"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
25
QADIMGI VA OʻRTA DAVR INGLIZ TILIDA EKZISTENSIALLIK
MA'NOSINI IFODALASH USULLARI
Yusupova Shoira Batirovna
O‘zMU xorijiy filologiya fakulteti
ingliz tilshunosligi kafedrasi professor v.b.,
filologiya fanlari nomzodi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada qadimgi va o’rta davr ingliz tilidagi makon va
mavjudlik ya’ni ekzistensiallik ma’nosini anglatish uchun qo‘llaniladigan
konstruksiyalarni ifodalasn usullari yoritib beriladi. Ularning matnlarida qo’llanilishi
qadimgi va o’rta davr badiiy adabiyotlardan olingan gaplada tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar:
ekzistensial, konstruksiya, makon, semantika, fe’l, model,
kontekst, matn, so‘z, obyekt
Аннотация.
В данной статье выделены способы выражения конструкций,
используемых для выражения смысла пространства и существования, т.е.
экзистенциальности, в древнем и средневековом английском языке. Их
использование в текстах анализируется на примере предложения, взятого из
античной и средневековой художественной литературы
.
Ключавые слова:
экзистенциал, конструкция, пространство, семантика,
глагол, модел, контекст, текст, слова, объект
Annotation.
This article lights up the ways in which constructions used to
express space and existence, or existential in Old and Middle English. Their usage in
texts is analyzed in sentences from Old and Middle English fictions.
Key words:
existential, construction, place, semantics, verb, model, context,
text, word, object
Kirish
. Tildagi barcha kategoriyalar ham bir xil mavqega ega boʻlavermaydi.
Ularning ayrimlari (masalan, hind-evropa tillaridagi fe'lda zamon, shaxs, son kabi
grammatik-morfologik kategoriyalar) ma'lum morfologik mohiyatga ega boʻlib,
ularning ma'nolari aniq va shuning uchun ularning haqiqiyligiga shubha tugʻilmaydi.
Boshqa (masalan, leksik-semantik, semantik-leksik) kategoriyalar esa bir xil ifodaga
ega emaslar va ularning til belgisini bildirishlarini isbotlash uchun qoʻshimcha
vositalarni jalb qilish zarur. Hozirgi zamon ingliz tilidagi jonli yoki jonsiz kategoriyalar
bilan ham shu hodisa kuzatiladi. Bu kategoriya kishilik olmoshlari – it, she, he shakllari
yordamida faqat bilvosita va etarlicha davomiylikka ega boʻlmagan ifoda planida
taqdim etilmoqda. Bu oʻrinda L.V.Sherba ilk bor e'tibor qaratgan holat kategoriyasini
koʻrsatish mumkin: bogʻlovchi bilan keladigan:
Sovuq – it is cold, dim – it is stuffy,
yorugʻ – it is light, qorongʻu - it is dark
shaxssiz-predikativ soʻzlarning alohida qatori
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
26
Koʻcha sovuq edi – It was cold in the street; Biz juda xursand edik – We were very
happy
va boshqalar). L.V.Sherbaning oʻzi ham ushbu kategoriyaning mavjudligini
“ishonarli” deb hisoblamagan [3; 156].
To be “boʻlmoq, mavjud boʻlmoq” fe'li qadimgi ingliz tilidagi mavjudlik
tushunchasining asosiy ifoda vositalaridan biri hisoblanadi.
Qadimgi ingliz tilining barcha lugʻatlari va grammatikasi qoidalarida ushbu
fe'lning ikki vazifasi qayd qilinadi:
1) mustaqil fe'l sifatida;
2) koʻp tarkibli ot kesimda bogʻlovchi vazifasini bajaruvchi sifatida.
Hozirgi zamon ingliz tilida kuzatiladigan majhul nisbat shakli va Continuous
ning zamonli shakllarini hosil qilish uchun koʻmakchi fe'l tarzida qoʻllash qadimgi
ingliz tili uchun xos emas. Hozirgi zamon tilshunosligida ushbu fe'l semantikasini
ta'riflashda ikki xil fikr mavjud. Bir tomondan, ushbu fe'lning ma'noviy hajmini tobora
toʻliq va keng qamrovli tasvirlashga (tasviriy grammatik va katta izohli lugʻatlarga xos)
intilish kuzatilmoqda. Turli ma'nolar, tag ma'nolar, ma'nolar boʻyogʻi va shu
kabilarning miqdorini ajratish, batafsil ta'riflash oʻta muhim boʻlib, ba'zan ayrim
mohiyatlar orasidagi farqlarning amaliy jihatdan sezib boʻlmasligi salbiy natijalarga
olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan esa, ushbu fe'l ma'nolarining keskin
cheklanishi kuzatiladi, asosan, bu maktab grammatikasida kuzatiladi. Ma'no mohiyati
va kontekstual qoʻllanish haqidagi alohida tasavvur tufayli bu fikrlarni bir necha jiddiy
belgilangan yoʻnalishlarga ajratish tilning oʻziga xos holatining farqini aniqlik va
jiddiylik bilan tushuntirib bera oladi. Bu, koʻproq, tilni oʻrganish jarayonida ushbu fe'l
semantikasining koʻrgazmali tasavvuri ehtiyojlari bilan izohlanadi. Bunday
yondashuvda ajratiladigan ma'no va vazifalar ba'zan shunday farqli boʻladiki, bunda
ularning bir soʻzga taalluqli ekanligini isbotlashga toʻgʻri keladi [1;203]
Qadimgi ingliz tilidagi harakat fe'llarining leksik-semantik guruhlari doirasida
“gan”
- “bormoq” fe'li “makonda joylashish” tushunchasi ifodasi bilan bogʻliq
ma'nolardagina ishtirok etishi mumkin, bu uning ma'no hajmining sezilmas qismini
tashkil qiladi. Ushbu soʻzning qolgan barcha ma'nolari tadqiqot doirasidan tashqarida
qoladi. Bunda asosiy vazifa lugʻatning tizimiy tahlilidan voz kechmasdan turib,
semantik jihatdan qiyin leksik birliklar mohiyati hajmini yoritish uchun vosita sifatida
xususiy lugʻaviy tizimni ostini tasvirlashdan foydalanishga toʻgʻri keladi.
To be
fe'lining qadimgi ingliz tilidagi
beon/wesan
shakli faqat statik
ekzistensiallikni ifodalagan. Ular boshqa fe'llardan oʻz oʻzagini oʻzgartirishi – supletiv
yoʻl orqali yangi shakllar yasashi bilan farq qilgan.
Beon/wesan
formalarini
be-, wes-
, es-
oʻzaklaridan yasagan. Hozirgi zamon: aniqlik mayli, birlik I shaxs –
éom, bĕo
, II
shaxs –
eart, bist,
III shaxs –
is, biÞ;
shart mayli –
sie, si, beo, sŷ;
istak mayli –
wes,
bēo.
Bu fe'lning koʻplik shakli quyidagicha: aniqlik mayli –
sint, bēoÞ, sind (on);
shart
mayli
– sīen, sīn, bēon, sŷn;
istak mayli
– wesaÞ, beoÞ
[2;126].
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
27
1.
Þǔ wǽre hēr, nǽre min brōÞor dēad (Beowulf, p.126)-
Sen shu erda
boʻlganingda, akam oʻlmagan boʻlardi;
2.
him wœs lēofre
- unga yaxshi boʻlar edi;
3.
hī bēoÞ gefrēfrede -
ular tinchlantiriladi;
Oʻtgan zamonda bu fe'llar wœs, wǽre shaklini oladi.
Wæs-
shakli birlik I, III shaxslar;
wǽre -
birlik II shaxs va koʻplikdagi barcha shaxslar uchun amal qilgan. Fe'lning
shaxssiz shakllari:
wesan, bēon, wesende, bēonde
. Bu fe'l shakllari boʻlishsiz forma
yasashda “ne” yuklamasi bilan quyidagi shakllarni hosil qilgan
ne is > nis,
wæs>næs,
newǽron, nǽron
. [2;126].
1.
…Þa wæs sundliden (Beowulf, p.120)
– Oʻsha dengizchi edi. Bu gapda
wæs – beon fe'lining III shaxs shaklida boʻlib, oʻtgan zamonda ishlatilgan.
2.
Wæs sē, ren Þrēat? (Beowulf, p.186)
– U zirhli qoʻshinmi?
Bu gapda
wæs – beon
fe'lining III shaxs birlik shakli bilan oʻtgan zamonda
soʻroq formasini yasash uchun ishlatilgan.
Bu gaplarda wæs – boʻldi, edi degan ma'noni anglatib, ma'lum bir holatni
ifodalamoqda, bu fe'l oʻzbek tiliga tarjima qilinganda, “boʻldi”, “edi” deb tarjima
qilinmaydi.
Ingliz tili grammatik strukturasida analitik shakllarning paydo boʻlishi bilan
qadimgi ingliz tilidagi mavjudlikni ifodalovchi beon/wesan fe'li oʻrta asrga kelib uning
mavhumroq jihatlarini bildira boshladi. Bu fe'l hozirgi zamon aniqlik mayli, birlikda
I
shaxs – am, II shaxs – art, III shaxs – is
, shart mayli barcha shaxslar uchun –
bē,
buyruq mayli –
bēn;
koʻplikdagi shaxslarning barchasi uchun –
bēn
shaklga ega.
[2;240].
1.
Soothy, swich multitude is not honeste (Chaucer G.,p. 148
) - Haqiqatdan
ham bunaqa koʻpchilik odil boʻla olmaydi
2.
Is his eafora nǔ heard hēr cumen(Chaucer G.,p. 28
) - uning oʻgʻli
qahramon boʻlib qaytdi.
Bu fe'l oʻtgan zamonda aniqlik mayli birlik I shaxs, III shaxs uchun
–was
. II
shaxs birlik va koʻplikda
– wēren
formasiga ega. Boʻlishsiz formada –
“ne”
yuklamasi
bilan quyidagi shakllarni hosil qilgan:
ne am > nam, ne is > nis, ne was > nas, ne wēre
> nēre
[2;240].
1
.
At nyght were come info that hostelrye (Chaucer G.,p.104.) – Karvonsaroyga
qorongʻi tushdi.
2. The chaumbres and the stables weren wyde (Chaucer G.,p.44.) – Yotoqxona
va otxonalar keng edi.
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
28
Haqiqatan ham, ma'no bildiruvchi beon/wesan fe'li vaqtning tahliliy shaklini
hosil qilishda ishtirok etganda, bu dalil ortiqcha isbotni talab qilmaydi va u rasmiy
vazifani bajaradi, ya'ni u leksik-semantik nuqtai nazardan kelib chiqib, nolga teng
keladi.
1.
The knight was glad, and no ferly, and so were al that cumpanye. (Chaucer
G., p.244) -
Risar mamnun edi va qoʻshinining barchasi mamnun ekanligini
xayratlanarli joyi yoʻk edi.
2.
His dugethe weoron blithe. (Chaucer G.,p.31) -
Uning qoʻshini
xushchaqchaq edi.
Ma'no bildiruvchi fe'l vazifalarining an'anaviy tasnifida unchalik aniq boʻlmagan
bir jihat mavjud. Koʻpincha ikki xil farq aralashib ketadi: bir tomondan, beon/wesan
fe'lining mustaqil (mutloq) va bogʻlovchi ifodasi orasidagi sintaktik farq boʻlsa,
ikkinchi tomondan esa, shu fe'lning “mavjudlik”, “bor boʻlmoq” ma'nosi bilan va
ma'nolarning toʻliq yoʻqligi orasidagi sof semantik farq nazarda tutiladi. [6;89].
Sintaktik va semantik ta'rifning bunday bogʻlanishi qanday holatda oqlanishi mumkin.
Birinchidan, agar ushbu fe'lning mutloq qoʻllanilishi doim ekzistensial yoki ushbu
mohiyatga yaqinlikka ega boʻlsa, ikkinchidan esa, beon/wesan fe'lining bogʻlovchi
sifatida qoʻllanilishi unda qandaydir leksik mohiyatning yoʻqligi bilan bogʻlanishi
shart, ya'ni u ega va kesimli boʻlakni bogʻlashning faqat rasmiy vositasi boʻlib xizmat
qilsagina oqlanishi mumkin.
1. That folc stod al in gret wonder: and weren in grete doute, and bispeken to
othur (Chaucer G., p. 47) -
U xalq (toʻda, olamon) qoʻrqinch va hayratda bir biriga
murojaat qilib turardi.
2. For he was Epicurus owene son (Chaucer G., p. 221) -
U Epikurning oʻgʻli
edi.
Xulosa. Demak, ekzistensial mohiyat qadimgi va oʻrta davr ingliz tilida
beon/wesan
fe'lining mustaqil ma'no anglatgan shakli va
“there is”,“there are”
konstruksiyasi bilan ifodalangan, u oʻzining mustaqil ma'nosini oʻrta asrga kelib
yoʻqota boshlagan.
ADABIYOTLAR
1.
Бенвенист Э. Общая лингвистика. – М.: Прогресс, 1974.
2.
И
льиш Б.А. История английского языка. - 4-е изд., перераб. и доп. – М., 2010
3.
Щ
ерба Л.В. Языковая система и речевая деятельность. – Л.1974.
4.
Ю
супова, Ш. Б. (2017). О СЕМАНТИКЕ ЭКЗИСТЕНЦИАЛЬНЫХ КАТЕГОРИЙ
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
29
АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА. Научное знание современности, (2), 350-353.
5.
Y
usupova, S. B. (2023). VERBAL CONSTRUCTIONS IN PRESENT TENSE
ENGLISH. Builders Of The Future, 1(01), 1-3.
6.
M
isa H., George W. A history of English. – Berlin: Language Science press, 2022.
7.
B
eowulf: An Anglo-Saxon Epic Poem. – USA, 2023
8.
Chaucer G. The Canterbury Tales. – Oxford University Press, 1992
