"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
323
INGLIZ VA O’ZBEK MAQOLLARIDA “OILA” KONSEPTINING
NAMOYON BO’LISHI
Yusupova Laylo Ilhom qizi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universtiteti
Xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs magistranti
Mamatova Feruza Maxammadovna
O’zbekiston MIlliy universtiteti
Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti
Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori( PhD)
Annotatsiya:
Maqolada ingliz va o’zbek maqollarida mavjud bo’lgan oila
konseptining qanday ifodalanishi, ularning o’xshash va farqli taraflari tahlil qilinadi.
Har bir xalqning madaniyati va dunyoqarashini maqollardek ochiq namoyon etuvchi
lingvistik birlikni topish mushkul. Maqolaning ilmiy ahamiyati shundaki, u madaniy
parallel va lingvistik yondashuv orqali ingliz va o’zbek tillarida oila konseptining
shakllanish qonuniyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
oila konsepti, milliy-madaniy maqollar, lingvomadaniy tahlil,
mental-lingvistik differensiya, milliy mentalitet
Annotation
: This article examines the representation of the family concept in
English and Uzbek proverbs, analyzing their similarities and differences. The cultural
and cognitive worldview of each nation is often implicitly embedded in linguistic units,
making their explicit identification within proverbs challenging. The scientific
significance of this study lies in its exploration of the linguistic and cultural patterns
underlying the conceptualization of family in English and Uzbek through comparative
analysis.
Keywords:
family concept, national-cultural proverbs, linguo-cultural analysis,
mental-linguistic differentiation, national mentality.
Аннотация:
В данной статье рассматривается репрезентация концепта
семьи в английских и узбекских пословицах, анализируются их сходства и
различия. Культурное и когнитивное мировоззрение каждого народа зачастую
имплицитно закодировано в лингвистических единицах, что затрудняет их явное
выявление в пословицах. Научная значимость данного исследования
заключается в выявлении лингвокультурных закономерностей формирования
концепта семьи в английском и узбекском языках посредством сравнительного
анализа.
Ключевые слова:
концепт семьи, национально-культурные пословицы,
лингвокультурный анализ, ментально-лингвистическая дифференциация,
национальный менталитет.
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
324
Maqollar - xalq ma’naviy merosi va donishmandligining eng yorqin namunalari
hisoblanadi .Dunyoda hech bir xalq yo’qki ,ularning tili va madaniyatida oila
tushunchasi alohaida o’rin tutmasa.Shunday ekan oilaga oid qadriyatlarni avloddan-
avlodga yetkazishda maqollardan foydalanish muhim hisoblanadi .Ushbu maqolada
ingliz va o’zbek maqollarini tahlil qilish orqali shu ikki xalqning oila a’zolar o’rtasidagi
vazifalari, oilaga bo’lgan munosabat va oilada tarbiyadagi farqlar va o’xshashliklar
haqida xulosa chiqarish mumkin.
Konsept,oilaviy konsept va uning lingvomadaniy asoslari
Konsept (lot.conceptus-anglash,tushuncha), fikr obyekti haqidagi bilim,
tasavvur, fikrlarning umumiyligini aks ettiruvchi struktur- mazmuniy ong birligi
hisoblanadi. Dastlab , konsept atamasi 20-asrning 1-yarmida rus faylasufi S.Askoldov
tomonidan muloqotga kiritilgan bo’lib, olim unga turli millat vakillari muloqotiga
sabab bo’ladigan komunikativ jarayon sifatida baho beradi [1]. Yana bir mashhur olim
S.Stepanov tomonidan yozilgan “Концепты. Тонкая пленка цивилизатции”
kitobining ham asosiy atamasi konsept bo’lib, u konsept tushunchasini mantiq ,falsafa
va psixologiya fanlariga tegishli bo’lgan “ Концепт” ga ,tarixiy faylasuf Platon
“g’oyalariga “ o’xshash madaniy hodisa sifatida baholaydi [4].
Oila konseptiga to’xtaladigan bo’lsak, u mazmunan etik, etnik va falsafiy
tushuncha sifatida tadqiqot uchun serqirra va mazmunli mavzu hisoblanadi. U turli
xalqlarning madaniy,diniy va tarixiy rivojlanishiga qarab o’ziga xos xususiyatlarni
o’zida jamlaydi.
Lingvomadaniyatshunoslik- til va madaniyatning o’zaro aloqalarini o’rganuvchi
fan hisoblanib, unda xalqning dunyoqarashi, til birliklari va tafakkuri namoyon bo’lishi
o’rganiladi.
O’zbek xalq maqollarida oila tushunchasi va ularning axloqiy-tarbiyaviy
aspektlari.
Maqol – arabcha “ qavvola” so’zidan kelib chiqqan va “ so’zlamolq,
aytmoq” degan ma’nolarni anglatadi [5] .Binobarin ,o’zbek tiloida “ maqol “so’zi ikki
xil ma’noda ,birinchisi, o’z lug’aviy ma’nosida –“ so’z, nutq”ni bildirsa ,ikkinchi
ma’nosi, istilohiy bo’lib – “folklorda keng qo’lllaniladigan janr” sifatida namoyon
bo’ladi.
Ahil oila- baxtli ,noahil oila- vaqtli
[2]
Ushbu maqolda oilaning ijtimoiy va emotsional ahamiyati ta’kidlangan. Oila
a’zolarining birgalikda harakat qilishi va bir-birini qo’llashining ahamiyatli tomonlari
yoritilgan.
Ingliz xalq maqollarida oilaviy munosabatlarning lingvomadaniy
refleksiyasi va diskursiv ifodalanishi
Ingliz tilida maqol so’zi “ proverb” bilan ifodalanadi. Ushbu sohaning yetakchi
tadqiqotchilaridan biri Wolfgang Mieder hisoblanadi. Uning "Proverbs: A Handbook"
nomli asarida "proverb" atamasining ta'rifi va tahliliga alohida e'tibor qaratilgan.
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
325
Mieder "proverb"ni qisqa, lekin mazmunli ibora sifatida ta'riflaydi, u xalq donoligini
ifodalaydi va avloddan-avlodga o'tib keladi [6]. Ko’plab ingliz olimlari maqollarning
turli xususiyatlari mavzusida salmoqli ishlar qilishgan.Jumladan, Honek o’z
izlanishlari natijasida,maqollarni jamiyatning barcha sohalarida folklorchi olimlardan
to siyosatchilar va hatto huquqshunos olimlar ishida ham kata ahamiyatga ega deb
bilgan va biz bu fikrga qo’shilamiz. U o’zining “A proverb in mind: the cognitive
science of proverbial wit and wisdom” asarida maqollarning 7ta xususiyatlarini
ochiqlagan:1. Personal,2. Religious,3. Formal,4. Practical,5. Cognitive,6. Cultural,7.
Literary [3]:
Home is where the heart is
Shu o’rinda ko’rishimiz mumkinki, uy deganda faqat jismoniy joy emas ,balki
hissiy bog’liqlik ya’ni sentimentalist konsept muhim rol o’ynaydi.
Ingliz va o’zbek xalq maqollarida oila konseptining universal semantik
parallellizmlari va kognitiv-pragmatik uyg’unligi
Ingliz va o’zbek xalq maqollarini o’rganish davomida ,umumiy semantik
tuzilishga ega,lekin ifoda jihatidan farq qiladigan semantik sinonimlarni uchratishimiz
mumkin.
1.Like mother,like daughter
Onasini ko’rib qizini ol
Yuqoridagi ikki tilga oid oilaviy munosabatlarniaks ettiruvchi xalq maqollarini
o’rganish mobaynida ularning paremiologik zahirasida universal maqollarning
semantik va sintaktik strukturasi to’liq yoki qisman mos kelishi aniqlandi. Har ikki til
xalq maqollari er-xotinning shaxsiy munosabatlariga aralashishdan qaytaradi.
2.Put not your hand between the bark and the tree
Er-xotin urushi - doka ro’mol qurishi
Ingliz va o’zbek maqollarida oila konseptining mental-lingvistik
differensiyasi va lingvomadaniy kontrastiv tahlili
Ingliz tilidagi oilaviy munosabatlarga asoslangan maqollar o’zbek tilida ham
uchrashi mumkin ,ammo o’xshash mavzudagi maqollarning ifodalanishi, so’zlarning
ishlatilishi va ularning ta’sir kuchi farqlidir. O’zbek tilida oilaviy birliklar patriarxal
ijtimoiy tizim doirasida qaralib, maqollarda avlodlar o’rtasidagi vertical munosabatlar
ustuvorlik qiladi.
Otang bor –oltin, onang bor - kumush
Ingliz tilida asosan individualism ustun,maqollarda ham shaxsiy erkinlik va
mustaqillikni saqlash qarashlariga urg’u beriladi.
Xulosa:
Ingliz va o’zbek maqollarida oila konseptini o’rganish jarayonida turli
madaniy va lingvistik xususiyatlarga ega ekanligi namoyon bo’ldi. Ularda ingliz va
o’zbek xalqining dunyoqarashi ,fe’l –atvori ,turmush tarzi va hayotiy normalarining
aks etgan.Yuqorida ikki tildagi xalq maqollarining o’xshash jihatlarini ko’rishimiz
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
326
mumkin,ammo ulardagi obrazlar takrorlanmasligi o’sha xalqning dunyoqarashi bilan
bog’liq. Aynan shu tasviriy obrazlar orqali ulardagi milliy bo’yoq boshqa xalq
maqollarida uchramasligiga guvoh bo’lish mumkin. Maqola davomida oila
konseptining ikki til xalq maqollarida aks etishi, ularning fundamental asoslari
,kognitiv modellashuvi va diskursiv rejalashtirishini o’ziga xosligini tasdiqlash
mumkin. Bu esa oilaviy qadriyatlarning jamiyat ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy
evolyutsiyasi bilan bog’liq ekanligini anglatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Аскольдов С.А. Концепт и слово. Статья. Опубликована в книге: Русская
словесность: От теории словесности к структуре текста: Антология / Под общ.
ред. В.П. Нерознака. – М.: Academia, 1997. – С. 267–279.
2. Мирзаев Т., Мусокулов А., Саримсоков Б. O‘zbek xalq maqollari. – Т.:
Шарқ нашриёти, 2005. – 610 с.
3. Степанов Ю.С. Константы. Словарь русской культуры. – М.: Языки
русской культуры, 1997. – С. 41–42.
4. Хонек Р. A Proverb in Mind: The Cognitive Science of Proverbial Wit and
Wisdom. – Psychology Press, August 1997, 26, 2016. – 318 p.
5. Шермаматова С., Мамадалиева Ю. O‘zbek va Ingliz maqollarining o‘ziga
xos xususiyatlari va o‘zbek tilidagi ekvivalentlari. – Oriental Renaissance: Innovative,
Educational, Natural and Social Sciences, 2023, 4 апреля.
6. Мидер В. Proverbs: A Handbook. – Peter Lang Inc., International Academic
Publishers, 2004. – 304 с. Новое издание: 31 мая, 2012.
