagi fikriga qo’shilmasligi salbiy auditorlik xulosasini tuzishga sabab
bo’ladi.
410
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan
buzilishlarni bartaraf etgan holda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi.
Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish.
Auditorlik tekshiruvi hajmining
cheklanganligi tufayli auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot to’g’risidagi fikrni
ifodalash uchun etarlicha auditorlik dalillarini olishi mumkin bo’lmasa, auditorlik
tashkiloti auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvi hajmini cheklash - xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillari yoki
uchinchi shaxslarning boshlab yuborilgan auditorlik tekshiruvini auditor auditorlik
xulosasini tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan hajmda o’tkazishga to’sqinlik
qilishga yo’naltirilgan ochiqdan-ochiq harakatlari yoki harakatsizliklaridir.
Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish ariza shaklida bo’lishi va "Auditorlik
tashkilotining auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi to’g’risidagi ariza" deb
nomlanishi kerak.
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, shundan ikki nusxa auditorlik
tekshiruvi buyurtmachisiga taqdim etiladi.
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi,
auditorning ishonchi komil emasligi va (yoki) rozi emasligi yuzaga keltirgan
cheklashlarga doir ko’rsatmalarni o’z ichiga olishi kerak.
Auditorlik xulosasi ochiq axborot hisoblanadi, undan moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilarning hammasi foydalana olsin.
Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo’jalik
yurituvchi sub’ekt tomonidan e’lon qilinishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvini o’tkazmasdan tuzilgan yoki auditorlik tekshiruvi
natijalari bo’yicha tuzilgan, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar)
olgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning hujjatlari mazmuniga muvofiq kelmaydigan
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan yolg’on hisobot va xulosa deb
hisoblanadi.
Qasddan yolg’on auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish qonun
hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan auditorlik tashkiloti o’rtasida yuzaga kelgan
nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
411
Noto’g’ri auditorlik xulosasini tuzganlikda aybdor bo’lgan auditorlik tashkiloti
va shaxslarning javobgarlikka tortilganligi xo’jalik yurituvchi sub’ektni soliqlar va
boshqa majburiy to’lovlarni to’lashning belgilangan tartibini buzganlik uchun qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalardan ozod etmaydi.
Ushbu 700-«Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisoboti» nomli XASning
maqsadi mustaqil auditor tomonidan bajarilgan sub’ekt moliyaviy hisobotining auditi
natijasi kabi chop etiladigan auditorlik hisobotining shakli va mazmuni yuzasidan
standartlarni belgilash va qo’llanma taqdim etishdan iborat.
Auditorlik hisoboti
— auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini
yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi
qoida buzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik
tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy
yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat.
Auditor moliyaviy hisobot bo’yicha fikr bildirish uchun asos bo’luvchi olingan
auditorlik dalillar bo’yicha chiqarilgan xulosalarni sharhlashi va baho berishi va
auditorlik hisoboti umuman moliyaviy hisobot bo’yicha aniq yozma fikr bildirishdan
iborat bo’lishi lozim.
Auditorlik hisobot odatda quyidagi tartibda joylashgan asosiy elementlardan
iborat bo’ladi:
(a)
sarlavha;
(b)
oluvchi;
(v)
kirish bandi:
- audit qilingan moliyaviy hisobotni solishtirish;
- sub’ekt rahbariyati mas’uliyati va auditor mas’uliyati to’g’risida ariza.
(g) band - audit qo’lami (audit tavsifini bayon qilish);
- XAS yoki tegishli milliy standartlar yoki amaliyotga izohlanish;
- auditor tomonidan bajarilgan ishni bayon qilish.
(d)
band-fikr, moliyaviy hisobot bo’yicha fikr bildirishdan iborat;
(e)
hisobot sanasi;
(j)
auditor manzili;
(z)
auditor imzosi.
412
Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni bir xillik bo’lishiga rioya qilish
lozim, chunki bu ushbu hisobot o’quvchilar (foydalanuvchilar)ning tushunishiga va
g’ayriodatiy vaziyatlar vujudga kelganda ularni solishtirishga yordam beradi.
Auditorlik hisobot tegishli sarlavhaga ega bo’lishi lozim. Sarlavhada auditorlik
hisobotini boshqa shaxslar, masalan, sub’ektning mansabdor shaxslari yoki direktorlar
kengashi tomonidan chop etilgan yoki mustaqil auditordan farqli huddi shu ahloq
talablariga rioya qilmasligi mumkin bo’lgan boshqa auditorlarning hisobotlardan
ajratish uchun “Mustaqil auditor” atamasini qo’llash o’rinli bo’lishi mumkin.
Auditorlik hisoboti kelishuv shartlari va mahalliy me’yoriy hujjatlar talablariga
ko’ra tegishli ravishda oluvchiga yo’llanishi lozim. Hisobot, odatda, moliyaviy hisoboti
audit qilingan sub’ektning aktsiyadorlariga yoki direktorlar kengashiga yo’llanadi.
Auditorlik hisobot audit o’tkazilgan, jumladan, moliyaviy hisobotda aks etilgan
sana va davr bilan birgalikda sub’ektning moliyaviy hisobotini ko’rsatishi lozim.
Hisobotda moliyaviy hisobot uchun mas’uliyat sub’ekt rahbariyati zimmasida
ekanligi hamda audit o’tkazilishi asosida moliyaviy hisobot bo’yicha fikr bildirilganligi
uchun mas’uliyat auditor zimmasida ekanligi to’g’risida ariza bayon etilishi lozim
Moliyaviy hisobot sub’ekt rahbariyatining taqdimoti hisoblanadi. Bunday
hisobotni tayyorlash sub’ekt rahbariyatidan ahamiyatli buxgalteriya baholari va
mulohazalar chiqarilishini hamda moliyaviy hisobotni tayyorlashda qo’llaniladigan
buxgalteriya hisobining tegishli tamoyillari va usullarini aniqlashni talab qiladi.
Bundan farqli holda, auditorning mas’uliyati moliyaviy hisobot bo’yicha o’z fikrini
bildirish maqsadida ushbu moliyaviy hisobotning auditini o’tkazishdan iborat bo’ladi.
Auditorlik hisobotiga audit moliyaviy hisobotda muhim noto’g’riliklar mavjud
emasligiga oqilona ishonch olish maqsadida rejalashtirilgan va o’tkazilgan degan jumla
kiritilishi lozim.
Auditorlik hisoboti auditni, jumladan, quyidagilarni yoritishi lozim:
(a)
moliyaviy hisobotdagi summalar va yoritishlarni tasdiqlovchi dalillarni
test sinovidan o’tkazish asosida tekshirish;
(b)
moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanilgan buxgalteriya hisobi
tamoyillarini baholash;
(v)
moliyaviy hisobotni tayyorlashda sub’ekt rahbariyati tomonidan berilgan
ahamiyatli baholarni baholash;
413
(g)
moliyaviy hisobot umumiy taqdim etilishiga baho berish.
Hisobotga audit fikr bildirish uchun oqilona asos beradi degan auditorning
bayonnomasi kiritilishi lozim.
Auditor hisobotga audit yakunlangan paytdagi sanani qo’yishi lozim. Bu
o’quvchi (foydalanuvchi)ga auditor unga ma’lum bo’lgan va ushbu sanagacha qadar
sodir etilgan va moliyaviy hisobotga hamda auditorlik hisobotga ta’sir ko’rsatadigan
hodisalar va operatsiyalarni ko’rib chiqqanligi haqida xabar beradi.
Auditorning mas’uliyati sub’ekt rahbariyati tomonidan tayyorlangan va taqdim
etilgan moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobotini tayyorlash hisoblanganligi
munosabati bilan, u hisobotga sub’ekt rahbariyati moliyaviy hisobotga imzo chekkan
yoki tasdiqlagan sanadan oldin bo’lgan sana qo’yishga haqli emas.
Auditorlik hisobotida albatta joylashgan joyi ko’rsatilishi lozim, odatda bu audit
o’tkazilishi uchun mas’ul bo’lgan auditorning ofisi joylashgan shahar ko’rsatiladi.
Auditorlik hisoboti auditorlik firma nomidan, auditor nomidan yoki kerak
bo’lganda, auditor nomi bilan bir qatorda, firma nomidan ham imzolanishi lozim.
Auditorlik hisoboti, odatda, firma nomidan imzolanadi, chunki audit uchun
mas’uliyatni firma o’z zimmasiga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1.
Турумова, Д. (2022). Банк назоратида ички ва ташқи аудит
ўтказишнинг аҳамияти.
Science and Education
,
3
(12), 1013-1022.
2.
Турумова, Д. (2022). Банк кредитлари аудитини такомиллаштириш
масалалари.
Science and Education
,
3
(10), 640-645.
3.
Abdumannonovna, T. D. (2023). WAYS OF DEVELOPING THE
INTERNAL AUDIT SERVICE IN BUSINESS ENTITIES.
JOURNAL OF
EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
2
(8), 37-40.
4.
Turumova, D. A., & oʻgʻli Tolibboyev, Q. G. (2023). AUDITORLIK
FAOLIYATIDA TANLAB TEKSHIRISHNING MOHIYATI.
Educational Research
in Universal Sciences
,
2
(6), 234-240.
5.
Turumova, D. A. (2023). O ‘ZBEKISTONDA ICHKI NAZORAT
TIZIMI–AUDITORLIK
TEKSHIRUVI
JARAYONINING
ASOSIY
ELEMENTI.
Educational Research in Universal Sciences
,
2
(4), 608-612.
414
6.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA
MUHIMLIK DARAJASI.
SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF
SCIENTIFIC RESEARCH
,
2
(14), 60-62.
7.
Abdum
annonovna, T. D. (2023). AUDITING MOLIYAVIY BOZOR UCHUN
ZARURLIGI.
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
,
3
(34), 290-
294.
8.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK TEKSHIRUVINI
REJALASHTIRISH.
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN
EDUCATION
,
2
(22), 243-248.
9.
Abdumannonovna, T. D. (2024). IMPORTANCE AND ROLE OF
INTERNAL AUDIT IN ENTERPRISES.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND
VALUE
,
3
(1), 6-9.
10.
Abdumannonovna, T. D. (2024). DEVELOPMENT AND USEFUL
ASPECTS OF AUDITING ACTIVITY IN UZBEKISTAN.
JOURNAL OF
EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 15-18.
11.
Abdumannonovna, T. D., & Abdurasul, A. D. (2024). FORMATION OF
STATE FINANCE AND AUDIT ACTIVITY IN THE EARLY PERIODS IN
UZBEKISTAN.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 34-37.
12.
Abdumannonovna, T. D., & Sherzod, K. S. (2024). SIGNIFICANCE
AND ROLE OF INTERNATIONAL AUDITING STANDARDS.
JOURNAL OF
EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 57-60.
13.
Abdumannonovna, T. D. (2024). FRAUD DETECTION IN AN
AUDIT.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 136-140.
14.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK DALILLARINING
AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA DOLZARBLIGI. In
" ONLINE-CONFERENCES"
PLATFORM
(Vol. 1, pp. 469-473).
15.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK TEKSHIRUVINI
REJALASHTIRISHNING
AFZALLIGI.
In
"
ONLINE-CONFERENCES"
PLATFORM
(Vol. 1, pp. 474-478).
415
16.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA
EKSPERT ISHLARIDAN FOYDALANISHNING MUHIM JIHATLARI. In
"
ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM
(Vol. 1, pp. 483-487).
17.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK XULOSASIDA ASOS
BOLUVCHI
MALUMOTLAR-AUDITORLIK
DALILLARI.
In
"
ONLINE-
CONFERENCES" PLATFORM
(Vol. 1, pp. 494-498).
18.
Abdumannonovna, T. D. (2024). THE AUDITOR'S PROFESSIONAL
ETHICS ARE THE BASIS OF THE AUDITOR'S ACTIVITY.
JOURNAL OF
EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 225-229.
19.
Abdumannonovna, T. D. (2024). AUDITOR ISHI SIFATINI NAZORAT
QILISHDA AUDITORLIK STANDARTLARINING UYG’UNLIGI.
INNOVATION
IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
,
4
(37), 265-270.
20.
Abdumannonovna, T. D., & Habibullo G'anijon o'g, A. (2024). The Role
of International Audit Organizations in the Transition to International Standards in
Uzbekistan.
American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-
2157)
,
2
(2), 1-6.
21.
Abdumannonovna, T. D. (2024). An Understanding of the Auditor's
Professional Ethics and its Importance in the Auditor's Work.
American Journal of
Public Diplomacy and International Studies (2993-2157)
,
2
(2), 7-11.
22.
Abdumannonovna, T. D. (2024). LICENSING PROCEDURE OF
AUDITING
ACTIVITIES
IN
UZBEKISTAN
AND
CURRENT
RESULTS.
Gospodarka i Innowacje.
,
44
, 35-40.
23.
Abdumannonovna, T. D. (2024). STUDYING THE COMPANY'S
ACTIVITIES
AND
ACCOUNTING
DURING
THE
AUDITOR'S
INSPECTION.
EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN
SOCIETY
,
4
(2), 21-27.
24.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Purpose, Tasks, Necessity of Audit in
Uzbekistan.
American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-
2157)
,
2
(2), 89-92.
25.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Methods of Obtaining Audit
Evidence.
Best Journal of Innovation in Science, Research and Development
,
3
(2),
221-226.
416
26.
Abdumannonovna, T. D. (2024). EFFECTIVE RESULTS OF
APPLYING ANALYTICAL PROCEDURES IN AUDITING.
27.
Abdumannonovna, T. D. (2024). EXTERNAL AUDITORS AND THEIR
LIABILITY TO THIRD PARTIES.
Gospodarka i Innowacje.
,
44
, 71-75.
28.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Auditorlik Tekshiruvida Firibgarlikni
Aniqlashda Professionallik Qobiliyatini Qo’llash.
Miasto Przyszłości
,
45
, 138-144.
29.
Abdumannonovna, T. D. (2024). NEW UZBEKISTAN AND THE
MUTUAL INTERESTS OF THE" BIG FOUR" INTERNATIONAL AUDITING
COMPANIES.
Miasto Przyszłości
,
45
, 600-605.
30.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Audit Risk, its Elements and Their
Assessment.
Best Journal of Innovation in Science, Research and Development
,
3
(2),
847-854.
31.
Abdumannonovna, T. D. (2024). AUDIT-AS A FACTOR OF
INCREASING BUSINESS EFFICIENCY IN ENTERPRISES.
Miasto Przyszłości
,
45
,
594-599.
32.
Abdumannonovna, T. D. (2024). The Document Presented by the Auditor
is" Audit Report and its Contents".
Best Journal of Innovation in Science, Research and
Development
,
3
(2), 991-997.
33.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Relationship With Auditing Standards in
Controlling the Quality of Auditor's Work.
Best Journal of Innovation in Science,
Research and Development
,
3
(2), 998-1003.
34.
Feruza, O. (2023). How to Create Effective Marketing Strategies for Your
Business.
Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced
Sciences
,
2
(3), 12-17.
35.
Yahyoyevna, O. F., & Alexandrovich, A. A. (2024). THE ROLE OF
FINANCIAL MANAGEMENT IN IMPROVING THE FINANCIAL CONDITION
OF ENTERPRISES. JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE, 3(1), 44-
47.
36.
Odilovna, U. Z., & Alexandrovich, A. A. (2024). ECONOMIC AND
LEGISLATIVE CORNERSTONES OF INVESTMENT POLICY OF THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN. JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND
VALUE, 3(1), 87-90.
417
37.
Yahyoyevna, O. F. (2024, February). RESPUBLIKAMIZDA AHOLI
BANDLIGI MENEJMENTI MASALALARINI ISTIQBOLLARI. In International
conference on multidisciplinary science (Vol. 2, No. 2, pp. 25-31).
38.
Yahyoyevna, O. F., & Tatulovna, Z. M. (2024). ISSUES OF PROVIDING
ECONOMIC STABILITY UNDER THE INFLUENCE OF FACTORS OF SAVING.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE, 3(1), 374-379.
39.
O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni
(yangi tahriri). 2021 yil 25 fevral. O‘RQ-677-son.
