Authors

  • Ixtiyor Adurazzakov
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biznes huquqi yo‘nalishi 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.58611

Keywords:

javobgarlik choralari fuqarolik muomalasining noprofessional ishtirokchilari fuqarolik-huquqiy vositalar ommaviy-huquqiy instrumentlar elektron xabar ma’naviy zarar.

Abstract

ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat

sohasida iste’molchi huquqlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish, shuningdek, elektron tijoratni amalga oshirishda iste’molchilarning sudga murojaat qilish masalalari tahlil qilingan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-11

45

Elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini sud orqali himoya qilish.

Ixtiyor Adurazzakov,

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Biznes huquqi yo‘nalishi 2-kurs magistranti

Annotatsiya:

ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat

sohasida iste’molchi huquqlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish,
shuningdek, elektron tijoratni amalga oshirishda iste’molchilarning sudga murojaat
qilish masalalari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

javobgarlik choralari, fuqarolik muomalasining noprofessional

ishtirokchilari, fuqarolik-huquqiy vositalar, ommaviy-huquqiy instrumentlar, elektron
xabar, ma’naviy zarar.

XX asr o‘rtalaridan boshlab dunyo hamjamiyatidan axborot komunikatsiyalari

texnologiyalarini uzluksiz rivojlanib borishi va internet tarmog‘ining ommalashuv
jaroyaonio amalga oshirilgan bo‘lsa, XXI asrning dastlabki yillaridan ijtimoiy-iqtisodiy
hayotda elektron hukumat, elektron davlat, elektron biznes yuritish degan jumlalar
jadallik bilan kirib keldi. Milliy qonunchiligimizda fuqarolarning huquq va
erkinliklarini himoya qilishning turli yuridik mexanizmlari ishlab chiqilgan bo‘lib,
ushbu mexanizmlarning samarali va oqilona ishlashida davlat organlari va mansabdor
shaxslar bevosita mas’ul hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bunda
birinchi navbatda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda hamda
buzilgan huquqlarini tiklashda sud hokimiyati alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, kundalik
hayotimizda zarur bo‘lgan mahsulotlarni elektron tijorat yordamida buyurtma berish va
qabul qilib olish bir muncha qulayliklar yaratadi. Shunday mahsulot va xizmatlar borki,
ularni yetkazib berishda ayrim talablarni o‘rnatish iste’molchilarning huquqlarini
himoya qilish bilan asoslanadi. Bunda iste’molchilarni huquqlarini himoya qilishiga
qaratilgan qonun hujjatlari orqali ularning huquq va manfaatlari himoya qilinadi.

Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning maqsadli

yo‘naltirilganligi kontragent bilan noteng holatda bo‘lgan iste’molchi-fuqaroning
huquqlari va manfaatlariga rioya etishning qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini iqtisodiy


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-11

46

sharoit, ta’lim darajasi, harid qilish layoqatidan kelib chiqib yaratishdan iborat
hisoblanadi. O‘zining mazmuniga ko‘ra, fuqarolik huquqi tenglik va adolatlilik negizini
nafaqat huquqiy munosabatda huquq va majburiyatlarning shakllanishida, balki
javobgarlik choralarini belgilash va huquq buzilishi sodir etilganida himoyani
o‘rnatishni ham ta’minlaydi. Bu vaziyatdagi muhim jihatlardan biri iste’molchi-fuqaro,
iqtisodiy jihatdan zaif va himoyalanmagan fuqarolik muomalasining noprofessional
ishtirokchilari uchun ochiq va teng himoyani ta’minlash hisoblanadi. Huquqiy
munosabatning nisbatan zaif tomoni huquqlarini himoya qilish maqsadiga fuqarolik-
huquqiy tartibga solishning xususiyati (ommaviy huquq normalariga xos bo‘lgan
hokimiyat va bo‘ysunish mavjud emasligi)dan kelib chiqib, o‘ziga xos ommaviy
negizlarni kiritish vositasida erishiladi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
mexanizmi

nafaqat

fuqarolik-huquqiy

vositalarni,

balki

ommaviy-huquqiy

instrumentlarni o‘zida ifodalaydiki, bular orasidan fuqarolik huquqlarini sud va
ma’muriy tartibda himoya qilish alohida o‘rin tutadi.

Fuqarolarning elektron tijorat tovarlarini olishi orqali ham mulk huquqi vujudga

keladi. Bundan tashqari shunday munosabatlar borki, tovarlar, ishlar hamda xizmatlarni
fuqarolar tomonidan tadbirkorlik maqsadini ko‘zlamagan holda elektron tijorat orqali
realizatsiya qiladi hamda iste’molchi sifatida huquqiy maqomga ega bo‘ladi. Biroq,
shunday holatlar yuzaga keladiki, fuqarolarning elektron tijoratni amalga oshirish
iste’molchi sifatida huquqlari buzilishi mumkin. Bunda iste’molchi vakolatli davlat
organlari yoki bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Iste’molchilarning huquqlari qonun bilan himoyalangan bo‘lib, iste’molchiga

yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan
jismoniy va ma’naviy zararlarning xususiyatiga, shuningdek, tovon to‘lashga asos
bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan
aniqlanadi. Eng avvalo, shuni ta’kidlash joizki, Fuqarolik kodeksining 1-moddasiga
asosan, fuqarolik qonunchiligi ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar
ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning
erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘zboshimchalik bilan aralashishiga
yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan
huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga
asoslanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual
kodeksining 3-moddasida ham qayd qilinganidek, har qanday manfaatdor shaxs


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-11

47

buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini
himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli

“Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 3-moddasiga muvofiq har qanday
manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishga haqli.

Shu bilan birga, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi

qonunning 4-moddasida buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan
manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga
murojaat etish iste’molchilarning asosiy huquqlaridan biri hisoblanishi belgilangan.
Shuningdek, Qonunning 29-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, iste’molchining huquqlari
buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonun hujjatlarida
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan yerdagi yoki
zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi. Demak, iste’molchilar o‘z huquqlarini
himoya qilish va buzilgan huquqlarini tiklashni so‘rab sudga shikoyat qilishlari
mumukin.

Fuqarolar

Fuqarolik

protsessual

kodeksining

145-moddasida

belgilanganidek, javobgarning doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan
joydagi, tashkilotlarga nisbatan ariza esa ularning organlari joylashgan hududdagi
sudga beriladi.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 29-

moddasi ikkinchi qismiga asosan, iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan
bog‘liq da’volar bo‘yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi ularning
sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat
birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini
ko‘zlab qo‘zg‘atiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.

Shuningdek, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasiga asosan,

iste’molchilar – o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq da’volar
yuzasidan hamda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz bo‘lishi va sifati
ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari va iste’molchilarning jamoat


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-11

48

birlashmalari

– iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining)

manfaatlarini ko‘zlab beriladigan da’volar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha
sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinishi belgilangan. Qonunchilik
orqali iste’molchilar shunday imkoniyatlar berilganki, iste’molchi sifatida buzilgan
huquqlari yuzasidan sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
Mazkur amaliyot yuqoridagi mavzularda ta’kidlaganimizdek, davlat iste’molchilarning
huquqlarini kafolatlashi kabi vazifalarining amaldagi asosi hisoblanadi.

Shubhasiz, davlat elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini sud orqali himoya

qilish huquqiy asoslari yetarli darajada ta’minlagan. Ahamiyatli jihati iste’molchilar
o‘z huquqlarini himoya qilib yoki buzilgan huquqlarini tiklashni so‘rab, bevosita
mustaqil ravishda sudga murojaat qilishi, agar sudga murojaat qilish imkoniyati mavjud
bo‘lmagan hollarda esa uning manfaatlarini himoya qilib davlat organi tomonidan
amalga oshirish mumkin.