Authors

  • Saidova Durdona Akrom qizi
    O‘zMU Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.83423

Keywords:

yoshlar leksikasi sotsiolingvistika sinonimlar o’zlashtirma so’zlar jargon vulgarizm neologizm

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi zamon nemis tilida yoshlar leksikasi tushunchasi, ushbu leksikada uchrovchi sinonimlar va ularning turlari, nemis yoshlari leksikasigi sinonimlarning semantik xususiyatlari haqida so’z yuritilgan.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

193

ZAMONAVIY NEMIS YOSHLAR LEKSIKASIDAGI SINONIMLAR VA

ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Saidova Durdona Akrom qizi

O‘zMU Xorijiy filologiya fakulteti

Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi

saidova-durdona@mail.ru

Abstract

: This article discusses the concept of youth lexicon in contemporary

German, the synonyms and their types found in this lexicon, and the semantic
properties of synonyms in the German youth lexicon.

Keywords

: youth lexicon, sociolinguistics, synonyms, jargon, vulgarism,

neologism

Аннотация

: В данной статье рассматривается понятие молодежной

лексики в современном немецком языке, встречающиеся в этой лексике
синонимы и их виды, а также семантические особенности синонимов в немецкой
молодежной лексике.

Ключевые слова

: молодежная лексика, социолингвистика, синонимы,

сленг, вульгаризм, неологизм.

Annotatsiya

: Ushbu maqolada hozirgi zamon nemis tilida yoshlar leksikasi

tushunchasi, ushbu leksikada uchrovchi sinonimlar va ularning turlari, nemis yoshlari
leksikasigi sinonimlarning semantik xususiyatlari haqida so’z yuritilgan.

Kalit so’zlar:

yoshlar leksikasi, sotsiolingvistika, sinonimlar, o’zlashtirma

so’zlar, jargon, vulgarizm, neologizm


Zamonaviy nemis tilida yoshlar leksikasi (Jugendsprache) dinamik va doimiy

o‘zgarib turadigan lingvistik registr bo‘lib, psixolingvistik jihatdan ushbu til
yoshlarning o‘zligini ifoda etish usullaridan biri hamdir. Ushbu maqolada hozirgi
nemis yoshlar leksikasidagi sinonimlar ko'rib chiqilgan bo’lib, bunda yoshlar
o'zlarining shaxsiyatlarini ifodalash va ijtimoiy rishtalarni mustahkamlash uchun tildan
ijodiy foydalanishlarini, ushbu til hodisalarining paydo bo‘lishi, qo‘llanilishi va
ijtimoiy ahamiyatini yoritib beradi.

Yoshlar leksikasi ma'lum yosh darajasidagi yoshlarning turli xil guruhlari

tomonidan turli xil davrlarda qo‘llanilgan yoki qo‘llanib kelinayotgan so‘zlar yoki
iboralarni tashkil etadi. Zamonaviy yoshlar leksikasi tadqiqotlarida birinchi bo’lib
mashhur tilshunos olim Helmut Henne sotsial-psixologik kategoriyalarga asoslangan
aspektni qo’lladi va bu aspekt mazkur tadqiqotlarning keyingi rivojlanishi uchun juda
muhim ahamiyat kasb etdi.

Helmut Henne yoshlar leksikasini faqatgina yoshlargagina

xos bo’lgan maxsus og’zaki va yozma holdagi uslub sifatida baholagan

. [1;200.]

Bugungi kunga kelib esa Peter Schlobinski, Gaby Kohl, Irmgard Ludewigt kabi olimlar


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

194

tomonidan kompleks til registeri sifatida qaralmoqda. [2;12.] Shuni ta'kidlab o‘tish
kerakki, bunday leksikani butun dunyo bo’ylab ko‘plab tillarda kuzatish mumkin.
Ushbu leksika odatda teng yoshlilar o‘rtasida qo‘llaniladi hamda bunda yangi so‘zlar
odatdagidan ko‘ra juda tez tarqaladi.

Nemis tilida so’zlashuvchi yoshlar leksikasi so’z boyligida sinonimlar va

dubletlar salmoqli o’rin tutadi. Yoshlar leksikasi yangi so’zlar orqali boyib borishi bilan
mazkur leksikada uchrovchi o’zaro sinonim so’zlar soni ham ortib boradi. Yoshlar
leksikasida uchrovchi sinonim va dubletlarni yasalish, paydo bo’lish usuliga ko’ra bir
necha turlarga bo’lish mumkin. Ulardan asosiylarini quyida ko’rib chiqamiz.

1. Standart – substandart sinonim juftliklar. Bunday sinonim juftliklar yasalishiga ko’ra
bir vaqtning o’zida standart va substandart tildan kelib chiqqan bo’ladi:

Zigarette:

Kippe, Hand: Pfote, Geld: Kohle: Knete: Moos, urinieren/ regnen: pissen/ schiffen

va

boshqalar. Bunday juftliklar substandart tilga xos qismi ko’pincha metafora usulida
orqali vujudga keladi va so’zlovchining tashqi muhitga bo’lgan ichki munosabatini
ifodalaydi. Ular ko’p hollarda kompositada va frazeoleksemalarda yasaladi. Yoshlar
leksikasida uchrovchi bunday sinonimik juftliklar sifatida

Gitarre: Klampfe, Musik:

Mucke

kabilarni keltirishimiz mumkin.

2. Substandart uchun standart tildagi so’zning qo’llanishi. Bunda substandart tildan
kelib chiqqan so’z yoki ibora uchun sinonim tariqasida standart tildagi yoki ilmiy
tildagi so’z qo’llaniladi. [3;399] Masalan,

das ist der Hammer

:

der Axt

yoki salbiy

ma’noni beruvchi signal so’z

null!

uchun boshqa variantda

zero!

ishlatiladi. Bunda

ba’zida hazil tarzida qo’llanuvchi dublettlarni ham keltirish mumkin:

Vorab – tape:

Vorab – zelluloidspulenkopie

.

3. Vulgarizmlar. Mazkur nuqtada aniq, o’z ma’nosidagi va ko’chma ma’nodagi
vulgarizmlar o’zaro farqlanadi. Aniq ma’nodagi vulgarizmlar o’rnida ko’pincha
evfimizmlar (Euphemismen) (Abort: Scheißhaus) yoki ilmiy tildagi so’zlar,
tushuntirishlar keladi (Samen: Wixe). Ko’chma ma’nodagi vulgarizmlar o’rnida
sinonimlar qo’llanilganda baholashni bildiruvchi so’zlar (

schlecht: scheiße: kacke)

va

shuning bilan birga mavhum so’zlar ham qo’llaniladi (

Angst: Schiß, Betrug: Beschiß

).

Yoshlar o'z tilida individuallik va ijodkorlikka intiladi. Sinonimlar ifodani

o'zgartirish va monotonlikdan qochish usulini ta’minlaydi. Turli xil sinonimlardan
foydalangan holda, o'smirlar ma'no yoki konnotatsiyadagi nozik farqlarni ta'kidlashlari
va shaxsiy o'ziga xosligini ta'kidlashlari mumkin.

Sinonimlar ham turli yosh orasidagi guruhlarga xos bo'lishi mumkin. Turli

ijtimoiy guruhlar ichida ma'lum so'zlar yoki iboralar tegishlilik va o'ziga xoslikni
bildirish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ma'lum bir sinonimdan foydalanish
ijtimoiy mavqe yoki guruhga a'zolik ko'rsatkichi bo'lishi mumkin.

Yangi sinonimlarning paydo bo'lishiga media landshaft, ayniqsa, ijtimoiy

tarmoqlar sezilarli ta'sir ko'rsatadi. So'z va iboralar tez tarqalib, yoshlar madaniyatiga


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

195

ta'sir qiladi. Pop madaniyati, musiqa va internet memlari yangi lingvistik shakllarni
yaratish va tarqatishga yordam beradi.

Yoshlar tilida turli ma'no va bo’yoqdorlikka ega bo'lgan ko'plab sinonimlar

mavjud. Bu sinonimlar yoshlar uchun mavjud bo'lgan ifoda va ijodiy imkoniyatlarning
rang-barangligini ko'rsatadi:
• Ijobiy ma‘noda: „cool“, „krass“, „mega“, „nice“, „geil“, „episch“
• Salbiy ma‘noda: „scheiße“, „kacke“, „uncool“, „cringe“, „fail“
• do’st/dugona: „Bro“, „Digga“, „Mate“, „Homie“, „Babe“
• rohatlanish: „chillen“, „abhängen“, „feiern“, „gönnen“
Yoshlar tilidagi sinonimlar ko'pincha qisqa muddatli bo'ladi. Bugun mashhur bo'lgan
so'z ertaga modadan chiqib ketishi mumkin. Bu tebranish yoshlar tilining dinamikligini
va yangi tendentsiyalarga doimiy moslashishni ko'rsatadi. Sinonimlar turli qiymatlarga
ega bo'lishi mumkin. Ba'zi so'zlar ijobiy ma'noni anglatadi, boshqalari esa salbiy yoki
neytral. Bu farqlar o'smirlar o'rtasidagi ijtimoiy dinamikani tushunish uchun muhimdir.

Hozirgi zamon nemis yoshlari leksikasiga chet tilidan o’zlashgan so’zlarning

o’rni katta bo’lib, yoshlar leksikasiga ingliz tilidan o‘zlashgan so’zlarning sinonimlik
xususiyati haqida so’z yuritganda aytish mumkinki, yoshlar leksikasidagi ingliz tilidan
o’zlashgan so’zlarni ikki katta guruhga bo’lish mumkin: kundalik so’zlashuvda
qo’llanuvchi oddiy so’zlar va ilmiy jargonlar. [4;156] Yoshlarning kundalik
so’zlashuvida ko’p qo‘llanuvchi o’zlashma so’zlar ko’pincha tor doiradagi semantik
o’lchovga ega bo’ladi. Lekin shu bilan birga ular nemis tilidagi aynan shu ma’noni
beruvchi so’zlar bilan sinonimlik xususiyatiga ega bo’ladi. Bunday so’zlar ko’pincha
sotsial-stilistik belgilarga ega bo’ladi. Chet tilidan o’zlashgan kundalik turmushda
ishlatiluvchi va maxsus jargon sinonimlar anglisizmlarni tadqiq qiluvchi olimlar
tomonidan „Luxus-Lehnwӧrter“ deb ataladi. [ 5;188] Bularga qo’shimcha tarzda aytish
mumkinki, yuqoridagi kabi so’zlar so’zlovchi tomonidan ichki xohish, orginallik va
fikrni ifodalashdagi tilga xos bo’lgan turfa xillik namoyon etish uchun ham
qo’llaniladi. Ushbu sinonimlarni mana shu jihatdan yondashgan holda tadqiq etilganda,
ularning bir til ichida paydo bo’luvchi neologizmlardan farqi qolmaydi.
Yoshlar tilidagi sinonimlarni o‘rganish tilshunoslikning turli sohalari bo‘yicha aktual
tadqiqotlarni talab qiladi va qimmatli fikrlarni beradi:
• Sotsiolingvistika: Ayrim sinonimlarni tanlashga qanday ijtimoiy omillar ta'sir
qiladi? Ular shaxsiyatni yaratishga qanday hissa qo'shadilar?
• Leksik semantika: Turli sinonimlarning ma’no tuslari qanday farqlanadi va ular
o‘rtasida qanday semantik munosabatlar mavjud?
• Til o‘zgarishi: yangi sinonimlar qanday paydo bo‘ladi va tarqaladi? Qanday qilib
ular yana iste’moldan chiqadi?
• Psixolingvistika: sinonimlar miyada qanday qayta ishlanadi? Sinonimlarni qayta
ishlashda yosh va ijtimoiy guruh rol o'ynaydimi?


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

196

Nemis yoshlar tilidagi sinonimlar tahlili bu til yoshlarning ijodkorligi va

dinamikligini ko'rsatadi. Yoshlar o‘zligini ifodalash, ijtimoiy rishtalarni
mustahkamlash va boshqa guruhlardan ajralib turish uchun tildan foydalanadilar.
Ushbu hodisalarni o'rganish tilshunoslik uchun yangi istiqbollarni ochadi va tilning
jonli va doimiy o'zgaruvchan tizim sifatida qanday ishlashini ko'rsatadi. Yoshlar tili
zamonaviy jamiyatda tildan foydalanish bo'yicha qimmatli tushunchalarni berishda
davom etishi mumkin bo'lgan qiziqarli tadqiqot sohasi bo'lib qolmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

1.

Henne H. Jugend und ihre Sprache. Darstellung, Materiellen, Kritik. Berlin/New
York. 1986.

2.

Schlobinski P., Kohl G, Ludewigt I. Fiktion und Wirklichkeit. Opladen, 1993.

3.

Androutsopoulos J.K. Deutsche Jugendsprache. Untersuchungen zu ihren
Strukturen und Funktionen. Frankfurt am Main; Bern; New York; Paris; Wien,
Lang, 1998.

4.

Gloy K.B., Cailleux H.J.M. Bericht zum Zusammenhang von sozialen Wandel
und Sprachwandel. Rehburg, 1985.

5.

Ehmann H. Neues Lexikon der Jugendsprache. Mϋnchen, 1996.

6.

Turdialiyeva, S., & Jalolova, S. (2024). INTEGRATED METHODS IN
MODERN LANGUAGE TEACHING. Builders Of The Future, 4(04), 322-329.

7.

Jalolova, S., & Turdialieva, S. (2023). THE EFFICIENCY OF USING
DFFERENT MODERN METHODS IN LANGUAGE TECHING. Builders Of
The Future, 1(01).

References

Henne H. Jugend und ihre Sprache. Darstellung, Materiellen, Kritik. Berlin/New York. 1986.

Schlobinski P., Kohl G, Ludewigt I. Fiktion und Wirklichkeit. Opladen, 1993.

Androutsopoulos J.K. Deutsche Jugendsprache. Untersuchungen zu ihren Strukturen und Funktionen. Frankfurt am Main; Bern; New York; Paris; Wien, Lang, 1998.

Gloy K.B., Cailleux H.J.M. Bericht zum Zusammenhang von sozialen Wandel und Sprachwandel. Rehburg, 1985.

Ehmann H. Neues Lexikon der Jugendsprache. Mϋnchen, 1996.

Turdialiyeva, S., & Jalolova, S. (2024). INTEGRATED METHODS IN MODERN LANGUAGE TEACHING. Builders Of The Future, 4(04), 322-329.

Jalolova, S., & Turdialieva, S. (2023). THE EFFICIENCY OF USING DFFERENT MODERN METHODS IN LANGUAGE TECHING. Builders Of The Future, 1(01).