ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
443
TASHQI SAVDONI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
ZARURIYATI
Azizova Mavjuda Valijonovna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistratura bo’limi, 2-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish zaruriyati milliy iqtisodiyotni
himoya qilish, milliy resurslardan samarali foydalanish va iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlash bilan bog‘liq. Samarali siyosat milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish,
milliy daromadni oshirish va milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, noto‘g‘ri siyosat ijtimoiy muammolar va iqtisodiy rivojlanishning
orqada qolishiga olib kelishi mumkin. Mazkur maqolada tashqi savdo siyosating
xusuyatlari va uning eksport barqarorligiga ta’sir etish muammolari o’rganilgan.
Tadqiqot natijalari asosida mamlakat eksport barqarorligini ta’minlash bo’yicha
takliflar berilgan
Kalit so'zlar:
Ochiq iqtisodiyot, tashqi savdo, tashqi savdo siyosati, iqtisodiy
barqarorlik, tashqi savdo samaradorligi
THE NEED TO REGULATE FOREIGN TRADE BY THE STATE
ANNOTATION
The need to regulate foreign trade by the state is related to the protection of the
national economy, the effective use of national resources and the provision of economic
security. An effective policy serves to protect national producers, increase national
income and stabilize the national economy. At the same time, the wrong policy can lead
to social problems and retardation of economic development. This article examines the
features of foreign trade policy and the problems of its impact on export stability. Based
on the results of the research, proposals were made to ensure the stability of the
country's exports
Key words:
Open economy, foreign trade, foreign trade policy, economic
stability, foreign trade efficiency
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
444
НЕОБХОДИМОСТЬ ГОСУДАРСТВЕННОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ
ВНЕШНЕЙ ТОРГОВЛИ
АННОТАЦИЯ
Необходимость регулирования внешней торговли со стороны государства
связана с защитой национальной экономики, эффективным использованием
национальных ресурсов и обеспечением экономической безопасности.
Эффективная политика служит защите национальных производителей,
увеличению национального дохода и стабилизации национальной экономики. В
то же время неправильная политика может привести к социальным проблемам и
замедлению экономического развития. В данной статье рассматриваются
особенности внешнеторговой политики и проблемы ее влияния на стабильность
экспорта. По результатам исследования сделаны предложения по обеспечению
стабильности экспорта страны.
Ключевые
слова:
Открытая
экономика,
внешняя
торговля,
внешнеторговая политика, экономическая стабильность, эффективность
внешней торговли.
KIRISH
Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi savdoga aralashuvini inkor etmaydi,
davlatning bu jarayonlarga aralashuvining kamayishi, tartiblovchi dastaklarni
qisqartirish, savdo operatsiyalarini amalga oshirishni hamda rasmiylashtirishni
soddalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga har bir davlat oʻz manfaatidan
kelib chiqib tashqi savdo siyosatini amalga oshiradi.
Davlatning tashqi savdoga aralashuvining bir necha muhim sabablarga koʻra
amalga oshiriladi. Ular ichida eng asosiysi milliy iqtisodiyotni himoya qilishga
qaratilgan.
Ayrim turdagi tovarlarning chet eldan kiritilishi ichki ishlab chiqaruvchilarni
zarar koʻrishiga olib kelishi mumkin. Milliy iqtisodiyot odatda iqtisodiy xavfsizlikni
taʼminlash maqsadlarida himoya qilinadi. Iqtisodiy xavfsizlikning asosiy maqsadi
milliy iqtisodiyotning barqarorligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratiladi.
Tahlil
Har bir davlat mamlakat milliy xavfsizligi uchun muhim boʻlgan tarmoqlar
mavjud. Masalan, mudofaa sanoati, energetika, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatlari,
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
445
ommaviy axborot sohalari, aloqa koʻp mamlakatlarda strategik ahamiyatga ega
tarmoqlar sifatida qaraladi. Masalan Yaponiyada milliy guruch ishlab chiqaruvchilarini
himoya qilish maqsadida guruch importiga yuqori tariflar va cheklovlar qoʻyilgan. Bu
cheklovlar xorijdan keltirilgan guruchning narxini oshiradi va shu orqali mahalliy
guruch ishlab chiqaruvchilarga raqobat qilish imkoniyatini beradi. Guruch Yaponiya
uchun strategik mahsulot, mamlakat aholisi guruchni asosiy oziq-ovqat mahsuloti
sifatida qabul qiladi va uni milliy oziq-ovqat xavfsizligi bilan bogʻlaydi. Shu sabab
ichki bozorda mazkur mahsulotining narxi yuqori bolishiga qaramasdan guruch importi
cheklash choralari koʻriladi. Mazkur siyosat ikkinchi jahon urushi davomida guruchga
isteʼmol asosan import hisobidan qoplanganligi, dengiz yoʻllari toʻsilishi natijasida
mamlakatga guruch yetkazib berishda uzilishlar paydo boʻlishi natijasida aholini ushbu
mahsulot bilan taʼminlashda muammolar vujudga kelgani sababli qabul qilingan.
Barcha mamlakatlar asosiy turdagi oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarini (asosan qishloq
xoʻjaligini) himoyalashni iqtisodiy siyosatning muhim yoʻnalishi sifatida qabul
qilishgan. Shu bilan birga, himoyaga muhtoj va strategik ahamiyatga ega boʻlgan
tarmoqlarni aniqlash oʻta murakkab vazifa. Milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash
jarayoni davlat tashqi savdo siyosati importni oʻrnini bosuvchi siyosatga aylanishi
mumkin.
Importni oʻrnini bosish siyosati ham rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy
rivojlanishni ragʻbatlantirish va milliy sanoatni rivojlantirish maqsadida amalga
oshiriladi. Bu siyosat mahalliy ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish uchun import oʻrnini
bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi. Biroq,
bu siyosatning bir qator muammolari mavjud.
Birinchidan, ishlab chiqarish samaradorlik va raqobatbardoshlik boʻyicha
xalqaro
ishlab
chiqaruvchilarga
nisbatan
orqada
qolishiga
olib
kelishi
mumkin Mahalliy ishlab chiqaruvchilar proteksionistlik choralarga tayanib,
samaradorlikni oshirishga kamroq eʼtibor berishi mumkin.
Ikkinchidan, yuqori narxlar va past sifat muammosi vujudga keladi. Mahalliy
ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun bojxona tariflari va cheklovlar joriy
qilinishi natijasida isteʼmolchilar uchun narxlar oshishi mumkin. Ichki raqobatning
yetishmasligi esa mahsulot sifatining past boʻlishiga olib keladi, chunki korxonalar
sifatni oshirish uchun motivatsiyasi boʻlmaydi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
446
Uchinchidan, texnologik orqada qolish muammosi ham dolzarbdir. Importni
oʻrnini bosish siyosati chet eldan keladigan ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalarga
kirishni cheklashi mumkin, bu esa mahalliy sanoatning texnologik rivojlanishini
susaytiradi. Mahalliy korxonalar xalqaro bozorda qoʻllaniladigan zamonaviy
texnologiyalardan orqada qolishi mumkin.
Toʻrtinchidan, resurslarning samarasiz taqsimlanishi masalasi ham mavjud.
Hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan sanoat tarmoqlari va korxonalari
koʻpincha iqtisodiy jihatdan samarali boʻlmaydi, bu esa resurslarning notoʻgʻri
taqsimlanishiga olib keladi. Mahalliy ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash uchun
ajratilgan resurslar iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga zarar yetkazishi mumkin.
Beshinchidan, importni oʻrnini bosish siyosatini amalga oshirish koʻpincha katta
davlat xarajatlarini talab qiladi, bu esa davlat byudjetiga yuk boʻlishi mumkin. Davlat
tomonidan ajratiladigan subsidiyalar va qoʻllab-quvvatlashlar korrupsiyani oshirishi
ham ehtimoldan xoli emas.
Oltinchidan, chet el investitsiyalarining kamayishi muammosi mavjud. Importni
oʻrnini bosish siyosati chet el investitsiyalarini kirib kelishiga ham toʻsiq boʻlishi
mumkin, chunki chet el investorlariga mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil etish,
olingan daromadlarni chetga olib chiqishda noqulay sharoitlar vujudga kelishi mumkin.
Bu siyosat chet el investorlarini jalb qilishni qiyinlashtiradi va investitsion muhitni
yomonlashtiradi.
Yettinchidan, uzoq muddatli rivojlanish borasida ham toʻsiqlar vujudga keltiradi.
Importni oʻrnini bosish siyosati uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi sifatida
qoʻllanilishi natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar tashqi bozorda oʻz oʻrnini topishiga
imkon bermaydi. Oʻz navbatida korxonalar rivojlanishi uchun koʻp hollarda ichki
bozordagi talab yetarli emas, korxonalarning ishlab chiqarishi hajmi faqat ichki bozor
sigʻimi bilan cheklanib qoladi, bu esa global iqtisodiy oʻsish imkoniyatlarini cheklaydi.
Bundan tashqari dunyo iqtisodiyotining integratsiyalashuvi ishlab chiqarishning
kooperatsiyasining rivojlanishiga olib keldi. Ishlab chiqarishning xalqaro
kooperatsiyasi mahalliy korxonalar jahon ishlab chiqarish zanjiridan oʻrin topishiga
imkon beradi. Yaʼni hozirgi kunda tovarlarning baynalmillashuvi yuqori, bir
mamlakatning oʻzida toʻliq ishlab chiqarilgan mahsulot ishlab chiqarish juda
murakkab. Shu sababli turli mamlakatlardagi ishlab chiqaruvchilar kooperatsiyalashuvi
jarayonlari kuchaygan.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
447
Xalqaro kooperatsiyalashuvi turli mamlakatlarda joylashgan korxonalar
oʻrtasida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirishni anglatadi.
Ishlab chiqaruvchilarning xalqaro kooperatsiyalashuv iqtisodiy samaradorlikni
oshiradi. Kompaniyalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida ishchi
kuchi, xom ashyo va energiya arzon boʻlgan mamlakatlarda ishlab chiqarishni tashkil
qiladilar. Bu mahsulotlar narxini raqobatbardosh qilish va xarajatlarni optimallashtirish
imkonini beradi. Shuningdek, yirik hajmda ishlab chiqarish orqali kompaniyalar
mahsulot birligi uchun xarajatlarni kamaytiradi va ko'lam (masshtab) samarasi
hisobidan foydani koʻpaytirishadi.
Milliy iqtisodiyotni himoyalash bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiy
barqarorlikni taʼminlash ham tashqi savdoni tartibga solishning asosiy bir sabablaridan
biri hisoblanadi. Ichki bozorda strategik resurslar va mahsulotlar yetarli darajada
mavjud boʻlishini taʼminlash orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish davlatning muhim
vazifasi. Xalqaro munosabatlardagi noaniqliklar va xavflarga qarshi milliy
iqtisodiyotning mustaqilligini saqlash. Bundan tashqari tabiiy ofatlar, iqtisodiy
iqtisodiy yoki geosiyosiy tangliklar vaqtida ichki taʼminotni saqlash imkoniyatini
yaratish ham kerak.
Tashqi savdoni tartibga solish orqali tashqi savdo balansini saqlash ham
davlatning tashqi savdoga aralashuvining muhim bir sabablaridan biridir. Import va
eksport hajmi oʻrtasidagi muvozanat milliy iqtisodiyotning barqarorligini taʼminlash
uchun muhimdir. Davlat eksportni ragʻbatlantirish va importni cheklash orqali savdo
balansini saqlashga intiladi. Lekin shu bilan birga importni cheklash iqtisodiyotni
rivojlanishiga toʻsiq boʻlishi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda bu sharoitda importni
cheklash emas, balkim eksportni qoʻllab-quvvatlash maqsadga muvofiqligi qayd
etiladi. Yaʼni importning oʻchishi sabablarini aniqlash, milliy ishlab chiqaruvchilar
raqobatbardoshligiga salbiy taʼsir etadigan muammolarni bartaraf etish bilan bir vaqtda
milliy ishlab chiqarishni eksportga yoʻnaltirish lozim.
Ishsizlik muammosi barcha mamlakatda davlatning iqtisodiy siyosatning asosiy
maqsadlari bo'lib hisoblanadi. Bir tomondan ishsizlik darajasi yuqoriligi iqtisodiy
salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatini bermaydi. Ikkinchi tomondan ishsizlik
mamlakatdagi ijtimoiy muhitga ham salbiy taʼsir etadi. Shu sababli tashqi savdo
siyosatini tashkil etishda ish oʻrinlarini saqlash va koʻpaytirish maqsadlariga ham
erishish nazarda tutiladi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
448
Notoʻgʻri tashqi savdo siyosati bir qator davlatlarda ishsizlikning oshishiga olib
kelgan. Masalan, AQSHda NAFTA kelishuvi natijasida yuz minglab ishlab chiqarish
ishlari yoʻqolgan. NAFTA tarafdorlari ushbu kelishuv AQSH da yangi ish oʻrinlarini
yaratishini daʼvo qilgan boʻlsalar-da, Meksika va Kanadadan oʻsgan import AQSHda
eksportdan koʻra koʻproq ish oʻrinlarini yoʻqotdi. 1993-1996-yillarda Meksikaga
eksportning koʻpayishi AQSHda 158,171 ta ish oʻrni yaratgan boʻlsa, Meksikadan
importning koʻpayishi AQSH 385,834 ta ish oʻrnini qisqartirdi. Oʻz navbatida,
Kanadaga eksportning koʻpayishi 244,309 ta ish oʻrni yaratgan boʻlsa, Kanadadan
importning koʻpayishi AQSH da 411,481 ta ish oʻrnini yoʻqotdi. Umuman olganda,
Meksika va Kanadadan import bu davrda AQSHdagi 797,315 ta ish oʻrnini qisqarishiga
sabab boʻlgan. Eksport oʻchishi hisobidan yaratilgan oʻrinlarni hisobga olganda, sof ish
oʻrin qisqarishi 394,835 tani tashkil etgan.
Ayrim Yevropa Ittifoqi davlatlarida ham ushbu holat kuzatildi, jumladan,
Gretsiya va Portugaliyada, moliyaviy inqiroz va savdo defitsitlari tufayli ishsizlik
darajasi sezilarli darajada oshgan. Bunday holatlar savdo muvozanati buzilgan
mamlakatlarda kuchayadi, chunki iqtisodiy inqiroz va notoʻgʻri savdo siyosati tufayli
bandlik imkoniyatlari kamayadi.
Yuqorida sanab oʻtilgan iqtisodiy taʼsirlardan tashqari, tashqi savdo turli ijtimoiy
muhitga ham taʼsir etishi mumkin. Shu sababli davlat tomonidan bu salbiy taʼsirni
tashqi savdoni tartibga solish orqali bartaraf etishga harakat qilishdi. Tashqi savdoning
ijtimoiy muhitga quyidagi yoʻnalishlarda salbiy taʼsir etishi mumkin:
Birinchidan, chet el mahsulotlari kirib kelishi milliy anʼanalar va qadriyatlarning
ahamiyatini kamaytirib, ularning yoʻqolishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan,
globalizatsiya va standartlashuv mahalliy madaniyat va urf-odatlarni global standartlar
bilan almashtirib, milliy identifikatsiya va xilma-xillikka salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Masalan, Qirgʻizistonda milliy oq qalpoq bosh kiyimi madaniy meros va milliy oʻz
oʻzini anglashning bir ramzi sifatida qabul qilingan. Shu bilan birga uning narxi
qimmatligi sababli milliy bozorda xorijdan keltirilgan sunʼiy matodan tayyorlangan
qalpoqlar egallashiga sabab boʻldi. Bu esa jamoatchilik fikrida juda salbiy tasavvurlar
uygʻotdi.
Shuningdek, arzon va koʻp miqdordagi mahsulotlar kirib kelishi isteʼmolchilik
madaniyatining shakllanishiga, insonlarning moddiy neʼmatlarga moyilligini
oshirishga va maʼnaviy qadriyatlarning pasayishiga sabab boʻlishi mumkin. Kuchli
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
449
iqtisodiy va madaniy taʼsirga ega boʻlgan mamlakatlar oʻz madaniyatini boshqa
millatlarga singdirib, milliy qadriyatlarni buzishi mumkin. Oʻzbekistonda ham mazkur
muammolarni kuzatish mumkin, Toʻy-hashamlar, oilaviy tantana va marosimlar milliy
urf-odat hamda anʼanalarning ajralmas qismiga aylangan. Shu bilan birga, millatimizga
xos boʻlmagan qator maʼnisiz rusumlar, yangidan oʻylab topilgan “odat”lar ham
qoʻshilayotgani ortiqcha sarf-xarajatlar, milliy qadriyat va urf-odatlarga putur
yetkazmoqda.
Bundan tashqari, baʼzi tovarlar va xizmatlar ijtimoiy tengsizlikni oshirib,
jamiyatda tarqoqlikka olib kelishi mumkin. Chet el tillari va taʼlim tizimlari keng
tarqalishi mahalliy til va taʼlim tizimlarining ahamiyatini kamaytiradi, bu esa yosh
avlodning milliy merosdan uzoqlashishiga olib kelishi mumkin. Bu salbiy taʼsirlarni
minimallashtirish uchun davlatlar milliy madaniyat va maʼnaviy qadriyatlarni saqlab
qolishga qaratilgan siyosatlarni amalga oshirishlari kerak. Bunda madaniy merosni
himoya qilish, milliy til va taʼlim tizimlarini qoʻllab-quvvatlash va mahalliy ishlab
chiqaruvchilarni himoya qilish kabi chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda atrof-muhitni himoya qilish uchun davlat
ekologik xavfli mahsulotlarni import qilishni cheklashi mumkin.
Tashqi savdoda ekologik standartlar va talablar muhim ahamiyatga ega. Ular
atrof-muhitni himoya qilish, barqarorlikni taʼminlash, isteʼmolchilarni himoya qilish,
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro hamkorlikni
kuchaytirish, innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiy oʻsishni
ragʻbatlantirish va ijtimoiy masʼuliyatni oshirish maqsadida joriy etiladi.
Ekologik standartlar va talablar mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish
jarayonida atrof-muhitga zarar yetkazilishini kamaytirishga qaratilgan. Bu standartlar
havo, suv va tuproqning ifloslanishini kamaytirishga yordam beradi. Ekologik talablar
ishlab chiqarishning innovatsion usullarni rivojlantirib, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va ularning qayta tiklanishini taʼminlaydi.
Isteʼmolchilarni himoya qilish ham ekologik standartlarning muhim jihati
hisoblanadi. Ular mahsulotlarning sifatini nazorat qilish va isteʼmolchilarning
sogʻligʻini himoya qilishga yordam beradi. Masalan, zararli kimyoviy moddalardan
holi mahsulotlarni taʼminlash orqali.
Umuman olganda, tashqi savdoda ekologik standartlar va talablar atrof-muhitni
himoya qilishga, barqaror rivojlanishni taʼminlashga va insonlarning sogʻligʻi hamda
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
450
xavfsizligini himoya qilishga yordam beradi. Ular davlatlar va ishlab chiqaruvchilar
uchun uzoq muddatli ekologik va iqtisodiy manfaatlarni taʼminlaydi.
Yuqorida biz davlat tomonidan tashqi savdoni tartibga solish zaruriyatlarini
koʻrib chiqdik. Davlatning siyosatining samaradorligini bahlolashda olingan natijalarni
tahlil qilish muhimdir, Shu sababli tashqi savdo siyosatining samaradorligini
baholashda turli koʻrsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
XULOSA
Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi savdoga aralashuvini inkor etmaydi,
aksincha, davlatning bu jarayonlarga aralashuvining kamayishi, tartiblovchi dastaklarni
qisqartirish, savdo operatsiyalarini amalga oshirishni hamda rasmiylashtirishni
soddalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, har bir davlat oʻz milliy
manfaatlaridan kelib chiqib tashqi savdo siyosatini amalga oshiradi. Tashqi savdo
siyosati davlat iqtisodiyoti va xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, milliy
ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, milliy resurslardan samarali foydalanishni
taʼminlash, iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash va milliy manfaatlarni himoya qilish
maqsadida amalga oshiriladi. Bu jarayonda davlatning tashqi savdo siyosatini amalga
oshirishda turli koʻrsatkichlar tizimidan foydalanish zarur. Tashqi savdo siyosati
notoʻgʻri amalga oshirilsa, ishsizlik, ijtimoiy muhitga salbiy taʼsir va iqtisodiy
rivojlanishning orqada qolishi kabi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shunday qilib,
davlat tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda har tomonlama tahlil va baholashlarga
asoslanishi muhim ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasi maʼlumotlari
2.
Rothstein, Jesse, and Robert E. Scott. "NAFTA’s casualties: employment
effects on men, women, and minorities." (1997).
3.
Поддельные калпаки и кумыс — как наживаются на Кыргызстане
[электрон
ресурс]//
https://ru.sputnik.kg/20170516/kak-nazhivayutsya-na-
kyrgyzstane-1033397049.html
4.
Тўйларда харажатларни камайтириш бўйича қабул қилинаётган
қарорлар
кутилган
натижани
бермаяпти
Кунюуз
газетаси//
https://kun.uz/kr/news/2018/07/21/tujlarda-harazatlarni-kamajtiris-bujica-kabul-
kilinaetgan-karorlar-kutilgan-natizani
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-6
451
5.
Normoʼminovna,
Eshqulova
Nasiba.
"O’zbekiston
eksporti
diversifikatsiyasining yo’nalishlari."
Journal of Universal Science Research
1.12
(2023): 599-610.
6.
Отамуродов Ш. Ўзбекистон экспорти диверсификациясининг
замонавий муаммолари. Economics and Innovative Technologies. 2022 Aug
30;10(4):355-64. https://doi.org/10.55439/EIT/vol10_iss4/a36
7.
Отамуродов,
Ш.
(2022).
ЎЗБЕКИСТОН
САНОАТ
МАҲСУЛОТЛАРИ ЭКСПОРТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ.
Iqtisodiyot
Va
taʼlim,
23(6),
383–389.
