"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
50
GENDER TILSHUNOSLIKDA OLIMLARNING “GENDER”
TUSHUNCHASI HAQIDA QARASHLARI
Kenjayeva Adolat Asrorovna
O‘zDJTU
Tel: (95) 7055541
Abstrakt:
Gender tili — bu tilshunoslikda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi til va muloqot
farqlarini o‘rganadigan soha hisoblanadi. Genderning tilshunoslikdagi o‘rni va
ahamiyati ilmiy doiralarda keng muhokama qilinadi. Ko‘plab olimlar genderning til
orqali shakllanishini va tilda qanday ifodalanishini tadqiq etishgan. Gender faqat biroz
biologik yoki biologik-jinsiy tushuncha emas, balki ijtimoiy va madaniy qatlamlarga
asoslangan, til orqali quriladigan, o‘zgaruvchan va dinamik bir konsepsiya sifatida
qaraladi.
Judith Butler, Deborah Cameron, Robin Lakoff kabi olimlar genderni faqat
biologik emas, balki ijtimoiy konstruksiya sifatida tushunadilar va uni til orqali
dekonstruksiya qilish zarurligini ta’kidlaydilar. Boshqa olimlar esa, ayollar va erkaklar
o‘rtasidagi til farqlarini va kommunikativ uslublarini, muloqot jarayonida gender roli
va o‘zgaruvchanligini o‘rganishga e’tibor qaratgan. Gender tili orqali power
(hokimiyat) va identity (identifikatsiya) masalalari ham muhim jihat bo‘lib, til
yordamida gender ierarxiyasini, stereotiplarini va patriarchal tuzilmalarni tasvirlash
mumkin.
Ushbu tadqiqotda genderning tilshunoslikdagi ahamiyati, tilda gender roli va
identifikatsiyasi, shuningdek, gender tili va muloqoti haqida olimlarning qarashlari
keng ko‘lamda o‘rganiladi. Bu soha tahlili genderni anglash va uni til orqali tahlil
qilishda yangi perspektivalarni taqdim etadi.
Kalit so'zlar: Gender tili, gender identifikatsiyasi, jinsiy ro‘llar, tilshunoslik va
gender, gender va til, stereotiplar, dekonstruksiya, kommunikatsiya, ijtimoiy
konstruktsiya, power (hokimiyat) va identity (identifikatsiya), ayollar va erkaklar
muloqoti, gender va patriarchalism, Butler, Cameron, Lakoff.
Yangi ilmiy yondashuv yangi terminologiyani qo‘llashni talab etib,
tadqiqotchilarning metodologik yondashuvlariga aniqroq moslashish imkonini berdi.
Shu asosda, jinsning ijtimoiy konstruksiyasini, uning konvensionalligini, institutliligini
va an’anaviyligini aks ettirish maqsadida “gender” termini ilmiy soha doirasida
muomalaga kiritildi. Ushbu yondashuv, o‘z navbatida, til va kommunikatsiyada
genderning lingvistik mexanizmlarini o‘rganishga zamin yaratdi. Shu bilan birga,
feminist tilshunoslik tanqidi ham ushbu yo'nalishda muhim turtki bo‘lib, bu bir qator
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
51
tadqiqotchilar tomonidan postmodern falsafaning ajralmas qismi sifatida baholandi.
Tilshunoslikda genderni o'rganish ikkita asosiy masala doirasida amalga oshiriladi,
masalan:
1. Til va jinsning undagi aksi: nominativ tizim, leksikon, sintaksis, rod
kategoriyasi;
2. Erkaklar va ayollarning nutqiy va umumiy kommunikativ xatti-harakatlari,
bunda xos strategiyalar va yondashuvlarning shakllanishi, genderga mos leksik
birliklarni tanlash, kommunikatsiyada muvaffaqiyatga erishish usullari, shuningdek,
leksik va sintaktik konstruksiyalarni tanlashdagi afzalliklar ilmiy tahlil qilinadi.
Ayrim tadqiqotlarda psevdogender yondashuvi hanuzgacha dolzarb bo‘lib,
ularda “gender” tushunchasi “jins” so‘zining sinonimi yoki ijtimoiy-jinsiy rolning
ekvivalenti sifatida qo‘llanilgan holatlar sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv,
odatda, inson biologiyasi erkak va ayollarning ijtimoiy rollari, psixologik xususiyatlari
va faoliyat sohalarini qat’iy belgilab beradi, deb hisoblab, “gender” atamasini faqat
zamonaviyroq ko‘rinishda ishlatish bilan cheklanadilar.
O.A.Voronina fikriga ko‘ra, nazariy metodologik asosga muvofiq gender
tushunchasi uchta asosiy model doirasida tahlil qilinadi:
- genderning ijtimoiy shakllanish nazariyasi;
- boshqa kategoriyalar bilan uzviy bog‘liq holda genderni qatlamga oid
kategoriya sifatida talqin qilish;
- genderni madaniy metafora sifatida izohlash.
Ijtimoiy qatlamlashuv nazariyasiga muvofiq, gender erkaklar va ayollar
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning tashkil etilgan modeli sifatida qaraladi, u
jamiyatning asosiy institutlarida ularning o‘zaro munosabatlarini belgilab, ular orqali
quriladi yoki shakllanadi. Bu jarayonning tarixiy asoslari mavjud bo‘lib, ular mehnat
taqsimoti, gender rollarining shakllanishi va ijtimoiylashuv mobaynida genderning
rivojlanishini o‘z ichiga oladi.
Gender inson ongida atrof-muhit ta’siri ostida shakllanadi, ya’ni shaxs o‘ziga
mos bo‘lgan normalar va rollarni tanlab, o‘zini jamiyat tomonidan belgilangan
me’yorlarga moslashtiradi. O.A.Voroninaning fikricha, gender tadqiqotlari
metodologiyasining asosiy vazifasi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi maqom, rol va
hayotning boshqa jihatlaridagi farqlarni oddiygina tavsiflash emas, balki jamiyatda
gender rollari va munosabatlari orqali mustahkamlanadigan hokimiyat va
dominantlikni tahlil qilishdan iborat.
Voroninaning ta’kidlashicha, “gender tadqiqotlari jamiyat tomonidan
ijtimoiylashuv tizimlari, mehnat taqsimoti, madaniy qadriyatlar va ramzlar orqali erkak
va ayollarga qanday rollar, normalar, qadriyatlar va xulq-atvor xususiyatlari
belgilanishini tahlil qiladi. Bu jarayon orqali an’anaviy hokimiyat ierarxiyasi
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
52
shakllanadi”
1
. Shu bois, gender va jins tushunchalari o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud
bo‘lib, erkak va ayolga xos xususiyatlarni o‘zgarmas tabiiy haqiqat sifatida qabul qilish
noto‘g‘ri. Ularni chuqur tahlil va ilmiy tadqiqotlar orqali o‘rganish zarur. Demak,
yondashuv orqali genderni ijtimoiy konstruksiya sifatida qarashni kuchaytirib, uning
jamiyatda hokimiyat va ierarxiya mexanizmlarini tushunishda muhim o‘rin tutishini
ko‘rish mumkin.
Dastlab, lotin tilidagi “genus” – rod yoki jins so’zidan olingan “gender”
tushunchasi ingliz tilshunosligida “ot so’z turkumi”
2
ni anglatgan. A.V. Kirilina
ta'kidlaganidek, ushbu termin tilshunoslikka o'ziga xos yo'l bilan kirib kelgan. Ilk bor
gender atamasi ijtimoiy sohada jins ma’nosida Robert Stoller tomonidan qo’llanilgan.
U o’zining tadqiqotlari natijasini e’lon qilar ekan, “jins” – anatomik va fiziologik
belgilarning yig‘indisi, gender esa ijtimoiy normalar, qadriyatlar, munosabatlar
majmuiligini, bu esa shaxsning alohida xususiyatlarini shakllantirishda, ruhiy va
madaniy rivojlanish, shuningdek, psixologiya bilan bog‘liq ekanligini ta’kidladi.
Biroq, ingliz tili asosida amalga oshirilayotgan tarjimalar “sex” – “gender”
munosabatlariga oydinlik kiritishda qo‘l kelmasligi, o'xshash tushunchalarning boshqa
tillarda ingliz tilidagi kabi to'liq mos kelmasligi bilan xarakterlanadi.
A.V.Kirilina ushbu terminologik birliklarning vazifaviy jihatlarini inobatga
olgan holda quyidagicha izohlaydi:
Birinchidan, jamiyatda jins vakillari ahamiyatining farqlanishi va unga bog‘liq
bo‘lgan jarayonlarga bag’ishlangan tadqiqotlar gender atamasining paydo bo‘lguniga
qadar yaratilgan, shuningdek, ijtimoiy jinslararo o‘zaro ta’sir masalalariga tegishli
bo'lsa-da, “sex”, “sexus”, “sexuality” tushunchalaridan foydalanilgan;
Ikkinchidan, gender konsepti grammatik rod kategoriyasining omonimi sifatida
ingliz tilida paydo bo’lib, ba'zi hollarda aynan tilshunoslik tavsifida noaniqliklarga
olib keladi;
Uchinchidan, jinsning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini inobatga olgan holda
ayrim tadqiqotchilar eski qarashlarga tayanib, “sex bias”, “sex role”, “sex difference”
kabi terminlardan foydalanadilar, biroq, ko‘plab ingliz tilidagi ilmiy ishlarda ikkita
tushuncha parallel ravishda ishlatiladi. Bundan tashqari, “jins” (sexus) so‘zini yangi
termin bilan almashtirishga intiluvchi qarama-qarshi tendentsiya ham mavjud.
Masalan, D.Vays biologik jins haqida gapirganda “natural gender” terminini qo‘llab,
uni qavsda (sexus) izohlaydi. Bu, ayniqsa, “gender” tushunchasi paydo bo‘lgan davrda
yaratilgan asarlarga taalluqlidir. Bularning barchasi muhokama qilinayotgan
terminlarni aniq ajratishning qiyinligini ko‘rsatadi;
1
Воронина О.А. Гендерная культура в России: традиции и новации [Текст] / Рос. акад. наук, Ин-т философии; О.А.
Воронина. – М.: ИФ РАН, 2018. – 111 с. ; 20 см. – Библиогр.: с. 105–110. – Рез.: англ. – 500 экз. – ISBN 978-5- 9540 0344-4.
2
Смит С. Постмодернизм и социальная история на западе: проблемы и перспективы // Вопросы истории. 1997. № 8. С. 154–
161.
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
53
To’rtichidan, “Gender”ni aniqlashda chet tillardagi asarlarni ona tiliga tarjima
qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar ham mavjud. Masalan, nemis tilida “Gender”
tushunchasi bilan birga “Geschlecht”, “das soziale Geschlecht” kabi nemischa nomlar
ham ishlatiladi;
Beshinchidan, terminlarni tanlashda muallifning konseptual qarashlari ham
ahamiyatga ega. Masalan, fiziologik va psixologik jihatdan erkaklar va ayollar
o'rtasidagi kognitiv hamda til qobiliyatidagi farqlarni ta’kidlaydigan biodeterministik
yo‘nalish vakillari an’anaviy jins belgilanishidan foydalanadilar, garchi ularning
asarlarida “gender” tushunchasi ham uchraydi;
Oltinchidan, hozirgi kelib gender tushunchasi rus tili doirasida olib borilayotgan
tadqiqotlarda keng qo’llanilsa-da, ba'zi mualliflar “jins” so‘zini o‘z ichiga olgan
terminlardan foydalanishni taklif qiladilar: ijtimoiy (sotsiokultural) jins, jinsiy
dimorfizm, jinsiy rol farqlanishi, biosotsial (biokultural) inson xususiyatlari. Ushbu
so'zlar jinsning ikki tomonlama tabiatini, uning tabiiy va madaniy tarkibiy qismlarini
ta’kidlaydi.
Yettichidan, institutsionalizatsiyalangan ilmiy bo’limlar, davriy nashrlar
nomlarida mavjud va avvalo interdisiplinar ilmiy yo’nalishni belgilashda o’zini
oqlaganligi sababli gender tushunchasini rad etishning imkoni yo‘q. Biroq, bizning
kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, o‘zbek tilidagi maxsus adabiyotda ko'proq “gender”
termin sifatida emas, balki derivativ atamalari: gender tadqiqotlari, gender jihatlari,
gender munosabatlari, genderchilar, genderologiya kabi atamalar qo‘llaniladi.
Genderga oid tadqiqotlar unga xos masalalarni kengroq doirada o‘rganish va jins
fenomeniga yangicha nuqtai nazardan qarash imkonini beradi. Agar jins kategoriyasi
bir qator leksik birliklarning semantikasini tahlil qilishda muhim bo‘lsa, gender
tadqiqotlari tilshunoslikda ancha kengroq savollar doirasini qamrab oladi, erkak yoki
ayol identikligini so’zlovchi shaxsga xos parametrlaridan biri sifatida pragmatika
doirasida ko‘rib chiqadi. Bu holda, gender oddiy mavjudligi uning biologik kategoriya
– jinsdan asosiy farqini ko’rsatadi. O‘zining qisqa tarixi davomida, til va gender
tadqiqotchilari “gender” va “jins” atamalarini bir-birining o‘rnida ishlatilmasligi
kerakligi bo‘yicha doimiy ravishda bahs-munozaralar olib borishgan. Endilikda,
“gender” ijtimoiy-madaniy xulq-atvor nuqtai nazaridan odamlarni ajratish uchun
barqaror termin sifatida qabul qilingan bo‘lib, erkak va ayol xulq-atvorlarini ikki qutb
sifatida emas, balki shkalalar yoki davomiylik sifatida ko‘rsatadi (Holmes 2001).
Shuningdek, “jins” atamasini biologik xususiyatlar bilan ajratilgan kategoriyalar (ya'ni,
“erkak” va “ayol”) ma'nosida ishlatgan holda, bir qator tadqiqotchilar ushbu
kategoriyalarni “getero-normativ” deb hisoblashganini va “jins”ni ham ijtimoiy-
madaniy konstruktsiya sifatida qayta tasavvur qilishni taklif qilganini ta'kidlash lozim
(masalan, Butler 1990; Bergvall va boshqalar 1996).
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
54
Vladimir Younkin, Marina Litvaklar tomonidan adabiy matnning ahamiyati
gender idrokida nechog’lik muhim ekanligi, shuningdek, davr ijtimoiy-madaniy
mavqeining dinamikasi adabiy kontekst orqali anglash mumkinligini e’tirof etadilar
3
.
Genderning boshqa tillar kesimida ifodasiga bag’ishlangan tadqiqotlar ham mavjud
bo’lib, ularda asosan, morfologik hamda sintaktik variantdorlik kabi til unsurlarining
ahamiyati xususida fikr yuritiladi
4
. Unga muvofiq g’oya, hissiyot, ijtimoiy
munosabatlarni va identiklikni o’rnatishda til muhim ijtimoiy vositadir. Til nafaqat
kommunikativ funksiyalarni bajaradi, balki jamiyat va voqelikni ongimizda
shakllantiradi. Ingliz tilida biologik genderga asoslangan otlar va kishilik olmoshlari
orqali gender ifodalanib, hozirda genderni izohlovchi so‘zlardan chekingan holda
ularni o‘rnini bosuvchi mos bo‘lgan terminlar qo‘llanila boshlangan.
C.Dutta va S.Maddukurilarning tadqiqotlarida tilning inson idrokiga ta’siri
hamda gender bilan bog’liq kasallik nomlarining muhokamasi o‘rganilib, unda
genderni aniqlashda tibbiyotning ham ishtiroki muhimligi ko‘rsatilgan
5
. Bu, albatta,
leksikografik diskursni tanqidiy o‘rgangan holda, so‘zda yashiringan ma’noni leksik
tadqiq etish usullarining shakllanishiga olib keldi
6
.
Sotsiolingvistik gender tadqiqotlari odatda jinslarning kommunikativ xulq-
atvorini, insoniyatning jtimoiy faoliyati evolyutsiya, genetik omillari ta'sirida miya
tuzilishi va funksiyalaridagi psixofiziologik farqlarni paydo bo‘lish jarayonlarini
o‘rganadi. Shuningdek, jamiyatda ijtimoiy rollarni, jinsiy modellari, ya'ni ayollar va
erkaklar uchun xulq-atvor stereotiplarini o‘rnatish muhim sanaladi. Erkaklar va ayollar
o‘rtasidagi xulq-atvorda qat'iy chegaralarning asta-sekin yo‘qolish tendentsiyasi
kuzatilmoqda, bu esa gender tengligiga olib kelmoqda.
Amerikalik psixolog Sandra Bem, androginiy shaxsiyat nazariyasiga
muvofiq, erkaklik va ayollik xususiyatlari jinsdan qat’i nazar shaxsiyat tavsifida
mavjud bo'lishi mumkin deb hisoblaydi. Falsafa doktori Ryabov Oleg Vyacheslavovich
sotsiodeterministik yo'nalish doirasida jins va gender tushunchalarini butun va qism
sifatida ko'rib chiqadi. U “jins biologik jins va sotsiomadaniy jinsdan iborat bo'lib,
bunda ijtimoiy va madaniy-simvolik tarkibiy qismlar farqlanishi kerak” deb
hisoblaydi. Shu bilan birga, “jins” va “gender” o'zaro butun va qism sifatida bog'liqdir.
Lingvistik stereotiplarning ayol-dominant kasblarida erkaklarning faoliyat
yuritishi
7
diskursda gender rollarining o‘zgarishiga olib keldi. Bu o‘z navbatida gender
normalarining buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Alhassanning fikricha, “erkak
mutaxassislarni an’anaviy ravishda ayollar ustunlik qiladigan, jumladan akusherlik
https://www.preprints.org/frontend/manuscript/f229db09f76a31f13ec1624f0082a180/download_pub
4
https://jalt.com.pk/index.php/jalt/article/view/97
https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC11616675/
6
https://doi.org/10.1093/ijl/ecz003
7
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
55
kabi sohalarda ta’sir qiluvchi lingvistik stereotiplarni o‘rnatish” muhimdir. Uning
nazarida, “gender rollari va parvarishlash hamda g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq kasblarning
jamiyatdagi qabul qilinishi haqidagi davomiy munozaralar kontekstida
ahamiyatlidir”
8
. Alhassan va uning hamkasblari olib borgan tadqiqot erkaklarning
odatda ayollarga xos deb qaraladigan akusherlik sohasida duch keladigan
qiyinchiliklarini yoritib, lingvistik stereotiplar erkak akusherlar uchun to‘siqlar
yaratishini tahlilga tortgan. Tilning professional identifikatsiyaga ta’siri katta bo’lib,
ko‘pgina madaniyatlarda til gender normalarini aks ettiradi va mustahkamlaydi, bu esa
an’anaviy gender rollariga mos kelmaydigan shaxslarni chetlab qo‘yishi mumkin.
Natijada, erkak akusherlar uchun qabul qilinish va qo‘llab-quvvatlanishning
yetishmasligi kuzatilishi, bu esa ularning ishdagi qoniqishi va kasbiy rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, tilga oid gender stereotiplari ishga
qabul qilish jarayonlariga, ish muhitidagi dinamikaga va turli kasblarda gender
rollarining umumiy qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu masalalarni ko‘tarish
orqali Alhassan va boshqalar professional kontekstlarda genderni chuqurroq
tushunishni qo‘llab-quvvatlovchi adabiyotlar bazasiga hissa qo‘shgan holda erkak
akusherlarga ta’sir qiluvchi lingvistik stereotiplarni o‘zgartirish va ularga qarshi
kurashish zaruratini ta’kidlaydilar. Tilning gender va professionallikka oid
tasavvurlarni shakllantirishdagi rolini tanqidiy tahlil qilib, mualliflar parvarishlash
kasblarida adolatli va inklyuziv yondashuvni targ‘ib qiladilar. Genderdan qat’i nazar,
shaxslar akusherlik va boshqa an’anaviy ravishda ayollar ustunlik qiladigan sohalarda
ishlashlari uchun stigma va tarafkashliklardan xoli muhitni yaratish uchun muhimdir.
Lingvistik yondashuv til tarixida gender munosabatlarining aks etishi, jinsni
lingvokulturalologiyada madaniy ifodasi, tegishli til birliklarini leksikografik kodlash
va shu kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Binobarin, gender tushunchasi kengroq bo‘lib,
uni o‘rganishda faqatgina jins komponentiga kiruvchi birliklar bilan cheklanmasdan,
semantikasida ancha ko‘p fenomenlarni o‘rganish zarur. Ma’lumki, gender
tushunchasining o’zbek tilida muqobili mavjud emas. Uning izohiga oid fikrlar
V.Myuller hamda S.I.Ojegova tomonlaridan keltirilgan bo’lib, unga muvofiq gender
grammatik rod kategoriysini ifodalashda, jins ma’nosi
9
, faoliyat yo’nalishining turlari,
hayvonlar avlodlarining
10
uzviyligini nazarda tutadi. Ta’kidlash joizki, ayrim genderga
xos tushunchalarning ingliz tili lug’atlarida ifodalanishida ijtimoiy va madaniy
tengsizlik inobatga olingan
11
. Biroq, klassik davr adabiyotiga xos lingvistik
dalillar ayol va erkak nutqidagi farqli jihatlari tasvirlab kelingan bo’lishiga qaramay bu
e'tiqod bugungi media-publitsistik matnlarida ham davom etmoqda. Bugungi kunda
8
Alhassan, R. A. H., et al. (2024). Men as Midwifery Professionals.
Journal of Gender Studies
.
9
Мюллер 1978: 301
10
Ожегов 1987: 111-112
11
https://www.jbe-platform.com/content/journals/10.1075/hl.00156.con
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
56
targ’ib etilayotgan maqollar, iboralar, insholar, gazeta sarlavhalari, reklama
yozuvlarida ko‘pincha ayollarning nutqi qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi preskriptiv
nuqtai nazardan tatbiq etilishi gender haqidagi chuqur ildiz otgan ideologik
farazlarning mavjudligini izohlaydi.
References
1.
Белянин В. П. (2004). Психолингвистика [Belyanin V.P.
Psycholinguistics]. 2-е изд. М.: Флинта: Московский психолого-социальный
институт,
2.
Джусупов М. (2001). Социолингвистический аспект теории
психофонем И.А.Бодуэна де Куртене [Dzhusupov M. Socio-linguistic aspect of the
psycho-phonemic theory of I.A. Bau douin de Courtenay] // Қазақстан жоғары
мектебі (Высшая школа Казахстана), Алматы, 2001. № 4 и 5. С. 62—69.
3.
Тухтасинов И.М. (2011). Лингвокультурологические и гендерные
особенности сложных слов в художественном тексте (на материале английского
и узбекского языков) [Tukhtasinov I.M. Linguo-cultural and gender specifics of
compound words in literary texts (the casec study of Englisg and Uzbek]: автореф.
дисс. ... канд. филол. наук. Ташкент.
4.
Эргашева Г. (2011). Инглиз ва ўзбек тиллари фразеологизм
паремияларида гендер аспек тининг қиёсий-типологик тадқиқи [In Uzbek
language]: автореф. дисс. ... канд. филол. наук. Ташкент.
5.
Чутпулатов М.Ч. Гендерная лингвистика: узбекская мужская и
женская речь
6.
Cameron, D. (2001).
Working with Spoken Discourse
. Sage Publications.
7.
Lakoff, R. (1975).
Language and Woman’s Place
. Harper & Row.
8.
Tannen, D. (1990).
You Just Don’t Understand: Women and Men in
Conversation
. William Morrow.
9.
Coates, J. (2004).
Gender and Discourse
. Blackwell Publishing.
10.
Holmes, J. (2006).
Gendered Talk at Work: Constructing Gender Identity
through Workplace Discourse
. Blackwell Publishing.
11.
Cameron, D. (2003).
The Myth of Mars and Venus: Do Men and Women
Really Speak Different Languages?
Oxford University Press.
12.
Wodak, R., & Meyer, M. (2001).
Methods of Critical Discourse Analysis
.
Sage Publications.
13.
Judith Butler. (2004).
Undoing Gender
. Routledge.
14.
Fishman, P. (1978).
Interaction: The Work Women Do
. Social Problems,
25(4), 397-406.
15.
Sunderland, J. (2004).
Gendered Discourses
. Palgrave Macmillan.
16.
Wodak, R. (2010).
The Discourse of Politics in Action: Politics as Usual
.
Palgrave Macmillan.
