Authors

  • S.T.Akobirova,
    Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.83478

Keywords:

literary communication translation poetic works rules for a translator literary art language literary translation.

Abstract

This article discusses the fact that literary communication is one of the most necessary factors for the development of any literature, how laborious the art of translation is in translating samples of Uzbek literature into English, and how poetic works differ from prose works in the same way and to the same extent. The existence of primary rules for a translator in translation, translation is a type of literary art, and translation is a science. In this sense, if a translator, as an artist of words, knows another language perfectly, but does not know his own language well, the work will be very strange and dull. The work of a translator and the relevance of literary translation today are discussed.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

356

BADIIY TARJIMANING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

S.T.Akobirova,

Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi

professori v.b., f.f.f.d (PhD)

E-mail: akobirovasarvara@gmail.com

Telephone: +998908055822

Annotation.

This article discusses the fact that literary communication is one of

the most necessary factors for the development of any literature, how laborious the art
of translation is in translating samples of Uzbek literature into English, and how poetic
works differ from prose works in the same way and to the same extent. The existence
of primary rules for a translator in translation, translation is a type of literary art, and
translation is a science. In this sense, if a translator, as an artist of words, knows another
language perfectly, but does not know his own language well, the work will be very
strange and dull. The work of a translator and the relevance of literary translation today
are discussed.

Keywords:

literary communication, translation, poetic works, rules for a

translator, literary art, language, literary translation.

Аннотация

. В данной статье обсуждается тот факт, что литературная

коммуникация является одним из самых необходимых факторов развития любой
литературы, насколько сложным является искусство перевода образцов
узбекской литературы на английский язык и чем поэзия отличается от прозы так
же, как поэтический перевод отличается от прозаического перевода. В переводе
существуют основные правила для переводчика: перевод - это вид литературного
искусства, перевод - это наука. В этом смысле, если переводчик, как художник
слова, в совершенстве владеет другим языком, но плохо знает свой собственный,
то работа будет очень странной и скучной. Обсуждается работа переводчика и
актуальность художественного перевода в наши дни.

Ключевые слова: литературная коммуникация, перевод, поэтические

произведения, правила для переводчика, литературное искусство, язык,
художественный перевод.

Annotatsiya.

Mazkur maqolada adabiy aloqa har qanday adabiyotning rivoji

uchun nihoyatda zarur omillardan biri ekanligi, oʻzbek adabiyoti namunalarining ingliz
tiliga tarjima qilinishiga tarjima sanʼatining naqadar mashaqqatli ish ekani va sheʼriy
asar nasriy asardan nima bilan farqlansa, nazm tarjimasi ham nasriy tarjimadan
xuddi shunday va shunchalik farqlanishi haqida fikr yuritilgan. Tarjimachilikda
tarjimon uchun birlamchi qoidalar mavjudligi, tarjima - adabiy sanʼat turi, tarjima ilm
Shu maʼnoda, tarjimon soʻz sanʼatkori sifatida oʻzga tilni mukammal bilgani holda, oʻz


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

357

tilini yaxshi bilmasa, asar juda gʻarib, nursiz boʻladi.tarjimon faoliyati va adabiy
tarjimaning hozirgi kundagi dolzarbligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar: adabiy muloqot, tarjima, she’riy asarlar, tarjimon qoidalari, adabiy
san’at, til, badiiy tarjima


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “ilm-fan,

taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat biz uchun ustuvor masaladir. Albatta, Yangi
Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun, avvalo, uning
mustahkam iqtisodiy, moddiy-texnik asoslarini yaratish kerak” [1].

Davlat rahbari: “Biz Oʻzbekistonda “Adabiy doʻstlik – abadiy doʻstlik” degan

chuqur maʼnoli tamoyilga amal qilgan holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini
oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish masalasiga gʻoyat jiddiy eʼtibor
qaratmoqdamiz. “Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki boʻlgan ming-
minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va
tarjimashunoslik boʻyicha oʻziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida taʼkidlash
lozim” [2].

Oʻzbek adabiyoti namunalarining ingliz tiliga tarjima qilinishiga nazar tashlash

mobaynida shu narsaga ishonch hosil qilish mumkinki, ham mumtoz, ham zamonaviy
maʼnoda, oʻzbek adabiyoti purmazmun, zalvorli asarlarga boydir. Uni keng targʻib
etish, nafaqat ingliz, balki jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilish hamisha
dolzarb muammolardan boʻlib qolaveradi.

Adabiy aloqa har qanday adabiyotning rivoji uchun nihoyatda zarur omillardan.

Oʻzbekistonda mustaqillik davrida adabiy aloqa va tarjima masalalariga davlat
miqyosida eʼtibor berilib, keng imkoniyatlar yaratilmoqdaki, buni hech mubolagʻasiz
adabiy aloqalarning yangi bosqichi deb atasak yanglishmaymiz.

Tarjima nima? Taʼbir joiz boʻlsa, matematika tili bilan aytganda, bu

yozuvchi yoki shoir tomonidan tarjimonga berilgan masala. Tarjimon boshqa
milliy, tarixiy, adabiy muhitda, oʻzga til materiali asosida ana shu masalani
yechishi kerak. Masalaning shartlari ham, yechimi ham berilgan. Uning
shartlarini oʻzgartirishga tarjimonning haddi sigʻmaydi. (Adabiyotda umuman
olganda shartlari asosli ravishda oʻzgartirib yechilgan masala

originallik

kasb

etadi.) Aniq fan boʻlmish matematikada ham oʻziga xos

ijodiylik

bor: hatto

qatʼiy shartlar asosida ifodalangan masalani ham bir nechta (baʼzan oʻnlab)
yoʻllar, usullar, variantlarda yechish mumkin. Xuddi shuningdek, ayni bir
avtorning muayyan asarini maʼlum bir tilga bir necha martalab tarjima qilishga
yoʻl qoʻyiladi. Chunki bir tarjimaning oʻzida asl nusxaning bir yoʻla yuz
maʼnosini kashf qilib boʻlmaydi

yuzinchi maʼno “dilda” boʻladi.

Shu oʻrinda adabiyotshunos olim Suvon Melining 2007-yilda aytgan fikrini yodga

olaylik [3]: “Hozirgi zamon chet el adabiyoti haqida gap ketganda, aytish joizki, nimani


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

358

tarjima qilish va nimani targʻib qilishni ham bilish kerak, shekilli. Gʻarbda bestsellar
boʻlgan asar bizda ham shunday boʻladi, deb oʻylash xato. Bundan tashqari, bestseller
va chinakam badiiy asar sifat-saviya jihatidan boshqa-boshqa hodisa ekani ham bor
gap. Biri ommaviy, ikkinchisi – badiiy hodisa! Ommaviy hodisa badiiy, badiiy hodisa
ommaviy boʻlmasligi mumkin. Aytaylik, Paulo Koeloning “Alximik”ka oʻxshash
asarlarining shov-shuvli maqtoviga joʻr boʻlish tanqidchilik obroʻyiga putur yetkazadi,
kitobxon didini chalgʻitadi. Ustiga ustak, bu adabiy kuchlarning isrof boʻlishiga olib
kelmaydimi? Bu oʻrinda men “Alximik”ning bir yoʻla uch tarjimon tomonidan
oʻzbekchaga agʻdarilganini nazarda tutayapman. Meningcha, “Alximik”ning loʻnda
bahosi — adabiy kompilyatsiya”. (

Toʻrtinchi tarjima ham nashr etilibdi, tarjimon

Gulchehra Azimova. 20.02.2020.)

Sheʼriy asar nasriy asardan nima bilan farqlansa, nazm tarjimasi ham

nasriy tarjimadan xuddi shunday va shunchalik farqlanadi. Sheʼriy asar, janr
taqozosiga koʻra, shaklan qatʼiy chegaralangan, uning tarjimasida esa ana shu
chegaralanganlik yanada ortadi. Chunki maʼlum sistema, vazn, oh angdorlik
nuqtayi nazaridan muayyan bir oʻlchovga solingan badiiy asarni boshqa tilda
qayta yaratish juda murakkab ijodiy jarayondirki, bu muammoni shoirlik
iqtidoridan tashqari, ikki tilni mukammal egallagan mohir tarjimon -adibgina hal
qila oladi (

Gʻaybulloh as-Salom

).

Sheʼriy tarjima dialektikasiga xos umumiy, tipik xususiyat shundaki, asl

nusxaning faqat lugʻaviy mazmunini toʻkis berishga rujuv qilish uning badiiy,
nazmiy tabiatiga lat yetkazadi, yoki aksincha, “sheʼr asosida sheʼr” yaratishga
zoʻr berish tarjimonni – avtordan, tarjimani – originaldan uzoqlashtirib yuboradi
[4] (

Gʻaybulloh as-Salom

).

Badiiy tarjimani adabiyotshunoslik muammolaridan ajratib amalga oshirish

maqsadga muvofiq emas. Badiiy asar tarjimonining vazifasi faqat asar mazmunini,
uning tilini mutanosib qayta yaratishdan iborat boʻlmay, balki muallifning individual
uslubi, uning qaysi adabiy oqimga mansub ekanligini ham aks ettira olishdir. Buning
uchun esa u faqat oʻz milliy adabiyotshunosligi bilan chegaralanmay, asliyat tili
adabiyotshunosligi taraqqiyotini ham eʼtiborga olishi kerak.Tarjimachilikda tarjimon
uchun birlamchi qoidalar mavjud. Tarjima — adabiy sanʼat turi, tarjima ilm ham. Shu
maʼnoda, tarjimon soʻz sanʼatkori sifatida oʻzga tilni mukammal bilgani holda, oʻz
tilini yaxshi bilmasa, asar juda gʻarib, nursiz boʻladi.

Har bir tarjima asari — oʻz davrining mahsulidir. Aytaylik, yuz yil oldin

muayyan bir badiiy asarning oʻzbek tiliga qilingan tarjimasi bilan uning keyingi
davrda qilingan tarjimalarini bir-biri bilan qiyoslansa, bundan turli davrlarda
yashagan tarjimonlarning asar muallifini tushunish darajasi, ularning mahorati
oʻrtasida koʻzga yaqqol tashlanadigan tafovutnigina emas, balki adabiy tilning
turli davrlarda ishlanish darajasini ham koʻrish mumkin [5].

Shu oʻrinda


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

359

Gʻaybulla Salomovning fikrini yoddan chiqazmaslik zarur [6]

:

“Har qanday

tarjimani, xususan, badiiy tarjimalarni tadqiq qilishning eng toʻgʻri, qulay va
samarali nazariy zamini stilistika, ikki til vositalari, ikki adabiy-tarixiy tajribani
qiyosiy uslubiyot va tipologiya asosida tadqiq etishdir. Badiiy tarjimaga xalqlar
oʻrtasidagi adabiy aloqalarning bogʻlovchi halqasi sifatida qaragan holda, uni
qiyosiy-uslubiy-tipologik asnoda oʻrganish biryoqlamalikdan qochishga, badiiy
tarjimaning adabiy estetik va til masalalarini qoʻshib, yaxlit va muntazam tahlil
qilishga imkon tugʻdiradi”.

Tarjimon ishi masalasida shaxsiy fikrlarim: Tarjimon oʻzligidan kechib, oʻz

hayotini va faoliyatini oʻzgani ishini mukammal qilishga baxshida etishga qodir
boʻlgan shaxs. Masalan,har qanday adibning 10 ming kishi oʻqimaydigan asarini
millionlab, kerak boʻlsa, milliardlab oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaza oladigan shaxsiyat.
Butun bashariyatni, turli tilli millat va elatlardan iborat milliardlab xalqlarni biri-
biridan oʻrganish, ibrat olishini, muloqot qilishini, tushunishi, anglashi, oʻrganishi,
saboq olishi, kerak boʻlsa, ibrat olish imkoniyatltarini begʻaraz tarzda yaratib,
bashariyatga bemalol tuhfa qila olish darajasidagi muakammal maʼnaviyatli yetuk
inson. Shuning uchun ham minglab adiblar bor-oʻ, ammo tarjimon yagona, sanoqligina
xolos.

Tarjimonlar oʻz faoliyatlari bilan mutsaqillikning birinchi kunidan boshlab

islohotlarga xizmat qilib kelmoqdalar, Yetakchilarimizni va ekspertlarimizni jahon
tajribasi bilan tanishtirish hamda Oʻzbekistonni, xalqimiz qadriyatlarini, milliy
adabiyotimiz va maʼnaviyatimiz ustunligini dunyoga tanitishga ular oʻz hayoti va
sogʻligʻini tikib kelmoqdalar. Ayni paytda, ilm bilan ham shugʻullanib kelmoqdalar,
ayniqsa. tarjimonlik va filologiya masalalari bilan, shu jumladan, davlat tilini
rivojlantirish va boyitish sohasiga ham tarjimonlar oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.
Shuning uchun ham tarjimonlik kasbi BMT va uning YUNESKO tashkilotida oʻta
noyob kasb sifatida roʻyxatga olingan.

ADABIYOTLAR:

1

. Mirziyoyev Sh.M. Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga

aylanishi kerak // “Xalq soʻzi”, 2023-yil 23-dekabr, № 274 (8617).

2

. Shavkat Mirziyoyev. “Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro

miqyosda oʻrganish va targʻib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro
konferensiya ishtirokchilariga tabrik // “Xalq soʻzi”, 2018, 7-avgust.

3

. Tarjima millatni jahonga tanitadi (

davra suhbatini M.Saʼdiy va A.Otaboyev

tayyorladi) // ”Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, 2007-yil 13-soni.

4

.

Gʻaybulla Salomov. Tarjima tashvishlari. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi

Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983. 78- bet.

5

.

Gʻaybulla Salomov. Tarjima tashvishlari. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi

Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983. –192 b.

6

.

Gʻaybulla Salomov. Tarjima tashvishlari. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi

Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983. 28- bet.

References

. Mirziyoyev Sh.M. Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak // “Xalq soʻzi”, 2023-yil 23-dekabr, № 274 (8617).

Shavkat Mirziyoyev. “Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda oʻrganish va targʻib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik // “Xalq soʻzi”, 2018, 7-avgust.

Tarjima millatni jahonga tanitadi (davra suhbatini M.Saʼdiy va A.Otaboyev tayyorladi) // ”Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, 2007-yil 13-soni.

Gʻaybulla Salomov. Tarjima tashvishlari. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983. 78- bet.

Gʻaybulla Salomov. Tarjima tashvishlari. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983. –192 b.

Gʻaybulla Salomov. Tarjima tashvishlari. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983. 28- bet.