Authors

  • Qoraboyev Zohid Bahodir o’g’li,
    Namangan davlat universtiteti, Tarix yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.65287

Keywords:

Qo’qon xonligi qo’shin lavozim unvon qal’a qo’rg’on to’pchi sarbozlar sipohiy otaliq qo’shbegi qorovulbegi qurchi mingboshi Olimxon

Abstract

Ushbu maqolada 1709 – 1876-yillarda O’rta Osiyoning yirik davlatlaridan biri 
bo’lgan Qo’qon xonligining harbiy tizimi, qo’shin tuzilishi, tarkibi, ta’minoti, bu sohadagi 
islohotlar va uning natijalari qo’shni xonliklar bilan solishtirilgan xolatda yoritilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

263

QO’QON XONLIGIDA QO’SHIN: TARIX VA TAHLIL

Qoraboyev Zohid Bahodir o’g’li,

Namangan davlat universtiteti, Tarix yo’nalishi talabasi

qoraboyevzohid9gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada 1709 – 1876-yillarda O’rta Osiyoning yirik davlatlaridan biri
bo’lgan Qo’qon xonligining harbiy tizimi, qo’shin tuzilishi, tarkibi, ta’minoti, bu sohadagi
islohotlar va uning natijalari qo’shni xonliklar bilan solishtirilgan xolatda yoritilgan.

KALIT SO’ZLAR

Qo’qon xonligi, qo’shin, lavozim, unvon, qal’a, qo’rg’on, to’pchi, sarbozlar,

sipohiy, otaliq, qo’shbegi, qorovulbegi, qurchi, mingboshi, Olimxon.

Kirish.

Qo’qon xonligi O’rta Osiyo xonliklari ichida eng yoshi va dastavval,

boshqalariga nisbatan erta tugatilingan xonlik hisoblanadi. O’z navbatida Qo’qon xonligi
O’rta Osiyoda o’zining o’rnini topa olgan va tarixga muxrlangan xonlik hisoblanadi.
Aholisi qo’sni xonliklarga nisbatan ko’proq. Sababi, katta hudud va aholi nisbatan zij
joylashgan Farg’ona vodiysi Qo’qon xonligining markaziy hududlari hisoblangan.

1709-yili Farg’ona muzofotiga qarashli Pop tumanidagi Chodak qishlog’ida

(hozirgi Namangan viloyati hududida) yashovchi xo’jalar bosh ko’tarib, o’zbeklarning
ming qabilasiga qabila oqsoqoli Shohruhbiyni xon qilib e’lon qildilar. Shu tariqa Farg’ona
vodiysi Buxoro xonligiga bo’ysunishdan bosh tortdi va o’zini mustaqil deb e’lon qilgan.
Shu tariqa Buxoro xonligidan ajralib chiqqan vodiyda Qo’qon xonligi tashkil topdi.

Tarixda Qo’qon xonligi deb atalgan ana shu davlatning asoschisi Shohruhbiy 1721-

yilda vafot etgach, uning kata o’g’li Abdurahimbiy (Rahimbiy) taxtga o’tirgan. Qo’qon
shahrini Rahimbiy qurdirganligi sababli, shahar daslab “Qala’i Raximiy” deb yuritilgan.
Tarixchi Niyoz Muhammad Xo’qandiyning “Shohruhbiy tarixi (“Tarixi Shohruhiy”) va
Isxoqxon Ibratning “Farg’ona tarixi” qo’lyozma asarida qayd etilishicha, Rahimbiy o’zi
sotib olgan tevarak-atrofidagi yerlari bilan to’rtta qishloq o’rnida bino qurgan.
Abdurahimbiy qo’shinni kuchaytirishga asosiy e’tiborni qaratgan. Otasi o’rnatgan rasm
va qonunlarni davom ettirib, mamlakat harbiy salohiyatini yanada kuchaytirishga asosiy


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

264

e’tiborni qaratgan. Qo’shin tartibi va ishiga, harbiy asbob va jihozlar bilan lashkarlarni
ta’minlashga yanada ko’proq ahamiyat bergan.

Buxorodagi ichki kurashlarning avj olganligidan foydalangan Abdurahimbiy

hokimiyatni mustahkamlash maqsadida 20 000 kishilik qo’shin tuzgan. U 1725-yili o’z
qaynotasi Xo’jand hokimi Oqbo’tabiyni o’ldirib, ushbu qo’shin bilan Xo’jandni ham
qo’shib olgan. Shu tariqa bilan Farg’ona vodiysida markazi Xo’qand-Qo’qand bo’lgan
davlat tashkil topgan va asta-sekinlik bilan kengayib borgan. Keyinchalik Marg’ilon,
Andijon, Namangan, Samarqand, Kattaqo’rg’on yerlarini qo’shib olgan.

Abdurahimbiy 33 yoshda vafot etgach, taxtga ukasi Abdukarimbiy (1733-1750)

o’tirgan. Uning davrida Qo’qon haqiqiy markazga aylngan. Chunki u poytaxtni eski
Qo’qon yaqinidagi Tepaqo’rg’on qishlog’idan hozirgi Qo’qonga ko’chirgan va shahar
atrofini devor bilan o’rattirgan. Shaharga kirish va chiqishni nazorat qilish uchun to’rtta
darvoza qurilgan. Bular: Qatag’on, Marg’ilon, Toshkent va Haydarbek darvozalari edi.
Hatto shahar ichida askarlar uchun maxsus garnizon ham qurilganligi haqida ma’lumotlar
mavjud. Abdukarimbiy o’z davlatini mustaxkamlash va kengaytirish uchun faol harakat
qilgan. Abdulkarimbiy hukmronlik davri keskin siyosi voqealar bilan ajralib turadi. Bu
davrda O’rta O’siyoni bosib olish uchun harakat qilayotgan bir necha kuchli davlatlar
o’rtasida raqobat ketayotgan edi. 1740 – 1741-yillarda Eron shohi Nodirshoh Afshorning
Xiva va Buxoroga yurishi, ikkinchi tomondan Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoni
bosib olish uchun harakat boshlashi, uchinchidan, Xitoy imperiyasi tomonidan Jung’orlar
davlati tugatilishi natijasida qalmiqlarning XVIII asr o’rtalarida Farg’ona vodiysiga
bostirib kelishi yosh davlat oldiga qiyin ishni hal qilish vazifasini qo’ygan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review)

. Shu yerda savol tug’uladi.

Qo’qon xonligida muntazam qo’shin bo’lganmi ? XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib
xonliklardagi qo’shin asosan nomuntazam harakterga ega bo’lgan, ular ichki va tashqi
xavfni bartaraf etishga qodir emas edi. Bundan to’g’ri xulosa chiqargan ayrim hukmdorlar
muntazam qo’shin tashkil etishga harakat qilganlar. Natijada, XIX asr boshlarida O’rta
Osiyo xonliklari qo’shini muntazam va nomuntazam qismlardan tashkil topgan harbiy
kuchga aylangan. Xonlik harbiy qo’shin tuzilishi quyidagicha bo’lgan: kavaleriya
(sipohiylar), artilleriya (to’pchilar), infanteriya (sarbozlar). XIX asr boshlarida xonlikda
bo’lgan F.Nazarov ma’lumotlariga ko’ra, sipohiylar 20 000 kishini tashkil etgan. Qo’qon
xoni 12 000 arava va 60 000 sipohiyni yig’a olgan. Qo’shinda gala botirlar va merganlar
ham bo’lgan ammo ular uncha ko’pchilikni tashkil qilmagan. Qo’qon xonligida


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

265

muntazam qo’shin faqat Xudoyorxon tomonida uning uchinchi hukmronlik yillarida
(1865-1875) shakillangan degan fikr haqiqatdan yiroq. Chunki tarixiy ma’lumotlarning
tasdiqlashicha, Qo’qon xonligida Norbo’tabiy davridayoq mavjud bo’lgan qal’a va
chegaradagi bo’linmalar muntazam qo’shin asosi bo’lib xizmat qilgan. Tom ma’nodagi
muntazam qo’shinga Olimxon asos solgan.

Hukmronlik yillarida “Sohibqiron”, “Zolimxon” laqablarini olgan Olimxon (1800-

1810) mavjud qo’shindan saralab olingan askarlardan iborat maxsus bo’linma tashkil
qiladi va “gala botirlar” yoki “gala bahodirlar” deb nomlaydi. Bu haqida tarixchi Mulla
Olim Maxdumhojining “Tarixi Turkiston” asarida, – “Olimxonning tojik, afg’on va
eronliklardan iborat 1700 kishili qo’shin tashkil qilganligi, ularning hammasiga sarupo,
asbob-yaroq berib, podsholik dafatriga nomlarini yozdirib, vazifalarini tayin qilganligi,
yangi o’rda va ark atroflariga joylashtirib chiqqanligi” qayd etilgan. Ularning soni
o’rtacha 2000 kishiga yetmagan va asosan saroyda qorovullik qilganlar. Bu qo’shin
anchayin mergan bo’lgan. Bundan ko’rinib turadiki qo’shin holati doim nazorat qilinib,
maxsus daftarga qayd qilib borilgan.

Olimxon davrida xonlik qo’shinida 10 minglab suvori bo’lganligi tarixiy

ma’lumotlarda keltirilgan. Olimxon (1800-1810) va Umarxon (1810-1822) davrlarini
Qo’qon xonligining eng gullagan davri deyishim mumkin Ammo ulardan keyingi davr
anchayin falokatli va xonlik xalqini juda ham og’ir ahvolga solgan davrlar bo’lgan.
Qaysiki davlat qudrat cho’qqisiga erishishni istasa albatta qo’shinga, ta’limga e’tibor
qaratmog’i kerakligi bizga tarixdan ma’lum.

Tadqiqot metodologiyasi. (Research Methodology).

Qo’qon xonligida yuqori

harbiy mansablar quyidagicha edi: otaliq, qo’shbegi, dodxoh, biy, eshik og’asi, to’qsoba,
miroxur, qorovulbegi, qurchi, devachi, mirzaboshi, chor og’asi, botir yoki jangchilar.
Harbiy boshliqlarga yirik yer maydonlari va hatto kichik qishloqlar ham xon tomonidan
hadya qilingan. Misol uchun ponsodboshiga in’om qilingan yerdan 250 chorak g’alla
tegar edi.

Qo’shin ta’minotiga davlat javobgar bo’lgan. Kiyim bosh, etik, kamzul, telpak va

shunga o’xshash kiyimlar uchun xonlik xazinasidan mablag’ ajratib turilgan. Har bir
yurishdan avval askarlarga bir juftdan etik tarqatilgan. Askarlar 2 yoki 3 qavatdan to’n
kiyib yurganligi sababi, to’n yurish vaqtida to’shak vazifasini ham o’tagan. Yurishlar
davomida qo’shin ortidan ko’chib yuruvchi savdogarlar ham borgan. Qo’shin dam olish
uchun xordiqqa to’xtaganida savdogarlar askarlarga o’z mahsulotlarini sotgan. Hatto


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

266

ko’chma novvoyxonalar ham tashkil qilgan. Savdogarlar asosan yahudiy millatiga
mansub bo’lgan. Askarlarga harbiy yurishlar paytida 2 tillodan oylik maosh tarqatilgan,
hatto qo’shimcha ustama ham tarqatilingan. Ammo ba’zi ma’lumotlarda, yuzboshiga 2
tillo, ellikboshiga 1,5 tillo, oddiy askarga esa 1 tillo oylik maish berilganligi to’g’risida
ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

Tahlil va natijalar (Analysis and results).

Qo’shin qudratiga to’sqinlik qilgan

omillar: Binobarin Qo’qon xonligi harbiy feodal davlat bo’lgan. Shu sababli uni
boshqarish uchun xon harbiy zodagonlarga suyangan. Xonlikda harbiy qo’shin salohiyati
har doim ham rivojlanib borgan deb ayta olmaymiz . Shu o’rinda bir qator kamchiliklarni
ko’rib o’tishimiz mumkin . Bunga sabablardan biri Qo’qon xonligida qo’shin
ta’minotining har doim ham yaxshi ta’minlanmaganligi, bunda asos qilib oziq-ovqat
tanqisligi ya’ni och qolgan askarlarning oddiy aholiga bir dona non uchun shaxsiy otlari
yoki egar-jabduqlarini almashib yuborganligi asosiy muammo hisoblangan. Oddiy
askarlar och qolgan vaqtlarida atrof qishloqlarga tarqalib ketgan holatlar ham doim
uchrab turgan.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).

Qo’qon xonlida harbiy

ta’lim beruvchi maktablar yoki hozirgi kun nuqta’i nazaridan aytganda harbiy
akademiyalar bo’lmagan. Shu sababli harbiy taktik tajribasi bor askarlar yangi kelgan
yigitlarga ustoz-shogird an’anasida saboq bergan. Ko’plab yuqori harbiy lavozim
egalarining savodi va tajribasi bo’lmagan. Keksayganda yoki lavozimdan ketar chog’ida
o’z o’rnini meros qilib o’g’liga yoki o’zi tanlagan yaqiniga qoldirib ketgan. Bu esa o’z
navbatida haqiqiy jangovar salohiyatga ega sarkardalarning o’sib ulg’ayishiga to’sqinlik
qilgan. Qo’qon xonligida harbiy mahkama yoki shunga o’xshash idoralar bo’lmagan,
bo’lsa ham o’rta asrlardagidek qoloq an’analarga tayanib ish ko’rgan. Yevropa davlatlari
singari eng so’nggi zamonaviy qurollar ham bo’lmagan, bo’lsa ham kam bo’lgan.
Xususan, kam sonli askarlarga oddiy pilta miltiq berilgan. Undan otishni bilgan
askarlargina foydalangan xolos. Ba’zi manbalarda mana shu miltiqlar ham 6 yoki 7
kishiga bitta to’g’ri kelgan. Otishni bilganlar bilmaganlarga o’rgatgan. Harbiy boshqarma
ma’muriy boshqarmadan ajratilmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Бобобеков Ҳ. Н. Қўқон тарихи. – Т.: Фан, 1996. – 238 б.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

267

2. Исҳоқхон Ибрат. Фарғона тарихи / Нашрга тайёрловчилар Ҳ. Бобобеков,

М. Ҳасаний – Т.: Камалак, 1991. – Б. 266 – 327.

3. Мулла Олим Маҳдум Ҳожи. Тарихи Туркистон / Нашрга тайёрловчи

Т.Алимардонов, Н.Абдул Ҳаким. – Қарши: Насаф, 1992. – 148 б.

4. Турсунов Б. Қўқон хонлигида ҳарбий иш ва қўшин: ҳолати, бошқаруви,

анъаналари (XIX асрнинг 70-йилларигача): Тарих фан. номз. дисс... – Т.: ЎзР ФА
Тарих институти, 2006. – 154 в.

References

Бобобеков Ҳ. Н. Қўқон тарихи. – Т.: Фан, 1996. – 238 б.

Исҳоқхон Ибрат. Фарғона тарихи / Нашрга тайёрловчилар Ҳ. Бобобеков, М. Ҳасаний – Т.: Камалак, 1991. – Б. 266 – 327.

Мулла Олим Маҳдум Ҳожи. Тарихи Туркистон / Нашрга тайёрловчи Т.Алимардонов, Н.Абдул Ҳаким. – Қарши: Насаф, 1992. – 148 б.

Турсунов Б. Қўқон хонлигида ҳарбий иш ва қўшин: ҳолати, бошқаруви, анъаналари (XIX асрнинг 70-йилларигача): Тарих фан. номз. дисс... – Т.: ЎзР ФА Тарих институти, 2006. – 154 в.