ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
261
QASHQADARYOLIK OLIMA YULDUZ ALIMOVNA ERGASHEVANING
ILMIY FAOLIYATI VA O‘ZBEKISTON RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI
Alisherova Nigora
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tarix fanlari doktori, professor Yulduz Alimovna
Ergashevaning 1991-2023-yillar oralig‘ida O‘zbekiston ilm-fani va madaniy rivojiga
qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Maqolada olimaning ilmiy faoliyati, tadqiqot yo‘nalishlari
va ularning mamlakatimiz taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi.
Kalit so’zlar:
Yulduz Ergasheva, tarix fanlari doktori, O‘zbekiston tarixi, madaniy
meros, ilmiy faoliyat.
KIRISH
Yu.Ergasheva 1963-yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan. U
1985yilda Toshkent davlat universitetini tarix va jamiyatshunoslik mutaxassisligi
bo‘yicha tugatgan. U 1990-yilda O‘zbekistonda ikkinchi jahon urushi yillarida xalq
ta’limini rivojlanishi mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi, 1998yilda O‘zbekiston
madaniyati: holati, rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. (5060 yillari) mavzusida
doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Umumiy mehnat staji - 38 yil. Respublika
“Ma’rifat” targʻibotchilari jamiyati a’zosi, “Yurt kelajagi” va Zulfiya nomli davlat
mukofoti tanlovining viloyat hakamlar hay’ati a’zosi, 2012 yildan Qashqadaryo “Olima”
uyushmasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
ASOSIY QISM
Yulduz Ergashevaning xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati,
O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi, institut
rahbariyati, Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan bir necha bor Faxriy Yorliqlar
bilan taqdirlangan. 1999-yili Oliy ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni, 2016-yil O‘zbekiston
Respublikasi 25 yilligi, 2017-yilda O‘zbekiston Konstitutsiyasi 25 yilligi ko‘krak
nishonlari, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi 30 yilligi, 2022-yilda O‘zbekiston
Konstitutsiyasi 30 yilligi ko‘krak nishonlari hamda 2020-yil “Do‘stlik” ordeni bilan
taqdirlangan.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
262
Yu.Ergasheva
1985-yili
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali (Hozirda Qarshi muhandislik-
iqtisodiyot instituti) “O‘zbekiston tarixi va davlat qurilishi” kafedrasi oʻqituvchi
lavozimida boshladi. U 1992-1993-yillari Qarshi agrariqtisodiyot instituti O‘zbekiston
tarixi va davlat qurilishi kafedrasi assistenti, 1993-1995 yillari O‘zbekiston tarixi va davlat
qurilishi kafedrasi dotsenti, 1995-1997-yillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi tarix instituti doktoranti, 1997-2000-yillari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot
instituti O‘zbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi dotsenti, 2000-yildan O‘zbekiston
tarixi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Yu.Ergasheva
yurtimizning taniqli va obro‘li tarixchi olimalaridan biridir. U O‘zbekiston tarixi va
madaniyati sohasida 320 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan: 3 ta darslik, 11 ta o‘quv
qo‘llanma, 16 ta monografiya, 7 ta risola, 2 ta ma’ruzalar matni, 17 ta o‘quv, o‘quvuslubiy
qo‘llanma, ko‘rsatmalar, 26 ta xalqaro anjuman maruzasi, 3 ta grant (loyiha) muallifi.
Monografiyalari Angliya va Hindistonda, 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Xitoy, Turkiya,
Germaniya, Rossiya, Bolgariya, Ukraina, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Qozogiston,
Qirgiziston ilmiy jurnallarida chop etilgan. So‘nggi uch yil ichida Yu.Ergasheva
tomonidan 3 darslik, 6 ta o‘quv va 4 ta uslubiy qo‘llanma, 3 risola, 6 ta monografiya, 80
dan ortiq ilmiy maqola, jumladan 27 ta maqola xorijiy nashrlarda chop qilgan. Shu
jumladan, Forobiy nomli Qozog‘iston Milliy Universiteti professori bilan hamkorlikda
Markaziy Osiyoning buyuk diniy allomalari (Velikiye religiozniye deyateli Sentralnoy
Azii) mavzusida o‘quv qo‘llanma chop ettirilib, ikki mamlakat o‘quv jarayonida keng
foydalanilmoqda.
Yu. Ergasheva Qashqadaryo viloyatida birinchi fan doktori, professor ayoldir.
Olima ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘quv jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq holda olib
borishga qaratadi. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishga ham
o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Har yili kafedrada uning rahbarligi ostida
O‘zbekiston tarixining muammolari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar o‘tkaziladi.
Jumladan, u 12 ta respublika ilmiy konferensiyasi, 3 ta xalqaro ilmiy konferensiya va 1 ta
xalqaro ilmiy seminar hamda 2 ta mintaqaviy ilmiy seminarlarga tashkilotchilik qildi va
16 ta ilmiy to‘plamlarni chop ettirishga muvaffaq boldi. So‘nggi uch yil ichida 3 ta xalqaro
ilmiy konferensiya, xususan 2020 va 2021-yillarda Koronavirus pandemiyasi sharoitida
xalqaro onlayn konferensiyalar (7 ta Yevropa va MDH davlatlaridan olimlar ishtirok etdi),
2022-yilda esa xalqaro konferensiya onlayn va oflayn shaklda tashkil etdi. Uning
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
263
rahbarligida O‘zbek davlatchiligi, shaharsozligi va madaniyati tarixida Qarshi shahrining
o‘rni mavzusida amaliy loyiha (umumiy qiymati 22,0 mln. som), XX asr O‘zbekiston
madaniyati tarixi mavzusida fundamental tadqiqot loyiha (umumiy qiymati 39,0 mln.
som), Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
taraqqiyoti mavzusidagi O‘zR FA FTQF (umumiy qiymati 4,0 mln. som) loyihalari
bajarilgan. 2017-yil sentabr oyida Globalistika-2017 xalqaro Kongress doirasida tashkil
etilgan YUNESKO maktabida Ijtimoiy fanlardan malaka oshirib, Sertifikat bilan
taqdirlangan. Olima viloyat OTMlarni ilmiy salohiyatini oshirishda o‘zining munosib
xissasini qo‘shmoqda. Uning ilmiy rahbarligi ostida 2 fan doktori (DSc), 18 ta fan
nomzodi, falsafa doktori (PhD), 4 ta magistr tayyorlandi.
MUHOKAMA
Professor Yulduz Alimovna Ergashevaning ilmiy faoliyati O‘zbekiston
tarixshunosligi va madaniy merosni o‘rganish sohasida muhim o‘rin tutadi. Uning asarlari
Qashqadaryo viloyatining tarixiy yodgorliklari, ziyorat turizmi va madaniy merosni
asrash masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, bu tadqiqotlar nafaqat nazariy jihatdan, balki
amaliy nuqtayi nazardan ham katta ahamiyatga ega.
Olimaning ilmiy tadqiqotlarida turizmning rivojlanishi, davlat va din munosabatlari
hamda madaniy merosni asrash masalalariga urg‘u berilgan. Masalan, uning "The
Importance of Kashkadarya Region in the Development of Pilgrimage Tourism" nomli
maqolasi ziyorat turizmining O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi o‘rnini ochib
beradi.
Bundan tashqari, u O‘zbekistonning mustaqillik yillarida olib borgan madaniy
siyosatini tahlil qilib, “Cultural Revolution Policy in Uzbekistan and Methods of Its
Implementation” nomli tadqiqotida madaniy merosni saqlash va rivojlantirish usullarini
tahlil qilgan.
Muhokamalar davomida olimaning ilmiy ishlari zamonaviy tadqiqotlar bilan
qanchalik uyg‘un ekani, ularning kelajak avlod tarixshunoslari va turizm sohasi
mutaxassislari uchun qanday ahamiyatga ega ekani baholanadi. Uning ilmiy merosi shuni
ko‘rsatadiki, tarix va madaniy merosni saqlash masalalari bugungi kunda ham dolzarb
bo‘lib qolmoqda.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
264
NATIJA
Professor Yulduz Alimovna Ergashevaning ilmiy tadqiqotlari O‘zbekiston
tarixshunosligi, madaniy merosni asrash va turizm sohasida muhim natijalarga olib keldi.
1991-2023-yillar davomida olib borgan izlanishlari quyidagi natijalarni ko‘rsatadi:
1. Ziyorat turizmi va madaniy merosni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi
Uning ilmiy ishlari Qashqadaryo viloyatidagi ziyorat turizmi potensialini o‘rganishga
bag‘ishlangan bo‘lib, bu sohani rivojlantirish bo‘yicha muhim ilmiy xulosalar berdi.
Ziyorat turizmining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha qimmatli tavsiyalar ishlab
chiqildi.
2. O‘zbekiston davlat va din munosabatlari bo‘yicha tadqiqotlari
Ergashevaning ishlari mustaqillikdan keyin davlat-din munosabatlarining rivojlanishi va
huquqiy asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Ushbu tadqiqotlar asosida O‘zbekistonda konfessiyalararo bag‘rikenglik siyosatini
mustahkamlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berildi.
3. Madaniy merosni saqlash va madaniy siyosatni rivojlantirishga qo‘shgan
hissasi
Olimaning “madaniy inqilob” siyosati haqidagi tadqiqotlari madaniy merosni asrash va
tiklashga oid yangi yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim manba bo‘ldi.
O‘zbekistonda madaniy yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy
tavsiyalar taklif etildi.
4. Ilmiy maktab va ta’lim sohasiga qo‘shgan hissasi
Yulduz Ergasheva tarix fani bo‘yicha qator yosh tadqiqotchilarni tarbiyalagan va ilmiy
maktab yaratishga hissa qo‘shgan.
Uning darslik va monografiyalari bugungi kunda ham tarix va turizm sohasidagi
mutaxassislar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Umuman olganda, professor Yulduz Ergashevaning ilmiy faoliyati nafaqat Qashqadaryo
viloyatining, balki butun O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini chuqur o‘rganish va
rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Uning tadqiqotlari mamlakatimizning tarixiy
yodgorliklarini asrash, turizmni rivojlantirish hamda tarixiy jarayonlarni tahlil qilishda
muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
XULOSA
Professor Yulduz Alimovna Ergasheva mustaqillik yillarida O‘zbekiston ilm-fani,
madaniy merosi va turizm sohasiga sezilarli hissa qo‘shgan olimalardan biri hisoblanadi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2
265
Uning ilmiy faoliyati Qashqadaryo viloyati tarixiy yodgorliklari, ziyorat turizmi, davlat
va din munosabatlari hamda madaniy siyosat masalalarini chuqur o‘rganishga
yo‘naltirilgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, olimaning ishlari nafaqat tarixiy merosni
o‘rganish, balki uning kelajak avlodlar uchun saqlab qolish strategiyalarini ishlab
chiqishga ham xizmat qilmoqda.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi
, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent:
Science and Innovation, 2023 — 383-bet.
2.
↑ „Эргашева, Юлдуз Алимовна. Деятельность компартии Узбекистана в
области народного образования в годы Великой Отечественной войны (1941-
1945 гг. )“.
3.
↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма тўққиз йиллиги
муносабати билан фан, таълим, адабиёт, маданият, санъат ва оммавий
ахборот воситалари соҳалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш
тўғрисида“ (2020-yil 27-avgust). 2023-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
Qaraldi: 2023-yil 19-avgust.
4.
↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 29 йиллиги муносабати
билан Давлат мукофотлари билан тақдирланган 28 нафар қашқадарёликлар“.
