"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
130
ISHBILARMONLIK MULOQOTIDA OG‘ZAKI VA YOZMA
NUTQNING PRAGMATIK-USLUBIY XUSUSIYATLARI
Eshchanov S.E.
O‘zMU, mustaqil tadqiqotchi
+998946313332
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ishbilarmonlik muloqotida og‘zaki va yozma
nutqning pragmatik hamda stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Unda kommunikativ
aktda til vositalarining qanday pragmatik maqsadlarga xizmat qilishi, tinglovchi va
o‘quvchiga ta’sir o‘tkazishdagi roli yoritilgan. Leksik va grammatik birliklarning
tanlovi, ularning ijtimoiy, kasbiy va kommunikativ talablar asosida qo‘llanishi ilmiy
asosda bayon etiladi. Xususan, biznes sohasida ishlatiladigan yozma hujjatlar – ish
xatlari, rasmiy yozishmalar va ularning muloqot samaradorligiga ta’siri ko‘rib
chiqiladi. Maqola yozma va og‘zaki nutq o‘rtasidagi uslubiy tafovutlarni ochib beradi
hamda ishbilarmonlik aloqlarida tilning kommunikativ funksiyasini yoritadi.
Kalit so‘zlar:
ishbilarmonlik muloqoti, og‘zaki nutq, yozma nutq, pragmatika,
stilistika, leksik birliklar, grammatik me’yorlar, biznes xatlari, kommunikativ talablar,
yozishma madaniyati.
Аннотация:
В данной статье анализируются прагматические и
стилистические особенности устной и письменной речи в деловом общении.
Раскрывается роль языковых средств в коммуникативном акте, их влияние на
слушателя и читателя. Рассматривается выбор лексических и грамматических
единиц с учётом социальных, профессиональных и коммуникативных
требований. Особое внимание уделяется письменным деловым документам –
деловым письмам, официальной переписке и их влиянию на эффективность
общения. Статья выявляет стилистические различия между устной и письменной
речью, подчеркивая коммуникативную функцию языка в деловых отношениях.
Ключевые слова:
деловое общение, устная речь, письменная речь,
прагматика, стилистика, лексические единицы, грамматические нормы, деловые
письма, коммуникативные требования, культура переписки
Abstract:
This article analyzes the pragmatic and stylistic features of spoken and
written speech in business communication. It explores the communicative function of
linguistic means and their role in influencing listeners and readers. The choice of
lexical and grammatical units is discussed based on social, professional, and
communicative requirements. Particular attention is paid to written business
documents such as business letters and official correspondence, highlighting their role
in enhancing communication effectiveness. The article reveals stylistic differences
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
131
between oral and written speech and emphasizes the communicative function of
language in business interactions.
Keywords:
business communication, spoken speech, written speech, pragmatics,
stylistics, lexical units, grammatical norms, business letters, communicative
requirements, correspondence culture
Ishbilarmonlik munosabatlarining maqsadi tinglovchining qiziqishini uyg‘otish,
unga ta’sir o‘tkazish, uni ishontirish va muvaffaqiyatli muloqotga erishish ekanligini
allaqachon aytgan edik. Bu maqsad tinglovchilarning ma’ruzachi nutqini
ma’qullashiga va uni yanada rivojlantirishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun biz biznes
munosabatlaridagi dialogni bog‘langan nutq deb ataymiz.
Ish munosabatlarida og‘zaki nutqning pragmatik normalari ikki turga
bo‘lish mumkin:
1
.
Leksik yondashuvlardan foydalanishda pragmatik me’yor;
2. Grammatik usullardan foydalanishda pragmatik me’yor.
Tinglovchida alohida taassurot yaratish maqsadida leksik usullardan
foydalaniladi. So‘z nafaqat tushunish vositasi, balki tinglovchining qiziqishini
oshirish,
uning suhbatda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish vazifasini ham
bajaradi. Bundan
kelib chiqadiki, leksik usullarning
pragmatik maqsadi - tinglovchiga ma’lumotni
tushunarli tarzda yetkazish va uning
qiziqishini uyg‘otishdir.
Tinglovchiga alohida ta’sir ko‘rsatish uchun ishlatiladigan leksik birliklar
qatoriga leksik sinonimlar, frazeologik sinonimlar, maqollar, muntazam
ishlatilinadigan maxsus so‘z birikmalari kiradi. Ular nutq davomida tinglovchining
idrok etishiga psixologik xalaqit beradigan fikrlarning takrorlanishi, asabiylashish,
sarosimaga tushish kabi omillarning yuzaga kelmasligini ta’minlaydi,
Grammatik yondashuvlar
muloqot madaniyati orqali adresat bilan
uyg‘unlashishga qaratilgan. Masalan hurmatni ifodalovchi iboralar, “h
urmatli…” yoki
“Madam…”
tadbirkorlik aloqalarida grammatik bir butunlik bo‘lib kelishdan tashqari
axloqiy kommunikativ vazifalarni bajaradi.
Yuqorida qayd etilgan olimlarning xulosalarini tahlil qilib, biz biznes
munosabatlaridagi og‘zaki nutqning individual turi o‘zining ijtimoiy funksiyasiga
qarab maqsadli pragmatikaga ega degan xulosaga keldik. Ma’ruzachi nutq
so‘zlayotganda qanday til vositalari va qoidalariga amal qilishini oldindan
rejalashtiradi. So‘zlovchi nutq vositalarini tinglovchining ijtimoiy mavqeiga ko‘ra
tanlaydi. Shu munosabat bilan nutq jarayonida qo‘llanadigan til birliklari pragmatik
maqsadlarda qo‘llaniladi. Ular quyidagi uch xil talab darajasida aniqlanishi mumkin:
1. Kommunikativ talablardan kelib chiqadigan til vositalaridan foydalanish;
2. Kasbiy talablardan kelib chiqadigan til vositalaridan foydalanish;
3. Leksik-grammatik talablardan kelib chiqadigan til vositalaridan foydalanish.
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
132
Kommunikativ talablardan kelib chiqadigan stilistik ko‘rsatkichlar
qatoriga axloqiy me’yorlarni belgilovchi til birliklarini kiritish mumkin. Masalan:
“Xayrli kun!”, “Hurmatli …!”, “Assalomu alaykum?!”, “Rahmat”, “Ruxsatingiz
bilan!” “Agar ruxsat bersangiz!”, “Kechirasiz”, “Tanishganimdan xursandman!”
va
hokazo. Bunday tillardan foydalanishsiz ishbilarmonlik muloqotini tasavvur qilish
imkonsiz
Kasbiy talablardan kelib chiqadigan stilistik ko‘rsatkichlar ish va kasbga
oid bilim, ko‘nikma
va bilimlarni ko‘rsatadigan til birliklari bilan bog‘liq. Bu har bir
biznes sohasining
o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Binobarin, og‘zaki nutqda
har kim o‘z sohasiga oid professional
so‘zlardan o‘rinli foydalanadi, bu esa
ishbilarmonlik muloqotida
professional uslub ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
Grammatik talablardan kelib chiqadigan stilistik ko‘rsatkichlar nutq
jarayonida adabiy til me’yorlaridan, ya’ni so‘zlarni to‘g‘ri bog‘lash, to‘g‘ri gapirish,
to‘g‘ri talaffuz qilish me’yorlaridan kelib chiqadi. Bu me’yorlarga to‘g‘ri
amal qilingan taqdirdagina tinglovchilar ma’lumotni to‘g‘ri qabul qiladi va
tushunadi.
Ishbilarmonlik munosabatlarida yozma nutq masalasini yozma nutq bilan
bog‘liq psixologik tadqiqotlar asosida tizimlashtirish va uni muloqot turi sifatida ko‘rib
chiqish maqsadga muvofiqdir. “Yozma ishbilarmonlik aloqasi maqsadlar va
pozitsiyalarning yaqinlashishini, samarali hamkorlikni va sheriklikni yaxshilashga
qaratilgan”, deydi Jiang Qun va Chjan Vey.
Yozma ishbilarmonlik aloqasi tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari ishini
samarali va oqilona olib borishning bir usuli. Bu mehnat unumdorligini oshirish,
xodimlar tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishish, biznes sheriklari, raqobatdosh
firmalar, mijozlar bilan kerakli darajada o‘zaro aloqani ta’minlash imkonini beradi.
Ishbilarmonlik munosabatlari paytida kommunikativ aktda yozma nutqning
vazifasi ish xatlari orqali amalga oshiriladi. Biz ularni biznes munosabatlarida yozma
nutq vositasi sifatida tan olamiz. Shunday qilib, ish xatlari kommunikativ aktda faol,
dinamik xususiyatga ega bo‘lgan hujjat bo‘lib, yozma ish munosabatlarida yozma nutq
vositalariga kiradi. Ularning kommunikativ faoliyati statik (barqaror, harakatsiz)
shakldagi faoliyatga tegishlidir.
Tadbirkorlik aloqalarini o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etuvchi biznes
hujjatlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, ular hujjatlari
birinchidan,
o‘zgarmas shablon,
sxemaga,
ikkinchidan
aniqlik va ixchamlikka asoslanadi. Ixchamlik bayonning
yaxlitligida, til vositalaridan unumli foydalanishda, aniqlik esa ish-harakatning aniq,
hissiyotsiz bayonida namoyon bo‘ladi.
Biznes hujjatlari til modeli jihatidan o‘xshash, ammo foydalanish nuqtai
nazaridan ularning turli funksiyalari o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rsatadi. Yozma
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
133
ishbilarmonlik aloqalarining turlarini biz an’anaviy biznes munosabatlari, rasmiy
biznes aloqalari, sheriklik biznes aloqalari deb tasniflaymiz.
An’anaviy ish munosabatlari
tashkilot rahbari va shaxslar o‘rtasidagi
aloqani
amalga oshiradigan xatlar funksiyasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu turdagi
biznes munosabatlariga barcha kasb egalari kirishadi.
Tashkilot rahbari va xodimlar o‘rtasidagi yozishmalar faoliyatidan rasmiy
ish munosabatlari paydo bo‘ladi. Ishbilarmonlik munosabatlarining ushbu turiga
tashkilot rahbari va tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari kiradi. Ikki yoki
undan ortiq tashkilot rahbarlari va mutaxassislar o‘rtasidagi aloqani amalga
oshiradigan xatlar sheriklik ishbilarmonlik munosabatlarini shakllantiradi. Sheriklik
ishbilarmonlik munosabatlarini amalga oshirish yo‘llari quyidagicha:
1) bir tashkilot rahbari boshqa tashkilot rahbariga foydali masala bo‘yicha
yozma ma’lumot beradi, taklif kiritadi va unga javob oladi;
2) tashkilot rahbari yuqori kasbiy salohiyatga ega ijodkor mutaxassisga kasbni
qayta tiklash, yuksak muvaffaqiyatlarga erishish yo‘lida birgalikda harakat qilish va
unga javob olish uchun yozma taklif kiritadi.
Rasmiy ish munosabatlari bayonot, rasmiy xat
orqali amalga oshiriladi.
Hisobot va rasmiy xatning vazifasi tashkilot rahbari va tashkilotning tarkibiy
bo‘linmalarining mansabdor shaxslari, xodimlari o‘rtasida munosabatlarni
o‘rnatishdan iborat.
Har xil turdagi leksik va stilistik birikmalar bilan birlashtirilgan, o‘ziga
xos maqsadga muvofiqlik va pragmatik tartibga ega bo‘lgan maxsus birliklar
(superfraza birliklari) ishbilarmonlik xatlari matniga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni
o‘z ichiga oladi.
Yozma
ishbilarmonlik
aloqasi vositalari
kommunikatorlarning
jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy mavqei, faoliyati va mavzulariga qarab har xil bo‘ladi.
N.I.Kuznetsov yozma ishbilarmonlik aloqalarini professional imidjni shakllantirish,
ishbilarmonlik aloqalarini samarali tashkil etish va olib borish usuli deb ataydi.
Yozma ishbilarmonlik aloqa vositalarining stilistik xususiyatlarini bilish
professional imidjni shakllantirishga va ishbilarmonlik muloqotini samarali tashkil
etishga katta hissa qo‘shadi. Ishbilarmonlik sohasidagi odamlar o‘z maqsad va
vazifalariga yozma aloqa vositalaridan to‘g‘ri va muvaffaqiyatli foydalanish orqali
erishadilar. Yozma muloqot vositalaridan kommunikativ maqsadiga muvofiq
foydalanish uchun har bir kishi o‘zining belgilangan me’yorlari va uslubiy
xususiyatlarini bilishi kerak. Bu faoliyatni tizimli va muvaffaqiyatli amalga oshirishga
yordam beradi.
Biznes-ish xatlarida semantik noaniqlikka asoslangan jumlalar
bo‘lmasligi kerak. Bunday jumlalar bilan qabul qiluvchi muallifni tushunmasligi
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
134
mumkin. Bu vaqtda aloqa muvaffaqiyatsiz tugaydi. Agar bu talablar bajarilmasa, bir
xil matn turlicha tushunilishi, bir xil holatni turlicha ko‘rilishi (baholash) mumkin va
bu, o‘z navbatida, muloqotda qiyinchilik tug‘diradi
Shunday qilib,
yozma nutqning og‘zaki nutqdan farqi shundaki,
kommunikatorlar muloqot jarayonida kodlangan matndan foydalanadilar. Biznes xati
orqali muloqot qilishda kommunikatorlar bir-birlarini ko‘rmaydilar, shuning uchun
xabarni qabul qiluvchiga tushunarli bo‘lishini ta’minlash uchun stilistik tizim
qo‘llaniladi. Biznes xatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ham axborot, ham
kommunikativ maqsadlarda qo‘llaniladi.
FODALANILGAN ADBIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Клаус Э. Сила слова. Перевод с русского языка. – М.: Прогресс, 1967.
– 102 с.
2.
Цзян Цюнь., Чжан Вей. Письменная деловая коммуникация:
краткий обзор // http://elib.bsu.by/bitstream/123456789/199451/1/ дата обращения,
2019. – 84-91 c.
3.
Галперин И.Р. Текст как объект лингвистического исследования. –
М.: КомКнига, 2006. – 144 с.
4.
Кузнецов И. Н. Деловое общение. – М., 2012. – 528 с.
5.
Shokhayeva K.N. Functional stylistic features of Business letters in
French and Kazakh languages// Халықаралық ғылыми тәжірибелік конференция
жинағы. –Анкара, 2019. – 346 б.
6.
Nematov, O. (2022). HEAVY INDUSTRY INFRASTRUCTURE IN
JIZZAKH PROVINCE: ACHIEVEMENTS, PROBLEMS AND SOLUTIONS.
International Journal Of History And Political Sciences, 2(11), 41-44.
