Authors

  • Умарова Замира Қаҳрамон қизи
    ЎзМУ Хорижий филология факультети Немис филологияси кафедраси Стажёр-ўқитувчиси

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.83432

Keywords:

Ўзлашган сўзлар немис тили юнон тили тарихий алоқалар юнон маданияти уйғониш даври илм-фан илмий терминология қадимги ҳинд-европа тиллари илмий тадқиқотлар.

Abstract

 

Nemis tili tarixan rivojlanish davomida turli tillardan, jumladan, yunon tilidan ham ko‘plab so‘zlarni o‘zlashtirgan. Ayniqsa, yunoncha kelib chiqishga ega bo‘lgan terminlar ilm-fan, tibbiyot, falsafa va texnika sohalarida muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda nemis ilmiy matnlarida yunon tilidan olingan atamalar keng qo‘llanilib, xalqaro ilmiy aloqalar va akademik nutqning ajralmas qismiga aylangan. Ushbu maqolada nemis tiliga yunon tilidan so’zlar o’zlashish davrlari, ularning ilmiy terminolar sifatida qo’llanilishi, hamda struktur-semantik xususiyatlari, bu borada olib borilgan tadqiqot va ilmiy izlanishlar tahlil qilinadi.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

225

NEMIS TILINING RIVOJLANISH TARIXIDA YUNON TILIDAN

O‘ZLASHGAN SO‘ZLARNING O’RNI

ЎзМУ Хорижий филология факультети

Немис филологияси кафедраси

Стажёр-ўқитувчиси

Умарова Замира Қаҳрамон қизи

E-Mail:

z.umarova90@mail.ru

Аннотация:

Nemis tili tarixan rivojlanish davomida turli tillardan,

jumladan, yunon tilidan ham ko‘plab so‘zlarni o‘zlashtirgan. Ayniqsa, yunoncha kelib
chiqishga ega bo‘lgan terminlar ilm-fan, tibbiyot, falsafa va texnika sohalarida muhim
o‘rin tutadi. Bugungi kunda nemis ilmiy matnlarida yunon tilidan olingan atamalar
keng qo‘llanilib, xalqaro ilmiy aloqalar va akademik nutqning ajralmas qismiga
aylangan. Ushbu maqolada nemis tiliga yunon tilidan so’zlar o’zlashish davrlari,
ularning ilmiy terminolar sifatida qo’llanilishi, hamda struktur-semantik xususiyatlari,
bu borada olib borilgan tadqiqot va ilmiy izlanishlar tahlil qilinadi.

Калит сўзлар: Ўзлашган сўзлар, немис тили, юнон тили, тарихий

алоқалар, юнон маданияти, уйғониш даври, илм-фан, илмий терминология,
қадимги ҳинд-европа тиллари, илмий тадқиқотлар

.

Abstract:

The German language has adopted many words from various

languages throughout history, especially from Latin and Greek. The incorporation of
Greek words into German is primarily related to the fields of science, medicine,
philosophy, and religion. This process began in ancient times and continues to this day.
This article explores the process of Greek word adoption into German, their phonetic,
morphological, and semantic characteristics, as well as their significance in the German
language.

Key words:

Loanwords, German language, Greek language, historical

connections, Greek culture, Renaissance, science, scientific terminology, ancient Indo-
European languages, scientific research.


Har qanday til tarixiy taraqqiyot jarayonida turli omillar ta’sirida rivojlanadi.

Bunda madaniy, iqtisodiy, siyosiy aloqalar, urushlar va tarixiy voqealar, mafkuralar
hamda ilmiy va texnik taraqqiyotning natijasida boshqa tillardan so‘zlar o‘zlashishi
muhim rol o‘ynaydi. Turli xalqlar o‘rtasidagi aloqalar tilni boyitib, unda sezilarli izlar
qoldirgan bo‘lib ular o‘zlashtirilgan so‘zlarda o‘z aksini ifodalaydi.

Nemis tilining rivojlanish bosqichlarda turli tillar, jumladan, kelt, lotin, yunon,

fransuz, slavyan, italyan va ingliz va boshqa tillaridan ko‘plab so‘zlar o‘zlashtirilgan


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

226

va bu o‘zlashgan so‘zlar nemis tili leksik qatlamining sezilarli

qismini tashkil etadi.

Ularning aksariyati lotin va ingliz tilidan olingan so‘zlardan iborat bo‘lib, lotin tili
orqali yunon tilidan ham so‘zlar kirib kelganligi va ular ko‘proq ilmiy terminologiya,
falsafa, tibbiyot va diniy atamalarda uchrashi kuzatiladi. Yunon tili qadimgi dunyoning
asosiy ilmiy va madaniy tili bo‘lgan. Miloddan avvalgi IV asrda Iskandar Zulqarnayn
(Aleksandr Makedonskiy) Sharqiy Yevropadan Hindiston chegaralarigacha bo‘lgan
hududlarga yunon madaniyatini yoygan. Keyinchalik Rim imperiyasi yunon
madaniyatini o‘zlashtirdi va yunoncha ilmiy, diniy va falsafiy atamalar lotin tili orqali
butun Yevropaga tarqaldi. Yunon tilidan nemis tiliga asosan falsafa, din, ilm-fan va
texnika, tibbiyot madaniyat va san’at sohalariga oid so‘zlar o‘zlashgan.[2;32]

XX asrning boshlarida nemis tilini chet tillardan kirib kelgan so‘zlardan

tozalash harakatlari mavjud edi. Faqat XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab,
ommaviy axborot vositalari, matbuot va siyosatda chet so‘zlardan foydalanish keng
tarqaldi, chunki bu tushunchalarni aniqroq ifodalash va jamoatchilikning e’tiborini
osonroq jalb qilish imkonini berdi.

Falsafiy va diniy adabiyotlarda nemis tilida mos keladigan ekvivalentlar

yetishmasligi, lotin va yunon tillaridan so‘zlar o‘zlashishiga sabab bo‘ldi.

Masalan:

Apostel, Engel, Kirche, Bischof, Teufel.

Yunoncha so‘zlarning nemis tiliga o‘zlashish jarayoni bir necha bosqichda

kechgan:

– Antik davr

: Antik davrda yunoncha ilmiy va diniy atamalar lotin tili orqali

Yevropa tillariga, jumladan, nemis tiliga ham kirib kelgan. Bu jarayon asosan Rim
imperiyasi va keyinchalik O‘rta asr monastirlari, universitetlari orqali amalga oshgan.
Masalan,

Philosophie

(φιλοσοφία – falsafa),

Demokratie

(δημοκρατία – demokratiya),

Astronomie

(ἀστρονομία – astronomiya),

Theologie

(θεολογία – ilohiyot),

Liturgie

(λειτουργία – diniy marosim).

O‘rta asrlar

: Xristianlik va cherkov ta’siri. O‘rta asrlarda xristianlik

Yevropada keng tarqalib, diniy yozuvlar va cherkov faoliyati yunon tilidan ko‘plab
so‘zlarni o‘zlashtirdi. O‘sha davrda lotin tili Yevropadagi asosiy ilm-fan va cherkov tili
bo‘lib xizmat qilgan. Cherkov va diniy atamalar nemis tiliga kirib kelgan:

Bischof

(episkop) – yunoncha

episkopos

(

nazoratchi

),

Evangelium

(“injil”) – yunoncha

euangelion

(“xushxabar”). Bu davrda yunon tilidan kirib kelgan so‘zlar asosan diniy

va cherkov faoliyatiga tegishli bo‘lgan.

Uyg‘onish davri

(Renessans) – XV–XVI asrlarda Yevropada ilm-fan,

san’at va madaniyatning yuksalish davri bo‘lib, ayniqsa, yunon va rim klassik merosi
qayta kashf etildi va chuqur o‘rganildi. Ushbu davrda olimlar va faylasuflar qadimgi
yunon va lotin tilidagi ilmiy hamda falsafiy asarlarni o‘rganib, ularni Yevropa tillariga,
jumladan, nemis tiliga tarjima qilishdi. Shu orqali yunoncha ilmiy va falsafiy terminlar


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

227

lotin va nemis tillarida keng tarqala boshladi. Masalan,

Logik

(mantiq),

Analyse

(tahlil),

Synthese

(sintez),

Physik

(fizika);

Yangi davr

(XVIII–XIX asrlar): Ilm-fan va texnologiyaning jadal

rivojlangan davri bo‘lib, ayniqsa, nemis olimlari bu jarayonda yetakchi rol o‘ynadi.
Ular fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, falsafa va tilshunoslik sohalarida muhim
kashfiyotlar qilishdi. Bu davrda ilmiy terminologiyani yaratishda qadimgi yunoncha
so‘zlar asos sifatida ishlatilgan, chunki yunon tili qadimdan falsafa va tabiiy fanlar tili
hisoblangan. Tibbiyot va tabiiy fanlarga oid yunoncha ildizga ega nemis atamalari:

Biologie

(βιολογία – "hayot haqidagi fan") – Biologiya,

Chirurgie

(χειρουργία –

"jarrohlik") – jarrohlik,

Psychologie

(ψυχολογία – "ruh haqidagi fan") – sixologiya,

Therapie

(θεραπεία – "davolash") – davolash,

Physik

(φυσική – "tabiat") – Fizika,

Chemie

(χημεία – "kimyo") – Kimyo,

Geologie

(γεωλογία – "Yer haqidagi fan") –

Geologiya,

Elektrizität

(ἤλεκτρον – "elektron, qahrabo") – Elektr energiyasi. Bu

atamalar dastlab lotin tiliga o‘tib, keyinchalik nemis tiliga moslashgan. Bu so‘zlar
asosan ilmiy-texnikaviy terminologiya sifatida qabul qilingan bo‘lib, kundalik hayotda
ham foydalaniladi. Nemis olimlari (masalan, Kant, Hegel, Humboldt) ham yunon
falsafiy tushunchalarini keng qo‘llagan.

Yunon tilidan o‘zlashgan ko‘plab so‘zlar o‘zining klassik shaklini saqlab

qolgan bo‘lsa-da, nemis tilining morfologik tizimiga moslashtirilgan, ko‘pincha
lotincha ko‘rinishda keladi, masalan: yunoncha

-logia

qo‘shimchasi nemis tilida

-logie

shaklida o‘zlashgan:

Biologie

,

Psychologie

;

-ikos

qo‘shimchasi nemis tilida

-ik

shakliga o‘tgan:

Musik

,

Physik

. Yunoncha

-sis

qo‘shimchasi nemis tilida

-se

shaklida

ishlatiladi:

Analyse

,

Krise

(

inqiroz

).

Ba’zi yunoncha so‘zlar o‘zining dastlabki keng ma’nosini yo‘qotib, aniq

soha yoki kontekst bilan bog‘lanib qolgan:

Theorie

(yunoncha "nazariya") dastlab

kengroq falsafiy tushuncha bo‘lsa, nemis tilida ilmiy gipotezalarni ifodalash uchun
ishlatiladi.

Dynamik

(yunoncha "harakat") dastlab har qanday harakatni anglatsa,

nemis tilida texnika va fizikaga oid tushuncha sifatida qabul qilingan.

Yunon tilidan o‘zlashgan so‘zlar nemis tilida sinonim juftliklar ham

mavjud:

Philosophie

(yunoncha) va

Weisheitslehre

(nemischa, eski variant).

Katastrophe

(yunoncha) va

Unglück

(nemischa).

Nemis tilida ishlatiladigan taxminan 80% ilmiy va akademik atamalar

yunoncha

yoki

yunon-lotincha

ildizga

ega. Ayniqsa,

tabiatshunoslik,

adabiyotshunoslik,

tilshunoslik,

falsafa

va

siyosatshunoslik

yunoncha

terminologiyadan katta darajada foydalanadi. Hatto bizning kundalik tilimizda ham
yunonchadan o‘zlashgan ko‘plab so‘zlar bor, masalan:

Charakter (xarakter), Diät

(diyeta), Echo (echo), Gymnasium (gimnaziya), Idee (idea),

Kirche (cherkov),

Rhythmus (ritm), Theater (teatr), Zentrum (markaz) v.b.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

228

Bundan tashqari, yana ko‘plab yunoncha ildizlarga ega so‘z va iboralardan

keng foydalaniladi. Masalan:

“platonische Liebe”

(

Platoncha sevgi

),

“drakonischer

Strafe

” (drakon qonuni), “

antworten lakonisch

” (lakonik javob),

“leben spartanisch”

(spartancha hayot tarzi), “

beobachten etwas mit Argusaugen

” (nimanidir Argus

ko‘zlari bilan kuzatamiz) va b. Ushbu so‘z va iboralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yunon antik
davriga borib taqaladi va nemis tilida faol qo‘llaniladi. Bu kabi iboralar qadimgi yunon
mifologiyasi va tarixiy shaxslar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ma’nolari ko‘pincha
ramziy yoki metaforik tusga ega, hamda ular orqali yunon madaniyatining nemis
tilidagi ta’sirini yaqqol ko‘rish mumkin.[2;18]

Biroq, yunon tilini mashhur qilgan narsa faqatgina akademik bahslar emas,

balki gumanistlarning qadimgi iqtiboslar, iboralar va mifologik ishoralarga bo‘lgan
muhabbati edi. Bu esa yunon tilining universitetlar chegaralaridan tashqariga ham
chiqib, keng ommaga tanilishiga sabab bo‘ldi.

Bugungi kunga qadar ingliz tilida

“That is Greek to me”

(biror narsa

tushunarsiz yoki juda murakkab, ya’ni inglizlar uchun yunon tili tushunarsiz til ramzi
bo‘lgan) iborasi nemis tilidagi

„Das kommt mir spanisch vor”

(

tushunarsiz yoki

shubhali

) degan iboraga o‘xshash ma’noda qo‘llaniladi. Biroq, nemislar yunon tili va

madaniyatiga yaqin bo‘lishgani uchun, Germaniyada yunon tili hech qachon

“tushunarsiz til’’

sifatida qabul qilinmagan. [2;20]

Das A und O

: Aslida

“boshlanish va oxiri”

degan ma’noni anglatadigan bu

ibora keyinchalik

“eng asosiy narsa, mohiyat”

degan ma’noda ishlatilgan. U yunon

alifbosidan kelib chiqqan bo‘lib, Alfa (A) birinchi, Omega (O) esa oxirgi harfdir.

Unter der Ägide

iborasi

himoya yoki rahbarlik ostida

degan ma’noni bildirib

Zevsning qalqoni mo‘jizaviy qurol bo‘lib, san’atda bu qalqon bilan Afinani
tasvirlashgan.

Xulosa qilib aytganda, chet tilidan o‘zlashgan so‘zlar jamiyat taraqqiyoti

hamda madaniy va mafkuraviy qadriyatlarning ta’siri ostida qabul qilingan. O‘zlashma
so‘zlar har qanday tilning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ular turli tillar o‘rtasidagi
aloqalarni ifodalaydi va ilmiy, madaniy, texnikaviy hamda iqtisodiy rivojlanish
natijasida yuzaga keladi. Yunoncha o‘zlashmalar nemis tilining ilmiy va akademik
sohalarida katta o‘rin tutadi. Bunday o’zlashma so‘zlar nemis tilining murakkab
tushunchalarni ifodalash qobiliyatini oshirgan.

Yunon tilidan nemis tiliga kirib kelgan so‘zlar va terminlar ilm-fan,

falsafa, tibbiyot hamda texnika sohalarida ko‘plab uchraydi. Ularning ilmiy matnlarda
keng qo‘llanilishi nemis tilini xalqaro ilmiy tilda muhim ahamiyat kasb etishiga
yordam beradi. Bugungi kunda ham bu terminlar yangi ilmiy tushunchalarni
ifodalashda davom etmoqda va global ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat
qilmoqda.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

229

АDABIYOTLAR

1.

Iskos A., Lenkowa А., Deutsche Lexikologie, Leningrad, 1970

2.

Kussl R. Wir sprechen alle Griechisch, Schule und Wissenschaft, Speyer,

2008

3.

Stepanova M.D., Chernisheva I., Lexikologie der deutschen Gegenwarts-

sprache. M.: 1975

4.

Умархўжаев М.Э. Немис тили Лексикология Лексикография

Фразеология Фразеография. Андижон, 2010

5.

Ольшанский

И.Г.,

Гусева

А.Е.

Leksikologie

die

deutsche

Gegenwartssprache. “Издательский центр Академия”, 2005

6.

Besch W., Betten A., Reichmann O., Soderegger S., 4.Teilband

Sprachgeschichte, de Gruyter Mouton, 2004.

7.

UNGBOEVA, D., & DJUMABAEVA, J. (2023). The types of audiovisual

authentic materials and their usage in EFL classrooms.

8.

Madiyorova, V. Q., Djumabayeva, J. S., & Bekmuradova, F. N. (2024).

Translation and Gender Through the Lens of Native and Foreign Translators: Case
Study on the English Translations of Uzbek Feministic Representations. Theory &
Practice in Language Studies (TPLS), 14(8).

References

Iskos A., Lenkowa А., Deutsche Lexikologie, Leningrad, 1970

Kussl R. Wir sprechen alle Griechisch, Schule und Wissenschaft, Speyer, 2008

Stepanova M.D., Chernisheva I., Lexikologie der deutschen Gegenwarts- sprache. M.: 1975

Умархўжаев М.Э. Немис тили Лексикология Лексикография Фразеология Фразеография. Андижон, 2010

Ольшанский И.Г., Гусева А.Е. Leksikologie die deutsche Gegenwartssprache. “Издательский центр Академия”, 2005

Besch W., Betten A., Reichmann O., Soderegger S., 4.Teilband Sprachgeschichte, de Gruyter Mouton, 2004.

UNGBOEVA, D., & DJUMABAEVA, J. (2023). The types of audiovisual authentic materials and their usage in EFL classrooms.

Madiyorova, V. Q., Djumabayeva, J. S., & Bekmuradova, F. N. (2024). Translation and Gender Through the Lens of Native and Foreign Translators: Case Study on the English Translations of Uzbek Feministic Representations. Theory & Practice in Language Studies (TPLS), 14(8).