1047
MUSIQA MASHG‘ULOTLARIDA BOLALARGA FOLKLOR
QO‘SHIQLARNI O‘RGATISH
Muzaffar O‘rinovich Naimov
Denov tadbirkorlik va pedagogikka instituti
Аnnotatsiya:
Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa
ta’limining o‘ziga hos hususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Musiqa
mashg‘ulotlarida folklor qo‘shiqlari ya’ni o‘yin folklori, mavsumiy hamda marosim
qo‘shiqlarini o‘rgatish orqali yosh avlodni milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va
ularning tarixi bilan yaqindan tanishtirish haqida mulohaza yuritilgan. Shuningdek
mashg‘ulot jarayonida musiqa rahbari zimmasidagi yuklatiladigan mas’uliyatlar
ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
marosim, folklor, an’ana, urf-odatlar, milliy qadriyatlar,
hamohang, diapazon, metod, galagov
TEACHING FOLKLORE SONGS TO CHILDREN IN MUSIC LESSONS IN
PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS
Muzaffar Orinovich Naimov
Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Abstract:
This article provides information about the unique features of music
education in preschool educational institutions. In the music classes, it was considered
to familiarize the young generation with our national traditions, rituals and their history
by teaching folklore songs, i.e. game folklore, seasonal and ceremonial songs. Also,
during the training, the responsibilities of the music director were shown.
Keywords:
ritual, folklore, tradition, customs, national values, harmony,
range, method, galagov
Kirish:
Yurtimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan barcha sohalarda
bo’lgani kabi san’at va madaiyat sohasiga ham katta etibor qaratila boshlandi. Hususan,
milliy o‘ziga xoslikning shakllaninshida muhim omil sanalgan milliy
1048
madaniyatimizga, marosimlarga, an’anaviy musiqa va uning ijrochiligiga xususan
folklor qo‘shqilariga e’tibor nihoyatda oshdi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Tengsiz ma’naviy boyligimiz bo‘lmish
mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish,
uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg‘or fikrli olimlar va
san’atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu
burchidir”. Demak, folklor san’atiga xos ijro uslublarida yaratilgan musiqiy
namunalarni MTT tarbiyalanuvchilariga o‘rgatish musiqa rahbari zimmasiga katta
mas’uliyat yuklamoqda. Malumki, folklor qo‘shiqlari ajdodlarimizdan bizgacha
bobodan o‘g‘ilga, momodan qizga, ustozdan shogirdga an’anaviy ya’ni og’izdan
og’izga o‘tib o‘g‘zaki tarzda yetib kelgan. Respublikamizning barcha viloyatlarida
tashkil etilgan folklor-etnografik ansambllar ana shunday xayrli ishni ya’ni folkolr
qo‘shiqlarini ommaviy tadbirlarda, umumxalq bayramlarida, festivallarda, ko‘rik
tanlovlarda zamonga moslashtirib, sayqallashtirilib ijro etishmaqda. Pirovardida,
folklor qo‘shiqlari yanada rivojlanib kelmoqda. Shunday ekan MTT
tarbiyalanuvchilari ham folklor qo‘shiqlarini o‘rganish orqali qadimiy urf-odatlar,
udumlarimiz mavsumiy, oilaviy mehnat marosimlari bilan bog‘liq qo‘shiqlarni kuylash
orqali milliy qadryatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalanadilar.
Bolalarga folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish jarayonida bolalar yoshini inobatga
olinishi muhimdir. Folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish jarayonini qo‘shiqlarning kelib
chiqish tarixi, asrlar silsilasidan o’tib bizga qadar yetib kelish bosqichlarini tarbiyachi
pedagog ertak tarzida bolajonlar yetkazib beririshi maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda
tarbiyachi nafaqat bir asar tarixi haqida bilim beradi, balki yosh avlod qalbida
ezgulikka, tarixiy voqeylikka hurmat ruhini shakllantira boradi. Bu esa pedagogikaning
bosh maqsadlaridan biridir.
Shu bilan bir qatorda asarning audio, video variyantlariga ham e’tibor qaratish
lozim. Folklor qo‘shiqlarning aksariyat qismini marosimlar bilan bog‘liq qo‘shiqlar
tashkil etadi. Xususan, Surxon marosim qo‘shiqlari 3 turkumga bo‘linadi:
mavsumiymarosim, oilaviy-maishiy qo‘shiqlari va diniy ibodat aytimlari. Mavsumiy-
marosim qo‘shiqlari mazmun jihatidan, bajarayotgan vazifasi va ijro uslubiga ko‘ra
quyidagilarga tavsiflanadi:
1049
1.
Umumxalq marosim va bayramlari bilan bog‘liq, masalan, Navro‘z
qo‘shiqlari (Navro‘z, Jarchilar qo‘shig‘i, Muborakbod, Yilboshi, Navro‘znoma,
Sumalak, Boychechak, Lola sayli, Hey lola, Xalinchak va boshqalar).
2.
Yil fasli, ya’ni mavsum va mavsumiy-mehnat marosimlari qo‘shiqlari
bahor, yer haydash, ekin ekish, yoz, kuz, qish vaqtida (Shohmoylar, Qo‘sh haydash,
Dehqonlar qo‘shig‘i, Sust xotin, Turna keldi, Hamal, O‘roqchi, Mayda, Shamol
chaqirish, Choy momo, Qor chaqirish, Do‘rsi-do‘rsi, Shohi Naqshband va boshqalar)
3.
Yilnoma va tavqim bilan bog‘liq qo‘shiqlar ( Yo ramozon yoki Yo
rabiman).
Oilaviy marosim qo‘shiqlari uch guruhga bo‘linadi:
1.
To‘y-marosim qo‘shiqlari.
2.
A’za-motam aytimlari.
3.
Oilaviy-maishiy marosim aytimlari.
To‘y-marosimlariga “Beshik to‘y”, “Soch olar to‘y”, “Sunnat to‘y”, “Muchal
to‘y”, “Nikoh to‘y”lar kiradi. To‘y-marosim qo‘shiqlariga (Hay yorey, hay do‘st”,
“O‘lan”, “Yor-yor”, “Kelin salom”,“Muchal” qo‘shiqlari va boshqalar).
Bahorda nishonlanadigan bayramlardan eng qadimiysi “Navro‘z” bayramidir.
Navro‘z bayramida yigit-qizlar bayramona milliy liboslar kiyib, boshlariga
gulchambarlar taqishib, raqsga tushib, bahorning elchisi boychechakka atab
“Boychechak” qo‘shig‘ini kuylaganlar:
Boychechak chiqibdi bugun Navro‘z ekan, Olam ham barobar kecha-kunduz
ekan.
Hamma bir-biriga jigar so‘z ekan-o,
Boychechak chiqibdi bugun Navro‘z ekan.
Mehnat jarayoni bilan bog‘liq mavsumiy-marosim qo’shiqlari kishilarning
mehnat turi bilan bog’liqdir. Bu kabi qo‘shiqlardan yana biri “Mayda” qo‘shig‘idir.
O‘rib olingan hosilni dehqonlar xirmonga to‘plashib, uni quritishib, so‘ngra qo‘sh
ho‘kizlar yordamida galagov qilib yanchishgan. Mana shu jarayonda “Mayda”
qo‘shig‘ini kuylashgan:
Mayda desam ho‘p deding - maydayo, mayda,
Somonini ko‘p deding maydayo, mayda. Mayda qilsang yarashar maydayo,
mayda, Jami jonvor qarashar maydayo, mayda.
1050
Qo‘shiq quvnoq ohangda ijro etiladi. Bolalar bunday qo‘shiqlarni zavq-shavq
bilan, ko‘tarinki kayfiyatda kuylashadi. Yakka qo‘shiq kuylashdan jamoa bo‘lib folklor
qo‘shiqlarni kuylash biroz mehnatni ko‘proq talab etadi. Folklor qo‘shiqni kuylaganda
faqat kuylash emas, balki raqs harakatlari bilan hamohangligida bajarib kuylashlari
kerak. Shuning uchun musiqa rahbari bilan raqs mutaxasisslari bilan hamfikr bo‘lib
ishlasagina yaxshi natijaga erishishlari mumkin. Musiqa rahbaridan yana bir
mas’uliyatli jihat talab etiladi. Folklor qo‘shiqlarni bolalar ovoziga ya’ni diapozoniga
moslashtirish mas’uliyati bo‘ladi. Bunday ishlar amalga oshirilsa bolalar ovozida
zo‘riqish sezilmaydi, natijada bolalar erkin holda bemalol kuylay olishadi.
MTT da musiqa rahbari so‘zlash, ko‘rgazmalik va amaliy metodlardan ham
unumli foydalana olsagina asl maqsadiga erishgan bo‘ladi. Folklor qo‘shiqlarni
kuylagan bolalarda vatanparvarlik, bahodirlik, mardlik, jasurlik hamda milliy
qadryatlarimizga hurmat ruhi mujassam bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Mirziyoyev.Sh.M “O‘tmishning aks sadosi, bugungi kunning jarangdor
ovozi”. Xalq so‘zi - 2019.7-aprel №68 (7298)-51.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26- apreldagi PQ-304-
sonli “Baxshichilik va dostonchilik” to‘g‘risidagi qarori.
3.
Naimov.M.O‘. “Qadim Surxon navolari” - T. San’at 2006
4.
Qurbonov.S “Folklor musiqa o‘qitish metodikais” T.Ilm-Ziyo-Zakovot
2021.
5.
G‘affurov.H “Xalq o‘yinlari, qo‘shiqlari va an’analariga bir nazar”.
6.
Toshkent, Kamalak 1992.
7.
Naimov, M. (2022). Surxondaryo folklor-etnografik. Xalq havaskorlik”
jamoalari”. Toshkent.
8.
Muzaffar,
O.
(2024).
MAKTABGACHA
TA’LIM
TASHKILOTLARIDA MUSIQA MASHG ‘ULOTLARIDA BOLALARGA
FOLKLOR QO ‘SHIQLARNI O ‘RGATISH. Oriental Art and Culture, 5(1), 204-207.
9.
Urinovich, N. M. (2022). Uzbek traditional songs (the XX century is on
the example of the southern Uzbekistan oasis). Asian Journal of Research in Social
Sciences and Humanities, 12(1), 318-321.
1051
10.
Ravshanova, D. (2022). KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
ASOSIDA
BOSHLANGʻICH
SINFLARDA
TEXNOLOGIYA
FANINI
OʻQITISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH.
Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 2(13), 110-112.
