ISSN (E): 2992-9148
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2023
VOLUME-2, ISSUE-2
154
EKSPORT FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJIY
MAMLAKATLAR TAJRIBASI
Xurramov Ramazon Allayor o’g’li
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xorijiy davlatlar tajribasida eksport faoliyatini
rivojlantirish yo’llari tahlil etilgan.
Kalit so’zlar:
eksport, YaIM, boj, xalqaro savdo, iqtisodiy rivojlanish,
Eksport salohiyatidan oqilona foydalanish bo‘yicha jahon tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, har bir mamlakat o‘z iqtisodiy sharoiti, taraqqiyot bosqichi,shuningdek,
jahondagi iqtisodiy, siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘z taraqqiyotida eksportni
rag‘batlantirishning turli uslublarini qo‘llagan. Mamlakatlar xorijiy tajribalardan kelib
chiqib, davlat aralashuvi orqali va shuningdek, ko‘proq bozor mexanizmlariga tayangan
holda o‘z eksportchilarini rag‘batlantirishgan. Shunday qilib, eksportni davlat aralashuvi
vositasida rag‘batlantirish, ayniqsa, ishlab chiqarishni tashkil etish va jahon bozoriga olib
chiqish uchun salmoqli sarmoyalar sarfini talab qiladigan noan’anaviy eksport yoki
zamonaviy texnik jihatdan murakkab mahsulotlar eksportida ijobiy natijalarini berdi.
Ushbu vaziyatda davlatning moliyaviy ko‘magi, uning xususiy sarmoyani safarbar
qilishdagi harakatlari, infratuzilmalarga asos solish ulkan ahamiyat kasb etdi va eksport
tuzilmalarining nisbatan qisqa muddatlarda mukammallashuvini ta’min etdi
1
.
Boshqa tomondan esa, bir qator boshqa davlatlar (Malayziya, Singapur, Tailand,
Tayvan) ning tajribasi asosan bozor mexanizmlariga tayanishni o‘zida aks ettiradi.
Sanoati rivojlangan davlatlar sirasiga mansub eksportga yo‘naltirilgan davlatlar (Tailand,
Tayvan, Malayziya) ning ko‘pchiligida hukumat eksport masalalariga deyarli
aralashmagan
2
. Boshqa davlatlar esa, aksincha, eksportchirlar uchun qulay
makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda eksportni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashning maxsus shakllaridan ham foydalanishgan.
Mamlakatimizda eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hududlarning
mintaqaviy xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda, ichki imkoniyatlar doirasida
eksport operatsiyalarini amalga oshirmoqda. Ammo hududlarda resurs, ishchi kuchi kabi
imkoniyatlardan foydalanish darajasining pastligi kabi holatlar mavjudki, ulardan oqilona
foydalanish ishlab chiqarishni yanada kengaytirib, mamlakatimiz korxonalari eksport
salohiyatini keskin oshirish katta ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun ilg‘or mahalliy
1
www.budgetrf.nsu.ru
2
www.budgetrf.nsu.ru
ISSN (E): 2992-9148
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2023
VOLUME-2, ISSUE-2
155
tajribalarni ommalashtirish bilan birga xorij tajribalarini ham o‘zlashtirib, ularni
korxonalarimiz salohiyatidan kelib chiqqan holda qo‘llash imkoniyatlarini yanada
kengaytirish lozim. Korxonalar eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liq rivojlanish
omillaridan biri iqtisodiyotda innovatsion-investitsion jarayonni jadallashtirish, ilmiy-
texnikaviy rivojlanishga erishish hisoblanadi. Eksport salohiyati yuqori mamlakatlar
tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, aynan innovatsion-investitsion muhit rivojlangan
davlatlargina iqtisodiy taraqqiyotining dastlabki davrida ishlab chiqarishining
diversifikatsiyasiga erisha olishgan va keyingi rivojlanish bosqichida murakkab
texnologiyaga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishgan. Rivojlangan mamlakatlarda
ilmiy-texnik dasturlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash asosan ikkita shaklda
amalga oshiriladi: bevosita davlat tomonidan moliyalashtirish hamda xususiy va davlat
korxonalari uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratilishini rag‘batlantirish, ular o‘z
navbatida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini kengaytiradi, ilg‘or texnika va texnologiyalarni
amaliyotga joriy qiladi. Birinchi shakl ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishning eng yangi
tarmoqlarini o‘zlashtirish sohasida ko‘p jihatdan ilmiy-texnik dasturlarning tezlashuviga
ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchisi esa – texnika va texnologiyalar umumiy darajasining
yuksalishiga olib keladi. Barcha rivojlangan mamlakatlarda ushbu ikkita shakllar
qo‘llanib, ular o‘rtasidagi nisbat turli mamlakatlarda va rivojlanishning turli bosqichlarida
kuchli darajada o‘zgarishlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, Yaponiyada ilmiy-texnik
dasturlarni davlat tomonidan rag‘batlantirish bevosita byudjetdan moliyalashtirishdan
tashqari bilvosita usullar: soliq imtiyozlari, tezlashtirilgan amortizatsiya asosida amalga
oshiriladi.
Eksport subsidiyalari – ayrim mahsulotlarni chet mamlakatlarga eksport qilishda
eksport qiluvchi tashkilotlarga davlat yoki mas’ul institutlar tomonidan taqdim etiladigan
moliyaviy imtiyozlardir. Ko‘plab vaziyatlarda nafaqat eksport, balki umuman mahsulot
ishlab chiqarish ham yashirin proteksionistik to‘siqlariga ishora qilingan holda subsidiya
qilinadi. Subsidiyalar, ko‘p mablag‘ sarflanadigan tovarlar bilan bir qatorda ayrim tayyor
mahsulotlar eksportiga, ayniqsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga nisbatan keng tarzda
ishlatiladi. Masalan, Janubiy Koreya hukumati 2001 yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
eksport qilishga 25,95 milliard vonni tashkil qiluvchi subsidiya ajratdi. Ushbu
subsidiyalar mevalar, gullar, sabzavotlar, kimchi, jenshen va qora mol mahsulotlariga
tegishli edi
3
.
Yevropaning qariyb barcha mamlakatlarida eksport qiluvchi firmalar faoliyatini
konsalting va boshqa xizmatlar ko‘rsatish orqali rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilgan. Osiyo
mamlakatlaridan ayrimlarida yirik milliy kompaniyalar o‘zlarining savdo uylari orqali
kichik korxonalarga mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam beradi.
3
WTO Secretariat, «Trade Policy Review: South Korea”, 2000, inwww.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
ISSN (E): 2992-9148
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2023
VOLUME-2, ISSUE-2
156
Shuningdek, Jahon banki rivojlanayotgan mamlakatlar sanoat korxonalariga eksport
operatsiyalarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatadi. Xususan, milliy
kompaniyalar mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish muammolarini hal etish
bo‘yicha xorij ekspertlaridan konsultatsiya va maslahatlar olishni tashkil etadi. Maslahat
berish doirasi menejment, injiniring, bugalteriya hisobi, bank, sug‘urta ishi, sifatni
nazorat qilish, mahsulotlarni sertifikatsiyalash kabi masalalarni qamrab oladi.
Eksport kreditlari asosan tayyor mahsulotlarga beriladi va uzoq va qisqa muddatli
kreditlarni o‘z ichiga oladi. Kreditlash qayta moliyalashtirish, subsidiyalash yoki
sug‘urtalash maxsus jamg‘armalari orqali to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Maxsus
kreditlash jamg‘armalarini tuzish banklar va hukumatlararo bank tashkilotlari orqali
amalga oshiriladi
4
.
Bugungi kunda Xitoy iqtisodiyotining 30 foizdan yuqoriroq o‘sishi innovatsion
loyihalarni amalga oshirishga ilmiy-texnik inqilobni joriy etishga imkon bermoqda.
Mamlakat eksportida yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi tinimsiz o‘sib bormoqda va
ular ulushi ham 30 foizga yetgan. Tahlillarning ko‘rsatishicha, bugungi kunda jahon
bozorida ilm talab mahsulotlarning hajmi yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Savdo aylanmasi (eksport va import)da bir muncha yuqori ulush elektronika sanoatiga va
hisoblash texnikalarini ishlab chiqarishga tegishli bo‘lib ularning hajmi hozirgi kunda
taxminan 30 va 35 foizga teng. Ilm talab mahsulotlar bozorida yetakchi o‘rinlarni - Katta
yettilik mamlakatlar egallagan bo‘lib, ular butun dunyo bo‘yicha ilm talab mahsulotlarni
ishlab chiqarish va sotishning deyarli 2/3 qismini nazorat etishmoqda, shundan
AQShning hissasi-20 foizdan ko‘proqni, Yaponiyaniki 12-14 foiz atrofida va
Germaniyaniki-10 foizdan ko‘proqni tashkil etadi.
Eksportni sug‘urtalash eksport kreditlariga davlat kafolatlarini taqdim etish orqali
amalga oshiriladi. Kafolatlar eksport kreditlarini taqdim qiluvchi banklarga beriladi.
Sug‘urta nafaqat an’anaviy tijoriy, balki siyosiy xavf-xatar (risk)larni ham qoplaydi.
Hozirgi davrda u keng turdagi mahsulotlar va mamlakatlarga tarqalgan. Sug‘urta
muddatlari anchayin xilma-xil. Sug‘urtalash Eksport-import banki (AQSh), Eksport
kreditlarini kafolatlash departamenti (Buyuk Britaniya) kabi maxsus tashkilotlar yoki
ushbu maqsadlar uchun davlat mablag‘laridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan xususiy
sug‘urta kompaniyalari (Olmoniya, Belgiya) orqali amalga oshiriladi
5
. Masalan,
Braziliyada eksportni moliyalash, sug‘urtalash va kafolatlash qishloq xo‘jalik
mahsulotlari, mashina asbob-ukunalari, uzoq vaqt foydalaniladigan tovarlar va xizmatlar
singari ko‘plab mahsulotlar uchun braziliyalik eksportchilarga kredit ajratadigan maxsus
4
www.budgetrf.nsu.ru
5
http://www.uzbearingpoint.com/files/1/a33.pdf
ISSN (E): 2992-9148
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2023
VOLUME-2, ISSUE-2
157
Dastur (PROEX) vositasida amalga oshiriladi
6
. Malayziyada belgilangan foiz qiymati
bilan qisqa muddatli moliyalash tijorat banklari orqali Malayziya Eksport-Import Banki
(EIB) tomonidan moliyalashtiriladi va tartibga solib turiladi
7
.
Shunday qilib, qisqa muddatli moliyalashtirish sanoat ishlab chiqaruvchilari, savdo
kompaniyalari va bilvosita eksportchilar (bevosita ishlab chiqaruvchilarning yetkazib
beruvchilari) ga beriladi. Janubiy Koreyada EIB to‘lovni amalga oshirmaslik xatari
holatidagina ekport kreditlari va ularni sug‘urtalashni taqdim etadi
8
.
Ta’kidlash joizki, davlat siyosatini shakllantirishga bo‘lgan yondashuvlar har bir
mamlakatda uning o‘ziga xos milliy xususiyatlariga bog‘liq ravishda farqlanadi:
Finlyandiyada – iqtisodiyotni diversifikatsiyalash bilan; Fransiyada – anchayin kichik
texnologik firmalarni yaratish bilan; AQShda – milliy iqtisodiyotning tarkibiy qayta
tuzilishini qo‘llab-quvvatlash bilan farqlanadi
9
.
Soliq va boj imtiyozlari eksportchilarni to‘g‘ri va aylanma soliqlarni to‘lashdan
ozod etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, xorijiy filiallar ochayotgan
firmalarning soliq to‘lovini kamaytirish, xorijda filial ochish uchun olib borilayotgan
tadqiqotlarga sarflanayotgan xarajatlarni soliq to‘lovidan istisno etish, eksportga
yo‘naltiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallar va butlovchi
qismlar tayyorlashda soliqdan ozod etish, eksportni rivojlantirish uchun soliqdan ozod
etilgan pul jamg‘armalarini tuzish, bojxona to‘lovlarini kamaytirish va qaytarish ham
mumkin
10
.
Masalan, Janubiy Koreyada eksport ishlab chiqarishda muntazam ishlatiladigan
chet eldan olib kelinadigan xomashyolar bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan
11
.
Malayziyada mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalar, xomashyo va eksport
uchun sanoat ishlab chiqarishning butlovchi qismlarini import qilish bojxona va soliq
to‘lovlaridan ozod qilingan. Agar eksport ishlab chiqarishda foydalanish uchun import
qilingan mahsulotlar 12 oy ichida eksport qilinsa, 90 % bojxona to‘lovlari va aylanma
mablag‘lardan to‘langan soliq to‘laligacha ishlab chiqaruvchiga qaytariladi
12
.
Singapurda xalqaro savdoga jalb etilgan kompaniyalarga hukumat tomonidan soliq
imtiyozlari taqdim etiladi. AQShda soliq chegirmalariga erishish uchun eksportchilar chet
mamlakatda o‘z mahsulotlarni sotish bo‘yicha xorijiy filial ochishlari zarur. Agar
Amerika firmasi mahsulotlarini xorijiy filial vositasida eksport qilayotgan bo‘lsa, AQSh
qonunchiligiga ko‘ra foydaning bir qismi soliqdan ozod etiladi. Shu tarzda amerikalik
6
WTO Secretariat, “Trade Policy Review: Brazil”, 2000, in www.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
7
WTO Secretariat, “Trade Policy Review: Malaysia”, 2001, in www.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
8
WTO Secretariat, “Trade Policy Review: South Korea”, 2000, in www.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
9
Инновационная политика: учебник / Л.П. Гончаренко, Ю.А. Арутюнов. –М.: КНОРУС, 2009. -352 С.
10
/files/1/a33.pdf
11
WTO Secretariat, “Trade Policy Review: South Korea”, 2001, in www.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
12
WTO Secretariat, “Trade Policy Review: Malaysia”, 2001, in www.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
ISSN (E): 2992-9148
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2023
VOLUME-2, ISSUE-2
158
eksportchilar har yili 1,5 milliard AQSh dollarni
13
soliq chegirmalari tizimidagi
qulayliklardan foydalangan holda tejab qolishadi. Valyuta qiymati mahalliy ishlab
chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini ta’minlash nuqtai nazaridan o‘ta muhim
ahamiyat kasb etadi. O‘z eksport salohiyatini jadal rivojlantirayotgan ko‘pgina
mamlakatlar (Chili, Kolumbiya, Meksika, Tayvan, Xitoy, Janubiy Koreya, Indoneziya)
14
eksportni rag‘batlantirish uchun o‘z milliy valyutalari qiymatini sun’iy tarzda past
darajada ushlab turish yo‘lidan bordilar. Ular ayni maqsadda milliy valyutani progressiv
qadrsizlantirish dasturidan foydalandilar, buning uchun ba’zida «sudraluvchi bog‘lanma»
uslubidan (valyuta qiymati uning muayyan darajada doimiy o‘zgarishi belgilab
olinadigan sistema) foydalanadilar, yoki o‘z valyutalarining keskin devalvatsiyasini
o‘tkazadilar. Bunda eksportning o‘sishi zarur darajadagi qiymatsizlantirishning va shu
bilan birga bunday siyosat samaradorligining asosiy o‘lchovi hisoblanadi.
O‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, eksportni rag‘batlantirishning asosiy
vositalari quyidagilar: qulay makroiqtisodiy muhit va ishlab chiqaruvchilar uchun
eksportga rag‘bat yaratish. Bunda eksportni rag‘batlantirishning asosiy vositalari sifatida
quyidagilar namoyon bo‘lishi mumkin: soliq va boj imtiyozlari; grantlar va imtiyozli
kreditlar berish; valyuta kursini belgilash va nazorat qilish; eksportni jadallashtirish
uchun mamlakatda va xorijda maxsus davlat jamg‘armalari, tashkilotlar va markazlarni
tuzish.
Yuqorida sanalgan eksportni rag‘batlantirish chora-tadbirlarining hammasi u yoki
bu darajada turli mamlakatlarning zamonaviy tajribasida qo‘llaniladi. Biroq ushbu
choralardan alohida birining muayyan bir vaqt davomida yoki turli taraqqiyot
bosqichidagi ma’lum bir davlat tajribasidagi ahamiyati aslo teng qiymatga ega emas. Bu
shu bilan izohlanadiki, bugungi kunga kelib, eksportni rag‘batlantirishning shu paytgacha
qo‘llangan vositalarining ahamiyati xalqaro savdo sharoitidagi izchil o‘zgarishlar va
globalizatsiya natijalari oqibatida sezilarli darajada kamaygan. Misol uchun, bugunga
kelib eksport kreditlarini sug‘urtalash keng tarqalgan, vaholanki, bir necha o‘n yillar
muqaddam eksportni subsidiyalashning ahamiyati kattaroq edi
15
.
Ushbu jarayonlarga e’tiborni qaratgan holda qayd qilish lozimki, mamlakatimizda
ham milliy mahsulotlar eksportini rivojlantirish maqsadida qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Natijada mamlakatning umumiy eksport salohiyati yanada kengayib, aholi
turmush darajasi hududlar bo‘ylab imkon qadar teng yuksalishi uchun asos yaratilmoqda.
Eksportni rag‘batlantirishning iqtisodiy zaruriyatini e’tiborga olib, O‘zbekiston
Respublikasi hukumati eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun raqobatbardosh
13
www.fkpi.ru/index.php?page=analytics_06
14
www.budgetrf.nsu.ru
15
ISSN (E): 2992-9148
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2023
VOLUME-2, ISSUE-2
159
shart-sharoitlarni tashkil etish siyosatini faol ravishda olib bormoqda. Bu siyosat soliq
imtiyozlari, bevosita va bilvosita subsidiyalarni strategik muhim va istiqbolli soha va
korxonalarga yetkazib berish, texnologik rivojlanishda yordam ko‘rsatish, mehnat va
moliya resurslarini mustahkamlash jarayonlarida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqsadli
siyosat natijasida yangi eksportyor sohalarning paydo bo‘lishi, ishlab chiqaruvchi
eksportchilarning halqaro raqobatbardosh parametrlari kuchayishi, savdo geografiyasi va
tovarlar tarkibining optimallashish jarayonlari kuzatilmoqda. Mustaqillik yillarida
O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari nafaqat import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab
chiqarishga, balki jahon bozoridagi kuchli raqobat sharoitida tovarlarni eksport qilish
mumkinligini isbotlashdi. Bunda zamonaviy chet el texnologiyalarini olib kelish, ishga
tushirish yuqori samaraga olib keldi.
Davlatimizning uzoq muddatli hamkorlikka qaratilgan investitsiyalarni jalb qilish,
import o‘rnini qoplash,ishlab chiqarishni mahaliylashtirish, mahsulotlarining tannarhini
pasaytirish va yuqori ustama narxga erishish oqibatida, nafaqat yurtimizda, balki MDH
mamlakatlari o‘rtasida biz avtomobilsozlik sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdik,
energetika sohasida mustaqillikka erishdik, kimyo sanoati va sanoatning boshqa
tarmoqlariga juda katta investitsiyalar jalb qilindi.
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, eksportning YaIMga nisbati ko‘proq tashqi
savdo faoliyatining liberallik darajasiga emas, balki mamlakatning katta-kichikligi va
tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Rivojlanayotgan
mamlakatlarning aksariyatida (Hindiston, Braziliya va Xitoy kabi katta mamlakatlar
bundan mustasno), jumladan tashqi savdoga nisbatan kuchli proteksiya rejimi o‘rnatilgan
mamlakatlarda eksportning YaIMdagi ulushi 30% va undan ham ko‘proqdir
16
.
Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan salbiy holatlar
respublikamiz korxonalari tomonidan eksport qilinadigan mahsulotlarga jahon
bahosining pasayishi xavfini tug‘dirmoqda. Buning oqibatida mamlakat eksport
salohiyatidan foydalanish darajasi pasayish xavfi ortib boradi. Natijada mamlakat
eksporti tarkibida diversifikatsiya jarayoni sustlashib, eksport tovarlarining jahon
bozoridagi raqobatbardoshlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur muammolarni
hal etish ko‘p jihatdan mamlakatimiz korxonalari eksport ko‘lamini kengaytirishga
o‘zining samarali ta’sirini aks ettiruvchi loyihalardan foydalanish darajasiga bog‘liq.
16
Н. Сиражиддинов, «Проблемы повышения эффективности внешней торговли», монография, УМЭД, Ташкент,
2004.
ISSN (E): 2992-9148
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2023
VOLUME-2, ISSUE-2
160
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Л.П. Гончаренко, Ю.А. Арутюнов. Инновационная политика: учебник.
М.: КНОРУС, 2009. -352 С.
2.
Н. Сиражиддинов, «Проблемы повышения эффективности внешней
торговли», монография, УМЭД, Ташкент, 2004.
3.
www.budgetrf.nsu.ru
4.
WTO Secretariat, «Trade Policy Review: South Korea”, 2000,
inwww.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
5.
http://www.uzbearingpoint.com/files/1/a33.pdf
6.
WTO Secretariat, “Trade Policy Review: Brazil”, 2000, in
www.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
7.
WTO Secretariat, “Trade Policy Review: Malaysia”, 2001, in
www.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
8.
WTO Secretariat, “Trade Policy Review: South Korea”, 2000, in
www.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
9.
WTO Secretariat, “Trade Policy Review: South Korea”, 2001, in
www.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
10.
WTO Secretariat, “Trade Policy Review: Malaysia”, 2001, in
www.wto.org/english/tratop_e/tpr_e/tp_rep_e.htm#bycountry
11.
www.fkpi.ru/index.php?page=analytics_06
