Ushbu maqolada rivoyat janrining o‘ziga xos ma’no jihatlari, uning xalq og‘zaki
ijodidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Rivoyatlarning axloqiy, diniy va tarbiyaviy
mazmuni, ularning fantastik va real voqealar uyg‘unligi orqali badiiy qiymati ochib
beriladi. Shuningdek, rivoyatlarning zamonaviy adabiyot va madaniyatga ta’siri ham
ko‘rib chiqiladi. Maqolada rivoyatlarning tarbiyaviy ahamiyati va ularning xalq
madaniy merosidagi o‘rni haqida xulosalar chiqariladi.