366
UDK: 37.015.3
TOMAS-KILMANNING “NIZOLI VAZIYATLARDA XULQ-ATVOR
STILINI BAXOLASH” SO‘ROVNOMASINING METODOLOGIK ASOSI
Shukurov Rustam
Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
E-mail: Info_dtpi@.uz
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Tomas-Klimanning “Nizoli vaziyatlarda xulq-atvor stilini
baxolash” so‘rovnomasining yaratilish tarixi, metodologik asosi, N.V.Grishin
tomonidan moslashtirilgan ko‘rinishi, metodika mezonlari, ularning mazmun mohiyati
va ularga sabab bo‘luvchi omillar o‘rin olgan.
Kalit so‘zlar:
nizo, nizoli vaziyatlar, kompromis, konfrontatsiya, himoya
mexanizmlari, shaxs xususiyatlari, xarakter xususiyatlari, ob’ektiv metodlar, sub’ektiv
metodlar, proektiv metodlar.
МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОПРОСА ТОМАСА-КИЛМАНА
«ОЦЕНКА СТИЛЯ ПОВЕДЕНИЯ В КОНФЛИКТНЫХ СИТУAЦИЯХ»
Шукуров Рустам
Доктор философии (PhD) по психологическим наукам
Денаувский институт предпринимательства и педагогики
E-mail: Info_dtpi@.uz
Аннотaция:
В данной статье описывается история создания опросника Томаса-Климана
«Оценка стиля поведения в конфликтных ситуatsiях», его методологическая
основа, адаптированная Н.В. Гришиным, методологические критерии, сущность
их содержания и факторы, которые к ним приводят.
Ключевые слова:
конфликт, конфликтные ситуatsiи, компромисс,
противостояние, защитные механизмы, черты личности, черты характера,
объективные методы, субъективные методы, проективные методы.
367
METHODOLOGICAL BASES OF THE THOMAS-KILMAN SURVEY
“ASSESSMENT OF BEHAVIOR STYLE IN CONFLICT SITUATIONS”
Shukurov Rustam
Doctor of Philosophy (PhD) in Psycological Sciences
Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
E-mail: Info_dtpi@.uz
ANNOTATION
This article describes the history of the creation of the Thomas-Kliman
questionnaire "Assessment of the style of behavior in conflict situations", its
methodological basis, adapted by N.V. Grishin, methodological criteria, the essence of
their content and the factors that lead to them.
Key words:
conflict, conflict situations, compromise, confrontation, defense
mechanisms, personality traits, character traits, objective methods, subjective methods,
projective methods.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Pedagogika va psixologiya fanlarida mavjud diagnostik
metodlar quyidagi katta guruhlarga bo‘linadi:
- obyektiv metodlar;
- subyektiv metodlar;
- proektiv metodlar.
Obyektiv metodlar tarkibiga R.Kettel va
Vekslerning
intelekt testlarini, subyektiv
metodlar tarkibiga Tomas-Klimanning “Nizoli vaziyatlarda xulq-atvor stilini baxolash”
va Frayburg shaxs so‘rovnomalarini, proektiv metodlar tarkibiga esa R.Gardnerning
“Obyektlarni erkin saralash” testlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Tomas-Kilmannig
“Nizoli vaziyatlarda xulq-atvor stilini baxolash”
so‘rovnomasi ham subyektiv metodlar tarkibiga kiradi. So‘rovnoma shaxslararo
munosabatlar jarayonida insonlar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi oqibatida yuzaga
keluvchi nizoli vaziyatlarda shaxsning xulq-atvor stilini baxolovchi metodlardan biri
hisoblanadi. Mazkur so‘rovnoma orqali insonning nizoli vaziyatlarga bo‘lgan
munosabatini, uning samaradorlik xususiyatlarini hamda ushbu vaziyatlar oqibatida
yuzaga keluvchi tushunmovchiliklarni boshqarish stillarini aniqlash mumkin. Afsuski,
ushbu so‘rovnoma bizning mahalliy muhitimizga moslashtirilmagan. Biroq, Rossiya
368
muhitiga N.V.Grishin tomonidan nizoli vaziyatlarga shaxsning moyillik darajasini
o‘rganish maqsadida moslashtirilgan. Mamlakatimizda esa aynan psixologiya va
pedagogika sohalari doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi olimlar va
tadqiqotchilar oldida eng katta muaamo ham mahalliy muhitimizga moslashtirilmagan
metodikalarning soni salmoqli emasligi va ularning metodologik asoslarini izlab
topishdagi qiyinchiliklar hisoblanadi. Shu boisdan ham quyida tadqiq etiluvchi
muammo ham bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning ilmiy yangiligi quyidagidan iborat:
nizoli xulq-atvor tipologiyasi hamkorlik va talabchanlik kabi ikki xil xulq-atvor
uslubiga asoslanadi.
Tadqiqotning maqsadi:
Tomas-Kilmanning “Nizoli vaziyatlarda xulq-atvor
stilini baxolash” so‘rovnomasining metodologik
asosini tadqiq etish, uning
mezonlarining mazmun mohiyatini o‘rganish va boshqa xususiyatlar bilan bog‘liqlik
jihatlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning obyekti:
Tomas-Kilmanning “Nizoli vaziyatlarda xulq-atvor
stilini baxolash” so‘rovnomasining metodologik
asosi va mezonlarini.
Material va tadqiqot usullari (Materials and methods)
Adabiyotlar tahlili.
Tomas-Kilmann so‘rovnomasi aslida nizoli vaziyatlarni
samaraliroq boshqarish uchun ishlab chiqilgan va olimlarning 40 yillik tadqiqot
ishlarining natijalari hisoblanadi [3].
Metodikani yaratilishiga bevosita hissa qo‘shgan olimlardan biri Kennet Tomas
bo‘lib, u nizoli vaziyatlarni o‘rganishi davomida nizo faqat tahdidni yuzaga keltiruvchi
salbiy hodisa sifatida tushungan hamda nizolarning salbiy va ijobiy vazifalarini hisobga
oluvchi an’anaviy yondashuv usulidan borgan. Shunga muvofiq K.Tomas nizolarni
o‘rganish borasida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratgan:
-
nizoli vaziyatlarda insonlar qanday xulq-atvor shakllarini namoyon qilishlari
ya’ni ularning qaysi biri samarali yoki destruktiv ekanligi;
- nizoli vaziyatlarni boshqarishda samarali xulq-atvor namunalarnin qanday
shakllantirish kerakligi [1].
K.Tomas nizoli vaziyatlarda insonlarning xulq-atvor tiplarini tavsiflash uchun
ularlarni boshqara olishning ikki o‘lchovli modelini qo‘llash mumkin deb hisoblagan.
K.Tomas mazkur modelni Ralf Kilmann bilan hammualliflikda ishlab chiqqan. Shu
369
boisdan metodika Tomas-Kilmann so‘rovnomasi deb ataladi. Olimlar so‘rovnomani
ishlab chiqishda insonlar har qanday holatda ham nizolardan qochishga intilmasliklari
kerak, aksincha uni malakali boshqarishlari kerak fikrga amal qilishgan[7].
Dastlab Tomas va Kilmanning birinchi ishlariga AQShda joylashgan “
Xicom”
nashriyot kompaniyasi homiylik qilgan. 1974 yilda “Xicom” nashriyot kompaniyasi
metodikani kitobcha ko‘rinishida o‘n olti sahifada nashr etgan. 1998 yilda esa ularning
ishlari Kaliforniya shtatida joylashgan “CPP” nashriyot kompaniyasi tomonidan sotib
olinadi. Nashriyot almashinuvi Tomas-Kilmann so‘rovnomasining rivojlanishida
burilish nuqtasi bo‘ladi, chunki kompaniya o‘zgarganidan ko‘p o‘tmay ispan, fransuz
va portugal tillariga tarjima qilinib butun dunyo bo‘ylab tarqaladi. 1970 yillarning
oxiriga kelib, Tomas-Kilmann metodikasi respondentlar tomonidan tanqidga uchrau
boshlaydi. Buning natijasida olimlar metodikaning kamchilik tomonlarini bartaraf
etganlar.
Metodika asosida o‘tkazilgan dastlabki tadqiqot ishlarining natijalari 1977 yilda
“Nizolarni hal qilishda xulq-atvorining majburiy tanlov chorasini ishlab chiqish”
maqola nomi ostida e’lon qilingan. Keyinchalik mualliflar tomonidan yozilgan “Nizo
xulq-atvorini aniqlashning to‘rtta vositasini taqqoslash” maqolasida metodika R.Bleyk
Dj.Moutonom Lourens, Lorsh va Xoll metodikalari bilan solishtirilgan va Tomas-
Kilmanning metodikalari o‘ziga xos bo‘lgan afzallik jihatlari mavjudligi namoyon
bo‘lgan [4].
Metodika 2007 yilgacha AQShda asosan 339 nafar oq tanli erkaklar o‘rta va
yuqori darajadagi biznes menejerlari va hukumat a’zolarida o‘tkazilgan va metodika
ularning natijalariga asoslangan. 2007 yildan makur metodika AQSh aholisini jinsi,
irqi, yoshi, ish tajribasi va geografik joylashuvi bo‘yicha aks ettiruvchi 8000
respondentdan (59 000 respondentdan tanlab olingan) tasodifiy, tabaqalashtirilgan
insonlar o‘rtasida ham o‘tkazila boshlagan. 2013 yilda so‘rovnomaning yapon tiliga
tarjimasi bilan tadqiqot ishlari olib borilgan va bunda tadqiqot natijalari Qo‘shma
Shtatlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan jiddiy farq qilmagan.
K.Tomas va R.Kilmanning [2] fikricha, nizoli xulq-atvor tipologiyasi ikki xil
xulq-atvor uslubiga asoslanadi:
- hamkorlik - shaxsning nizoda ishtirok etayotgan boshqa odamlarning
manfaatlariga e’tibori;
370
- talabchanlik - o‘z manfaatlarini himoya qilishga urg‘u berish.
Ushbu ikkita asosiy o‘lchovga ko‘ra, K.Tomas nizolarni boshqarishning
quyidagi usullarini ta’kidlab o‘tadi:
A) raqobat - boshqa shaxsning manfaatlariga zarar yetkazgan holda o‘z
manfaatlarini qondirishga erishish istagida ifodalangan qarama-qarshilik;
B) moslashish - raqobatdan farqli o‘laroq, o‘zgalarning manfaatlari yo‘lida o‘z
manfaatlarini qurbon qilish;
V) murosaga kelish - nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida o‘zaro yon berish orqali
erishilgan kelishuv sifatida murosaga kelish;
G) qochish (e’tibor bermaslik) - bu ham hamkorlik qilishdan bosh tortish. Bu esa
o‘z maqsadlariga yerishish tendensiyasining yo‘qligi bilan tavsiflanadi;
D) hamkorlik - vaziyat ishtirokchilari har ikki tomonning manfaatlarini to‘liq
qondirish.
ASOSIY QISM
Tomas-Klimann so‘rovnomasi rus muhitiga N.V.Grishin [9] tomonidan
mostirilgan. Mazkur moslashtirilgan ko‘rinishida uning mezonlarining mazmun-
mohiyatini quyidagicha ko‘rinishda izohlanadi:
1.
Nizodan qochish. Raqibning ob’ektiv ravishda o‘zidan ko‘ra ko‘proq kuchga
ega bo‘lgan va uni nizoli vaziyatlarda kurashish befoyda ekanligini anglab yetganda
samarali qo‘l keladi. Shu boisdan u doimo samarali kechmaydi. Chunki mazkur usul
orqali inson muammodan vaqtinchalik halos bo‘lishi mumkin ammo butunlay emas.
Doimiy nizodan qochish insonda o‘z kuchiga yetarlicha baxo bera olmaslik va
kechinmalarini to‘liq bayon eta olmaslik xarakter xususiyatini shakllantiradi.
2.
Moslashish. Yuzaga kelgan muammo nizolashayotgan tomonlar uchun muhim
bo‘lmagan yoki ular o‘rtasidagi munosabatlar bir-birlari uchun qadrli bo‘lib, maqsadga
erishishdan ko‘ra muhimroq bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi. Agar maqsaddan voz
kechish odamga ko‘p mehnat talab qilmagan bo‘lsa, unga rioya qilish uning o‘zini o‘zi
qadrlashi va raqibi bilan munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqasi
qurbonni payqaganini va qadrlaganini his qilish juda muhimdir. Aks holda,
bezovtalanish, norozilik hissi va shuning uchun hissiy nizolar uchun zamin qoladi.
3.
Qarama-qarshilik. Qarama-qarshilik - jiddiy vaziyatlar va hayotiy muammolar
vaqtida yuzaga keluvchi usul bo‘lib, u ko‘pincha ekstremal vaziyatlarda samarali
371
bo‘ladi. Inson mazkur usuldan o‘zida yetarlicha kuchga ega bo‘lsa, o‘z kuchiga ishonsa
foydalana oladi. Agar kuch yetarli bo‘lmasa, bunday holatda inson vaziyatdan chiqib
keta olmay qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
4.
Hamkorlik - nafaqat xulq-atvor usuli balki, o‘zaro xatti-harakatlar usuli
hamdir. Mazkur usul ikki tomon ham o‘zaro teng munosabatlarga ega bo‘lgan ishga
tushadi. Bu esa uzoq muddatli va qimmatli munosabatlarda ajralmas qismi bo‘lib
qolishi uchun zamin hozirlaydi. Bu usul ikkala tomonning ham manfaatlari, qiziqishlar
va qadriyatlarini inobatga olgan holda nizoni bartaraf etish imkonini beradi. Hamma
yaxshi hamkorlik, bittasidan tashqari. Hamkorlik usuli shoshqaloqlikka toqat qilmaydi,
balki nizolarni butunlay hal qilishga imkon beradi.
5.
Kompromiss – ikki tomon ham o‘za munosabatlarni saqlab qolish istagi
yuzaga kelganda qo‘llaniluvchi usul hisoblanadi. Kompromiss usuli kamdan-kam
hollarda nizoli jarayonlar natijasidan haqiqiy qoniqish hosil qilishga olib keladi.
Natijada ikki tomon ham maqsadga to‘liq erishmaydi va bir tomon nizoning ijobiy
natijasi qurboniga aylanadi.
Nizoli vaziyatlardan halos bo‘lish uchun qo‘llanadigan mazkur usullar shaxsning
psixologik himoya mexanizmlariga, shaxs xususyaitlariga, xarakteriga va temperament
tiplariga ham bog‘liq hisoblanadi[6].
Psixologik himoya mexanizmlaridan:
Rad etish bu yoqimsiz bo‘lgan ma’lumotni e’tiborsiz qoldirishdir. Bu
mexanizmning mohiyati tashvish keltiruvchi ma’lumotlardan uzoqroq yurishga intilish
hisoblanadi.
Siqib chiqarish - yoqimsiz yoki bezovta qiluvchi ma’lumotlarni ongli ravishda
ong osti holatiga o‘tkazish mexanizmi hisoblanadi.
Ratsionalizatsiya – ma’lumotlarning faqat ma’lum qisminigina anglash va
fikrlashda foydalanish bilan bog‘liq ximoya bo‘lib, unga ko‘ra insonning o‘z xatti-
harakati yaxshi nazorat qilinadi va ob’ektiv sharoitlarga mos keladi.
Kompensatsiya - o‘zidagi mavjud bo‘lgan kamchiliklar tufayli kelib chiqadigan
ruhiy zo‘riqishlardan xalos bo‘lish maqsadida boshqa sifatlarini rivojlantiradi [8].
Shaxs xususiyatlaridan[5]:
Asabiylik;
Spontan agressivlik;
372
Depressivlik;
Jizzakilik;
Emotsional o‘zgaruvchanlik
Tortinchoqlik;
Samimiylik
Xarakter xususiyatlaridan:
Shizoidlik;
Depressivlik;
Obsessivlik;
Isteriklik.
Temperament tiplaridan:
Xolerik;
Flegmatek;
Melanxolik;
Sangvinik.
Natijalar va ularning muhokamasi.
Yuqorida keltirilib o‘tilgan nizoli
vaziyatlardan halos bo‘lish uchun qo‘llanadigan mazkur usullarga sabab bo‘luvchi
omillarni quyidagicha jadval qo‘rinishida aks ettirish ham mumkin (1 jadval).
1 jadval.
Nizoli vaziyatlardan halos bo‘lish uchun qo‘llanadigan mazkur usullarga
sabab bo‘luvchi omillar
Nizoli
vaziyatlardan
halos bo‘lish
uchun
qo‘llanadigan
mazkur
usullar
Temperament
tiplari
Xarakter
xususiyatlari
Shaxs
xususiyatlari
Himoya
mexanizmlari
Nizodan
qochish
Melanxolik
Depressiv
Tortinchoqlik
Rad etish
373
Moslashish
Sangvinik
Isterik
Emotsional
o‘zgaruvchanlik
Siqib chiqarish
Qarama-
qarshilik
Xolerik
Obsessiv
Asabiylik va
Spontan
agressivlik
Kompensatsiya
Hamkorlik
Melanxolik va
Sangvinik
Shizoid
Samimiylik
Siqib chiqarish
Kompromiss
Melanxolik va
sangvinik
Depressiv va
isterik
Emotsional
o‘zgaruvchanlik
va Samimiylik
Siqib chiqarish
Хulosalar
1. Tomas-Klimann metodikasi o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy rivojlanish
taraqqiyotiga ega so‘rovnomalardan hisoblanadi.
2. Metodika yaratilgan buyon to bugungi kungacha tadqiqotchi olimlar
tomonidan keng miqiyosida foydalanib kelinmoqda. Shuningdek metodika
shaxslarning nizoli vaziyatlardagi xulq-atvor stillarini yetarlicha darajada aniqlab
beradi.
3. Inson nizoli vaziyatlardan halos bo‘lish uchun qo‘llaydigan usullar psixologik
himoya mexanizmlariga, shaxs xususyaitlariga, xarakteriga va temperament tiplariga
ham bog‘liq hisoblanar ekan.
Bibliografik havolalar (References)
1.
Amanda J. Weber Craig A. Johnson Richard C. Thompson (2013)
Mountain View, CA: CPP
2. Загорюев А.Л. (2011) Статистическое обоснование результатов
измерений
профессиональной
направленности
//
Профессиональная
направленность личности в условиях инновatsiонных преобразований общества :
мат-лы межрегион. заочн. науч.-практ. конф., Екатеринбург, окт. 2011 г.
Екатеринбург : ЕФ ЛГУ им. А. С. Пушкина, С. 58-64.
374
3. Ken Thomas and Ralph Kilmann (
2014
) CPP, Inc. Infographic—40 Years of
Conflict Resolution: Meet the TKI (Mountain View, CA: CPP, Inc.,
2014).
https://people.themyersbriggs.com/TKI40.html
4. Kilmann R.H., Thomas K.W. (1977) Developing a Forced-Choice Measure of
Conflict-Handling Behaviour: The “Mode” Instrument // Educational and
Psychological Measurement. Vol. 37. №. 2. P. 309-325.
5. Мартыненко, Н.А. (2016) “Коррекция юношеской агрессии в процессе
тренировочной и соревновательной практики в карате киокусинкай” Коллеганов
Психологические исследования личности в современной стрессогенной среде:
материалы V Всероссийской заочной научно-практической конференции 28-29
марта 2016 г. / под общ. ред. М.В. Лукьяновой, Т.А. Майборода. – Ставрополь:
Изд-во СКФУ, – 261 с
6. Папонова Н.Е. (2012) Конфликтный менеджмент и общность интересов
// Кадры предприятия. № 5. С. 36-43.
7. Ralph H. Kilmann and K. W. Thomas (1977) “Developing a Forced-Choice
Measure of Conflict-Handling Behavior” // Educational and Psychological
Measurement.
8. Hovanesian S, Isakov I, Cervellione KL (2009 ) “Defense mechanisms and
suicide risk in major depression”. Arch Suicide Research. Volume 13,– Issue 1. 74–86
p.
9. Томаса К. (2001) (адаптaция Н.В.Гришиной) // Психологические тесты /
Под ред. А. А. Карелина: В 2т. — М., — Т.2. С. 69-77
