ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
376
OʻZBEK TILIDA SONLAR VA ULARNING TARIXIY-TADRIJIY
TARQQIYOTI
Baynazarov Z.
Samarqand davlat universiteti dotsenti, Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori
https://orcid.org/0000-0001-5874-4246
ANNOTATSIYA
Son nomlari lisoniy manba sifatida tilshunoslikda oʻrganilib kelinayotgan
sohalardan biridir. Boshqa tillar kabi oʻzbek tilida ham son soʻz turkumi bir sath
hisoblanib, uning lingvistik xususiyatlar, turlari va ifodalanishi, nutq jarayonida
bajaradigan vazifasi, pragmastilistik jihatlari tilshunoslik fanida oʻrganilib kelinadi. Biz
fikr yuritmoqchi boʻlgan sonlar tarixi va etimologiyasi ham qisman tadqiq qilingan,
qiziqarli lisoniy zahiraga ega boʻlgan soha sanaladi. Lingvistik va pragmastilistik
xususiyatlari oʻrganilgan sonlarning lingvomadaniy jihatlari ham borki, ularni lisoniy
material sifatida ijtimoiy-madaniy tomonlarini etimologik tahlil bilan birga oʻrganish
koʻproq ilmiy natija beradi. Shuning uchun ham ushbu kichik tadqiqotimizda oʻzbek
tili tarixida sonlar, ularning lingvomadaniy, lingvostatistik va etimologik xususiyatlari
oʻrganish maqsad qilib belgiladik hamda lisoniy obyekt sifatida VII-IX asrlarda
yaratilgan toshbitiglar matnlarini tanlab oldik. Tanlagan tadqiqot obyektimiz keng
koʻlamli boʻlgani uchun toʻplamgan materiallar ichidan faqat tub sonlarning qoʻllanish
statistikasi, ijtimoiy-madaniy xususiyatlari va ularning kelib chiqisg etimologiyasini
tahlil qilishga harakat qildik.
Kalit soʻz
: son, birlik, oʻnlik, yuzlik, statistika, etimologiya, qadimgi turkiy til,
toshbitiglar, sonning vazifasi, sonning tuzilishi, raqamlar.
NUMBERS AND THEIR HISTORICAL-PROGRESSIVE DEVELOPMENT IN
THE UZBEKI LANGUAGE
АННОТАЦИЯ
Названия числительных как лингвистический ресурс являются одной из
областей, изучаемых в лингвистике. В узбекском языке, как и в других языках,
имя числительное рассматривается как один часть речи, а его языковые
особенности, виды и выражения, его функция в речевом процессе,
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
377
прагматические аспекты изучаются в науке языкознании. История и этимология
чисел, о которых мы собираемся поговорить, также является частично
исследованной областью с интересным языковым запасом. Лингвистические и
прагматические особенности изучаемых числительных также имеют
лингвокультурологический аспекты, и изучение их как лингвистического
материала наряду с социокультурными аспектами наряду с этимологическим
анализом дает больше научных результатов. Поэтому в этом небольшом
исследовании мы поставили цель изучить числа в истории узбекского языка, их
лингвокультурные, лингвостатистические и этимологические характеристики, а
в качестве объекта исследования выбрали тексты каменных надписей, созданных
в VII-IX веках. Поскольку выбранный нами объект исследования является
масштабным, мы постарались из собранных материалов проанализировать
только
статистику
использования
простых
чисел,
социокультурные
характеристики и этимологию их происхождения.
Ключевые слова
: число, единица, десятичная, сотая, статистика,
этимология, древнетюркский язык, надписи на камнях, функция числа, структура
числа, числа.
ЧИСЛА И ИХ ИСТОРИКО-ПРОГРЕССИВНОЕ РАЗВИТИЕ В
УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ
ANNOTATION
Numerals as a linguistic resource are one of the areas studied in linguistics. In
the Uzbek language, as in other languages, the numeral is considered as one part of
speech, and its linguistic features, types and expressions, its function in the speech
process, pragmatic aspects are studied in the science of linguistics. The history and
etymology of numbers, which we are about to talk about, is also a partially explored
area with an interesting linguistic reserve. The linguistic and pragmatic features of the
studied numerals also have linguocultural aspects, and studying them as linguistic
material along with sociocultural aspects along with etymological analysis provides
more scientific results. Therefore, in this small study, we set a goal to study numbers in
the history of the Uzbek language, their linguocultural, linguostatistical and
etymological characteristics, and as the object of study we chose the texts of stone
inscriptions created in the 7th-9th centuries. Since the research object we have chosen
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
378
is large-scale, we tried to analyze only the statistics of the use of prime numbers,
sociocultural characteristics and the etymology of their origin from the collected
materials.
Key words:
number, unit, decimal, hundredth, statistics, etymology, ancient
Turkic language, inscriptions on stones, number function, number structure, numbers.
KIRISH.
Kishilik jamiyati paydo boʻlibdiki, son va raqamlarning ahamiyati
muhim rol oʻynaydi. Milliy-madaniy koʻrsatkich sifatida talqin etilayotgan raqamlar
har bir xalqning ma‘naviy tafakkuri, dunyoqarashi, milliy mentalitetini ifodalovchi
oʻziga xos lingvomadaniy belgidir. Vaqtlar oʻtgan sari raqamlar milliy-madaniy kod
darajasiga koʻtarilib, muayyan xalqning marosimlari, urf-odatlari va hayot tarzini
ifodalovchi koʻrsatkichlar qatoridan joy oldi-ki, hatto ularning xususiyatlari va inson
hayotidagi oʻrni masalalarini oʻrganuvchi maxsus fan - numerologiya paydo boʻldi.
Insonlar raqamlarga ilohiy libos kiydirdilar, natijada turli millatlarda raqamlar bilan
bogʻliq oʻziga xos qarashlar maydonga keldi
1
. Dastlabki davrlarda raqamlar soʻz bilan
ifodalangan. Inson ijtimoiy xoʻjalik faoliyatining rivojlanib borishi natijasida soʻzdan
mukammal va sodda koʻrinishdagi belgilarga ehtiyoj paydo boʻlgan. Manbalarda
keltirilishicha, ilk sonni ifodalovchi raqamlar Qadimiy Bobil va misrliklarga tegishlidir.
Misr ieroglif raqamida sonlarni ifodalash uchun maxsus rasm-belgilar, keyinroq ieratik
va demotik yozuvlari paydo boʻldi. Bobil raqamlari (miloddan avvalgi 2000-yil boshi),
asosan, 1, 10, 60 va 100 ni bildiruvchi mixxat belgilari boʻlib, boshqa barcha raqamlar
shular asosida ifodalangan. Misr iyeroglif yozuvidan Yaqin va Oʻrta Sharqdagi barcha
yozuvlar hamda Yunon Ioniya yozuvi, shu bilan birga alifboga asoslangan raqam kelib
chiqqan
2
. Hozirgi koʻrinishdagi raqamlar va nol eramizning V asrida Hindistonda
paydo boʻlgan va asta-sekin takomillashib, rivojlanib borgan. Hind raqamlari IX asrda
Yevropaga arab raqamlari nomi bilan kirib borgan va tezda ommalashib ketgan.
Bugungi kunda ham eng mukammal hisoblangan ushbu sonlar tizimining “arab
raqamlari” deb nomlanishi va butun dunyoda, ayniqsa, Yevropada ommalashishida
buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiyning xizmatlari beqiyos hisoblanadi. Sharq
mamlakatlarida sonni raqam bilan ifodalash XIX asrda ommalashgan. Unchaga soʻz
1
Qayumova N.R. Sonlarning hayotda ahamiyati.
https://cyberleninka.ru/article/n/sonlarning-hayotda-ahamiyati (2022
sentabr).
2
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
379
bilan ifodalangan sonlar tilimizni eng qadimiy davrda qanday koʻrinish qoʻllanilgan
haqida ushbu kichik tadqiqotga fikrlashamiz.
ADABIYOTLARDA
... Son mavzusi qadimgi turkiy til haqida tadqiqot olib
borilgan deyarli barcha manbalarda uchratish mumkin. Bundan tashqari, qadimiy
sonlar boʻyicha alohida tadqiqotlar ham olib borilgan. Rus tadqiqotchisi G.D.Ibragimov
oʻzining tadqiqotida A.N.Samaylovich, S.E.Malov, A.N.Kononov, F.G.Isxakov,
E.R.Tenishev,
X.M.Zarbaliyev,
V.M.Nasilov,
G.Aydarov,
A.Amanjolov,
K.A.Ashuraliyev, I.V.Kormushin kabi olimlar qadimgi turkiy manbalar borasida olib
borgan ilmiy ishlarida sonlar haqida oʻz tahlillarini bayon etganligi qayd etilgan
3
. Turk
tadqiqotchisi Selin Shenaysoy “Eski turk tilida sonlar” nomli dissertatsiyasida
J.Klousson, J.Ehlars, M.Bashturk, Zeki Kaymaz, Sevim Yilmaz Oʻnder, G.Goʻjayeva-
Mehmedova, E.Gemalmaz, E.Bajanli, A.Atiji, M.Dashdemir, A.B.Erjulasun,
S.Kuchuk
4
kabi olimlar bevosita turkiy sonlar, ularning etimologiyasi, tizimlashishi,
turlari va ularning lingvokultrologik tahliliga bagʻishlangan ilmiy ishlar yaratgan. Bu
mavzu borasida oʻzbek olimlarining ham xizmatlarini e’tirof etish lozim boʻladi.
Jumladan, Gʻ.Abdurahmonov, S.Mutallibov, A.Rustamov, E.Umarov, Q.Sodiqov,
N.Rahmonovlarning tadqiqotlarida bu haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
TAHLIL
. Har qanday tilning boyligi uchun sonlarning nomlanishi, ya’ni
nominatsiyasi lisoniy tahlil uchun katta ahamiyatga ega. Son nomlari barcha mustaqil
tillarning asosiy lugʻat fondida oʻz oʻrnini topgan va tillararo genetik tahlillar uchun
“qarindoshlik iz”ini koʻrsatadigan muhim omillardan biridir. Shuning uchun ham har
bir lingvomadaniyat oʻzi uchun belgilaydigan sanoq tizimiga ega. Boy sanoq tizimiga
ega boʻlgan turkiy xalqlar oʻtmishdan hozirgi kungacha turli sanoq sistemalaridan
foydalangan.
Insoniyat tarixida sonlarning paydo boʻlishi ijtimoiy-iqtisodiy va ehtiyoj
charbarchas bogʻliligi koʻplab manbalarda ta’kidlab oʻtilgan. Bu haqida tadqiqot
olimlar juda qiziqarli fakt va ma’lumotlarni keltirib oʻtadilar. Turkolog olim Georges
Ifrah oʻzining bir necha ilmiy tadqiqotlaridan bu haqida fikr yuritadi. Ma’lumki, dastlab
son kishilar qoʻl barmoqlarini sanashdan boshlangan.
Hisoblash dastlab barmoqlarni
oʻz ichiga oladi, chunki bugungi kunda paydo boʻlayotgan sanoq sistemalarida
3
Г.Д.Ибрагимов.
Числительные и их передача в рунических и древнеуйгурских памятниках письменности.
Вестник Башкирского университета. 2010. Т. 15. №3(I), 989-991-бетлар
4
Şenaysoy S. Eski türkçede sayilar. Eskişehir, 2016.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
380
raqamlarni sanash keng tarqalgan boʻlib, besh va oʻn raqamlarini qoʻl bilan ifodalash
keng tarqalgan. Bundan tashqari, jahon sanoq tizimlarining aksariyati
oʻnlik
,
beshlik
va
yigirmalik
raqamlar bilan tashkil etilgan boʻlib, ular sanashda qoʻl va oyoqlardan
foydalanishni taklif qiladi va tillararo bu miqdorlar uchun atamalar etimologik jihatdan
qoʻllar va raqamlarga asoslanadi
5
.
Tarix davomida oʻnlik sistemasi hukmron boʻlgan
turkiy sanoq sistemasiga diaxronik nazar tashlansa, baʼzi tub oʻzgarishlar sodir
boʻlganligi koʻrinadi. Oʻzbek tilining eng qadimgi davri hisoblanadigan Turk va
Uygʻur hoqonliklari davrlarida 10 dan 100 gacha boʻlgan sonlarda ikki xil sanoq tizimi
qoʻllanilgan. Turli koʻrinishda bizgacha yetib kelgan bitigtoshlardagi run yozuvlarida
son va uning turli shakllari uchraydi. Manbalarda e’tirof etilishicha, hozirgacha topilib,
oʻqib-oʻrganilgan bitigtoshlar soni 490 dan ortiq boʻlib, jami 97 son 383marta takror
ifodalangan
6
. Shu bitigtoshlarda son va uning turlarini aylatuvchi soʻzlar statistikasi
quyidagicha:
Sonning turi
Miqdori
Takror qoʻllanishi
1
Sanoq son
73
317
2
Tartib son
16
57
3
Chama son
3
3
4
Jamlovchi son
2
2
5
boshqalar
5
6
Tarix davomida oʻnlik sistemasi hukmron boʻlgan turkiy sanoq sistemasiga
diaxronik nazar tashlansa, baʼzi tub oʻzgarishlar sodir boʻlganligi koʻrinadi. Eski
turkcha deb ham ataladigan Koʻkturk va Uygʻur davrlarida 10 dan 100 gacha boʻlgan
sonlarda ikki xil sanoq tizimi qoʻllanilgan. Ulardan birinchisi bir xonali sondan
boshlanib, keyingi 10 ning karrali bilan tugaydi. Ikkinchisida bitta raqamli kichik
raqam 10 ga karrali katta raqamdan keyin “ortiqcha, koʻproq” soʻzini qoʻshish orqali
ishlatiladi. Quyidagi tub sonlarni bitigtosh matnlarida koʻrishimiz mumkin:
Hozirgi shaklda yozilishi
Bitigtosh matnlaridagi transkripsiyasi
5
https://en.wikipedia.org/wiki/Georges_Ifrah
6
H.Şirin. Eskı türk yazıtları söz varlığı incelemesiçTDK yayınları. Ankara. 2020, 494-497-betlar.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
381
1
bir
bir
2
ikki
eki
3
uch
üč
4
toʻrt
tört
5
besh
biş/beş
6
olti
altı
7
yetti
yeti/yiti
8
sakkiz
säkiz
9
toʻqqiz
tokuz
10 oʻn
on
11 yigirma
yegirmi/yigirmi
12 oʻttiz
otuz
13 qirq
kırk
14 ellik
älig
15 olmish
altmış
16 yetmish
yetmiş
17 sakson
säkiz on
18 toʻqson
Ø
19 yuz
yüz
20 ming
bïꞑ
21 Oʻn ming
tümän
Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibdiki, ayrim fonetik oʻzgarishlarni hisobga
olmasa, bitigtosh matnidagi sonlar hozirgi oʻzbel tilidagi shaklidan deyarli farq
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
382
qilmaydi. Faqatgina l,k,t kabi tovushlarning ikkilanishi, “sakson” sonida “sakkiz” va
“oʻn” qismlarining birga tallaffuz etilishi jihatlaridan farqliliklarni koʻrishimiz
mumkin. yuqorida ta’kidlab oʻtganimiz kabi sonlar tilning tabiiy-geniologik belgilarini
oʻzida tanishdi hamda har qanday lisoniy oʻzgarish va evrilishlarga, boshqa leksik
birliklarga nisbatan, bardoshli hisoblanadigan somatik birliklardir.
Bitigtoshlarda yuzliklar quyidagicha ifodalangan:
eki yüz
– ikki yüz;
üč yüz
-uch
yuz;
biš yüz
– besh yuz;
alti yüz
– olti yuz;
yeti yüz
– yetti yuz;
tokuz yüz
– toʻqqiz yuz.
Balki, toshlarga bitik bitadigan bitigchining ehtiyoj boʻlmagandir yoki haligacha
oʻqilmagan toshlarda bordir, ammo ixtiyorimizdagi mangutosh obidalarida toʻrt yuz va
sakkiz yuz sonlari ifodalanmagan. Mingliklardan ham bor-yoʻgʻi 5ta:
bïꞑ
- ming;
eki
bïꞑ
- ikki ming;
beš bïꞑ
- besh ming;
alti biꞑ
(bu oʻrinda
i
tovushi qisqa) – olti ming;
yeti bïꞑ
- yetti ming. Qadimiy turkiy tilda mingdan koʻp sonni
tuman
atamasi bilan
atagan. U, asosan,
oʻn ming
ni ifodalab kelgan. Bitigtoshlar matnida 6ta oʻnminglik:
bir
tümän
– bir tuman (oʻn ming);
üç tümän
– oʻttiz ming;
tört tümän
– qirq ming;
biş
tümän
– ellik ming;
säkiz tümän
– sakson ming;
on tümän
– yuz ming kabi sonlar
qoʻllanilgan.
Bir
. Bitigtosh va boshqa tarixiy-madaniy obidalarimizda bir soni hozirgi zamon
shaklida bir va bïr transkripsion koʻrinishda qoʻllanib kelinadi. Bu son dunyo anglash,
tushunish, bilishning boshlanishi nuqtayi nazaridan ham eng muhim son sanaladi. Diniy
madaniyatda birlik, yagonalikni anglatadigan muqaddas raqamdir. Birla, birik
mazmuni
bir
soʻzidan kelib chiqqan. Turkiy tillardagi bir (koʻrsatkich barmogʻi) tartib
raqami uchun bir xil natijaga ega boʻlgan ikkita tahlil qilish mumkin. Birinchidan,
aytish mumkinki, agar barmoqlarni sanash usuli va morfologik maʻlumotlarga e’tibor
qaratsak, “bir” sonining oʻziga xos ma’nosi borligi koʻrinadi. Chunki turkiy tilda
aytuvchi subyekt barmogʻi bilan aytuvchi boʻshliqdagi biror narsaga ishora qilish
uchun “bu” koʻrsatish olmoshidan foydalanadi. Bundan tashqari, “men” va “biz”
olmoshlari mos ravishda birinchi shaxs birlik va birinchi shaxs koʻpligini ifodalash
uchun ishlatiladi. Tartib sonda ham, bu olmoshlarda ham qoʻllaniladigan birinchi harf
b
sanaladi. Manbalarda bir sonining
oʻz, oʻzim, men
shakllaridan kelib chiqqan degan
farazlar ham ilgari surilgan. “Bir” – bu soʻzlovchi demak, ya’ni “men”dir (mening
oʻzim, men turgan yer yoki men tutgan narsa), I shaxs birlikdagi inson. “Men” (ben,
bin) qadimgi turkiy tilda
bi
boʻladi. Bu soʻz birü-beri koʻmakchisining tarkibida ham
saqlangan. -rü joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi, berü – “men tomon” degani. Hozirgi
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
383
oʻzbekchada beri shaklida qoʻllaniladi. Masalan: beri kel, koʻpdan beri.
Bir
ning
tarkibidagi
bi
– soʻzlovchi (“men”)dir. Demak, sanoq soʻzlovchining oʻzidan
boshlanadi
7
.
Ikki
. Tarixiy manbalarda eki va iki shakli hozirgi ikki sonini ifodalagan.
Qadimgi diniy tushunchga koʻra Yaratgandan boshqa barchasi yolgʻiz boʻlmaydi, balki
juft boʻladi. Shu tushuncha e’tiboridan mutaxassislar ikki sonini juftlik anglamida
qabul qiladilar. Shuningdek, manbalarda ushbu soʻzdagi “k” (ba’zan gʻ, q, g boʻlishi
mumkin) tovushi “quloq”, “kurak”, “barmoq”, “oyoq” kabi soʻzlarda qoʻllanganidek,
juftlikni anglatishi ta’kidlaydilar
8
.
Uch
. Bu sonning ham kelib chiqishiga oʻzgacha qarashlar mavjud. Bir – men
(ben), birinchi shaxs, ikki – sen, ikkinchi shaxs, uch esa begona, uchinch shaxs, deb
talqin qiluvchilar ham mavjud. Shuningdek, “uch”, “yetti” va “qirq” kabi sonlar bilan
bogʻliq diniy udumlar ham mavjud boʻlib, ular milliy qadriyatlarimiz zamiriga singib
ketgan. Ma’lumotlarga qaraganda “uch” soning ilk shakli “yuch” sanaladi. Qadimgi
turkiylarda bu soʻzning boshqa mazmuni ham qoʻllanilgan. Urugʻ, qabila, davlatlarning
chegaralarini belgilaydigan yerlar, shahar va istehkomlar
uch qal’a
,
uch beklik
deya
nomlangan hamda chegara, oxiri va, eng muhimi, “uchi” mazmunini ifodalagan
9
.
Toʻrt
. Tarixiy manbalardagi 4 unsur, jumladan, “Oʻgʻuzxoqon” dostoni hamda
“Qutadgʻu bilig”dagi unsurlar,
dunyoning toʻrt tomoni
kabi lingvokulturemalar
turkiylar, xususan, oʻzbek xalqining qadimiy konseptlari ekanligi haqida manbalarda
koʻplab ma’lumotlar berilgan
10
. Ushbu son qadimdan toʻplam, jamoa, koʻplik
mazmunini ifodalagan boʻlib, “
doʻrmon
”, “
durben
”, oltoy davrida “
turi
” shaklarida
qoʻllanib kelingan
11
.
Besh
. Bitigtoshlar matnida bu son beš/biš shakllarida uchraydi.
Özüꞑ kolsa iki
ajun begliki bu
biš
iške yakma bu ol yigliki
.
Eğer her iki dünyanın beyliğini de
istiyorsan, sen šu
beš
işe yaklašma; en iyisi budur.
Matnlarda
besh
soni uchta variantda
7
Rabmonov N., Sodiqov Q. Oʻzbek till tarixi. -Toshkent: Oʻzbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. 2009. -
B.124-125
8
Baştürk, M. Parmaklari sayma biçimi ve kökenlerinden hareketle türkçede sira sayi sisteminin oluşumu. Atatürk
Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi.1995, 3-sayi.
Atatürk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü
9
Yuqoridagi manba: -B.17.
10
Qarang: Sodiqov Q. Turkiy til tarixi. -Toshkent: TDShI nashri, 2009.
11
Baştürk, M. Parmaklari sayma biçimi ve kökenlerinden hareketle türkçede sira sayi sisteminin oluşumu. -B.17-18.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
384
uchraydi:
bäsh
,
bis
,
bäs
. Ulardan birinchisi – “Kultegin”, ikkinchisi –“Moyunsur”,
uchinchisi – “Tonyuquq” bitigtoshlarida ifodalangan. Grafik dizayndagi bu farqlar
Urxon-Yenisey davri turkiy tillarining dialekt boʻlinishini taklif qilishga asos beradi
12
.
Shuningdek, turkiy xalqlar qoʻl barmoqlarining ketma-ketligiga asoslanadigan boʻlsak,
bosh barmoq beshinchi navbatda sanaladi. Ya’ni, ularning ketma-ketligi quyidagicha:
1 – koʻrsatkich barmoq; 2 – oʻrta barmoq; 3 – uzuk barmoq; 4 – kichik barmoq va
nihoyat 5 – bosh barmoq. Shunga asoslanib besh soʻzining etimologiyasini bosh soʻziga
bogʻlashadi
13
. Bu gipotezaning ham ilmiy-lisoniy ham lingvomadaniy asosi bor deb
hisoblashimiz mumkin.
Olti
. Tonyuquq bitigida “süsi
altı
biŋ ermiş” degan jumla qayd etilgan. Bundan
koʻrinadiki, bu son boshqa birliklar kabi qadimdan faol qoʻllanilib kelingan.
Manbalarda soʻz tarkibidagi qoʻsh undosh -lt- fonetik oʻzgarishga uchragani haqida fikr
yuritilib, aslida -rt- shaklida
arti
, ya’ni
ortiqcha
,
ortmoq
soʻzidan kelib chiqqani,
arti
soʻziga bogʻliq ekani haqida bahslar uchraydi.
Arti
keyinchalik
olti
,
alti
shakliga
oʻzgargani qayd etib oʻtilgan. Bunga tilimizda fonetik va lingvomadaniy asos mavjud.
Fonetik hodisalar sabab l tovishining r shakliga, yoki teskarisi, oʻzgarishi mumkin
boʻlgan jarayon sanaladi. Bundan tashqari, bir qoʻldagi 5 barmoq sanalgandan soʻng
ortib ikkinchi qoʻlga oʻtilganidan kelib chiqib shunday nomlangan. Qadimiy
turkiylarning bu odati hozirgacha saqlanib qolgan. Shuningdek, qadimgi turkiy sanoq
tizimida “
arti
” kalimasining alohida ahamiyatli oʻrni borki, bu haqida tadqiqotimizning
keyin sahifalarida toʻxtalib oʻtamiz.
Yetti
. Hozirgi turkiy tillarda turli fonetik koʻrinishlarda ifodalangan yetti soni
toshbitiglarda yeti/yiti shaklida qoʻllangan boʻlib, buni ayrim tadqiqotchilar tasdiqlab
oʻtadi
14
. Bitigtoshlarda asl son sifatida 13 marta qoʻllanilgan ushbu soʻzning oʻzagida -
id/-ad shakllari mavjud. Turli shaxslarda idodalanganda shunday shaklda qoʻllaniladi.
Bizning lingvomadaniyatimizda “
uch
”, “
qirq
” kabi “
yetti
” sonini ham oʻziga xos milliy
kulturema sanaladi. Haftaning yetti kuni, kamalakning yetti rangi, musiqaning yetti
notasi, dunyoning yetti moʻjisasi, yetti iqlim, yetti dengiz, “yettisi” kabu konseptlar
milliy madaniyatimizning ajralmas qismi sanaladi.
12
Ибрагимов Г. Д. Числительные и их передача в рунических и древнеуйгурских памятниках письменности.
Вестник Башкирского университета. 2010. Т. 15. №3(I). -C.990.
13
Yuqoridagi manba: -B.19.
14
Ибрагимов Г. Д. Числительные и их передача в рунических и древнеуйгурских памятниках письменности.
Вестник Башкирского университета. 2010. Т. 15. №3(I). -C.990.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
385
Sakkiz
.
Kangïm kagan učdukda özüm
säkiz
yašda katlïm
. Sakkiz soni “Bilga
Xoqon” bitigida qoʻllanilgani kabi bitigtoshlar matnida tub son sifatida 8 oʻrinda
ifodalangan. Shuningdek,
säkiz on, säkiz tüman, säkiz kïrk, säkiz yegirmi
koʻrinishlarida ham faol qoʻllanilgan. Manbalarda keltirilgan sakkiz soʻzining
etimologiyasida koʻplik ma’nosini ifodalaydigan qadimgi turkiy tildagi -
z
qoʻshimchasi borligi qayd qilinadi. I va II shaxs koʻzlikni ifodalaydigan biz, siz kabi
olmoshlarda, shuningdek, koʻz, oʻmuz, tiz(z)a, egiz kabi soʻzlarda qoʻllanilgan
-z
,
aslida, ikkilik va koʻplikni koʻrsatadigan qoʻshimcha hisoblanadi.
Toʻqqiz
. Bitigtosh matnlarida
tokuz ärsin, tokuz oγuz, tokuz tatar
kabi miqdor
mazmunidagi oʻrinlar bilan birga 12 joyda toʻqqiz sini qoʻllanilgan.
Sakkiz
sonini tahlil
qilganimiz kabi bu soʻzda ham
-z
undoshi koʻplik ma’nosini ifodalab kelgan.
Yet
ti
qatori qoʻshimchasidagi
ol
ti
qatoriga moslashgani kabi, toʻ
qqi
z
ham
-z
undoshini qabul
qilib,
sakki
z
qatoriga moslashgan boʻlsa kerak.
Shu oʻrinda dunyo tillaridagi sanoq sistemalariga e’tibor qaratsak, turli sanoq
tizimlari borligini qayd etib oʻtishimiz lozim. 11 dan 99 gacha boʻlgan raqamlarning
turli tillarda ifodalanishi, 10 ga koʻpaytmalarning hosil boʻlishi, tilda maxsus va istisno
son nomlarining mavjudligi, hisob-kitoblarda 10, 20, 50 yoki 100 tizimlaridan
foydalanish turlicha turlicha ekanligiga amin boʻlamiz. Jahon tillarida, jumladan,
Yevropa tillarida 11-19 va 21-99 raqamlarining formati va ketma-ketlik xususiyatlari
bir-biridan farq qiladi. 21 dan 99 gacha boʻlgan raqamlarda birinchi navbatda 10 ning
koʻpaytmasidan hosil boʻladi. Keyin esa kichikroq sonlar qoʻllaniladi, 11 dan 19 gacha
boʻlgan sonlarda avval kichikroq raqamdan keyin 10 raqami yoki uning toraytirilgan
shakllari ishlatiladi. Ingliz tilidagi qoidadan tashqari oʻn bir (11) va oʻn ikki (12)
raqamlarini chetga surib qoʻysak, biz oʻn uch(13), oʻn toʻrt (14), oʻn besh (15) va
hokazolarni shakllarini koʻrishimiz mumkin. koʻpchilikka tanish boʻlgan rus tilida
odinnadtsat,
dvenadtsat
,
trinadtsat
va boshqalar sonlarda ham bunday holarni
uchratamiz. Ularning etimologik ma’nosi “10 dan 1,2,3,4,5,6,7,8,9 (10+1, 10+2, 10+3
va hakozo) ortiq mazmunini ifodalaydi. 10 dan 70 gacha boʻlgan koʻpaytmalar fransuz
tilida oddiy tarzda olingan boʻlsa-da, biz 70, 80 va 90 raqamlari uchun qiziqarli hosila
usullarini koʻramiz. 70 raqami
soixante dix
boʻlib, “oltmish+oʻn” ma’nosini bildiradi,
80 soni esa “toʻrt yigirma” ma’nosini bildiruvchi
quatre-vingts
, 90 raqami
“sakson+oʻn” (80+10) yoki “toʻrt yigirma+oʻn” (4*20+10)
quatre-vingt-dix
koʻrinishidagi birikmalardan olingan. 10 soniga koʻpaytirish orqa oʻnlik sonlarni
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
386
shakllantirishning eng qiziqarli misollari gruzin tilida koʻrishimiz mumkin. 30 dan 99
gacha boʻlgan sanoq tizimi oʻnlikka asoslangan va frantsuz tilidagi 70 dan 99 gacha
boʻlgan tizimga oʻxshab shakllanadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, 20, 50 va hatto 100 lik
sanoq tizimlari hozirgi ayrim turkiy tillarda keng qoʻllaniladi: qorachay-balkar tilida:
oʻttiz
soni jiyirma//yigirma+oʻn (20+10) bilan: turkman tilida:
bir yuz ellik
soni uch
ellik (3*50) bilan; solar tilida:
etmish
soni ellik+ yigirma (50+20) bilan; qirgʻiz tilida:
bir ming bir yuz
soni oʻn bir yuz ming yuz (11+1000),
ikki ming
soni esa yigirma yuz
(20+100) bilan ifodalanadi. Bundan koʻrinadiki, 4, 10, 20 sonlari 10dan 99 gacha
boʻlgan sonlarni shakllantirishda muhim rol oʻynab kelgan
15
.
Oʻn
. Insoniyat dastlab bir qoʻlning besh barmogʻini, keyin esa ikki qoʻlning oʻn
barmogʻini sanashni boshladilar. Oʻn raqam etarli boʻlmaganda, bu hisoblash
jarayoniga oyoq barmoqlari ham qoʻshilgan va shunday holatda davom etishgan. Son
va sanash qoʻl barmoqlaridan boshlangani ishonarli faktdir. Turkiy tillardagi birinchi
oʻnlik sanoq sistemasining raqami boʻlgan
oʻn
oʻz ildiziga “
s-
” tovushi qoʻshilishi bilan
“tugash, bitish” maʼnosini oʻz ichiga oladi, ya’ni, soʻng -
soꞑ
. Bu shuni koʻrsatadiki,
barmoqlarni hisoblash usuliga koʻra, endi hisoblash uchun barmoqlar qolmaydi.
Oʻn
soʻzining etimoliyasi ham shunga bogʻliq, bizningcha. Dastlabki davrlarda bu son eng
yirik hisoblangan. Undan keyin davrlar oʻtishi bilan boshqa yirik sonlar kishilik
jamiyati ehtiyojlari tufayli yuzaga kelgan va taraqqiy etib borgan hamda sonlar
sistemalashgan.
Yigirma
. Gʻarbiy Afrikaning ba’zi qismlarida choʻponlar suruvni hisoblashning
juda amaliy odati bor edi. Ular barcha hayvonlarni birin-ketin oʻtkazib yuborishdi.
Birinchi oʻtishda ular bitta qobiqni oq kamarga, ikkinchi oʻtishda esa yana bir qobiq
qoʻyishadi. Oʻninchi hayvon oʻtib ketayotib, marjonni sindirib tashladi va uning
qadamiga bogʻlangan koʻk kamarga qobiq qoʻyishdi. Keyin yigirmanchi hayvon oʻtib
ketguncha, ular yana oq kamarga qobiqlarni qoʻyishni boshladilar. Yigirmanchi
hayvonda ular ikkinchi qobiqni koʻk kamarga bogʻlashadi. Markaziy Amerika
xalqlaridan biri boʻlgan mayyaliklar yigirmaga yigirma va yigirma kuchini hisoblash
uchun yigirmalik bazadan foydalanganlar. Chunki ularning ota-bobolarida nafaqat
qoʻlning oʻn barmogʻi bilan, balki oyoqning ham oʻn barmogʻi bilan sanash odati
15
Bacanlı E.
Geçmişten Günümüze Türkçenin Sayıları ve Sayı Sistemi.
(99+) "Geçmişten Günümüze Türkçenin Sayıları
ve Sayı Sistemleri", Bilim ve Teknik (Kasım-2012), 56-58. | Eyüp Bacanlı - Academia.edu
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
387
boʻlgan. Bu ma’lumotlarni tahlil qilgan Selim Shenaysoy oʻnlik sanoq tizimidan soʻng
ham yirik sanoq tizimlari dunyoning ilk sivilitsiyalarida ham mavjud ekanligini qayd
etib oʻtadi
16
. Turkiy xalqlarning ilk manbasi sanaladigan bitigtoshlarda
yegirmi/yigirmi
fonetik shaklida tub son sifatida 7 marta qoʻllanilgan. Tabiiyki,
boshqa sonlar tarkibida ham faol qoʻllanilgan.
Oʻttiz
. [Kül]
Tigin ol süngüşde
otuz
yaşayur erti
– Kultegin bu jangda oʻttiz
yoshida edi. “Kultegin” bitigtoshi mantnida keltirilgan ushbu jumladan qadimgi turkiy
tildagi 30 soni qoʻllanilgan. Umuman, bitigtosh matnlarida faol qoʻllanilgan
oʻttiz
soni
otuz
shaklida, tub sifatida 6 marta ifodalangan. Bundan tashqari, boshqa sonlar tartibida
han faol ishlatilgan. Bu soʻzning etimologiyasida, yuqorida qayd qilib oʻtilganidek,
koʻplik mazmunini ifodalaydigan
-z
qoʻshimchasi borligi manbalarda keltirilib
oʻtilgan
17
.
Sakkiz
va
toʻqqiz
soʻzlarida ham ushbu qoʻshimcha koʻplim ma’nosini
ifodalab kelgan.
Qirq
.
Qïrq yïlqa tegin bay čïğay tüzlänür
– Qirq yilgacha boy bilan kambagʻal
tenglashadi.
Kül Tigin bir kırk yaşayur erti
– Kultegin bir qirq, ya’ni oʻttiz bir yoshida
edi. Barcha bitigtosh matnlarida tub son sifatida kirq soʻzi 4 marta ishlatilgan. Taniqli
turkolog olim A.B.Erjilasun sonlarning etimologiyasini qadimgi turkiy harbiy
qoʻshinlarda askarlarning tartib bilan joylashuviga bogʻlaydi.
Qirq
soʻzi ham xuddi
shunday izohlangan. “Devonu lugʻati-t-turk”da barmogʻi yoʻq odamga “kirik odam”,
ya’ni nogiron, choʻloq kishi deyiladi. Natijada, singan, qiyshiq qoʻlga oʻxshash toʻrtta
otryad (oʻn askardan iborat toʻrt qator) qirq kishilik harbiy qismning nomini, keyin esa
qirq
soni kelib chiqqan
18
. Bu
kirik
soʻzining
qirilgan
,
singan
ma’nolari hozirgi turkiy
tillarda faol ishlatilib kelinadi.
Ellik
. Bitigtosh matnlarida
älig
shaklida 5 marta tub son sifatida qoʻllanilgan
boʻlib, faol ishlatilganini koʻrishimiz mumkin. bu soʻzning etimologiyasi boʻyish
manbalarda qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Jumladan, turkolog Qosimjon Sodiqov
qayd etgan mulohazalar soʻzning asosi fe’lga borib taqaladi. Ayrim olimlar
elig
soʻzini
ellig
[ya’ni “eli bor”] soʻzidan dan kelib chiqqan deb tushuntiradilar. Bu fikrga
16
Şenaysoy S. Eski türkçede sayilar. Eskişehir, 2016. -B.21.
17
Baştürk, M. Parmaklari sayma biçimi ve kökenlerinden hareketle türkçede sira sayi sisteminin oluşumu. Atatürk
Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi.1995, 3-sayi.
Atatürk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü
18
Ercilasun A.B.Başlangıçtan Yirminci Yüzyıla Türk Dili Tarihi, Akçağ Yayınları, Ankara.2009.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
388
qoʻshilmayman. Chunki
-g, -ğ
qoʻshimchasi fe’ldan ot yasaydi. Masalan, “kuzatuvchi,
140 aygʻoqchi” anglamidagi
körüg
soʻzi
kör
- fe’lidan yasalgan. Shunday ekan, elig
soʻzining negizi “el, yurt” anglamidagi
el
emas. Endi uning magʻzini chaqib koʻraylik.
Tilimizda
elit
fe’li bor, “yetakla-, olib bor-” ma’nosida. Ushbu soʻzdagi -
t
koʻrsatkichi
orttirma nisbat qoʻshimchasidir. Demak, fe’l
eli-
boʻlib chiqadi, u “qoʻl, barmoq”
ma’nosidagi el otidan, soʻng unga -g qoʻshimchasini qoʻshib, elig soʻzi yasalgan:
el+i+g>elig
.
Elig
soʻzining ma’nosi “yetaklovchi, boshlovchi” degani
19
. Turk olimi
A.B.Erjilasun
ellik
soʻzini harbiy tuzum bilan izohlaydi, ya’ni 10 nafar askar bir
qatorda otryad tuzadi. Yonma-yon turgan beshta otryad (oʻn askardan iborat besh qator)
old tomondan qaralganda (qoʻmondon nuqtayi nazaridan) besh barmoqli qoʻllarga
oʻxshaydi. Natijada, 5 ta otryad askarlari dastlab
elig
(qoʻl) deb nomlangan, keyin bu
soʻz
ellik
sonining nomiga aylangan
20
.
Oltmish
,
yetmish
. Bu ikki son ham bitigtosh matnlarida faol qoʻllanilgan
soʻzlardan hisoblanadi: oltmish – 4, yetmish – 6 marta. Deyarli barcha manbalarda
oltmish va yetmish soʻzlarining etimologiyasi haqida bir xil ma’lumot berilgan. Ya’ni,
olti va yetti sonlariga -mish qoʻshimchasi qoʻshilishi bilan hosil boʻlgan: olt(i)+mish,
yet(ti)+mish.
Sakson
,
toʻqson
. Keltirilgan sonlardan biri bitigtosh matnlarida ifodalangan
boʻlib, sakson
säkiz on
shaklida tub son sifatida 2 marta qoʻllanilgan boʻlsa, toʻqson tub
son sifatida ishlatilmagan. Negadir
toʻqson
soʻzi bitigtoshlarda qoʻllanilmagan.
Yodnomalar bitilgan davrda bu son ishlatilgan. Bunday fikrga kelishimiz sababi,
toʻqsondan yuqori sonlar, jumladan,
yuz, toʻqqiz yuz, ming, tuman
kabilar faol
qoʻllanilgan. Oraliqda bitta son ifodalanmay qolishi mumkin emas. Balki
bitigchilarning ehtiyoji boʻlmagandir, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Bu
sonlarning etimologiyasi ham, yuqorida ta’kidlaganimizdek, barcha manbalarda bir xil
keltirilgan.
Sakkiz
va
toʻqqiz
sonlariga
oʻn
soʻzining qoʻshilishidan tashkil topgan:
sek(kiz)s+on; tok(kiz)s+on.
Yuz
. Qadimgi turkiy sonlarni harbiy qoʻshinda askarlarning joylashuvi qarab
tahlil qilgan turk olimi A.B.Erjilasun
yuz
soʻzi haqida quyidagicha fikr bildiradi. “Yuz”
soʻzini askarlarning harbiy joylashuvi bilan izohlash mumkin, son ma’nosidagi “yuz”
19
Sodiqov Q. Oʻzbek tili tarixi. -Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti nashri, 2009 yil. -B. 139-140.
20
Ercilasun A.B.Başlangıçtan Yirminci Yüzyıla Türk Dili Tarihi, Akçağ Yayınları, Ankara.2009.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
389
soʻzi bilan “yuz”, “yuza” soʻzlari bir xil ma’noni ifodalaydi. Oʻrtada turgan oʻn otryad
(yuz askar) oʻrta
yuz
ni (oʻrta front), oʻng tomonda turgan oʻnta otryad oʻng
yuz
ni (oʻng
old tomon), chap tomonda turgan oʻnta otryad chap
yuz
ni tashkil qiladi. Harbiy atama
sifatida “yuz” – arabchada “old, jabha”, inglizchada “front”, “harbiy front” ma’nosini
bildiradi
21
. Toshbitig matnlarida yuz soni tub son sifatida 9, jami esa 22 marta
qoʻllanilgan.
Ming
. Bu soʻz qadimgi turkiy tilda biꞑ/bïꞑ, miꞑ/mïꞑ fonetik shaklida
ifodalangan boʻlib, bitigtosh matnlarida tub son sifatida 7, umuman 9 marta
qoʻllanilgan. Soʻzning etimologiyasida
bir
va
men
shakllari borligi koʻpgina
manbalarda qayd etiladi. Qadimgi va hozirgi ayrim turkiy tillarda men birinchi shaxs
olmoshi
ben
, yoki eskidan
bin
shakllarda qoʻllangani uchun tadqiqotchilar
ming
/
bin
sonining etimologiyasini olmoshga bogʻlashadi. Chunki bu soʻzlarga asos boʻlgan bi-
shakli qadimiy turk tilida “yakka shaxs”ni anglatgan
22
. Bizningcha, men/ben/bin va
ming/biꞑ soʻzlarining kelib chiqishi bir soʻzi bilan bogʻliq. Bu soʻz turkiy tildan
moʻgʻulchaga oʻtgan. Ayrim turkiy dialeklarda
ming
soʻzi
oʻn yuz
shaklida ifoda
etilgan
23
. Shuningdek, biz kuzatgan boshqa manbalarda ham shu kabi fikrlar bayon
etilgan.
Tuman
. Qadimgi turk tilidan bizgacha yetib kelgan manbalarda aks etgan eng
katta son tuman sanaladi. Bundan yirik tub son ifodalanmagan. Bitigtosh matnlarida
qoʻshma son sifatida 9 marta tuman soʻzi qoʻllanilgan. Yodgorliklarda tümän soʻzi 10
000 ni bildirgan. Bundan yirik sonlarga uning koʻpaytmasi qoʻshib aytilgan: beš; tümän
- 50 000, säkiz tümän - 80 000, on tümän - 100 000 va b. Tabğac nꞑ tutuq beš tümän
su kelti – Tabgʻach oʻng tutuqning besh tuman qoʻshini keldi
24
.
Tümän
soʻzi haqida
ham maʼlumot bergan Klausson bu soʻzning ilk bor Koʻkturk va Uygʻur xoqonligi
davrida qoʻllanilganini aytadi.
Tümän
soʻzi aniq sonni bildirsa-da, noma’lum katta
sonlar uchun ham ishlatiladi. Shu sababli turkiy tilga koʻp sonni ifodalash maʼnosida
kirgan birinchi soʻz –
tümän
soʻzi hisoblanadi. Ibtidoiy odamlarning kattaroq son
qiymatlari uchun soʻzlarni boshqa tillardan olishlari tabiiydir. Bu borada Klausson
toxarlar bilan muloqotda boʻlgan turklar
tümän
soʻzini oʻzlashtirganligini aytadi
25
.
21
Ercilasun A.B.Başlangıçtan Yirminci Yüzyıla Türk Dili Tarihi, Akçağ Yayınları, Ankara.2009.
22
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. -Тошкент: Университет, 2000, -Б.240. (600).
23
Turk dilinin etimologik sözlüğü.Ankara.1999. -B.54.
24
Sodiqov Q. Oʻzbek tili tarixi. -Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti nashri, 2009 yil. -B. 125.
25
Şenaysoy S. Eski türkçede sayilar. Eskişehir, 2016. -B.2.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
390
Xuddi shu kabi fikrlar boshqa manbada ham keltirilgan. Yuzlik va minglikni
bildiruvchi sonlar ham grafik va fonetik koʻrinishi bilan farq qiladi, lekin morfemik
tarkibiga koʻra barcha turkiy tillar uchun bir xil. Oʻn ming va millionni bildiruvchi
soʻzlarga kelsak, garchi turkiy tillarda bu soʻzlar (
tümän. tübän
) boʻlsa-da, ular turkiy
tillar sonlarining asosiy tarkibiga kirmaydi va ularning aksariyati boshqa tillardan
oʻzlashtirilgan boʻladi
26
. “Turk tilining etimologik lugʻati”da
tuman
soʻzining
forschadagi shakli
tub(b)an
boʻlib, arabchadan oʻtgan boʻlishi mumkinligini, kurd tilida
tuman
shaklida ishlatilganini ta’kidlaydi. Hozirgi oʻzbek tilida
tuman
– ma’muriy
birlikni ifodalaydi. Shuningdek, toponimik obyektlar nomi (masalan: Tumanovul)
sifatida ham faol qoʻllaniladi. Fanda bu soʻzning qaysi tildan, qaysi davrda oʻzlashgani
bahsli boʻlsa-da, qadimdan turkiy tillarda faol qoʻllanilib kelingan soʻz sanaladi.
XULOSA
. Qadimgi turkiy xalq Yevroosiyoning markaziy qismida saltanat
qurib, doimiy xayoti jangu jadallar ichida oʻtgan boʻlsa-da, yuksak madaniy
rivojlanishda boʻlgan va doimo shunga intilgan xalq sanaladi. Milodiy VII asrdan
avvalgi ijtimoy-madaniy yashash tarzi haqida ma’lumot beruvchi manbalar turkiy tilda
bizgacha yetib kelmagan boʻlsa-da, Turk Xoqonligi davridan madaniy obida sifatida
qolgan toshbitig va boshqa tarjima asarlar ularning faoliyati haqida yetarlicha ma’lumot
bera oladi. Biz ilk yozma manba sifatida koʻriladigan Choyr/Choyren bitigtoshi
toʻgʻrisida yozgan tadqiqotimizda
27
toʻxtalib oʻtganimiz kabi ushbu maqolamizda ham
mangu bitigtoshlarga murojaat qildik. Ularning matnlarida ifoda etilgan sonlar,
ularning lingvistik va ijtimoiy xususiyatlariga, ifodalanish turlari va etimologiyasida
toʻxtalib oʻtishga harakat qildik. Bitigtosh matnlariga e’tibor qaratadigan boʻlsak, son
va uning turlari oʻz oʻrni va pragmatik vazifasiga ega. Boshqa holatlar kabi ushbu
matnlarda sonlarning sanoq va tub son, tartib va jamlovchi son, chama son kabi turlari
qoʻllanilgan boʻlib, ularning boshqa turklari haqida keying ilmiy ishlarimizda batafsil
bayon qilamiz.
Umuman, qadimgi bitigtosh matnlaridagi sonlar, oʻsha davrning ijtimoiy
madaniy, siyosiy-harbiy va iqtisodiy hayotini ma’lum darajada aks ettira oladi. Biz
mangutosh yodnomalarida ifodalangan sonlarning qoʻllanilishi va statistikasiga qarab,
26
Ибрагимов Г. Д. Числительные и их передача в рунических и древнеуйгурских памятниках письменности.
Вестник Башкирского университета. 2010. Т. 15. №3(I). -C.989.
27
https://www.researchgate.net/publication/373165939_Til_Ta'lim_Tarjima_-_10-2022/stats
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
391
ma’lum ma’noda, Turk xoqonli davrining lisoniy qiyofasini tassavvur qila olamiz.
Chunki, lingvostatistika davr manzarasini aks ettira oladi.
IQTIBOSLAR/СНОСКИ/REFERENCES
1.
Bacanlı E.
Geçmişten Günümüze Türkçenin Sayıları ve Sayı Sistemi.
2.
Baştürk, M. Parmaklari sayma biçimi ve kökenlerinden hareketle türkçede
sira sayi sisteminin oluşumu. Atatürk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü
Dergisi.1995, 3-sayi.
Atatürk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi »
3.
Ercilasun A.B.Başlangıçtan Yirminci Yüzyıla Türk Dili Tarihi, Akçağ
Yayınları, Ankara.2009.
4.
https://en.wikipedia.org/wiki/Georges_Ifrah
5.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamlar
6.
https://www.researchgate.net/publication/373165939_Til_Ta'lim_Tarjim
a_-_10-2022/stats
7.
Qayumova N.R. Sonlarning hayotda ahamiyati.
article/n/sonlarning-hayotda-ahamiyati (2022
, sentabr).
8.
Rabmonov N., Sodiqov Q. Oʻzbek till tarixi. -Toshkent: Oʻzbekiston
faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. 2009. -B.124-125
9.
Şenaysoy S. Eski türkçede sayilar. Eskişehir, 2016.
10.
Sodiqov Q. Oʻzbek tili tarixi. -Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik
instituti nashri, 2009 yil.
11.
Turk dilinin etimologik sözlüğü.Ankara.1999. -B.54.
12.
Г.Д.Ибрагимов. Числительные и их передача в рунических и
древнеуйгурских
памятниках
письменности.
Вестник
Башкирского
университета. 2010. Т. 15. №3(I).
13.
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. -Тошкент:
Университет, 2000, 600 б.
