ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-7
241
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI QO`LLASHDA
SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARINING
O`RNI. QATAR TAJRIBASI.
Berdialiyev Mirzafar Murodovich
Annotatsiya:
Ushbu maqolada muallif zamonaviy dunyoning kaliti
sifatida baholanayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarining ahamiyati, jahon
mamlakatlarining mazkur sohani rivojlantirish uchun qabul qilgan strategiyalari va
maqsadlari, qaysi model samaraliroq bo`lishi to`g`risida tahliliy yondashuvlarni olib
borgan. Shuningdek Qatar davlati tomonidan 2019 yilda ishlab chiqilgan Sun’iy
intellektni rivojlantirish strategiyasining jozibadorligi va aqlli texnologiyalarni ta’lim,
sog`liqni saqlash, iqtisodiyot va turizm sohalarida qo`llashning foydali tomonlari
o`rganilgan.
Kalit so`zlar:
sun’iy intellekt, strategiya, model, avtomatlashtirish, Qatar,
raqamlashtirish, diversifikatsiya, ma’lumotlar bazasi, raqamli dunyo, internet, robot,
to`rtinchi sanoat inqilobi, Oxford Insights.
Hozirgi kunda butun dunyo miqyosida sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab
chiqarish, ulardan foydalanish jadal rivojlanib bormoqda. Ushbu texnologiyalardan
foydalanish evaziga turli sohalarda ishlar arzon narxlarda, yuqori samarali tarzda
bajarilib, qisqa fursatda belgilangan natijaga erishilishiga olib kelmoqda. Hattoki
kundalik hayotimizdagi ma’lum yumushlarni qilishda ham sun’iy intellektning
ahamiyati borgan sari ortib bormoqda.
Jahon iqtisodiyot forumi asoschisi Klaus Shvab ta’kidlaganidek, sun’iy intellekt
– bu to`rtinchi sanoat inqilobining asosi. Chunki mazkur davrda jamiyatning turli
sohalari avtomatlashtiriladi, ishlar va xizmatlar aqlli mashinalar yordamida bajariladi
va buning natijasida inson bajaradigandan ko`ra sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga,
aholiga qisqa vaqt ichida samarali xizmat ko`rsatilishiga, iqtisodiyotning o`sishiga,
ta’lim sifatini yaxshilashga, sun’iy intellekt texnologiyalari orqali jinoyatlarni oldini
olishga erishiladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari sun’iy intellektni mamlakat
taraqqiyotining drayveri sifatida baholab, hozirda 34 mamlakat, xususan AQSH,
Rossiya, Fransiya, Germaniya Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, BAA,
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-7
242
Hindiston, Singapur va boshqalar, o`zining sun’iy intellektni rivojlantirish
strategiyasini ishlab chiqdi. Ushbu mamlakatlarning strategik rejalashtirish
maqsadlariga ko`ra, ularni uch modelga ajratishimiz mumkin:
-
birinchi modelda qabul qilinayotgan dasturiy hujjatlar asosan sun’iy
intellektga bag`ishlangan bo`lib, sun’iy intellekt bilan bog`liq munosabatlarni qat’iy
tartibga solish ko`zda tutilmagan, bu model biznesga ma’muriy to`siqlarga duch
kelmasdan yangi yo`nalishlarni faol rivojlantirishga imkon beradi, bunga misol qilib
Xitoy mamlakatining sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini keltirishimiz
mumkin;
-
ikkinchi modelda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bilan
bog`liq munosabatlarni tartibga solish normalari ko`proq ahamiyatga ega bo`lib, qoida
tariqasida, sun’iy intellekt tizimlarining o`ziga xos turlari tartibga solinadi, ammo
kompleks tarzda boshqarishni yaratishga bo`lgan urinishlar ham mavjud.
Rivojlanishning mazkur modelini tanlagan mamlakatlarda strategik rivojlantirish
hujjatlari bo`lmasligi mumkin, ammo sun’iy intellektning ayrim turlaridan
foydalanishga doir qonunlar allaqachon mavjud.
-
Uchinchi modelda esa yuqoridagi ikki modelning kombinatsiyasi bo`lib,
gibrid model deya ta’riflashadi. Bunga AQSH mamlakatini misol qilib olsak bo`ladi.
Yuqoridagi mamlakatlarning sun’iy intellektni rivojlantirish bo`yicha
strategiyalariga e’tibor beradigan bo`lsak, ularning oldiga qo`ygan asosiy maqsadlari
quyidagilardn iborat:
-
Ta’lim sohasini rivojlantirish va aholini sun’iy intellektdan foydalanish
qobiliyatini oshirish;
-
Hukumatni raqamlashtirish va davlat xizmatini yaxshilash;
-
Iqtisodiyotni sun’iy intellekt asosida yanada o`sishiga olib kelish;
-
Zamonaviy kasblarni joriy etish va yangi kasb o`rinlarini yaratish
1
.
Sun’iy intellektning kelib chiqishi AQSh bilan bevosita bog`liq bo`lib, bu
sohadagi eng so'nggi ishlanmalar Shimoliy Amerikada yaratilmoqda. Biroq, boshqa
davlatlar “sun’iy intellektning super qudrati" maqomiga da’vogarlik qilmoqda. Misol
uchun Xitoy 2030 yilga kelib sun’iy intellekt bo`yicha jahon yetakchisi bo`lishni
1
Ryan Abbott,
The Reasonable Robot. Artificial Intelligence and the Law.
University of Surrey School of
Law, 2020.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-7
243
maqsad qilib qo`ygan va bu maqsadga erishish uchun katta sarmoya kiritmoqda,
ayniqsa “ma'lumotlar” dan strategik aktiv sifatida foydalanishga katta e’tibor
qaratmoqda. Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar ham global
yetakchilikka qaratilgan sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyalarini qabul qilgan.
Daniya, Tayvan va Janubiy Koreya kabi davlatlar ham sun’iy intellektni rivojlantirish
strategiyalarini ishlab chiqqan bo`lib, ular global yetakchilikka da’vo qilmasalar-da,
jamiyatda sun’iy intellektdan foydalanishni rag‘batlantirish va mahalliy ehtiyojlar
uchun sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqishni maqsad qilganlar
2
.
Jahon mamlakatlari qabul qilgan sun’iy intellektni rivojlantirish bo`yicha
strategiyalar orasida Qatar davlatining mazkur hujjati jozibador deb ta’riflanmoqda.
Chunki Qatar davlatining sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi o`zida hozirgi
davrdagi sun’iy intellektni jadallashtirishda odimlayotgan davlatlar, ularning yutuqlari
va Qatar mamlakatining ushbu sohani rivojlantirishdagi asosiy maqsadi, shuningdek
davlat uchun sun’iy intellektni mamlakat miqyosida keng joriy etishning foydali va
zararli tomonlari, yaqin kelajakda aqlli texnologiyalardan foydalanishdan kutilayotgan
imkoniyatlar va xavflar yetarlicha o`rganilib, 2030 yilgacha vaqt mobaynida jahon
mamlakatlarining mazkur sun’iy intellektni rivojlantirish va ommalashtirish
poygasidagi erishilishi kerak bo`lgan o`rni maqsad qilib ko`rsatilgan.
Qatar sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasida mamlakatning iqtisodiyotni
diversifikatsiya qilish bilimga asoslangan jamiyat bo`lish yo`lidagi muqarrar qadam
sifatida belgilandi. Bu Qatar tanlangan sohalarda global miqyosda raqobatbardosh
bo`lishi kerakligini anglatadi. Sun’iy intellekt inson faoliyatining barcha sohalariga
singib ketganligi sababli, sun’iy intellekt maydonida raqobatlashmaslik Qatarning
iqtisodiy tomondan yuksaltirish rejalariga jiddiy zarar yetkazadi.
Bundan tashqari sun’iy intellektni qo`llab-quvvatlaydigan avtomatlashtirish
xizmati barcha mamlakatlardagi bandlik o`rinlariga katta ta’sir ko`rsatadi. Qatar
fuqarolarining ko`pchiligi ma’muriy organlarning yuqori qatlam kasblarida band
bo`lganligi sababli, Qatarda ish vazifalari avtomatlashtirishga moyil bo`lib qolish
xavfining ehtimoli katta.
2
https://medium.com/politics-ai/an-overview-of-national-ai-strategies-2a70ec6edfd.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-7
244
Shuning bilan birgalikda yuqorida ta’kidlangan xavflardan tashqari bir qancha
ijobiy imkoniyatlari ham mavjudki, Qatar kam sonli, o`qimishli va axborot
texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo`lgan aholiga ega. Mamlakat ishchi kuchining
salohiyatini va qobiliyatini oshirishga xizmat qiladigan inson malakasiga qisqa vaqt
ichida sun’iy intellekt texnologiyalari orqali avtomatlashtirish evaziga erishish
imkoniyat mavjud.
To`rtinchi sanoat inqilobi deya e’tirof etilayotgan sun’iy intellektning
rivojlanishi va uning jamiyat sohalarida qo`llash katta ma’lumotlarga asoslanadi va
zamonaviy sun’iy intellekt modellari ularni qabul qilish va belgilangan vazifani
bajarishi uchun katta hajmdagi ma’lumotlarga ega bo`lishini talab qildi. Ma’lumotlar
(Data) sun’iy intellektni qayta tiklanishi uchun asos bo`ladigan asosiy boylik manbasi
hisoblanadi va uni ishlab chiqarish, undan foydalanish jarayonlari strategik jihatdan
amalga oshirilishi zarur. Mamalakatda yaqinda qabul qilingan “Ma’lumotlar maxfiyligi
to`g`risidagi” qonunga mos keladigan ma’lumotlarga keng tarzda kira olish va
ma’lumot almashishni osonlashtiradigan boshqarish qoidalari va ko`rsatmalarini ishlab
chiqishni Qatar sun’iy intellekt sohasida jahonda tezda yuqori natijani qo`lga kiritish
usuli deb baholamaoqda
3
.
Qatardagi "raqamli dunyo" ajoyib holatda, statistik ma’lumotlarga ko`ra, 2024-
yil yanvarida Qatar aholisi 2,73 million kishini tashkil qilgan bo`lsa, mazkur davrda
2,70 million internet foydalanuvchisi bo‘lgan
4
. Bu shuni ko`rsatadiki, aholining
internetdan foydalanish darajasi 99,0 foizni tashkil qilgan, bu dunyodagi eng yuqori
ko`rsatkichlardan biridir. Shuningdek, 2024 yil boshida Qatarda jami 4,75 million uyali
mobil aloqa faol bo`lgan, bu ko`rsatkich umumiy aholining 174,2 foiziga teng
hisoblanadi
5
. Internetdan keng foydalanish Qatar fuqarolarining doimiy ravishda
kompyuter bilan shug`ullanish, til va nutqni qayta ishlash va raqamli xaritalar kabi
sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish jarayonlari bilan mashg`ul
3
Qatar
Data
Privacy
https://compliance.qcert.org/sites/default/files/library/2020-
11/Law%20No.%20%2813%29%20of%202016%20%20on%20Protecting%20Personal%20Data%2
0Privacy%20-%20English.pdf
4
https://datareportal.com/reports/digital-2024-qatar
5
https://www.statista.com/statistics/1391657/qatar-number-of-internet-users/
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-7
245
bo`layotganini ko`rsatadi. Qatarda sun’iy intellekt haqida gap borsa, mazkur jamiyatda
kelajak allaqachon boshlangan.
Qatar sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasida o`zi uchun oltita poydevor
mavjudligini ko`rsatgan bo`lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:
-
Mahalliy aholini aqlli texnologiyalardan foydalanish ko`nikmasini
shakllantirish va iqtidorlilarni tayyorlash orqali sun’iy intellektni rivojlantirish
poygasida munosib qatnashish;
-
Erkin ma’lumotga ega bo`lish, ma’lumotlar almashish va ularni ulashishni
“Ma’lumotlar maxfiyligi to`g`risidagi” qonunga zid bo`lmagan ravishda boshqarish;
-
Bandlik o`rinlarida yangi, zamonaviy kasblarni yaratish;
-
Sun’iy intellekt texnologiyalari mamlakatning muhim iqtisodiy sohalarida
qo`llash orqali yangi biznes va iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish;
-
Qatar uchun neft va gaz, transport, sog‘liqni saqlash va kiberxavfsizlik
kabi strategik muhim sohalarda mamlakatda mavjud bo‘lgan sun’iy intellekt
tajribasidan foydalanish hamda Arab davlatlari orasida ushbu sohada yetakchi boʻlish
uchun biznesdan foydalanish holatlari uchun arab tilini qayta ishlashdan foydalangan
holda ilovalar yaratish;
-
Qatar axloqiy va davlat siyosati masalalarini hal qilish uchun “Sun’iy
intellekt etikasi va boshqaruvi” tizimini ishlab chiqish.
Bugungi
kunda
ko`plab
mutaxassislar
o`rtasida
sun’iy
intellekt
texnologiyasining kelgusi yillarda katta hajmdagi ish o`rinlari kelajagiga ta’siri haqida
qizg`in munozaralar davom etmoqda. Ushbu nazariyalarga ko`ra, sun’iy intellekt
texnologiyasi aholi bandliligining buzilishiga olib kelish ehtimoli katta, chunki hozirda
inson ishtirokini talab qiladigan ko`plab vazifalar sun’iy intellekt bilan almashtirilib
borilmoqda. Oksford universiteti tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan o`rganishlar
shuni ko`rsatayaptiki, yaqin kelajakda AQShda ish joylarining 40% dan ortig`i
avtomatlashtirilgan bo`lish xavfi mavjud. Sun’iy intellekt texnologiyasining Qatarga
ta’siri boshqa mamlakatlar boshdan kechirishi mumkin bo`lgan holatdan tubdan farq
qilishi mumkin. Mamlakatning sun’iy intellektni rivojlantirish hujjatiga binoan, Qatar
strategik ahamiyatga ega sun’iy intellekt texnologiyalariga puxta sarmoya kiritib,
bilimga asoslangan iqtisodiyotga o`tish haqidagi tasavvurini amalga oshirish uchun
sun’iy intellekt inqilobidan foydalanishi mumkin.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-7
246
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Qatarda 2,7 milliondan ortiq aholi yashasa,
shundan taxminan 10 foizini mahalliy qatarliklar, qolganlari esa boshqa mamlakatda
yashovchi qatarliklar tashkil etadi. Mahalliy qatarliklarning katta qismi harbiy va
xavfsizlik xizmatlaridan tashqarida bo`lgan, davlat sektorlarida faoliyat yuritadi va
ilmiy prognozlarga ko`ra, mazkur yuqori qatlam kasblari to`g`ridan to`g`ri sun’iy
intellekt bilan almashtirilishi yoki sohada sun’iy intellekt bilan faoliyatni kengaytirish
yo`lga qo`yilishi kutilmoqda
6
. Shuningdek hozirgi ishchi o`rinlardagi qatarliklarning
40 foizi universitetda ta’lim olgan, oliy ma’lumotga ega bo`lib, bu dunyodagi yuqori
ko`rsatkichlardan biridir. Shu sababli ham davlat o`z fuqarolarini malakali bo`lishga
undash orqali Qatar fuqarolari va sun’iy intellekt texnologiyasi hamjihatlikda ishlay
oladigan dunyodagi birinchi davlatlardan biriga aylanishni maqsadlaridan biri qilib
olgan.
Qatar davlatining sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasiga ahamiyat
beradigan
bo`lsak,
davlat
birinchi
navbatda
aholisining
sun’iy intellekt
texnologiyasidan foydalanish ko`nikmasini va madaniyatini shakllantirish, ta’lim
tizimida yoshlarning aqlli texnologiyalarni chuqur o`rganishi uchun shart-sharoitlarni
yaratib berishni oldiga asosiy vazifa etib belgilagan. Chunki jahonda yuz berayotgan
yangiliklardan bexabar bo`lgan, zamonaviy texnologiyani bilmaydigan oddiy odamlar
o`z ish o`rinlarini robotlarga berib qo`yadi, ularni boshqara olmaydi, shu bilan birga
aqlli texnologiyalaridan foydalangan holda faoliyat ko`rsatadigan yangi kasblarni
yarata olishmaydi. Bilimli aholi qatlamiga ega bo`lgan davlat har qanday inqilob
davrda, hattoki u ko`plab fuqarolarning ishchi o`rinlarini tortib olgan taqdirda ham
yangidan yangi kasblarni joriy qilgan holda hamda aynan inqilobga sababchi bo`lgan
texnologiyani boshqarish evaziga inqilobni katta ijtimoiy va iqtisodiy yutuqlar bilan
yenga oladi.
6
“The AI Advantage – How to Put the Artificial Intelligence Revolution to Work” Thomas H. Davenport
(“Sun’iy intellektning afzalligi – sun’iy intellekt inqilobini qanday amalga oshirish kerak” Tomas X.
Davenport) https://mitpress.mit.edu/books/ai-advantage
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-7
247
Mamalakat oldiga qo`ygan katta vazifalardan yana biri – sun’iy intellekt
texnologiyalarini davlat xizmatlarida keng qo`llagan holda aholi bilan ishlash
samaradorligini oshirish, katta hajmdagi ma’lumotlarga ega bo`lgan texnologiyalarni
yaratish. Ushbu yo`l orqali davlat barcha sohalarda, xususan ta’lim, sog`liqni saqlash,
madaniyat, mehnat munosabatlari va qishloq xo`jaligida fuqarolarga davlat
xizmatlarini qisqa vaqt ichida samarali tarzda yetkazib berishi mumkin.
Qatar davlati o`zining iqtisodiy o`sish manbasining kaliti bo`lgan neft va gaz
sanoati, moliyaviy sektori, aviatsiya sanoati va energiya ishlab chiqarish sohasiga aqlli
texnologiyalarni jalb qilgan holda jahonda yuqori iqtisodiy o`sishga erishishni keyingi
asosiy vazifa deb bilmoqda. Bundan tashqari arab davlatlari orasida birinchilardan
bo`lib, umuman arab davlatlariga tashrif buyuruvchi sayyohlarga hudud madaniyati,
tarixi va arab tilini o`rgatuvchi ilovalarini ishlab chiqish va ularni bo`lishishni va
mamlakat tibbiyot sohasida yangi sun’iy intellekt texnologiyalarini qo`llagan holda
mazkur sohadagi ta’limni va da’volash metodlarini ishlab chiqib, dunyoda
yetakchilikni egallash ham muhim oldinga qo`yilgan vazifalardan biridir.
Ayni paytda Qatar Buyuk Britaniyaning Oxford Insights tomonidan yuritiladigan
Hukumatni sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksida 34-o`rinni egallab turibdi. Ammo
strategiyada nazarda tutilgan vazifalar bajarilishi orqali hamda aholining sun’iy
intellekt haqidagi bilimini yuksaltirish, undan foydalanish ko`nikmasini shakllantirish
orqali yuqori o`rinni zabt etishi mumkin.
Yaxshi strategiya o`zgarishlarni keltirib chiqarishi, davlatga yaxshi natijalar olib
kelishi va maqsadi yo`lidagi potensial xavflarni bartaraf etishi mumkin. Mamlakatdagi
ma’lum bir sohani rivojlantirish yo`lida oldinga qo`yilgan vazifalarni bajarishda asos
bo`lib xizmat qiladigan yo`l xaritasining ya’ni strategiyaning mavjud bo`lishi
mamlakatning jahon miqyosida ushbu sohani rivojlantirish uchun kirishganini, zamon
bilan hamnafas ekanligini ko`rsatadi, shuningdek, mazkur sohada rivojlantirish nazarda
tutilgan maqsadlarga erishishni tezlashtiradi. Qatar mamlakatining ham sun’iy
intellektni rivojlantirish sohasidagi strategiyasi o`zining tuzilishi, tavsiyalari hamda
yaqin kelajakda bajarilishi kerak bo`lgan yorqin maqsadlari bilan boshqa rivojlanish
hujjatlaridan ajralib turadi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-7
248
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
Ryan Abbott,
The Reasonable Robot. Artificial Intelligence and the Law.
University of Surrey School of Law, 2020.
https://medium.com/politics-ai/an-overview-of-national-ai-strategies-
3.
“Qatar
Data
Privacy”.,
https://compliance.qcert.org/sites/default/files/library/2020-
11/Law%20No.%20%2813%29%20of%202016%20%20on%20Protecting%20Person
al%20Data%2 0Privacy%20-%20English.pdf
4.
https://datareportal.com/reports/digital-2024-qatar
https://www.statista.com/statistics/1391657/qatar-number-of-internet-
6.
“The AI Advantage – How to Put the Artificial Intelligence Revolution to
Work” Thomas H. Davenport (“Sun’iy intellektning afzalligi – sun’iy intellekt
inqilobini
qanday
amalga
oshirish
kerak”
Tomas
X.
Davenport)
