Vol. 3 No. 2 (2025)
Articles
STRATEGIC MANAGEMENT AND COMPETITIVENESS: UZBEKISTAN AND INTERNATIONAL BUSINESS PRACTICES.
This study investigates the connection between strategic management and competitive advantage in Uzbekistan, as it conforms to international business standards. In today's digital age, companies are exposed to threats and opportunities, necessitating strategic adjustment. The research investigates how competitiveness is boosted in Uzbek companies through the implementation of international best practices.
O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA TRANSPORT VA YO‘LLAR AHAMIYATI VA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirishda transport va yo‘llarning ahamiyati yoritiladi. Turizmni rivojlantirishda jamoat transporti, temir yo‘l tizimi va avtomobil yo‘llari sifatini oshirish bo‘yicha takliflar beriladi. Shuningdek, ekologik transportni rivojlantirish va zamonaviy infratuzilmani joriy etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi.
O’ZBEKISTONNING ZAMONAVIY JAHON XO’JALIGI TIZIMIDA TUTGAN O’RNI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy jahon xo‘jaligi tizimida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Mamlakatning iqtisodiy siyosati, eksport salohiyati, investitsiyalar va xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohalaridagi rivojlanish yo‘nalishlari o‘rganiladi. Shuningdek, global iqtisodiy jarayonlarga qo‘shilishdagi imkoniyatlar va to‘siqlar haqida fikr yuritiladi.
THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND GENERATIVE AI IN MODERN EDUCATION: OPPORTUNITIES AND CHALLENGES
This article explores the transformative role of Artificial intelligence in education and teaching.Additionally, it focuses on particularly generative AI technologies like CHatGPT.The study represents AI’s functions and its potential in different educational purposes like individual learning, creating engaging activities, lesson plans, how to manage time and students’ engagement in classes. Also, it gives a little bit information about AI in other fields and usage of AI by big companies as a main part of them. Some key points include the impact of AI in both teaching and learning.Furthermore, this research article discusses the contrubutions of early pioneers like who introduced the term "artificial intelligence.” In the article, scenarios of AI and functions are given by tables, the first table examines the role of artificial intelligen and second one highlights the functions of AI that can do in the teaching and education.
YALPI HUDUDIY MAHSULOTGA ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALARNI TA’SIRINI BAHOLASH MODELINI ISHLAB CHIQISH
Maqolada yalpi hududiy mahsulot hajmi haqida bo‘lib, Yalpi hududiy mahsulot (YaHM) – iqtisodiy o‘sishning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mamlakat yoki mintaqaning umumiy ishlab chiqarish hajmini o‘lchashda ishlatiladi. Asosiy kapitalga investitsiyalar esa iqtisodiy o‘sishning barqaror va davomiy bo‘lishini ta’minlaydigan, iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi muhim omil hisoblanadi. Ushbu modelning maqsadi Surxondaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulotga asosiy kapitalga investitsiyalarning ta’sirini o‘rganish va ularni analitik tarzda baholashdir
ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDA FARZAND TARBIYASI
Ushbu maqola Abdurauf Fitrat qalamiga mansub “Oila” asarida farzand tarbiayasiga bag‘ishlangan o‘gitlari, pand-nasihatlari va ularning tahlili haqida. Shuningdek, “Oila” asarida farzand tarbiyasida jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berish va farzandlarni kamolga yetkazishda ushbu tamoyillarga asoslanish kerakligi ta’kidlangan.
REVENUES OF LOCAL BUDGETS AND THE ROLE OF TAXES IN THEIR FORMATION
This article explores the role of taxes in the composition and formation of local budgets. It examines how tax revenues contribute to the stability and sustainability of local budgets, highlighting the significance of efficient tax policies. The paper provides a comprehensive analysis of the revenue structure of local budgets, focusing on the key tax types that play a vital role in their formation. Moreover, it discusses modern approaches to tax collection and their impact on local economic development.
ШЕРОБОД ТОПОНИМИ ХУСУСИДА БАЪЗИ МУЛОҲАЗАЛАР.
Мақолада Сурхондарё вилояти Шеробод тумани ва Айинли қишлоғининг тарихи, номланишининг келиб чиқиши ҳақида мулоҳазалар билдирилган. Муаллиф ўзининг қишлоғи ва тумани номининг тарихий илдизларини ўрганиш муҳимлигини таъкидлайди. Айниқса, Шеробод номи ҳақида турли фаразлар келтирилиб, унинг "Шўррабод" ёки "Шоробод" сўзлари билан боғлиқ бўлиши мумкинлиги юзасидан тахминлар билдирилган. Шунингдек, Жарқўтон археологик қазишмалари натижаларига асосланиб, Шерободдаги аҳоли масканлари тарихини ўрганиш муҳимлиги таъкидланган.
O‘ZBEK XALQ MAQOLLARNING NUTQ RIVOJIDAGI TABIYAVIY AHAMIYAT
Ushbu mavzu nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini uning inson tarbiyasi va madaniyati rivojiga qo‘shadigan ulkan ta'sirini o‘rganishga qaratilgan. O‘zbek xalq maqollari, qadimiy va zamonoviy tafakkur sintizini aks ettirgan holda, insonni axloqiy va estetik jixatdan tarbiyalashda muhum vosita hisoblanadi.
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING ROLI
Ushbu maqola oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyatini o'rganadi. Unda oziq-ovqat ishlab chiqarish va saqlash jarayonida qo'llanilayotgan innovatsion texnologiyalarning samaradorligi va ularning global oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga ta'siri tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy texnologiyalar orqali resurslarni tejash, oziq-ovqatni ekologik xavfsiz tarzda ishlab chiqarish va yetkazib berish muammolariga yechimlar ko'rib chiqiladi
THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF BEEKEEPING IN INCREASE INCOME OF THE POPULATION
Beekeeping has emerged as an important economic activity for many communities worldwide, contributing to the increase in income for populations. The practice provides multiple benefits, including honey production, the pollination of crops, and the production of by-products like beeswax, propolis, and royal jelly.
TA‘LIM TEXNOLOGIYALARNI TADBIQ ETILISHI ORQALI TAYACH KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH
Maqoloada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompetensiyaviy yondashuv bir o‘qitiladigan bo‘limini o‘qitishning metodik tizimini yaratishda turli innovasion yondashuvlar hisobga olinadi. Masalan, ushbu metodik tizimni yaratishda an’anaviy o‘qitishning metodik tizimidan farqli o‘laroq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan dars mashg‘ulotlari rejalari metodik tizimining asosiy elementi sifatida ishtirok etishi o‘rganilgan.
TYPES OF FUNCTIONAL STYLES IN ENGLISH
The taxonomy and linguistic characteristics of the English language's functional styles are the main topics of this essay. Effective communication requires functional styles, which modify language to fit particular audiences and goals. The study examines and analyzes the distinctive language characteristics of scientific, official, journalistic, colloquial, and literary styles. Important elements including syntax, stylistic devices, and vocabulary selection are analyzed to show how they influence communication. The purpose of this thorough research is to emphasize the importance of functional styles in comprehending stylistics and enhancing language usage.
EKSPORTNI RIVOJLANTIRISH ORQALI IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH
Ushbu maqolada eksportni rivojlantirish milliy iqtisodiy barqarorlikka qanday ta'sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Eksport hajmini oshirish va yangi bozorlarni zabt etish mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda eksport strategiyalarining iqtisodiy barqarorlikka ta'siri va bu boradagi dolzarb muammolar haqida ilmiy xulosalar bildiriladi.
THE CURRENT STATUS OF RESEARCH ON THE METHODS USED TO OBTAIN MONOPOTASSIUM AND MONOCALCIUM PHOSPHATE.
The need to provide food and drinking water to the world's population is developing urgently due to the planet's rapidly expanding population and the loss of arable and irrigated land. At the start of the twenty-first century, this issue is still unsolved despite the tremendous advancements in agriculture and cattle farming. Increasing the productivity of livestock, poultry, and fish farming as well as the production of agricultural products is one of the best strategies to address this issue. The production and variety of potassium and NPK fertilizers without chlorine, as well as feed calcium phosphates, are on the rise in practically all industrialized nations worldwide.
CHET TILI O‘RGANUVCHILARDA AUTENTIK MATNLAR O‘QISH ORQALI IJODIY FIKRLASH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH
Hozirgi kunda chet tili o‘rganish jarayonida lingvistik bilimlarni egallash bilan bir qatorda, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi. Autentik matnlar (gazeta va jurnal maqolalari, blog postlari, adabiy asarlar, intervyular va boshqa turdagi asl materiallar) talabalar uchun hayotiy kontekstda tilni o‘rganish imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada autentik matnlarning chet tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi.
QASHQADARYOLIK OLIMA YULDUZ ALIMOVNA ERGASHEVANING ILMIY FAOLIYATI VA O‘ZBEKISTON RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI
Ushbu maqolada tarix fanlari doktori, professor Yulduz Alimovna Ergashevaning 1991-2023-yillar oralig‘ida O‘zbekiston ilm-fani va madaniy rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Maqolada olimaning ilmiy faoliyati, tadqiqot yo‘nalishlari va ularning mamlakatimiz taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi.
SURXONDARYO VILOYATIDA BANDLIK MUAMMOLARI VA ULARNI HAL QILISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatidagi bandlik muammolari va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi. Aholi bandligidagi asosiy muammolar, mehnat bozoridagi mavjud muvozanatsizlik va bu sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar tahlil qilinadi. Ayniqsa, yoshlarda bandlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan dasturlar va tashabbuslar muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola viloyat iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashish, mehnat bozorida talab va taklifni muvofiqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
O'ZBEKISTONDA NAFAQA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA IJTIMOIY BARQARORLIKNI TA'MINLASH
Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasidagi nafaqa tizimi, uning rivojlanish yo'llari va aholi turmush darajasini yaxshilashdagi o'rni tahlil qilinadi. Nafaqa tizimini isloh qilish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal qilish usullari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot davomida iqtisodiy va ijtimoiy omillar hisobga olinib, nafaqalarni oshirish orqali ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash bo'yicha takliflar beriladi. Shu bilan birga, xalqaro tajriba asosida nafaqa tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy choralar tahlil qilinadi.
“THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND GENERATIVE AI IN MODERN EDUCATION: OPPORTUNITIES AND CHALLENGES”
This article explores the transformative role of Artificial intelligence in education and teaching.Additionally, it focuses on particularly generative AI technologies like CHatGPT.The study represents AI’s functions and its potential in different educational purposes like individual learning, creating engaging activities, lesson plans, how to manage time and students’ engagement in classes. Also, it gives a little bit information about AI in other fields and usage of AI by big companies as a main part of them. Some key points include the impact of AI in both teaching and learning.Furthermore, this research article discusses the contrubutions of early pioneers like who introduced the term "artificial intelligence.” In the article, scenarios of AI and functions are given by tables, the first table examines the role of artificial intelligen and second one highlights the functions of AI that can do in the teaching and education.
KASBIM FAXRIM
Ushbu maqolada kasbning inson hayotidagi o‘rni va uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri tahlil etiladi. Kasb tanlashning psixologik va ijtimoiy jihatlari, shuningdek, malaka va kasbiy rivojlanishning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda turli kasb egalari bilan suhbatlar va adabiyotlar tahlili asosida xulosalar chiqariladi.
IHOTAZORLARNING TURLARI VA TUZULISHI
Sug‘oriladigan yerlarda barpo etiladigan dalani himoyalovchi o‘rmon ihotalari bir qator vazifalarni bajaradi: Ihota daraxtzorlar oralig‘ida mo‘tadil havo namligi vujudga kelib, qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini oshiradi va yosh nihollarini me’yoriy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Ihotazorlarning samaradorligi asosan ularning turlariga, ekilish sxemasiga va qator sonlariga bog‘liqdir.
KARBAMID, FORMALDEGID VA BROMKREZOL ASOSIDAGI IONITNING SINTEZI VA XOSSALARI.
Tadqiqot ishining maqsadi shundan iboratki, karbamid va formaldegid smolasini bromkrezol bilan modifikatsiyalab olingan kompleks hosil qiluvchi ionitning sintezi o‘rganilgan. Sintez qilingan karbamid, formaldegid va bromkrezol (KFBK) asosidagi ionitning boshlang‘ich moddalar mol nisbatlarining ayrim d-metall ionlari bilan almashinish xossalari o‘rganilgan bo’lib, tadqiqotlar natijasida ba’zi d-metallarning sorbsiyalanish darajasi eng yaxshi ko‘rsatgichga ega bo‘lgan ionit karbamid, formaldegid va bromkrezolning 2:5:0,2 nisbati ekanligi aniqlandi.
БОЛЕЗНИ СЕРДЦА: ПРИЧИНЫ, СИМПТОМЫ И СПОСОБЫ ПРОФИЛАКТИКИ
в этой статье представлена информация о типах сердечно-сосудистых заболеваний и эффективных методах их лечения. Поскольку сердечно-сосудистые заболевания сейчас очень популярны, в этой статье представлена самая свежая и актуальная информация о профилактике сердечно-сосудистых заболеваний.Серде́чно-сосу́дистые заболева́ния, ССЗ — общее название заболеваний сердца и кровеносных сосудов. В XXI веке именно эти заболевания являются основной причиной смерти и инвалидизации населения во всем мире
RADIOAKTIV SEMENT: TIBBIYOT VA YADROVIY CHIQINDILARNI BOSHQARISHDA QO'LLANILISHI
Ushbu maqolada radioaktiv sementning tarkibi, xususiyatlari va qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor tibbiyot va yadro chiqindilarini boshqarishdagi innovatsion ishlanmalarga qaratilgan. Maqolada radioaktiv sementning suyak saratoni va metastazlarini davolashda qo‘llanilishi, shuningdek, yadro chiqindilarini barqarorlashtirish va uzoq muddatli saqlash uchun foydalanilishi yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu material nurlanishni samarali nazorat qilish va mahalliy terapevtik ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Ushbu maqola ilmiy va amaliy nuqtai nazardan radioaktiv sementning istiqbollarini baholashga qaratilgan.
DIQQAT VA XOTIRA PSIXOKORREKTSIYASI
Ushbu maqola diqqat va xotira bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda ularni korreksiya qilish usullariga bag‘ishlangan. Maqolada diqqat va xotiraning inson psixik rivojlanishidagi o‘rni, ular o‘zaro qanday bog‘liq ekani va bu jarayonlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, mualliflar psixokorreksion usullar, jumladan, o‘yinlar, mashqlar, relaksatsion texnikalar va kognitiv terapiya metodlari orqali diqqat va xotirani rivojlantirish yo‘llarini taklif qilishadi. Maqola ta’lim jarayonida diqqatni jamlash qiyin bo‘lgan bolalar va xotira pasayishi kuzatilgan shaxslar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, psixologlar, pedagoglar hamda ota-onalar uchun tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
THE ROLE OF ORGANIZATIONAL BEHAVIOR IN UNIVERSITY EMPLOYEE ENGAGEMENT
This research paper explores the critical role of management in shaping organizational behavior. It examines how effective leadership, effective communication, and a strong organizational culture contribute to fostering positive employee attitudes, enhancing employee engagement, and driving organizational success. Drawing upon established theories from organizational behavior, such as transformational leadership theory, communication theory, and organizational culture theory, the paper analyzes how management practices influence employee motivation, job satisfaction, organizational commitment, and overall performance. Furthermore, the paper investigates the impact of management styles, such as autocratic, democratic, and laissez-faire, on employee morale, productivity, and innovation. By understanding the crucial role of management in shaping organizational behavior, organizations can cultivate a high-performing and sustainable work environment, enhance employee well-being, and achieve their strategic objectives.
TEMURIYLAR DAVRIDA MADANIY-ILMIY RENESSANS
Temuriylar davri – Markaziy Osiyoning eng yorqin madaniy va ilmiy uyg‘onish davrlaridan biri bo‘lib, bu davrda ilm-fan, adabiyot va san’at keng miqyosda rivojlandi. Amir Temur va uning avlodlari til masalasiga katta e’tibor qaratgan bo‘lib, bu siyosat keyinchalik Temuriylar davrining yuksak madaniy darajaga erishishiga zamin yaratdi. Ayniqsa, Alisher Navoiy turkiy tilning ilm-fan va adabiyot maydonida o‘z o‘rnini topishiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari turkiy tilning boyligini va adabiy til sifatida fors tilidan kam emasligini isbotlashga xizmat qilgan. Ushbu maqolada Temuriylar imperiyasida olib borilgan til siyosati, uning jamiyatdagi o‘rni va ta’siri haqida so‘z yuritiladi.
MAHALLIY BUDJETNING BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA SOLIQ SIYOSATINING ROLI
Ushbu maqolada mahalliy budjetlarning barqarorligini ta'minlashda soliq siyosatining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Mahalliy daromadlar manbalari, ularni shakllantirish jarayonidagi soliq siyosatining roli hamda samaradorlikni oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Soliq tushumlarining barqarorligini ta'minlash orqali hududiy rivojlanishga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ilmiy asoslangan fikrlar beriladi.
NERV SISTEMASIGA OID KASALLIKLARNI ZAMONAVIY USULLARDA BARTARAF ETISH
Ushbu maqolada nerv tizimiga oid kasalliklarni o‘rganish va ularni zamonaviy diagnostika va davolash usullari yordamida bartaraf etish masalalari tahlil qilinadi. Hozirgi kunda asab tizimining buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarning tarqalishi oshib borayotgani sababli ularni erta aniqlash va samarali davolash muhim ahamiyat kasb etmoqda.Tadqiqotda neyroximik tahlillar,neyroximoyatexnologiyalari, sun’iy intellekt yordamida diagnostika qilish va neyroreabilitatsiya kabi zamonaviy yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Ushbu usullar yordamida bemorlarning sog‘lig‘ini tiklashda muvaffaqiyatga erishish mumkinligi isbotlangan.
TIJORAT BANKLARIDA XIZMAT KOʻRSATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH (KAPITALBANK MISOLIDA)
Mazkur maqolada tijorat banklarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor Kapitalbank misolida xizmat ko‘rsatish tizimini optimallashtirish imkoniyatlariga qaratiladi. Bank xizmatlarida texnologik innovatsiyalarni joriy qilish, mijozlarga qulaylik yaratish, raqobatbardoshlikni oshirishning asosiy yo‘llari tahlil qilinadi.
YURAK QON TOMIR KASALLIKLARI HAMDA ULARNI TEKSHIRISH USULLARI VA DAVOLASH CHORA TADBIRLARI
Ushbu maqolada yurak qon tomir kasalliklari haqida ma’lumot berilgan.Bundan tashqari maqolada yurakni tekshirish yo’llari tushuntirib berilgan.Maqolada yurakni tekshiruvchi asbob uskunalar va ularni qanday ishlashi haqida so’z boradi.Yurak qon tomir kasalliklari keng tarqalganligi va tez suratlarda yosharib borayotganligi sababli maqolada yurak qon tomir kassaliklarini oldini olish bo’yicha tavsiyalar berilgan.Maqolada yurak qon tomir kasalliklari va yurakni tekshiruvchi asbob uskunalar hamda tekshiruv yo’llari yoritilgan.
BUYRAKLARDA URAT TOSHLARINI XOSIL BO‘LISHI VA DAVOLASH YO‘LLARI
siydik kislotasi nefrolitiazi, buyrak tosh kasalligi ning bir shakli, buyraklarda siydik kislotasi kristallarining to'planishi natijasida yuzaga keladi. Ushbu kristallar toshlarga to'planib, og'riqli va potentsial takrorlanadigan siydik yo'llarining obstruktsiyalariga olib kelishi mumkin.
ALISHER NAVOIY IJODINING ESTETIK MAHORATI
Mazkur maqola Alisher Navoiy ijodida aks etgan insoniy qadriyatlar: mehr-shavqat, halollik, adolat, dono fikr va ruhiy ozodlikning qalblarga shu kungacha taratayotgan abadiy nurini, hayotning nozik sirlarini ochib berishga bag‘ishlangan.
“OLAM AHLI, BILINGIZKIM…” yoki Alisher Navoiy asarlarida umuminsoniy qadriyatlar
Maqola ilmiy va adabiy asoslarga tayangan bo‘lib, Alisher Navoiy asarlarida ulug‘langan umuminsoniy qadriyatlarni keng yoritadi. Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlaridagi umuminsoniy qadriyatlar tarannumi aks etadi. Xususan, Alisher Navoiyning “Xamsa”, “Badoye’ ul-Bidoya”, “Navodir ush-Shabob”, “Mezon ul-avzon”, “Munshaot”, “Muhakamat ul-lug‘atayn”, “Majolis un-Nafois”, “Lison ut-tayr” asarlarida umuminsoniy qadriyatlar talqin qilinib, ular bugungi kun nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.
THE ROLE OF GESTURE IN COMMUNICATION AS STUDY OF NORMAL LANGUAGE
Gesture is one of the most significant features and plays a main role in our life when we interact with one another. Gesture represents to communicate through not only moving hand which expresses the special words, but also reflecting something, such as anger, happiness, sadness and more, on our face
FOREIGN DIRECT INVESTMENT AND ITS ROLE IN NATIONAL ECONOMIC DEVELOPMENT: A COMPREHENSIVE ANALYSIS
Ushbu tadqiqotda 2015-yildan 2023-yilgacha boʻlgan davr mobaynida olingan maʼlumotlarning batafsil tahlili asosida milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning (TXI) koʻp qirrali taʼsiri koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijasida TXI oqimi va YaIM oʻsishi, bandlik darajasi va texnik taraqqiyotni oʻz ichiga olgan turli iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻrtasida sezilarli ijobiy korrelyatsiya aniqlandi.
KELAJAK TURIZMI: TEXNOLOGIYALAR SAYOHATLARNI QANDAY O‘ZGARTIRADI?
Ushbu maqolada turizm sohasining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari va zamonaviy texnologiyalarning sayohat industriyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt, metaverse, biometrik xavfsizlik tizimlari, koinot turizmi va ekologik barqaror yechimlar turistik xizmatlarni qanday o‘zgartirayotgani yoritib beriladi.