Authors

  • Xoliyorova Charosxon Davron qizi
    Erkin tadqiqotchi. O’zMU. Xorijiy til va adabiyot kafedrasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.83431

Keywords:

neyrolingvistika detektiv hayajon qo’rquv o’ng yarimshar va chap yarimshar miya

Abstract

Neyrolingvistika zamonaviy tilshunoslikning yangi sohasi hisoblanib u til va nerv sistemasi kesishuvida hosil bo’ladigan nutqdagi muommolarni o’rganadi. Ushbu maqolada A. Christiening “The ABC murders” nomli detektiv asari qahramonlari nutqida hosil bo’lgan muommolarni tahlil qilinadi. Unda asosan qahramonlarimizda kuchlai hayajon yoki qo’rquv bo’lgan vaqtda yuzaga kelgan nutqiy muommolar o’rganildi.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

230

DETEKTIV ASARLAR QAHRAMONLARIDA NEVROLINGVISTIK

MUOMMOLARNING YUZAGA KELISHI

(Agatha Christiening “The ABC murders” qahramonlari talqinida)

Xoliyorova Charosxon Davron qizi

77 373 01 05

Charosxondavronovna@gmail.com

Erkin tadqiqotchi. O’zMU. Xorijiy til va adabiyot kafedrasi

Annotatsiya:

Neyrolingvistika zamonaviy tilshunoslikning yangi sohasi

hisoblanib u til va nerv sistemasi kesishuvida hosil bo’ladigan nutqdagi muommolarni
o’rganadi. Ushbu maqolada A. Christiening “The ABC murders” nomli detektiv asari
qahramonlari nutqida hosil bo’lgan muommolarni tahlil qilinadi. Unda asosan
qahramonlarimizda kuchlai hayajon yoki qo’rquv bo’lgan vaqtda yuzaga kelgan nutqiy
muommolar o’rganildi.

Kalit so’zlar:

neyrolingvistika, detektiv, hayajon, qo’rquv, o’ng yarimshar va

chap yarimshar miya

Annotation:

Neurolinguistics is a new field of modern linguistics that studies

speech problems that arise at theintersection of language and the nervous system. This
article analyzes the speech problems of the characters in A. Christie’s detective story
“The ABC murders”. It mainly studies the speech problems that arise when our
characters are in a state of strong excitement or fear.

Keywords:

neurolinguistics, detective, excitement, fear, right hemisphere and

left hemisphere of the brain

Аннотация

: Нейролингвистика — новое направление современной

лингвистики, изучающее речевые проблемы, возникающие на стыке языка и
нервной системы. В данной статье анализируются речевые проблемы
персонажей детективного романа А. Кристи «Убийства по алфавиту». В
основном изучаются речевые проблемы, возникающие, когда наши персонажи
находятся в состоянии сильного волнения или страха.

Ключевые слова

: нейролингвистика, детектив, волнение, страх, правое и

левое полушарие мозга


Inson tanasi, uning harakatlari mukammal va ular necha yillardan beri olimlar

qiziqishini o’ziga jalb qilib kelmoqda. Inson bosh qismida joylashgan miya barcha tana
a’zolarining boshqaruv tizimi ekanligi bugungi kunda barchaga ayon. Eramizdan
avvalgi 3500 yillardayoq miya va uning ahamiyati olimlar e’tiboriga tushib
ulgurgan[2:566]. Ularning fikriga ko’ra, bosh suyagining muayyan qismidagi jarohat
tananing boshqa a’zolariga ham ziyon yetkazishi mumkin. Shu sababdan ular inson


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

231

a’zolari va ularning faoliyati miyaning turli maydonlariga bog‘liq, deb hisoblaganlar.
Ayniqsa, Gippokrat, Gerofil, Platon, Demokrit, Aristotel, Galen kabi zabardast faylasuf
olimlarning xulosalari asosida o‘sha qadimgi davrlardanoq inson tanasining har bir
a’zosi faoliyati miya bilan aloqador ekanligi ta’kidlangan.

Insonni boshqa mavjudodlardan ajratib turuvchi til va uning ishlash mexanizmi

ham aynan miya faoliyatiga bog’liq, ayni paytda tilning miya bilan bog‘liqligi, ularning
ayro holdagi tuzilishi, nutqiy faoliyat, nutqiy buzilishlar kabi hodisalarni o‘rganuvchi
zamonaviy soha – neyrolingvistika jadal rivojlanish bosqichida turibdi.
Takidlanishicha “neyrolingvistika nevrologiya va tilshunoslik chorrahasida paydo
bo‘lgan fan sohasidir. Uni o‘rganishning asosiy obyekti nutq xatti-harakatlarining miya
mexanizmiga nisbatan til tizimidir. Neyrolingvistika, shuningdek, nutqiy faoliyat
mexanizmlarining jarayonlarini, til, tafakkur va inson ongi o‘rtasidagi munosabatlarni,
nutqiy bayonotlarni yaratish usullarini o‘rganadi” [4:53]. Yuqoridagi fikrlarga tayanib
aytish mumkinki, neyrolingvistika nutqning paydo bo’lishi va nutq jarayonida yuzaga
keladigan muommolarni o’rganadigan tilshunoslikning zamonaviy sohalaridan biridir.

Kuzatishlarimiz davomida inson nutqidagi muommoning sabablari doirasida

qattiq hayajon yoki qo’rquv ham mavjudligi ma’lum bo’ldi. His-tuygʻular kishining
oʻz hayotida nimalar yuz berayotgani, nimalarni bilib olayotgani yoki nima bilan
mashgʻul boʻlayotganiga nisbatan ichki ehtirosli munosabatidir. His-tuygʻularni
boshdan kechirishning turli ko’rinishlari, hususan – hayajon, affekt, kayfiyat, stress
(kuchli asabiylashish), ehtiros singari koʻrinishlari mavjud.
Olimlar miyani o’rganishi davomida qiziqarli bir hodisani kuzatishdi unda inson biror
bir voqea sababli hissiy tajribaga ega bo’lganda, o’ng yarimsharning miya to’lqinlari
juda faollashadi va yarimsharning miya to’lqinlarini bostiradi. Ya’ni kishi hissiyotlar
bilan mashg’ul bo’lganda, atrofni aynan shu his tuyg’ular o’rnatgan filtrlar doirasida
ko’radi, harakatlar, fikrlar his tuygular orqali boshqariladi va o’z o’rnida inson qilgan
tanlovlar ularning his tuyg’ularining rahm shavqatiga bog’liq bo’ladi.

Shunday qilib tadqiqotchilar inson miya yarimsharlar faoliyatini nima

muvozanatga olib kelishi mumkinligi haqida tadqiqotlar olib borishga kirishishdi. Ular
bir qancha bahs va munozaralardan so’ng o’z fikringizga shubha qilish orqali
fikringizni vaziyatga real qaytarishga erishishingiz mumkin degan to’xtamga kelishdi.
Taxminan 2000 yil oldin rim stoik faylasufi Epiktet shunday degan edi: "Odamlarni
narsalar emas, balki ularga qarashlari bezovta qiladi". Bu shuni anglatadiki, sizning
fikrlash tarzingizga qarash va hissiy xafagarchilikni keltirib chiqargan narsaga bo'lgan
munosabatingizni shubha ostiga qo'yish sizni fikrlashga yanada real yondashishga olib
kelishi mumkin. Demakki, insonning his-tuyg’usi, fikrlashi, va hatti-harakati bir-biriga
uzviy bog’liq bo’lar ekan.

Bazan inson kuchki hayajon, qo’rquv yoki stress tufayli nutqini yo’qotib

qo’yishi, duduqlanib qolishi, ba’zan bitta gap yoki so’zni takror va takror aytishini


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

232

kuzatamiz. Keling yuqoridagi vaziyatlarni barchamizga tanish bo’lgan Agatha
Christining “The ABC murders” detektiv asari qahramonlari nutqida qo’rquv, hayajon
yoki uning oqibatlaridan kelib chiqadigan nutqiy muommolari orqali tahlil qilamiz.
Bizga ma’lumki detektiv asarlar asosan jinoyat sodir bo’gani va uning aybdorlarini
izlash uchun qidiruv olib borish jarayonlarini yoritib beradi. Bunday vaziyatda izquvar,
politsiyachilar gumonlanuvchilarni tergovga tortadi va sodir bo’lgan jinoyat doirasida
savol javob o’tkazadi. Tergov jarayoni umuman olganda ko’p insonlarni vahimaga
soladigan va asabiylashtiradigan holatdir. Ushbu vaziyatni o’quvchilarga to’laqonli
yetkazib berishda adib yoki adiba asar qahramonlari nutqida qattiq hayajon yokida
qo’rquv tufayli neyrolingvistik hodisalarni ko’rsatib berishadi. Biz esa aynan shu
muommolarni tahlil qilishni oldimizga maqsad qilib qo’ydik.

-

“Pas mal. Not long ago I had a narrow escape.”

-

“Of failure?”

-

“No-no” Poirot looked shocked. But I-I, Hercule Poirot, was nearly
exterminated.

[1:4].

Yuqorida keltirilgan qisqa dialogda ikki do’stning suhbati vaqtida yuzaga kelgan

neyrolingvistik holatni kuzatishimiz mumkin. Ya’ni ko’plab jinoyatni ochib kelayotgan
Mr. Poirot ma’lum bir tergovdan o’zini tortganini bayon qilmoqchi bo’lgan vaqtda,
uning bu harakatini hamkasbi muvoffoqiyatsizlik deb baholamoqda. Bu esa izquvar
uchun kutilmagan holatni keltirib chiqarganini va bu jarayonda so’zlovchi nutqini
yo’qotib so’zlarni takrorlab davom

no-no.. but I-I…

tarzida ettira olmagan holatga duch

kelamiz. Yozuvchi o’quvchilarga yanada tushunarli bo’lishi uchun shocked so’zi orqali
Mr. Poirotning hayratini ko’rsatib bera olgan.

-

What do you want with me? I have not done nothing. It is a shame and a scandal
to bring me here!

His manner changed suddenly.

-

No, no I do not mean that – you would not hurt a poor old man – not be hard on
him. Everyone is hard on poor old Franz. Poor old Franz.

Mr Ascher started weep.

Keltirilgan ushbu misolda ko’rishimiz mumkinki, qahramonimizni tergovchi

so’roq qilgan vaqtda, u qattiq qo’rquv tufayli kuchli hayajonni boshidan kechirdi va
so’zlarini yo’qotib qo’ydi. Bu vaqtda uning o’ng miyya faoliyati ustunlik qilib malum
bir vaqt o’zini gaplarini tushunmay qolganini ko’rishimiz mumkin. Muallif bu
jarayonda bizga neyrolingvistik yani qattiq qo’rquv va hayajon orqali nutqini unutish
yoki duduqlanish holatini

no

so’zinini takroran ishlatish orqali yaqqol ko’rsatib bergan.

-

Perhaps you picked the railway guide or moved along the counter?

-

Didn’t touch b- thing. I did just what I said

-

And you did not see anyone leaving the shop before you yourself got there?

-

Didn’t see any such thing: what I say is, why pitch on me -?


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

233

Poirot rose.

-

Nodiv is pitching upon you – yet. Bonsoir, monsieur.

[1:50].

Bu dialogda izquvar gumondorlardan birini tergov qilayotgan holatni

kuzatishimiz mumkin. Unda gumondor juda asabiy inson sifatida tasvirlangan bo’lib.
Unga berilayotgan har bitta savolni o’ziga nisbatan ayblov deb qabul qilayotganini
ko’rishimiz mumkin. Va bu vaziyatda gumondor shaxs(Mr Riddell) kuchli his
hayajonga berilishi oqibatida uning harakatlari va hulq atvorini aynan aql emas balki
hayajon boshqarayotganini yaqqol ko’zga tashlanadi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, inson miyasi juda murakkab tuzilgan

mexanizmdir va u insonning barcha a’zolarini shu bilan birga nutq faoliyatini ham
boshqaradi. Detektiv asar qahramonlarimiz nutqida uchragan neyrolingvistik
muommolarni ko’rib chiqar ekanmiz, hayajon va qo’rquv aynan shu muommolar
paydo bo’lishi uchun asosiy omil deb oldik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Christie A.M.C., ‘The ABC murders” London., 2013

2.

Винарская Е.Н., Кузнецов С.Н. Нейролингвистика // Лингвистический
энциклопедический словарь. – М., 1990. – С. 566.

3.

Винарская Е.Н., Кузнецов С.Н. Нейролингвистика // Лингвистический
энциклопедический словарь. – М., 1990. – С. 566.

4.

Tojiyev

A.,

Novshadbekova

D.

Zamonaviy

neyrolingvistikaning

tilshunoslikdagi ahamiyati / International сonference on learning and teaching
2022/6, – B. 53.

5.

https://en.wikipedia.org/wiki/Neurolinguistics

6.

Djumabaeva, J. S., & Avazmatova, M. M. (2022). International Journal of Social
Science Research and Review.

7.

Djumabaeva, J. S. (2015). Plesionymy and graduonymy in English and Uzbek.
European Journal of Literature and Linguistics, (2), 55-58.

References

Christie A.M.C., ‘The ABC murders” London., 2013

Винарская Е.Н., Кузнецов С.Н. Нейролингвистика // Лингвистический энциклопедический словарь. – М., 1990. – С. 566.

Винарская Е.Н., Кузнецов С.Н. Нейролингвистика // Лингвистический энциклопедический словарь. – М., 1990. – С. 566.

Tojiyev A., Novshadbekova D. Zamonaviy neyrolingvistikaning tilshunoslikdagi ahamiyati / International сonference on learning and teaching 2022/6, – B. 53.

Djumabaeva, J. S., & Avazmatova, M. M. (2022). International Journal of Social Science Research and Review.

Djumabaeva, J. S. (2015). Plesionymy and graduonymy in English and Uzbek. European Journal of Literature and Linguistics, (2), 55-58.