Authors

  • Azimova Maftuna Muhammadaminovna
    Qo‘qon Universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.98585

Keywords:

Sog’lik shifokor qishloq xo’jaligi salomatlik JSST kimyolashtirish kasallik tibbiyot aholi tibbiy xizmat tez tibbiy yordam ekologiya

Abstract

Mazkur maqolada Mustaqillik yilarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash sohasi va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini mustahkamlanishi, tibbiyot sohasini takomillashtirish uchun respublikada olib borilgan islohatlar,  qarorlar, farmonlar va ularning amaldagi natijalari ilmiy asosda tahlil etilgan. 


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

16

MUSTAQILLIK ARAFASIDA O’ZBEKISTONDA SOG’LIQNI SAQLASH

TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR ZARURIYATI.

Azimova Maftuna Muhammadaminovna

Qo‘qon Universiteti o‘qituvchisi

maftunaazimova67@gmail.com

+ 998-88-811-67-57

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Mustaqillik yilarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash sohasi va
tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini
mustahkamlanishi, tibbiyot sohasini takomillashtirish uchun respublikada olib
borilgan islohatlar, qarorlar, farmonlar va ularning amaldagi natijalari ilmiy asosda
tahlil etilgan. Maqolada tadqiq etilayotgan mavzu yuzasidan M.Mahmudov,
G.E.Mo’minovalar tadqiqot ishlarini olib borgan bo’lib, mazkur tadqiqotlarda
sog’liqni saqlash va tez tibbiy xizmati sohasining sovetlar hukumronligi davridagi
faoliyati o’rganilgan. R.Mo’minov, S.Djumanov tomonidan esa soha faoliyatining
mustaqillik yillardagi jarayonlari umumiy tarzda tahlil etilgan. Mazkur ishimizda
yuqorida sanab o’tilgan tadqiqotchilarning ishlari muhim manbaviy asos bo’lib xizmat
qiladi. Shuningdek biz tadqiqotga metodologik yondashgan holda arxiv manbalaridan,
gazeta va jurnallardan ham to’laqonli foydalandik. Shu sababli biz mazkur tadqiqotda
tibbiyot sohasining muhim va asosiy bo’g’ini hisoblangan qishloq vrachlik punkti va
tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida yuzaga kelgam muammolar va ularni bartaraf
etishga qaratilgan hukumat qarorlarini tadqiq etishni asosiy maqsad etib qo’ydik.
Shuningdek maqolada mustaqillikning dastlabki yillaridagi respublikadagi aholi
salomatligining umumiy holatlarini islohatlardan keyingi jarayonlar bilan aniq tahlillar
asosida qiyosiy o’rganilgan. Shuningdek olingan tahlil natijalari asosida tibbiyot
sohasi hodimlarining ish samaradorligini oshirishga doir taklif va xulosalar ishlab
chiqilgan.

Kalit so’zlar:

Sog’lik, shifokor, qishloq xo’jaligi, salomatlik, JSST, kimyolashtirish,

kasallik, tibbiyot, aholi, tibbiy xizmat, tez tibbiy yordam, ekologiya.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

17

Kirish so’z

. So’ngi yillarda dunyoda atrof-muhit muhofazasi bilan bog’liq

muammolar, globallashuv jarayoni, turli xil epidemiya va viruslarning yangi turlari
tarqalayotganligi bugungi kunda dunyo mamlakatlarida xususan respublikamizda
sog’liqni saqlash sohasiga jiddiy e’tibor qaratish kerakligini taqozo etmoqda. Jismonan
sog’lom, teran fikrlaydigan fuqarolar mamlakat tayanchi hisobanadi. Shuning uchun
ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq respublikamizda sog’liqni saqlash sohasini
isloh qilishga jiddiy kirishilgan. Hukumatimiz bu borada ko’plab xalqaro tashkilotlar
va davlatlar bilan ko’p yillarga mo’ljallanga dasturlar asosida ish olib bormoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti bilan hamkorlik
qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik natijasida qator ijobiy natijalarga erishildi, xususan
onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlik, sil kasalligigi va boshqa
ko’plab kasalliklarga qarshi kurashish yuizasidan qator ijobiy natijalarga erishildi.
O’zbekiston Respubikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng boshqa sohaar kabi
sog’liqni saqlash sohasida ham qator ijobiy yangiliklar amalga oshirildi. Tibbiyot
sohasida ham yangi davrga qadam qo’yildi. Sho’rolar davridan qolga sog’liqni saqlash
tizimi sohada bir qancha muammolar yig’ilib qolganligini ko’rsatdi. Yosh mustaqil
davlat o’z oldiga ijtimoiy sohadsa shu jumladan birinchi galda sog’liqni saqlash
sohasidagi nuqson va kamchiliklarga chek qo’yish hamda bu sohani yangi yuqori
bosqichga ko’tarish choralarini ko’rishga kirishdilar. Shu sababga ko’ra mazkur
sohaga oid jarayonlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish dolzarb hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili.

O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida sog’liqni

saqlash va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga doir qator maqolalar va ilmiy ishlar
nashr etildi. Bu davrdagi adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, ko’pchilik
tadqiqotchilar e’tibori asosan xalq tabobatini o’rganishga qaratilgan. Ushbu soha bir
guruh tarixchi olimlar tomonidan tarixiylik nuqtai nazaridan ham tadqiq etildi. Bunda
asosan M.Mahmudov va G.E.Mo’minovaning izlanishlari diqqatga sazovordir. Ular
tomonidan sohaning XIX asrning oxirgi choragi va sovet davri tarixi bo’yicha
izlanishlar olib borgan. Mustaqillik yillarida Respublikamizda sog’liqni saqlash
tizimini yoritishga qratilgan bir qator dissertatsiya ishlari ham himoya qilindi.
M.Maxmudov,O.Ismoilov, K.Allaberganov, M.D.Maxsumov, N.Rasulov kabilarning
dissertatsiya ishlari shular jumlasidandir . Ta’kidlash joizki, himoya qilingan
dissertatsiya ishlarida sohaning asosan XIX-XX asr tarixi o’rganilib, asosiy e’tibor
sog’liqni saqlash tizimining yo’lga qo’yilishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish ,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

18

yuqumli kasalliklarga qarshi kurash, sanitariya-epidemiya xizmati kabi muassasalarga
qaratilgan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash va tez tibbiy yordam
xizmati faoliyati yuzasidan D.Jumanov, R.Mo’minovlarning olib borgan ilmiy
izlanishlari diqqatga sazovordir. O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimining mustaqillik
davri tarixiga doir ilmiy adabiyotlarni o’rganish natijasida shunday xulosaga kelindiki,
sohaning sovet davri tarixi o’rganilgan bo’lsada, uning keyingi yillardagi tarixi maxsus
tadqiqot obyekti sifatida tanlab olinmagan. Umuman, murojaat etilgan tadqiqotlarda
mazkur yo’nalishning u yoki bu jihatlari qamrab olinganligi va ular butun tizim tarixini
yoritishda qo’shimcha manba bo’lib xizmat qilishi mumkinligini ham ta’kidlash
lozimdir.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, qiyosiy

tahlil, tizimlashtirish, xronologik kabi usullaridan foydalanildi. Mustaqillik yillarida
va keyingi davrlarda O’zbekistonda sog’liqni saqlash va tez tibbiy yordam xizmati
faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini tashkil etishning huquqiy asoslarining
mustahkamlanib borishi mavzusini tadqiq etishda tadqiqotlar va mavzuga doir
adabiyotlar hamda arxiv materiallari nazariy asos bo’lib xizmat qilgan. Manbalardan
olingan ma’lumotlar tahlili mavzuga xolisona, ilmiylik va tarixiylik qoidasi asosida
yondashuvni talab etadi. Yuqorida ta’kidlangan usullardan foydalanish natijasida
quyidagi ilmiy yangilik sifatida o’rganildi: olib borilgan chora tadbirlar natijasida
respublikadagi sog’liqni saqlash va tez tibbiy yordam xizmati faoliyati ko’rsatkichlari
yil sayin yaxshilanib borganligi, ayniqsa mustaqillikning dastlabki yillarida kuzatilgan
kasallanishlar sonining kamayib, shifoxonalar va poliklinikalar sonining esa ko’payib
borganligini ko’rsatishimiz mumkin.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mustaqillik yillarida Respublikamizda sog’liqni

saqlash va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish
bo’yicha amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu sohaning tarixi va
nazriyasiga doir ilmiy jihatdan tan olingan qarashlardagi O’zbekiston Respublikasi
sog’liqni saqlash tizimining mustaqilik davri tarixini tadqiq etishda va o’quv
jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan nazariy-metodik jihatlar aniqlangan.

Mustaqillik yillarida qator sohalar singari sog’liqni saqlash sohasida ham ko’plab ijobiy
o’zgarishlar amalga oshirildi. Respublikamizda mustabid tuzumdan meros bo’lib qolgan
qator ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar bo’lib, ularni oldini olish, yechim topish,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

19

onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko’plab muammolarga yechimlar topish sog’lom
turmush tarzini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekistonda qaror topayotgan fuqarolik jamiyati xalqimizning ijtimoiy
muammolarini bartaraf etish, uning manfaatlarini himoyalash, turmush sharoitlarini
yanada farovonlashtirish kabi masalalarni o’rganishni maqsad qilib belgilagan.
Mustaqilllikgacha bo’lgan davrda tibbiyot sohasida ko’plab muammolar yig’ilib qolgan
edi. Xususan, tibbiyot sohasi tarkibiy tuzilishining o’ziyoq zamon talablarini o’zida aks
ettirmas va rivojlanishning son ko’rsatkichlariga asoslangan holda shakllantirilgan edi.
Birgina aholiga tez tibbiy yordam ko’rsatishning o’zi besh bosqichli va kam samara
beruvchi tizimga aylantirilgan edi. Bu esa o’z navbatida, asosan qishloqlarda yashovchi
O’zbekiston aholisi uchun zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini
cheklar edi.
Respublikamizda avj olgan yuqumli kasalliklar bilan kasallanish darajasining yuqori
ekanligining ildizi avvalo sobiq sovet tuzumi davrida Respublika aholisining yashash
sharoiti, turmush darajasining qoniqarli darajada emasligiga borib taqalardi.
Sovetlar hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskin bo’lgan hududlar
Orolbo’yi, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida, Farg’ona vodiysining ko’pgina
shaharlarida har xil kasalliklarga chalinish yuqori darajaga ko’tarilgan edi. 1988-yilda
uyushtirilgan “Orol-88” ekspeditsiyasining bergan ma’lumotlariga qaraganda
Qoraqalpog’istonning Bo’zatov tumanida har ming nafar go’dakdan 260 nafari nobud
bo’lgan. O’zbek ayollarining 80 foizi kamqonlik kasaliga chalingan. Har uch nafar o’zbek
yigitlaridan bittasi salomatligi tufayli harbiy xizmatga noloyiq deb topilgan

1

. Armiya

safiga chaqirilgan yigitlarimiz orasida sog’lig’i to’g’ri kelmaganligi sababli, ularning 20%
ko’prog’i jangovar qismlarda emas, balki qurilish bo’linmalarida xizmat qilgan

2

. Bunga

sabab qilib respublikaning asosan sanoat qurilishi zonasi sifatida tarkib topganligida edi.
Respublikada 1980 yillarda 1821 ta sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatgan

3

. Ular orasida

og’ir sanoat yetakchilik qilib: kimyo, qurilish mollari ishlab chiqarish, mashinasozlik,
metallurgiya, yoqilg’i, energetika va agrosanoat sanoat korxonalaridan iborat edi.

1

Yoshlik, 1989-son.B.4-5.

2

O’zbekiston SSJ sog’liqni saqlash muovini B.U.Yo’ldashev bilan suhbat. “Yigit boshi omon bo’lsin” Sihat salomatlik

jurnali.1991 yil 3-son. 1-varaq.

3

O’zR MDA, 837-fond, 41-ro’yxat1859-ish, 281-varaq


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

20

O’zbekistonda sanoat korxonalarining qurilishi o’lkadagi boy resurslar va arzon ishchi
kuchi hisobidan olib borildi. Natijada aholi salomatligi, yashash sharoitlari, turmush
darajasi, ta’lim sohasida ham jiddiy salbiy oqibatlarga olib keldi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida ayniqsa, Farg’ona viloyati tumanlarida oshqozon-
ichak kasalliklari bilan og’rish holatlari yuqori edi. Kasalliklarning ko’payishiga
aholinining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi kamchiliklar sabab bo’ldi. Paxta
yerlarining pestitsid, gerbitsid va kuchli defoliantlar bilan kimyolashtirilishi:
Marg’ilonsoy, Shohimardonsoy, Isfarasoy, Qo’qonsoy, Qoradaryo, Uchtepa, Norin va
Sirdaryo suvlarining ifloslanib, suvning sifatini buzilishiga olib kelgan. 1975 yillarga
kelib, paxta sifatini oshirish va ortiqcha daromad olish maqsadida qishloq xo’jaligida o’ta
zaharli modda butifos ishlatildi. 1985 yil Namangan viloyati Pop tumani aholisi orasida
379 ta kasallik varaqasi berilgan. 1986 yillarga kelib O’zbekistonda o’tkazilgan tibbiyot
tekshiruvlarida butifosning haddan ziyod xavfli ekanini, aholi, butun jonzotlar
zaharlanganligi to’g’risida natijalar olindi. Sobiq ittifoq bo’yicha 1000 boladan 28 tasi,
O’zbekistonda 48 ta, Qoraqalpog’istonda 78 ta, Orolbo’yi rayonlarida 100 ta, Farg’ona
viloyatida 58 ta bola kimyoviy moddalardan kasallanib nobud bo’lgan

4

. Bu holatlar aholi

orasida turli kasalliklarning ko’payishi, surunkali zaharlanishlarning ortib borishiga sabab
bo’ldi. Xususan 1980 yilda Farg’ona viloyati bo’yicha endokrin patologiyasiga yo’liqqan
17 nafar bola, 1985 yilda 346 nafar bola, nevrologiya xastaligiga yo’liqqan 1190 nafar
bola ro’yxatga olingan

5

. So’x, Rishton, Qo’shtepa, Oltiariq va Farg’ona tumanlarida o’tkir

oshqozon-ichak hamda virusli gepatit kasalliklarining kamaymayotganligi ham ko’plab
sohalarda jiddiy islohotlar amalga oshirilishini talab etardi.
Respublikada 1980 yillarning oxirlarida inson genotipida xatarli o’zgarishlar sodir
bo’la boshladi. Jumladan, onalar o’limi, bir yoshga yetmay vafot etgan go’daklar sonini
har ming bolaga nisbatan Farg’ona viloyatida 56,6 nafarni tashkil etishiga olib keldi

6

. Bu

yillarda suv xo’jaligi qurilishidagi kamchiliklar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini
kimyolashtirish dasturini amalga oshirishdagi jiddiy nuqsonlar bilan yanada chuqurlashdi.
Ittifoq rahbariyati tomonidan kimyolashtirish qishloq xo’jaligining intensiv (ishlab
chiqarishda sifat ko’rsatkichlariga erishish) yo’ldan rivojlanishning dehqonchilikdan
yuqori va barqaror hosil olishning samarali vositasi deb qaralgan edi. Ayniqsa

4

Ergashev A va boshqalar suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati. Toshkent. Fan.2009.130 bet.

5

O’zR MDA, 837-fond, 41-ro’yxat1859-ish, 289-varaq

6

O’zbekiston kommunisti.1987.N.7.10.14-bet.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

21

melioratsiya tizimi yaxshi yo’lga qo’yilganligi uchun ham Farg’ona vodiysida paxta
yetishtirish boshqa hududlarga qaraganda yuqoriroq edi. Shu sababli ham kasallikka
chalinish holatlari ham ko’p uchraydi.

Yuqumli kasalliklar bo’yicha O’zbekiston

7

Hududlar

Kasallanish

Xorazm

1172

Andijon

1381

Namangan

1350

Farg’ona

1410

Ayniqsa 80-yillarda respublikamizda qishloq xo’jaligida zaharli moddalarning
ishlatilganligi va bu ofat inson salomatligiga, qolaversa irsiyatiga jiddiy salbiy ta’sir
ko’rsatdi. Maktab yoshidagi bolalar, ayniqsa o’spirinlar sog’lig’ini nazorat qilib borish,
ularni jismonan chiniqtirish ishlari yetarlicha tashkil etilmadi. Maktablarda zarur
sharoitning yo’qligi, darslarning ko’pligi, vaqtida sifatli ovqatlanmaslik natijasida o’rta
maktabni bitirib chiqqan yoshlar orasida surunkali kasalliklarga chalinish holatlari
ko’paydi. Birgina misol 1991 yilgi ma’lumotlarga ko’ra maktabni tamomlagan
yoshlarning 58-60 % mana shunday holat aniqlangan

8

.

Xalq xo’jaligi inshootlarining tartibsiz joylashtirilishi va ishlatilishi natijasida
murakkab ekologik vaziyat vujudga keldi. Bunday munosabat tabiat birliklari yer, suv,
havo holatini yomonlashishiga sabab bo’ldi. Bu nafaqat tirik mavjudotlarga balki, kishilar
sog’lig’iga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti to’plagan ilmiy
xulosalarga qaraganda kishilar bemorligining 20 foizi ular yashayotgan atrof-muhitga
bog’liq. Bu ko’rsatkich ekologik holat yomon bo’lgan joylarda yanada yuqori. Qishloq
xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarning me’yoridan ortiq ishlatilishi natijasida yer tarkibi
buzildi. Oziq ovqat mahsulotlari sifati yomonlashdi. Yer, suv, havo holatining

7

193- snoska.68-bet

8

O’zbekiston SSJ sog’liqni saqlash muovini B.U.Yo’ldashev bilan suhbat. “Yigit boshi omon bo’lsin” Sihat salomatlik

jurnali.1991 yil 3-son. 1-varaq.
.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

22

yomonlashuvi kishilar o’rtasida me’da ichak va yuqumli kasalliklarining ko’payishiga
sabab bo’ldi.
Kasalxonalarda zarur sanitariya-gigiyena va boshqa tibbiy sharoitning yo’qligi, o’rinlar
va kadrlar yetishmasligi, dori-darmon taqchilligi, qolaversa qonun-qoidalarning ba’zi
mansabdor shaxslar tomonidan buzilishi kabi kamchiliklar ham kuzatildi.
Orol dengizining qurib borishi ko’plab salbiy oqibatlarga olib keldi. Ko’plab hayvon va
o’simlik turlarining yo’qolib ketishiga olib keldi. Yuqori ekologik tanglik vujudga kelib
atrof muhitning ifloslanishi va atmosfera havosining bug’lanishi avj oldi. Oqibatda bu
yerda istiqomat qiluvchi insonlarning salomatligi yomonlashdi, nafas yo’llari, o’pka,
me’da-jigar, o’t-tosh kasalliklari, ich terlama va boshqa yuqumli hastaliklar, ayollardagi
kamqonlik, tug’ruqdagi asoratlar, tinka-mador qurishi, bolalarning nobud bo’lishi
ko’paydi.

9

1995-yilgacha 5,5ming o’rinli kasalxonalar, bir smenada 15,9 ming bemorni

qabul qilish quvvatiga ega bo’lgan poliklinikalar qurilishi rejalashtirilgan.
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda iqtisodiy inqiroz kuchayib borganligi
sababli, moddiy mablag’ kam ajratildi, natijada qurilish materiallari taqchilligi kuzatildi.

Sog’liqni saqlash ehtiyojlari uchun byudjetdan qoldiq miqdorda mablag’ ajratilgan,

davolash muassasalari qurish o’rniga ularni eski, moslashtirilgan binolar hisobiga
to’ldirish yo’lidan borildi. Tez tibbiy yordam xizmati hodimlari zimmasiga chaqirilgan
joyga o’z vaqtida yetib borish, bemorni shifoxonaga yotishini ta’minlashgina emas, balki
o’sha joyning o’zida malakali tibbiy yordam ko’rsatish, tegishli maslahatlar berish
vazifasi ham yuklatilgan. Lekin bu vazifa hamisha ham to’liq bajarilavermadi.
Birgina Farg’ona shahar tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga to’xtalib o’tadigan
bo’lsak, bu brigada ixtiyorida 3ta tez yordam mashinasi bo’lib, 3ta brigadaga bo’lingan
va shaharning 2-shifoxona, Yormozor mintaqalari, Farg’ona shahrining Qirg’izsho’ra,
Satkak qishloqlari aholisiga xizmat ko’rsatilgan. Bu hududlarda 40 mingdan ortiq aholi
istiqomat qiladi. Har kunlik chaqiruvlar soni 110-120 tani tashkil etgan. Tez tibbiy yordam
xizmati shifokorlari ustidan tez-tez shikoyatlar tushganligi ham ma’lum. Sababi 3ta
mashina bunday katta hududga xizmat ko’rsatishga ulgurishi murakkab bo’lib, bundan
tashqari mashinalarning eskiligi va yoqilg’i muammosi ham vaziyatni yanada

9

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining birinchi muovini T.Sultonov bilan suhbat.“Orol, salomatlik,

muammolar” Sihat-salomatlik jurnali. 1992 yil.2-son. 3-varaq


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

23

og’irlashtiradi. Tez yordam mashinalari haydovchilari benzin olish uchun
benzokolonkalarda boshqa shofyorlar kabi soatlab navbat kutib turishadi.
Nafaqat Farg’ona viloyatida balki respublikamizning boshqa hududlarida ham mana
shunday holatlar kuzatildi. Sababi mehnat og’ir, maosh kam, tez yordam bo’limlari eski,
xodimlar va xaydovchilar uchun dam olish xonalari yo’q, ayniqsa qish oylarida ahvol
yanada og’irlashadi. Shuning uchun ham shifokorlar poliklinikalar va shifoxonalarda
ishlashni afzal bilishadi. Ayniqsa Oltiariq, Yozyovon, Buvayda va Toshloq tumanlarida
tez tibbiy yordam xizmati bo’limlaridagi ahvol achinarli edi.

10

Sohadagi eng katta muammolardan biri ekologik muammolar bo’lib, uni hal etishda
rivojlangan davlatlarning ekologik dasturlarini hamkorlikda tatbiq etish samarali bo’lib
kelmoqda. 1994 yil aprel oyida “Ekosan” jamg’armasi mutahasislari Farg’ona vodiysida
bo’lib, Andijon shahri bilan chegaradosh, Qirg’iziston Respublikasi Moylisuv tumanidagi
konditsiyaviy bo’lmagan ma’danlar va chiqindilarni ko’mib tashlangan joydagi ekologik
vaziyatni o’rganib, uni bartaraf etish yo’llarini o’rgandilar

11

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat
dasturi to’g’risida”gi 1998 yil 10 noyabrdagi PF-2107 sonli qaroriga muvofiq

.

respublikadagi zamonaviy, yuksak zamon talablariga javob beradigan tashxis qo’yish va
davolash tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangan , yuqori malakali shifokorlar va o’rta
tibbiyot xodimlari bilan ta’minlangan shoshilinch tibbiy yordamning yaxlit tizimi
yaratilgan va samarali xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda
sog‘liqni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bundan
ko‘zlangan maqsad barkamol avlodni voyaga yetkazish va sog‘lom kelajakni yaratishdan
iborat.
2008-yilda “Bolalikdan nogiron tug’ilishning oldini olish uchun tug’ma va irsiy
kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ 892-sonli qarori va 2009-
yil 13- apreldagi “Sog’lom avlodni shakllantirish, onalar va bolalar salomatligini
muhofaza qilish bo’yicha qo’shimcha choralar to’g’risida”gi qarorlari qabul qilingan

12

10

Anvarjon Jo’rayev. “Tez yordam yordamga muhtoj” Sihat salomatlik jurnali .1991 yil. 1-son. 6-varaq.

11

Mustaqil O’zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. Davriy to’plam.N_3. Toshkent, Sharq, 206-bet

12

.Karimov.I.A.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini

o’rganish bo’yicha o’quv uslubiy qo’llanma. -T.”O’qituvchi”, 2014. 73-bet.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

24

Bundan tashqari, “2009-2023 yillarda aholining reproduktiv salomatligini
mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga
yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora
tadbirlari dasturi to’g’risida”gi 2011-2015 har yili qishloq joylarida yashaydigan
homilador ayollarga moddiy yordamlar ko’rsatish haqidagi davlat dasturi amalga
oshirildi.
2011 yilda “Save the children (Bolalarni asraylik) xalqaro tashkiloti dunyoda bolalar
salomatligini himoya qilish bo’yicha eng yaxshi davlatlar reytingini tuzdi va dunyoning
161 ta davlati ichida O’zbekiston 10 ta yetakchi davlat qatoriga kiritildi. Bundan
ko’rishimiz mumkinki, respublikamizda sog’liqni saqlash sohasiga e’tibor kuchaytirildi.
Tibbiyot sohasining huquqiy asoslari yaratilishi natijasida kadrlar va moddiy texnik bazasi
ham yaxshilandi.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan
“2016-2020 yillarda O’zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlar dasturi”

13

tasdiqlandi. Ushbu dastur bo’yicha , Farg’ona

viloyatida 31 ta tibbiyot birlashmalari va poliklinikalar zamonaviy tibbiyot uskunalari
bilan ta’minlandi. Yana dasturda yangi tug’ilgan chaqaloqlar, o’smir qizlar, homilador va
tug’ish yoshidagi ayollar uchun to’liq patronaj kuzatish tizimi joriy etildi. Natijada
kasallanish holatlari oldini olish, onalar va bolalar kasalliklarini erta aniqlash yuzasidan
samarali ishlar amalga oshirildi.

14

Prezidentimizning 2022 yil 25 apreldagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini aholiga
yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi qarori mavjud muammolar yechimida qo’l kelmoqda. Qaror ijrosi
doirasida viloyatdagi 101 ta birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari shuningdek
70 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilishi belgilandi. O’tgan davrda 52 ta birlamchi
tibbiyot sanitariya yordami muassasalari hamda 70 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil
etildi. Natijada 650 mingdan ortiq aholiga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish ishlari
yaqinlashtirildi

15

13

Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. O’zbekiston. 2017.64-

bet.

14

G.S.Rahimova Farg’ona vodiysining iqtisodiy rivojlanishida ekologik muammolar. Toshkent.2017.

15

Rasul Kamol “Endi shifokor izlab olisga qatnamaymiz” Farg’ona shifokori gazetasi. 2022 yil 17 son.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

25

Yuqorida sanab o’tilgan barcha chora tadbirlar mamlakatimizda tibbiyot fani va sog’liqni
saqlash ishini rivojlantirish yo’lida qo’yilgan dastlabki qadamlardir. Bugungi kunda ham
Respublikamizda sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish va rivojlantirish sohasida
ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Xulosa va takliflar.

O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida sog’liqni

saqlash sohasini isloh qilinishi natijasida bir qancha qaror, qonun va nizomlar qabul
qilindi. Qabul qilingan qarorlar asosida soha faoliyatini huquqiy asoslari, tashkiliy
tuzilmasi hamda moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Respublikamizning viloyat
shahar va tumanlarida oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari binolari qayta
ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Tizimdagi keng ko’lamli islohotlar natijasida
mavjud qishloq vrachlik punktlari o’rnida qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etildi.
Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida shifokorlarning ish vaqti belgilandi. Qishloq
oilaviy poliklinikalarida umumiy amaliyot shifokori bilan birgalikda oltita tor soha
mutahasislari pediatr, terapevt, ginekolog, xirurg, stomatolog, UTT vrachi faoliyati ham
yo’lga qo’yildi. Shu bilan birga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari
binolarini ham qayta ta’mirlash va imkoniyatlarini kengaytirish ishlari olib borildi.
Bugungi kunda tez tibbiy yordam shahobchalarining poliklinikalarga ko’chirilganligi ham
tibbiy xizmatni uzluksiz, tunu kun davom ettirish imkonini yaratdi. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, mazkur sohadagi islohatlar bugungi kunda o’zining dolzarbligini
ko’rsatib bormoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent. O’zbekiston. 2017.64-bet.

2.

Karimov.I.A.O’zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasining

21

yilligiga

bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv uslubiy
qo’llanma. -T.”O’qituvchi”, 2014. 73-bet.

3.

G.S.Rahimova Farg’ona vodiysining iqtisodiy rivojlanishida ekologik
muammolar.Toshkent.2017.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5

26

4.

O’zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat
arxivi . M-372-fond, 1-ro’yxat , 82-yig’ma jild, 11-varaq.

5.

Yoshlik, 1989-son.B.4-5.

6.

O’zbekiston SSJ sog’liqni saqlash muovini B.U.Yo’ldashev bilan suhbat. “Yigit
boshi omon bo’lsin” Sihat salomatlik jurnali.1991 yil 3-son. 1-varaq.

7.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining birinchi muovini T.Sultonov
bilan suhbat.“Orol, salomatlik, muammolar” Sihat-salomatlik jurnali. 1992 yil.2-
son. 3-varaq

8.

Anvarjon Jo’rayev. “Tez yordam yordamga muhtoj” Sihat salomatlik jurnali .1991
yil. 1-son. 6-varaq.

9.

Mustaqil O’zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. Davriy to’plam.N_3.
Toshkent, Sharq, 206-bet

10.

Ergashev A va boshqalar suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati. Toshkent.
Fan.2009.130 bet.

11.

O’zbekiston kommunisti.1987.N.7.10.14-bet.

12.

Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent. O’zbekiston. 2017.64-bet.

13.

G.S.Rahimova Farg’ona vodiysining iqtisodiy rivojlanishida ekologik muammolar.
Toshkent.2017.

14.

193- snoska.68-betRustamova

15.

Rasul Kamol “Endi shifokor izlab olisga qatnamaymiz” Farg’ona shifokori gazetasi.
2022 yil 17

References

Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. O’zbekiston. 2017.64-bet.

Karimov.I.A.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv uslubiy qo’llanma. -T.”O’qituvchi”, 2014. 73-bet.

G.S.Rahimova Farg’ona vodiysining iqtisodiy rivojlanishida ekologik muammolar.Toshkent.2017.

O’zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi . M-372-fond, 1-ro’yxat , 82-yig’ma jild, 11-varaq.

Yoshlik, 1989-son.B.4-5.

O’zbekiston SSJ sog’liqni saqlash muovini B.U.Yo’ldashev bilan suhbat. “Yigit boshi omon bo’lsin” Sihat salomatlik jurnali.1991 yil 3-son. 1-varaq.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining birinchi muovini T.Sultonov bilan suhbat.“Orol, salomatlik, muammolar” Sihat-salomatlik jurnali. 1992 yil.2-son. 3-varaq

Anvarjon Jo’rayev. “Tez yordam yordamga muhtoj” Sihat salomatlik jurnali .1991 yil. 1-son. 6-varaq.

Mustaqil O’zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. Davriy to’plam.N_3. Toshkent, Sharq, 206-bet

Ergashev A va boshqalar suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati. Toshkent. Fan.2009.130 bet.

O’zbekiston kommunisti.1987.N.7.10.14-bet.

Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. O’zbekiston. 2017.64-bet.

G.S.Rahimova Farg’ona vodiysining iqtisodiy rivojlanishida ekologik muammolar. Toshkent.2017.

193- snoska.68-betRustamova

Rasul Kamol “Endi shifokor izlab olisga qatnamaymiz” Farg’ona shifokori gazetasi. 2022 yil 17