ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
227
O‘ZBEK XALQ MAQOLLARNING NUTQ RIVOJIDAGI TABIYAVIY
AHAMIYAT
Shononova Qurbonoy Nurfayiz qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
2 - kurs talabasi
Kalit so‘z:
tarbiya, millat, qadriyat, insoniylik, odob - axloq, xalq, nutq, meros,
jamiyat, ta'lim - tarbiya, xalq maqollari
.
Anatatsiya:
Ushbu mavzu nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini uning inson tarbiyasi
va madaniyati rivojiga qo‘shadigan ulkan ta'sirini o‘rganishga qaratilgan. O‘zbek xalq
maqollari, qadimiy va zamonoviy tafakkur sintizini aks ettirgan holda, insonni axloqiy va
estetik jixatdan tarbiyalashda muhum vosita hisoblanadi. Har bir maqol o‘zida nafaqat
zamon va jamiyatning hikmatlarini balki insoning ichki dunyosini shakillantiruvchi, uning
aql va tafakkurini rivojlantiruvchi kuchga ega. Nutqni rivojlantirish va axloqiy qadriyatlar
o‘rgatishda maqollarninig o‘rni beqiyosdir. Shuningdek inson nutq madaniyati va axloqiy
tarbiyasida maqollarning tutgan o‘rnini chuqur tahlil qilishni nazarda tutadi. O‘zbek xalq
maqollari nafaqat mantiqiy va aqlli fikirlarni ifodalash vositasi balki, jamiyatning
tarbiyaviy qadriyatlari va etik me'yorlarini jamlagan boy merosdir. Maqollar, ularning
qisqalik va ta'sirchanligi orqali, insonlarni to‘ģri fikirlashga va ehtiyotkorlikka, mehir -
oqibatga va boshqalar bilan hurmatli munosabatta bo‘lishga o‘rgatadi. Nutqning rivoji va
tarbiyaning shakillanishida maqollarning ahamiyat shundaki, ular nafaqat axloqiy
bilimlarni uzatishda balki, tafakkur va muloqat madaniyatini shakillantirishda ham
beqiyos vosita hisoblanadi.
Ushbu maqola orqali xalq maqollarining tarbiyaviy, ilmiy va madaniy ahamiyatini
tahlil qilib, nutqning rivojlanishiga qanday hissa qo‘shishini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek
inson nutq madaniyati va axloqiy tarbiyasida maqollarning tutgan o‘rnini chuqur tahlil
qilishni nazarda tutadi.
Kirish:
Maqol - xalq oģzaki janiri; qisqa va lo‘nda obrozli, grammatik va mantiqiy
tugal ma'noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli janr. Muayyan ritmik shakilga ega.
Maqollarda avlod - ajdodlarning hayotiy tajribalari jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy
holati, etik va estetik tuyģulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar moboynida xalq
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
228
orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shakilga kelgan. Har bir tilimiz ko‘rkini,
nutqimiz nafosatini, aqil-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan
namoyish etgan va eta oladigan bunday baddiyat qadriyatlari xalqimizning ko‘p asrlik
hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu baddiy oynada
uning hayotiga, tabiatiga, inson, oila va jamiyatga munosabati ijtimoiy - siyosiy, manaviy
- marifiy, ahloqiy - estetik va falsafiy qarashlari qisqasi o‘zligi va o‘zi to‘la namoyon
bo‘lgandir. Shuning uchun ham maqollar ģoyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida
jonli so‘zlashuv va o‘zaro nutqiy munosabatlarda, baddiy, tarixiy va ilmiy asarlarda,
asosiy va publisistik adabiyotda doimiy ravishda qo‘llanilib kelgan va qo‘llanilmoqda.
Xalqimiz boy merosining ajralmas bir bo‘lagi sifatida yashab kelayotgan maqol,
matal va iboralarni o‘rganish ularda aks etgan xalq hayotini insoniy tuyģular tasvirini
ko‘rsatish ham dolzarblik kasb etib kelgan. Bizga ma'lumki xalq oģzaki ijodi o‘z ichiga
dostonlarni, afsonalarni, maqollarni va matallarni oladi. O‘zbek millatining manaviy
qiyofasini, o‘zligini ko‘rsatib beradigan xalq oģzaki ijodining namunasi maqollar ayniqsa
muhum ahamiyatga egadir. Maqollarni o‘rgatish va o‘rganish yoshlarimiz manaviyatida
o‘z millatiga nisbatan hurmatni qalbida faxir tushunchasini beradi. Xalqimiz turmush tarzi
ifodalangan manbalardan biri sifatida xalq oģzaki ijodi, deb qarashimiz mumkun.
Maqollar esa xalq oģzaki ijodining yirik namunasidir. Maqollarni o‘rganish o‘z tilimizga
nisbatan, xurmatni yoshlarimiz ongiga singdirib ularda qadriyatlarimizga nisbatan faxir
tuyģusini rivojlantirishga katta yordam beradi. Shu bilan birga maqollarimizni chet el
maqollari bilan taqqoslash ularni o‘rganish tilimizga nisbatan hurmatni, uni yoshlarimiz
ongiga singdirib ularda qadriyatlarimizga nisbatan faxir tuyģusini rivojlantirish katta
yordam beradi.
Xalq maqollari asrlar davomida sayqal topib, mumtoz qiyofa va mazmun kasb etgan
nutqda faol ishtirok etuvchi paramik birlik sifatida xalq qadriyatlari urf odat va an'analar,
tarix va madaniyat, ta'lim va tarbiya, odob - ahloq masalalari talqini va tavsifini umuman
millat mentalitetini to‘la namoyon eytuvchi ko‘p qirrali hodisadir. Xalq oģzaki ijodi
tomonidan yaratilgan maqollarning mavzu doirasi keng va rang - barangdir ayniqsa
maqollar sheriyat va didaktizim bilan qadimdan mashhur bo‘lib tematik jixatdan, shu
qadar keng, shu qadar boy, shu qadar rang - baranki ularda ijtimoiy hayotning eng
murakkab muommolaridan tortib, oilaviy hayotning eng kichik urf - odatlarigacha, oliy
ahloqiy me'yorlardan tortib kishilar harakteridagi mayda chuyda nuqsonlargacha, falsafiy
dunyoqarashdan tortib eng kichik jinoyatlarning xususiyatigach o‘z inikosini topgan.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
229
Qisqasi tabiat va jamiyat hoyotining biror - bir soxasi yo‘qki u maqolda o‘z aksini
topmagan bo‘lsa. Maqollar o‘z navbtida pedagogika sohasida, ya'niy ta'lim va tarbiya
jarayonida bizga eng kerakli vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Albatta biz ulardan o‘z o‘rnida unumli va o‘rinli foydalansak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Asosiy qisim:
O‘zbek folklor shunosligida maqolga adabiy nuqtaiy nazardan
qiziqosh, asar baddiyligini oshirish va baddiy til ravonligini taminlash uchun undan
foydalanish hamma zamon so‘z san'atkorlarining diqqat markazida bo‘lgan. Yusuf Xos
Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabģo‘ziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulģozi
Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Nodira, Muqumiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy,
Fitrat, CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, Ģafur Ģulom va boshqa o‘nlab ijodkorlarning
asarlari sinchiklab o‘rganilsa ularning tarkibida qanchadan - qancha maqollar ba'zan
aynan ba'zan o‘zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.
Mashxur ingiliz folklorchisi Mayder maqolni quyidagicha izohlaydi, Maqollar juda
keng ko‘lamda qo‘llanilib uni qo‘llashda chegara yo‘q. Maqollar bizning dalilimizni
mustaxkamlash, umumiy va aniq fikrimizni ifodalash boshqa insonlarni boshqarish yoki
ularga ta'sir o‘tkazish, jamiyatdagi illatlarni ifodalash. Albatta maqollar bizning
fikrimizga dalil vazifasini o‘taydi, O‘zbek xalq maqollarini ko‘piroq biz insoniyatga
to‘ģiri yo‘lda yurishi uchun tarbiya vositasi deyishimiz mumkin, sababi o‘zbek
maqollarida asosiy etibor ta'lim - tarbiya to‘ģirisida. “So‘z qalbning oynasi” ushbu maqol
Nutqning inson qalbi va fikirlashiga ta'sirini ifodalaydi. Maqollar yordamida odamlar o‘z
xis tuyģulari, orzu umidlari va ahloqiy qadriyatlarini ifoda etadilar.
“Aqliy mehnat - eng buyuk boylik” nutq va fikirlashning rivoji shu jumladan
maqollarning, tarbiyaviy ahamiyati. Insoning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi. Maqollar
insonlarni tafakkur qilishga, to‘ģiri va oqilona fikir yuritishga o‘rgatadi.
“Har kim o‘ziga yarasha so‘z aytadi” bu maqol nutqning shaxsiyat va ijtimoiy muhit
bilan boģliqligini ko‘rsatadi. Maqollar o‘ziga xos, xalq madaniyatini aks ettiradi va
odamlar orasida axloqiy meyorlarni tarģib qiladi.
“Ko‘z bilan ko‘r, quloq bila eshit” nutqni rivojlantirish va unga ahamiyat berish
orqali insonlar o‘z atrof - muhitini va boshqalarni yaxshiroq tushinishlari mumkin.
Maqollar eshitishga, o‘rganishga va muloqat qilishga tarģib qiladi.
“So‘zda kuch bor” maqollar va ularning ta'siri kuchli bo‘lib, odamning dunyo qarashi
va axloqi bilan boģliq. So‘z orqali tarbiyalash, o‘rgatish va axloqiy qadriyatlarni
mustaxkamlash mumkin.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
230
Malumki tarbiya ko‘piroq ta'lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga
kelgan, kunidan boshlab bilim olishga havas tuyģusi shakillantiriladi. Ularda asta- sekin
bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali o‘quvchilar manaviy ozuqa ola
boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu - havas, mehnatga chanqoqlik, xayr-
u ehsonda, sofdillik, ona vatanga mehir- muhabbat, fidoiylik, milliy ģurur, matonat, mehir
- oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo‘ladi. Albatda bu jarayonda xalq
maqollarining o‘rni beqiyosdir. Maqollarni hayot qomusi, xalq oģzaki ensklapediyasi
o‘ziga xos bir baddiy - tarixiy salnoma deyish mumkin. Ular insonlar aqlini
o‘tkirlashtiradi, nutqini ravshan va tasirchan qiladi, hayotda to‘ģri yo‘lni tanlay bilishga,
hayotiy jumboqlar va muommolarni to‘ģri yechishga o‘rgatadi. Shuningdek maqollar, o‘z
ijodkori bo‘lmish xalqning dunyo qarashini, madaniy, maishiy hayotini, tafakkur
hazinasini jamlovchi eng kichik oģzaki ijod namunalari sifatida juda qadimiydir.
Maqollar dunyo xalqlarining yillar davomida to‘plangan dono hikmatlari
namunalaridir. Maqollardan insonlar tarbiyaviy masalalarga xos bo‘lgan tushunchalarni,
ota bobolardan qolgan eng muhum boylik hisobida e'zozlab foydalanib kelishadi. Til,
falsafa va baddiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari
folklorning ixcham shakil, ammo teran mazmunga ega bo‘lgan bir janrdir. Maqollar
xalqning, bir necha avlodlarining aql- u, farosati hamda turmush tarbiyasinig yakuni, ular
donishmandligining mahsulidir bola ta'lim tarbiyasida maqollarning o‘rni muhumdir. Ular
ona vatanni sevishga, uning har bir qarich yeri uchun krashishga, mard, sadoqatli,
qo‘rqmas bo‘lishga o‘rgatadi. “Yurt qo‘risang o‘zasan qo‘rimasan to‘zasan”, kasb hunar
egasi bo‘lishga “Yigit kishiga yetmish hunar oz”, ahil bo‘lib mehnat qilishga “ko‘pchilik
qo‘lida unum ko‘p”, to‘ģiri so‘z va halol kishilar bo‘lib kamol topishga “boshinga qilich
kelsa ham rost so‘zla”, yaxshi odobli va oliyjanob, xulqli bo‘lishga “odob bozorda
sotilmas”, “yalqovlik ohiri xo‘rlik” kabi maqollar bolalarni tarbiyali, farosatli bo‘lishga
chaqiradi.
Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangu ro‘ying samon bo‘lmas.
Mehnatsiz rohat yo‘q.
Egri - ozadi, to‘ģri - o‘zadi.
Talim tarbiya jarayonida maqol va matallarning ham o‘rni muhimdir. Inson
tomonidan yaratilgan maqollarning ma'nosi keng va rang - barangdir, ayniqsa maqollar
sheriyat va didaktikamiz bilan qadimdan mashxur bo‘lib mano jixatdan shu qadar boy va
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
231
shu qadar keng va shu qadar rang barangki ularda ijtimoiy hayotning eng murakkab
muommolaridan tortib oilaviy hayotning eng kichik urf - odatlarigacha oliy, ahloqiy
meyordan tortib kishilar xarakteridagi mayda - chuyda nuqsonlargacha falsafiy dunyo
qarashdan tortib eng kichik jonivorlarning xususiyatigacha o‘z ifodasini topgan. Qisqasi
tabiat va jamiyat hayotning biron bir sohasi yo‘qki u maqollarda o‘z aksini topmagan
bo‘lsa. Maqollar o‘z navbatida pedagogika sohasida, ta'lim va tarbiya jarayonlarida bizga
eng kerakli vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli manba bo‘lib hizmat qiladi.
Xulosa:
O‘zbek xalq maqollari, avvalo, ulkan xalq an'analarini va qadriyatlarini
o‘zida aks ettiruvchi xalq merosidir. Ular nafaqat o‘zbek boyligi va nutqning rivojiga
xizmat qilgan baki, ijtimoiy va axloqiy tarbiya vositasi sifatida ham muhum ahamiyat
kasb etgan. Har bir maqol, uning o‘ziga xos qisqacha ifodalanishida, hayotiy saboq va
muxum axloqiy qadriyatlarni mujassam etadi. O‘zbek xalq maqollari, farzandlarni
mehnatsevarlik, samimiyat, poklik va adolat kabi yuksak fazilatlar bilan tarbiyalashda
o‘zining ulkan rolini o‘ynaydi. Maqollar, odamlarni tarbiya qilishda nafaqat ularning
axloqiy saviyasini oshoradi balki madaniyatini saqlash, nutqni rivojlantirish va hayotga
to‘ģri qarashni shakillantirishda muhum vosita hisoblanadi. Shu bilan birga bu maqollar
xalqning hikmatini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ulardan foydalanish insonlarni
faqatgina inteliktual emas, balki manaviy jihatdan ham rivojlantirishga yordam beradi.
O‘zbek halq maqollarining kuchli tarbiyaviy ta'siri ularning har bir so‘zida hayotga oid
chuqur ma'nolarni jamlaganligi bilan boģliqdir.
O‘zbek xalq maqollari, tarix davomida avloddan - avlodga o‘tib, nafaqat so‘z
san'atini, balki milliy madaniyatni, axloqiy qadriyatlarni, hayotiy tajribani ham o‘zida
mujassam etgan. Maqollar kishilarga ko‘plab saboqlarni ulashar ekan, har birining ortida
yuksak axloqiy me'yorlar, ijtimoiy hayotga oid maslahatlar va insoniy fazilatlar
mujassamdir. Nutq rivojiga katta ta'sir ko‘rsatadigan bunday maqollar, har bir shaxsni
nafaqat yaxshi so‘zlashga, balki atrofdagilarni tushunishga, hurmat qilishga, samimiy
bo‘lishga ham o‘rgatadi. Xalq maqollari o‘zining qisqalik va aniq ifodalanishi bilan
murakkab hayotiy haqiqatlarni va inson pisixologiyasini aks ettiradi. Ular odamlarga
hayotda qanday yo‘l tutish, qanday qiyinchiliklarga tayyor turish, qanday vaziyatlarda
to‘ģri qaror qabul qilish kerakligini ko‘rsatadi. Bu esa, yosh avlodni yuksak axloqiy va
ijtimoiy me'yorlarga o‘rgatishda katta ahamiyatga ega. Maqollar tarbiya vositasi sifatida
faqat bolalarni emas, balki kattalarni ham o‘zgartirishi, jamiyatda ijtimoiy birlikni
saqlashga yordam berishi mumkin. Shu bilan birga xalq maqollari o‘zining ramziy va
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
232
metaforik mazmuni bilan turli yoshdagi insonlarni o‘ziga jalb etadi va ular orqali kelajak
avlodlarga milliy til va madaniyatni uzliksiz yetkazishda muhim vosita bo‘lib xizmat
qiladi. Bu maqollar til boyligini oshirish, so‘zlashuvda o‘zaro tushunishni mustahkamlash
va jamiyatda madaniy va axloqiy normani shakillantirishda asosiy ro‘l o‘ynaydi.
Shuningdek, ular hayotiy muammolarni o‘z vaqtida hal qilishda, sabir toqat va
qatiyatlilikni oshirishda ham muhim ro‘l ynaydi. Xulosa qilib aytganda o‘zbek xalq
maqollari nafaqat nutqni rivojlantirishning ajralmas vositasi, balki har bir insoning dunyo
qarashini shakillantirishda, ijtimoiy va axloqiy saviyasini oshirishda ham katta
ahamiyatga ega. Bu qadimiy xalq boyligi bizga milliy madaniyatni saqlash, uni kelajak
avlodlarga yetkazish hamda hayotda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zarur bo‘lgan
asosiy tamoillarni o‘rgatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Mirziyayev T., Musaqulov A. “O‘zbek xalq maqollari” - T.: 2005.
2.
Abduaziz A, Sodiqov A, Bashakov N. Umumiy tilshunoslik N, 1979. 100 b
3.
“Milliy tarbiya” Muallif: Muhammadjon Quronov, Hammuallif: I.Daminov, O.
Bozorov, SH. Akramov.
4.
O. Madayev, T. Sobitova. Xalq oģzaki poetik ijodi. “Sharq” nashriuoti, Toshkent
- 2010.
5.
Rahmatullayev SH. O‘zbek tilining izohli farazeologik luģati. T, 1978. 87 b
6.
Tursunov U. Muxtorov J. Hozzirgi o‘zbek adabiy tili. - T. 1979. 120 b
7.
O‘zbek xalq maqollari, Tuzuvchi: Hosiyotxon Suvonqulova.
