Vol. 2 No. 11 (2024)

Vol. 2 No. 11 (2024)
Published: 28-12-2024

Articles

7-15 87 48

SURXANDARYO VILOYATIDA TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Mavjuda Mo‘minova

Ushbu maqola O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollarini o‘rganadi. Viloyat tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklarga boy bo‘lib, u mahalliy va xalqaro sayyohlar uchun istiqbolli manzilga aylanadi. Biroq, mavjud turizm infratuzilmasi ko'plab muammolarga duch kelmoqda, jumladan transport vositalarining etishmasligi, joylashtirish xizmatlarining etarli emasligi va cheklangan marketing strategiyalari. Tadqiqotda turizm infratuzilmasining hozirgi holati va uning rivojlanish salohiyatini aniqlash uchun turli metodologiyalar, jumladan, tahliliy sharhlar, so‘rovlar va qiyosiy tahlillar qo‘llaniladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Surxondaryoda turizmni barqaror rivojlantirish uchun transport aloqalarini yaxshilash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mahalliy madaniyatni targ‘ib qilish va mahalliy aholini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola mintaqada turizm infratuzilmasi rivojlanish dinamikasini tushunishga yordam beradi va turizmni rejalashtirish va boshqarish bilan shug'ullanadigan manfaatdor tomonlar uchun tavsiyalar beradi.

319-322 159 50

BARQAROR IQTISODIY O’SISH: NAZARIYA VA AMALIY YONDASHUVLAR

Gulnoza Egamnazarova , Sorbon Xo’janazarov

Mazkur maqolada barqaror iqtisodiy o’sish tushunchasi, uning nazariy asosi va amaliy tatbiqi tahlil qilinadi. Barqaror iqtisodiy o’sishning dinamik modeli, uni ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar va global tajribalar o’rganiladi. Shuningdek, iqtisodiyotning turli sektorlarida ushbu o’sishning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan strategiyalar ko’rib chiqiladi. Maqola so’nggida o’zbek iqtisodiyotida barqaror o’sishni ta’minlash bo’yicha tavsiyalar beriladi.

211-214 512 219

MERKANTILIZM TA’LIMOTI: IQTISODIYOT TARIXIDAGI BIRINCHI NAZARIY TIZIM

Nigora Turopova , Behruz Abduxalilov

Mazkur maqolada merkantilizm iqtisodiy ta’limot sifatida ko‘rib chiqiladi, uning asosiy tamoyillari, rivojlanish bosqichlari va ijtimoiy-iqtisodiy kontekstdagi ahamiyati o‘rganiladi. Tadqiqotda ushbu ta’limotning iqtisodiy rivojlanish strategiyalari, asosiy g‘oyalari va bugungi iqtisodiy nazariyalar uchun ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, merkantilizmning zamonaviy iqtisodiy siyosatdagi aks sadosi ham ko‘rib chiqiladi

315-318 38 22

Солиқ имтиёзларининг мамлакат иқтисодиётидаги ўрни

Хусан Жураев , Феруза Чориева

Мақолада солиқ имтиёзлари, солиқ сиёсати, иқтисодиёт тармоқларида иқтисодий ўсишда солиқларнинг ўрни, солиқ имтиёзлари мониторинги, солиқ имтиёзларини мамлакат иқтисодиётини такомиллаштиришга доир таклиф ва тавсиялар берилган 

309-314 61 18

CAUSES OF CANCER IN THE MODERN WORLD

Abduvohidov N.Z, Roʻziyeva G.T

The existence of cancer has been known for thousands of years, yet its rates continue to grow despite advances in medicine and human development indexes. In fact, over 35 million new cancer cases are predicted in 2050, a 77% increase from the estimated 20 million cases in 2022. This article will try to highlight key factors in cancer growth and its preventive measures

304-308 421 32

O‘simliklar ontogenezining fiziologik tavsifi

Najmiddin Xabibullayev

Ushbu maqolada o‘simliklar ontogenezining fiziologik jarayonlari batafsil yoritilgan. Ontogenez jarayoni urug‘ning unib chiqishidan boshlab qarish va o‘lim bosqichigacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Har bir bosqichda sodir bo‘ladigan asosiy fiziologik jarayonlar, jumladan, fotosintez, nafas olish, gormonlarning ta’siri, suv va oziq moddalar oqimi o‘rganilgan. Shuningdek, tashqi muhit omillarining – yorug‘lik, harorat, suv va oziqlanishning rivojlanish jarayoniga ta’siri tahlil qilingan. Ushbu tadqiqot o‘simlik fiziologiyasi va qishloq xo‘jaligi amaliyotida muhim bo‘lib, hosildorlikni oshirish hamda o‘simliklarning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun ilmiy asos yaratadi.

295-303 54 41

КАМБАҒАЛ ОИЛА ВА МАҲАЛЛАРНИ КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА ТАДБИРКОРЛАРНИ ЖАЛБ ҚИЛИШ ВА УЛАРНИНГ ИМКОНИЯТИДАН ТЎЛИҚ ФОЙДАЛАНИШ

Б.Б. Хидирбаев

Мазкур мақолада камбағал оила ва маҳаллаларни камбағалликдан чиқариш жараёнида тадбиркорларни жалб қилиш ҳамда уларнинг имкониятларидан самарали фойдаланиш йўллари таҳлил қилинган. Тадбиркорликни ривожлантириш учун зарур инфратузилмани шакллантириш, давлат ва хусусий сектор ҳамкорлигини кучайтиришнинг ўрни кўрсатилган. Шунингдек, маҳаллалардаги иқтисодий шароитларни яхшилашда тадбиркорлик ташаббусларини қўллаб-қувватлашнинг муҳим аҳамияти таъкидланган. Мақолада, камбағалликни қисқартириш борасида халқаро тажриба ҳам таҳлил қилиниб, улардан олинган сабоқлар ҳақида маълумотлар берилган.

279-294 62 24

ПЕНСИЯ ТАЪМИНОТИ ТИЗИМИНИНГ НАЗАРИЙ ВА АМАЛИЙ АСОСЛАРИ

Ф.М Пардаев

Мазкур мақолада пенсия таъминоти тизимининг юзага келиши ва тараққиёт босқичлари ўрганилган. Пенсия тизимининг назарий асосларига оид адабиётлар таҳлил қилинган. Хорижий мамлакатлари пенсия таъминоти тизимлари асосида пенсиянинг қоплаш кoэффициентлари таҳлил қилинган. Мавжуд муаммолар ўрганилган ва уларни бартараф этиш борасида муаллифнинг таклиф ва тавсиялари ишлаб чиқилган.

276-278 164 18

MINTAQAVIY IQTISODIYOTDA QISHLOQ XO‘JALIGI KLASTERLARINING INNOVATSION YONDASHUVLARI

Nigora Turopova , Iroda Musurmonova

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi klasterlarining mintaqaviy iqtisodiyotdagi o‘rni va ularning innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirilishi yoritiladi. Klasterlash jarayoni orqali resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksportni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Misol sifatida O‘zbekistondagi agrosanoat klasterlari tajribasi keltirilgan.

272-275 222 22

MINTAQAVIY IQTISODIYOTDA QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATSIYALARINING ROLI VA ISTIQBOLLARI

Nigora Turopova, Bekzod Panjiyev

Mazkur maqolada mintaqaviy iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarining ahamiyati va ularning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Kooperatsiyalar orqali hosildorlikni oshirish, resurslardan tejamkor foydalanish va qishloq aholisining daromadlarini ko‘paytirish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, mavjud muammolar va istiqbolli rivojlanish strategiyalari ko‘rib chiqilgan.

268-271 166 25

MINTAQAVIY IQTISODIYOTDA SANOAT KLASTERLARINING RIVOJI VA ISTIQBOLLARI

Nigora Turopova, Diyorbek Raxmatov

         Maqolada mintaqaviy iqtisodiyotda sanoat klasterlarining rivojlanishi va ular mintaqaning iqtisodiy o‘sishiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Klasterlarni tashkil etishning asosiy tamoyillari, ularning innovatsiyalar va eksport salohiyatini oshirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shu bilan birga, klasterlarni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan strategiyalar va davlat siyosatining roli ko‘rib chiqiladi.

261-267 122 51

Osteoporoz kasalligi nima va uning kelib chiqish sabablari

Jasmina Sattorova , Soatmurod Boyqobilov

         Maqolada osteoporoz suyak to‘qimasi kasalligi ekanligi, suyak to’qimasida dekalsifikatsiya jarayoninig sodir bo’lish mexanizmi bilan ta’riflanadi. Bu suyaklarning mo‘rtligiga olib kelishi, suyak toʻqimalarining metabolizmi buzilishi, katabolizmning suyak shakllanishi jarayonlaridan ustunligi, suyak kuchining pasayishi va sinish xavfining oshishiga olib keladi. Biz bu maqolada batafsil kassalikning kelib chiqishi sabablarini to’liq yoritib berdik. Klinik shifokorlar, magistratura va klinik ordinatura talabalari, tibbiyot oliygohi talabalari foydalanishlari mumkin.

256-260 99 94

Internetga ulanuvchi zamonaviy qurilmalar va ularni boshqarish

Dilshod Munavarov , Mavlonbek Usmonov

Ushbu maqolada internetga ulanuvchi zamonaviy qurilmalar va ularning boshqarish tizimlari haqida so'nggi yangiliklar va rivojlanishlar ko'rib chiqiladi. Maqolada, avvalo, IoT (Internet of Things) texnologiyasining asosiy tushunchalari va uning kundalik hayotdagi ahamiyati yoritiladi. Internetga ulanuvchi qurilmalar, jumladan aqlli uy tizimlari, avtomobil transport vositalari va sog'liqni saqlash sohasidagi qurilmalar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Shuningdek, bu qurilmalarni boshqarish uchun foydalaniladigan platformalar, dasturiy ta'minotlar va xavfsizlik choralariga alohida e'tibor qaratiladi. Maqola, texnologiyaning rivojlanishi bilan bog'liq yangi imkoniyatlar, foydalanuvchilar uchun qulayliklar va xavf-xatarlar haqida fikr yuritadi. Zamonaviy qurilmalar va ularni boshqarish tizimlarining kelajagi ham muhokama qilinadi, shu bilan birga, ularning jamiyatdagi roli va texnologik taraqqiyotga qo'shgan hissasi ko'rib chiqiladi.

240-255 108 49

Calculation of the Distance to Objects in Collaborative Robots Workspace Using Computer Vision

Vladyslav Yevsieiev, Amer Abu-Jassar, Svitlana Maksymova

The article examines the method of calculating the distance to objects in the collaborative robots workspace using computer vision technologies. The results of experiments are analyzed, which reveal the dependence of measurement accuracy on various factors, such as the distance to the object and the speed of its movement. The results indicate the need to improve data processing algorithms to ensure reliable operation of robotic systems in dynamic environments. This is important for improving the efficiency of robots' interaction with the environment.

235-239 159 56

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURLARINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV

Ug‘iloy Xudoyberdiyeva

Ushbu maqolada tafakkur va tafakkur  shakllari haqida qisqacha ma’lumot  berilgan  hamda bir necha psixologlarning  fikrlari bayon etildi. Shuningdek, matematika  darslarida  boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining  mantiqiy fikrlash  qobiliyatlarini o‘stirishda mantiqiy  masalalarni qo‘llash  orqali  bolalarning  mantiqiy  tafakkurini  shakllantirishga  doir  1-sinf matematika  darsidan 1 soatlik  dars ishlanma  ham  keltirilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurlarini shakllantirish ta’lim jarayonining muhim komponentidir. Mantiqiy tafakkur nafaqat o‘quvchilarning bilimlarini kengaytirishga, balki ularni ongli ravishda fikrlashga, tahlil qilishga va mustaqil xulosa chiqarishga o‘rgatishga yordam beradi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurlarini shakllantirishda psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Psixologik yondashuvlar yordamida o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning usullari, metodlari va asosiy tamoyillari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixologik xususiyatlar va pedagogik yondashuvlar mantiqiy tafakkur shakllanishida qanday rol o‘ynashi tahlil qilinadi.

231-234 247 81

O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA UNING RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Nigora Turopova , Xumoyun Xudoyberdiyev

Raqamli transformatsiya so‘nggi yillarda butun dunyo bo‘ylab iqtisodiyotning yangi rivojlanish modelini shakllantirmoqda. O‘zbekiston ham bu jarayonga qo‘shilib, raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlarini joriy etmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida raqamli transformatsiyaning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar, shu jumladan, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, internet-infratuzilmasini rivojlantirish va raqamli savodxonlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyalar jozibadorligiga ta’siri o‘rganiladi.

227-230 286 147

SOLIQ SIYOSATI VA UNING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI

Nigora Turopova , Dilnoza Rashidova

Soliq siyosati davlat iqtisodiyotini boshqarishning muhim vositalaridan biridir. Bu maqolada soliq siyosatining iqtisodiy o‘sishga ta’siri o‘rganiladi. Soliq to‘lovchi tashkilotlar va xususiy shaxslar uchun qanday soliq siyosati foydali bo‘lishi, soliq tizimining samaradorligi va soliqlarning o‘sish sur’atlariga qanday ta’sir qilishini tahlil qilinadi. O‘zbekiston misolida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan soliq islohotlari va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri keltiriladi. Ushbu maqola soliq siyosatining iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik muhiti va investitsiya jozibadorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini hamda global miqyosda soliq siyosatini qanday muvofiqlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

223-226 256 76

RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Nigora Turopova , Ashurali Shermataliyev

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi mamlakatlar iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda, shu bilan birga, u an'anaviy iqtisodiyotga qarshi yangi tahdidlar ham keltirib chiqarmoqda. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlari, uning iqtisodiyotga ta’siri, shuningdek, O‘zbekiston misolida raqamli iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va unga to‘sqinlik qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Maqola raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni hamda bunday iqtisodiyotning jamiyatdagi o‘rni va kelajagi haqida batafsil ma'lumot beradi.

219-222 248 79

YASHIRIN IQTISODIYOT VA UNING MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI

Nigora Turopova , Ozodbek Eshboʻriyev

         Yashirin iqtisodiyot, ya'ni rasmiy statistikada aks etmaydigan iqtisodiy faoliyatlar, milliy iqtisodiyotga turli jihatlardan ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada yashirin iqtisodiyotning shakllanish sabablari, uning ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri, shuningdek, uning bartaraf etish usullari ko‘rib chiqiladi. Yashirin iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlari va uning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini tahlil qilish orqali, unga qarshi kurashishning samarali yo‘llari ishlab chiqiladi. Tadqiqotda yashirin iqtisodiyotning global miqyosdagi va O‘zbekistondagi o‘rni o‘rganilib, kelajakdagi rivojlanish istiqbollari belgilab beriladi.

215-218 330 166

BARQAROR IQTISODIY O‘SISH: RIVOJLANISH STRATEGIYALARI VA GLOBAL MUAMMOLAR

Nigora Turopova , Al Amin Rustamov

Ushbu maqolada barqaror iqtisodiy o‘sish tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va amalga oshirish strategiyalari o‘rganiladi. Shuningdek, global iqtisodiy muhitda barqarorlikka erishishda duch kelinayotgan muammolar, masalan, iqlim o‘zgarishi, resurslarning cheklanganligi va iqtisodiy tengsizlik tahlil qilinadi. Tadqiqotda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha zamonaviy innovatsion yondashuvlar va ularning mamlakatlarning uzoq muddatli rivojlanishidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi

16-20 77 38

KONSTRUKSION VA ISSIQQA CHIDAMLI PO‘LATLARNI PAYVANDLASH UCHUN QOPLAMALI ELEKTROD TURLARI

Abdurasul Turdiyev , Jo’ra Abdullaev

Mazkur maqolada konstruktsion va issiqqa chidamli po‘latlarni payvandlashda qo‘llaniladigan qoplamali elektrodlar turlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Payvandlash sifatini ta’minlash uchun elektrodlarning tarkibi, qoplama turi va qo‘llaniladigan materiallar hamda ularning payvandlash jarayoniga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida issiqqa chidamli po‘latlarning turli haroratlarda deformatsiyalanish xususiyatlari va payvandlash natijasidagi mexanik mustahkamlik o‘rganildi.

391-404 103 28

ANALYZING THE IMPACT OF DIGITAL ECONOMIC EXPANSION ON RESOURCE UTILIZATION AND ENVIRONMENTAL SUSTAINABILITY IN UZBEKISTAN

Muhammad Eid Balbaa

This study investigates the intricate relationship between digital economic 
expansion, resource utilization, and environmental sustainability in Uzbekistan. As the 
country advances its digital economy, understanding the environmental consequences 
of this growth becomes crucial for policy-making. The research explores how 
Uzbekistan’s digital-driven GDP growth impacts resource consumption, particularly 
focusing on energy usage, water resources, and land utilization, alongside 
environmental degradation indicators such as CO2 emissions and pollution levels. 

458-463 694 170

INNOVATIVE METHODS IN WATER PURIFICATION: PAVING THE WAY FOR SUSTAINABLE CLEAN WATER SOLUTIONS

Samariddin Eshkoraev

Water purification is essential to ensuring the availability of clean and safe drinking water, particularly in regions facing water scarcity and contamination. While traditional water treatment methods such as filtration, chlorination, and reverse osmosis have been widely used, they often present challenges in terms of cost, energy consumption, and environmental impact. Innovative methods in water purification are emerging to address these challenges, including nanotechnology, solar-powered systems, biological filtration, and advanced membrane-based techniques. These new technologies not only enhance the efficiency and sustainability of water treatment processes but also offer scalable and cost-effective solutions for communities in need. This paper explores several innovative water purification methods, highlighting their potential to revolutionize the way we purify water for a more sustainable future.

451-457 147 44

INNOVATIVE METHODS IN TEACHING POWDER METALLURGY

Samariddin Eshkoraev

Powder metallurgy (PM) is a specialized field that involves the creation of metal parts from powdered materials. Teaching this complex subject requires innovative and effective methods to bridge the gap between theoretical concepts and practical applications. This article explores the use of modern teaching approaches in powder metallurgy, focusing on interactive simulations, additive manufacturing, blended learning, project-based learning, industry collaboration, gamification, and immersive technologies like augmented reality (AR) and virtual reality (VR). By incorporating these innovative methods, educators can enhance student engagement, foster hands-on experience, and better prepare students for the evolving manufacturing and engineering industries. This paper highlights the importance of modern teaching tools in revolutionizing powder metallurgy education and shaping the future of engineering professionals.

447-450 54 18

CLASS-CENTERED TEACHING: A FRAMEWORK FOR CLASSROOM DECISION-MAKING

Aziza Kosimova , H.B Nuriddinova

This article explores the concept of class-centered teaching as a systematic approach to decision-making within educational settings. It emphasizes the centrality of the classroom environment in shaping teaching strategies, curriculum design, and learning outcomes. By integrating pedagogical theories with practical classroom applications, this framework supports teachers in making informed, student-centered decisions.

443-446 40 15

TERMINLАRNING KОGNАTIV-PRАGMАTIK VА LINGVОKULTURАLОGIK HUSUSIYАTLАRI

Jаvоhirmirzо Аbdug‘аniyev

Ushbu mаqоlаdа teminlаrning kоgnаtiv-prаgmаtik vа lingvоkulturаlоgik hususiyаtlаri hаmdа terminоlоgiyа sоhаsigа оid muhum mа’lumоtlаr keltirilgаn.

439-442 61 39

MAKTABLARDA DAVLAT TILIGA BO‘LGAN MUNOSABAT, UNI O‘QITISHDA VA O‘RGANISHDAGI MUAMMOLAR

Hilola Aripova

Mazkur maqolada jamiyatimizda davlat tiliga bo‘lgan munosabat, uni o‘qitishda va o‘rganishdagi muammolar haqida so‘z boradi. Bu borada prezidentimiz chiqargan qarorlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Muammolar ketma ketlikda sanalgan.

432-438 52 18

BIHEVIORALIZM YONDASHUVI ASOSIDA “MANFAATLAR TO’QNASHUVI” QONUNINING SIYOSIY XULQ-ATVORGA TA’SIRI

Sevara Jabborova

Ushbu maqolada Bihevioralizm yondashuvi asosida “Manfaatlar to’qnashuvi” qonunining fuqarolar siyosiy xulq-atvoriga ta’sirini so’rovnoma shaklida aniqlangan, ya’ni davlat tomonidan ishlab chiqilayotgan qonunlarga fuqarolarning reaksiyasi va ishonch darajasi yoritilgan.

426-431 55 33

BULUTLI SAQLASH TIZIMLARI VA ULARNING TASHKIL ETILISHI

Norqobilov Sirojbek, Usmonov Mavlonbek, Nuriddinov Mexriddin

Mazkur maqolada bulutli saqlash tizimlari (Cloud Storage) va 
ularning tashkil etilishi, zamonaviy texnologik infratuzilmalarda o'rni, afzalliklari va 
kamchiliklari batafsil ko'rib chiqilgan. Bulutli saqlash, ma'lumotlarni internet orqali 
masofaviy serverlarda saqlash va boshqarish imkonini beruvchi tizim sifatida, axborot 
texnologiyalarining muhim qismiga aylangan. Ushbu tizimlar foydalanuvchilarga 
ma'lumotlarni har joydan va har qanday qurilmadan kirish imkoniyatini yaratadi. 

426-431 88 59

BULUTLI SAQLASH TIZIMLARI VA ULARNING TASHKIL ETILISHI

Norqobilov Sirojbek, Usmonov Mavlonbek, Nuriddinov Mexriddin

Mazkur maqolada bulutli saqlash tizimlari (Cloud Storage) va 
ularning tashkil etilishi, zamonaviy texnologik infratuzilmalarda o'rni, afzalliklari va 
kamchiliklari batafsil ko'rib chiqilgan. Bulutli saqlash, ma'lumotlarni internet orqali 
masofaviy serverlarda saqlash va boshqarish imkonini beruvchi tizim sifatida, axborot 
texnologiyalarining muhim qismiga aylangan. Ushbu tizimlar foydalanuvchilarga 
ma'lumotlarni har joydan va har qanday qurilmadan kirish imkoniyatini yaratadi. 

421-425 181 67

RIVOYAT JANIRINING O‘ZIGA XOS MA‘NO JIHATLARI

Abdunazarova Nazira Dilshod qizi

Ushbu maqolada rivoyat janrining o‘ziga xos ma’no jihatlari, uning xalq og‘zaki 
ijodidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Rivoyatlarning axloqiy, diniy va tarbiyaviy 
mazmuni, ularning fantastik va real voqealar uyg‘unligi orqali badiiy qiymati ochib 
beriladi. Shuningdek, rivoyatlarning zamonaviy adabiyot va madaniyatga ta’siri ham 
ko‘rib chiqiladi. Maqolada rivoyatlarning tarbiyaviy ahamiyati va ularning xalq 
madaniy merosidagi o‘rni haqida xulosalar chiqariladi.

323-327 231 45

TURIZM VA IQTISODIYOT: RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O‘ZARO ALOQADORLIK VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Nigora Turopova , Farizabonu Rahimova

Turizm sohasining iqtisodiyotga ta’siri global miqyosda tobora ortib bormoqda. Zamonaviy raqamli texnologiyalar ushbu sektorni rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada turizm va iqtisodiyot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, raqamli transformatsiyaning ushbu sohaga ta’siri, shuningdek, O‘zbekiston turizm industriyasini rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Maqolada tahlil va eksperiment ma’lumotlari asosida turizmning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli yoritilgan.

372-380 77 15

УГЛУБЛЕННОЕ ИЗУЧЕНИЕ ГРАММАТИЧЕСКОГО СТРОЯ ЯЗЫКА.

Назарова Манзура Насруллаевна, Жалолова Насиба

Углубленное понимание грамматической структуры языка является 
важным аспектом лингвистики, позволяющим изучать правила и закономерности 
языковых явлений. Каждый язык имеет уникальную структуру, включающую 
морфологию, синтаксис и фонетику, что делает его изучение сложным. 
Осознание этих структур помогает понять взаимодействие слов и предложений. 
Анализ включает изучение частей речи, их функций, а также сложносочинённых 
и сложноподчинённых предложений.

368-371 112 45

RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘SIB BORAYOTGAN ROLI VA UNING GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Gulnoza Egamnazarova , Soxib Xo’shboqov

Raqamli iqtisodiyot so‘nggi yillarda global iqtisodiy rivojlanishda muhim o‘rin


tutmoqda. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning mohiyati, uning asosiy omillari va


iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi.


Raqamli texnologiyalarning xususiy sektor va davlat boshqaruvidagi o‘rni, shuningdek,


O‘zbekiston misolida raqamli iqtisodiyotning istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

359-367 115 20

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ТУРИЗМ: СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ

Дилшод Хайдаров , Абдумалик Юлдашов

Международный туризм является важной и быстро развивающейся отраслью мировой экономики, которая оказывает значительное влияние на общественные, культурные и экономические процессы в различных странах. В статье рассматриваются ключевые аспекты международного туризма, включая его роль в глобальной экономике, основные тренды и инновации, а также последствия пандемии COVID-19 для туристической отрасли. Особое внимание уделяется перспективам развития международного туризма, включая вопросы устойчивости, экологической ответственности и внедрения новых технологий для улучшения качества обслуживания туристов. В заключение подчеркивается значимость туризма как инструмента культурного обмена и способа развития международных отношений.

405-411 49 34

ЭКОНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ ТУРИЗМА: МЕЖДУНАРОДНЫЙ ТУРИЗМ

Абдувалиев Абдужалил Абдувохид ўғли, Юлдашов Абдумалик Илхомович

Международный туризм является важнейшей отраслью экономики многих 
стран, оказывающей значительное влияние на глобальное развитие. Эта сфера 
активно способствует не только экономическому росту, но и культурному 
обмену, а также укреплению международных отношений. С развитием 
технологий, глобализацией и изменением потребностей туристов организация 
туризма на международном уровне претерпевает значительные изменения. 

344-351 205 58

OʻSIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI

Najmiddin Xabibullayev , Amina Botirova

Maqolada oʻsimlik hujayrasining tuzilishi va uning biologik funksiyalari haqida batafsil maʼlumot berilgan. Unda hujayraning asosiy qismlari, jumladan, hujayra devori, sitoplazma, yadro, vakuola, xloroplastlar, mitoxondriya, endoplazmatik toʻr va Golji apparatining tuzilishi va vazifalari yoritilgan. Hujayraning har bir organoidi oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishidagi muhim rolini bajarishi koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, maqolada hujayraning ichki tuzilmalari oʻrtasidagi o‘zaro bogʻliqlik va ularning o‘simlik hayotidagi ahamiyati tahlil qilingan.

336-343 58 34

CIVIL SOCIETY IN NEW UZBEKISTAN: OPPORTUNITIES AND NEW PERSPECTIVES

Rufat Auyezov

The article analyzes specific trends of the ongoing reforms and transformations in Uzbekistan, implementation of the tasks indicated in The Strategy for Actions on the development of Uzbekistan in 2017-2024, in the context of development and liberalization of the economy. Thus, the article investigates practical measures to implement these tasks, changes in approaches towards the interaction of the state, population, business community, etc.

332-335 46 22

ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ ПАЛОМНИЧЕСКОГО ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ НА БАЗЕ ПАМЯТНИКОВ БУДДИЗМА.

Мафтуна Каримова

В данной статье рассматриваются основные аспекты развития паломнического туризма в Узбекистане на базе буддийских памятников, а также потенциальные возможности и вызовы, связанные с этой инициативой.

328-331 58 23

НЕВРОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФЕБРИЛЬНЫХ И АФЕБРИЛНЫХ СУДОРОГ У ДЕТЕЙ.

В.Ф. Гаффорова

в статье приводятся результаты исследования детей с фебрильными и афебрильными судорогами в сравнительном аспекте. Установленно, что фебрильные судороги развиваются при гипертермии по причине соматического заболевания и сопровождаются микроорганической рассеянной симптоматикой, не влияющей на когнитивное развитие ребенка.

405-411 64 45

ЭКОНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ ТУРИЗМА: МЕЖДУНАРОДНЫЙ ТУРИЗМ

Абдувалиев Абдужалил Абдувохид ўғли, Юлдашов Абдумалик Илхомович

Международный туризм является важнейшей отраслью экономики многих 
стран, оказывающей значительное влияние на глобальное развитие. Эта сфера 
активно способствует не только экономическому росту, но и культурному 
обмену, а также укреплению международных отношений. С развитием 
технологий, глобализацией и изменением потребностей туристов организация 
туризма на международном уровне претерпевает значительные изменения. 

79-83 64 20

ЖУМА МАСЖИДИ МИНОРАСИНИ СЕЙСМИК КУЧЛАР ТАЪСИРИГА ҲИСОБЛАШ

Б.К Рахманов

Мақолада Хива шаҳридаги Жума масжиди конструкцияларини амалдаги лойиҳалаш нормалари бўйича сейсмик кучлар таъсирига ҳисоблаш натижалари ҳамда натижалар таҳлили келтирилган.

114-116 73 30

KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI QO`LLAB QUVVTLASH ZARURATI

Sharof Xudoyberdiyev , Munira Xodjiyeva , Dildora Xolliyeva , Kamoliddin Xudoyberdiyev , Alisher Ziyayev

Ushbu maqola kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash zaruratini va uning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tahlil qiladi. Kichik biznes iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lib, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalarni rivojlantirish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning dolzarbligi va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan.

110-113 75 38

O’ZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISH

Olimjon Samatov , Farangiz Salimova , Sardorbek Toshboltayev , Farzona Xasanova , Shaxlo Xodiyeva

O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan xususiylashtirish jarayoni davlat korxonalarini bozorga kiritish va raqobatbardosh iqtisodiy muhitni yaratishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada xususiylashtirish jarayonining tarixiy rivoji, uning iqtisodiyotga ta’siri, amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan natijalar tahlil etiladi.

106-109 97 166

O’ZBEKISTONDA MONOPOLIYAGA QARSHI SIYOSAT

Muxiddin Narsayev, Soxiba Mirzakulova , Azizbek Namozov , Asliddin Norqulov , Mirzabek O‘roqov

O‘zbekiston iqtisodiyotida sog‘lom raqobat muhitini yaratish va monopolistik amaliyotlarni cheklash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu maqolada monopoliyaga qarshi siyosatning iqtisodiyotga ta’siri, uning amalga oshirilishi, asosiy muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari tahlil qilinadi..

102-105 1541 284

FISKAL SIYOSAT VA UNING MOHOYATI

Raxmatulla Maxmadaliyev , Zikriya G‘aniyev , Jasurbek Jo‘rayev, Yulduz Jo‘rayeva , Feruza Kurtova

Fiskal siyosat davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi asosiy vositalaridan biri bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va ijtimoiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada fiskal siyosatning ahamiyati, davlatning soliq va byudjet xarajatlarini boshqarish orqali iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish usullari va ularning samaradorligi chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, fiskal siyosatning davlat qarzi va inflyatsiyaga ta’siri ham qamrab olingan.

98-101 116 93

SOLIQ-BYUDJET SIYOSATI VA UNING IQTISODIY O‘SISH VA BARQARORLIKKA TA’SIRI

Bunyod Eshqulov , Madinabonu Azizova , Oydin Berdinova , Shavkat Chorshanbiyev , Asadbek Fozilov

Ushbu maqolada soliq-byudjet siyosatining iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka ta’siri, asosiy maqsad va vositalari tahlil qilinadi. O‘zbekiston misolida davlat byudjeti va soliq siyosati ko‘rsatkichlari baholanadi, ularning iqtisodiyotdagi roli va barqaror rivojlanishga ta’siri o‘rganiladi. Ushbu maqola O‘zbekiston iqtisodiyotida soliq-byudjet siyosatining amaliyotini o‘rganishga qaratilgan.

169-172 243 118

OROL MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI

Nigora Turopova , Gulbahor Mamanazarova

Orol dengizining qurishi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun eng katta ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri bo‘lib, u hududning atrof-muhitiga, aholining salomatligiga va iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada Orol dengizi muammolarining asosiy sabablari va ularni bartaraf etish uchun qabul qilinayotgan usullar ko‘rib chiqilgan.

94-97 101 35

PUL-KREDIT SIYOSATI VA UNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI ROLI

Sanjar Abdixalilov , Sirojiddin Abdullayev , Rustam Abduxamedov , Oybek Ashurov , Kurbonmurod Axmedov

Ushbu maqolada pul-kredit siyosatining iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni ta’minlashdagi roli, uning asosiy maqsad va vositalari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi pul-kredit siyosati ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, asosiy tendensiyalar va ularning iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada O‘zbekistonning iqtisodiy sharoitlaridagi pul-kredit siyosati amaliyotlari baholanadi

87-90 137 40

O‘ZBEKISTONDA AGRAR SIYOSATNI MODERNIZATSIYA QILISH VA UNING QISHLOQ XO‘JALIGIGA TA’SIRI

Sevinch Rashidova , Ozoda Esonova , Mavjuda Murtozayeva

Ushbu maqola O‘zbekistonda agrar siyosatni modernizatsiya qilish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Agrar sohani rivojlantirish uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan, yer islohoti, suv resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlarini oshirish kabi yo‘nalishlar tahlil qilinadi. O‘zbekistondagi agrar siyosatning samaradorligi va iqtisodiy natijalarga ta’siri maqolada o‘z aksini topgan.

84-86 197 49

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA UNING MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI

Nigora Turopova , Shaydulla Absalomov

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyot nafaqat ish jarayonlarini avtomatlashtirish va innovatsiyalarni joriy etishga yordam beradi, balki mahsulot samaradorligini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini ham beradi.

203-206 263 147

IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH: YANGI ISTIQBOLLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH UCHUN IMKONIYATLAR

Nigora Turopova , Sardorbek Xushboqov

Mazkur maqolada iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishning ahamiyati, uning mamlakat iqtisodiy barqarorligiga ta’siri va global tendensiyalar tahlil qilingan. Turli iqtisodiyotlarda amalga oshirilgan diversifikatsiya siyosatlari misolida uning ijobiy va salbiy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xususan, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va eksportga yo‘naltirilgan strategiyalarni kengaytirish orqali diversifikatsiya jarayoni o‘rganilgan. Natijalarda diversifikatsiyaning iqtisodiy barqarorlikka olib keluvchi omil sifatidagi roli isbotlangan.

72-78 69 36

TALABANING MUSIQIY FANLARDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI BAJARISH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

G‘ulomjon Toshmatov , Mohigul To’rabayeva

Ushbu maqolada talabalarning musiqa fanlaridan tizimli yondashuvi asosida mustaqil ta’lim olishi hamda o’z shaxsiy bilimlarini rivojlantiririb borishi, mustaqil ta’lim orqali talabalar o‘zlariga mos vaqt va joyda ta’lim olishi, ijtimoiy o’zaro aloqalar o’rnatsihi, maqsadga yo‘naltirilgan o‘qish rejasi kabi bir qator ma’lumotlar haqida fikr yuritiladi.

65-71 38 24

Energetikа siyosаti

Lolа Djo‘rаyevа, Bekzod Xаzrаtkulov , Muxlisa Amonova , Raʼno Boboqulova

Ushbu ilmiy mаqolаdа energetikа siyosаti hаqidа vа bu borаdа аmаlgа oshirilаyotgаn ishlаr yuzаsidаn fikr-mulohаzаlаr keltirilib, Yаngi O‘zbekistondа mаzkur sohаni rivojlаntirish tа’kidlаb o‘tilgаn

58-64 136 64

IFLOSLANGAN OQAVA SUVLARNI YUKSAK SUV O’SIMLIKLARI YORDAMIDA TOZALASH SAMARADORLIGINI ANIQLASH

Hayotxon Safarova

Maqola yuqori suv o'simliklari yordamida oqava suvlarni biotexnologik tozalash usulini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, yuksak suv o'simliklari ifloslangan suvlarni o'rtacha 90% gacha tozalash imkonini beradi. Suv tarkibidagi mikrofloraning miqdori keskin kamayadi. Suvning fizikaviy va kimyoviy ko‘rsatkichlari yaxshilanadi hamda suvda erigan kislorod miqdori ko‘payadi. Bundan tashqari, suv o’simliklarining ortiqcha yashil massasidan qishloq xo'jaligi hayvonlari uchun ozuqa qo'shimchalarini ishlab chiqarishda foydalanish mumkinligi ko'rsatildi.

49-57 90 31

LADA ДИАБЕТ: ПОНИМАНИЕ УНИКАЛЬНЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ЭТОГО ТИПА ДИАБЕТА

Сабохат Туйчиева

LADA (латентный аутоиммунный диабет у взрослых) представляет собой уникальную форму диабета, которая сочетает в себе характеристики как сахарного диабета 1 типа, так и диабета 2 типа. Развитие и прогрессирование LADA обусловлены множеством факторов, включая иммунологические, генетические и окружающие. Аутоиммунная атака на бета-клетки поджелудочной железы, приводящая к снижению их функции, является центральным патогенетическим механизмом. При этом наличие специфических аутоантител, таких как антитела к глутаматдекарбоксилазе (GADA), служит важным диагностическим маркером. Генетические факторы, в частности вариации в генах HLA, также играют значительную роль, указывая на наследственную предрасположенность к этому состоянию. Кроме того, факторы окружающей среды, такие как вирусные инфекции и изменения в образе жизни, могут выступать триггерами для начала аутоиммунного процесса

45-48 80 85

Elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini sud orqali himoya qilish.

Ixtiyor Adurazzakov

ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat


sohasida iste’molchi huquqlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish, shuningdek, elektron tijoratni amalga oshirishda iste’molchilarning sudga murojaat qilish masalalari tahlil qilingan.

41-44 59 60

GʻАFURONА MАHORАT SIRLАRI

V.Sh Mamadayupova

     Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, o‘zining mashhur  yumoristik asarlari, mazmunli tarjimalari bilan elga tanilgan, o‘zbek farzandi Gʻafur Gʻulom haqida va u yozgan mashhur asarlar talqini xususida so‘z yuriligan.

35-40 65 23

МЕТОДИКА РАСЧЕТА ЛИФТОВЫХ КОНСТРУКЦИЙ НА СЕЙСМИЧЕСКИЕ ВОЗДЕЙСТВИЯ

М.К НАЗАРОВА , Х. О ОЛИМХОН

.Современные многоэтажные здания оснащаются вертикальными транспортными средствами для облегчения и ускорения перемещения людей и грузов на различные уровни. Их основное преимущество — минимальная площадь, занимаемая оборудованием в здании. Среди различных типов подъемников, применяемых в жилых, административных и промышленных зданиях, наиболее распространены лифты. Был рассмотрен вариант динамической модели системы "сооружение — лифт" для расчета сейсмостойкости лифтовых конструкций.

28-34 67 55

Агенезия внутренней сонной артерии и особенности кровоснабжения головного мозга (клинический случай) 2

Д.Я. Хожиев , Т.В Татун , В.Б Уланович, Е.Т Волкова

Представлен клинический случай односторонней агенезии внутренней сонной артерии и рассмотрены  пути коллатерального кровообращения отделов мозга на мультипланарных реконструкциях КТ-изображений. Установлены морфометрические, топографические и рентгено-анатомические характеристики и траектория хода сосудов участвующих в кровоснабжении мозга.

21-27 56 28

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Ittifoqining narkotiklarga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik mexanizmlari

Shahzod Abdusattorov

Ushbu maqola Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Ittifoqi tomonidan narkotik vositlarga qarshi kurash mehanizmlari va o‘zaro hamkorligining istiqbollari va ma’lum kamchiliklar to‘g‘risida so‘z yuritadi va takliflar beradi. 

123-126 369 64

O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA OILAVIY TADBIRKORLIK

Nigora Turopova , Kamoliddin Abdullayev

Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikning roli, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari tahlil qilinadi. Maqola davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralarini, sohaning rivojlanishidagi asosiy omillarni va mavjud qiyinchiliklarni o‘rganishga qaratilgan. Tahlil natijalariga asoslanib, sohani rivojlantirish yo‘llari haqida xulosalar keltirilgan.

207-210 250 66

YASHIL IQTISODIYOT: BARQAROR RIVOJLANISH VA EKOLOGIK MUVOZANAT

Nigora Turopova , Og’abek Boltayev

Mazkur maqola yashil iqtisodiyotning mohiyati, ahamiyati va global rivojlanish jarayonlarida tutgan o‘rnini o‘rganadi. Tadqiqotda ekologik barqarorlikka asoslangan iqtisodiy tizimning asosiy jihatlari, O‘zbekistonda ushbu konsepsiyaning amaliy qo‘llanilishi va milliy rivojlanish strategiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba asosida yashil iqtisodiyotga o‘tishning ustuvor yo‘nalishlari, kutilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy natijalar ko‘rib chiqiladi.

199-202 276 97

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIYOTGA TA'SIRI

Nigora Turopova , Azizbek Qulsoatov

         Ushbu maqolada turizm sohasining mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri tahlil qilingan. Turizmni rivojlantirish orqali valyuta oqimini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlar iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash imkoniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, turizmni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, jumladan, raqamli texnologiyalar va barqaror turizm tamoyillari tahlil etilgan. Natijalar turizm sohasini rivojlantirish strategiyalari iqtisodiyotning barqaror o‘sishida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi.

195-198 245 56

ZAMONAVIY MENEJMENT USULLARI VA ULARNING TASHKILOT SAMARADORLIGIGA TA'SIRI

Nigora Turopova , Mohinur Abdurahmonova

Ushbu maqolada zamonaviy menejment usullarining tashkilot samaradorligiga ta'siri o‘rganilgan. Globalizatsiya va texnologiyalar rivojlanishi sharoitida strategik rejalashtirish, muammolarni yechish usullari va jamoani boshqarish metodlari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari menejmentning innovatsion yondashuvlari samaradorlikni oshirishda muhim ekanligini ko‘rsatadi.

191-194 191 30

RAQAMLI IQTISODIYOT: RIVOJLANISH IMKONIYATLARI VA O‘ZBEKISTON UCHUN STRATEGIK AFZALLIKLAR

Nigora Turopova , Sardorbek Xudoyberdiyev

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot tushunchasi, uning jahon iqtisodiyotiga ta'siri, va O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritiladi. Maqolada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish, hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sish balki global raqobatbardoshlikni oshirish yo‘lida ham strategik afzalliklar beradi.

187-190 261 80

IQTISODIY RIVOJLANISH VA TURIZM: O‘ZBEKISTON TURIZM SEKTORINING IQTISODIYOTDAGI O‘RNI VA ISTIQBOLLARI

Nigora Turopova , Dilshodbek Saparov

Maqolada turizmning iqtisodiyotga ta'siri, uning mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi roli va kelajakda turizm sektorini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, tabiiy resurslari va madaniy diyorlari turizm sohasini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni beradi. Turizm sektorini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport daromadlarini oshirish va ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish mumkin. Mazkur maqolada, O‘zbekistonda turizmning iqtisodiyotga ta'siri, mavjud imkoniyatlar, istiqbollar va ulardan samarali foydalanish usullari tahlil qilinadi.

183-186 244 84

RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING RIVOJLANISHIDAGI ASOSIY OMILLAR

Nigora Turopova , Sardor Shodmonov

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, uning global iqtisodiyotga ta’siri, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati va istiqbollari tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyot o‘zgarayotgan iqtisodiy tizimning ajralmas qismiga aylanib bormoqda, chunki raqamli texnologiyalar ishlab chiqarish va xizmatlar sohasida samaradorlikni oshiradi. Maqolada raqamli iqtisodiyotning mohiyati, uning asosiy omillari, o‘zgaruvchan global iqtisodiyotga ta’siri va iqtisodiy strategiyalarni shakllantirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.

177-182 56 39

BUYRAK TIZIMIDAGI KASSALLIKLAR

M.Sh Rahimova , F.A Umirqulova

Maqolada buyrak kasalliklarining kelib chiqish sabablarini oldini olishda


sogʻlom  turmush  tarzining  oʻrni  va  unga  rioya  qilish,  buyrak  kasalliklarini  paydo  boʻlish alomatlari va unga taʼsir etuvchi omillar koʼrsatib oʻtilgan. Buyrak  еtishmovchiligi - buyrak faoliyatining pasayishi sindromi, toʻsatdan (oʻtkir) yoki sekin -asta (surunkali) roʻy beradigan buyrak  kasalligi  taxlil  qilingan  va  inson  organizmida  buyrak  kasalligining  paydo  bo’lish belgilari yoritilgan.

173-176 224 30

KAMERALIZM VA DAVLAT IQTISODIYOTI

Nigora Turopova , Sardor A'zamov

Ushbu maqola kameralizmning rivojlanishi, uning davlat iqtisodiyoti tushunchasi bilan bog‘liq o‘rni va uning hozirgi kunda amaliyotga tatbiq etilishi masalalarini o‘rganadi. Kameralizm, asosan, XVII-XVIII asrlar Evropasida rivojlangan iqtisodiy tizim bo‘lib, davlatni boshqarish va iqtisodiyotni tartibga solishda samarali yondashuv sifatida qaralgan. Maqolada, kameralizmning davlat iqtisodiyoti bilan aloqasi va uning zamonaviy iqtisodiy siyosatdagi ahamiyati tahlil qilinadi.

169-172 185 37

OROL MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI

Nigora Turopova , Gulbahor Mamanazarova

Orol dengizining qurishi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun eng katta ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri bo‘lib, u hududning atrof-muhitiga, aholining salomatligiga va iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada Orol dengizi muammolarining asosiy sabablari va ularni bartaraf etish uchun qabul qilinayotgan usullar ko‘rib chiqilgan.

165-168 249 29

XUSUSIY TADBIRKORLIK

Nigora Turopova, Laylo Ko'ziboyeva

Ushbu maqola xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasi va uning jamiyatdagi o‘rnini tahlil qiladi. Maqolada xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati, unga ta’sir qiluvchi omillar va rivojlanish strategiyalari o‘rganiladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik sohasidagi islohotlar va ularning natijalari ko‘rib chiqilgan.

161-164 253 35

ATMOSFERANING IFLOSLANISHI VA GLOBAL ISIB KETISH SABABLARI

Nigora Turopova , Nilufar Niyozaliyeva

Ushbu maqola atmosferaning ifloslanishi va global isib ketishning asosiy sabablari, uning oqibatlari va ularga qarshi kurashish usullarini o‘rganadi. Atmosferaning ifloslanishi bugungi kunda global muammo bo‘lib, uning iqlim o‘zgarishiga ta’siri ham oshib bormoqda. Maqolada, shuningdek, atmosfera ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va siyosatlarning samaradorligi tahlil qilinadi.

157-160 317 99

O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY RIVOJLANISH VA BARQARORLIK: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR

Nigora Turopova , Ozodbek Xolboyev

Mazkur maqola O‘zbekiston iqtisodiyotidagi rivojlanish jarayonlari, barqarorlikni ta’minlashda duch kelinayotgan muammolar va mavjud imkoniyatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda iqtisodiy siyosat va islohotlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri tahlil qilinadi.

153-156 204 61

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHI VA ISTIQBOLLARI

Nigora Turopova , Hayitmurod Eshdavlatov

Ushbu maqola O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish jarayoni, uning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri va istiqbollari haqida. Raqamli transformatsiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotida roli, ushbu sohani rivojlantirish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar va mavjud muammolarni hal qilish masalalari batafsil tahlil qilinadi.

149-152 220 66

RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING O‘ZBEKISTONDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Nigora Turopova , Diyorbek Asliddinov

Ushbu maqola raqamli iqtisodiyotning O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ahamiyati va uning rivojlanish istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada raqamli texnologiyalar va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari hamda mavjud imkoniyat va muammolar tahlil qilingan.

145-148 277 45

O‘ZBEKISTONDA YASHIRIN IQTISODIYOTNING JAMIYATGA TA’SIRI

Nigora Turopova , Gulnoza Tairova

 


Ushbu maqolada yashirin iqtisodiyotning O‘zbekiston iqtisodiyotiga va jamiyatiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Unda yashirin iqtisodiyot sabab va oqibatlari, uning davlat daromadlariga salbiy ta’siri, mehnat bozori, iste’molchilar va tadbirkorlar uchun yaratadigan qiyinchiliklari o‘rganilgan.

136-144 224 164

Texnologiya fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish hamda samaradoligini oshirishda grafik organayzer texnologiyasidan foydalanish

Gulbaxor Ziyamova

Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda interaktiv usullarning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Maqolada fanlarni o’zlashtirish, ko’nikmalar, kasbiy mahoratni oshirish hamda o’tilgan mavzuni mustahkamlashda grafikli organayzer texnologiyasidan foydalanish yo’nalishlari tavsiya etilgan.

132-135 202 46

YASHIRIN IQTISODIYOTNING JAMIYATGA TA’SIRI

Nigora Turopova, Islomiddin Bekpo’latov

Mazkur maqolada yashirin iqtisodiyotning jamiyatga ta’siri, uning salbiy oqibatlari va uning oldini olishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Yashirin iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinib, rasmiy statistika va xalqaro tadqiqotlar natijalari asosida uning jamiyatdagi salbiy oqibatlari va zararli ko‘rinishlari muhokama qilinadi.

127-131 73 52

YURAGI O‘ZBEKCHA URGAN RUS SHOIRI

Maftuna Qurolboyeva

O‘zbek yozuvchilari asarlari bilan har bir mamlakatning qalbidan joy olib kelgan. Dunyoda o‘z o‘rniga ega yozuvchilar va shoirlar ko‘p. Ulardan biri rus,o‘zbek adabiyotining atoqli arbobi Aleksandr Faynberg ham o‘z hissasini qo‘shgan. Faynberg she‘rlari va tarjimalari bilan o‘zbek, rus va boshqa xalqlar  qalbidan joy  olgan. Ushbu maqolada rus shoiri va O‘zbekiston xaql shoiri Aleksandr Arkadeyivich Faynbergning hayot yo‘li va ijodiy faoliyati haqida yozilgan. Uning asarlari haqida ma’lumotlar taqdim qilingan.

117-122 195 28

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA HOZIRGI KUNDA XISSA QO'SHAYOTGAN INSONLAR

Nigora Turopova , Bunyod Mavlonov

Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan yetakchi insonlarning roli va ta’siri tahlil qilinadi. Tahlil O‘zbekistondagi biznes, ilm-fan, moliya va davlat boshqaruvi sohalaridagi muhim vakillarning iqtisodiy o‘sishdagi ulushiga qaratiladi. Maqolada ushbu sohalarning o‘sishiga ko‘maklashayotgan shaxslarning ishi va ularning iqtisodiyotdagi o‘rni keltirilgan.

381-390 62 30

EFFICIENCY OF USING MODERN INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION TO IMPROVE THE QUALITY OF EDUCATION

Sherzod Khursanov, Yorkin Khurramov, Zukhra Keldiyeva
Our country has accumulated a certain amount of experience in increasing the efficiency of using modern innovative technologies, such as "video lessons", in improving the quality of education in higher education, and is also developing and practically applying education based on modern ICT and software. urgent issue.
464-470 105 47

GENERATING ENERGY THROUGH TIDAL ENERGY IN THE OCEAN: A SUSTAINABLE FUTURE

Alim Ahmedov , Javokhir Eshkoraev
Tidal energy harnesses the movement of ocean tides to generate electricity, offering a renewable and predictable energy source. Unlike other renewable sources like solar and wind, tidal energy benefits from its predictability, as tides occur at regular intervals due to the gravitational pull of the moon and sun. This paper explores the potential of tidal energy as a sustainable solution to global energy needs, highlighting the technologies involved, such as tidal stream systems and tidal range systems, and their respective benefits and challenges. The article also discusses the environmental impact, technological advancements, and the geographic limitations that influence the widespread adoption of tidal energy. As nations around the world seek alternatives to fossil fuels, tidal energy presents a promising solution for diversifying the energy mix and reducing carbon emissions.