Authors

  • Hilola Aripova
    Diplomat International School o‘zbek tili o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.58725

Keywords:

davlat tili jamiyat konsepsiya nutqiy madaniyat vazifalar

Abstract

Mazkur maqolada jamiyatimizda davlat tiliga bo‘lgan munosabat, uni o‘qitishda va o‘rganishdagi muammolar haqida so‘z boradi. Bu borada prezidentimiz chiqargan qarorlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Muammolar ketma ketlikda sanalgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 RESEARCHBIB IMPACT FACTOR: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073

VOLUME-2, ISSUE-11

439

MAKTABLARDA DAVLAT TILIGA BO‘LGAN MUNOSABAT, UNI

O‘QITISHDA VA O‘RGANISHDAGI MUAMMOLAR

Aripova Hilola Azimdjanovna

Diplomat International School o‘zbek tili o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada jamiyatimizda davlat tiliga bo‘lgan munosabat,

uni o‘qitishda va o‘rganishdagi muammolar haqida so‘z boradi. Bu borada
prezidentimiz chiqargan qarorlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Muammolar ketma ketlikda
sanalgan.

Kalit so‘zlar:

davlat tili, jamiyat, konsepsiya, nutqiy madaniyat, vazifalar,

Hozirgi kunda prezidentimiz tashabbuslari bilan ta’lim boshqa tildagi

o‘quvchilarning davlat tilini bilish darajasini oshirish maqsadida ko‘plab tashabbus va
islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son Farmoniga muvofiq
mamlakatimiz

ijtimoiy-siyosiy

hayotining

barcha

sohalarida

davlat

tili

imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish, taʼlim tashkilotlarida davlat
tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini
oshirish; davlat tilining sog‘liqni saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq
madaniyatini oshirish asosiy vazifa qilib belgilangan. . Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF6084-son va unga ilova qilingan 2020-
2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish
KONSEPSIYASIdagi vazifalar – mamlakat hayotining barcha sohalarida, jumladan,
davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya
tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat
tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanish; ilmiy asoslangan yangi soʻz va
atamalarni muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib borish; davlat tili barcha fan
tarmoqlariga oid ilmiy tadqiqotlarda ilm-fan tili sifatida nufuzga ega boʻlishi; ommaviy
axborot vositalarining audiovizual asarlarida barcha ishtirokchilarning oʻzbek adabiy


background image

ISSN (E): 2181-4570 RESEARCHBIB IMPACT FACTOR: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073

VOLUME-2, ISSUE-11

440

tilida soʻzlashiga erishish, davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
bilan faol integratsiyasini taʼminlash, oʻzbek tilining ilm-fan va texnologiyalar sohasida
qoʻllanilishi imkoniyatlarini yanada kengayishini taʼminlash uchun taʼlim
tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili
sifatidagi nufuzini oshirish kabi vazifalar belgilangan edi.

«O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonda «...mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha
sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar,
sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va
boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga
erishish» [1] muhim vazifalardan biri sifatida ta’kidlangan.

Ma’lumki, davlat tili jamiyatda odamlar uchun katta rol o‘ynaydi. Ushbu til o‘z

ona tili boshqa bo‘lgan o‘quvchilar uchun o‘rganish jarayonida qiyinchilik tug‘dirishi
amri mahol. Jamiyatda inson o‘z o‘rnini topishlari uchun avvalo davlat tilini
o‘rganishlari, tushunishlari va ravon gapira olishlari kerak. O‘zbek tili grammatikasi
o‘ziga xos, boshqa tillardan farq qiluvchi strukturaga egaligi tufayli o‘rganish
jarayonida ko‘plab muammolarni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. O‘quvchilar
grammatikani, ayniqsa, yozuv jarayonida qiyin deb topishlari mumkin va bu oqibatda
noto‘g‘ri xabar yetkazilishiga olib kelishi mumkin. O‘zbek tilida grammatika qoidalari
aniq va juda ko‘p tushuntirishlarga, dalil va isbotlarga ega. Shunga qaramasdan, ta’lim
boshqa tillardagi o‘quvchilarga ularni yodlash va qo‘llash yanada qiyinroq.

O‘zbek tilini o‘rganishda quyidagi muammolarga duch kelinadi:

1. Murakkab grammatika. Ta’lim boshqa tillardagi o‘quvchilar uchun o‘zbek tili

grammatikasini o‘rganish qiyinroq. O‘zbek tilida so‘zlashda o‘quvchilar asosan
grammatik xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Odatda, o‘quvchilar o‘zbek tilida so‘zlashda
qo‘shimchalarda, nisbat, , so‘z boyligida xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Gap tuzish
jarayonida ko‘pincha til o‘rganuvchilar qo‘shimchalarni farqlashda qiynalishadi va
noto‘g‘ri ishlatadilar, ya’ni ba’zan ular kelishik qo‘shimchalarini o‘rnini almashtirib
gapirishadi. Muammo ular so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarning
qanday ishlatishni osongina farqlay olmasligidadir.


background image

ISSN (E): 2181-4570 RESEARCHBIB IMPACT FACTOR: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073

VOLUME-2, ISSUE-11

441

2. Auditoriyada ona tilidan ortiqcha foydalanish.

O‘rganuvchilar undan

foydalanishga majbur bo‘lganlaridagina boshqa tilni yaxshi o‘rganadilar. O‘qituvchi
o‘quvchilar o‘rganilayotgan tilda muloqot qilishlarini talab qilishi kerak. Ana shu
holatdagina til o‘rganishda o‘sish, talaffuzda ravonlik kabi yutuqlarga erishish darajasi
oshadi. Dars jarayonida qat’iyat bilan talab qilinsa va cheklovlar yo‘lga qo‘yilsagina
o‘zbek (davlat) tilini o‘zlashtirish muvaffaqiyatli amalga oshadi.

3.O‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik

. O‘quvchilarning jamoat joylarida o‘zbek tilida

gaplasha olmasligining sabablaridan biri ham ishonchsizlikdir. Ular tadbirlarda yoki
davlat tashkilotlari oldida o‘zbek tilida gapirisha olishmaydi. Bu, odatda, o‘qituvchilar
tomonidan o‘quvchilarni jamoat joylarida o‘zbek tilida gapirishga yetarlicha
rag‘batlantirmasliklari bilan bog‘liq. Odatda, o‘qituvchilar ularni sinfda yoki odamlar
oldida o‘zbek tilida gapirishga undashmaydi. Ular o‘zbek tilini o‘rganishadi, lekin
so‘zlashishni yetarlicha o‘rganishmaydi. Bu asosan o‘quvchilar sinfda yoki odamlar
oldida duch keladigan muammolardan biridir. O‘ziga bo‘lgan ishonch har qanday tilda
gapirishda juda muhim rol o‘ynaydi, agar o‘quvchilar o‘zlariga ishonmasa, o‘zbek
tilida erkin gapira olishmaydi. Bu faqat o‘zbek tilini emas xorijiy tillarni o‘rganishda
ham katta muommolardan biridir. O‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi butunlay
o‘qituvchilarga bog‘liq.. Agar o‘quvchilar nutqda xato qilishdan tashvishlansa,
o‘qituvchilar ularga hech kim mukammal tug‘ilmasligini, har kim o‘z xatolaridan saboq
olishini o‘rgatishi kerak. O‘quvchilar noto‘g‘ri gapirsalar ham, gapirishda davom
etishlari kerak. Chunki ular xatolaridan saboq olishadi va xatolarini qayta-qayta
gapirishda tuzatadilar.

3. Tarjima. Bilamizki, til o‘rganish jarayonida notanish bo‘lgan so‘zlarning

tarjimasini lug‘atlardan qidiramiz va gap tuzishda turli xil tarjimon botlarga va
ilovalarga murojaat qilinadi. Ammo bu har doim ham kutganimizdek natija
beravermaydi. Misol qilib aytadigan bo‘lsak, idiomatik ifodalarni yoki frazalarni
tarjima qilish jarayonida tarjima muammolari paydo bo‘lishi mumkin. Idiomalarni
tarjima qilish qiyin, chunki idiomani so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydi. Tarjimon
butun ma’noni tarjima qilishdan oldin tushunishi kerak. Ba’zi idiomalar tarjima
qilingani kabi ma’noga ega emas bo‘lishi mumkin yoki ularni hamma gapda,nutqda
ham ishlatib bo‘lmasligi mumkin. Hattoki, o‘sha tilning tilshunoslari ham bu


background image

ISSN (E): 2181-4570 RESEARCHBIB IMPACT FACTOR: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073

VOLUME-2, ISSUE-11

442

muammoga duch keladilar. Shunday ekan, boshqa muammolar singari idioma va
frazalarning noto‘g‘ri tarjimasi so‘zlashuv sifatiga putur yetkazishi mumkin.

4. Bitta yoki bir nechta a’lochi o‘quvchining doimiy ustunlik qilishi. Ba’zan

boshqalarga nisbatan bilimliroq bo‘lgan o‘quvchilarga darsda yaxshi baholar, ma’lum
darajada ko‘proq rag‘batlantirishlar berilsa ham, ularga nisbatan sustroq
o‘zlashtirayotgan yoki darsga to‘liq qatnashmayotgan o‘quvchilarni butunlay unutib
qo‘ymaslik kerak. Ularni boshqalarga nisbatan ko‘proq ruhlantirib, darsda faol
qatnashishlariga imkon yaratib berish kerak .

Xulosa qilib aytganda, hozirgi yoshlarni har tomonlama yetuk, o‘z sohasining

kuchli mutaxassisi qilib tarbiyalashda o‘zbek tilini bilish juda katta ahamiyatga ega
bo‘lib, bu borada maktablarda davlat tilini o‘qitishda bir qancha muammolar
mavjuddir. Ushbu muammolarni bartaraf qilish maqsadida o‘qituvchilar davlat tilini
o‘qitishda yangicha o‘qitish usullaridan foydalansalar maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

1. Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni

//http://uza.uz/oz/documents/

zbek-tilining-davlat-tilisifatidagi-

nufuzi-va-mav-eini-tubd-22-10-2019

2.

2. Mirziyoyev Sh. Biz kelajagimiznin mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. – Tошкент: O‘zbekiston, 2017. – 189 b.

3.

Marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/5141.

4.

Мusurmonov R. Tа’lim faoliyati sharoitida o‘qituvchi va o‘quvchilar
o‘rtasidagi nizolarning oldini olish – ta’lim samaralidorligi omili. Academic
research in educational sciences volume 2 | issue 4 | 2021 ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

5.

Ismoilova D.M. Zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida umumiy o‘rta
ta’lim maktablari ta’lim mazmunini prognostika qilish. Xalq ta’limi” jurnali
T.:2020 yil №5

References

1. Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni //http://uza.uz/oz/documents/ zbek-tilining-davlat-tilisifatidagi-nufuzi-va-mav-eini-tubd-22-10-2019

2. Mirziyoyev Sh. Biz kelajagimiznin mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Tошкент: O‘zbekiston, 2017. – 189 b.

Marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/5141.

Мusurmonov R. Tа’lim faoliyati sharoitida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi nizolarning oldini olish – ta’lim samaralidorligi omili. Academic research in educational sciences volume 2 | issue 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

Ismoilova D.M. Zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari ta’lim mazmunini prognostika qilish. Xalq ta’limi” jurnali T.:2020 yil №5