Mazkur maqolada O‘zbekistonda iste‘molchilarga tabiiy gazni yetkazib berishda
tejamkor va samarali usullarni joriy etishning innovatsion yechimlari ko‘rib chiqiladi.
Tabiiy gaz ta‘minotida energiya samaradorligini oshirish, yo‘qotishlarni kamaytirish va
raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali aholining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish borasidagi muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi.