Authors

  • Zarifa Khusanova
    Samarqand davlat universiteti, PhD Samarqand

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.36298

Keywords:

onomastics anthroponomy nickname pseudonym nisba kunya secondary name icknames with positive neutral and negative connotations.

Abstract

Onomastic units, particularly anthroponyms, hold a significant position in terms of both quantity and quality. If a person’s name, surname and patronymic are considered as the main names in the context of anthroponomy, then nicknames, nisba, title, kunya are defined as “secondary names”. Nicknames hold a notable significance among such secondary names. In this small research work, nicknames that are of an important significance in Uzbek anthroponomy, their linguistic features, the methods and aspects of formation and creation, differential and similar features with other secondary names, such as pseudonym, nisba, kunya and titles, historical and cultural roots, role in artistic and spoken languages and their differences, methods of using, differences between historical and modern nicknames, studies of modern nicknames are discussed. Particularly, there are also some opinions about socio-cultural appearance of nicknames, spiritual impact of positive, neutral and negative nicknames and the concept of nebez.

background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

362

LAQABLARNING OʻZBEK ANTROPONIMIKASIDAGI OʻRNI

Xusanova Zarifa

Samarqand davlat universiteti, PhD Samarqand, Oʻzbekiston,

Email:

zarifahusanova8@gmail.com

ANNOTATSIYA

Til tizimida onomastik birliklar, jumladan, antroponimlar son va sifat jihatdan

muhim oʻrin egallaydi. Antroponimlar tarkibida kishi ismi, familiyasi, otaismi asosiy
nomlar sifatida sanalsa, taxallus, nisba, unvon, kunya kabilar “ikinchi nom” tarzda
ifodalanadi. Ana shunday ikkilamchi nomlar qatorida laqablar ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Ushbu kichik tadqiqotimizda oʻzbek antroponimikasida muhim ahamiyat
kasb etadigan laqablar, ularning lingvistik xususiyatlari, shakllanishi va hosil boʻlish
yoʻllarni va omillari, boshqa ikkilamchi nomlar – taxallus, nisba, kunya va unvonlardan
farqli va oʻxshash jihatlari, tarixiy va madaniy ildizlari, badiiy, soʻzlashuv uslubidagi
oʻrni va farqli jihatlari, qoʻllanish usullari, tarixiy va zanonaviy laqablarning farqli
xususiyatlari, zamonaviy nikneymlar haqida tahlillar berilgan. Shuningdek,
laqablarning ijtimoiy-madaniy koʻrinishlari, ijobiy, neytral va salbiy laqablarning
ma’naviy ta’siri hamda nebez tushunchasi borasida ham ayrim fikrlar oʻrin olgan.

Kalit soʻzlar

: onomastika, antroponimika, laqab, taxallus, nisba, kunya,

ikkilamchi nom, nebez, niknaym, ijobiy, neytral va salbiy mazmundagi laqablar.

THE ROLE OF NICKNAMES IN UZBEK ANTHROPONYMICS

ABSTRACT

Onomastic units, particularly anthroponyms, hold a significant position in terms

of both quantity and quality. If a person’s name, surname and patronymic are
considered as the main names in the context of anthroponomy, then nicknames, nisba,
title, kunya are defined as “secondary names”. Nicknames hold a notable significance
among such secondary names. In this small research work, nicknames that are of an
important significance in Uzbek anthroponomy, their linguistic features, the methods
and aspects of formation and creation, differential and similar features with other
secondary names, such as pseudonym, nisba, kunya and titles, historical and cultural
roots, role in artistic and spoken languages and their differences, methods of using,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

363

differences between historical and modern nicknames, studies of modern nicknames
are discussed. Particularly, there are also some opinions about socio-cultural
appearance of nicknames, spiritual impact of positive, neutral and negative nicknames
and the concept of nebez.

Key words

: onomastics, anthroponomy, nickname, pseudonym, nisba, kunya,

secondary name, nickname, nicknames with positive, neutral and negative
connotations.

РОЛЬ НИКНЕЙМОВ В УЗБЕКСКОЙ АНТРОПОНИМИКЕ

АННОТАЦИЯ

Ономастические единицы, в частности антропонимы, занимают

значительное место как в количественном, так и в качественном отношении. Если
в качестве основных имен в контексте антропонимики рассматриваются имя,
фамилия и отчество человека, то прозвища, нисба, титул, куня определяются как
«второстепенные имена». Прозвища имеют заметное значение среди таких
второстепенных имен. В этой небольшой исследовательской работе рассмотрены
прозвища, имеющие важное значение в узбекской антропонимики, их языковые
особенности, способы и аспекты формирования и создания, дифференциальные
и сходные признаки с другими второстепенными именами, такими как
псевдоним, нисба, куня и титулы, исторические и культурные корни, роль в
художественном и разговорном языков и их различия, способы употребления,
различия между историческими и современными прозвищами, исследования
современных прозвищ. В частности, существуют мнения о социокультурном
облике прозвищ, духовном воздействии положительных, нейтральных и
отрицательных прозвищ и понятии небез.

Ключевые слова:

ономастика, антропонимия, прозвище, псевдоним,

нисба, куня, вторичное имя, никнейм, прозвища с положительной, нейтральной
и отрицательной коннотацией.

Istiqlol yillarida oʻzbek onomastikasida antroponimlarga oid yirik ilmiy va

amaliy ishlar amalga oshirilgan boʻlsa-da, bu borada oʻz tadqiqini kutayotgan bir qator
masalalar ham mavjud. Xususan, oʻzbek tili antroponimik tizimida ism, otaism,
familiya, taxalluslar qatori katta oʻrin tutadigan, til, madaniyat, tarix va etnografiya,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

364

sotsiolingvistikaning yechimini kutayotgan dolzarb masalalari bilan bevosita aloqador
laqab va niknom kabi onomastik birliklar maxsus toʻplanmagan, deyarli oʻrganilmagan
yoki kam tahlil qilingan. Bunday onomastik birliklarni tadqiq etish oʻzbek
nomshunosligi oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Zero, tegishli ismni
(antroponim – ism, laqab, kunya, unvon, niknom..) oʻrganishning dolzarbligini inson
zotining oʻziga boʻlgan doimiy qiziqishi, shuningdek, zamonaviy fanda antropotsentrik
yondashuvlarning ustuvor ekanligi ham belgilab beradi. Zero, “Turkiy tillarning katta
oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik kechmishi,
uning orzu-intilishlari, dard-u armonlari va gʻalabalari bilan chambarchas bogʻliqdir.
Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytib
kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy
durdonalar yaratganlar” [1]

1

.

Laqablarni ijtimoiy-siyosiy maqsadda oʻrganish laqab beruvchi shaxs yoki

ijtimoiy guruhning siyosiy-ijtimoiy, madaniy va shaxsiy maqsadlarini bilish, laqab
qoʻyish jarayonini lingvomadaniy va lisoniy sabablarini, uning mexanizmlarini
oʻrganish, laqab egasi boʻlgan shaxs va ijtimoiy guruhning ijtimoiy mavqeyini aniqlash,
laqab tanlanishining ijtimoiy, badiiy-estetik, psixologik, lingvosemantik asoslariga
aniqlik kiritish, laqablarning ijtimoiy munosabatlarda hamda badiiy asar tili va
mazmunida tutgan oʻrnini, kommunikatsion jarayondagi lingvomadaniy xususiyatlarini
ochib berish maqsadida amalga oshiriladi. Shu jihatlari bilan laqablarning lisoniy
tadqiqi, nihoyatda, muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Jahon va turkiy tilshunoslikda antroponimlar tizimida muhim oʻrin turgan

ikkilamchi nomlar, xususan, laqablarning tadqiq tamoyillari, ularning lingvistik
tahliliga oid tadqiqotlar amalga oshirilgan boʻlib, rus tilshunosligida ham bu
yoʻnalishda bir necha tadqiqotlar mavjud. Bulardan A.M.Selichev, V.K.Chichagov,
G.V.Tropin, V.A.Gordlevskiy, N.A.Rodinalarning tadqiqotlari alohida ahamiyatga
egadir. Laqablar alohida antroponimik tadqiqot obyekti boʻlgan ishlar ham mavjud.
Qayd qilinganlardan tashqari, turli xalqlar tilidagi laqablar haqida bir qator kitoblar,
koʻp sonli maqolalar ham mavjud. Jumladan, turkologiya doirasida ozarbayjon
tilshunoslari

A.Qurbonov,

A.M.Pashayev

va

qoraqalpoq

tilshunosi

1

Prezident Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali

marosimdagi nutqi // “Xalq soʻzi”, 2019-yil, 22-oktabr.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

365

Y.N.Xodjalepesova, S.Zakirovlarning kuzatishlari diqqatga molik. A.Pashayevning
fikricha, laqab shaxs ismiga tirkaladigan qoʻshimcha nom sifatida kishining biror
belgisi yoki kasb-koriga ishora qiladi. Olim laqablarni boshqa yondosh hodisalardan
farqlashda V.A.Nikonovning “norasmiy”lik fikriga tayanib ish koʻradi.

Oʻzbek tilshunosligida laqablarni, jumladan, ikkilamchi nomlar sirasiga kiruvchi

taxallus, kunya, unvon va nisba nomlarning oʻrganilish tarixi uzoq davrlarga borib
taqaladi. Milliy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va madaniy ahamiyat kasb etuvchi bunday
nomlar oʻzbek xalqi tarixida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Jumladan, ilk yozma
yodgorliklarimiz boʻlgan qadimgi toshbitiglardan ham, Mahmud Koshgʻariyning
“Devonu lugʻati-t-turk” asarida ham bunday nomlarni uchratishimiz hamda ularning
lingvistik tahlilini ham koʻrishimiz mumkin. Turk olimi Abulfayz Kuli Amanoʻgʻlining
ma’lumot berishicha: “Devonu lugʻat-it turk”da (DLT) jami 110 ta kishi otlari
uchragani, ularning 43 tasi laqab, taxallus hamda Qoraxoniy hukmdorlari va
lashkarboshilarga berilgan unvon (laqab) ekani ma’lum [2; 5-13]

2

. Mahmud Koshgʻariy

laqab va unvonlarga, ularning ma’nosi va shaxslarga berilish sabablari haqida alohida
toʻxtaladi. Jumladan,

“tegin, tigin”,

“tutug, tarkan”

laqab va unvonlarini u atroflicha

izohlaydi hamda DLTdagi ma’lumotlardan qadimgi turkiy tilda laqablar keng
tarqalgani va ular ma’lum ijtimoiy-informativ xususiyat kasb etganini bilamiz. Bundan
tashqari, Alisher Navoiyning “

Tarixi muluki ajam

”, “

Tarixi anbiyo va hukamo

kabi tarixiy asarlarida ham qadimgi Eron shohlari, qadimgi Sharq va Yunonistonning
olim va anbiyolarining laqab va unvonlari xususida bahs yuritilgan oʻrinlar mavjud
boʻlsa, “Nasoyim-ul muhabbat”, “Majolis-un nafois” tazkiralarida esa ayni tarixiy
shaxslar – ayrim mashoyixlar, shoir va tarixchilarning kunyasi, taxallusi, nasabidan
tashqari laqablari ham keltirib oʻtilgan oʻrinlar koʻzga tashlanadi [3]

3

.

Hozirda oʻzbek tili toponimlari, antroponimlari boʻyicha salmoqli fundamental

tadqiqotlar yaratilganini, atoqli otlarning izohli, imloviy lugʻatlari tuzilganini, laqablar

2

Amanoğlu, Ebülfez Kulı. Divanu Luğat-it-Türk'deki Kişi Adları Üzerine. A.Ü. Türkiyat Araştırmaları Enstütüsü Dergisi. Sayı

15. Erzurum, 2000. - S.5-13.

3

А.Навоий. Тарихи мулуки ажам. -

https://n.ziyouz.com/books/alisher_navoiy_asarlari/Alisher%20Navoiy

.

%20Tarixi%20muluki%20ajam.pdf (Fevral, 2022); А. Навоий. Тарихи анбиё ва ҳукамо (Ботирхон Валихўжаев ва
Қобилжон Тоҳиров табдили). -Самарқанд: Зарафшон, 1994. -68 Б.

A. Navoiy, Nasoyim ul-muhabbat, Toʻla asarlar

toʻplami, 10 jildlik, 10-jild, Toshkent, Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2013, 648 bet. A. Navoiy, Majolis
un-nafois, Toʻla asarlar toʻplami, 10 jildlik, 9-jild, Toshkent, Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2013, 768
bet.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

366

va taxalluslar xususida ham jiddiy tadqiqotlar vujudga kelganini qayd qilish mumkin.
Jumladan, E. Begmatov, T.Qorayev, V.Vohidov, A.Nurmonov, N.Mahmudov,
T.Nafasov, N.Husanov, N.Uluqov, Gʻ.Sattorov, I.Xudoynazarov, A.Ishayev,
R.Sapayev,

Y.I.Avlaqulov,

M.Rashidova,

D.Xudoyberganova,

S.Kenjayeva,

Sh.Nizomovalarning tadqiqotlarida atoqli otlarning oʻziga xos jihatlariga munosabat
bildirib oʻtilgan. Bu ishlarda antroponimlarning tarkibiy qismi sifatida laqablarlarning
leksik-semantik, grammatik xususiyatlari yoritilgan, atoqli otlar, jumladan, laqab va
taxalluslarning yasalishi, etimologiyasi, nominatsion-motivatsion asoslari haqida
muayyan xulosalar berilgan. A.Ishayev, R.Sapayev, Y.I.Avlakulov, M.Rashidova
hamda X.Qodirovalar laqablarga oid alohida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.

Jumladan, yirik onomast-olim E.Begmatov laqablarni atoqli ot deb baholaydi,

faqat bunda ismni antroponimlarning asosiy kategoriyasi, laqab, taxallus va
familiyalarni esa “qoʻshimcha nominativ kategoriyasi” [4]

4

deb nomlagan. Chunki

shaxsni nomlashning asosiy vositasi ismdir, boshqa usullar esa antroponimik
nominatsiyada uni toʻldiruvchi qoʻshimcha vazifalarni oʻtaydi. E.Begmatovning
“Oʻzbek tili antroponimikasi” nomli monografiyasida oʻzbek antroponimlarining
tarixi, etnolingvistik, sotsiolingvistik jihatlari tadqiq qilingan; ismlardan tashqari
oʻzbek laqablari, taxalluslar, familiya va otaismlari ham keng tahlilga tortilib, laqablar
alohida bob sifatida oʻrganilgan. Olim laqablarni ma’no va motiviga koʻra 10 guruhga
ajratib tasnif qilgan [5; 13-14]

5

.

Laqab

atamasiga “shaxsga uning atrofdagilari

tomonidan beriladigan, kishining xarakterli belgi-xususiyatini ifoda qiluvchi, asosan,
shaxs ismi bilan birga qoʻllanuvchi nom” [6;44]

6

shaklida izoh beradi. Xususan,

M.Rashidova oʻzbek tilidagi laqablarini toʻplash va tadqiq qilish bilan shugʻullangan.
Ushbu izlanishlarning mahsuli sifatida “Oʻzbek tilidagi laqablarning leksik-semantik
va uslubiy xususiyatlari” nomli risola ham nashr qildirgan. Ushbu risolada laqablarning
tasnifi, tuzilishi, yasalishi, etimologiyasi va uslubiy xususiyatlari haqida ma’lumot
berilgan [7]

7

. Y.Avloqulov ham antroponimik birliklar ustida izlanishlar olib borgan

4

Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дис... канд. филол. наук. – Ташкент: Фан, 1965.

5

Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дис... канд. филол. наук. – Ташкент: Фан, 1965, 13-14-

бетлар

6

Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. –Ташкент: Фан, 1965, 44-б

7

Рашидова М. Ўзбек тилидаги лақабларнинг лексик-семантик ва услубий хусусиятлари. – Тошкент:

Иқтисодмолия, 2008. – 72 б.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

367

boʻlib, ism, laqab, taxalluslar antroponimik qatlamni tashkil qilishini [8;19]

8

ta’kidlaydi. Mazkur muallifning ham laqab va taxalluslarning xususiyatlari haqida
maqolasi mavjud.

Umuman, laqablarning lingvistik va tashqi omil ta’siri borasida bir necha

tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ammo, til antroponimik tizimida alohida oʻrin tutadigan
laqablar, ularning tarixiy va ijtimoiy koʻrinishlar, ijtimoiy-ahloqiy xusisiyatlari,
laqablarning berilish sabablari va boshqa sifatlari boʻyicha koʻplab tadqiqotlar
oʻtkazilish lozimdek, nazarimizda. Quyida tadqiqot oʻtkazish lozim deb hisoblaydigan
ayrim jihatlarni sanab oʻtishni lozim deb topdik. Jumladan, laqablarning onomastik
birlik sifatidagi lisoniy maqomini, vazifalarini, kommunikatsiya jarayonida tutgan
oʻrnini aniqlash; oʻzbek tilidagi laqablarining ijtimoiy, lisoniy-badiiy taraqqiyoti va
takomili jarayonlarini ochib berish; laqablarning boshqa antroponimik birliklar – ism,
otaism, familiya, unvon kunya bilan bogʻliqlik va farqli jihatlarini yoritish;
laqablarlarning kasbiy xoslanishi, lugʻaviy, nominatsion-motivatsion asosiga koʻra
tasnifi va tahlilini berish; laqablarni lingvomadaniy va tarixiy-etimologik jihatdan
leksik-semantik tahlil qilish va modellarini yoritish; laqablarning virtual olamdagi
shakli – nikneymlarning paydo boʻlishi va oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qilish.
Bundan tashqari ham amalga oshirilishi lozim boʻlgan jihatlar mavjud.

Laqablar insonga ismi, familiyasi yoki otaismi kabi doimo birga yashaydigan

ikkilamchi nom sanaladi. Ilmiy manbalarda laqab soʻzi quyidagicha sharhlangan:

laqab

– arabcha soʻz boʻlib,

“ikkinchi nom”, “taxallus”, “laqab”

ma’nolarini

anglatadi. Biror xususiyatiga koʻra kishiga hazil qilib yoki masxaralab beriladigan
qoʻshimcha nom; shuningdek, ma’lum maqsadda oʻzgartirib olinadigan nom [9]

9

, deya

izoh keltiriladi. Laqabning bir tushunchasi

“ikkinchi nom”

boʻlsa, demak, nom

tushunchasi va uning laqab tushunchasidan farqi izoh talab qiladi. “

Nom”

– forscha

soʻz boʻlib,

“ot, ism”; “shon-shuhrat, obroʻ”

ma’nolarini anglatadi [10]

10

. Bu soʻz

keng ma’noga ega boʻlib, avvalo, shaxs yoki narsalarga qoʻyilgan ot, ismni anglatishi
bilan “ism” leksemasiga sinonim hisoblanadi:

Zarifa, Samarqand, Boychibor

kabi.

8

Авлакулов Я.И. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи: Филол. фанлари номзоди дисс. …

автореф. – Tошкент, 2012. – Б.19.

9

Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-

жилд, 53-бет. Keyingi oʻrinlarda lugʻat nomi ЎТИЛ shaklida berib boriladi..

10

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 53-бет.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

368

Ammo

ism”

– arabcha soʻz boʻlib,

“nom, kishi oti”, “shaxsiy nom”

[11]

11

degan

ma’noni anglatishi bilan nom tushunchasiga nisbatan torroq ma’no kasb etadi va
odatda, bu soʻz faqat shaxs uchun ishlatiladi. Qadimgi turkiy tilda, jumladan, Mahmud
Koshgʻariyning “Devoni lugʻat-it turk” asarida keltirilgan “

atagʻ

” soʻzi laqab

ma’nosida qoʻllangan: “

Atagʻ

” – nom; laqab.

Qul ati anin boldi qulqa

atagʻ

// tapugʻ

qilsa tūn-kūn ula bolsa tag. – Qul oti shuning uchun qulga laqab boʻldiki, u togʻ-u
toshda tun-u kun ibodatda boʻlishi zarur. (QBN – 124a)

[12]

12

... Demak, “atagʻ –

laqab”

soʻzlari oʻzaro sinonim boʻlib, bir tushunchani ifodalaydi.

“Ikkinchi nom” tushunchasini ifodalashiga koʻra

laqab

tushunchasi

taxallus

tushunchasi bilan bir xil funksiyaga egadek koʻrinadi. Yuqoridagi manbada keltirilgan
izohga tayanadigan boʻlsak ham, laqabning yana bir ma’nosida “taxallus” tushunchasi
ham mavjud. Xususan, “

taxallus”

– arabcha soʻz boʻlib, “oʻz-oʻzini qutqarish, ozod

qilish, xalos boʻlish” ma’nolarini anglatadi. Biror ijodkor (shoir, yozuvchi, rassom,
olim va shu kabilar) yoki siyosiy arbobning oʻzi uchun tanlab olgan boshqa, ikkinchi
nomi [13]

13

. Masalan,

Lutfiy, Navoiy

. Ba’zida taxallus ham oʻzga shaxs tomonidan

qoʻyilishi mumkin: Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli avval oʻzi tanlagan “

Qalandar

taxallusi bilan ijod qilgan boʻlsa, keyinchalik ustozi Munavvar qori Abdurashidxonov
unga “

Choʻlpon

” – “

Tong yulduzi

” deb taxallus tanlab beradi [14]

14

va shoir shu nom

bilan nafaqat mashhur boʻlgan, balki oʻzbek adabiyoti va tarixida ham munosib oʻrin
egallagan. Ammo taxallus laqabdan farqli oʻlaroq ism kabi rasmiy maqomga ega
boʻladi va ularda taxallus egasining botiniy olami bilan bogʻliq motiv aks ettiriladi.
Oʻzbek tiliga Islom dini kirib kelishi onomastik birliklar, xususan, antroponimlar
tizimiga ham sezilarli ta’sir koʻrsatdi. Buning natijasi oʻlaroq “

kunya

” lanish jarayonini

aytish mumkin boʻladi.

Kunya

(kuniya) – arabcha soʻz boʻlib,

“laqab, nom”

degan

ma’noni anglatadi va kishining avlod-ajdodini, nasl, nasabini bildiruvchi kishi ismiga
hurmat yuzasidan qoʻshib ishlatiluvchi soʻz, nom. Xususan, arablarda

“abu”, “bint”,

“ibn”, “ummu”

soʻzlari kunya hisoblanadi [15]

15

. “

Unvon

” – arabcha soʻz boʻlib,

“adres”, “sarlavha, nom”, “belgi, ramz” kabi ma’nolarga ega. Bu soʻz koʻp ma’noli

11

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 232-бет.

12

Қадимги туркий тил луғати. Тузувчи: Қ.Каримов. Тошкент: Mumtoz soʻz, 2009, 112-бет.

13

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 4-жилд, 15-бет

14

https://ziyouz.chulpon

15

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 2-жилд, 432-бет.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

369

boʻlib, bu soʻz kishiga biror ish-faoliyat sohasida alohida xizmatni yoki mutaxassislik
darajasini e’tirof etadigan, vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan
nomni anglatadi va u ham antroponimik tizimda ikkinlamchi nom sanaladi. Bundan
tashqari, Islom dunyosida nisba tushunchasi ham mavjud boʻlib, manbalarda u
quyidagicha izohlanadi: “

n

isba

(arabcha nsbẗ - “munosabatlar”, “bogʻlanish”) arab-

musulmon nomining bir qismi boʻlib, shaxsning nasl-nasabi, etnik, diniy, siyosiy,
ijtimoiy mansubligi, tugʻilgan joyi yoki yashash joyini va hokazolarni bildiradi. Odatda

nisba

morfologik koʻrsatkich - oxiridagi “va” (arabcha -iy) qoʻshimchasi sanaladi.

Masalan,

Buxoriy, Samarqandiy, Nasafiy

kabi. An’anaviy tarzda oʻrnatilgan tartibga

koʻra,

nisba

kunya, alam, nasab va laqabdan keyin ismning eng oxirida qoʻyiladi va

ular ham ikkilamchi nomlarning bir koʻrinishi hisoblanadi.

Laqablar shakllanishining lingvistik va ekstrolingvistik omillari mavjud. juladan,

boshqa tillar kabi oʻzbek tilida ham laqablar hosil boʻlishining lisoniy omili muhim
oʻrin tutadi. Ayniqsa, kishi ismlarining buzib, oʻzgartirib talaffuz etilishi natijasida
fonetik va grammatik mexanizm eng faollaridan biridir. Xususan, endi tili chiqqan bola
katta yoshdagi aka-opalarining ismini ayta olmay notogʻri, aniqrogʻi oʻz me’yorida
talaffuz qilishi orqali kishida oilaviy yangi laqab paydo boʻladi. Masalan, “

Toyir

”ni

Toy

”; “

Karim

”ni “

Tayim

” “Muborak”ni “Yubalak” deb talaffuz qilishi kattalarning

ham bolaga taqlidan kishilarga bola tilida murojaat qilishiga sharoit yaratadi va oʻz-
oʻzidan yangi laqab paydo boʻladi. Shuningdek,

Nilu

(Nilufar),

Mamush

(Ma’mura),

Shurik

(Shuhrat) – ismlarning erkalatish, suyish maqsadida qisqartirib yoki oʻzgartirib

talaffuz qilinishi orqali paydo boʻlgan murojaat laqablar;

Dilap

(Dilafruz),

Toyir

(Tohir) – ismlarning shevadan kelib chiqib (aslida bu holat ayrim tovushlar (f, h) ning
asl turkiy xalqlarga xos emasligi tufayli talaffuzda toʻliq aytilmasligi bilan bogʻliq)
orfoepik me’yor bilan talaffuz qilinishidan paydo boʻlgan murojaat laqablar ham
fonetik-orfoepik mexanizm asosida hosil boʻlgan. Bunday laqab laqablanuvchiga
bilvosita aloqador boʻladi, ularda, asosan, subyekt munosabati ifodalanadi.
Laqablarning shakllanish mexanizmida til qurilishining qaysi qismlari ishtirok etishi
mumkinligi ham alohida tadqiq talab etadi. Avvalo, laqablarni hosil qiluvchi
birliklarning turkumi, ya’ni morfologik jihatiga toʻxtalaylik. Laqablar belgi-xususiyat
va harakat-holatlarga asoslanishini inobatga olsak, asosan, ot (

it, ilon, chayon, doʻppi,

shapka, quloq, oyoq va atoqli otlar ham

) va sifat (

qopagʻon, chuchchi, sariq, zolim,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

370

qiyshi)q

turkumiga oid leksik birliklar (qisman ravish, fe’l, taqlid soʻzlar, undov soʻzlar,

modal soʻzlar) bilan ifodalanadi.

Shuningdek, aytish joizki, laqablar har doim ham bir soʻzdan iborat boʻlmasligi

mumkin. Shunga koʻra laqablar tuzilishi ikki xil boʻladi:

Sodda laqablar.

Bir asosdan

tashkil topgan laqablar: Umar

zakunchi, Kobra

(Shavkat Qudratovich)

, Qora

amma,

Tuya

amaki,

giroy

(Muzaffar),

ma’lim

(Samadov – Robiyaning dadasi), Rashid

abzi

(

Oʻtkir Hoshimov, “Ikki eshik orasi”

romani qahramonlari).

Murakkab laqablar

. Ikki

va undan ortiq leksik birlikdan tashkil topadi va bir ma’no butunlikni tashkil etadi.
Murakkab laqablarni bevosita quyidagicha tasniflash mumkin: qoʻshma soʻz bilan
ifodalanuvchi:

Oqpodsho

, Orif

oqsoqol, Xumkalla, Mirzaterak

; juft soʻz bilan

ifodalanuvchi:

Shaldir-shuldir, Kirdi-chiqdi

; takroriy soʻz bilan ifodalanuvchi:

Xir-xir

,

Shu-shu

domla

; Ibora bilan ifodalanuvchi: “

Bir qop yongʻoq

”, “

Yetti oʻlchab, bir kesar

(Sharifning xotini); Sintaktik birliklar bilan ifodalanuvchi: “

Yotsa turmas

” (Sharif),

kuzurlarning kuzuri

(Yaxshiboyev),

sun’iy yoʻldoshlar

(Yaxshiboyevga qoʻshni ikki

hamxona bemor – Baxshulla Ostonov va uning sherigi).

Tildagi har qanday ismning oʻziga xos lingvistik va ekstralingvistik ma’no

komponentlari mavjud boʻlib, ular qatoriga, birinchidan, maxsus nomlash
motivlarining mavjudligi, tilda nom mavjudligining oʻziga xos tomonlari (ismlarda
boshqa lingvistik belgilarga koʻra nominativ xususiyatining kuchliligi) kiradi. Ismning
zamonaviy idrok qilinisihi, ismning tarixi, uning etimologik asoslari ham shular
jumlasidandir. Boshqa bir tomoni esa jamiyatda ismning lingvistik belgi sifatida
mavjud boʻlishi uchun maxsus shart-sharoitlarning borligidir, ya’ni ismning madaniy
va tarixiy assotsiatsiyalari, oʻzi nomlovchi obyekt bilan oʻziga xos munosabati,
obyektning nomi va uning bilinish darajasi kabi lingvistik va ekstralingvistik shart-
sharoitlar bilan bogʻliqdir.

Bundan tashqari, tildagi salbiy, ijobiy va neytral semantikali soʻzlarning laqabga

koʻchishida maʼnoviy motivatsiya muhim rol oʻynaydi. Har qanday nom maʼlum
motivga asoslanadi. Laqab bilan shaxsning ismi, familiyasi, uning mental va jismoniy
xususiyatlari oʻrtasida bevosita yoki bilvosita ma’noviy aloqalar mavjud. Chunonchi,
motivatsiya predmetlarga nom berilayotganda ularning belgisini bildiradi va ana shu
predmetga nom berilayotganda turtki beradi. Motivatsiya nominatsiyadan oldin paydo
boʻladi. Laqabdagi qoʻshimcha madh etish, maqtash, ulugʻlash, kamsitish, ayblash,
salbiy boʻyoqda koʻrsatish, yashirin ma’no berish kabi xususiyatlarning mavjudligi uni


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

371

inson yoki hayvonga “yopishtirishga” asos boʻladi. Boshqa onomastik birliklar qatori
laqablar ham yasalish jihatidan oʻzining maxsus lisoniy bazasiga, yaʼni birlik, usul va
vositalariga ega emas. Tildagi mavjud apellyativlar, soʻz yasalishining affiksatsiya,
kompozitsiya, leksik-semantik usul va modellar laqablar uchun lisoniy baza boʻlib
xizmat qiladi.

İsmlar kabi laqab kabi “ikkinchi nom”lar ham ijobiy mazmun kasb etishi lozim.

Bu esa ularning shakllanish omillariga bogʻliq boʻlib, laqab qoʻyuvchi kishining
ishtimoiy-ahloqiy ma’naviyatiga bogʻliq sanaladi. Laqab berish qadimiy unsur sanaladi
va har doim ham faol qoʻllanib kelingan. Ularning salbiy ma’no kasb etish koʻpayib
ketishi yuzasidan jamiyat ijtimoiy-diniy nazorat oʻrnatilib kelingan. Jumladan, Islom
olamida qoʻllaniladigan “nebez” tushunchasi shunday ahloqiy nazorat tizimining bir
koʻrinishi sanaladi. Laqab shaxsga asl ismidan alohida berilgan ikkinchi ism; faxriy
unvon; xalifa va sultonlarning hukmronligini ifodalaydigan unvondir. Tilshunoslar
laqabning tilda hukm surishini “

nebez

” holati bilan izohlaydilar.

Nebez

“birovga

kamchiligini yashirgan holda ehtiyotkorona murojaat qilish” [16]

16

, degan ma’noni

anglatadi. Biroq keyinchalik, “sifatlash, ta’riflash” ma’nosini anglatuvchi va umuman,
“kishilarning mehr sifatida olinib, jamiyatda uni ulugʻlaydigan ism” ma’nosini
bildiruvchi na’t laqab uchun ham qoʻllanila boshlagan. Shunday qilib, laqab “maqtov
yoki tanqidni ifodalovchi ism yoki sifat” ma’nosini olgan. Bunga misol sifatida buyuk
oʻzbek adibi Alisher Navoiyni misol keltirishimiz mumkin. Alisher Navoiyning
yuqorida misollar keltirilgan asarlarida qoʻllanilgan laqablarni tom ma’nodagi badiiy
matndagi laqablar deb boʻlmaydi. Buyuk adib ilk oʻrta asrlar va musulmon Sharqining
buyuk siymolari, mashoyixlar, din arboblari va tarixiy shaxslariga doir biografik
ma’lumotlarni keltirar ekan, ularga davr jamoatchiligi (xalq) yoki shaxslarning oʻzlari
tomonidan qoʻyilgan laqablarni keltirgan, xolos. Aslida bu nomlarning aksariyatini
toʻla ma’noda laqab deb emas, laqab-epitet deb atash mumkin. Oʻsha qadimgi davrlarda
amalda boʻlgan antroponimik an’analar ta’sirida yuzaga kelgan. Ya’ni, bu laqablar
shaxsga asl ismidan alohida berilgan ikkinchi ism; bu hol

nebez

– “birovga kamchiligi

yashirgan holda ehtiyotkorona murojaat qilish”, degan ma’noni anglatadi. Bu hol
“sifatlash, ta’riflash” ma’nosini anglatuvchi va umuman “odamlarning mehr sifatida
olinib, jamiyatda uni ulugʻlaydigan ism” ma’nosini bildiruvchi na’t holatidir va u laqab

16

https://islamansiklopedisi.org.tr/lakap


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

372

uchun ham qoʻllanila boshlagan. Shunday qilib, laqab oʻrta asrlarda “maqtov yoki
tanqidni ifodalovchi ism yoki sifat” ma’nosini olgan. Qolaversa, yuqorida keltirilgan
laqablar oʻsha shaxslarga muallif (Navoiy) tarafidan berilmagan, u badiiy tafakkur
mahsuli ham emas. Ammo bu laqablar tarixiy shaxslar haqida yaratilgan badiiy
asarlarning emotsional boʻyogʻi vazifasini bajaradi. Afsuski, bugungi kunda laqab va
boshqa ikkilamchi nomlarning aksariat qismi salbiy ma’no kasb etadi va inson sh’ni,
qiymati hamda obroʻyiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun ham laqablar va
umuman, ikkilamchi nom haqida tadqiqotlar oʻtkazish hamda ijobiy mazmun kasb
etadigan laqablarning xususiyatlarini toʻlaroq ochib berishga harakat qilish lozim.
Muloqot jarayonida salbiy laqablar bilan murojaat qilish inson psixologiyasiga ham
ta’sir qilmay qolmaydi.

Laqab tanlanishining muhim omillaridan biri motivatsiyadir. Har qanday nom

maʼlum motivga asoslanadi. Bu jarayon

motivatsiya

deb yuritiladi. Yaʼni, motivatsiya

soʻzlar oʻrtasidagi ularning motivlanganligini namoyon etuvchi aloqa, motivatsion
aloqa (munosabat)ning oʻzidir. Laqab bilan shaxsning (hayvonning) ismi, familiyasi,
uning mental va jismoniy xususiyatlari oʻrtasida bevosita va bilvosita ma’noviy aloqa
mavjud. Chunonchi, motivatsiya predmetlarga nom berilayotganda ularning belgisini
bildiradi va ana shu predmetga nom berilayotganda turtki beradi. Motivatsiya dalil
keltirish, isbotlash, turtki berish maʼnosini anglatib, nominatsiyadan oldin paydo
boʻladi. Demak, nomlashda maʼlum belgi-xususiyatlarga asoslanish jarayoni
motivatsiyadir. Laqabdagi qoʻshimcha madh etish, maqtash, ulugʻlash, kamsitish,
ayblash, salbiy boʻyoqda koʻrsatish, yashirin ma’no berish kabi xususiyatlarning
mavjudligi uni inson yoki hayvonga “yopishtirishga” asos boʻladi. Boshqa onomastik
birliklar qatori laqablar ham yasalish jihatidan oʻzining maxsus lisoniy bazasiga, yaʼni
birlik, usul va vositalariga ega emas. Tildagi mavjud apellyativlar, soʻz yasovchi
affikslar, usul va modellar laqablar uchun lisoniy baza boʻlib xizmat qiladi, deyish
mumkin.

Ma’lumki, laqablar boshqalar tarafidan nomlaluvchi murojaat quroli sanadi.

Ammo kishi oʻz-oʻziga ham laqab qoʻyish mumkin. Bugungi globallashgan axborot
texnologiyalar zamonida bu hol ommalishib borayapti. Jumladan, virtual olamdagi
laqablar – nikneymlar shular jumlasidandir. Hech qanday toʻsiqsiz ijtimoiy tarmoqlarda
kishilar, ayniqsa, yosh avlod oʻzi yoqtirgan nomlar – nikneymlar tanlamoqda. Shunday
ekan nikneymlarni laqablarning bir koʻrinishi sifati oʻrganish bugungi kunning dolzarb


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

373

ahamiyatli tadqiqotlaridan biri hisoblanadi. Bizningcha, nikneymlarning asosiy
xususiyati oʻz-oʻziga erkin laqab tanlash hisoblanadi. Bunda, nikneym egasining
madaniy, ma’naviy va ilmiy saviyasi, laqablanuvchi kishining orzu va umidlari hamda
dunyoqarashi muhim omildir.

Bizning kuzatishlarimizga koʻra, Internetdagi muloqotlarda qoʻllaniladigan

nikneym-laqablar bir yoki ikki soʻzdan iborat boʻlishi mumkin. Tub soʻzdan yoki
qoʻshma soʻz va soʻz birikmalaridan iborat taxalluslar, koʻpincha, atoqli otlar yoki
“aniqlovchi+aniqlanmish” qolipidagi birikmalar boʻlib, laqab kichraytirish-erkalash
(

“sevimli”, “ofatijon”, “boʻzbola”, “sheryigit”, “muloyim”, “yoqimtoy yigitcha”,

“oshiq”, “koʻpni koʻrgan”, “inson doʻsti”

kabi) yoki norasmiy-erkin murojaat

(

“telba”, “shaharlik olifta”, “terminator”, “botir bola”, “qoʻrqmas”, “sheryurak”,

“iskaptopar”)

ma’no-mazmunlarini tashishi mumkin.

Turdosh otlar ham nikneym sifatida ishlatiladi. Virtual muloqot ishtirokchilari,

koʻpincha, hayvonlar va qushlarning nomlariga murojaat qilishadi, bu holda

“xoʻroz”,

“sherlar qiroli”, “yoʻlbars”, “boʻzboʻri”, “tulkivoy”, “toshbaqa”, “lochin”

kabi

nikneymlar vujudga keladi. Ayrim yoshlar (oʻzbek boʻlsa-da) esa xuddi shunday
mazmun tashuvchi ruscha, inglizcha yoki boshqa til variantlaridan ham foydalanishadi,
“dikiy volk”, “seriy volk”, “krasavchik”, “chelovik pauk”, “bogatiy”, “prinsessa”,
“life”, “zizi”, “miss...” va hokazo. Internetdagi muloqot yoki oʻyin ishtirokchilari,
odatda, lotin alifbosidan foydalanadilar, hozir mamlakatimizdagi 30 yosh atrofidagi
yosh avlod vakillari lotin yozuvini qoʻllasa (bu kontingent eng faol virtual muloqotda
boʻladi), 40 yosh atrofidagilar va undan katta yoshdagilar kirill alifbosidan
foydalanadilar.

Ijtimoiy hayotda tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tufayli turli maʼnaviy

qadriyatlar yaratiladi, tarqatiladi va oʻzlashtiriladi. Bu oʻrinda kishilar orasida nutqning
shakl va mazmunini belgilaydigan, uni ma’lum qoliplar doirasida ushlaydigan,
jumladan, kishilarning axloqiy-ma’naviy xususiyatlari, oʻzligi, odobi va turmush
tarzini belgilaydigan ijtimoiy axloq va uning shakllari muhim ahamiyatga ega.
Kishilarga qoʻyiladigan laqablar ham ana shu nuqtayi nazardan fazilatlar va illatlarga
qarab beriladi. Fazilatlar va illatlarning miqdori chegaralanmagani kabi tildagi laqablar
koʻlami ham chegaralanmagan.

Laqablar keng nutqiy iste’molda boʻlgan til sohalari

jonli soʻzlashuv va

shevalardir. Tadqiqot davomida Xorazm shevasida, shuningdek, Samarqand viloyati


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

374

jonli soʻzlashuv tilidagi laqablar oʻrganilganda, Xorazmda kishining shaxsi, avvalo, u
mansub boʻlgan urugʻ, toʻpning laqabi, keyin shaxsning personal ismi va laqabi bilan
aniqlanishi qayd etildi va hozirga qadar bu tizim muomaladan chiqmaganini, aksincha,
jonlanib, avj olganini koʻrsatadi. Samarqandda talabalar va maktab oʻquvchilari orasida
oʻtkazilgan soʻrovnomalardan ma’lum boʻldiki, yoshlar orasida laqablarning
sinxronlashuvi kuchlidir. Laqablarning klassik shakllari jonli til bilan bogʻliq boʻlsa,
nikneymlar virtual dunyodagi kommunikativ aloqa bilan bogʻliq boʻlgan laqablarning
bir koʻrinishidir. Nikneymlar soʻzlovchining oʻzi tanlashi bilan real hayotdagi
laqablardan biroz farq qiladi, ammo uni laqab bilan birlashtiruvchi nuqtalari ikkilamchi
nominativligi bilan bogʻliqligi, insonning shaxsiy jismoniy-fiziologik koʻrsatkichlariga
aloqador ekanligi, sirlilik, maxfiylik elementlarini tashishidir.

FOYDALANİLGAN ADABİYOT VA MANBALAR

1.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi

berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi // “Xalq soʻzi”,
2019-yil, 22-oktabr.

2.

Amanoğlu, Ebülfez Kulı. Divanu Luğat-it-Türk'deki Kişi Adları Üzerine.

A.Ü. Türkiyat Araştırmaları Enstütüsü Dergisi. Sayı 15. Erzurum, 2000. - S.5-13.

3.

А.Навоий. Тарихи мулуки ажам. -

https://n.ziyouz.com/books/alisher_

navoiy_asarlari/Alisher%20Navoiy

. %20Tarixi%20muluki%20ajam.pdf (Fevral,

2022); А. Навоий. Тарихи анбиё ва ҳукамо (Ботирхон Валихўжаев ва
Қобилжон Тоҳиров табдили). -Самарқанд: Зарафшон, 1994. -68 Б.

A. Navoiy,

Nasoyim ul-muhabbat, Toʻla asarlar toʻplami, 10 jildlik, 10-jild, Toshkent, Gʻ.Gʻulom
nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2013, 648 bet. A. Navoiy, Majolis un-nafois,
Toʻla asarlar toʻplami, 10 jildlik, 9-jild, Toshkent, Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot
matbaa ijodiy uyi, 2013, 768 bet.

4.

Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дис... канд.

филол. наук. – Ташкент: Фан, 1965.

5.

Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дис... канд.

филол. наук. – Ташкент: Фан, 1965, 13-14-бетлар

6.

Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. –Ташкент: Фан, 1965, 44-б

7.

Рашидова М. Ўзбек тилидаги лақабларнинг лексик-семантик ва

услубий хусусиятлари. – Тошкент: Иқтисодмолия, 2008. – 72 б.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6

375

8.

Авлакулов Я.И. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик

тадқиқи: Филол. фанлари номзоди дисс. … автореф. – Tошкент, 2012. – Б.19.

9.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон

миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 53-бет.

10.

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий

энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 53-бет.

11.

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий

энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 232-бет.

12.

Қадимги туркий тил луғати. Тузувчи: Қ.Каримов. Тошкент: Mumtoz

soʻz, 2009, 112-бет.

13.

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий

энциклопедияси” нашриёти, 4-жилд, 15-бет

14.

https://ziyouz.chulpon

15.

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий

энциклопедияси” нашриёти, 2-жилд, 432-бет.

16.

https://islamansiklopedisi.org.tr/lakap

References

Prezident Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi // “Xalq soʻzi”, 2019-yil, 22-oktabr.

Amanoğlu, Ebülfez Kulı. Divanu Luğat-it-Türk'deki Kişi Adları Üzerine. A.Ü. Türkiyat Araştırmaları Enstütüsü Dergisi. Sayı 15. Erzurum, 2000. - S.5-13.

А.Навоий. Тарихи мулуки ажам. - https://n.ziyouz.com/books/alisher_ navoiy_asarlari/Alisher%20Navoiy. %20Tarixi%20muluki%20ajam.pdf (Fevral, 2022); А. Навоий. Тарихи анбиё ва ҳукамо (Ботирхон Валихўжаев ва Қобилжон Тоҳиров табдили). -Самарқанд: Зарафшон, 1994. -68 Б. A. Navoiy, Nasoyim ul-muhabbat, Toʻla asarlar toʻplami, 10 jildlik, 10-jild, Toshkent, Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2013, 648 bet. A. Navoiy, Majolis un-nafois, Toʻla asarlar toʻplami, 10 jildlik, 9-jild, Toshkent, Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2013, 768 bet.

Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дис... канд. филол. наук. – Ташкент: Фан, 1965.

Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дис... канд. филол. наук. – Ташкент: Фан, 1965, 13-14-бетлар

Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. –Ташкент: Фан, 1965, 44-б

Рашидова М. Ўзбек тилидаги лақабларнинг лексик-семантик ва услубий хусусиятлари. – Тошкент: Иқтисодмолия, 2008. – 72 б.

Авлакулов Я.И. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи: Филол. фанлари номзоди дисс. … автореф. – Tошкент, 2012. – Б.19.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 53-бет.

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 53-бет.

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 232-бет.

Қадимги туркий тил луғати. Тузувчи: Қ.Каримов. Тошкент: Mumtoz soʻz, 2009, 112-бет.

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 4-жилд, 15-бет

ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 2-жилд, 432-бет.