Authors

  • G‘ofurova Nazokat Komiljonovna
    2nd year PhD student Department of Foreign Language and Literature The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.83480

Keywords:

“The father of English literature” “The Canterbury Tales” cathedral twenty-four tales clergyman divine love.

Abstract

This thesis explores the works of Geoffrey Chaucer, regarded as one of the greatest figures in English literature, with a particular focus on his masterpiece “The Canterbury Tales”, as well as other notable examples of his creative legacy. Although the work is considered unfinished, it has captured the hearts of English-speaking readers for centuries. The thesis not only provides comprehensive information about the work and its author but also offers a close examination of Chaucer as a beloved literary figure, comparable to Alisher Navoi for the Uzbek people.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

349

JEFRI CHOSER

INGLIZ SHE’RIYATINING ATOQLI

NAMOYONDASI

G‘ofurova Nazokat Komiljonovna

2

nd

year PhD student

Department of Foreign Language and Literature

The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

missphoenixgirluzb@gmail.com

Annotation:

This thesis explores the works of Geoffrey Chaucer, regarded as

one of the greatest figures in English literature, with a particular focus on his
masterpiece “

The Canterbury Tales”

, as well as other notable examples of his creative

legacy. Although the work is considered unfinished, it has captured the hearts of
English-speaking readers for centuries. The thesis not only provides comprehensive
information about the work and its author but also offers a close examination of
Chaucer as a beloved literary figure, comparable to Alisher Navoi for the Uzbek
people.

Keywords:

“The father of English literature”, “The Canterbury Tales”,

cathedral, twenty-four tales, clergyman, divine love.

Аннотация:

В данной тезисной работе рассматривается выдающееся

произведение английской литературы –

«Кентерберийские рассказы»

Джеффри

Чосера, а также другие образцы его творчества. Несмотря на то что произведение
считается незавершённым, оно на протяжении веков занимает особое место в
сердцах англоязычных читателей. В работе не только представлена полная
информация об этом произведении и его авторе, но и осуществляется глубокий
подход к личности Чосера – любимого писателя английского народа,
сопоставимого с Алишером Навои для узбекского народа.

Ключевые

слова:

основоположник

английской

литературы,

“Кентерберийские рассказы”, собор, двадцать четыре рассказа, представитель
духовенств, божественная любовь.

Annotatsiya:

Ushbu tezisda ingliz adabiyotining faxri hisoblanmish Jefri

Choserningning shoh asari –

“The Canterbury tales”

(Kenterberi hikoyalari) asari,

shuningdek, boshqa ijod namunalari haqida so‘z boradi. Garchi tugallanmagan deya
e’tirof etilsa-da, asrlar mobaynida inglizzabon kitobxonlar qalbidan joy olgan ushbu
asar va uning ijodkori haqida nafaqat to‘liq ma’lumotlar beriladi, balki ingliz xalqining
“Alisher Navoiyi” kabi suyukli ijodkori shaxsiga yaqindan yondashiladi.

Kalit so‘zlar:

“Ingliz adabiyotining otasi”, “The Canterbury tales”, sobor, 24

hikoya, ruhoniy, ilohiy muhabbat.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

350

Jefrey Choser hayotiga razm solsak, u nafaqat atoqli ijodkor, balki u qirol

oilasiga yaqindan xizmat qilgan shaxs edi. 1342-yil o‘rtahol savdogar oilasida
tug‘ilgan J.Choser, o‘n yetti yoshidayoq o‘sha davrdagi qirol Edvard uchinchining
o‘g‘illaridan biri shahzoda Lionel xizmatiga kiradi, keyinchalik esa yana bir shahzoda
Jon Gaunt xizmatiga yollangan. Uning hayot yo‘li mana shu tarzda yuqori aristokrat
tabaqaga yaqin o‘tgani uchun ham, u yuz yillik urushda qatnashgan, parlament
a’zoligiga ham erishgan, siyosiy maqsadlarda Ispaniya, Fransiya hamda Italiyaga
sayohat qilgan. O‘z ona yurtida toj-taxt uchun kurashlar, hukumat almashinuvlariga
guvoh bo‘ldi, yoshi ulg‘ayib, keksalik yetganida esa qirol Genri IV unga nafaqa
tayinlaydi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, 60 yoshida, 1402-yilda shoir vafot etadi, va
mashhur “Wesminister abbey” – Westminister abbatligi burchagiga dafn etiladi.

Ingliz adabiyoti, ingliz she’riyati haqida so‘z ketganda, J.Choserning ingliz

adabiyotiga qo‘shgan hissasini eslamay iloji yo‘q. A.Navoiyni biz turkiylar qanday
e’zozlasak, inglizzabon xalqlar ham Jefrey Choserni shunday e’zozlaydi. Choserni
g‘arbda “Ingliz adabiyotining otasi”, yoxud “Ingliz she’riyatining otasi” deya
atashadi.

1

J.Choserning “The Canterbury Tales” (Kenterberi hikoyalari) nihoyatda

mashhur bo‘lib, uni mashhurlik jihatidan A.Navoiyning “Xamsa” asariga qiyoslash
mumkin. Garchi J.Chocer ko‘plab yuksak asarlar yaratgan bo‘lsa ham, uning nomi
asosan “The Canterbury Tales” (Kenterberi hikoyalari) (1386–1400) bilan bog‘liq
holda yodga olinadi.

2

Bu asar turli tabaqalarga mansub ingliz erkak va ayollarining

hikoyalari to‘plamidir. Ular Avliyo Tomas Beket ziyoratgohiga – Kanterberi soboriga
yo‘l olgan ziyoratchilar sifatida tasvirlanadi. Chaucerning vafoti tufayli tugallanmay
qolgan ushbu to‘plam kirish prologi va hajmi turlicha bo‘lgan yigirma to‘rt hikoyani
o‘z ichiga oladi.

3

“The Canterbury Tales” – (Kenterberiya hikoyalari) 1387-1400-

yillarda yaratilgan bo‘lib, asar ingliz adabiyotida tub burilish yasagan va eng ko‘p
e’tiborga tushgan adabiy namunalardan biridir. Choser aytib o‘tilganidek, “The
Canterbury Tales” ustida XIV asrning saksoninchi yillari o‘rtalarida yaratilgan. Choser
asar ustida taxminan 80-yillarning o‘rtalarida ishlashni boshladi, lekin o‘z rejasini
to‘liq amalga oshirishga ulgurmadi. Biroq, hozirgi ko‘rinishida ham kitob ichki
yaxlitlikni tashkil etadi. Choser zamonaviy Angliyaning keng va yorqin tasvirini
yaratdi va uni to‘laqonli obrazlar va tasvirlar galereyasida taqdim etdi.

4

“The

Canterbury Tales”da keltirilgan hikoyalarning bari turlicha janr va turlicha mavzularda
yaratilgan jumladan, g‘urur, o‘lim, muhabbat, oila kabi mavzular ana shular
jumlasidandir. O‘rta asrlardagi ingliz tili hozirgi zamon Ingliz tilidan farq qilgani
uchun ham, asar tilini tushunish murakkab jarayondir. Asarda Kenterberiyaga diniy

1

https://en.wikipedia.org/wiki/Geoffrey_Chaucer

2

Ford B. The Age of Chaucer. vol I – England: Penguin books Ltd., 1954. – P. 23.

3

Ruud J. Encyclopedia of Medieval Literature. – New York: Infobase, 2006. – P. 107.

4

Avezova A.M. Jefri Choser ijodini o‘rganish//Scientific Progress. Issue. 4, 2022.– B. 909-914


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

351

majburiyatlarini o‘tashga ketayotgan 30 ta qahramon bo‘lib, har bir ertak (hikoya)
mana shu qahramonlarning biri tomonidan hikoya qilib beriladi.

5

Asar

boshida Choser

har bir asar qahramonining ibodat safariga ham borish, ham qaytishida – hammasi
bo‘lib ikkitadan hikoya aytishini maqsad qilgan bo‘lsa-da, asarda atigi 24 hikoya
mavjud. Bu esa Choser asarni tugata olmagan deyishimizga asos bo‘la oladigan
dalildir. Ammo Choserning ijodi birgina bu asar bilan cheklanmaydi.

“The legend of

good women”

– (Yaxshi ayollar afsonasi),

“The Parlament of Foules”

– (Qushlar

parlamenti),

“The book of the

Duchesse”

– (Gersoglik kitobi) asarlari ham Choserga

tegishlidir. Ba’zi adabiy tanqidchilaring fikriga ko‘ra Choserning “The Canterbury
Tales” (Kenterberi hikoyalari) asari hayot bu insoniyatning Alloh huzuriga, osmon
ziyoratgohiga qiladigan safaridir.

6

Asardagi Parson – ruhoniy obrazi ham Kenterberiga

bo‘ladigan ziyoratini bu hayotdagi ramziy bir ziyorat sifatida bog‘lash yoki talqin
qilish mumkin. Bu esa ilohiy muhabbatga itoat etgan holda amalga oshiriladigan
ziyorat yoki safar deb talqin qilishimiz mumkin.

7

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, J.Choserning “The Canterbury tales”

(Kenterberi hikoyalari) asari XIV asrda yaratilgan bo‘lsa-da, ingliz adabiyotining
gultoji, muallifning esa shoh asari bo‘lib qolmoqda. Asardagi qahramonlar tilidan
hikoya qilingan voqealar esa kitobxonni oqillikka, mulohazakorlikka va ezgulikka
chorlabgina qolmay, asarda qo‘llanilgan iambik pentametr asar voqealarini kitobxon
ko‘z oldida jonlantiradi va asarning qiymatini yanada oshiradi. “The Canterbury tales”
nafaqat ingliz nazmi ixlosmandlarini, balki butun dunyo she’riyat muxlislari hamda
nafaqat jahon adabiyotshunoslari, balki tilshunos-lingvistlari tomonidan ham uzoq
o‘rganiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Addonizio K., Laux D. The poet’s companion. – W. W. Norton & Company

LTD, 1997

2.

Avezova A.M. Jefri Choser ijodini o‘rganish//Scientific Progress. Issue. 4,

2022

3.

BowdenM. A Reader’s Guide to Geoffrey Chaucer. – London: Thames and

Hudson, 1967

4.

Ford B. The Age of Chaucer. vol I – England: Penguin books Ltd., 1954

5.

Lall R. Chaucer: The prologue to the Canterbury Tales. – New Delhi: Rama

Brothers Ltd., 2010

6.

Ruud J. Encyclopedia of Medieval Literature. – New York: Infobase, 2006

7.

https://en.wikipedia.org/wiki/Geoffrey_Chaucer

8.

https://www.worldhistory.org/Canterbury_Tales/

5

https://www.worldhistory.org/Canterbury_Tales/

6

BowdenM. A Reader’s Guide to Geoffrey Chaucer. – London: Thames and Hudson, 1967.– P. 76.

7

Lall R. Chaucer: The prologue to the Canterbury Tales. – New Delhi: Rama Brothers Ltd., 2010. – P. 77

References

Addonizio K., Laux D. The poet’s companion. – W. W. Norton & Company LTD, 1997

Avezova A.M. Jefri Choser ijodini o‘rganish//Scientific Progress. Issue. 4, 2022

BowdenM. A Reader’s Guide to Geoffrey Chaucer. – London: Thames and Hudson, 1967

Ford B. The Age of Chaucer. vol I – England: Penguin books Ltd., 1954

Lall R. Chaucer: The prologue to the Canterbury Tales. – New Delhi: Rama Brothers Ltd., 2010

Ruud J. Encyclopedia of Medieval Literature. – New York: Infobase, 2006