ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-5
949
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY
MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARASI
Ahmedov Alisher Hasan o‘g‘li
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi
Kalit so‘zlar:
Multimedia, grafika, geometriya, idrok etish, qiziqish,
motivatsiya.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlamg‘ich sinf matematika darslarida
foydalanish uchun kerak bo‘ladigan multimedia vositalari haqida ma’lumot berilgan.
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida foydalanish uchun juda muhum bo‘lgan
multimedia vositalarining samarasi, foydalanish yo‘llari va turlari haqida ma’lumotlar
keltrilgan.
ЭФФЕКТ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СОВРЕМЕННЫХ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ
СРЕДСТВ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Ахмедов Алишер Хасан угли
Денауский институт предпринимательства и педагогики ул. Шарофа Рашидова,
360, Денов 190507 Узбекистан(
Ключевые слова:
Мультимедиа, графика, геометрия, восприятие, интерес,
мотивация.
Аннотация:
В этой статье представлена информация о мультимедийных
инструментах, необходимых для использования на уроках начальной
математики. Приводятся сведения об эффективности, способах использования и
видах мультимедийных средств, которые очень важны для использования на
уроках математики в начальной школе.
THE EFFECT OF USING MODERN MULTIMEDIA IN PRIMARY CLASS
MATHEMATICS LESSONS
Key words:
Multimedia, graphics, geometry, perception, interest, motivation.
Abstract:
This article provides information about the multimedia tools needed
for use in elementary mathematics classes. Information about the effectiveness, ways
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-5
950
of use and types of multimedia tools, which are very important for use in elementary
school mathematics lessons, is given.
KIRISH
Bugungi kunda boshlang’ich sinflarda matematika fanini o‘qitish haqida gap
ketganda, o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini o‘quv jarayoniga jalb qilish uchun doimo
innovatsion vositalar va resurslarni izlaydilar. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf matematika
darslarida bolaning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, dars samaradorligini yaxshilash
uchun yangi, innovatsion vositalardan foydalanishga harakat qiladi. Texnologiyaning
jadal rivojlanishi multimedia vositalari matematika darslarini yaxshilash va mavzuni
o‘quvchilar uchun qulayroq va qiziqarli qilish uchun mashhur tanlovga aylandi. Ushbu
maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tushunchalarni shakllantrish,
dars samaradorligini oshirish uchun juda muhum bo‘lgan zamonaviy multimedia
vositalari haqida ma’lumotlar beramiz. Ushbu multimedia vositalari dars
samarodorligini oshirish o‘zining kata imkoniyatlari bilan sifatlanadi. Xususan, kichik
maktab yoshidagi bolalarda hisoblash tushunchalari bilan birgalikda geometrik
tushunchalarni shakllantirshda ushbu vositalarning o‘rni beqiyos hisoblanadi.
Mavzuning dolzarbligi.
Hozirgi zamon talabiga ko‘ra o‘qituvchilar darslarni
qiziqarli va o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish uchun albatta
zamonoviy ta’lim vositalarini darslarda muntazam qo‘llab borishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son
“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni, 2018 уil 5 sentуаbrdаgi “Xаlq tа’limini bоshqаrish tizimini
tаkоmillаshtirish bо‘уichа qо‘shimchа chоrа-tаdbirlаr tо‘g‘risidа”gi PF-5538-sоn ,
2019 уil 29 аpreldаgi “О‘zbekistоn Respublikаsi xаlq tа’limi tizimini 2030 уilgаchа
rivоjlаntirish kоnsepsiуаsini tаsdiqlаsh tо‘g‘risidа”gi PF-5712-sоn
1
Fаrmоnlаrida
umumta’lim tashkilotlar faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim
oluvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish, o‘quvchilarning
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga qaratilgan vаzifаlаrning ijrоsini
tа’minlаsh yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.
Asosiy qism
1
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-5
951
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayoniga joriy etilgandan
so‘ng multimedia vositalaridan foydalanish sezilarli darajada oshdi. Media ta’lim
vositalari ta’lim muassasalari tomonidan keng qo‘llaniladi. Ushbu o‘rganish usuli keng
tushunchalarni tushunishni osonlashtiradi va foydalanuvchilarga ularni an’anaviy
o‘qitish usullariga qaraganda kamroq vaqt ichida o‘rganish imkonini beradi.
Multimediali texnologiya bir vaqtning o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir necha
usullaridan foydalanishga qodir: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.
Multimedianing eng muhim hususiyati interfaollik-axborot muhitida ishlash jarayonida
foydalanuvchiga ta’sir o‘tkaza olishga qodirlik hisoblanadi.
2
Multimedia o‘zi nima? Multimedia (lotincha — koʻp va — vositachi boʻlmoq)
— kompyuterning matn, grafik, tovushli va videomaʼlumotlar bilan ishlashga imkon
beruvchi qurilmasi.
3
Multimediaga berilgan yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinadiki multimedia ko‘p
vositalik demakdir. Ko‘p vositalik esa bir nechta (matn, grafika, tovush , rasm video va
animarsiya)vositalar bilan bir vaqtda ishlash imkonini beradi. Multimedia bolaning
bilim olishi uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar jamlanmasidir. Ta’lim olishda eng
muhum narsa bu ma’lumotni eslab qolish va xotirada uzoq vaqt saqlanishidir.
Multimedia vositalari asosida o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega:
Berilayotgan ma’lumot (misol, masala, geometrik tushuncha) haqida
chuqurroq va tushunarliroq ma’lumot olish imkoni mavjud;
Multimedia vositalari qimatli vaqtni tejash imkonini beradi;
O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi;
O‘quvchilarda kriativlik qobiliyatlarini shakllantradi;
Olingan bilimlar o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi;
Darsning samaradorkigini va unimdorligini oshiradi;
Ta’lim olishning yangi usullari bilan hamnafas qiladi.
Multimedia vositalaridan foydalanish ayniqsa matematika darslarida o‘z
imkoniyatlarini yanada aniqroq ko‘rsatadi. Nimagaki, hozirgi zamon 4K modeliga
asoslangan yangi darslikdagi misol va masalalar o‘quvchining kriativliligini
2
Maqsudov Ulug‘bek Qurbonovich, Eraliyev Yo‘ldoshali, Qosimova Gulzoda “TA’LIMDA MULTIMEDIALI VOSITALARDAN
FOYDALANISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI”, “Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences” jurnali, 2022-yil noyabr.
3
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-5
952
shakllantrishga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchilarga ushbu misol va masalalarni
o‘quvchilarga tushuntirish bir muncha qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bunday vaziyatda
albatta ta’lim vositalari hususan multimedia vositalari yordamga keladi.
Multimedia vositalari bir nechta turlsrga bo‘linadi:
Tovushni kiritish va chiqarish qurulmalari (mikrofon, kuchaytirgichlar,
tovush kolonkalari);
Video va grafik ma’lumotlarni kiritish qurilmalari (raqamli video kamera,
raqamli foto kamera, TV-tyuner, modem);
Ma’lumotlarni namoyish etish raqamli tasvir va videoaxborotlarni
foydalanuvchiga namoyish etish qurilmalari (monitor, proyektor, video karta).
Multimedia vositalari quyidagi ko‘rinishdagi ma’lumotni iste’molchiga
(o‘quvchiga) yetkazadi:
Matn ko‘rinishida: Matematika darslarida eng muhum ma’lumotlardan biri bu
matndir. Matn misol yoki masalani o‘quvchiga aniq qilib yetkazishdagi barhayot
vositadir. O‘quvchi berilgan misol va masalani o‘qish orqali boshqalarga halal
bermasdan mazmunini anglash imkonini beradi.
Garfik ko‘rinishda: Rasmlar, fotosuratlar, tasvirlar va boshqa san’at asarlari
grafik deb ataladi.
Garfika multimedianing ajralmas va muhum qismidir. Garfikadan
ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida geometrik tushunchalarni shakllantrishda
foydalanish juda yaxshi natija beradi. O‘quvchilarga geometrik tushunchalar (burchak,
uchburchak, to‘rtburchak, piromida va h.)larni grafik ko‘rinishda taqdim qilinsa
o‘quvchilar bu ma’lumotlarni yaxshi anglab oladi.
Animatsiya ko‘rinishida: Animatsiya multimedianing eng dinamik shakllaridan
biridir. Animatsiya chizmalar, obektlar, odamlar va h.klarning harakatsiz tasvirlarini
yozib olish orqali yaratiladi. Animatsiyadan geometriyaga oid, harakatga oid misol va
masalalarni bolaga yetkazishda foydalangan ma’qul.
Audio ko‘rinishida: audio- bu nutq, musiqa va boshqa turdagi tovushlar. Ovoz
elementi oddiy multimedia muhitini yaxshilash uchun ishlatiladi. Ovozli ma’lumot
ham o‘quvchilarga o‘zgacha ta’sir qiladi. Yangi darsliklarda audio matn bilan ishlashga
oid topshiriqlar ham anchani tashkil qiladi. Bu o‘quvchini mustaqil ravishda ishlashga
undaydi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-5
953
Video ko‘rinishida: Video yozuv bilan tasvirlar ketma-ketligini ko‘rsatadi. Vidio
o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarni mukammal darajada yetkazishda eng asosiy
vosita snaladi. Chunki vidioda ham ovoz, ham atsvir, ham animatsiya tasvirlanga
bo‘lishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-
son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni
https://lex.uz/ru/dоcs/-3893445
2.
О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2019 уil 29 аprel, PF-5712-sоn
“О‘zbekistоn Respublikаsi xаlq tа’limi tizimini 2030 уilgаchа rivоjlаntirish
kоnsуepsiуаsini
tаsdiqlаsh
tо‘g‘risidа”gi”
Fаrmоni.
–T.:2019.
mаnbа:
3.
Maqsudov Ulug‘bek Qurbonovich, Eraliyev Yo‘ldoshali, Qosimova
Gulzoda “TA’LIMDA MULTIMEDIALI VOSITALARDAN FOYDALANISHNING
PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI”, “Oriental Renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences” jurnali, 2022-yil noyabr.
4.
Suyarov Akram Musayevich, dotsent, PhD “Ta’lim tizimida interfaol
multimedia vositalaridan foydalanishning imkonoyatlari «Новости образования:
исследование в XXI веке», № 7 (100), часть 1 «Новости образования:
исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
5.
Ta’limda axborot texnologiyalari o‘quv qo‘llanma / R.X. Ayupov.
Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. – T.: TDPU, 2020 yil
6.
7.
