ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
36
IHOTAZORLARNING TURLARI VA TUZULISHI.
1
Egamberdiyev Murodjon Xolmirzayevich,
egamberdiyevmurod1991@gmail.com
2
Ernazarov Asqarali Yusufovich
1
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti
2
Surxondaryo viloyati Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi inspektori.
Annotatsiya.
Sug‘oriladigan yerlarda barpo etiladigan dalani himoyalovchi o‘rmon
ihotalari bir qator vazifalarni bajaradi: Ihota daraxtzorlar oralig‘ida mo‘tadil havo namligi
vujudga kelib, qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini oshiradi va yosh nihollarini me’yoriy
rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Ihotazorlarning samaradorligi asosan ularning turlariga,
ekilish sxemasiga va qator sonlariga bog‘liqdir.
Kalit so‘zlar:
Shamol, ixota o‘rmonlari, daraxt, tuproq, eroziya, sug‘oriladigan yerlar,
havo, chang, namlik, qishloq xo‘jaligi panjarasimon, tuzulish.
ТИПЫ И СТРУКТУРА ОБЪЕКТОВ.
Аннотация
. Лесные изгороди, защищающие поля, возводимые на орошаемых
землях, выполняют ряд функций: Изгородь создает умеренную влажность воздуха
между рядами деревьев, что повышает урожайность сельскохозяйственных культур и
создает возможности для нормального развития молодых саженцев. Эффективность
живых изгородей во многом зависит от их вида, схемы посадки и количества рядов.
Ключевые слова
: Ветер, местные леса, деревья, почва, эрозия, орошаемые земли,
воздух, пыль, влажность, сельскохозяйственные ограждения, конструкция.
TYPES AND STRUCTURE OF OBJECTS.
Abstract.
Forest hedges protecting fields erected on irrigated lands perform a number of
functions: The hedge creates moderate air humidity between the rows of trees, which increases
the yield of agricultural crops and creates opportunities for the normal development of young
seedlings. The effectiveness of hedges largely depends on their type, planting pattern and
number of rows.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
37
Keywords:
Wind, local forests, trees, soil, erosion, irrigated lands, air, dust, humidity,
agricultural fences, design.
Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil uchun qulay sharoitga ega
hududlardan biri hisoblanadi. Ammo, hududning janubiy tumanlarida yoz paytida iqlimning
issiqligi, havoning quruqligi, suvning tanqisligi, garmsel shamollarning esishi, tabiiy
o‘rmonlarning kamligi qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda to‘sqinlik qiladi.
Bularning muvozanatini ushlab turuvchi asosiy vosita ihotazorlardir.
Sug‘oriladigan yerlarda barpo etiladigan dalani himoyalovchi o‘rmon ihotalari bir qator
vazifalarni bajaradi. Kuchli va o‘rtacha shamol esuvchi mintaqa hududlarida havo haroratini
o‘zgartirib beradi.
Ihota daraxtzorlar oralig‘ida mo‘tadil havo namligi vujudga kelib, qishloq xo‘jalik
ekinlarini hosildorligini oshiradi va yosh nihollarini me’yoriy rivojlanishi uchun imkoniyat
yaratadi. Ihotazorlar orasidagi masofa, o‘rmon meliorativ hududlarga bog‘langan holda
belgilanadi va daraxtlarning balandligi va ularning qaysi masofaga samarali ta’sir qilishi
e’tiborga olinadi. Ihotazorlarning samaradorligi asosan ularning turlariga, ekilish sxemasiga va
qator sonlariga bog‘liqdir.
Ihota o‘rmonlari tuzilishiga qarab 3 turga bo‘linadi :
1. Zich joylashgan.
2. Yarim pajrasimon.
3. Panjarasimon (to‘rsimon).
Har bir yuqorida aytib o‘tilgan ihota o‘rmonlari daraxtlarni o‘tkazish sxemasiga va
keyinchalik unga ishlov berishga qarab bir biridan foydalanadi.
•
Zich -shamol o‘tkazmaydigan. 3 ta yarusdan, bosh (katta) daraxtlardan va
butalardan tashkil topadi.
•
Yarim panjarasimon. Bu ihota o‘rmon tuzilishi pastda 1,5-2 m balandlikgacha katta
ochiq joylar. Yuqori tomonda shoxchalari bir biriga birikkan yopiq bo‘ladi. Bu bitta
katta daraxtlardan hosil bo‘ladi.
•
Panjarasimon (to‘rsimon) bu ihota o‘rmonida bir tekisroq ochiq joylar bo‘ladi.
Bular daraxt va bir oz butalardan tashkil topadi.
Ihota o‘rmonzorlarining fizik modeli:
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
38
•
Oddiy ihota daraxtzorlar asosiy shamol yo‘nalishiga perpendikulyar
joylashadi.
•
Yordamchi
ihota
daraxtlar
asosiy
ihota
daraxtzorlarga
nisbatan
perpendikulyar bo‘ladi.
•
Asosiy ihota o‘rmonlarining oraligini kuyidagi formulalar bilan aniqlaymiz:
Z = K•H
Zich qator K =15-20
To‘rsimon konstruksiya K=20-25
Panjarasimon konstruksiya K=25-30
Har xil tuzulishga ega bo‘lgan ihota daraxtzorlari va aralashtirish sxemalarda
qo‘llaniladigan daraxtlar va butalarni 3 asosiy kategoriyaga bo‘lish mumkin.
•
Asosiy (bosh) daraxt turlari.
•
Ikkinchi darajali daraxt turlari (yordamchi).
•
Butalar.
Bu bo‘linishlar ma’lum bir darajada faraziy qabul qilingan, bir turga ega daraxt har xil
o‘sish sharoitlarida ham asosiy, ham ikkinchi darajali daraxt bo‘lib qo‘llanilishi mumkin.
Asosiy daraxt turlari mahalliy aniq bir sharoitga quyidagi belgilari bilan tanlanadi.
•
Biologik chidamliligi va ko‘p yashovchanligi.
•
Yashil ko‘rsatkichi o‘sishi va shoh-shabbalari yaxshi rivojlangan , ildiz
sistemasi yaxshi rivojlangan.
•
Keyinchalik o‘z-o‘zi ko‘payib yetilgan daraxtlar.
•
Kelajakda yaxshi sifatli yog‘och olish.
Ikkinchi darajasi (yordamchi) daraxt turlari bu asosiy daraxt turlaridan odatda
yomonroq biologik chidamlilikga ega va kamroq yashovchan bo‘ladi va nihoyat butalar
tuproqni saqlaydigan parda shakllantirish uchun yetishtiriladi. Bu tuproqning issiqlik va
namlik holatini, suv rejimini tartibga solishdir.
Ihota chet qatorlariga, tuproq yuza qatlamiga yaqin joylashib uzoq oraliqga ildiz
yetadigan daraxt va buta turlarini yaqinlashtirmaslik kerak. Katta shoxlar o‘tib, qishloq
xo‘jaligi ekinlariga soya qiladigan daraxt turlarini kiritmaslik kerak.
Ihotazorlarning samaradorligi asosan ularning turlariga, ekilish sxemasiga va qator
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
39
sonlariga bog‘liqdir. Shamol tezligi katta bo‘lgan xududlarda yarim panjarasimon (35%)
ihotazorlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Shamol o‘rtacha tezlikda esadigan joylarda
panjarasimon (35-50%) ihotazorlar yaratilmog‘i lozim. Shamol tezligi past bo‘lgan xududlarda
shamolni o‘tqazish qobiliyati 75% bo‘lgan ihotalarni vujudga keltirmoq kerak.
Qattiq shamol esadigan hududlarda shamol kelib uriladigan asosiy dala ihotazorlari 4
qatorli, undan keyingilari esa 3 qatorli bo‘ladi, yordamchi ihotazorlar esa 2 qatorli bo‘ladi.
O‘rtacha tezlikda shamol esadigan joylarda asosiy ihotalar 3 qatorli, yordamchilari 2 qatorli
bo‘ladi.Ihotazorlarda qatorlar oralig‘idagi masofa 3 metr, qatordagi daraxtlar oralig‘i 1,5-2 metr
qilib olinadi. Buta o‘simliklarining oralig‘i 1,5 m bo‘ladi. Kanal va yo‘l bo‘ylarida ekiladiga bir
qatorli daraxtzorlarda, ko‘chatlar oralig‘i 2 m bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarida shamol qattiq esadigan xududlarda ihotazorlar yaratish uchun
umumiy maydonga nisbatan 3-3,5% o‘rtacha tezlikda shamol bo‘ladigan joylarda 2-3%, shamol
kam esadigan xududlarda 0,5-0,1% yer maydoni ajratiladi.
Ihotazorlarni butun meliorativ xususiyatlaridan to‘liq foydalanish maqsadida
sug‘oriladigan yerlarning o‘rmonzorlar bilan qoplangan qismini shamol qattiq bo‘lgan joylarda
8-10%, o‘rtacha tezlikdagi xududlarda 6-7%, shamol kam bo‘lgan joylarda 4-5 % yetkazish
lozimdir.
Adabiyotlar ro‘yxati.
1.
Xonazarov A.A. Tuproq eroziyasi va tog‘-o‘rmon meliorasiyasi. Toshkent, O‘qituvchi,
1998,
2.
Qumzullayev F.K, Xonazarov A.A. Ixota daraxtzor va dexqonchilik. Toshkent,
O‘qituvchi. 2002.
3.
Qayimov A.Q., Berdiyev E.T. Dendrologiya (darslik) T.: «Cho‘lpon»,2012. -336b.
4.
Qalandarov M.M., Xamroyev.X.F, Yuldashov Y.D. O‘rmonchilik.
Darslik. T: “ToshDAU nashr-tahririyat bo‘limi”, 2019. 232 bet.
5.Ablayev S.M., Yuldashov Y.X. Madaniy o‘rmonlar. Toshkent. 2008
6. Молчанова.А.И, Бойко.Н.П. Полизашитное лесоразведений в Узбекистане Из-во
“Лесная промьшленност” М 1969.
