Authors

  • Anvarova Shohista Valijonovna
    O’zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.83406

Keywords:

scientists ornithonyms

Abstract

This article dwells on different kind of opinions which is given by scientists who worked with ornithonym in Uzbek languages. The study describes ornithonyms specific to Turkic languages ​​based on a study of bird names in the Uzbek language. In linguistics, mythological creatures in the form of birds are called "mythornithonyms", so they are analyzed as symbolic meaning in the article.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

87

O’ZBEK TILLARIDAGI ORNITONIMLARNING LISONIY TADQIQI

Anvarova Shohista Valijonovna

O’zbekiston Milliy Universiteti

Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi

shohista9609@gmail.com


Annotation.

This article dwells on different kind of opinions which is given

by scientists who worked with ornithonym in Uzbek languages.

The study describes

ornithonyms specific to Turkic languages based on a study of bird names in the Uzbek
language. In linguistics, mythological creatures in the form of birds are called
"mythornithonyms", so they are analyzed as symbolic meaning in the article.

Key words:

scientists, ornithonyms, zoonym,

mythornithonyms, linguistics,

language, lexemes, bird names, words.

Annotatsiya.

Bu maqolada oʻzbek tillarida ornitonim bilan shugʻullangan

olimlarning fikrlari taxlil qilinadi. Tadqiqotda o‘zbek tilidagi qush nomlarini o‘rganish
asosida turkiy tillarga xos ornitonimlar tavsiflanadi. Tilshunoslikda qushlar timsolidagi
mifologik mavjudotlar “mifoornitonimlar” deb ataladi, maqolada ular go'yo ramziy
ma'no sifatida tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

olimlar,

ornitonimlar,

zoonimlar,

mifoornitonimlar,

tilshunoslik, til, leksema, qush nomlari, so‘zlar

Аннотация.

В статье анализируются мнения ученых, изучавших

орнитонимию в узбекских языках. В исследовании на основе изучения названий
птиц в узбекском языке описываются орнитонимы, характерные для тюркских
языков. В лингвистике мифологические существа, представленные в образах
птиц, называются «мифорнитонимами», в статье они анализируется как
символическое значение.

Ключевые слова:

ученые, орнитонимы, зоонимы, мифорнитонимы,

лингвистика, язык, лексема, названия птиц, слова

O‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiq etishni talab etadigan leksik

qatlamlardan biri qush nomlari (ornitonimlar)dir. Qush nomlarini lisoniy nuqtayi
nazardan o‘rganish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Tilshunoslik fanida ornitonimlarning til xususiyatlarini ilmiy asosda tadqiq
etish borasida qator jiddiy ishlar amalga oshirilganligi ilm ahliga, ayniqsa,
onomastlarga yaxshi ayon. Ma‘lumki hozirgi zamon turkiy tillaridagi zoologik
terminologiya chuqur tarixiy ildizlarga, qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek
adabiy til obidalariga borib taqaladi. Shuningdek, o’zbek tilshunosligida tilimizdagi
xayvon nomlari zoonim tushunchasi bilan ifodalanadi. Shuni unutmaslik zarurki,


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

88

xayvon leksemasi mazmunan “zoonym” va “arnitonim” leksemalaridan ancha keng
bo’lib, qisman ana shu ikki leksema mazmunini ham o’zida qamrab oladi. “Zoonim”
atamasi sut emezuvchilar oilasini, keng ma’noda esa nabotot olamiga nisbatan qarama-
qarshi, jonli-jonsiz zidlanishda butun hayvonot olamini o’zida aks ettiradi. Shu bolan
birga u ma’lum darajada qushlar olaminiyam o’z ichiga oladi. Turkiy xalqlar
hayotining qadimgi davrlaridayoq xayvon nomlari, zoonimlar va ornitonimlar bu tillar
leksikasinig ajralmas tarkibiy qisimi bo’lib kelgan. Jahon folklorida qushlar qanotli
bo‘lgani uchun osmon ilohlari bilan ham bog‘lanadi. Shuningdek, qushlar olov va suv,
ruh tushunchalari bilan bog‘lab talqin etilishi an’anaga aylangan. Jumladan,
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham qushlar masalan, Xvarna far
olov bilan bog‘lab talqin etilgani kuzatiladi. Qadimgi miflarda qush quyosh olovini
olib kelib, insonlarga yaxshilik qilgan jonzot sifatida ulug‘lanadi.

Sayena – Semurg

,

Humo

shunday qushlar obrazi hisoblanadi.

Xvarna Far

olov ma’budi, omad va tole

timsoli bo‘lib, u kimning boshiga qo‘nsa yoki soya solsa, unga baxt va iqbol ato etadi,
deb qaralgan.[ 1; 16] Turkiy xalqlarda burgut, qaldirg‘och shunday talqin qilinadi. Rus
mifologiyasidagi Olov qush

“Jarptisa”

obrazi ham shundan darak beradi. Qushlarning

suv bilan bog‘lab talqin etilganini Buxorodagi Varaxsha xarobalaridan topilgan qanotli,
qo‘shoyoq, yarmi qush, yarmi ayol surati ham tasdiqlay oladi. Bu suratda Semurg‘ va
suv ma’budasi Anaxita timsolining uyg‘unlashtirilgani anglashiladi. [2; 25]
Tilshunoslikda qush ko‘rinishidagi mifologik jonzotlar “mifoornitonimlar” deb
yuritiladi. Bunga

Semurg‘, Humo, Anqo, Bulbuligo‘yo, Samandar (Qaqnus)

kabilar

misol bo‘la oladi. Mifologik qushlar to‘qima obraz bo‘lib, ko‘pincha epik
qahramonlarga yetib bo‘lmas va xayolan tasavvur qilingan manzilga borishda,
bajarilishi imkonsiz bo‘lgan, aslida sodir bo‘lishi orzu qilingan ishni bajarishda
yordamchi, homiy obrazlarida gavdalantiriladi. Ular inson qiyofasiga evrilishi va inson
tilida gapira olishi bilan g‘aroyiblik kasb etadi. D.X.Bazarova o‘z tadqiqotida o‘zbek
tilida mavjud qush nomlarini o‘rgangan. Asrlar mobaynidagi tashqi aloqalar natijasida
o‘zbek tilida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar qush nomlarining variantlashuvi, dubletlar va
sinonimlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lganligi ta’kidlangan.Tadqiqotda o‘zbek
tilidagi qush nomlari tadqiqi asosida turkiy tillarga xos ornitonimlar tavsiflangan.

Ko‘pincha abadiy hayot, adolat va baxt, davlat timsollarini ifodalashga

xizmat qiluvchi, ertak va dostonlarda epik qahramonni o‘zga olamga olib borib,
olib keluvchi vazifasida talqin qilinadigan Semurg‘
obrazi dunyo xalqlari,
xususan, eron-so‘g‘d xalqlari folkloridagi mushtarak mifologik obrazlardan yana
biridir. Semurg‘
obrazi o‘zbek folklorida quyidagi epic vazifalarda talqin topgani
ko‘rinadi: 1. “Hayot daraxti” ining himoyachisi. 2.Uzoq masofalarni ko‘z ochib-
yumguncha bosib o‘tishga ko‘makdosh. 3. Yer osti mamlakatidan yer yuziga
chiqarib qo‘yuvchi qudratli qush. 4. Dono maslahatgo‘y. 5. Gʻaroyib xususiyatli
sehrli narsalarni qo‘lga kiritishda yaqin yordamchi. 6. Ikki olam – yer usti va yer


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

89

osti olami o‘rtasida vositachi. 7. Tupigi bilan davolovchi qush. 8. Taqdirni
oldindan bashorat qiluvchi. 9. Baxt va davlat in’om etuvchi. Yana o‘zbek folklori
namunalarida Semurg‘ quyidagi xarakter-xususiyatlarda tasvirlanadi: 1. Bolajon
qush. 2. Inson kabi bilag‘on, sezgir, dono qush. 3. Insonlardek rahmdil, mehr-
muruvatli, oqibatli va diyonatli qush. 4. Muruvvatli, saxovatli, najotkor qush.
5.Go‘shtxo‘r qush. 6. Juda balanparvoz qush. 7. Inson qiyofasiga evriluvchan
qush. 8. Podsho, hukmdor. 9. Bir pati yarim podsholikka teng oltin qanotli noyob
qush. 10. Qo‘rqmas, moʻjizakor qobiliyatga ega sehrli qush. Semurg‘ning bu kabi
badiiy vazifalari va xususiyatlari “Kenja botir”, “Semurg‘”, “Rustam”, “Xipcha
mergan”, “Qahramon”, “Guliqahqah”, “Zorliq bilan Mungliq” nomli bir qator
o‘zbek xalq ertaklari syujetida yorqin kuzatiladi. Bu ertaklarda Semurg‘
obrazi
timsoliy ma’no kasb etib, yetakchi personajlardan biri sifatida faoliyat
ko‘rsatgan. Ayrim ertaklarda Semurg‘
nomi ba’zan Anqo, Murg‘ufarmon, Humo,
Bulbuligo‘yo, Davlat qushi, Baxt qushi
kabi afsonaviy qushlarga o‘xshashlikda
tasvirlangan. Lekin aslida Semurg‘
obrazi o‘z ko‘rinishiga, badiiy vazifasiga
ko‘ra bu qushlardan farq qiladi.

K.Imomov tilsimli ertaklar o‘ziga xos poetik qurilishi bilan boshqa tip

ertaklardan ajralib turishini alohida qayd qilar ekan: “Semurg‘ qushlar zulm va
zo‘rlikni yengishda hal qiluvchi vazifani o‘taydi” deb yozadi.[3;82] Xalq og‘zaki
ijodi badiiy an’analarining bevosita ta’sirida o‘zbek mumtoz adabiyotida
Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarida, Alisher Navoiy “Lison ut-tayr”
dostonida Muhammad Gʻazzoliy kabi Semurg‘ timsolidan qushlar podshosi va
ramziy ma’noda Ollohning tasavvufiy obrazini aks ettirish uchun foydalanilgan.
Humo
ham o‘zbek folklorida ko‘p qo‘llanadigan mifologik qush turlaridan
biridir. U ko‘pincha davlat qushi, baxt qushi, jannat qushi timsollarida talqin
qilinadi. “Qurandoz” ertagida Humo qushi va uning xususiyatlari haqida fikr
yuritilgan. O‘zbek xalq ertaklarida uchraydigan yana bir mifologik qush obrazi
Bulbuligo‘yodir
. Uning nomi atalgan alohida ertak ham bor. “Olmos botir”
ertagida ko‘zi xiralashgan podshohning ko‘ziga Bulbuligo‘yoning sayrashi shifo
bo‘lishi aytiladi.

Adiblar asarlarining sarlavhalarini nomlashda ham ornitonimlardan

unumli foydalanilgan.

Qaldirg‘och

juda ko‘p xalqlarning qushlarga oid poetik

tafakkuri tizimida keng ramziy ma’no kasb etgan qushlar sirasiga kiradi. O.M.Ivanova-
Kazas “Mifologiya, folklor va san’atda qushlar” asarida qaldirg‘ochga ezgulik va baxt
darakchisi deya ta’rif beradi.[ 4;43]

Qaldirg‘och

ayrim xalqlarda kelin ramzi, uy va

rizq qo‘riqchisi ham hisoblangan.

Dunyo xalqlarining qarg‘aga nisbatan qarashlarida o‘ziga xos muayyan

o‘xshashliklar borligi alohida e’tiborni tortadi.

Qarg‘a

, odatda, o‘lim, urush, tabiiy ofat

va turli falokatlardan iborat yomon xabarlarni yetkazuvchi darakchi qush sifatida
qaraladi. U ko‘proq xazinalar saqlanadigan joylarda yashab, uzoq umr ko‘rishi,


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

90

donoligi aytiladi. Lekin qarg‘a qora rangli qush bo‘lganligi uchun ko‘pincha o‘lim,
yomonlik bilan bog‘lab talqin qilinadi. Butun dunyo xalqlari ertaklarida qarg‘a obrazi
uchraydi. Jumladan, o‘zbek xalq ertaklari orasida ham qarg‘a hatto bosh
qahramonlardan biri sifatida talqin etilganlari mavjud. Bunga bevosita “

Qarg‘a bilan

qo‘zi

”[ 5; 129] , “

Qarg‘a bilan kunjut

”[6;56] ertaklari misol bo‘la oladi. Ularda och

qarg‘a obrazi keltirilgan.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Insoniyatning ilk ajdodlariyoq qushlar hayotiga

alohida e’tibor qaratib kelgan. Shu asosda barcha xalqlar mifologiyasida qush kultiga
ishonch paydo bo‘lgan. Butun jahon xalqlarining mifologiyasi, og‘zaki va yozma
adabiyoti, tasviriy san’atida qush kultiga ishonch asosida qushlar obrazi shakllangan.
Ularning badiiy asar tarkibidagi o‘rni va poetik vazifalarini kuzatish orqali epik
qahramonga homiy yo raqib sifatida poetik talqin qilinish asoslari, insonning ruhiy
olam, o‘zga dunyo haqidagi tasavvur-tushunchalari ildizlarini ochish mumkin. Zero,
qushlar obrazi tadqiqi ularning badiiy evolyusiyasi, mifologik tafakkurning poetik
tafakkurga qarab rivojlanish yo‘llariyu qonuniyatlari haqidagi ilmiy tasavvur va
bilimlarni boyitishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR:

1.

Имомов К. Ўзбек фольклорида Ҳумо қуши // Ўзбек тили ва адабиёти.

2011. 5-сон, Б.25.

2.

Асқар М. Авесто таржимаси. Тарихий адабий ёдгорлик «Шарқ»,

2001. – Т. 384 -16 бб.

3.

Токарев С.А. Огонь / Мифы народов мира. Том 2. –М., 1997. 346-

348сс.

4.

Словарь античности. Пер. с нем. – М.: Прогресс, 1989. С.534

5.

Raximov X. Yetti oqqush (Olmon xalq ertaklari). – Toshkent: “Cho‘lpon”

nashriyoti, 1991. B. 264

6.

Jumayev Akmal Axmatovich. “Qush-ruh” bilan bog‘liq e’tiqodiy

qarashlarning nemis va o‘zbek ertaklaridagi o‘xshash talqini. // «Til, adabiyot, tarjima,
adabiy tanqidchilik: zamonaviy yondashuvlar va istiqbollar» halqaro ilmiy-amaliy
anjumani materiallari. Buxoro – 2022. - 234 bet. –B. 191-194.

7.

Носиров Ш. Диалектал орнитологияга оид кузатишлар // Ўзбек тили

ва адабиёти. - Тошкент, 1986. - № 4. - Б. 56-60

8.

Djumabaeva, J. S., & Avazmatova, M. M. (2022). International Journal of

Social Science Research and Review.

9.

Djumabaeva, J. S. (2015). Plesionymy and graduonymy in English and

Uzbek. European Journal of Literature and Linguistics, (2), 55-58.

References

Имомов К. Ўзбек фольклорида Ҳумо қуши // Ўзбек тили ва адабиёти. 2011. 5-сон, Б.25.

Асқар М. Авесто таржимаси. Тарихий адабий ёдгорлик «Шарқ», 2001. – Т. 384 -16 бб.

Токарев С.А. Огонь / Мифы народов мира. Том 2. –М., 1997. 346-348сс.

Словарь античности. Пер. с нем. – М.: Прогресс, 1989. С.534

Raximov X. Yetti oqqush (Olmon xalq ertaklari). – Toshkent: “Cho‘lpon” nashriyoti, 1991. B. 264

Jumayev Akmal Axmatovich. “Qush-ruh” bilan bog‘liq e’tiqodiy qarashlarning nemis va o‘zbek ertaklaridagi o‘xshash talqini. // «Til, adabiyot, tarjima, adabiy tanqidchilik: zamonaviy yondashuvlar va istiqbollar» halqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Buxoro – 2022. - 234 bet. –B. 191-194.

Носиров Ш. Диалектал орнитологияга оид кузатишлар // Ўзбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1986. - № 4. - Б. 56-60

Djumabaeva, J. S., & Avazmatova, M. M. (2022). International Journal of Social Science Research and Review.

Djumabaeva, J. S. (2015). Plesionymy and graduonymy in English and Uzbek. European Journal of Literature and Linguistics, (2), 55-58.