ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
294
TRADITIONS OF THE POPULATION OF ISHTAKHAN DISTRICT AT
WEDDING CEREMONIES
Uztemirov Vakhobjon
Samarkand State University, a master’s student of
the department of Archeology with specialty in Ethnogenesis.
Annotation:
This article discusses the customs and traditions of wedding
ceremonies among the population of the Ishtikhan district of Samarkand region. This
article is based on materials collected during an ethnographic survey during visits to the
villages of the Ishtikhan district in 2024. The history, ethnography and ethnogenesis of
the Ishtikhan district have not been fully studied to this day. Ishtikhan district, like other
districts of the Republic of Uzbekistan, has its own rich ethnographic data, and this data
is very close to the Kattakurgan, Payariq, Akdarya and Qoshrabot districts, which border
the district territorially. However, some customs are not found in these districts, or even
in other regions of Uzbekistan.
Kalit so’zlar:
nikoh, beshik to’y, porcha, to’qqiz to’y, hudoyi, kelin salom, kuyov
chaqirdi, nikoh, maslaxat oshi, kuyov chaqirdi, oqsoqol, chilla.
Kirish.
O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan viloyat, tuman va
qishloqlar aholisining o’ziga xos bo’lgan turli urf-odatlarga ega bo’lib, bu diniy, dunyoviy
va hududiy hususiyatga ega. Bu urf-odatlarda islom va zardushtiylik va boshqa dinlarning
ta’siri yaqqol sezilib turadi. Bu urf-odatlarning bazilari aslida birorta diniy qarashlarga
umuman aloqasi yo’qdir. Ishtoxon tumani hududida joylashgan qishloqlarda turli urug’
va qabila tegishli bo’lgan aholi vakillari yashab kelishmoqda. Bu qishloqlarda yashovchi
odamlarning to’ylarda, dafin marosinlarida va bosh vaziyatlarda bajaruvchi o’zining urf-
odatlari mavjuddir. Tuman hududida joylashgan aholi urf-odatlarini quydagi guruhlarga
ajratishimiz mumkin:
1)
to’y bilan bog’iq bo’lgan marosimlar,
2)
dafn bilan bog’iq
bo’lgan marosimlar,
3)
farzand tug’ulishi bilan bog’liq bo’lgan marosimlar,
4)
kundalik
turmush bilan bog’liq bo’lgan marosimlar.
To’y marosimlar.
Ishtoxon tumani aholisining to’y-marosimlarining o’ziga xos
hususiyatlarga ega. Tumanda nikoh to’yi, fotiha to’yi, sunnat to’yi, muchal to’yi, hoji
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
295
to’yi, payg’ambar yoshi to’yi kabi ko’plab to’y turlari mavjud bo’lib, ularning har birida
bajariladigan o’ziga xos bo’lgan urf-odatlar mavjud. Ishtixon tumani aholisining
to’ylaridagi urf-odatlarning tarixi bir necha ming yillar bilan izohlanadi. To’y
odamlarning eng baxtga to’la hursandchilik kunlaridan biridir. Shuning uchun xalq
orasida “boshung to’ydan chiqmasin”, “topganing to’ylarga buyursun”, “to’ylarga
yetkazsin”, “to’ylar bo’lsin”, “to’ylarda ko’rishaylik”, kabi iboralar keng qo’llanadi. Bu
iboralardan ko’rinib turibdiki, o’zbek xalqi to’y-xashamlarni o’zing eng hursandchilik
kuni hisoblashadi.
To’y uchun avvilo ko’p yillab tayyorgarlik ko’riladi. To’y uchun kerakli bo’lgan
narsalar yig’illib boriladi. Birinchi navbatda to’y uchun sarpo yig’iladi. Misol uchun,
nikoh to’yi uchun qiz va yigit tomon uzoq yillar davomida sarpo va sep yigishadi. Qizning
onasi qizi voyaga yetgandan keyin uning to’yi uchun turli xil narsaalarni to’lab bir
bo’qcha (tugun) yoki sandiqqa yig’ib boradi. To’y birinchi navbata qiz tanlashdan
boshlandi. Kuyov tomom o’zi uchun maqul bo’lgan oiladan qiz qidirishadi va topilgan
qizni mahallasidan surushtiradi. Bu odat Respublikamizning boshqa hududlard ham
mavjuddir. Maqul bo’lgan qiz xonadoniga sovchi yuboriladi.
Sovchilik odati.
Sovchi yuborish odati turk-mo’g’ul xalqlari orasida qadim
zamonlardan beri mavjud bo’lgan. Sovchilar davlat ahamiyatiga ega bo’lgan mihim
vazifani bajargan elchiday maxsus sovchilik mahorat ega bo’lib, shunga mos iboralar,
maqol, shirinzabonlik, so’z o’yinlari, hozirjavoblik, sir va sukut saqlash, shoirona ruh-u,
olimono mantiq egasi bo’lib, oila madaniyatining yetuk arboblari darajasiga ko’tarilgan
insonlar tanlab olinadi. Sovchilik faqatgina kuyov tomomidan amalga oshiriladi. Odatda
sovchilikka yigitning onasi, ammasi va xolasi yoki yoshi ulug’ bo’lgan xalq orasida
hurmatga sazovor bo’lgan kishilar vakil qilib yuboriladi. Sovchilar qiz uyiga borganda
qo’lida tugun (xalq orasida tuyunchak deb nomlanadi) bilan boradi. Tugunda non,
shirinliklar va oq qand bilan boradi. Oqqand hamisha bu tugunda bo’lishi shart bo’lib,
“oqlik” deb ataladi. Bu ezgu niyatning belgisi hisoblandi. Birinchi marta sovchilikka
borilganda “tuyunchak” qiz uyiga tashlab kelinadi. Tuyinchak qizning ota-onasi rozi
bo’lmaguncha ochilmaydi. Rozi bo’lgandan keyin ochiladi va undagi non va shirinliklar
dasturxonga qo’yiladi. Ko’pincha tuyunchak sovchilarga berib yubordi. Bu qizni
sovchilarga bermasligini alomati bo’ladi. Xalq orasida “tugunini qo’liga ushlatibdi” degan
ibora bejizga qo’llanmaydi. Sovchilar qizning ota-onasidan qizingizni so’rab keldik, deya
uning qolini so’rashadi. Bu vazyatda sovchilar tomonidan “qulchilikka kedik”, “bulbul”,
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
296
“gul” kabi iboralar qo’llanib, kuyov bo’lmish yigitni rosa maqtashadi. Sovchilar qiz uyiga
bir necha marta yoki undan ham ko’p marotaba kelishi mumkin. Sovchilik jaroyonida
“Elchiga o’lim yo’q” “Qizi borning nozi bor”, “Bir eshik yopiq bolsa, ming eshik ochiq”,
“Teng tengi bilan tezak qopi bilan”, “Yaxshi qiz mahalasidan ortmaydi” kabi maqollarni
keng ishlatilishi tabiiy holdir. Sovchilar sovchilikdan qaytgandan so’ng “bo’rimi yoki
tulki” deya qarshi olinadi. Agar rozilik olingan bo’lsa “bo’ri”, rozilik ololmagan bo’lsa
“tulki” deya javob beradi. Sovchilikka borilgandan so’ng qizning ota-onasi kuyovn va
uning oilasi haqida mahaladan surushtiradi, maqul kelgandan so’ngina qiz va yigitni
uchrashtirib ko’rishadi. Qiz va yigit bir birlariga yoqgandan keyin to’yga rozilik beriladi.
Sovchilar qizning ota-onasidan rozilik olgandan keyin fotxa to’yi kuni belgilanadi
1
.
Fotxa to’yi.
To’y kuni belgilangandan keyin har ikkala oila tomonida yoshi ulug’ keksa
erkak kishilar yig’ilishib, to’y maslahatini qilishadi. Ushbu to’yda kuyov tomon kelin
tomonning barcha harajatlarini ko’taradi. Va bu kelushuv asosida amalga oshiriladi. Fotxa
to’yda qiz tomonga bir kun avval to’y uchun kerakli bo’lgan barcha narsaalar yetkaziladi.
Ertasi kuni qudalar kelguncha qozonda osh, osma shorva va qo’vurma kabi taomlar
tayyorlanadi. Dasturxonlar yozilib, dasturxonga turli nozi-ne’matlar qo’yiladi. Tumanda
yashovchi aholining hamjihatligi bu ularning to’y-marosimlarida ko’zga yaqqol
tashlanadi. To’ylarda qo’ni-qo’shnilar yugurib xizmat qilishadi. Ishtixon tumanida nikoh
to’ylarda qudalar kelganda shirinlik bilan kutib olinadi. Bu yangi qurulayotgan oilaning
baxti shirin bo’lsin degan niyatda qilinadi. Shuningdek quda-anda o’rtasidagi
munosabatlar shirin bo’lsin degan niyatda qilinadi. Erkaklarni erkaklar, ayollarni ayollar
kutib oladi. Erkaklar va ayollar alohida alohida xonalarga o’tqaziladi. Marosim davomida
yoshi ulug’ keksalar yoki el orasida hurmati baland bo’lgan insonlar tomonidan bir juft
non va holva birgalikda sindiriladi, so’ng fotxa o’qiladi. Bu odat “non sindirish” yoki
“patir ushatish” deb ataladi. Ikki yoshning birga qo’sha qarishini niyat qilib duo qolishadi.
Sindirilgan non va patirlar dasturxon va odamlarga tarqatiladi. O’g’il-qizi bor insonlar
“meni o’g’il-qizi kuyov bo’lsin, kelin bo’lsin” deya niyat qilib, sindirilgan non,
shirinliklardan olib ketadi. Xar ikki tomon ham bir biriga sarpo-suruv berishadi. Katta
to’y sharoitga qarab o’tkaziladi. Har ikkal taraf ham to’y uchun yayyorgarlik ko’radi.
To’qqiz to’y.
Katta to’ygacha “to’qqiz to’y” ham o’tkaziladi. “To’qqiz to’y”
o’zbeklarning to’ygacha bo’lgan kichik bir urf-odatlaridan biridir. “To’qqiz to’y”da
1
Dala so’rovnomasi. Ruqiya momo, 68 yosh. 10.23.2024.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
297
kuyov tomondan kelin uchun “to’qqizlik” yuboriladi. Bu to’qqiz xil kiyimlik uchun
alohida matodan iborat bo’adi. To’qqizlik yuborish qadimgi turkiy xalqlardan qolgan urf-
odatlardan biri hisoblanadi. Chunki to'qqiz soni qadimgi turkiylarda muqaddas
hisoblangan. To’qqiz to’yda ayol qudalarga “shirachoy” va “to’qqiz tavoq” kirgiziladi.
Choy ichilib bo’lgandan keyin, pyolaga pul tashlandi. Olib borilgan matolarni hammaga
ko’z-ko’z qilib ko’rsatladi
2
Nikoh to’y.
Ishtixon tumanida qiz tomonda to’y katta to’ydan oldin o’kaziladi. Lekin
“Porcha to’y” ham mavjud bo’lib katta bazm bilan o’tkaziladi. “Porcha to’y” katta to’ydan
ancha oldin o’tkaziladi. Bazi bir qishloqlarda porcha to’yning o’rniga qiz tomonda to’y
katta to’ydan bir kun avval o’tkaziladi. Bu to’y uchun hamma narsani kuyov tomon
yuboradi. Qiz tomon qarindoshlari va dugonalariga bazim uyushtiradi. Bu “qizlar bazmi”
deb ham ataladi. Qizlar bazi uyda yoki biror to’yxonada unchalik katta bo’lmagan tartibda
o’yin-kulgi bilan o’tkaziladi. Bu to’yga quda tomon va kuyov do’slari bilan borishi ham
mumkin. Etasi kuni kuyov tomonda asosiy to’y marosimlari boshlanadi. To’ydan ikki-
uch kun avval “maslahat oshi” o’tkaziladi. Maslaxat oshiga o’g’ayin-qarindoshlar va
qo’ni-qo’shnilar yig’ilishadi. To’y maslaxati qilinadi. Bu maslaxatda qishloq yoki urug’
oqsoqli boshchilik qiladi. Osh damlanadi va kelganlarga tarqatiladi. To’ydan bir kun avval
hamma yig’ilishib o’tin yorishadi, savzi to’g’rashadi va mol so’yib, ertangi to’y uchun
tayyogarlik ko’rishadi.
Ertasi kuni to’yda kuyov kelin tomondan kelgan sarpolarni kiyib kelin tomonga do’stlari
va yangasi bilan kelinni olib kelish uchun boradi. Bu “kuyov navkar” deb ataladi. Kuyov
navkarga qo’shilib kuyovning qarindoshlari ham vakil bo’lib borishadi. Kelin tomonga
borishayotgan paytda qishloqning kichik yoshdagi bolalari tomonida yo’lning ikki
tarafiga turib olib yo’lni to’sishadi. Bu “odat balqon tutish” odati deyiladi. Kuyovning
yangasi ularga pul bergandan keyingina yo’l ochib beriladi. Kuyov navkar kelining uyiga
borgandan keyin u yerda bajarilardigan rasm-rusumlar ham bor bo’lib, birinchi navbatta
olov atrofida aylanishdir. Bunda kuyov, do’stlari va yangasi alov atrofida aylanadi. Olov
keng mayodning o’rtasiga yoqiladi
3
. Bu odatning ildizi zardushtiylik bilan boglanadi.
Olov atrofida aylanish bu xalqning uzoq o’tmishdan qolgan odatlaridan biri hisiblanadi.
Ammo bu dinndor oila vakillari b odatni amalga oshirmaydi. Chunki olov atrofida
2
Dala so’rovnomasi. Ishtixon, Qo’rli qishlog’i. 10. 22. 2024.
3
Dala so’rovnomasi. Ishtixon, To’y. 08.12.2024.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
298
aylanish islon dini mafkurasiga mutloq zid an’ana hisoblandi. Kuyovga ko’z tegib
qolmasin degan niyatda isriq tutatiladi. Kelinning yangasi kuyovga kuyov chopon (to’n)
va do’ppi kiydiradi. Beli belbog’ bilan bog’lanadi. Shundan keyin kuyovning ustidan
bug’doy yoki guruch sepiladi. Bu odat kuyovni risqli bo’lsin deya niyatda amalga
oshiriladi. Chopniga oq ipdan tikish tushuriladi. Bu odat ikki yoshni bir biriga shu
tikishday birlashib ketishi nazarda tutiladi. Ishtoxon tumaning bazi bir qishloqlarida
kuyov salom ham mavjud bo’lib, kuyov egilib salom beradi. Quydagi odatlar qilib
bo’lingandan so’ng kuyov navkarlar kelining uyiga kiradi. Kuyov kirishdan oldin unga
payondoz solinadi. Bu payondoz gilamcha yoki biror mato bo’lagi bo’lishi mumkin.
Kuyov kirgandan keyin kuyovning do’slari o’rtasida ushbu payondoz uchun kurash
ketadi. Ular payondoz uchun talashadi. Kimning qo’li baland kelsa, o’sha payondoz sohibi
bo’ladi. Kuyov navkar uchun maxsus bir xonada dasturxon tayyorlanadi. Dasturxonga
turli nozi-nematlar qo’yiladi. Kuyov uyga kirgandan keyin unga yetti qavat ko’rpacha
to’shaladi. Agar yeti qavat bo’lmasa, o’tirilmaydi. Ko’rpachaga o’tirshdan avval kuyiv
“enchi” so’raydi. “Enchi” yoki “yenchi” bu kuyov tomonga vada qilinga bir sigir bo’ishi
kerak. Bu berilishi shart bo’lgan qarz hisoblandi. Enchini kuyovning qaynonasi berishi
kerak. Bu paytda asoasan “palonchi sigirning bolasini berdim” degan javob bilan qaynona
vaziyatdan qutuladi. Lekin “enchi” kelin-kuyov yangi xonadonga ko’chganida albatta
beriladi. Bu biror g’unojin yoki xo’kkiz bo’lishi mumkin. Enchi berish haqida xalq orasida
turli munozaralar mavjud. Yangi tug’ulgan bola tilani chiqarib g’uldirasa “enchisini
so’rayapti, enchisini bering” degan iboralar qo’llashadi
4
.
Enchi berish marosimi tugagandan keyingina kuyov o’tiradi. So’ngra ziyofat
boshlandai. Birinchi shakar choy tortiladi. Hamma shakar choyni ichib bo’lgandan keyin,
himmatiga qarab piyolaga pul tashlaydi. Bu pulni yangalar yig’ib oladi. So’ngra toam
tortiladi. Toamdan so’ng “to’qqiz tavoq” tortiladi. “To’qqiz tovoq”da to’qqiz xil ovqat
keladi. Bu ovqatlarda barak, patir, qaynatilgan tuxim, surguruch, pishirilgan go’sht va
bashqa ovqatlar bo’lishi mumkin. Ovqatlar yeb bo’lingandan keyin har bir tovoqqa kuyov
jo’ralar tomonida alohida-alohida pul tashlab chiqadi. Bu jaroyon shovqin-suronli va
hazil-huzul bilan o’tadi. Shu jarayonlar davomida “kuyov tovaq” ham tortiladi. Kuyov
tovoqda kuyov uchun maxsus pishirilgan “to’sh” beriladi. Kelinning yangasi kuyovga
to’shni tishlatadi. Va undan keyin kuyovdan tovoq pulini talab qiladi. Kuyov o’zining
4
Dala so'rovnomasi. 21. 05. 2024.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
299
himmatiga qarab kelining yangasiga pul beradi. Butun to’y davomida kuyovga kuyov
jo’ra va yangasi hamroxlik qiladi. Kuyov jo’ralarga kelinning yangasi qo’lda to’qilgan
ro’molcha tarqatib chiqadi. Kuyov ziyofati tugagandan keyin nikoh marosimi boshlanadi
5
.
Nikoh marsimida kelin va kuyovning yonida bittadan guvoh bo’ladi. Nikoh o’qilishidan
oldin kelining tog’asi tanlab olinadi va undan rozilik olingandan keyingina marosim
boshlanadi. Tog’ani rozi qilish uchun sarpo va “tog’a puli” beriladi. “Tog’a puli” kelining
tog’asini nikoh o’qishga ruxsat olish uchun beriladigan puldir. Mulla tomonidan diniy
savollar va tushuntirishlar amalga oshiriladi. So’ngra marosim boshlanadi. Kelin-
kuyovdan uch martadan rozilik so’raladi. Rozilik olingandan keyin nikoh o’qiladi.
Kekindan maxrga nima sorashligini so’rashdi. So’rgan maxr berilgandan keyin nikoh
o’qiladi. Shundan so’ng fotixa o’qilib, duo qilinadi. Nikoh marosimi tugagandan keyin
kelin bilan oila azolari hayirlashadi. Bu jarayon ko’z yoshlar bilan kechadi. Kelin ketishi
paytida otasi va yoshi ulug’ qarindoshlari hamda keksa nuroniylar uy oldida yig’ilishib,
kelin-kuyovga fotxa berishadi. Qiz otasini va boshqalar oyog’iga bosh urib yig’laydi.
Ushbu jaroyonda ota o’z qizini boshqa bir uyga ko’zida yosh bilan kuzatadi.
Shundan so’ng kelin-kuyovga javob beriladi. Kuyov navkar to’y vaqtigacha sayir uchun
biror bazimgohga ketishadi. Kuyov navkar kelguniga qadar to’yxonada to’y uchun
tayyorgarlik ko’riladi. To’yxonada erkak va ayollar uchun alohida joy taxlanadi. Bu odat
islom dinni an’analaridan biri hisoblandi. Chunki bir nomahramning yonida begona ayol
kishi o’tirshi islom dinda qoralangan. Kelin-kuyov kelgunga qadar mehmonlar
to’yxonaga to’planishadi. Kelin kelgandan so’ngina to’y boshlanadi. Kelin-kuyov “Yor-
yor” yoki “To’ylar muborak” kabi sadolar ostida to’yxonaga kirib keladi va davrada
to’xtaydi. So’ngra kelin kuyov va mehmonlarga egilib salom beradi. Keyin shoxsupaga
ko’tarildi. To’yni asosan eshonlar yoki el orasida hurmat-izzatga ega bo’lgan yoshi ulug’
insonlar ochib beradi. Kelinlar hamisha boshi va yuzida yopinchiq bilan kekishadi. Bu
yopinchiqni kuyovning onasi ochib beradi. To’yda turli xil toamlar mehmonlarga tortiq
qilinadi. To’y davomida “To’n kiydirish” marosimi bo’ib o’tadi. Bunda kelin va
kuyovning qaridoshlariga va eshonlar to’n kiydiriladi. To’n kiydirdi marosimida
kelinning otasi, tog’asi va amakisiga to’n kiydirish shartdir. To’y shu zayilda to’rt-besh
soatgacha davom etishi mumkin. To’y tugagandan keyin kelin kiyovga javob beriladi.
Kelin kuyovning uyiga kelgandan keyin ham qilinadiga urf-odatlar ham mavjuddir.
5
Dala so’rovnomsi, 21. 05. 2024.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
300
Yuqorida kelitirib o’tilgan olov atrofida aylanish odati shu yerda ham qilinadi. Kelin
kuyovning oila azolariga egilib salom solidi. Kelin uyga kirishda eshikning supasidan taob
oladi. Bu odat ham zardushtiylik dinning mintaqada saqlanib qolgan odatlaridan biridir.
Supadan taob olinishining sababi kelining qadami qutluq kelsin degan manoni kasb etadi.
Aslida zardushtiylikda supaga ota-bobolaring hokini maxsus idishlarga solib supaning
ostiga ko’mib qo’yishgan. Supadan taob olish shu zayilda avlod-avodga yetib kelgan.
Bundan tashqari eskikka yog’ surtush va o’choqdagi olovgaq yog’ quyush kabi urf-odatlar
ham mavjud. Bu odtlar kelin risqli bo’lsin, o’choq hech qachon o’chmasin deya qilinadi.
Barcha urf-odatlar bajarilib bo’lgandan keyin kechasi chimildiq bo’lib o’tadi.
Chimildiqda ikki yanga kelin-kuyovga barcha narsalarni tushuntiradi. Shu zayilda ikki
yosh ilk kechasini o’tkazadi. Chimildiqqa kirish odati o’zbeklarning qadim qadimdan
qolgan urf-odatlaridan biridir. Xar bir qiz o’z iffatini chimildiq uchun saqlab yuradi. Shu
g’oya ostida tarbiyalanadi.
To’yning ertasi kuni ham amalga oshiriladigan urf-odatlar ham bor bo’lib, bu
kelining tong sahar uyqudan uyg’onib, qo’shnilarning uyining darvozasiga joynamoz osib
kelishidir. Shundan so’ng ko’cha supuradi. Ko’cha supirish odati ancha vaqtgacha davom
etishi mumkin. Ertalab hamma uyqudan turguncha kelin dasturxon tayyorlaydi va hamma
yig’ilgandan keyin egilib salom beradi. Kelin salomga kelganlar ko’rmana uchun kelinga
savg’a berish odati ham mavjud. Bu “ko’rmana” deb nomlandi. Kuyov tomondagi kichik
bolalarga kelin o’z qo’li bilan toqigan ro’molcha tarqatadi. Shu yerda yana bir odat
bajariladi. Bu odat qaynotasining ostiga kelin ko’rpacha solishidir. Odatda ko’rpacha o’z
sepidan bo’ladi va ko’rpachani qaynotasiga beradi. Bu qaynotaga bo’lgan yuksak
hurmatni ko’rsatadi. Keyin kelin hammaga choy quyib uzatadi. Bu jarayonlarga kelining
yangasi va kuyovning yangasi yordam beradi. Shu vaqt davomida “chimildiq oshi” uchun
tayyorgarlik ko’riladi. Chimildiq oshida faqatgina ayollar qatnashadi. Chimildiq oshini
tayyorlash va yetkazish kelin tomonga yuklatiladi. Ko’pincha chimildiq oshi kuyovning
uyida pishiriladi. Barcha masaliqlar kelin tomondan keltiriladi. Agar kelining uyi yaqin
bo’lsa, osh u yerda pishirilib olib kelinadi. Oshni ayollar birgalikda yiyishadi. Yeb
bo’lingandan keyin duo o’qishadi.
Chillla davri.
Barcha marosimlar tugagandan keyin hamma uyiga tarqaydi. Kelin
kuyov 40 kecha chilla saqlaydi. Bu vaqtda kelin kuyov shomdan keyin yolg’iz ko’chaqa
chiqmaydi. Bu vaqtda kelin-kuyovga “chillali” atamasi qo’llanadi. “Chilla davrida
kuyovning qarindoshlari va qo’ni-qo’shnilar kelinni choyga chaqirishadi. Shundan
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
301
so’ngina kelin bu kishilarning uyiga borishi mumkin. Bu odat “kelin chaqirdi” deb
nomlanadi. Kelin bu paytda qaynona va ovsinlari bilan birgalikda, bir juft yostiq bilan
boradi. Yostiq uy egalariga sovg’a sifatida beriladi. Chilla” davri tugagandan keyin
kelinni ota uyiga olib borib kelishadi. Bu “chilla quvdi” deb ataladi. Bu payda qiz qizlik
uyiga qaynona bilan birgalikda boriladi
6
.
Kuyov chaqirdi marosimi.
Kuyov
qaynotasining uyiga kuyovni uyiga chaqirmaguncha
bormaydi. Bu marosim “Kuyov chaqirdi” marosimi deb ataladi. “Kuyov chaqirdi”
marosimi asosan “chilla” davri tugagandan keyin bo’lib o’tadi. Bunda qudalar, kuyov va
kuyovning do’stlari birga borishadi. Bu odat “nonga chaqirdi”, “choyga chaqirdi” kabi
nomlar bilan nomlanadi. Kuyovning qaynotasi ularga ziyofar beradi. Kuyovga boshdan
ayoq sarpo beradi. Shunindek qudalarga ham sarpo beriladi. Bundan tashqari turli xil
sovg’alar ham beriladi. Bu marosim qanday o’tkazilishi qaynotaning moddiy ahvoliga
qarab o’tkaziladi.
Beshik to’y.
Beshik to’y yangi kelin kuyov farzandili bo’lganda qilinadigan to’ydir.
Bunda kelining otasi yangi tug’ulgan nabirasi uchun yangi beshik olib boradi. Beshik
bilan birgalik beshik to’y uchun kerakli bo’lgan barcha narsa kuyovning qaynotasi
zimmasiga tushadi. Odatda beshik faqat birinchi farzadga olib boriladi. Olib borilayotgan
beshik barcha jihozlari bilan birgaikda, bezatilgan holda olib boriladi. Beshik to’y
kuyovning uyda bo’ladi. Og’ayin-qarindosh, do’stlari va qo’shnilari taklif qilinadi. Kelin
tomon kuyovga va nabirasiga boshdan oyoq sarpo qiladi. Shuningdek quda-andalarga
ham sarpo qiladi. To’y davomida mulla tamonidan Quron tilovat qilinib, fotxa o’qiladi.
Beshik to’ydan ancha oldin olib boriladi. Chunki bola tug’ulgandan keyin u 40 kun
davomida “chillali” hisoblanadi. Beshik to’y “chillla” davri tugagandan keyin bo’lib
o’tadi. Ota har bir qizining birinchi tug’ilgan farzandiga beshik olib borishi bu xalqning
bir urf-odatiga aylanib qolgan.
Chupron to’y yoki Sunnat to’y
. Bu toy islom dinni bilan bog’liq bo’lgan bir amallardan
biridir. Oiladagi yoshi kichik bo’lgan o’g’il bolalarni sunnat qilish davomida qo’ni-
qo’shni, qarindosh-urug’ va tanish-bilishlarni chaqirib ularga hudoyi berishdir. Chupron
to’y unchalik dabdaba bilan o’tkazilmaydi. Bollarni sunnat qilishda maxsus bilimga ega
bo’lgan usta yoki tibbiy bilimga ega bo’lgan shifokor tomonidan amalga oshiriladi.
Sunnat bo’lgan bolaga atrofdagi erkak kishilar pul berishadi. Bu odat xalqimiz orasida
6
Dala so’rovnomasi. 23. 07. 2024
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
302
uzoq o’tmishlardan beri mavjud bo’lib kelgan. Sunnat qiluvchu ustaga qo’l haqqi sifatida
bir juft yostiq, chopon, do’ppi, belbog’ va pul beriladi. Sunnat bo’lgandan keyin bolaning
qo’li xalol bo’lgan hisoblanadi. Bu to’y xalq orasida “chupron to’y” deb nomlanadi.
Chupron to’yda to’y bolaga qarindoshlari sarpo olib kelishadi. To’y bolaning tog’asi
bolaga toy olib keladi. To’y bolaning bobo va momolariga sarpo beriladi. Chupron to’y
Ishtixon tumaning ming yillardavomida qilinib kelinayotgan to’y marosimlaridan bir
hisoblandi.
Xulosa.
Ishtixon tumanin aholisining to’y marosimlaridagi urf-odatlarining o’ziga
xosligi o’zaro hurmat-izzat bog’liqligidir. Tuman aholisi qadimdan mavjud bo’lgan urf-
odatlarni bugungi kunda ham kanda qilmasdan bajarib kelishmoqda. To’ylardagi
marosimlar to’yning ajralmas bir qismi sifatida diqqatga sazovardir. Urf-odatlarning
to’g’ri bajarilishiga yoshi ulug’ kishilar bosh-qosh bo’lib kelishmoqda. Tuman yashab
kelyotgan aholi bu urf-odatlarni bajarishada yoshlarga ham o’rnak bo’lib kelmoqda,
chunku bu an’ana va qadiryatlar avloddan avlodga o’tishi tuman axolisi uchun juda
muhim hisoblaandi. Ishtixon tumanidagi to’y-marosimlaridagi urf-odatlar tumanga
qo’shni bo’lgan Kattaqo’rg’on, Payariq, Qo’shrabot va boshqa tumanlardagi urf-odatlarga
o’xshashdir. Shunday qilib Ishtixon tumani aholisining etnografiyasining ajralmas qismi
bo’lgan to’ylardagi bajarilayotgan urf-odatlar tuman tarixini o’rgnish uchun o’ta muhim
manba sifatida qaralishi haqiqatga to’g’ri keladi. Tumandagi urf-odatlar aholining ming
yillik tarixi haqida ko’plab malumotlar berishi bilan diqqatga sazovardir.
